Muhokama statistikasi
1
Yo'nalish
  • 0
  • 1
  • 0
2
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
3
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
4
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
5
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
6
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
7
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
  • 0
  • 1
  • 0
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI
(2023 yil 1-aprel holatiga ko'ra)
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
1 Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish.
"Raqamli mahalla" markazini tashkil etish hamda "Ijtimoiy mahalla" axborot tizimini joriy etish. Bunda:

mahalladagi aholi va tadbirkorlarning mavjud muammo va kamchiliklarini "xonadonbay" o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalarni o‘tkazish, natijalarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuborish hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritish;

"Temir daftar"ga kiritilgan oilalar hamda "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilgan yordam haqidagi ma’lumotlarni axborot tizimiga kiritib borish;

mahallalarning hududi, maydoni, infratuzilmasi, chegarasi aks etgan xaritasi, xonadonlarning joylashuvi, raqamlari va ko‘cha nomlarining yagona bazasini yuritish;

"Ijtimoiy mahalla" axborot tizimi hamda "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 40 turdagi ma’lumotlarning yagona bazasini yuritish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil aprel Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2 Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda mahallalar rolini oshirish.
1. Mahallalarga tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqini taqdim etish.

2. Har bir mahallaning "o‘sish nuqtalari" va ularda yashovchi aholining ehtiyojidan kelib chiqib, mahallaning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish maqsadida mahallalar qoshida tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish.

3. Mahallalarda "Tadbirkorlar kengashlari"ni tashkil etish, ularning maqomi va vazifalarini belgilash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil may Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Adliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
3 Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
1. Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2023 — 2025 - yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturni ishlab chiqish. Bunda:

xizmat binosida muammosi bo‘lgan 2 327 ta mahallalar uchun xizmat binolarini qurish, jihozlash, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash;

binolarni qurishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalar bo‘lishiga e’tibor qaratish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil aprel Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
4 Mahalla institutini jamiyat hayotida tutgan o‘rnini xalqaro hamjamiyatga yetkazish.
1. "Mahalla institutining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qaror topishidagi o‘rni va roli: kecha, bugun va ertaga" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

2. Mamlakatimizda yuqori darajadagi Xalqaro forumni tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil iyul Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

Adliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
3. Mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yuqori darajadagi Xalqaro forumga xorijiy ishtirokchilarni jalb qilish maqsadida tadbirning konsepsiyasi va dasturini rus va ingliz tillarida Tashqi ishlar vazirligiga tadbirdan 3 oy oldin taqdim qilish.

4. Xalqaro forumda xorijiy mutaxassislar ishtirokini ta’minlash.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil may Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

Adliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
5. "Mahalla institutini jamiyat hayotida tutgan o‘rni" Xalqaro forumini o‘tkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil sentyabr Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

Adliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
5 Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish bo‘yicha doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish.
1. Tajriba tariqasida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining komissiya raislarini doimiy asosda faoliyat olib borishlarini tashkil etish.

2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishtirokini ta’minlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil sentyabr Adliya vazirligi

Oliy Majlis Senati senatorlari
(kelishuv asosida),

Davlat boshqaruvi akademiyasi
6 Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish orqali ularga yuklatilgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni maqbullashtirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining takrorlanadigan vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish.
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 2023 - yil sentyabr Adliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
7 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.
1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatish asoslari va mezonlarini ularning vakolatlari hamda javobgarlik sohalarini aniqlashtirgan holda belgilash. Qonun loyihasi 2023 - yil aprel Adliya vazirligi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat boshqaruvi akademiyasi
2. Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining ma’muriy tartib-taomillarni qo‘llash borasidagi malakalarini oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Adliya vazirligi

Davlat boshqaruvi akademiyasi
8 Vazirlik va idoralarning funksiya va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish.
1. Vazirlik va idoralarning takrorlanadigan 168 ta vazifa va 301 ta funksiyalarini maqbullashtirish nuqtai nazardan ko‘rib chiqish.

2. Faoliyati samarasiz deb topilgan va davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan 40 dan ortiq idoralararo kollegial organlarni maqbullashtirish, zarurat bo‘lganda ularning vazifalarini tegishli idoralarga o‘tkazish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil oktyabr Adliya vazirligi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

vazirlik va idoralar
9 Davlat boshqaruvi tizimida adliya organlarining huquqiy maqomini qonun hujjati bilan mustahkamlash.
Huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash borasida adliya organlari faoliyatini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. Qonun loyihasi 2023 - yil sentyabr Adliya vazirligi
10 Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining ikkinchi bosqichi doirasida hududlardagi boshqaruv tizimini isloh qilish.
Mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda ularning faoliyatini takomillashtirish va tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, bo‘ysunuv tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2023 - yil aprel Adliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
11 Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish.
Davlat boshqaruvi organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2023 - yil noyabr Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Adliya vazirligi
12 Parlament palatalari qo‘mitalarini nazorat-tahlil jarayonlariga yanada kengroq jalb etilishini ta’minlash.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga hukumat a’zolarining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan parlament eshituvlarini o‘tkazish tashabbusi huquqini berish bo‘yicha takliflar kiritish. Axborot-tahliliy ma’lumotnoma 2023 - yil iyun Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida)
13 Huquqiy eksperiment o‘tkazish tartibi, asosi va mexanizmini aniq belgilash.
"Huquqiy eksperiment asoslari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

huquqiy eksperimentning asosiy prinsiplari, uni tashkil etish va o‘tkazish tamoyillari (shartlari), davomiylik muddati;

huquqiy eksperiment joriy etish mumkin bo‘lmagan sohalar;

huquqiy eksperiment o‘tkazish shakllari va usullari va boshqa masalalar nazarda tutiladi.
Qonun loyihasi 2023 - yil oktyabr Adliya vazirligi
14 Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish.
1. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalarini tibbiyot muassasalari tomonidan "FHDYOning yagona elektron arxivi" axborot tizimiga real vaqt rejimida joylashtirish tartibini yo‘lga qo‘yish.

2. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq bo‘lgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan "FHDYOning yagona elektron arxivi" axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda ko‘rib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali, qarorlarni o‘zaro bog‘lash tartibini joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil iyul Adliya vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Oliy sud
15 Fuqarolar va davlat idoralari o‘rtasidagi munosabatlarda ortiqcha byurokratiya holatlariga barham berish ishlarini davom ettirish.
5. Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil may Adliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi
1. Davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil aprel Adliya vazirligi

davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vazirlik va idoralar
2. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil aprel Sog‘liqni saqlash vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi
3. Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatadigan davlat organlari va tashkilotlarida ko‘rsatilgan xizmat sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa ko‘rsatkichlarni maxsus elektron moslamalar orqali baholash tizimini yo‘lga qo‘yish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil aprel Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari,

Adliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi
4. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish bilan bog‘liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich yagona elektron platformaga o‘tkazish hamda subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yo‘lga qo‘yish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Adliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi
6. Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan tegishli faoliyatni boshlash hamda uch oylik "o‘tish va moslashish davri"ni belgilaydigan "Biznesga litsenziyasiz kirish" (Zero Licensing) rejimini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil may Adliya vazirligi

Savdo-sanoat palatasi

Raqamli texnologiyalar vazirligi
7. Kamida 10 ta davlat xizmatlarini ariza beruvchining xohishiga ko‘ra qo‘shimcha to‘lov evaziga tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil may Adliya vazirligi
8. Elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko‘rsatish (xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) yuzasidan taklif berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil may Energetika vazirligi

Adliya vazirligi
16 Elektron davlat xizmatlarining ulushini 55 foizga yetkazish.
1. 2023 - yil mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan va optimizatsiya qilinadigan 40 ta davlat xizmatlari va servislari ro‘yxatini tasdiqlash. Chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil mart Raqamli texnologiyalar vazirligi

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi, Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish. Bunda:

yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil may Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Adliya vazirligi
3. Quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish:

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza tizimini joriy etish;

sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil iyun Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Adliya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligi
17 Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida raqamlashtirish maqsadida «Davlat xizmatchisi» mobil dasturini joriy etish.
3. Mobil ilovani ishlab chiqish va "Elektron hukumat" tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan ilova o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil iyul Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4. "Davlat xizmatchisi" mobil dasturini ishga tushirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
1. Davlat fuqarolik xizmatchisining yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan ish faoliyatiga oid munosabatlarini raqamlashtirish yuzasidan tahlil o‘tkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil mart Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2. Texnik topshiriq hujjatini shakllantirish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil may Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
18 Davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlariga istiqbolli va salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralash va tayyorlash bo‘yicha «100 nafar eng ilg‘or yetakchi» dasturini yo‘lga quyish.
1. Ishchi guruh tuzish, dasturni tashkil etish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

har ikki yilda 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlari tanlov asosida saralab olinadi;

ular uchun maxsus o‘quv dasturi va xorijda stajirovka tashkil etiladi.

3. "100 nafar ilg‘or yetakchi" dasturini tashkil etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil sentyabr Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Davlat boshqaruvi akademiyasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
19 Fuqarolarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlariga ochiq tanlovni o‘tkazishda shaffoflikni oshirish va inson omilini qisqartirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil iyun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
20 Hukumatning hududlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududlarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni tezkor hal etish maqsadida har oyda kamida bir marotaba Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Hukumat a’zolari ishtirokida «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
1. "Hukumat kuni"ni hududlar kesimida o‘tkazish bo‘yicha reja-grafikni va unda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash.

2. "Hukumat kuni" doirasida muhokama qilinadigan muammolarni tahlil qilish va uni Hukumat a’zolariga o‘rganish uchun yetkazish bo‘yicha sohalar kesimidagi doimiy ishchi guruhlarni shakllantirish.

3. "Hukumat kuni"ni o‘tkazish tartibini tasdiqlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil aprel Adliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
21 Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tizimli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish ishlari sifatini oshirish, aholi muammolari va murojaatlar bilan ishlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
Xalq qabulxonalari huzurida taniqli huquqshunoslar, mahalla raislari, ziyolilar, ijodkorlar, jurnalistlar va blogerlardan tarkib topgan "Xalq ovozi" jamoatchilik kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda:

eng ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘layotgan masalalarni muhokama qilish, ular bo‘yicha tegishli davlat idoralari rahbarlarining hisobotini eshitish hamda mazkur muammolarning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida jamoatchilik orasida mamlakatimizda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan tadbirlar bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish;

hududlardagi oliy ta’lim muassasalari, yetakchi sotsiolog, psixolog olimlar va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda jamiyatdagi, aholi kayfiyatidagi o‘zgarish va talablarni o‘rganib borish;

fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilish, ular bilan tushuntirish ishlari olib borish, e’tirozlarga sabab bo‘layotgan holatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga axborot va takliflar kiritish.
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 2023 - yil may Adliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari
22 Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatishning zamonaviy shakllarini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mahalla raisi tomonidan aholi e’tirozlariga eng ko‘p sabab bo‘layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o‘tkazish;

har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborotlarini eshitish;

