Muhokama statistikasi
1
Yo'nalish
  • 0
  • 6
  • 0
2
Yo'nalish
  • 1
  • 0
  • 0
3
Yo'nalish
  • 0
  • 26
  • 0
4
Yo'nalish
  • 1
  • 22
  • 1
5
Yo'nalish
  • 0
  • 4
  • 0
6
Yo'nalish
  • 0
  • 0
  • 0
7
Yo'nalish
  • 0
  • 1
  • 0
  • 2
  • 59
  • 1
2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
1 1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.

Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.

Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish.

Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish.

Mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.

Mahallalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, barcha mahalla raislari va hokim yordamchilarida boshqaruv asoslari, bandlikni ta’minlash, bank-moliya, tomorqa, er, chorvachilik va parrandachilik bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2 2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.

Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.

Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish.

Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, xalq deputatlari Kengashlarining Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.

Mahalliy kengashlarning kotibiyatlari faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish.

3 3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish.

Joylardagi masalalarni hal etishda mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish va har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirish, shu jumladan hokimlarni saylash tizimini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan hududiy ijro organlarining shtat birligi va tuzilmalarini belgilash amaliyotini bosqichma-bosqich kengaytirish, hududlarda amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish.

Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot texnologiyalarni keng joriy qilish, hududlarning 40 dan ortiq, jumladan transport, infratuzilma, ijtimoiy va boshqa sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarini ishga tushirish.

4 4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish.

Vazirlik va idoralarni tashkil etish va tugatishning aniq tartibi, ularni bir-biridan farqlovchi mezonlarni nazarda tutuvchi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqib, amaldagi davlat boshqaruvi tizimini qayta ko‘rib chiqish.

Davlat boshqaruvi organlarining shtat birliklarini oshirishga cheklov o‘rnatishning tartibini hamda kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.

Vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat — xalq xizmatchisi” tamoyili asosida fuqaroga xizmat qilishga yo‘naltirish.

5 5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish.

Vazirlik va idoralar rahbarlariga tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, qabul qilinayotgan qarorlarning ular tomonidan samarali ijro etilishini ta’minlash.

Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.

Vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish.

Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.

Vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish.

6 6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish.

Xususiy sektorga o‘tkaziladigan ayrim davlat funksiyalari sonini 3 barobarga oshirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.

Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini tashkil etish.

7 7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish.

Oliy Majlis palatalarining davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning ichki va tashqi siyosatga oid muhim vazifalarni hal etishdagi vakolatlarini kengaytirish.

Barcha sohalarda vaziyatni har tomonlama o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun ta’sirchan choralar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish, qabul qilingan qonunlarning amaliyotda so‘zsiz va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda parlamentning ishtirokini kengaytirish.

Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirishning amaldagi mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish, mazkur jarayonlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlash orqali jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi tashabbuskorligini oshirish.

Davlat budjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qo‘yish va natijaga qarab ularga so‘rov yuborish amaliyotini joriy qilish.

Oliy Majlis palatalarida hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, shu jumladan masofaviy ishlash amaliyotini keng joriy qilish, hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlari muhokamasida tegishli hududdan saylangan deputat va senatorlarning ishtirokini kuchaytirish.

“Elektron parlament” doirasida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bog‘lash, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borish, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etish jarayonini raqamlashtirish.

Qonunchilik palatasi boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish, parlament saylovlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida yanada takomillashtirish.

8 8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat’iy ijrosini ta’minlash.

Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish.

Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, sifati va samaradorligini ta’minlash maqsadida “aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish.

Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga va raqamli faoliyatga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish.

Sohalarda “tartibga solish yuki”ni kamaytirish doirasida qonunchilik hujjatlarini qisqartirish, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega davlat organlari doirasini qisqartirish, shuningdek ushbu hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish.

9 9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.

Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.

“Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.

Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.

Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.

“Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish.

“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish.

Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish.

10 10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish.

Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash tizimi bo‘yicha “Milliy reyting” tizimini joriy etish.

Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish.

Mahalliy hokimlik organlari, vazirlik va idoralarga rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.

Davlat xizmatiga kirish, zaxirani shakllantirish, baholash va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish.

Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish.

11 11-maqsad: Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish.

Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish.

Davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

“Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqparvar davlat” milliy dasturi izchil amalga oshirilishini ta’minlash.

Jamoatchilik palatasining faoliyatini samarali tashkil etib, uning fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yo‘llarini belgilash jarayoniga faol jalb etish.

12 12-maqsad: Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish.

Ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o‘rganishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini va saylov madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini davom ettirish.

Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish.

Ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-quvvatlash hajmini ikki barobarga oshirish.

Xalq deputatlari Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilayotgan mablag‘lar hajmini yetti barobarga oshirish.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
13 13-maqsad: Mulkiy huquqlarning daxlsizligini ishonchli himoya qilish hamda davlat organlarining mulkiy munosabatlarga noqonuniy aralashuvini cheklash.

Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash.

Xususiy mulk ustuvorligini asosiy tamoyil sifatida belgilash, shu jumladan davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish.

14 14-maqsad: Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash.

Mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Fuqarolarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish, shu jumladan harakatlanish erkinligini cheklash bilan bog‘liq choralarni qo‘llashda qonuniylikni so‘zsiz ta’minlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tizimini yanada soddalashtirish va aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni yakuniga yetkazish.

Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tizimiga insonparvarlik tamoyilini keng joriy etish.

Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda maxsus qonun qabul qilish.

Yuvenal adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqlari qonunchiligini kodifikatsiyalash.

15 15-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

Ma’muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo‘llash sohasini kengaytirish.

“Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

Sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish.

Sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etish.

Sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish.

Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish.

Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish hamda sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish.

Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda saylanish va hisobdorlik kabi demokratik tamoyillarni joriy etish.

Sud tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish ishlarini olib borish.

16 16-maqsad: Jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.

Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etgan holda fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga tekshirish uchun olib borish amaliyotidan voz kechish.

Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash.

17 17-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltirish.

Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish.

Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish.

Qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yaratish hamda “Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish.

Tezkor-qidiruv va tergov faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini samarali himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimini tubdan isloh qilish, jinoyatlarni yashirish holatlarining oldini olishda zamonaviy usullardan foydalanish.

18 18-maqsad: Sud va boshqa organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning muqobil, shu jumladan suddan tashqari usullaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish.

Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni (sud hujjatlaridan tashqari) xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish.

19 19-maqsad: Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish.

Advokatura institutini to‘laqonli o‘z o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish.

Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish.

Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash.

20 20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.

Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

Tadbirkorlar va aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari uchun huquqiy hujjatlarni yurist ishtirokisiz tayyorlash imkonini beruvchi “Legal Tech” platformasini ishga tushirish.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
21 21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.

Davlat budjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.

Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.

Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.

22 22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.

Sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash.

Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.

Mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun asos yaratish.

Kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga yetkazish orqali kimyo sanoatida 2 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish.

Avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish. Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.

To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.

Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga ko‘paytirish.

Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 baravar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80 foizga yetkazish.

Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish.

Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,8 baravarga ko‘paytirish.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.

Yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish.

Sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish.

23 23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish.

Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish.

Iqtisodiyot uchun zarur mineral xomashyo bazasini kengaytirish.

Uglevodorod xomashyosi mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.

Geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.

24 24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.

2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish.

2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash.

O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta’minlash.

Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.

Uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.

Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish.

Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish.

25 25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.

Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.

Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish.

Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish.

26 26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.

Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish.

2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish.

Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.

Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish.

Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda “Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish.

Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish.

27 27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.

Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish.

Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish.

28 28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish.

Eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish.

Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish.

Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish.

Xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.

Avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va 1 milliard AQSh dollariga yetkazish.

Turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy ta’minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard AQSh dollariga yetkazish.

Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish.

Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar ko‘paytirib, Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga chiqarishda ko‘maklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 taga, tovarlarning eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish.

“Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi asosida 200 ta eksportchini ochiq tanlov asosida saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

Qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

29 29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.

Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘tkazish.

Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.

2026-yil borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish.

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.

Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.

30 30-maqsad: Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.

Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish.

Qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish.

Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish.

Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish.

Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish.

Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish.

Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish. Urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish.

Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish. Agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish.

Aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish.

31 31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.

Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish.

Suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish.

Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish.

32 32-maqsad: Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5 — 2 baravar ko‘paytirish.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5 — 2 barobarga oshirish.

Chorvachilik ozuqa bazasi mustahkamlash.

33 33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4 — 1,6 baravarga oshirish.

14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish. Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘rish. 450 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish. Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish.

Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy etish.

Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va “Aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish.

Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta hududda tashkil etish. Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish.

Oliy ta’lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.

Qurilish sohasini texnik tartibga solish. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish.

Aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish. Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish.

34 34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishga alohida e’tibor qaratish.

Respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish va yangilash.

Respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash.