"Mahalla nazorati" va "mahalla raisi so‘rovi" institutlarini joriy qilish;

davlat organlariga murojaatlar va so‘rovlar berish, davlat organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, eshituvi, monitoringi, ekspertizasini o‘tkazish, jamoatchilik fikrini o‘rganish tartiblarini joriy etish nazarda tutiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil avgust Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
23 Baholash faoliyatida davlat sud ekspertizasi va boshqa tashkilotlar uchun umumiy bo‘lgan baholash qoidalari, mezonlari va tartiblarini belgilagan holda baholash obyektlarining, shu jumladan bino va inshootlar qurishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olish tartibini joriy etish.
1. Baholash va baholash yo‘nalishidagi sud ekspertlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazgan holda, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘zaro muvofiqlashtirilishini ta’minlash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil sentyabr Adliya vazirligi

Davlat aktivlarni boshqarish agentligi
2. Baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor kon’yunkturasini hisobga olishni ta’minlaydigan Yagona milliy baholash standartlarini takomillashtirish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil oktyabr Davlat aktivlarni boshqarish agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Adliya vazirligi
24 Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazishning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish.
1. Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash.

2. Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, tazyiqlarga chek qo‘yish mexanizmini takomillashtirish.

3. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.
Qonun loyihasi 2023 - yil iyul Adliya vazirligi

Bosh prokuratura

Ichki ishlar vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limivazirligi
25 Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish.
18 yoshga to‘lgunga qadar sodir etgan jinoyati (o‘ta og‘ir jinoyatlar bundan mustasno) uchun shaxs jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng sudlanmagan hisoblanishiga oid normani qonunchilikka kiritish orqali bunday shaxslarning sudlanganlik tamg‘asidan xalos bo‘lishini ta’minlash. Qonun loyihasi 2023 - yil may Bosh prokuratura

Oliy sud

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
26 Nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilish.
1. Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasini kengaytirish.

2. Mediatorga doir talablarni qayta ko‘rib chiqish.

3. Hakamlik sudlari faoliyati hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi 2023 - yil sentyabr Adliya vazirligi

Oliy sud

manfaatdor vazirlik va idoralar
27 Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni liberallashtirish.
1. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini birinchi marta sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.

2. Ushbu toifadagi huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksida belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo choralarini kiritish.
Qonun loyihasi 2023 - yil iyul Bojxona qo‘mitasi

Bosh prokuratura

Davlat xavfsizlik xizmati

Ichki ishlar vazirligi

Oliy sud

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
28 Sud-tergov jarayonida ishtirokchilarning huquq va erkinliklarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda samarali himoya qilishni ta’minlash.
Elektron (raqamli) dalil tushunchasi, elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash. Qonun loyihasi 2023 - yil avgust Oliy sud

Bosh prokuratura

Ichki ishlar vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
29 Ma’muriy sudga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.
Fuqarolar o‘zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda undiriladigan davlat boji stavkalarini pasaytirish. Qonun loyihasi 2023 - yil iyun Oliy sud

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bosh prokuratura

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
30 Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish.
1. Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlash protsessual harakatlarini amalga oshirish uchun sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish.

2. Jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish.
Qonun loyihasi 2023 - yil iyul Oliy sud

Bosh prokuratura

Davlat xavfsizlik xizmati

Ichki ishlar vazirligi

Adliya vazirligi
31 Fuqarolarning harakatlanish erkinligi bilan bog‘liq huquqlarini cheklashda qonuniylikni ta’minlash ustidan nazoratni kuchaytirish.
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi ma’lumotlardan foydalanish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilash:

vakolatli organlar tomonidan Yagona elektron reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi ma’lumotlardan foydalanish, jumladan tegishli ma’lumotlarni harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning qarindoshlari yoki advokatlariga taqdim etish tartibi;

Yagona elektron reyestrni qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarda ishlab chiqish, takomillashtirish va keyinchalik texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha buyurtmachi hamda axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vakolatli organni belgilash;

Yagona elektron reyestrni ishlab chiqish va shakllantirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish tartibi;

Mas’ul vazirlik va idoralarning xodimlarini yangi tartibning mazmun-mohiyati va harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘qitish.
Vazirlar Mahkamasi qarori 2023 - yil may Ichki ishlar vazirligi

Bosh prokuratura

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Davlat xavfsizlik xizmati

Adliya vazirligi
32 Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi tashkiliy-boshqaruv faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.
1. Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida yagona boshqaruv tizimini yaratish.

2. Hududiy tergov bo‘linmalari xodimlarini ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish.

3. Jinoyatlarni tergov qilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.
Normativ-huquqiy-hujjat loyihasi 2023 - yil avgust Ichki ishlar vazirligi

Bosh prokuratura

Adliya vazirligi
33 Transport vositasida yo‘l-harakati qoidalarini buzganlik holatlarini aniqlash tartibini takomillashtirish.
Transport vositasi mulkdorining transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikdagi murojaatiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil noyabr Ichki ishlar vazirligi

Oliy sud

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
34 Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini «shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun» g‘oyasi asosida isloh qilish.
Nukus va Toshkent shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil mart Ichki ishlar vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
35 Sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish.
1. Tergovga qadar tekshiruv jarayoniga jalb etilgan shaxslarning protsessual maqomini aniqlashtirish, ushbu shaxslar gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi va guvoh huquq va majburiyatlaridan foydalanishini belgilash.

2. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazishga ruxsat berish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil sentyabr Bosh prokuror

Ichki ishlar vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
36 Sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida undiruvni mulkiy huquqlarga qaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirish.
Undiruvni uzoq muddatli ko‘chmas mulk ijarasi huquqiga, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarga, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish tartibining huquqiy asoslarini mustahkamlash. Normativ-huquqiy-hujjat loyihasi 2023 - yil oktyabr Bosh prokuror

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
37 Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini yanada takomillashtirish.
Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini qarzdor jismoniy shaxslardan kommunal xizmatlar uchun qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlariga nisbatan tatbiq etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil oktyabr Bosh prokuror

manfaatdor vazirlik va idoralar
38 Advokatura instituti jozibadorligini oshirish orqali sohaga yosh kadrlarni jalb etishning samarali tizimini yaratish.
Advokaturaga ishga qabul qilish tartibini yanada soddalashtirish, shu jumladan advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lish talabini bekor qilish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil mart Adliya vazirligi
39 Aholining barcha qatlami uchun mo‘ljallangan «Yuridik kutubxona» elektron tizimini va uning mobil ilovasini yaratish.
Huquqiy manba sifatida aholi foydalanishi uchun elektron kutubxonada:

yuridik adabiyotlarni sohalar kesimida (fuqarolik, mehnat, jinoyat va boshqa) tizimga joylashtirish;

foydalanuvchilarga kitoblarni bepul ko‘chirib olish, foydalanish, nusxa ko‘chirish imkoniyatini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil iyul Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
40 Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
1. 2023 - yilda iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,3 foizda bo‘lishini ta’minlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Markaziy bank

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. yillik inflyatsiya darajasini 9,5-10 foizgacha pasaytirish.

Bunda:

makroprudensial nazorat mexanizmlari va vositalarini takomillashtirish, ularni pul-kredit siyosati chora-tadbirlari bilan muvofiqlashtirish orqali inflyatsiya darajasini pasaytirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;

narx shakllanishining bozor mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish va tartibga solinadigan tovarlar narxini qayta ko‘rib chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Amaliy chora-tadbirlar
2023 - yil davomida Markaziy bank

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
3. Davlat qarzini boshqarishda yillik yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd dollardan oshmasligini ta’minlash.

Bunda, davlat tashqi qarzi mablag‘larini asosan muhim ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
41 Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.
1. 2023 - yil uchun respublika bo‘yicha uglevodorod resurslarini qazib chiqarish prognoz hajmlari bajarilishini ta’minlash.

2. Mahalliy zavodlarda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish.

3. 1500 kv.km maydonda 3D seysmik ishlar o‘tkazish, 20 ta yangi maydonni burg‘ilashga kiritish, 50 ta quduq burg‘ilash, 15 ta yangi konlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, yuqoridagi ishlar natijasida 35,3 mlrd kub metr tabiiy gaz va 1,2 mln tn suyuq uglevodorodlar zaxirasini o‘stirish.
Tashkiliy-huquqiy choralar 2023 - yil mart Energetika vazirligi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«O‘zbekneftgaz» AJ
42 «Yoshlik» mis konini o‘zlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazib, 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish.
1. "Yoshlik" mis konini o‘zlashtirish" investitsiya loyihasi doirasida rejalashtirilgan "Yoshlik I" va 3-misni boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Rudani qayta ishlash quvvati 60 million tonna bo‘lgan 3-misni boyitish fabrikasida qurilish-montaj ishlarini yakunlash va uning 1-liniyasini ishga tushirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil sentyabr Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
43 Olmaliqda misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalarini boshlash.
3. "Olmaliq KMK" AJ mis eritish quvvatlarini kengaytirishning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishni yakunlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil iyun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. "Olmaliq KMK" AJ tomonidan mis eritish quvvatlarini kengaytirishning asosiy muhandislik-loyihalash (Basic Engineering) ishlarini yakunlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil mart Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
1. "Olmaliq KMK" AJ negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
44 Navoiydagi Pistali konida 4 million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishini yakunlash.
1. Investitsiya loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan "Pistali" koni va "6-gidrometallurgiya zavodi" ("6-GMZ") uchun asosiy tog‘-kon va boyitish texnologik uskunalarini sotib olish ishlarini yakunlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil iyun Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Navoiy KMK» AJ, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. "Navoiy KMK" AJ tomonidan "Pistali" koni va "6-GMZ" sanoat obyektlarining tashqi elektr ta’minoti qurilishi ishlarini yakunlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Navoiy KMK» AJ, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3. "Navoiy KMK" AJ tomonidan "Pistali" koni va 6-GMZ qurilish ishlarining 1-bosqichini yakunlash va foydalanishga topshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil sentyabr Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Navoiy KMK» AJ, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
45 Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida muhandislik maktablarini tashkil qilish.
Kimyo sanoati va energetika sohasida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan muhandislik maktablari tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish hamda kelishuvlarga erishish. Amaliy chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil 1 avgust Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

«O‘zkimyosanoat» AJ
46 Umumiy qiymati 8 mlrd dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushirish va 40 ta yangi yirik loyihani amalga oshirishni boshlash.
1. Loyihalar kesimida tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, har bir ishga tushadigan loyihaga mas’ullarni biriktirilishi va tasdiqlanishini ta’minlash hamda ijroga qaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Tarmoq jadvallarida belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilib borish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish, Hukumat komissiyasi yig‘ilishlarida muhokama qilib borishni tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar har oy yakunida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
47 Avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligida investitsiya loyihalarini ishga tushirish.
1. Jizzax viloyatida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2. Chirchiq shahrida Qishloq xo‘jalik texnikalari klasteri negizida 100 ot kuchiga ega milliy traktorni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

«O‘zavtosanoat» AJ,

Andijon viloyati hokimligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi
48 Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.
Oziq-ovqat xomashyo bazasini kengaytirish va mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish dasturini ishlab chiqish. Bunda:

2023 - yil yakuniga qadar 68,5 trln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishini ta’minlash;

qayta ishlash quvvatlarini meva-sabzavot mahsulotlarida 3,2 mln tonnaga, sut mahsulotlarida 3,0 mln tonnaga va go‘sht mahsulotlarida 450 ming tonnaga yetkazish;