Suv ta’minoti quvurlaridagi suv sirqish nuqtalarini sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi orqali masofadan zondlab aniqlash va ta’mirlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

Toshkent shahrida oqova suvini tozalash tizimini shahar hududidan tashqariga chiqarib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi inshootlarni barpo etish.

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali keyingi 5 yilda xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravarga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda jami 3,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash, keytering kabi xizmatlarni ko‘rsatish punktlarini rivojlantirish.

Respublika hududlarida savdo va yo‘lbo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish.

Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish. Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish.

35 35-maqsad: “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish.

To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026-yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish.

Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish.

Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish, 300 million AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish, 25 ming ish o‘rinini yaratish.

Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligini ta’minlash. 2022-yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm markazini va zaruriy infratuzilmani tashkil etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish. Bunda, Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish.

Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver soha bo‘lishi uchun alohida dastur qabul qilish.

Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish.

Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish.

Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash.

Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish.

36 36-maqsad: Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.

Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish.

Shaharlararo va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlari jozibadorligini oshirish.

Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish.

Transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk hajmini 15 million tonnaga yetkazish.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
37 37-maqsad: Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish. Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish.

Kasbiy ta’lim bilan tizimli ravishda shug‘ullanish masalalarini to‘liq ravishda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ixtiyoriga o‘tkazish.

Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, jami 1 million nafar ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish.

Umumta’lim maktablarining kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish.

38 38-maqsad: Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish.

2022/2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga, 2024/2025 o‘quv yili yakuniga qadar 100 foizga yetkazish.

 

Maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.

39 39-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.

Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish.

2022 — 2026-yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish.

Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish.

40 40-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimida budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash.

Maktabgacha ta’lim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

41 41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish.

Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish.

O‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2026-yilda 8 foizga, shu jumladan 2022-yilda 3 foizga oshirish.

2022 — 2026-yillarda 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabini rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish.

Yoshlarni san’at dunyosiga oshno etish, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan ortiq bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Chekka hududlarda maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalarigacha transport qatnovini yo‘lga qo‘yish.

42 42-maqsad: 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish.

Milliy o‘quv dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan 2022-yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish.

Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha yangi metodikalarga o‘qituvchilarni o‘qitish maqsadida Elektron malaka oshirish platformasi uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yaratish.

Umumta’lim maktablarda darslik va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimini joriy etish.

43 43-maqsad: Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.

Iqtidorli o‘qituvchilarning ish haqlarini malaka toifasiga qarab tabaqalashtirilgan holda oshirib borish.

O‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda malakani baholash metodikasi asosida adolatli va shaffof tizimni joriy etish.

44 44-maqsad: Maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish.

Maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash.

Toifaga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish.

Umumta’lim maktablarini, ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ishlarini davom ettirish.

Maktablarda direktor va uning o‘rinbosarlarini tayinlash tizimini maktab o‘qituvchilari va ota-onalarning ishtiroki ta’minlanishini nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish.

Xalq ta’limi tizimi tuman bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish hisobiga optimallashtirish.

45 45-maqsad: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan ta’minlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini joriy etish.

Tajriba-sinov natijalariga ko‘ra boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqish.

46 46-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta’lim sifatini oshirish.

Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022-yilda oshirish.

2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish.

2026-yilda qabul ko‘rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu jumladan ular tomonidan mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining tegishli huquq va vakolatlarini aniq belgilash.

47 47-maqsad: 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash.

Oliy ta’lim muassasalarining QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish.

10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasasini tanlash.

Salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

48 48-maqsad: Qariyb 100 ming o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish.

Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishda loyihalarni moliyalashtirishning maqbul usullarini yo‘lga qo‘yish.

2022-yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylarini barpo etish.

2026-yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasini 60 foizdan oshirish.

49 49-maqsad: 2026-yilgacha nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish.

2022-yilda Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotini tashkil etish orqali ularning jami sonini 34 taga yetkazish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta nufuzli mahalliy va xorijiy oliygohlarning filiallarini hamda Toshkent viloyatida 5 ming nafar talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universitetini tashkil etish.

Andijon viloyatida 4 ta xususiy oliygoh tashkil etish. Natijada hududdagi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovini 23 foizdan 50 foizga yetkazish.

Namanganda kelgusi 5 yilda 7 ta oliygoh tashkil etib, jami oliy o‘quv yurtlari soni 10 taga yetkazish.