25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importini qisqartirish uchun qiymati 7,8 trln. so‘mlik 619 ta loyihalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Chora-tadbirlar dasturi 2023 - yil mart Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
49 Yangi xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish.
Yengil sanoat, charm-poyabzal, elektrotexnika, qurilish va oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli xalqaro va Yevropa standartlarni amaliyotga joriy etish. Bunda:

1 400 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlari tahlilini o‘tkazish;

dolzarb bo‘lgan standartlar ro‘yxatini shakllantirish;

ro‘yxat asosida standartlar xaridi va davlat tiliga tarjimasi bilan bog‘liq xarajatlarni Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan moliyalashtirish;

xarid qilingan va davlat tiliga tarjima qilingan xalqaro va Yevropa standartlarini O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va amaliyotga joriy etishni nazarda tutish.
Chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil dekabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi
50 Elektrotexnika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 22 trln. so‘mdan oshirish va eksport hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatidagi tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlikda ishlab, ularning ishlab chiqarish va eksport hajmlarini 1 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish. «Yo‘l xaritasi» 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi
51 Qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish.
Qurilish sohasida yangi mahsulotlar turlarini, shu jumladan, zamonaviy uslubda gulqog‘oz, polimer va kompozitli materiallar asosida geotekstil, geomembrana, katta o‘lchamli granit va marmar plitalari, keramogranit, yorug‘likni qaytaruvchi turli rangdagi qalin va mustahkam oynalar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi
52 Kalava ipni qayta ishlash darajasini oshirish, qayta ishlash zanjirining keyingi bosqichlaridagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish.
Sohadagi qo‘shimcha qiymat zanjiri bo‘shliqlarini to‘ldirish maqsadida Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashtirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish. «Yo‘l xaritasi» 2023 - yil may Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi
53 To‘qimachilik sanoatida mahsulot eksporti hajmini 1,4 barobarga oshirish.
Yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish, jumladan GSP+ prefrensiyalaridan keng foydalangan holda eksport hajmini 4,5 mlrd. dollarga yetkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi
54 Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yog‘-moy sanoati tarmog‘ida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 8 foizga oshirish.
1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 6,5 trln so‘mga yetkazish.

2. 30 mln dollarlik yog‘-moy mahsulotlari eksportini amalga oshirish.

3. Investitsiya dasturi doirasida 14 mln dollar o‘zlashtirish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi
55 Mahalliy ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish.
Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini va respublika sanoat yarmarkasini yuqori darajada o‘tkazish. Bunda:

hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida tarmoqlar va yirik sanoat korxonalari tomonidan asosiy faoliyat turi bo‘yicha kooperatsiya asosida o‘zlashtirish tavsiya etiladigan tovarlar namunalarini namoyish etish va yirik sanoat korxonalari tomonidan sanoat kooperatsiyasiga qiziqish bildirgan xususiy korxonalarni "shatakka olish";

yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari, metallokonstruksiya va uskunalar, elektrotexnika mahsulotlari, tez ishdan chiquvchi va doimiy foydalaniladigan butlovchi qismlarni o‘zlashtirish hamda sotib olish bo‘yicha mahalliy korxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash nazarda tutiladi.
Chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil aprel Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
56
Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan yangi turdagi, respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni mahalliylashtirish.
1. Hududlarning salohiyati, geografik joylashuvi hamda tabiiy va mineral resurslarini hisobga olgan holda yangi turdagi yuqori texnologik, zamonaviy, energiya tejamkor, innovatsiya va fan yutuqlariga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dasturini ishlab chiqish. Chora-tadbirlar dasturi 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Mahalliylashtirish dasturi doirasida kamida 60 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
57 Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobarga, eksportni 1,2 barobarga oshirish va investitsiyalarni keng jalb qilish.
1. 2,8 trln so‘mlik ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Sohada 25 mln dollarlik 16 ta loyihani ishga tushirish.

3. Ipak mahsulotlarining eksportini 110 mln dollarga yetkazish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
58 Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dasturni amalga oshirishni boshlash.
Respublikada 2023 — 2033-yillarda uglevodorod xomashyosi zaxiralarini ko‘paytirishga qaratilgan geologiya-qidiruvi ishlari dasturini ishlab chiqish.

Bunda:

yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda gaz qazib chiqarish;

Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlarni jalb qilish nazarda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2023 - yil may Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Energetika vazirligi

«O‘zbekneftgaz» AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
59 Gaz qazib chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini o‘rganish.
Gaz qazib chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni o‘rganib chiqish va natijalariga asosan ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Energetika vazirligi

Adliya vazirligi
60 Geologiya-qidiruv sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, mahalliy xomashyolarni sanoat usulida chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.
1. Uglevodorodga istiqbolli maydonlar bo‘yicha seysmik ma’lumotlarni yuqori aniqlikdagi zamonaviy "Paradigm" dasturiy ta’minotida qayta ishlash hamda 18 ta maydonning 3D modelini yaratish.

2. Zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining 1:500 000 miqyosdagi raqamli gidrogeologik xaritasini yaratish.

3. Angren konida kaolin va Gushsoyda alunit ma’danlaridan alyuminiy oksidini ajratib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish.

4. Mahalliy xomashyolar asosida bo‘yoq tayyorlashda ishlatiladigan 50 foizli vodorod peroksidi va natriy perekarbonatini ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish.