Samarqand shahrida 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan “Yoshlar shaharchasi”ni barpo etib, unda kamida 4 ta xorijiy universitetning filial va kampuslarini joylashtirish. Xorijiy davlatlarning yetakchi texnika universiteti bilan birgalikda Samarqand texnologiya universitetini tashkil etish.

Urganch davlat universiteti qoshida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika markazi va jamg‘armasini, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali va uning qoshida Urganch boshlang‘ich raqs san’ati maktab-internatini tashkil etish.

2026-yilga qadar respublika hududlarida kamida 1 tadan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali ularning sonini 50 taga yetkazish.

50 50-maqsad: “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish.

Xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun ochiq saralash tanlovlarini o‘tkazish.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlarida qatnashish maqsadida Jamg‘arma tomonidan ochiq tanlov e’lon qilish va o‘tkazish.

51 51-maqsad: Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha arzonlashtirilgan va sifatli, xomashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, shu jumladan umumiy qiymati 165,9 milliard so‘mlik jami 195 ta loyihani amalga oshirish.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida to‘lov-grant asosida o‘qishni tashkil etish.

52 52-maqsad: Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish.

Global innovatsion indeksda qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash.

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlarni yaratish, tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish.

53 53-maqsad: Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 60 foizga yetkazish.

Majburiy ijtimoiy kafolatlar bo‘yicha qonunchilikni tizimlashtirish va takomillashtirish, belgilangan ijtimoiy himoyaning qat’iy ta’minlanishini nazorat qilish.

Majburiy ijtimoiy kafolatlardan, shu jumladan ijtimoiy himoya turlaridan foydalanish imkoniyatini sohani raqamlashtirish hisobiga kengaytirish, ushbu jarayoniga ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini joriy qilish.

54 54-maqsad: Pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish.

Fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshib borishini ta’minlash.

Xalqaro tamoyil va standartlarga muvofiq ko‘p bosqichli va davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti tizimini joriy qilish.

Fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi asosida pensiya tayinlash tizimiga o‘tish.

55 55-maqsad: Ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish.

Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida tibbiyot klasterlarini tashkil etish.

56 56-maqsad: Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilish.

Markazlashgan laboratoriya, sterilizatsiya va yuqori texnologik tekshiruvlar tizimini tashkil etish.

Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish dasturini 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishning 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish.

Aholini tibbiy sug‘urtalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish.

57 57-maqsad: Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

Davlat tibbiyot muassasalaridagi tibbiy asbob-uskuna va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish.

Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida korxona va uning 13 ta hududiy bo‘limlarini tashkil etish.

58 58-maqsad: Dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish.

Elektron retsept tizimini takomillashtirish va keng joriy etish hamda narxlarga rioya etilishini onlayn kuzatishning axborot tizimini yaratish.

Farmatsevtika mahsulotlarini markirovkalash tizimini joriy qilish.

Dori-darmon va tibbiy buyumlarni aholi uchun yetkazib berish tizimini olis hududlar va mahallalar ehtiyojlaridan kelib chiqib, zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirish.

59 59-maqsad: Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish.

Davlat budjetidan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratilgan mablag‘larning 3 barobarga oshirilishini ta’minlash. Bunda asosiy e’tiborni xonadonbay tibbiy profilaktikani kuchaytirishga qaratish va “maqsadli” skrining o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Tibbiy-sanitariya xizmatining jozibadorligini oshirish va sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash.

Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati xodimlarining mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish.

Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Davlat tibbiyot muassasalarida dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minotini yanada yaxshilash hamda yetkazib berish va saqlash tizimini takomillashtirish.

60 60-maqsad: Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan ta’minlash.

Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

61 61-maqsad: Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish.

Xususiy tibbiyotni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.

Tibbiy faoliyatni yuritishda bino va inshootlarning yerto‘la qismidan foydalanish, shuningdek, laboratoriya va diagnostika bo‘limlari faoliyatiga qo‘yilgan talablarni yengillashtirgan holda xalqaro tajribadan kelib chiqib, belgilangan texnik jihatdan tartibga solish hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

Tibbiy faoliyat ixtisosliklarini tashkil etishda moddiy texnik baza va tibbiy asbob-uskunalarga belgilangan eng kam talablarni soddalashtirish.

62 62-maqsad: Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining ulushini 80 foizga yetkazish.

Import mahsulotlar hajmini va tarkibini optimallashtirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.

Zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalarini tashkil etish va mavjudlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

63 63-maqsad: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro maqomga ega laboratoriyalarini tashkil etish.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 263 ta obyektlarini zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 249 ta obyektida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini olib borish.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining kadrlar salohiyatini oshirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish.

64 64-maqsad: Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida tashkil etish.

Hududlardagi mavjud ehtiyoj, aholining takliflarini inobatga olgan holda 2022-2023-yillarda 61 ta oilaviy poliklinikalar, 215 ta oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish.

Aholiga sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida birlamchi tibbiy xizmatni mahallalarda tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘rish.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda aholiga masofadan turib tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish.

65 65-maqsad: Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.

Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turi va murakkabligi, shuningdek erishilgan natijaga ko‘ra o‘zgarishini nazarda tutuvchi tizim yaratish.

66 66-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish.

Nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish.

Tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bo‘lishi, shahar yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini ta’minlovchi inklyuziv ta’lim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish.

Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish.

67 67-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish.

 

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 2026-yilda 33 foizga chiqarish.

Respublika yoshlari o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish.

O‘zbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish.

Yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish.

Barpo etiladigan har bir “Yashil hudud”da yugurish, velosipedda harakatlanish uchun “Salomatlik yo‘laklari” hamda badminton, stritbol va vorkaut maydonchalarini tashkil etish.

Vazirlik, idora hamda tashkilotlar xodimlarini va aholini sport tadbirlariga jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish.

Milliy olimpiada sport o‘yinlarini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Sport o‘yinlari o‘tkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.

Milliy olimpiada o‘yinlarini yuqori darajada tashkil etish hamda g‘olib va sovrindorlarni munosib rag‘batlantirish.

Milliy olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarining borishini ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritishini tashkil etish.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul ko‘rsatkichlarini oshirish hisobiga faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli trenerlarning amaldagi 54 foizlik ulushini 2022-yilda 62 foizga, 2026-yilda 85 foizga oshirish.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilarini sport ta’limi muassasalariga jalb etish.

68 68-maqsad: Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish.

Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish.

Jamoaviy va boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash.

Yozgi paralimpiya sport turlarini rivojlantirish. Bunda:

paralimpiya sportchilari orasida sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish. Xususan, mazkur tashabbusni xalqimizning imkoniyati cheklangan vakillari qatlamida targ‘ib qilish;

paralimpiya sport turlari ro‘yxatiga kiritilgan sport turlarini sport ta’lim muassasalarida tashkil etish orqali Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlariga 100 dan ortiq litsenziyalarni qo‘lga kiritish.

Yoshlarni sportga jalb etish va ularni qamrab olish.

2026-yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish maqsadida eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratish.

Mavjud salohiyat va imkoniyatdan kelib chiqib, hududlarni qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirish.

Qishki sport turlariga ixtisoslashtirilgan hududlarda tegishli sport turlarini rivojlantirish, milliy jamoa a’zolarini shakllantirish va 2023-yildan boshlab, xalqaro musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash.

Qishki sport turlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, 2026-yildagi qishki Olimpiya o‘yinlariga kamida 10 ta litsenziyani qo‘lga kiritish.

69 69-maqsad: Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash.

Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish.

Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish.

Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish.

Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash.

“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

70 70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish.

Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.

Yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash.

Yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish.

Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.

Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash.

Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilish.

Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish.

Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish.

Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.

Yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish.

Yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
71 71-maqsad: Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — taraqqiyot strategiyasi sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish.

“Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish.

Aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish.

Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish.

O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.

Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o‘z vaqtida berib borish orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olish.

“Mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar kesimida ijtimoiy-ma’naviy muhitni optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.

Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish.

Maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llash.

Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirish.

“Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.

72 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish.

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish.

73 73-maqsad: Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish.

IHT, IRSIKA, AYSESKO, YUNESKO kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish.

Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar qalamiga mansub 100 ta asarning xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish.

 

Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

74 74-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash.

Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.

Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash.

Turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish.

Xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.

Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do‘stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

75 75-maqsad: Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish.

Atoqli O‘zbekiston xalq rassomlari va amaliy san’ati ustalarining namunali hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish hamda ular xotirasini abadiylashtirish.

O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini xalqaro darajada ommalashtirish.

Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

76 76-maqsad: Madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

Madaniyat va san’at sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash.

 

Teatr san’atini rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Madaniyat markazlari faoliyatini takomillashtirish va ular tomonidan aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

Hududlarda yangi madaniyat obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat olib borishini ta’minlash.

O‘zbek sirk san’atini yanada rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Milliy madaniyatni xalqaro darajada ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni hududlarda o‘tkazishni joriy etish.