5. Plazmatron yordamida reniy metall kukunini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ
61 Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish.
Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish dasturi doirasida quyidagilarni ta’minlash:

Bukantov, Tomditov, Chotqol-Qurama, Hisor, Kuljuktov, Sultanuvays kabi jami 20 tadan ortiq obyektda tadqiqotlar o‘tkazish hisobiga oltin zaxirasini 136 tonnaga, kumush zaxirasini 175 tonnaga yetkazish;

mis zaxirasini 255 ming tonnaga, qo‘rg‘oshin zaxirasini 42 ming tonnaga, rux zaxirasini 48 ming tonnaga, volfram zaxirasini 8 ming tonnaga ko‘paytirish;

uran zaxirasini 5,5 ming tonnaga ko‘paytirish, uglevodorodlar resurslarini 58 mln tonna shartli yoqilg‘iga o‘stirish;

yer osti suvlarining 143,7 ming m3/sut zaxirasini aniqlash va natijasida 600 mingdan ortiq aholini ichimlik suvi, 40 ming gektar yerlarni sug‘orish uchun suv resurslarini ko‘paytirish.
Ilmiy-texnik kengash va doimiy faoliyatdagi zaxiralar komissiyasi bayoni 2023 - yil dekabr Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

«Navoiyuran» DK,

Energetika vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
62 Iqtisodiyot korxonalarida 737,01 mln kVt soat elektr energiyasi, 813,26 mln kub metr tabiiy gaz va 5,4 ming tonna neft mahsulotlarining tejalishiga erishish.
Yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zenergoinspeksiya
63 Energetika tekshiruvlarini (energetika auditi) amalga oshirish, energiya menejment tizimini joriy etish.
yillik hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini sarflaydigan 74 ta korxona, muassasa va tashkilotlarni majburiy energetika tekshiruvlaridan (audit) o‘tkazilishini muvofiqlashtirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Energetika vazirligi

O‘zenergoinspeksiya
64 2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 mlrd kVt soatga oshirib, jami 104 mlrd kVt soatga yetkazish.
1. Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida umumiy quvvati 650 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalari bo‘yicha bitimlarni imzolash.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida tenderni yakunlab, bitim imzolash.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklar
65 Respublikada o‘sib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida yangi generatsiya quvvatlarini yaratish.
1. Sirdaryo viloyatida "ACWA Power" (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 1 500 MVtga teng zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini yagona energetika tizimiga sinov tariqasida ulash.

2. Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida "Masdar" (BAA) kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy quvvati 670 MVtga teng ikkita quyosh fotoelektr stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulash.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil dekabr Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
66 4,5 ming MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkazish. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan qo‘shimcha 14 mlrd kVt elektr ishlab chiqarish orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasini 50 foizga ko‘paytirish.
1. 4,5 ming MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyihani samarali va o‘z vaqtida yakuniga yetkazish (tenderlarni yakunlash, bitimlarni imzolash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash ishlari) bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash. Amaliy chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil 15 mart Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini ta’minlash. Amaliy chora-tadbirlar rejasi tarmoq jadvaliga asosan Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
67 Energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish.
Iqtisodiyot energiya iste’molini kamaytirish va energiya resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha milliy dasturini ishlab chiqish va kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023 - yil iyul Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
68 Kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keskin oshirish.
2023 - yilda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqish va kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori 2023 - yil aprel Energetika vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi

«Olmaliq KMK» AJ, «O‘zmetkombinat» AJ,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
69 2023-yilda axborot texnologiyalari sohasida eksport hajmini oshirish.
1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari sonini 300 taga oshirish, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 30 taga ko‘paytirish.

2. Kompyuter dasturlash va autsorsing xizmatlari hajmini 5 trln. so‘mga va ularning eksporti hajmini 280 mln. dollarga yetkazish.

3. IT-park rezidentlari tomonidan axborot texnologiyalari sohasida venchur moliyalashtirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash (akselerator) va kibersport sohasida xizmat ko‘rsatishga ruxsat berish orqali rezidentlar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi
70 Respublika aholi yashash punktlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olish.
1. Respublika bo‘ylab 50 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali ularning umumiy uzunligini 220 ming km ga yetkazish.

2. Mobil aloqa operatorlari tomonidan qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatish va respublikadagi aholi yashash punktlarida mobil aloqa va keng polosali mobil Internet xizmatlari qamrovini 99 foizga yetkazish.

3. Mobil aloqa operatorlari tomonidan qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatish orqali xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida mobil aloqa va Internet qamrovini 70 foizga yetkazish.

4. Qo‘shimcha ravishda 700 mingta keng polosali Internet portlar o‘rnatish orqali ularning umumiy sonini 5,3 mln. taga yetkazish.

5. Xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 3 600 Gbit/s ga yetkazish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi
71 Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun yanada qulayliklar yaratish va ularni qo‘llab quvvatlash.
1. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini maqsadli amalga oshirish va yanada qo‘llab-quvvatlash. Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi 2023 - yil mart Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
2. Sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Raqamli texnologiyalar vazirligi
3. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish instituti laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil oktyabr Raqamli texnologiyalar vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
4. O‘zbek tilidagi matnlarni o‘qish jarayonini avtomatlashtirish, matnni ovozga (Text-to-Speech) va ovozli ma’lumotlarni matnga (Speech-to-Text) o‘tkazuvchi dasturiy ta’minotni yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil dekabr Raqamli texnologiyalar vazirligi
72 Davlat organlari va investorlar o‘rtasida tuzilgan investitsiya shartnomalaridagi investitsiya majburiyatlarini elektron tarzda ro‘yxatga olish tizimini ishlab chiqish.
Elektron tarzda ro‘yxatga olish dasturini ishlab chiqish va tizim faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil sentyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
73 Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.
1. 11 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyani o‘zlashtirish.