O‘zbek xalqi madaniyati va san’atini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan atoqli ijodkor ziyolilar yubileylarini munosib nishonlash, hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish.

Respublika hududida joylashgan madaniy meros obyektlarini saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish bilan bog‘liq kompleks tadbirlarni amalga oshirish.

77 77-maqsad: O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish.

Tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish.

78 78-maqsad: Milliy kino san’atini rivojlantirish.

Kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish.

 

Kino sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish.

Milliy multiplikatsiya industriyasini shakllantirish.

Kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmog‘i sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnika bazasiga ega infratuzilmani yaratish.

Kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va texnik xodimlari malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish.

Milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rag‘batlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish.

Sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
79 79-maqsad: Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish.

Xalqaro maydonda atrof muhitga oid tashabbuslar, shu jumladan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surish.

Atrof muhitga ta’sir xavfi yuqori daraja (I toifa)dagi obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish.

Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash mexanizmlarini takomillashtirish, atrof muhitni kuzatish, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan ta’minlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof muhitga ta’siri ustidan monitoringni amalga oshirish.

Respublika hududida amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash yuzasidan davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish.

80 80-maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yil kamida 200 million tup daraxt ekish. “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish.

Maishiy chiqindilarni yig‘ishni 100 foizga, ularni qayta ishlash darajasini 2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga yetkazish.

Respublika bo‘yicha 51 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko‘llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash ishlarini yakunlash.

Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish, ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish.

Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, 2026-yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish.

Orolbo‘yida xalqaro “Yashil iqlim” va Global ekologik jamg‘armalarning bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million AQSh dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish

Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish.

Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish.

81 81-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish

Respublika hududlarida o‘rmonlar maydonini kengaytirish va o‘rmon fondi yerlaridan samarali foydalanish.

O‘rmon fondining tog‘ va tog‘oldi hududlari plantatsiyalarini barpo qilish.

Cho‘l hududlarida o‘simliklarni ko‘paytirish, hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etish.

Sug‘oriladigan yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum ko‘chishidan saqlash uchun ihota daraxtzorlarini barpo etish.

Davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlardan foydalanish, o‘rmon fondini kengaytirishni tartibga solish.

O‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish.

82 82-maqsad: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish.

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosatini amalga oshirish.

Ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar ta’sirini oldini olish va ularning ta’siriga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolarini bartaraf etish.

Aholi, ayniqsa yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetini shakllantirish.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda xorijiy davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish.

Diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash.

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish.

Faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish.

Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish.

Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish.

Dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar e’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish.

83 83-maqsad: Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish.

Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

Davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.

84 84-maqsad: Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot, shu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qo‘llab-quvvatlash.

Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotida tizimli preventiv choralarni kuchaytirish.

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash.

85 85-maqsad: Mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026-yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish.

Kambag‘allikni qisqartirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirishga yordam berish orqali ularda ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratish.

Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish. Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

Hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambag‘al toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarni yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambag‘allikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish.

Ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha ehtiyojmand aholining kamida 85 foizini ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va aholi qatlamlariga, shuningdek, vaqtinchalik og‘ir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat ijtimoiy yordamini ko‘rsatish.

86 86-maqsad: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish.

Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

Xorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolarni kasb-hunarga va chet tillarga o‘qitish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar berish borasidagi chora-tadbirlarni hayotga tizimli ravishda va jadal tatbiq etish.

Mehnat migrantlarini moliyaviy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash amaliyotini kengaytirish.

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish.

Xorijiy davlatlarda ishlash istagida bo‘lgan kamida 300 ming nafar fuqaroni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish. Xavfsiz, tashkillashtirilgan xorijiy mehnat migratsiyasiga 400 ming nafar fuqaroni yuborishni tashkil etish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar haq-huquqlarini ta’minlashda manzilli ko‘mak ko‘rsatish.

“O‘z kelajagimga o‘zim investor” loyihasini samarali amalga oshirishni ta’minlash.

87 87-maqsad: “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar o‘rnatish.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish.

Xorijdagi vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarni qo‘llab-quvvatlash. Yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik o‘rnatish va olib borish sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli asosda tahlil qilib borish va ularning yechimi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.

Xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish.

Xorijdagi vatandoshlarning salohiyatini O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishga jalb etish va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

88 88-maqsad: Pandemiyalarga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish.

Pandemiya va shu kabi ofatlar bilan bog‘liq jarayonlarning barvaqt oldini olish, vaziyatni har tomonlama chuqur tahlil qilib, bo‘lajak xavf-xatarlarni, ular bilan bog‘liq muammolarni oldindan prognoz qilish, ularning yechimiga aniq reja va choralar bilan tayyor turish tizimini yaratish.

Kasalliklarni yengish yo‘lida barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.

Bemorlarni davolash bo‘yicha telemeditsina orqali olib borilayotgan muloqotlarni kengaytirish, xalqaro tajribalar va tavsiyalarni faol joriy etish.

Koronavirus qaytadan tarqalishining oldini olish hamda uning iqtisodiyot va insonlar hayotiga salbiy ta’sirini imkon qadar cheklash uchun aholining eng muhim hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash, narx-navoning oshib ketmasligiga erishish va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Ijro holati Muhokama
89 89-maqsad: Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash.

Axborot sohasini tartibga soluvchi yagona tizimlashtirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish.

Shaxsiy va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik huquqi buzilishining oldini olish.

Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish.

90 90-maqsad: Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish.

Barcha bo‘g‘indagi hokimiyat organlari rahbarlarining qo‘shinlar kundalik hayotida, harbiy shaharchalar barpo etish, ularning infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etishini ta’minlash.

Harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularni ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish, Qurolli Kuchlarning barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan maktabiga aylanishiga erishish.

Mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

Qurolli Kuchlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni yanada takomillashtirish.

Qurolli Kuchlarda yagona axborot kommunikatsiya tizimini yaratish va axborot xavfsizligini ta’minlash.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda o‘quv moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish.Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda o‘quv moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish.

Fuqarolarning harbiy xizmatni o‘tash tartibini yanada takomillashtirish.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni saralash va tanlab olish tizimini yanada takomillashtirish.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasini yaratish tizimini rivojlantirish.

Mudofaa vazirligi tizimida geraldika ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish.

Qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash.

91 91-maqsad: Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish.

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy ta’minot sifatini yanada oshirish.

Qurolli Kuchlarda axloqiy-ruhiy ta’minotni va harbiy psixologlar institutini yanada takomillashtirish hamda harbiy xizmatchilarning jangovar ruhiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini yanada kuchaytirish.

Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarida mavjud xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ish faoliyati samaradorligini oshirish.

92 92-maqsad: Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika maxsus qutqaruv markazini INSARAG (qidiruv-qutqaruv masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat guruhi) standartlari asosida tayyorgarlikdan o‘tkazish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiya xizmatini tashkil etish.

Respublikaning turistik zonalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni tizimlashtirish.

Aholini favqulodda vaziyatlarda xabardor qilish tizimini modernizatsiyalash.

Respublikaning olis hududlarini professional va ko‘ngilli yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari bilan qamrab olish ko‘rsatkichini yaxshilash.

Yong‘in-texnik vositalarni ishlab chiqarishga xususiy sektorni jalb etish.

O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish tadbirlari samaradorligini oshirish.

93 93-maqsad: Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish.

Hamkor mamlakatlar bilan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish.

Yetakchi davlatlar bilan keng qamrovli hamkorlikni strategik darajaga olib chiqish hamda ular bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni kelishish.

Yirik tadbirlarda (xalqaro tashkilotlar doirasida va xorijiy hamkorlar bilan sherikchilik asosida hamda ikki tomonlama hamkorlik darajasidagi konferensiya, forum, seminar va davra suhbatlari) mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasi hamda umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surish.

94 94-maqsad. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy darajadagi muloqot va ikki tomonlama hamkorlikning barcha formatdagi mexanizmlari asosida (hukumatlararo komissiyalar, siyosiy maslahatlashuvlar, parlamentlararo hamkorlik komissiyasi va boshqalar) yig‘ilishlarni tashkil etish.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini har yili muntazam tashkil qilishni ta’minlash va ularda faol ishtirok etish.

Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish ishlarini boshlash.

Mintaqaviy tashkilotlar doirasida O‘zbekistonning milliy manfaatlarini faol ilgari surish.

O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi nazorat-o‘tkazish punktlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali ularning o‘tkazuvchanligini oshirish.

Markaziy Osiyoda ekologiya, atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish va tabiatni muhofaza qilish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

Markaziy Osiyoda ekologiya, atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish va tabiatni muhofaza qilish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish.

O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari muzeylari hamda arxivlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi kataloglarni birgalikda nashr etish.

Turizm sohasida yangi voqelik va epidemiologik talablarni hisobga olgan holda muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish.

Markaziy Osiyo davlatlarida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi muxbirlik punktlarini ochish.