2. 304 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish orqali 48,7 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
74 Iqtisodiyotga xorijiy va mahalliy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yaxshilash.
1. Hududlarning investitsiya jozibadorligini har tomonlama baholash va hududlar o‘rtasida investitsiyalarni jalb etishda sog‘lom raqobatni shakllantirish uchun investitsiya standarti tizimi va investitsiya muhiti reytingini amaliyotga joriy etish. Amaliy chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. Toshkent shahrida II Toshkent xalqaro investitsiya Forumini o‘tkazish. Amaliy chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil noyabr Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
75 2023-yildan boshlab har bir hokim o‘z tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiya olib kelishini tashkil etish.
1. Shahar va tumanlar, investitsiya loyihalari kesimida manzilli loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha oyma-oy grafiklar ishlab chiqish, ularni tasdiqlash.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari
76 Investitsiya dasturlarini mahalla darajasiga tushirish va mahallalarning moliyaviy vakolatlarini kengaytirish.
Mahalla o‘z muammolarini mustaqil hal etishi uchun "Mahalla budjeti" tizimini soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan har bir viloyatlardan bittadan tumanda eksperiment tariqasida joriy etish hamda uning samaradorligi, natijadorligi va tizimni barcha tuman (shahar)larda joriy etish yuzasidan taklif kiritish. Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 2023 - yil mart Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
77 Xususiylashtirish dasturi doirasida 1 mingga yaqin korxonani savdoga chiqarish.
Davlat ishtirokidagi korxonalar, xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini davlatda saqlab qolish mezonlaridan kelib chiqib "sot yoki tushuntir" tamoyili asosida davlat ishtirokidagi korxonalar sonini keskin qisqartirish hamda kamida mingta davlat aktivlarini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil aprel Davlat aktivlari agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi
78 Eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining aksiyalarini aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarish (IPO).
1. Aksiyalarini aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarish (IPO) uchun eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining "IPO" jarayonidagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqish.

3. "IPO"ga tayyorgarlik jarayoni davomida kelib chiqadigan zarur tadbirlarni amalga oshirish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi
79 Iqtisodiyotni, shu jumladan sanoatning yetakchi tarmoqlarini yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish.
2023 — 2026 - yillarda ustav kapitalida davlat ulushi mavjud transformatsiya qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga ESG (Environment, Social, Governance)ni joriy etish, bunda atrof-muhit, ijtimoiy omillar va korporativ boshqaruv omillari (ESG omillari), shuningdek, barqaror rivojlanish masalalari bilan bog‘liq omillarni hisobga olish masalalari jamiyatlar boshqaruv organlarida ko‘rib chiqilishini tashkillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqish.

Xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda quyidagi korxonalarda ESGni joriy etish:

2023 - yilda — "O‘zmetkombinat" AJ;

2024 - yilda — "Navoiy KMK" AJ, "Olmaliq KMK" AJ;

2025-2026 - yillarda — boshqa davlat ishtirokidagi boshqa yirik korxonalar.
Chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

«O‘zmetkombinat» AJ,

«Navoiy KMK»

AJ, «Olmaliq KMK» AJ
80 Bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushini oshirish.
Bank tizimida davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish orqali banklardagi davlat ulushini ochiq va shaffof mexanizmlar asosida xususiylashtirish.

Bunda:

davlat ulushi mavjud banklar (Qishloq qurilish bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bank) aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni samarali yakunlash;

O‘zsanoatqurilishbankdagi davlat ulushini strategik investorga sotish va xususiylashtirishga qaratilgan tadbirlarni yakunlash;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankni transformatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash nazarda tutiladi.
Chora-tadbirlar rejasi 2023 - yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Markaziy bank

davlat tijorat banklari
81 Banklardagi omonatlarni himoyalash tizimini takomillashtirish.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi "Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish:

banklardagi omonatlarni kafolatlash fondining (Fond) tashkiliy tuzilmasini va vakolatlarini belgilash;

kafolatlanadigan omonatlar qamrovi va miqdorini belgilash;

barcha banklarning Fondga a’zo bo‘lishi lozimligini belgilash;

banklarni sanatsiyalashda Fond mablag‘laridan foydalanish imkoniyatini yaratish;

omonatlarni Fond tomonidan to‘lab berilishi munosabati bilan omonatchilarning bankdan ustuvor ravishda talab qilish huquqini Fondga o‘tkazish;

Fondga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan to‘langan badallarni chegirish amaliyotini bekor qilish.
Qonun loyihasi 2023 - yil oktyabr Markaziy bank
82 Bozorlarda yangi ishtirokchilarning kirib kelishidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish orqali raqobatni rivojlantirish.
1. Raqobatni cheklovchi mutlaq (eksklyuziv) huquqlarni bekor qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil iyul Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
2. Kamida 2 ta tovar bozorida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish. «Yo‘l xaritasi» 2023 - yil oktyabr Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
3. Tarmoqlarni tartibga solishda yuridik shaxslar birlashmalarining bozorlardagi raqobatga salbiy ta’sirini cheklashga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil sentyabr Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
83 2023-yilda eksport hajmini 23 mlrd dollardan oshirish, maxsus eksportsiz eksport hajmini 17,7 mlrd dollarga yetkazish. Bunda:

eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 47 foizdan 54 foizga yoki 9,6 mlrd dollarga yetkazish;

mavjud xomashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushini 26 foizdan 20 foizgacha kamaytirish;

xizmatlar eksport hajmlarini 4,6 mlrd dollarga yetkazish.
Ushbu ko‘rsatkichlarning ijrosini ta’minlash uchun respublika hududlari va tarmoqlar bilan birgalikda 2023 - yilda eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rish. Xususan:

aylanma mablag‘lar uchun 350 dan ortiq korxonaga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qulay shartlarda mablag‘lar ajratish;

580 tadan ortiq korxonaga transport xarajatlarining bir qismi qoplab berish;

260 ta tadbirkorlik subyektining xalqaro tan olingan sertifikat va standartlarni joriy etish xarajatlarini qoplab berish;

yangi xorijiy bozorlarga kirish maqsadida mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga Hindiston, Xitoy, Fransiya va Indoneziya davlatlaridan anor, achchiq qalampir, xurmo, tarvuz, uzum, no‘xat, gilos mahsulotlariga karantin ruxsatnomalari olinishini ta’minlash;

xorijiy davlatlarda doimiy ravishda faoliyat yurituvchi "Made in Uzbekistan" brendi ostida "shou-rum"lar tashkil etish choralari ko‘rish;

Allbiz, Global pulses, Europages kabi xalqaro elektron savdo portallarida "O‘zbekistonning milliy mahsulotlari paviloni"ni ishga tushirish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari
84 2023-yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish.
1. Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlari, tovar va xizmatlar, aniq muddatlar kesimida oyma-oy eksportga yuklash grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlanishini ta’minlash hamda ijroga qaratish. Amaliy chora-tadbirlar Har chorakda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

iqtisodiyot tarmoqlari,

tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Eksport prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilib borish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rib borish. Amaliy chora-tadbirlar Har oyda kamida 1 marta Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

iqtisodiyot tarmoqlari,

tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
3. Eksport prognozi ijrosini ta’minlash, korxonalarga ta’sirchan amaliy yordam berish maqsadida respublikadagi yirik eksportchi korxonalarga tarmoqlar, tijorat banklari va hududlardan mas’ul rahbarlarni biriktirish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
4. Mahalliy eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Eksportni rag‘batlantirish agentligi, iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
5. Mahalliy korxonalarning eksport faoliyati uzluksizligini ta’minlash maqsadida eksportoldi moliyalashtirish uchun zarur kredit mablag‘larini ajratib borish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Eksportni rag‘batlantirish agentligi, iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
6. Xalqaro ko‘rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish bo‘yicha "Made in Uzbekistan" dasturini amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar Tadbirlar grafigiga muvofiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi, iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
85 «Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturini davom ettirish.
1. Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarni keng targ‘ib qilish orqali tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga faol jalb qilish. Amaliy chora-tadbirlar Tadbirlar grafigiga muvofiq Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

tijorat banklari,

iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilish. Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

tijorat banklari,

iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
3. "Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti" dasturi doirasida 2023 - yilda 100 ta eksportchini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish. Amaliy chora-tadbirlar har chorak yakuni bo‘yicha hisobot kiritgan holda 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

tijorat banklari,

iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
4. Mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga yo‘l ochib berish maqsadida "tadbirkordan — eksportyorgacha" tamoyili asosida chora-tadbirlar dasturiga muvofiq mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish. Amaliy chora-tadbirlar har chorak yakuni bo‘yicha hisobot kiritgan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

tijorat banklari,

iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
86 Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobarga oshirish.
1. Yevropa bozorining elektrotexnika mahsulotlariga bo‘lgan talabini o‘rganish va yirik import qiluvchi kompaniyalar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yevropa bozoriga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan 20 turdagi mahsulotlar ro‘yxatini tuzish.

3. Xalqaro sertifikatlar olishni tashkil etuvchi konsalting kompaniyalarni aniqlash va ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

4. Eksport qilinishi belgilangan mahsulotlarga Yevropa davlatida tan olingan xalqaro sertifikatlar olinishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish.

5. Xalqaro sertifikatlarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi choralarini ko‘rish.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi,

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Eksportni rag‘batlantirish agentligi
6. GSP+ doirasida Yevropaga eksportni (hajmi va nomenklaturasi) kengaytirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish va tasdiqlash. Yo‘l xaritasi 2023 - yil mart Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

«O‘zto‘qimachilik-sanoat» uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
7. Xalqaro standartlash va sertifikatlash tashkilotlari, "Teri ishchi guruhi" (LWG) va "Barqaror terichilikni rivojlantirish tashkiloti" (SLF) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Sohadagi kamida 200 ta eksportchi korxonada xalqaro sifat va menejment tizimlari standartlarini joriy qilish choralari ko‘rish.

Yevropaning brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan "autsorsing" va "franchayzing" asosida mahalliy korxonalarda poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va brend egalarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Yevropa davlatlarida tashkil etiladigan yirik ko‘rgazma-yarmarkalarda mahalliy poyabzal, charm-attorlik, jun, mo‘yna va qorako‘ldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning faol ishtirokini ta’minlash.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil davomida «O‘zcharmsanoat» uyushmasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
87 Eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarni kompensatsiya qilish ishlarini davom ettirish.
1. Eksport qiluvchilarning transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimi to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirish. Amaliy chora-tadbirlar Doimiy ravishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Eksportni rag‘batlantirish agentligining buyurtmalariga asosan zarur subsidiya mablag‘larini ajratib borish. Amaliy chora-tadbirlar Buyurtmaga asosan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
88 Mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvini 3 barobar qisqarish.
"Eksport uch qadamda" — eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan tizimni joriy etish.

Bunda, eksport operatsiyalarini quyidagi 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutiladi:

eksport shartnomasini shakllantirish;

tovar va transport hujjatlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirish;

bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorati.
Amaliy chora-tadbirlar 2023 - yil avgust Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar
89 Eksportni rag‘batlantirish agentligi orqali moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibini ixchamlashtirish.
Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam xizmatlari bo‘yicha yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2023 - yil iyun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Eksportni rag‘batlantirish agentligi