O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi (YI) institutlari bilan savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik shakllarini qo‘llab-quvvatlash.

95 95-maqsad: An’anaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish.

Oliy darajadagi tashriflar orqali Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chet ellarda mamlakatimizning yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish.

Milliy manfaatlarni ilgari surish va himoya qilishda iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish va uni faollashtirish.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi an’anaviy strategik sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirish (Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya).

Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining istiqbolli bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirish.

AQSh, Kanada va Amerika mamlakatlari bilan strategik va har tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

AQSh ishbilarmon doira vakillari bilan investitsion, eksport va ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish.

Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mintaqasidagi hamkorlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish (Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Qatar, Pokiston, Hindiston, Eron).

Arab davlatlari (BAA, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Qatar, Misr) bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish.

O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish.

Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlarining istiqbolli bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirish.

MDH mamlakatlari doirasidagi an’anaviy strategik sheriklar bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish.

MDH mamlakatlarining istiqbolli bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirish.

96 96-maqsad: O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish.

O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish.

O‘zbekiston Rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash.

BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish.

BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish.

BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida o‘tkaziladigan siyosiy-diplomatik va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari miqyosini kengaytirish.

BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish.

97 97-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish.

O‘zbekistonlik mutaxassislarning Jahon savdo tashkiloti va ko‘p tomonlama savdo tizimi sohasida salohiyatini oshirish.

Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari va intellektual mulk himoyasi sohalarida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishining metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobil ishlab chiqarish sohalariga ta’sirini o‘rganish.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishining milliy iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganish.

Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq bo‘lgan ichki bozorni notarif choralar orqali himoya qilish tizimini rivojlantirish.

Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq bo‘lgan eksportni qo‘llab-quvvatlash va subsidiyalash choralarini ishlab chiqish.

Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bozoriga samarali kirish uchun texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish masalalari bo‘yicha milliy siyosatni Ittifoq tajribasi asosida yanada takomillashtirish.

Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani chuqur tahlil qilish va tegishli takliflarni ishlab chiqish.

Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining umummilliydan ustuvor bo‘lgan savdo siyosatini hamda uchinchi davlatlar bilan kelishuvlarini o‘rganish.

98 98-maqsad: Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imidjini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish.

“Dunyo” axborot agentligi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.

Jahondagi yetakchi axborot agentliklari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish.

O‘zbekiston imidjini jahon sahnasida ilgari surishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatimizda islohotlarning borishi, jamiyatni demokratik yangilash jarayonlari haqida xolis axborot tarqatishning samarali davom ettirish.

Xorijiy davlatlarda o‘zbek tili, madaniyati va milliy an’analarimizni keng ommalashtirish, gumanitar aloqalarni mustahkamlashdan iborat bo‘lgan Alisher Navoiy xalqaro institutini tashkil etish.

Xorijda keng axborot kampaniyasini o‘tkazish, jumladan, nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston haqidagi materiallarni e’lon qilishni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining asosiy diplomatik vakolatxonalariga moliyaviy resurslar ajratish.

Yevropa mamlakatlarining siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, ishbilarmon, madaniy-gumanitar va tahliliy doiralari vakillari bilan doimiy muzokaralar olib borish, ularga O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida xolis axborot yetkazish.

Xorijda keng maqsadli targ‘ibot tadbirlarini, jumladan, “O‘zbekiston madaniyat kunlari”, davra suhbatlari, ko‘rgazmalarni o‘tkazish.

Chet ellarda O‘zbekistonning yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun Vatandoshlar resurslarini jalb qilish.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro media makonda xolisona yoritishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligi va sohada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda istiqbollarni belgilab olish uchun qulay media-maydon yaratish.Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining o‘zaro hamkorligi va sohada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish hamda istiqbollarni belgilab olish uchun qulay media-maydon yaratish.

Xalqaro axborot bozorlariga chiqish, O‘zbekistonning ijobiy imidjini ilgari surish mexanizmlari, vositalari va kanallarini birgalikda ishlab chiqish, xalqaro maydonda PR-sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

99 99-maqsad: Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika davlatlari bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish (Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Qatar, Pokiston, Hindiston, Eron).

MDH hududidagi va Amerika mintaqasidagi kuchli iqtisodga erishgan davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

Diplomatik xizmat faoliyatini zamon talablaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish tizimini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligining shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini yagona tarzda hisobga olish, xatlovdan o‘tkazish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish.

100 100-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi va chet el fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish.