Muhokama statistikasi
1
Yo'nalish
  • 3
  • 23
  • 0
2
Yo'nalish
  • 4
  • 22
  • 0
3
Yo'nalish
  • 3
  • 25
  • 3
4
Yo'nalish
  • 2
  • 6
  • 1
5
Yo'nalish
  • 1
  • 3
  • 0
6
Yo'nalish
  • 1
  • 3
  • 1
7
Yo'nalish
  • 0
  • 2
  • 1
  • 14
  • 84
  • 6
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid DAVLAT DASTURI
(2023-yil 1-noyabr holatiga ko'ra)
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
1 Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda mahallalarning vakolatlarini kengaytirish.

1. Mahallalar tomonidan hal qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning ro‘yxatini tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2. Mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Moliya vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 16 avgustdagi PQ–353-son qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan har bir mahalla uchun budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanmaydigan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablag‘lar;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar;
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik ko‘mak mablag‘lari (kredit, grant, beg‘araz yordam va boshqalar);
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligida vazirlik va idoralari xodimlaridan iborat yo‘nalishlar bo‘yicha 6 ta ishchi guruhlar tuzilib, joylarda mazkur qaror ijrosi tashkil etilmoqda.

2 Mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish hamda ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimini yaratish.

1. Aholining davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish hamda ularning rahbarlari bilan videoaloqa orqali muloqotni bosqichma-bosqich tashkil etish.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining mahallalar bilan samarali aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

2. Davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

3. Mahalla faoliyatida qog‘ozbozlikni kamaytirish maqsadida taqdim etilishi lozim bo‘lgan hisobotlar xatlovdan o‘tkazilib, keskin kamaytirish hamda ularning tugal ro‘yxatini tasdiqlash, shuningdek, ularni to‘ldirish va taqdim etish jarayonini to‘liq raqamlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Adliya vazirligi

Davlat xizmatlari agentligi

Маҳалладан туриб барча давлат органларига мурожаат қилиш ҳамда уларнинг раҳбарлари билан мулоқот қилиш тизимини яратиш бўйича таклифлар ишлаб чиқилиб, Вазирликнинг 2022 йил 1 мартдаги 02-02/469-сонли хати орқали Ахборот технологиялари вазирлигига юборилди.

3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida 2023-yil yakuniga qadar 70 — 80 foiz qabul qilishni ta’minlash bo‘yicha choralarni ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil yakuniga qadar

Moliya vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Adliya vazirligi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi doirasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila to‘g‘risida ma’lumotnoma” davlat xizmati ishga tushirildi (https://my.gov.uz/uz/service/479). 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 14 fevral kuni Texnik talabnoma tasdiqlanib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim qilindi. 
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida oila tarkibini avtomatik tarzda shakllantirish funksiyasi yo‘lga qo‘yildi.
Mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish hamda ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimini yaratish yuzasidan mahalla faoliyatida qog‘ozbozlikni kamaytirish maqsadida taqdim etilishi lozim bo‘lgan hisobotlar xatlovdan o‘tkazilib, keskin kamaytirish hamda ularning tugal ro‘yxatini tasdiqlash, ularni to‘ldirish va taqdim etish jarayonini to‘liq raqamlashtirish joriy etildi.

4. Mahalla orqali rasmiylashtiriladigan va olinadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamni tayinlash bo‘yicha hujjatlarni onlayn (elektron) tarzda taqdim etish tizimini joriy etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 2022-yil iyun

Moliya vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Adliya vazirligi

Texnik topshiriq ishlab chiqilib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishildi. Avtomatlashtirilgan muloqot tizimi joriy qilinmoqda.
3 Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni ta’minlash.

1. Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish orqali “Ijtimoiy mahalla” tizimini yaratish.

2. “Ijtimoiy mahalla” tizimi doirasida mahallalardagi shart-sharoitlar, infratuzilma va obyektlar ahvoli, qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, ekologik vaziyat va boshqa masalalarni fuqarolar tomonidan virtual monitoring (mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.) qilish amaliyotini joriy etish.

3. “Ijtimoiy mahalla” tizimi orqali mahallada ahvolni o‘rganish yuzasidan ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

4. Mahallalarning o‘z hududlarida joylashgan kommunal, bandlik, soliq, obodonlashtirish sohalari va ta’lim muassasalari bilan aloqalar samaradorligini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Adliya vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Mahallada aholi bilan ishlash faoliyatiga raqamli “Ijtimoiy mahalla” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha Vazirlikning 2022 yil 11 maydagi P-60/22-sonli aloqa xati orqali (project.gov.uz ID 61047 raqam bilan) vazirlik va idoralarga yuborildi. Mazkur loyiha Vazirlikning 2022 yil 20 maydagi 58-P-sonli xat bilan Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Adliya vazirligining xulosasi asosida 2022 yil 30 maydagi P-79/22-sonli xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Loyihada: Vazirlik huzurida davlat muassasi shaklida “Raqamli mahalla” markazi tashkil etilmoqda va uning vazifalari belgilangan; fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi faolligini oshirish hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida bevosita aloqani ta’minlash bo‘yicha “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimi joriy etilmoqda. Bunda: a) mahalladagi aholi va tadbirkorlarning mavjud muammo va kamchiliklarini “xonadonbay” o‘rganish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, natijalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimiga kiritiladi; b) mahallalardagi shart-sharoitlar, infratuzilma va boshqa obyektlar ahvoli, qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, ekologik vaziyat va tegishli masalalarni fuqarolar tomonidan virtual monitoring qilish amaliyoti joriy etiladi; v) “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar va fuqarolarga ko‘rsatilgan yordam haqida ma’lumotlar axborot tizimiga kiritib boriladi va tahlil qilinadi; g) mahallalarning hududi, maydoni, infratuzilmasi, chegarasi aks etgan xaritasi, xonadonlarning joylashuvi, raqamlari va ko‘cha nomlarining yagona bazasi yuritiladi, shuningdek, axborot tizimiga mahallalar qiyofasini yaxshilash bo‘yicha ma’lumotlar joylashtiriladi; d) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslarida qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan “Mahalla” klasssifikatorlari shakllantiriladi va ularga identifikator raqamlari biriktiriladi; “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimi hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 23 turdagi ma’lumotlar hamda axborotlarning yagona bazasi yuritish nazarda tutilgan.
4 Mahallalarning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish choralarini ko‘rish.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda mahalla yuzasidan bildirilayotgan tanqidiy axborotlar bilan ishlash, shu jumladan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etishning samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan o‘zaro axborot almashish tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 2022-yil iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Mahallalarning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy materiallar orqali bildirilayotgan muammolarni hal etish samaradorligini oshirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar rejasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan 2022 yil 6 iyunda tasdiqlandi.
Chora-tadbirlarda mahalla sohasiga oid masalalar, jumladan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan tanqidiy materiallarni aniqlash va o‘z vaqtida munosabat bildirishni tizimli tashkil qilish, mahallaning ijobiy imijini shakllantirish, uni xalqchil jamoat idorasiga aylantirishda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va jamoatchilik fikrini o‘rganish, tizimdagi o‘zgarishlarni keng jamoatchilik va aholini tezkor xabardor qilib borish kabi qator masalalar belgilandi.
Kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 27 iyundagi PQ-4366-son Qaroriga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalarida Axborot xizmati faoliyatini tashkil etish choralarini yanada jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 
15 apreldagi 73-son farmoyishiga asosan Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi binosi hududidagi bo‘sh yer uchastkasida Media-markaz qurilib, 2022 yil 2 sentyabr kuni foydalanishga topshirildi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Axborot xizmati faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Media markaz faoliyatini tashkil etish maqsadida Media markazning tashkiliy, huquqiy asoslari va kadrlar masalasini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat va Nizom loyihasini ishlab chiqildi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi veb-sayti, telegram, feysbuk, instagram kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazuvchi resurslar sifatida ta’sirchanligini oshirish maqsadida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining veb-saytining texnik jihatlari, dizaynini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga joylashtiriladigan kontentlar ta’sirchanligini, a’zolar sonini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini yuritish Reglamenti ishlab chiqildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqish, jurnalistlar va blogerlar, boshqa soha mutaxassislari bilan doimiy ishlash maqsadida sohaga doir yo‘nalishlarda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan jurnalist va bloger, jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda “Jamoatchilik guruhi”ni tashkil etish bo‘yicha guruhning namunaviy ro‘yxati va Nizomi loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur faoliyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumanlari, brifing va boshqa tadbirlar orqali hisobot berib borilmoqda.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 
2022 yil 15 apreldagi 173-F-son Farmoyishiga muvofiq vazirlikda soha targ‘ibotini olib borish hamda tanqidiy materiallarga doimiy munosabat berib borish maqsadida Media-markaz qurilib foydalanishga topshirildi.
Tizimdagi islohotlarning mazmun-mohiyati, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, amaliy natijalarni aholiga tezkor, ta’sirchan va muntazam yetkazib borilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan tanqidiy materiallarni aniqlash va unga o‘z vaqtida munosabat bildirilib borilmoqda.
Turli mavzularda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun 5 ta matbuot anjumani o‘tkazildi.
“Mahalla institutini yanada takomillashtirish, “mahallabay” tamoyili bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar: natijalar, istiqboldagi vazifalar” mavzuida 2 ta brifing o‘tkazildi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida 164 ta material e’lon qilindi.
Media-markaz vazirlikda ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda mahalla yuzasidan bildirilayotgan tanqidiy axborotlar bilan ishlash, ko‘tarilayotgan muammolarni hal etishning samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rish, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan o‘zaro axborot almashish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

5 Hokim yordamchilari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.

Mahalla hududida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan namunaviy konsepsiyasini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Vazirlar Mahkamasining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 16 avgustda 450-son qaror qabul qilindi.
Qaror mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Qaror bilan:
2022 yilda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan namunaviy konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi;
Konsepsiyaning asosiy maqsadlari etib:
hokim yordamchilari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va tadbirkorlikni, shu jumladan, “drayver” loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashish va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholining kambag‘al qatlami daromadini, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambag‘al aholi bilan manzilli ishlash yo‘llari samaradorligini oshirish; 
har bir mahalla infratuzilmasini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, davlat tasarrufidagi infratuzilma obyektlari, yer uchastkalari, bo‘sh turgan obyektlardan davlat-xususiy sheriklik asosida samarali foydalanish;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish belgilandi;
hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiya hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ixtisoslashuvi va mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni inobatga olgan holda mahallar bo‘yicha ishlab chiqiladi hamda hududdagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan har bir shaxs bilan individual tarzda ishlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutishi; 
hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha konsepsiya har yili yanvar oyida, 2022 yilda, istisno tariqasida, sentyabr oyida hokim yordamchisi tomonidan ishlab chiqiladi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida har tomonlama muhokama qilinadi hamda tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga kiritilishi;
hokim yordamchilari tasdiqlangan konsepsiyaning ijrosi yuzasidan har oyda – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yig‘inlarida, har chorakda – tegishli tuman (shahar) hokimiga hamda yil yakuni bo‘yicha – xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etishi belgilandi.
Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hisobot davrida aholini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali 1,9 mln. nafar fuqarolarning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi.
Hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 267 mingta loyihaga jami 6,4 trln. so‘m imtiyozli kredit va 35 mingdan ortiq ishsizlarga 112 mlrd. so‘m subsidiyalar ajratildi, 218 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.
Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 41 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalardan 40 mingtasi ishga tushirilib, 170 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

6 Mahallalarning “o‘sish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.

1. Mahallada bir turdagi ixtisoslashuvda faoliyat yuritayotgan aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining asosiy vazifalaridan biri sifatida yil davomida mahallani o‘rganish va tahlil qilish natijasida uni o‘rta va qisqa muddatda rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Moliya vazirligi

Savdo-sanoat palatasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlik

Hokim yordamchilari tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 2,5 mingta mahalla chorvachilik, 1,4 mingta mahalla dehqonchilik, 800 ta mahalla bog‘dorchilik, 620 ta mahalla issiqxona, 230 ta mahalla hunarmandchilik, 
470 ta mahalla kichik ishlab chiqarish, 
2,2 mingta mahalla savdo va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashganligi aniqlandi.
Mazkur ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar tomonidan mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyat yuritish sharoitlarini yaxshilash maqsadida “yo‘l xaritalari” tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
2022 yil 25 iyuldagi PQ–331-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yo‘nalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning manzilli ro‘yxati hamda ularni istiqbolda tashkil etish reja-grafigi tasdiqlandi.
Hisobot davrida hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 41 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalardan 40 mingtasi ishga tushirilib, 170 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 61 mingta yuridik va 62 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

7 Mahallalarning institutsional asoslarini takomillashtirish, mazkur tizim uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash.

1. Fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi 2022-yil aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Adliya vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi PF–81-son Farmonining 18-bandi bilan topshiriqning ijro muddati 2022 yil 1 iyul etib belgilandi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Mahalla to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 61672).
Qonun loyihasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 2022 yil 23 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha 2022 yil 11 iyulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan kelishildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 19 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

2. Mahallalar joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish.

3. Mahalla tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash tizimini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Adliya vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 23-iyundagi 02-PA 1/1-941-son topshirig‘iga asosan joriy yilning iyul-avgust oylarida 9349 nafar mahalla raislarining bilim va malakalarini oshirish maqsadida 18 ta mavzuda 36 soatlik o‘quv-seminarlar o‘tkazildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Boshqaruv akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish kurslari uchun 2022-2023 o‘quv yili uchun 18 soatlik o‘quv rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. O‘quv reja vazirlikning 2022-yil 17-oktabrdagi xat bilan viloyat hokimliklari huzuridagi o‘quv kurslariga yuborildi. Bundan tashqari Mahalla tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha 2022-yil 29-aprel kuni xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 19-sentyabrdagi xatiga muvofiq takomillashtirilmoqda.
8 Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish hamda ularning vakolatlarini kengaytirish va aniq belgilash orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida ayrim deputatlarning doimiy asosda ishlashi tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil may

Oliy Majlis Senati senatorlari (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 62926). Qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 13 iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi

2. Mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillаshtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi 2022-yil iyul

Oliy Majlis Senati senatorlari (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 62926). Qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (13/2-1/480-son xat). Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 15 avgustda Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi (05/1-180-son xat). Loyiha yuzasidan Oliy Majlis Senati tomonidan 2022 yil 14 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga takliflar yuborilgan.

3. Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi 2022-yil sentyabr

Oliy Majlis Senati senatorlari (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 65290). Qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 13 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (R.Davletov, 13/02-1/480-7-son xat). Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20 sentyabrda Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi (A.Ramatov, 05/1-180-son xat). Hozirda loyiha Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
9 Xalq deputatlari Kengashlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi vakolatlarini yanada kengaytirish.

1. Ichimlik va oqova suv, ichkiyo‘llar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlash kabi masalalarni tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga o‘tkazish.

2. Hududlarda davlat ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash vakolatini viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga o‘tkazish.

3. Hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish tizimini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Transport vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qonuni loyihasi ishlab chiqildi (ID 60369).
Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 26 mayda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 15 iyunda Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi (05/60369/1-180-son xat).
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan takroran 2022 yil 29 iyulda Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi (05/60369/1-180-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 30 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

10 Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish.

1. Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod ilgari surilishi tartibini qayta ko‘rib chiqish.

2. Hokimlikka nomzod mahalliy Kengashda hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilib, lavozimga tasdiqlanishi tartibini joriy etish.

3. Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, mahalliy Kengashlarning Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bo‘linmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil mart

Adliya vazirligi

Oliy Majlis Senati senatorlari (kelishuv asosida),

Davlat boshqaruvi akademiyasi

 

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi.
Loyiha 2022 yil 20 aprelda Oliy Majlis Senati tomonidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar bilan yuborildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 13 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

4. Hududlarda amalga oshiriladigan davlat organlarining vazifalari bo‘yicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish, takrorlanadigan 500 dan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish.

5. Mahalliy hokimliklarning har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablag‘lar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Adliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish va bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha 2022 yil 30 iyunda Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 13 iyulda Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), 2022 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.
Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 dekabrdagi PQ–447-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan:
Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan o‘tkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini shakllantirish va uni doimiy yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi, bunda:
Funksiyalar yagona reyestriga kiritilgan har bir funksiya bo‘yicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlanganlik holati aks ettirilishi;
amalga oshirish mexanizmi bo‘lmagan funksiyalarni zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan ta’minlash, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan funksiyalarni esa bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritilishi;
qonunchilik hujjatlari bilan ijro organlariga yuklatiladigan funksiyalar bir vaqtning o‘zida majburiy tarzda Funksiyalar yagona reyestriga kiritilib, takrorlanuvchi funksiyalar bekor qilinishi;
funksiyalarni raqamlashtirish va inson omilini qisqartirgan holda avtomatlashtirish yuzasidan takliflar kiritilishi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili respublika budjetidan respublika davlat boshqaruvi organlariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlarini belgilashda Funksiyalar yagona reyestrida nazarda tutilgan funksiyalar mezon sifatida inobatga olinishi;
Adliya vazirligi tomonidan Funksiyalar yagona reyestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritilishi;
Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 martga qadar Funksiyalar yagona reyestri va uni yuritish tartibi bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilandi.
Hozirda mazkur qaror ijrosi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

11 Eksperiment tariqasida 28 ta tuman va shaharda hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilish bo‘yicha hokimliklar vakolat va imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Eksperiment amalga oshiriladigan tuman va shaharlarni belgilash.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z tuman (shahar) hokimliklarining hamda hududiy ijro idoralarining shtat birligi va tuzilmalarini mahalliy Kengashlar bilan kelishilgan holda belgilash amaliyotini joriy qilish.

3. Hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilishda hokimliklarga qo‘shimcha vakolat va imkoniyatlar yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil may

Moliya vazirligi

Adliya vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 noyabrdagi “2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” F-5-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Adliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasida davlat dasturining 11-bandida bellgilangan vazifalar qamrab olingan. Mazkur masala Hudud kotibiyati tomonidan Davlat dasturining 17-bandi ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish va samarali ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasiga kiritildi. Loyiha Hudud kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishildi, Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov va J.Qo‘chqorov huzurida himoya qilindi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 17 iyunda Oliy Majlis Senatiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi (05/59944/1-180-son xat). Vazir o‘rinbosari tomonidan imzolangan axborot xati qo‘shimcha ma’lumot sifatida kiritildi. Qaror loyihasi ishchi tartibda Vazirlar Mahkamasida ishlangan va Adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan.
12 Mahalliy Kengashlar hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilashga oid qonuniy asoslarni yaratish orqali alohida qonunlarni qabul qilish.

1. Mahalliy Kengashlar hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilash.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalari (bo‘linmalari) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq mexanizmlarini belgilash.

3. Hokimliklar va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar turlarini aniqlashtirish.

Qonun loyihalari 2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida” (yangi tahrirda) qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 23 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 5 yanvarda Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi.

13 Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish.

1. Hududlar kesimida tizimlashtiriluvchi 40 dan ortiq sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashtirish.

2. Ushbu ma’lumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarni ishga tushirish choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Statistika qo‘mitasi

Axborot texnologiyalari vazirligi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning axborot-tahliliy geoportallarini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2022 yil 26 sentyabrda Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan tasdiqlandi.
“Yo‘l xaritasi” bilan hududlar kesimida 40 dan ortiq sohalar bo‘yicha tizimlashtiriluvchi 162 ta ma’lumot ro‘yxati tasdiqlandi va ularni jamlovchi tahliliy geoportallarni ishga tushirish bo‘yicha har bir hudud kesimida choralar belgilandi.
 “Yo‘l xarita” va ro‘yxat loyihasi tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 13 sentyabrdagi xat bilan kiritildi.
 “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari geoportallarini joriy etish bo‘yicha 2022-2025 yillar davomida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda quyidagilarni amalga oshirishi belgilangan:
Geoportalni joriy etishning tashkiliy masalalari – mablag‘ ajratish, kompyuter texnikalari va malakali mutaxassislar (dasturchi, kartografiya, tahlilchi va boshqalar) bilan ta’minlash, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish.
Toshkent shahrining geoportali doirasida hududlarning geoportal modullarini ishlab chiqish.
Geoportalning kartografik asoslari – hududlarni aerofotosuratga olish, balandliklar tizimiga bog‘langan mahalliy koordinata tizimlari, aerofotosuratlar asosida ortofotoplanlari, topografik rejalari, raqamli relef modellarini yaratish.
Geoportalda hudud kesimida sohalar bo‘yicha tizimlashtiriladigan ma’lumotlarni jamlash – davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, ma’lumotlarning uzluksiz va sifatli taqdim etilishini ta’minlash.
Katta hajmdagi (Big data) ma’lumotlar bilan ishlash va ularni vizual ko‘rinishga keltirish bo‘yicha “Business Intelligence” (BI) tizimini yo‘lga qo‘yish.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil qilish – geoportal ma’lumotlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil qilish, xulosalar tayyorlash, qarorlar qabul qilish va yuqori turuvchi organlarga ma’lumot taqdim etishni yo‘lga qo‘yish.
Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot-texnologiyalari joriy qilinishini kengaytirish - geoportal doirasida mahalliy boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha modullarni joriy etish va uning faoliyat doirasini kengaytirish.
Mazkur “yo‘l xaritasi” Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining geoportallarini joriy etishga xizmat qiladi.

3. “Raqamli xalq deputatlari Kengashi” loyihasi doirasida mahalliy vakillik organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

Bunda:

mahalliy Kengashlarning yig‘ilishlarini o‘tkazishda ortiqcha sansalorliklarni bartaraf etish;

mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy ijro organlarini nazorat qilish doirasidagi hisobotlar, qarorlar, so‘rovlar va boshqa hujjatlar hamda ularning bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilib borish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil oktyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xalq deputatlarining axborot izlashlari va olishlari uchun Qonunchilik palatasining kutubxonasi elektron resurslariga kirish imkoniyati yaratildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchun login va paroldan iborat ID karta va elektron axborot resursidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlanib, 2022 yilning 19 aprel kuni 02/2-5-501-sonli xat Spiker o‘rinbosari A. Qodirov nomidan yuborildi. Shu bilan birga 2022-yil 5-may kuni Oliy Majlis Senati bilan qo‘shma yig‘ilish o‘tkazilib Davlat dasturining tegishli bandlari bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi va yakunida "Raqamli xalq deputatlari Kengashi" loyihasi doirasida mahalliy vakillik organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishga kelishildi. Bugungi kunda ushbu reja loyihasi Senat tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, kelishish ishlari olib borilmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan “Raqamli xalq deputatlari Kengashi” loyihalari doirasida mahalliy vakillik organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, 2022-yil 24-may kuni 09-8/3106-sonli xat bilan Oliy Majlis Senatiga kelishish uchun kiritildi. Shuningdek, mazkur bandning ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasiga taqdim etilgan O‘zbekistonning mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining raqamlashtirish ahvoli, bu boradagi xorijiy mamlakatlardagi mahalliy vakillik organlari faoliyatining qonunchiligi, amaliyoti va tajribasini o‘rganish yakunlari asosida tayyorlangan jadval va axborot-tahliliy ma’lumotnoma (2022-yil 20-iyundagi №09-07-378 sonli xat ilova qilinadi) o‘rganib chiqilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning mas’ul qo‘mitalari tomonidan “Raqamli xalq deputatlari Kengashi” loyihalari doirasida mahalliy vakillik organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi. 2022-yil 20-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga "Raqamli xalq deputatlari Kengashi" kompleks axborot tizimini tatbiq etish to‘g‘risida"gi KQ-407-IV-sonli qarori qabul qilindi.
14 Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.

1. Barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilash maqsadida “Davlat nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi 2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Bosh prokuratura

 

“Davlat nazorati to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 24 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), 2022 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

2. Davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish choralarini ko‘rish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi 2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Bosh prokuratura

Davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 24 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

15 Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.

2. Budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasi va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

3. Budjet tashkilotlaridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi ta’minlashga qaratilgan axborot tizimlarini takomillashtirish.

4. Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida bajarilayotgan ish hajmlari hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tizimini joriy etish.

5. Ichki audit xizmati xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini yaratish.

6. Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilish holatlarni oldini-olish choralarini ko‘rish.

7. Davlat tomonidan subsidiya ajratishni muvofiqlashtirish hamda uning samaradorligini oshirish va uni takomillashtirib borish bo‘yicha yagona davlat organini belgilash.

8. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platformasi orqali amalga oshirish tizimini joriy etish.

9. Ajratilgan subsidiya va ulardan erishilgan natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish tartibini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihalari 2022-yil fevral

Moliya vazirligi

Hisob palatasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2022 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorat organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori qabul qilindi.
16 Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi va tashabbus ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

1. Vazirlik va idoralar shtat birliklari sonini Moliya vazirligi tomonidan belgilangan cheklov doirasida ularning rahbarlari tomonidan mustaqil belgilash, xodimlarga ish hajmi va samaradorligiga qarab maosh to‘lash tartibini joriy qilish.

2. Vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan mustaqil hal etiladigan tashkiliy-huquqiy masalalar doirasini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi 2022-yil oktyabr

Moliya vazirligi

Adliya vazirligi

 

Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘zlari mustaqil hal etishi va tashabbus ko‘rsatishdagi vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi (ID 68368). Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Hozirda loyiha Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida.
17 Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.

1. Barcha bo‘g‘indagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2. Davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida o‘z tuzilmalarining faoliyati bo‘yicha ochiq dasturlar ishlab chiqish.

3. Davlat boshqaruvi organlari hududlar bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan yagona nazorat tizimini yaratish.

4. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish tizimini yaratish.

5. Har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil may

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish va samarali ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Loyiha Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 28 mayda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (10/7-67/8-son xat). Loyiha Vazirlar Mahkamasining Hudud kotibiyati tomonidan tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishildi, Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov va J.Qo‘chqorov huzurida himoya qilindi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 17 iyunda Oliy Majlis Senatiga ko‘rib chiqish uchun yuborildi (05/59944/1-180-son xat). Loyiha Oliy Majlis Senati tomonidan ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish, ochiqlik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 2022 yil 28 mayda 10/7-67/8-son xat (ID-59944) bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

6. Muhim ijtimoiy-masalalar bo‘yicha ochiq ma’lumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur ma’lumotlardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Adliya vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.06.2022 yildagi "Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.
18 Vazirlik va idoralarda ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini takomillashtirish.

Vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001) joriy qilish.

Bunda, ushbu tizimni 2022-yilning yakuniga qadar vazirlik va idoralarning 30 foizida joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil yakuniga qadar

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

vazirlik va idoralar

ISO 9001 xalqaro standartini bosqichma-bosqich joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralarga ushbu loyiha asosida o‘z chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun yuborildi (16.02.2022 y., 
05/368-son xat).
Natijada, 31 ta vazirlik va idoralar tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Chora-tadbir rejasiga muvofiq, 2022 yilda – 19 ta, 2023 yilda – 9 ta, 2024 yilda – 3 ta vazirlik va idoralar tomonidan ISO 9001 xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
2022 yil 31 mart hamda 4 aprel kunlari xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda vazirlik va idoralar uchun “ ISO 9001 xalqaro standartini joriy etishni afzalliklari va joriy etish bosqichlari” bo‘yicha onlayn seminar-treninglar o‘tkazildi.
Vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini ( ISO 9001) joriy qilish maqsadida 61 ta vazirlik va idoralar ro‘yxati (ro‘yxati ilova qilinmoqda) shakllantirildi.
2022 yilda 19 ta vazirlik va idoralarda sifat menejmenti tizimining ISO 9001 xalqaro standarti joriy qilindi.
Vazirlik – 3 ta, davlat qo‘mitasi – 3 ta, davlat inspeksiyalari – 1 ta, agentlik – 7 ta, qo‘mita – 1 ta, markazlar – 4 ta.
2 ta vazirlik va idoralar faoliyatiga 37001 xalqaro standartlar talablariga muvofiq menejmenti tizimlari joriy etilgan.
Ma’lumot uchun: 37001 xalqaro standarti ISO ning menejment tizimlari uchun standartlarga nisbatan talablarga mos keladi. Ushbu talablar foydalanuvchilarga menejment tizimlari uchun standartlar joriy etilishini osonlashtiruvchi yuqori darajadagi tuzilma, aynan o‘xshash asosiy matn va umumiy atamalar, shuningdek asosiy atamalar va ta’riflarni o‘z ichiga oladi. Ushbu hujjat boshqa menejment tizimlari uchun standartlar (masalan, ISO 9001, ISO 14001, ISO/IEC 27001 va ISO 19600) hamda boshqaruvga oid standartlar (masalan, ISO 26000 va ISO 31000) bilan birgalikda qo‘llash mumkin.
Natijada, bugungi kunda 21 ta (34 foiz) vazirlik va idoralarning ish yuritish hamda ma’muriy boshqaruv jarayonlariga sifat menejment tizimlari joriy qilindi.
Agentlik tomonidan 2022 yil 23 dekabrdagi 05/4825-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot kiritilgan.

19 Ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.

Xususiy sektorga o‘tkaziladigan va ularni jalb qilish mumkin bo‘lgan ayrim davlat funksiyalarini oshirish.

Bunda:

ayrim sohalardagi davlat nazorati, shu jumladan yong‘in xavfsizligini ta’minlash, dori vositalarini sertifikatlashtirish kabi funksiyalarga xususiy sektor vakillarini jalb qilish;

xususiy sektorni jalb qilish samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlab, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Adliya vazirligi

Ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat funksiya va xizmatlarini amalga oshirish jarayonlariga xususiy sektorni keng jalb etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilidi va Adliya vazirligidan huquqiy espertizadan o‘tkazilib joriy yilning 24-iyunida vazirlikning xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Bosh Vazirning 2022-yil 27-ilyuldgagi topshirig‘iga asosan ishchi gurux tuzgan holda qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i berilgan va joriy yil 1-dekabarga qadar kiritish belgilangan.
20 Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish.

1. Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish hisobiga mahalliy ijro hokimiyati organlari va hududiy davlat boshqaruvi organlarining joylarda masalalarni hal qilishdagi rolini oshirish.

2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazishning tartibini ishlab chiqish.

3. Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini, shu jumladan raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Topshiriq ijrosi bo‘yicha “Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi (ID-61947) ishlab chiqildi va 2022-yil 28-maydagi xat bilan 6 ta vazirlik va idora hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarga kelishish uchun yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, 2022-yil 30-iyunda rasmiy xat (ID-61947) bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 14-oktabrda xat bilan Prezident Administratsiyasiga kiritilgan.
21 Oliy Majlisning qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish.

1. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari sonini ko‘paytirish orqali qonunchilikdagi muammolarini vaqtida oldini olish tizimini yaratish.

2. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining Oliy Majlisdagi doimiy vakili institutini amaldagi shtat birliklari doirasida ta’sis etish.

3. Doimiy vakillarning huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini qonunchilikda belgilash.

2. Budjetnomaning Hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga kiritilishi muddatini qat’iy belgilash. Bunda Budjet kodeksining tegishli moddasidan “qoida tariqasida” so‘zlarini chiqarish nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil noyabr

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

Mas’ul ijrochilar tomonidan tegishli qonun xujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, xalqaro tajriba o‘rganilmoqda. Jumladan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Oliy Majlisdagi doimiy vakili institutini amaldagi shtat birliklari doirasida ta’sis etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda. Band ijrosi bo‘yicha takliflarni olish uchun Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga, Adliya vazirligiga, Bosh prokuraturaga, Oliy sudga, Konstitutsiyaviy sudga, Ombudsmanga 2022-yil 27-aprelda 04/10-10-88-sonli Qo‘mita xati yuborildi. Kelib tushgan takliflar 2022-yil 18-mayda Qonunchilik palatasining 5-majlislar zalida mutasaddi yuqorida qayd etilgan tashkilotlar ishtirokida muhokama etildi. Hozirda ishchi guruh tuzish va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, doimiy vakillarning huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha qonunchilikka takliflar tayyorlash, shuningdek, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda ularning doimiy vakillarini vakolat va majburiyatlarini belgilash yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Budjet va iqtisodiy islohotlor qo‘mitasi tomonidan “Budjet kodeksi”ning tegishli moddalariga o‘zgartirish kiritish orqali "qoida tariqasida" normani chiqarib tashlash va Davlat budjetini taqdim qilish muddatlarini ko‘rib chiqish muddatlarni qatiy etib belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi, Yuridik boshqarmaning xulosasi olindi hamda Kelishish uchun Spikerga kiritildi. Rahbariyat tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida qonun loyihasi qayta ishlandi. Loyiha kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Moliya vazirligiga, Adliya vazirligiga hamda Hisob palatasiga yuborildi. Loyiha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasining takliflari olindi. Tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida ko‘rib chiqilgandan so‘ng, yakuniy qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritish choralari ko‘riladi. Shuningdek, Senat devonining yuridik boshqarmasiga mazkur vazifalar ijrosini tashkil etish topshirildi. "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi doimiy vakili lavozimi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjatlar 30-noyabr kuni Prezident Administratsiyasiga Oliy Majlis palatalari rahbariyatining qo‘shma xati kiritildi. 2022-yilning 26-sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining tashabbus huquqi asosida "O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida"gi QL-952-sonli Qonun loyihasi kiritilgan. Mazkur qonun loyihasi 25-oktabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida uch o‘qishda ko‘rib chiqilib, 2591-VI-sonli qaror qabul qilindi.
22 Oliy Majlis palatalarining mamlakatning ichki siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etishdagi vakolatlarini kengaytirish ishlarini davom ettirish.

1. Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosi borishini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qo‘yish va ulardan natijaga qarab so‘rov qilish amaliyotini joriy qilish.

2. Hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va muhokama qilishda hududdan saylangan deputat va senatorlarning ishtirokini kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil iyun

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022 yil 3 fevraldagi SQ–464-IV-son qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.
Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosi borishini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qo‘yish va ulardan natijaga qarab so‘rov qilish amaliyotini joriy qilish maqsadida ushbu qarorga asosan Qonunchilik palatasi Reglamentining 45-moddasi quyidagi mazmundagi 101-band bilan to‘ldirildi: 
“101) tegishliligi bo‘yicha vazirliklar va idoralar kesimida davlat budjeti mablag‘larining samaradorligi bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan hisobotlarni har chorak yakunlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi”;
244-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirildi:
“o‘zi saylangan hudud bo‘yicha kelgusi yil uchun mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan investitsiya loyihalarining shakllantirilishi yuzasidan tegishli xalq deputatlari mahalliy kengashlarining majlislaridagi muhokamalarda o‘z takliflari va tavsiyalari bilan ishtirok etadi”.

23 Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini oshirish.

1. Qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash orqali jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi tashabbuskorligini oshirish.

2. Parlament nazoratini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha Oliy Majlis palatalari tomonidan kelishilgan holda qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birgalikda ta’minlash amaliyotini joriy etish.

3. “Hukumat soati”ni o‘tkazish doirasida davlat boshqaruvi organi rahbariyatiga deputatlar tomonidan onlayn ravishda fuqarolardan kelib tushayotgan tizimli muammolar bo‘yicha savollar berish tartibini joriy etish.

4. Oliy Majlis palatalari rasmiy veb-saytlarida parlament nazorati tadbirlarining yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil iyul

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida)

23-bandning 1 kichik bandida belgilangan vazifalarni ta’minlash maqsadida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan 2022 yil 8 iyul kuni qo‘mitalar va fraksiyalarga qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash borasidagi tavsiyalarni aks ettirgan qaror qabul qilindi. (qaror ilova qilinadi). Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2022 yil 19 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari to‘g‘risida»gi 2319–IV-sonli Qarori qabul qilinib, uning 2-bandida fraksiyalarga “qonun loyihalarini joylarda bevosita partiya elektorati ishtirokida muhokama qilish va ularning takliflarini olish amaliyotidan samarali foydalanish borasidagi ishlarni jadallashtirish”, 3-bandida qo‘mitalarga “saylovchilar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni parlament nazoratining ta’sirchan shakllaridan unumli foydalangan holda hal etish borasidagi tashabbuskorlikni yanada oshirish” vazifalari yuklatilgan. (Kengash qarori ilova qilinadi).Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022 yil 22 iyuldagi 2336–IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan (qaror ilova qilinadi). Qonun ijodkorligi faoliyatida yangi amaliyot – «elektorat bilan maslahatlashuvlar» instituti joriy etilib, 2022 yilning birinchi yarim yilligida O‘zLiDeP fraksiyasi 35 ta, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi 38 ta, XDP fraksiyasi 38 ta, “Adolat” SDP fraksiyasi 13 ta qonun loyihasi joylarda jamoatchilik ishtirokida keng muhokamalardan o‘tkazilib, maromiga yetkazildi. Qo‘mitalar va fraksiyalar tomonidan joylarda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar, yo‘llangan murojaatlar tahlillari yakunlari bo‘yicha 14 ta parlament eshituvlari, 2 ta parlament so‘rovi, 83 ta nazorat-tahlil va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. 23-bandning 2 kichik bandi bo‘yicha Parlament nazoratini joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birgalikda ta’minlash amaliyotini joriy etish borasida Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 20 maydagi 2123–IV/KQ-348–IV-sonli Qo‘shma qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi (yo‘l xarita ilova qilinadi). «Yo‘l xaritasi»ning 1, 4-bandlarida Oliy Majlis palatalariga doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qo‘mitalari hamda komissiyalari majlislarida, parlament nazorati tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, doimiy komissiyalar vakillarining ishtirok etishini, ularning fikrlarini olish, deputatlarining saylov okruglaridagi uchrashuvlarida hamda hududlardagi o‘rganishlar jarayonlariga, shuningdek hududlarda o‘tkaziladigan nazorat-tahlil tadbirlari va ularning yakunlariga bag‘ishlangan qo‘mita majlislarida mahalliy Kengashlar deputatlarini keng jalb etish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, Oliy Majlis palatalari Kengashlarining 2022 yil 10 mart kuni elektron jamoaviy murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini ta’minlash to‘g‘risidagi № 1931–IV/KQ-318–IV-sonli qo‘shma qarori, 2022 yil 15 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasiga doir № 2313–IV/KQ-387–IV -sonli qo‘shma qarori qabul qilingan. Shu bilan birga, o‘tgan yillar mobaynida barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarga erishish bo‘yicha joylarda o‘tkazilgan parlament nazorati tadbirlariga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ham jalb etilgan hamda mazkur amaliyotdan foydalanib kelinmoqda. 23-bandning 3-kichik bandida belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan 2022 yil 21 iyulda Qonunchilik palatasi Kengashining ishchi majlisi bayoni qarori qabl qilindi. Ushbu qarorga asosan "Hukumat soati"ni o‘tkazish doirasida davlat boshqaruvi organi rahbariyatiga deputatlar tomonidan onlayn ravishda fuqarolardan kelib tushayotgan tizimli muammolar bo‘yicha savollar berish tartibi joriy etildi. 23-bandning 4-kichik bandida belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytining yangi versiyasini ishga tushurishga doir ishlar yakuniga yetkazilib, 2022 yil 21 fevral kuni Qonunchilik palatasi Kengash yig‘ilishida taqdimoti tashkil etildi. Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, veb-saytni yangi versiyasi yanada takomillashtirildi. Shuningdek, Oliy Majlis palatalari rasmiy veb-saytining nazorat-tahlil faoliyati deb nomlangan bo‘limida Parlament so‘rovi, Parlament eshituvi, Hududlarda yoki davlat organlarida qonunlarning ijrosini o‘rganish, qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan axborotlarni eshitish bo‘yicha qo‘mitalar faoliyati, Hukumat a’zolari axborotlarini eshitish deb nomlangan rukn ostida parlament nazorati tadbirlari, jumladan parlament eshituvi va parlament so‘rovi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimli ravishda joylashtirilib borilmoqda.
24 Oliy Majlis palatalarining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish.

1. Parlamentning mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha yillik “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2. “Qonunchilik palatasi deputati — uning yordamchisi — mahalliy Kengash deputati” tizimi asosida qonun loyihalari bo‘yicha fikr va takliflarni olish, amaliyotdagi muammolarni tahlil qilishning huquqiy asoslarini yaratish.

3. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlarida, parlament nazorati tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari vakillarining ishtirok etishi, ularning fikrlarini olish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil iyun

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida),

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 20 maydagi 2123-IV/KQ-348-IV-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
 “Yo‘l xaritasi”ga asosan:
Qonunchilik palatasi deputati yordamchisining mahalliy Kengashlar Kotibiyatlari bilan ma’lumot almashinuvi;
“Qonunchilik palatasi deputati - uning yordamchisi - mahalliy Kengash deputati” tizimi asosida hududlarda nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazishda va saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishda hamkorlik qilish;
“Qonunchilik palatasi deputati - uning yordamchisi - mahalliy Kengash deputati” tizimi asosida qonun loyihalari bo‘yicha mahalliy Kengash deputatlarining fikr va takliflarni olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
3. “Yo‘l xaritasi”ga asosan:
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Senatning qo‘mitalari hamda komissiyalari majlislarida, parlament nazorati tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari, doimiy komissiyalar vakillarining ishtirok etishini, ularning fikrlarini olish amaliyotini kuchaytirish;
Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihalari yuzasidan mahalliy Kengashlar deputatlarining takliflarini olish amaliyotini yo‘lga ko‘yish;
Mahalliy Kengashlarda muhim masalalarni eshitishga oid tadbirlarda hududdan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining ishtirok etishlarini ta’minlash;
Mahalliy Kengashlar tomonidan zarur hollarda joylardagi tizimli muammolar yuzasidan Oliy Majlis palatalariga masala kiritish amaliyotini kuchaytirish nazarda tutildi.
Oliy Majlis Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun ularning qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgarishlar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadida 2022 yil I yarim yilligi uchun seminarlar tashkil etish rejasi tasdiqlandi. Hisobot davrida mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari raislari, kotibiyat mudirlari uchun 
4 marotaba seminarlar tashkil etildi. 
Jumladan: 
2022 yil 26 yanvar kuni Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan mahalliy budjetni shakllantirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining budjet jarayonidagi roli va budjet ijrosi ustidan deputatlik nazoratini tashkil qilishda mahalliy Kengashlar oldidagi vazifalar bo‘yicha;
2022 yil 14 fevral kuni Senat Raisi rahbarligida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatini, mahalliy Kengashlar faoliyatiga doir chora-tadbirlar, shuningdek, 2021 yil yakunlari bo‘yicha xulosalar va 2022 yildagi vazifalar, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari to‘g‘risida;
2022 yil 28 fevral kuni Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining o‘rni haqida. 
Adliya va Moliya vazirliklari bilan birgalikda 2022 yil 19 aprel kuni o‘tkazilgan seminarda ikkita muhim masala – mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikni ta’minlash hamda “Tashabbusli budjet” doirasida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

25 Qabul qilingan qonunlarning so‘zsiz va to‘liq ijro etilishini ta’minlashda parlamentning ishtirokini kengaytirish.

1. Parlament palatalarida qonunlarning amaliyotdagi ijrosini doimiy monitoringni olib borishda, parlament huzuridagi maxsus tuzilmalar, shu jumladan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti salohiyatidan keng foydalanish.

2. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatining samaradorligini oshirish. Bunda:

institut tomonidan deputat va senatorlarni qonunlarning ijrosi bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlash amaliyotini kengaytirish;

institutni parlamentning istiqbolli reja va dasturlarini ishlab chiqadigan, turli takliflarni tahlil qiladigan va zarur tavsiya beradigan ilmiy markazga aylantirish nazarda tutilmoqda.

Tashkiliy-huquqiy choralar 2022-yil yakuniga qadar

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil 1 fevraldagi 1793-IV-son qarori bilan Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi hamda qolgan barcha qo‘mitalar, shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti ushbu band ijrosi bo‘yicha mas’ul ijrochi etib belgilandi.
Mas’ul ijrochilar tomonidan tegishli qonun hujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, xalqaro tajriba o‘rganilmoqda.
Shuningdek, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti salohiyatidan keng foydalanish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.
Mazkur band ijrosi bo‘yicha Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutiga 2022 yil 20 apreldagi 04/10-10-85-son xat asosida yuborildi.
1-kichik bandning ijrosini ta’minlash maqsadida:
Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihada Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari; Institut faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi muammolar, Institut faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (parlamentning strategik reja va dasturlarini ishlab chiqish; Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada oshirish; qonun ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish; xalq deputatlari kengashlari faoliyatini takomillashtirish; parlamentarizmni rivojlantirish va parlament nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish); Institutning taklif etilayotgan asosiy vazifalari va funksiyalari belgilangan; 
2-kichik band ijrosi bo‘yicha: Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutining yangi tuzilmasi loyihasi ishlab chiqildi. Tuzilmada parlament nazoratiga (Parlament nazorati tadqiqotlari bo‘limi), qonun ijodkorligi faoliyatini rivojlantirishga (Qonun ijodkorligi tadqiqotlari bo‘limi), parlamentarizmni rivojlantirishga (Parlamentarizmni rivojlantirish tadqiqotlari bo‘limi), mahalliy vakillik organlari faoliyati masalalarini o‘rganishga (Mahalliy vakillik organlari tadqiqotlari bo‘limi), amaldagi qonunlar ijrosini o‘rganishga (Qonunlar ijrosini monitoring qilish bo‘limi) ixtisoslashgan bo‘limlar nazarda tutilmoqda.
Oliy Majlis Senatining 2022 yil 3 fevraldagi SQ-464-IV-son Qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan mazkur band ijrosi uchun Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mas’ul etib biriktirilgan.
Shuningdek, Senat devonining Yuridik boshqarmasiga mazkur vazifalar ijrosini tashkil etish topshirildi. Oliy Majlis Senati tomonidan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan birgalikda 50 dan ortiq qonunlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlarni qabul qilinishi hamda amalda qo‘llanilishi holati monitoring qilindi. Institut tomonidan 19 ta axborot-tahliliy ma’lumot (shundan: 10 tasi Qonunchilik palatasiga va 9 tasi Senatga), 23 ta turli masalalar yuzasidan asoslantirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar taqdim etilgan. 
Bundan tashqari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti salohiyatidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlandi hamda Prezident Administratsiyasiga ishchi tartibda kiritildi. Tegishli munosabat bildirilgandan so‘ng hujjat loyihalarini tasdiqlash choralari ko‘rilishi nazarda tutilgan.
Hozirda mazkur band ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha mas’ul ijrochi tashkilot tomonidan belgilangan tartibda mutasaddi tashkilotlarga xat kiritilgan.

26 “Elektron parlament” loyihasi doirasida deputatlarni o‘z saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, aholi bilan ochiq muloqotni amalga oshirish uchun raqamli platforma yaratish.

1. Parlament palatalari a’zolarining saylovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishi, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etishi jarayonini raqamlashtirish.

2. Deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, fuqarolar parlamentda muhokama bo‘layotgan har bir masaladan xabardor bo‘lishini ta’minlash, saylovchilar bilan “qayta aloqa” qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

3. Parlamentning hududlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri, jumladan, masofaviy ishlash, shu jumladan, parlament tomonidan respublika bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash holati nazoratga olinish va hududiy ijro organlari rahbarlari hisobotini eshitish hamda uning natijasiga muvofiq, ularga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish amaliyotini joriy etish.

Tashkiliy-huquqiy choralar 2022-yil dekabr

Oliy Majlis deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi tizimidagi “Yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan Deputatlarning o‘z saylovchilari bilan bog‘lash va aholi bilan ochiq muloqotni amalga oshirish, ularga murojaatlar yuborish va murojaatlar natijasida deputatlarni baholash imkoniyatini beruvchi “O‘zbekiston Respublikasi Deputatlari portalini yaratish” loyihasi ishlab chiqildi. 
Mazkur loyihaga Axborot texnologiyalari vazirligining 2020 yil 20 maydagi EZ-09-8/2659-son ijobiy ekspert xulosasi olindi va 2020 yil 30 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishildi hamda 2020 yil 9 iyulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi. 
Loyihaga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Deputatlari portali” va uning mobil ilovasi ishlab chiqildi hamda deputat.gov.uz havolasida test rejimida ishga tushirildi.
Loyiha doirasida deputatlari bazasi yaratildi, Deputatlar portalida deputatlarni aniq saylov okrugiga bog‘lash va fuqarolarning doimiy istiqomat qilish joyi asosida saylangan deputatlarni aniqlash maqsadida Davlat kadastri agentligi, Elektron hukumatning yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz), Deputat so‘rovlarini davlat tashkilotlariga yuborish uchun “ijro.gov.uz” ijro intizomi tizimi, Qonunchilik palatasining “Elektron hujjat aylanish tizimi” va “Qonun ijodkorligi faoliyatining avtomatlashtirilgan tizimi” bilan o‘zaro integratsiya qilindi.

27 Saylovchilar yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimini takomillashtirish.

1. Saylovchilar to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni Saylovchilar yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimida kiritilishini hamda ulardagi ma’lumotlarni doimiy dolzarbligini ta’minlash maqsadida idoralararo ma’lumot almashish mexanizmlari va tartib-tamoillarini takomillashtirish.

Vazirlar mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Kadastr agentligi

Davlat xizmatlari agentligi (lavozim bo‘yicha),

Moliya vazirligi

 

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish o‘yicha Z.Nizomxodjayev boshchiligida Markaziy saylov komissiyasi binosida 2022 yil 14 yanvar kuni vazirlik va idoralar bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligi, Kadastr agentligi va Davlat personallashtirish markazining xalqaro tajribaga asoslangan takliflari olindi. Ishchi gururh bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi ishlab chiqildi va 2022 yil 2 iyun kuni ID-62211 raqami bilan project.gov.uz elektron tizimiga idoralararo kelishish uchun joylashtirildi. Hujjat loyihasi 18 iyun kuni Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritildi. Xozirgi kunda topshiriqqa ko‘ra referendumga tayyorgarlik ko‘rish borasida SYAER va SJBATni avvalgi saylovlar tajribasi asosida yanada takomillashtirish, bunda idoralararo ma’lumot almashish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bir qator amaliy choralar ko‘rilmoqda. Loyiha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2022 yil 27 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (402/1-son xat).

2. Xalqaro tajribani o‘rgangan holda Saylovchilar yagona elektron ro‘yxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi samaradorligini oshirish maqsadida uni boshqarish tizimini markazlashtirish, bu borada Markaziy saylov komissiyasi vakolatlarini kengaytirish va tuzilmasini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Ichki ishlar vazirligi

Kadastr agentligi

Davlat xizmatlari agentligi (lavozim bo‘yicha),

Moliya vazirligi

 

2022 yilning 5-10 mart kunlari Saylov jarayonida axborot texnologiyalarni ko‘llashda kuzatilgan kamchiliklar Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi Fayzobod maxallasi misolida o‘rganib chiqildi. Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, AQSH, Estoniya, Moldova, Tailand davlatlarining tajribasi o‘rganildi. MSK tomonidan Prezident qarori loyihasini 2022 yil 7 may kuni ID 60924 raqami bilan project.gov.uz elektron tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi. 11 iyun kuni jamoatchilik muhokamasiga joylashtirish uchun yuborildi. Xozirgi kunda topshiriqqa ko‘ra referendumga tayyorgarlik ko‘rish borasida SYAER va SJBATni avvalgi saylovlar tajribasi asosida yanada takomillashtirish, bunda idoralararo ma’lumot almashish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bir qator amaliy choralar ko‘rilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritilgan. Hozir kunda topshiriqqa ko‘ra, referendumga tayyorgarlik ko‘rish borasida SYAER va SJBATni avvalgi saylovlar tajribasi asosida yanada takomillashtirish, bunda idoralararo ma’lumot almashish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bir qator amaliy choralar ko‘rilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 19 iyul 2022 yildagi topshiriq xati (№09/11871-son)ning 8-bandiga asosan, topshiriq ijro muddati 2022 yil 30 noyabrga qadar uzatirilgan.
28 Saylov tizimi nufuzini yanada oshirish.

1. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida),

Moliya vazirligi

Xorijiy saylov organlari tashkiliy tuzilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish, Saylov organlari shakllanishi, ularni ijro apparati bilan o‘zaro aloqalari, saylov jarayoni boshqaruvining xorijiy amaliyoti o‘rganildi. Prezident farmon loyihasi ishlab chiqildi va 2022 yil 8 iyun kuni ID-62582 raqami bilan project.gov.uz elektron tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun jyolashtirildi. Hujjat loyihasi 23 iyun kuni Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritildi. Shu bilan birga, mazkur normativ-hujjat loyihasi Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida markazlashgan saylov tizimini shakllantirish yuzasidan Konstitutsiyaning 117-moddasiga ham tegishli o‘zgartishlar ko‘zda tutilgan. Shu msnosabat bilan, mazkur normativ-hujjat loyihasi Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirilayotganligi hamda referendumga tayyorgarlik boshlanganligini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasining 19 iyul 2022 yildagi topshiriq xati (№09/11871-son)ning 8-bandiga asosan, topshiriq ijro muddati 2022 yil 30 noyabrga qadar uzatirilgan.

2. Saylov komissiyalar tizimini maqbullashtirish va markazlashgan saylov organlari tizimini shakllantirish, ularning professional tayyorgarligini ta’minlash.

Qonun loyihasi 2022-yil avgust

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

Moliya vazirligi

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Saylov tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasi o‘rganildi.
Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhi tomonidan 2022 yil 10-16 mart kunlari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida, 18-23 aprel kunlari Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi hamda mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holati o‘rganildi va natijalari yuzasidan axborotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborildi.
Mazkur yo‘nalishdagi tizimli ishlar davom ettirilib, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax tumanlarida ham Saylov jarayonlari va saylov qonunchiligini qo‘llash amaliyotini tahlil qilish maqsadida viloyat (tuman va shahar) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi hamda mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyoti o‘rganildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish va markazlashgan saylov organlari tizimini shakllantirish, ularning professional tayyorgarligini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqildi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda ID-62582 raqami bilan project.gov.uz elektron tizimiga joylashtirildi, Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritildi. Farmon loyihasi 2022 yil 1 iyulida 426/1-son xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Hozirda mazkur Farmon loyihasi asosida markazlashgan saylov tizimini joriy etish, saylov komissiyalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, xorijiy mamlakatlar saylov organlari tajribasi va xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalari qamrab olingan hamda umum e’tirof etilgan xalqaro normalar implementatsiya qilingan qonun loyihalari ishlab chiqildi. 
Davlat dasturining 28-bandidagi vazifalardan kelib chiqib, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar jami 2 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan va ular yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan dastlabki kelishuvlar amalga oshirildi.
Tayyorlangan takliflarni amalga oshirish Konstitutsiyaning (117-modda) saylov tizimiga taalluqli bo‘lgan qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilishi bilan bevosita bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 18 iyuldagi 02-PA 2-3705-son topshirig‘i va unga ilova qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida belgilangan ayrim topshiriqlarning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Takliflarning 8-bandiga asosan mazkur bandining ijro muddati 2022 yil 30 noyabrga qadar uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 2 dekabrdagi 02-PA 2/1-3724-son topshirig‘iga asosan mazkur bandning ijro muddati 2023 yil 30 iyunga qadar uzaytirildi.

29 Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash.

“Aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qo‘llash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi 

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida) 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligi, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha Reglamentga muvofiq mas’ul 22 ta vazirlik va idoralar bilan kelishildi (ID-68327) va 2022-yilning 29-sentyabr kuni xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

Oliy Majlis palatalari tomonidan qonun ijodkorligi bo‘yicha milliy faoliyat dasturini qabul qilish.

Palatalarning qo‘shma qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari (kelishuv asosida)

Qonunchilik palatasi tomonidan Qonun ijodkorligi bo‘yicha Milliy faoliyat dasturi loyihasi va uni tasdiqlash bo‘yicha Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qo‘shma qaror loyihasi ishlab chiqilgan. Loyihada dasturning maqsadi, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari, qonun ijodkorligining xozirgi holati, bu borada o‘z yechimini kutib turgan muammolar, ularni hal etish choralari hamda kutilayotgan natijalar aks ettirilgan. Shu bilan birga, "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tkazilib, uni referendumga olib chiqishga doir ishlar amalga oshirilmoqda. Qonun ijodkorligi bo‘yicha milliy faoliyat dasturi loyihasini "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingandan so‘ng qayta ko‘rib chiqish hamda dastur loyihasini qabul qilish muddatini kelgusi yilga ko‘chirish yuzasidan 2022 yil 28 sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbariga Oliy Majlis palatalari rahbariyatining qo‘shma xati yuborildi. Prezident Administratsiyasi rahbarining 2022-yil 2-dekabrdagi munosabat belgisiga asosan Qonun ijodkorligi bo‘yicha milliy faoliyat dastur loyihasini qabul qilish muddati 2023-yil iyun oyiga uzaytirildi.
30 Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga, masofaviy tadbirkorlik va raqamli faoliyatga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish.

Qonunchilik hujjatlarida zamonaviy texnologiyalarga, masofaviy, raqamli va boshqa zamonaviy shakllarda amalga oshirilayotgan faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan talab va shartlarni qayta ko‘rib chiqish va tegishli sohalarda faoliyatni amalga oshirish uchun qulay huquqiy sharoitlarni yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyul

Adliya vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi (kelishuv asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-244-son farmoni qabul qilindi.
31 Elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish.

1. “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.

2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.

3. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalanishini ta’minlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.

4. Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

5. Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.

6. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Adliya vazirligi

Davlat xizmatlari agentligi (lavozim bo‘yicha),

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi (kelishuv asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2022 yildagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-113-son farmoni qabul qilindi.
32 “Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida aholi bilan hujjat almashish va ish yuritishning 90 foizdan ortig‘ini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish.

1. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat organlarida aholi bilan hujjat almashish va ish yuritishni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Adliya vazirligi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

“Raqamli idora” loyihasini amalga oshirish uchun axborot tizimi ishga tushirildi (office.egov.uz).
“Raqamli idora” axborot tizimida bugungi kunda:
hujjat almashish va ish yuritishni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha yagona elektron hujjat aylanish tizimi, yig‘ilish va tadbirlar kalendari, himoyalangan videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyatlari sinov tarzida ishga tushirilgan;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi va boshqa tizimlarga kirishning yagona nuqtasi shakllantirilgan;
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 22 avgustdagi PQ-357-son qarori qabul qilindi.
Qaror 10-bandiga asosan “Raqamli idora” – “Digital office” elektron tizimini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish (2023 yil 1 yanvarga qadar birinchi bosqichda, sinov tariqasida Axborot texnologiyalari vazirligi tizimida joriy etish, keyinchalik barcha davlat organlarida) bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Qarorning 19-ilovasiga asosan “Raqamli idora” tizimida yagona nuqta orqali kirish imkoniyati yaratiladigan 10 ta davlat organining 15 ta axborot tizimlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi bilan integratsiya qilish asosida davlat organlarida aholi bilan hujjat almashish yo‘lga qo‘yiladi.

2. Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning quyi bo‘linmalarining buxgalteriya, kadrlar bilan ishlash va devonxona kabi yo‘nalishlardagi ish faoliyatini raqamlashtirish ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi

Adliya vazirligi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish uchun “Raqamli idora” loyihasini joriy etish chora-tadbirlar rejasi” 2022 yil 28 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar rejasi barcha manfaatdor vazirlik va idoralarga ijro uchun yuborildi (29.04.2022 y., 08/1-180-son).
Chora-tadbirlar rejasiga asosan:
“Raqamli idora” loyihasining arxitekturasi, “frontend” qismi va UX/UI dizayni ishlab chiqildi.
“Raqamli idora” loyihasi axborot tizimlari bilan integratsiyasi amalga oshirildi:
1) Yagona identifikatsiya tizimi «id.egov.uz»;
2) Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi «ijro.gov.uz»;
3) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi «project.gov.uz»;
4) Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali «regulation.gov.uz»;
5) Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish tizimi “pmi.gov.uz”;
6) Videokonferensaloqa tizimi «conf.uzcloud.uz»;
7) O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasportlari tizimi “rasportbino.uz”;
8) office.egov.uz;
9) arm.gov.uz.
Bugungi kunda “Raqamli idora” loyihasi office.egov.uz manzilida test-sinov tariqasida ishga tushirildi. 
“Raqamli idora” platformasida quyidagi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda:
1) Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimi “e-qaror.gov.uz”;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi “pm.gov.uz”;
3) Davlat boshqaruvi axborot tizimi “db.gov.uz”;
Bundan tashqari “Pochta”, “Messenjer”, “Kalendar”, Moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy kompleksi bilan integratsiyalashgan “Buxgalter hisobi”, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan integratsiyalashgan “Kadrlar” hamda davlat xizmatchisi bilan xalq o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun “Onlayn-chat” modullarini yaratish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 22 avgustdagi PQ–357-son qarori qabul qilindi.
Qarorning 10-bandiga asosan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2023 yil 1 yanvarga qadar yagona elektron hujjat aylanish tizimi, xabarlar almashish messenjeri, yig‘ilish va tadbirlar kalendari, himoyalangan elektron pochta va videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining avtomatlashtirilgan ish joyi – “Digital office” elektron tizimi ishlab chiqilishini va birinchi bosqichda, sinov tariqasida vazirlik tizimida, keyinchalik barcha davlat organlarida joriy etilishini ta’minlash yuklatilib:
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi “Digital office” tizimining operatori hamda uni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlashga mas’ul etib belgilandi;
“Digital office” tizimi davlat organlari va tashkilotlarning tegishli axborot tizimlaridan foydalanishning yagona nuqtasi sifatida tashkil etildi.

33 “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish.

1. Haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi, diplom olganlik kabi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishning yagona elektron tizimini yaratish.

2. Yagona elektron tizimining ishga tushirilishini va tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

3. Davlat xizmatlaridan identifikatsiya ID karta orqali foydalanilganda, boshqa hujjatlarni talab qilmaslik amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi

Adliya vazirligi

Davlat xizmatlari agentligi (lavozim bo‘yicha),

Davlat personallashtirish markazi

Ichki ishlar vazirligi

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi (kelishuv asosida)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilishni tashkil etish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 58651).
Qaror loyihasida quyidagi aniq me’yorlar belgilanishi nazarda tutilgan:
1. Davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan tajriba o‘tkazish davrida aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab etiladigan alohida turdagi ma’lumot va hujjatlar Mobil ilova orqali elektron ko‘rinishda taqdim etilgan taqdirda ular qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo‘lishi.
2. Mobil ilova orqali taqdim etiladigan alohida turdagi ma’lumot va hujjatlar, ushbu mobil ilovada shakllantiriladigan QR-kod orqali tekshirish.
3. Davlat va tijorat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mobil ilova orqali taqdim etilgan ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarning asl nusxalarini so‘rab olishni taqiqlash.
4. Mobil ilova orqali taqdim etilgan ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarning haqiqiyligi davlat organi va tashkilotining xodimi tomonidan mustaqil ravishda tekshirish.
Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 20 iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 2 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mazkur bandning ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha xat belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

34 Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini xolisona baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

1. Davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olishning yagona qoidalarini ishlab chiqish.

2. Davlat xizmatiga kirish va uni o‘tash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni baholash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish.

3. Davlat xizmatida sohalar kesimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

4. Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil sentyabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Adliya vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

 

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 19 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.
Qaror loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
1) davlat fuqarolik xizmati talablari tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini belgilash;
2) davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozimlari nomi va malaka darajalari ko‘rsatilgan holda Davlat fuqarolik xizmati davlat lavozimlari reyestrini tasdiqlash;
3) davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishning yagona qoidalarini joriy etish;
4) davlat fuqarolik xizmati tizimida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish;
5) davlat fuqarolik xizmatchilari uchun malaka darajalarini berishning yagona tartibini joriy etish;
6) davlat fuqarolik xizmatchilarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish;
7) davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari faoliyatini tubdan isloh qilish.
Mazkur qarorning ijrosini samarali ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.Kuranbayev davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishni o‘tkazib, unda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, jumladan davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning yangi tartibi va ahamiyatini tushuntirishni ta’minlaydi. Unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar talab etilmaydi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash Uslubiyati “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonunning 36-moddasiga va Davlat dasturining mazkur bandiga asosan davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Mazkur Uslubiyot “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonunning 36-moddasiga asosan davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash maqsadida uning faoliyati samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash tartibini belgilaydi (https://regulation.gov.uz/oz/d/68180).
Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonun va Davlat dasturining 
34, 35 va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi tayyorlandi. Qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan.
Bundan tashqari, “vacancy.argos.uz” elektron platformasi orqali vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar tizimi (78 ta vazirlik va idora, 208 ta hokimliklarda) joriy etildi:
kadrlarni tanlashning 3 ta tamoyili (bilimlilik, qat’iyatlilik, korrupsiyaga toqatsizlik) yo‘lga qo‘yildi; 
103 406 ta ochiq tanlov o‘tkazildi, 1,3 mln nomzod hujjat topshirdi (12-13 nafar nomzod 1 ta vakant o‘ringa to‘g‘ri keldi), ularning 20 % xotin-qizlar tashkil etdi; 
45 075 nafar malakali kadr ishga qabul qilindi, bunda ularning 15 872 nafari yoshlar, 
15 630 nafari esa ayollar;
9 369 ta mahalladagi yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazildi.
Eng ko‘p tanlov o‘tkazgan vazirlik va idoralar:
Yoshlar ishlari agentligi 15 981 ta;
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 11 618 ta;
Davlat soliq qo‘mitasi 11 900 ta;
Moliya vazirligi 9 365 ta;
Xalq ta’limi vazirligi 6 740 ta;
Maktabgacha ta’lim vazirligi 4 959 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi 5 635 ta;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 3 786 ta;
Davlat statistika qo‘mitasi 2 533 ta;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2 163 ta.
2) “Raqamli davlat xizmati” loyihasi doirasida: 
“hrm.argos.uz” axborot tizimi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi;
davlat organlari hamda tashkilotlari kadrlar bo‘linmalari rahbarlari uchun ushbu hrm.argos.uz axborot tizimi taqdimoti o‘tkazildi;
Agentlik, Madaniyat vazirligi, AKT vazirligi, Namangan viloyati va Chortoq tumani hokimiyatlarida hrm.argos.uz aprobatsiyadan o‘tkazildi;
3) Faoliyat samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish: 
2020 yilda dastlab eksperiment tariqasida 12 ta tuman (shahar)da, 2021 yildan esa barcha hokim o‘rinbosarlari faoliyatining samaradorligini 72 ta eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK) asosida, yangicha tartib bo‘yicha tuman (shahar) hokimi o‘rinbosarlari faoliyatining samaradorligini 39 ta EMSK asosida baholash yo‘lga qo‘yildi;
2020 yildan boshlab 824 ta tuman (shahar) sektorlar rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholash tizimi joriy etildi. Bugungi kunda yangicha tartib asosida 832 ta sektorlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi 7 ta yo‘nalishda baholanmoqda; 
MFY raislarining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi bo‘yicha yilda ikki marotaba (iyun, noyabr) hamda aholining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi bo‘yicha yilda bir marotaba (noyabr) so‘rovnoma o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi hamda mazkur so‘rovnoma natijalari umumiy reyting shakllantirilishida inobatga olinmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 10 maydagi 
05-1-1222-son topshirig‘iga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan “Tuman (shahar) hokimi o‘rinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashning Vaqtinchalik tartibi” va uning ilovalari tasdiqlandi va ijroga qaratildi;
“Mahallabay” ishlash tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) sektor rahbarlari faoliyatining samaradorligini baholash to‘g‘risidagi tartib loyihasi tayyorlandi va manfaatdor idoralar bilan kelishildi, shuningdek mazkur tartib bugungi kunda ijroga qaratildi.

35 Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish.

1. Barcha darajadagi rahbar kadrlar va xodimlarning “hayot davomida ta’lim olish” (Life Long Learning) tamoyili asosida butun faoliyati davomida o‘zlariga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini rivojlantirib borishga qaratilgan malaka oshirish tizimining yagona qoidalarini belgilash.

2. Davlat fuqarolik xizmatchisining uzluksiz malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi — davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning muhim sharti etib belgilash.

3. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ko‘nikmalarini oshirishda davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini ishlab chiqish.

4. Davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning interfaol shakllari, shuningdek ularning yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun barchaga ochiq bo‘lgan elektron o‘quv dasturlari hamda platformalarni ishlab chiqish.

5. Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining reyestrini yuritish.

6. Vazirlik va idoralar huzuridagi malaka oshirish markazlarida davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish jarayonida umumiy ilmiy-uslubiy tizimni yo‘lga qo‘yish va monitoring qilish.

7. Davlat fuqarolik xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil oktyabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Moliya vazirligi

Davlat boshqaruvi akademiyasi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 19 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi (O.Xasanov, 
02-02/3-1105-son xat).
Qaror loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
1) davlat fuqarolik xizmati talablari tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini belgilash;
2) davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozimlari nomi va malaka darajalari ko‘rsatilgan holda Davlat fuqarolik xizmati davlat lavozimlari reyestrini tasdiqlash;
3) davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishning yagona qoidalarini joriy etish;
4) davlat fuqarolik xizmati tizimida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish;
5) davlat fuqarolik xizmatchilari uchun malaka darajalarini berishning yagona tartibini joriy etish;
6) davlat fuqarolik xizmatchilarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish;
7) davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari faoliyatini tubdan isloh qilish.
Mazkur qarorning ijrosini samarali ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.Kuranbayev davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishni o‘tkazib, unda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, jumladan davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning yangi tartibi va ahamiyatini tushuntirishni ta’minlaydi. Unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar talab etilmaydi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash Uslubiyati “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonunning 36-moddasiga va Davlat dasturining mazkur bandiga asosan davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Mazkur Uslubiyot “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonunning 36-moddasiga asosan davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash maqsadida uning faoliyati samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash tartibini belgilaydi (https://regulation.gov.uz/oz/d/68180).
Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonun va Davlat dasturining 34, 35 va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi tayyorlandi. Qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan.
Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish maqsadida 59 715 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari, o‘quv amaliy-seminar va treninglar tashkil etildi;
“ilm.argos.uz” elektron platformasi ishga tushirildi, unga 390 dan ortiq video ma’ruza, 248 ta elektron adabiyot joylashtirildi, 
69 972 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi;
har juma kuni “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazish (onlayn) yo‘lga qo‘yildi, tadbirni har hafta 34 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari kuzatib boradi. Bugungi kunga qadar ushbu tadbir 68 marta o‘tkazildi;
30 dan ziyod oliy ta’lim muassasalari, 
26 ta qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi;
826 ta kadrlar bilan ishlash bo‘linmalar rahbarlari, 394 ta milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar, 5 890 ta davlat organlari va tashkilotlarining hududiy va tuman (shahar) tarkibiy bo‘linmalari rahbar kadrlari, 10 045 ta oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rahbar kadrlar, mahalladagi xotin-qizlar faollari, 1 080 ta yangi tayinlangan tuman (shahar) hokimlari va ularning jamoa a’zolari, 828 ta boshqa darajadagi davlat fuqarolik xizmatchilari uchun an’anaviy o‘quv kurslari tashkil etildi.

36 Rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.

1. Respublika miqyosida zaxira kadrlarni saralash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2. Zaxira kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish choralarini ko‘rish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-sentabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Davlat boshqaruvi akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 19 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.
Qaror loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:
1) davlat fuqarolik xizmati talablari tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxatini belgilash;
2) davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozimlari nomi va malaka darajalari ko‘rsatilgan holda Davlat fuqarolik xizmati davlat lavozimlari reyestrini tasdiqlash;
3) davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlariga ishga qabul qilishning yagona qoidalarini joriy etish;
4) davlat fuqarolik xizmati tizimida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish;
5) davlat fuqarolik xizmatchilari uchun malaka darajalarini berishning yagona tartibini joriy etish;
6) davlat fuqarolik xizmatchilarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning uzluksiz malakasini oshirishni tashkil etish;
7) davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘linmalari faoliyatini tubdan isloh qilish.
Mazkur qarorning ijrosini samarali ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.Kuranbayev davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, mas’ul xodimlari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishni o‘tkazib, unda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini, jumladan davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning yangi tartibi va ahamiyatini tushuntirishni ta’minlaydi. Unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar talab etilmaydi.
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash Uslubiyati “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonunning 36-moddasiga va Davlat dasturining mazkur bandiga asosan davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Mazkur Uslubiyot “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonunning 36-moddasiga asosan davlat organlari va tashkilotlarida davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish, xolisona va adolatli mezonlar asosida xizmatda lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlash maqsadida uning faoliyati samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash tartibini belgilaydi (https://regulation.gov.uz/oz/d/68180).
Bundan tashqari, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” Qonun va Davlat dasturining 34, 35 va 36-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi tayyorlandi. 
Qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan.
Rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish elektron tizimi “kadrlar.argos.uz” joriy qilindi;
18 ta vazirlik (Sog‘liqni saqlash vazirligidan tashqari) markaziy apparati 423 nafar rahbar xodimlari orasidan eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan 77 nafari nomzod saralab olindi hamda ularning portfoliosi tayyorlandi;
respublikamizda mavjud 208 nafar tuman va shahar hokimlariga portfoliolar shakllantirildi, 65 nafar hokim yordamchilari va 84 nafar yoshlar yetakchilari tanlab olindi;
Milliy kadrlar zaxirasi:
 hududiy darajada viloyat hokimining o‘rinbosarlari lavozimi uchun 323 nafar, tuman (shahar) hokimlari lavozimi uchun 647 nafar nomzod zaxiraga olindi;
respublika darajasida vazirlik va idora rahbari o‘rinbosarlar lavozimi uchun 378 nafar nomzod zaxiraga olindi;
Salohiyatli kadrlar rezervi:
Mahallalardagi hokim yordamchilari 754 nafar, yoshlar yetakchilari 196 nafar, xotin-qizlar faollari 50 nafar, jami 1 000 nafar nomzod zaxiraga olindi.

37 Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti standartlari asosida takomillashtirish.

2. Davlat fuqarolik xizmatida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

3. Davlat fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlaridagi huquqbuzarliklar uchun ta’sirchan choralarni belgilash.

4. Moslashuvchan ish rejimi va faoliyatni masofaviy tashkil etish mexanizmlarini belgilaydigan tartib ishlab chiqish.

5. Davlat fuqarolik xizmatida mehnatni muhofaza qilishda monitoring faoliyatini joriy etish.

6. Monitoring faoliyatida davlat organlari, xususan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatlari hamda funksiyalarining aniq chegarasini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyul

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Adliya vazirligi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatida mehnat me’yorlarini huquqiy tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi project.gov.uz tizimi orqali manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan holda, Agentlikning 2022 yil 15 iyuldagi 02-02/3-798-son xati bilan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritilgan. Adliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan Huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosada qaror loyihasini taqdim etilgan tahrirda qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan.
Agentlik tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” qonunni ishlab chiqish hamda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga takliflar berish bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatida ish vaqtini tartibga solishning zamonaviy standartlarini joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan.
Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 avgust kuni taqdim etilgan qaror loyihasi bo‘yicha Huquqiy ekspertiza xulosasida mehnat munosabatlarini turli darajadagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi huquqni qo‘llash amaliyotda huquqiy kolliziyaga olib kelishi mumkinligi qayd qilingan.
Shu sababli, 37-band bo‘yicha loyihaning qabul qilinishi va kuchga kirishi aynan bir xil munosabatlarni – davlat fuqarolik xizmatchilarining masofadan turib yoki moslashuvchan ish rejimida ishlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan ikkita qonunchilik hujjatining, ya’ni Mehnat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatida ish vaqtini tartibga solishning zamonaviy standartlarini joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining bir vaqtning o‘zida (parallel ravishda) amalda bo‘lishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan.
Shuningdek, davlat organlarida ish vaqti va mehnat me’yorlari bo‘yicha talablarni qayta ko‘rib chiqish va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida:
6 ta kompleks o‘rganishlar (aniqlangan qonunbuzilishlari soni 3618 ta) va 1213 ta monitoring o‘tkazildi (aniqlangan qonunbuzilishlari soni 1783 ta, 387 ta taqdimnoma, 193 ta ogohnoma va 20 nafar aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi); 
kiritilgan ta’sir choralarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha - 15,5 mln so‘m ustamalar undirildi, 358 nafar xodimlarning mehnatiga haq to‘lashga oid buzilgan huquqlari tiklandi, 
66 ta noqonuniy buyruqlar bekor qilindi;
davlat xizmatchilari bilan qayta aloqa o‘rnatish maqsadida “@murojaat-argos-bot” ishga tushirilgan (1 479 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan, 
351 tasi qanoatlantirilgan, 695 tasiga huquqiy tushuntirishlar va 433 tasiga tegishli tavsiyalar berilgan);
hokimlik tizimidagi 6 812 nafar xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, shundan 406 nafari statsionar sharoitda va 580 nafari sanatoriy-kurort sharoitida davolanishga yo‘naltirildi.

38 “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish.

Ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda Dastur loyihasini ishlab chiqish.

Milliy dastur 2022-yil oktyabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

Adliya vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi yo‘l xaritasi 38 bandida “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturi va “Yo‘l xaritasi” loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Ishlab chiqilgan Loyihalar bo‘yicha jami 30 ga yaqin tashkilotlar – Oliy Majlis palatalari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgin ishchi guruh a’zolarining takliflar va mulohazalarini olish maqsadida 2022 yil 
23 iyun kuni (11/707-son xat) yuborildi.
Loyihalar 2022 yil 1 avgustda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Milliy dasturning asosiy vazifalari etib:
qonun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soladigan darajada ishlab chiqish, ayniqsa, idoraviy hujjatlarni keskin qisqartirish;
fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko‘rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish;
iqtisodiyot, savdo, soliq, moliya va bank sohalarida aholiga xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
tibbiy xizmat ko‘rsatish salmog‘ini kengaytirish va sifatini oshirish;
ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq xizmatlarni kengaytirish;
ish bilan ta’minlash hamda adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqini ta’minlash bo‘yicha amaliy-chora tadbirlarni kuchaytirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga xizmat ko‘rsatish choralarini yanada takomillashtirish;
inklyuziv xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish belgilangan.
Shuningdek, “Yo‘l xaritasi” loyihasida: 
“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish to‘g‘risida” qonun loyihasini ishlab chiqish;
Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari, insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyasi a’zolari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida joylarda sayyor qabullarni tashkil etish;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati o‘zi saylangan hududda mahalliy budjet mablag‘larining sarflanishi va hududiy dasturlarning amalga oshirilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish;
fuqarolarning murojaatlari, ayniqsa, qishloq joylardagi xotin-qizlarning internet tarmog‘idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so‘rovlarini shakllantirish;
ma’muriy adliya institutini takomillashtirish;
davlat organlarining murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlariga nisbatan quyiladigan talablar, shuningdek ularni o‘qitish va malakasini oshirish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
davlat organlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari yoki fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklikni hamda ularga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish ishlarini kuchaytirish; 
“Ijtimoiy kodeks” loyihasini ishlab chiqib, unda fuqarolarning ijtimoiy huquqlari tizimga solish, ijtimoiy ta’minot prinsiplari va tushunchalarini mustahkamlash ,ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy farovonligi indeksini joriy qilish kabi chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

39 Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritilishini ta’minlash.

1. Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga turli vositalar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish, barcha kelib tushgan murojaatlarni yagona tizim doirasida ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda “mahallabay” monitoring va tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash.

2. Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi tartibini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oxiriga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni hamkorlikda tashkillashtirish, zarur ma’lumotlarni umumlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish yuzasidan tegishli nomzodlarni olish maqsadida Vazirlikning 2022 yil 17 fevraldagi 08-8/876-son xati vazirlik va idoralarga yuborilgan. 
Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan tizimda murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bo‘yicha Nizom ishlab chiqilib tasdiqlangan hamda vazirlikning 05.09.2022 yildagi 08-8/5662-son xati bilan vazirlik va idoralarga yuborilgan.
Vazirlik tomonidan 2022 yil 9 dekabr sanasida “Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo‘yicha Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasidan foydalanish hamda murojaatlar bilan ishlash tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik Nizom” tasdiqlandi.
Shuningdek, mazkur topshiriq bo‘yicha Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga turli vositalar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish, barcha kelib tushgan murojaatlarni yagona tizim doirasida ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda “mahallabay” monitoring va tahlil qilish imkoniyatini yaratilgan.

3. Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasini vazirlik va idoralarning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha idoraviy tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oxiriga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi

Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritish maqsadida -- Murojaat.gov.uz -- Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi ishlab chiqildi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 6 oktyabrdagi 08-8/6617-son xat kiritildi. Murojaatlar bilan ishlash platformasini 6 820 ta respublika tashkilotlarda murojaatlarni ro‘yxatga olish va ishlash tizimi bo‘lgan Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (Ijro.gov.uz) bilan integratsiya qilindi va integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma tasdiqlandi hamda Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 16 dekabrdagi xat kiritildi.

40 Murojaatlarning davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi muddati va sifati ustidan “raqamli nazorat” o‘rnatish.

Murojaatlar bilan ishlash muddati buzilganda, avtomatik tarzda yuqori turuvchi instansiyani elektron xabardor qilish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Murojaatlarning davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi muddati va sifati ustidan “raqamli nazorat” o‘rnatish bo‘yicha vazifalar mazkur Dasturninng 2-bandida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilgan hamda Vazirlar Mahkamasining “Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida” qarori loyihasiga kiritlgan. Ma’lumot uchun: Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Murojaatlarni ko‘rib chiqish va nazorat qilish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 65914). Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022-yil 22-sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 30-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
41 Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish.

Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi maqomini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil noyabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari (kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan tegishli qonun xujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, milliy qonunchilik hamda xalqaro tajriba o‘rganilmoqda. Shuningdek, Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va maqomini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga, 2022-yil 20-aprelda Adliya vazirligidan hamkor tashkilotlar bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi va unga oid hujjatlar olindi. Farmon loyihasi va unga oid hujjatlar Qo‘mita tomonidan o‘rganilib, bir qator takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur takliflar Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari U. Inoyatovning 2022-yil 22-yanvardagi xati bilan Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov nomiga yuborilgan. Bundan tashqari, 2022-yil 13-mayda Qonunchilik palatasining 5-majlislar zalida davlat dasturining 41-bandi ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan Adliya vazirligi hamda Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Hozirda Qonunchilik palatasi rahbariyatning tegishli topshirig‘iga ko‘ra loyiha hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga muvofiqligi o‘rganilmoqda. Mazkur bandning ijrosini ta’minlash maqsadida Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasiga Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan (2022-yil 8-iyundagi №06-8 sonli xat bilan) taqdim etilgan Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tayyorlangan ilmiy xulosa o‘rganib chiqildi. Qonunchilik palatasi rahbariyatining topshirig‘iga asosan loyiha hujjatlari Konstitutsiyaga va amaldagi qonunchilikka muvofiq ekanligi o‘rganildi. O‘rganishlar asosida tayyorlangan takliflar Qo‘mitaning 2022-yil 8-iyuldagi xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalariga yuborildi. Adliya vazirligining 6-oktabrdagi javob xatiga ko‘ra, Qo‘mita takliflari asosida Farmon loyihasi qayta ko‘rib chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan Prezident Administratsiyasi Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari bilan ishchi tartibda kelishilganligi ma’lum qilingan. 2022-yil 2-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A.Saidovning xati bilan ishlab chiqilgan "Xalq bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi va unga oid hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun Prezident Administratsiyasiga kiritildi.
42 Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish.

1. Hududiy, tarmoq va davlat dasturlari loyihalarini ochiq e’lon qilib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2. Ijtimoiy soha obyektlarini qurish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, hududiy infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar ochiq e’lon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladigan tizimni yaratish.

3. Davlat, jamiyat va mahalla hayotida faol ishtirok etgan fuqarolar tanlovini o‘tkazish va ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish, shu jumladan, har yili tashabbusli budjetlashtirish jarayonida faol ishtirok etgan hamda tashabbus ko‘rsatgan fuqarolarni mukofotlash tizimini joriy etish

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Adliya vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 25.10.2022 yildagi PQ-409-son qarori qabul qilindi.

4. Jamoatchilik fikrini doimiy, professional va tizimli ravishda ilmiy tahlil qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy psixologiyani tadqiq etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

5. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, Sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya institutini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil aprel

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

“Ijtimoiy fikr”respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini samarali amalga oshirishda sotsiologik tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 11 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi (02-89-son xat).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2022 yil 3 maydagi 04-1155-son xati bilan loyiha belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

43 Ayrim davlat funksiyalari amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish.

1. Jamoaviy murojaatlar asosida yangi qurilgan va ta’mirlangan infratuzilma obyektlari sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish.

2. Kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ehtiyojmand aholini kasbga o‘rgatish kabi ijtimoiy foydali loyihalarni amalga oshirishni nodavlat notijorat tashkilotlarga ochiq tanlov asosida taqdim etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Adliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishda jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi (ID-67915) va barcha vazirlik vaidoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligidan huquqiy ekspertiza xulosasi olingan. Qaror loyihasi vazirlikning 2022 yil 28 oktyabrda xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Mazkur qaror  loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, har yili shakllantiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasi obyektlari ro‘yxatini ishlab chiqish tartibini belgilaydi, shu bilan birga Davlat investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini oshirish orqali jamoatchilik nazoratini yanada takomillashtirish, budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishda korrupsiya holatlarini oldini olish, shuningdek budjet kapital qo‘yilmalaridan samarali foydalanishda jamoatchilik nazorati subyektlari ishtirokini faollashtirishga qaratilgan.
Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda davlat va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni loyihasida Dasturlarga kiritilgan obyektlar har 10 kunda ular joylashgan hududdagi hokim yordamchisi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi tomonidan o‘rganilishi nazarda tutilgan.

44 Jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash.

Jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqish.

Qonun loyihasi 2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

Adliya vazirligi tomonidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 67234).
Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 27 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (R.Davletov, 13/3-1/480-9-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

45 Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish

1. Fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning samaradorligini o‘rganishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibini joriy qilish.

2. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik, shu jumladan mansabdor shaxslar tomonidan senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

1. 1-kichik band to‘liq bajarildi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 27 iyunda PQ–294-son qarori qabul qilindi.
Qaror ommaviy axborot vositalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kadrlar salohiyati va raqobatbardoshligini yanada oshirish, jurnalistika sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qarorga muvofiq:
faol jurnalistlarni muntazam rag‘batlantirish va ular o‘rtasida ijodiy sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida har chorakda:
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan 100 tagacha eng yaxshi material uchun mualliflar (ijodiy guruh a’zolari) quyidan yuqoriga o‘sib borish tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanishi;
amaliy va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan 100 tagacha eng yaxshi tahliliy materialni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish uchun davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinishi;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi eng yaxshi materiallarni keng jamoatchilik va malakali mustaqil ekspertlar tomonidan ochiq va shaffof usulda elektron aniqlash tizimi – maxsus elektron platformani ishga tushirishi;
loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi;
barcha davlat organlari va tashkilotlari o‘z muassisligidagi davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakli, mobil ilovalari tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 2022-2024 yilda ajratilgan Davlat budjeti hamda ularning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yaratilishini tashkil etadi, keyingi yillarda ularni modernizatsiya qilish uchun mablag‘ ajratib borishi;
2023 yil yanvardan boshlab:
davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo‘lmagan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganiga kamida ikki yil bo‘lgan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shaklini, ularning mobil ilovalarini yaratish hamda modernizatsiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash uchun 2026 yil 1 yanvarga qadar har yili eng yaxshi 20 ta loyiha bo‘yicha tanlov e’lon qilinishi, bunda, har bir tanlov uchun O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda mablag‘ ajratilishi;
davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib obuna bo‘lish va ularning buyurtmachigacha o‘z vaqtida yetkazib berilishini kuzatib borish imkonini beradigan “Obuna” yagona elektron platformasi, uning mobil ilovasi yaratilishi;
2026 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslar tomonidan “Obuna” yagona elektron platformasi orqali obuna qilingan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar obuna narxining 10 foiz, bolalar uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlar obuna narxining 20 foiz miqdori Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obunachilarning bank kartalariga bir oy muddat ichida qaytarilishi (“Cashback”), reklama xususiyatiga ega bo‘lgan davriy bosma nashrlar bundan mustasno ekani, bunda, ushbu xarajatlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qo‘shimcha ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilandi.
2. 2-kichik band ijrosi yuzasidan 2022 yil 4 martda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari tahririyati xodimi va jurnalistning kasbiy faoliyati himoya qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida” qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 56760).
Qonun loyihasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022 yil 20 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 29 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
46 Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish, mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni so‘zsiz ta’minlash.

1. Mulkiy, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bilan bog‘liq barcha ma’muriy hujjatlarni qat’iy ravishda faqat sud tartibida bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish amaliyotini joriy etish.

2. Iqtisodiy sudlarda mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan regressiv (kamayib boruvchi) davlat boji stavkalarini qo‘llash.

Qonun loyihasi 2022-yil noyabr

Adliya vazirligi

Oliy sud

O‘zbekiston Respublikasining 29.06.2022 yildagi "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi O‘RQ-781-son Qonuni qabul qilindi.

3. Ko‘chmas mulk va unga taalluqli huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflik tamoyilini joriy etish maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlar tarkibini belgilash va ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportalni joriy etish hamda ma’lumotlarni Milliy geoaxborot tizimi orqali davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil dekabr

Kadastr agentligi

Adliya vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Ko‘chmas mulk va unga taalluqli huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflik tamoyilini joriy etish maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlar tarkibini belgilash.

4. Xususiy mulk ustuvorligi asosiy tamoyil sifatida belgilash. Bunda:

davlat idorasining rasmiy ma’lumotiga ishonib mol-mulk sotib olgan shaxsning huquqini himoya qilish tizimini joriy etish;

insofli egallovchining mulkiy huquqlarini kafolatlash va mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlarini qo‘llash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil iyun

Adliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–198-son Farmoni qabul qilindi.
47 Mahkumlar va jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning mehnat, ijtimoiy ta’minot va xalqaro e’tirof etilgan boshqa huquqlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga reintegratsiyasiga ko‘maklashishning samarali mexanizmlarini joriy etish, ushbu yo‘nalishda davlat va jamiyat institutlarining birgalikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga jazoni o‘tash sharoitlarini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish.

2. Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga koloniyalardagi ish stajini umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibini joriy etish.

3. Ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni joriy qilishorqali ularning ijtimoiy moslashuvi mexanizmlarini takomillashtirish.

4. Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganligini belgilovchi qat’iy mezonlarni belgilash.

Qonun loyihasi 2022-yil may

Ichki ishlar vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyundagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-299-son qarori qabul qilindi.
48 Fuqarolarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish, shu jumladan harakatlanish erkinligini cheklash bilan bog‘liq choralarni qo‘llashda qonuniylikni so‘zsiz ta’minlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

1. Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni yuritishning elektron dasturini takomillashtirish.
2. Ushlangan shaxslarni yagona reyestrga kiritish tizimining qonuniy asoslarini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil sentyabr

Ichki ishlar vazirligi

Bosh prokuratura

 

Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona elektron reyestrni shakllantirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, 2022 yil 21 iyunda 1/1125-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
49 Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirish.

1. Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil avgust

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) (kelishuv asosida),

Bosh prokuratura

Ichki ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsman) 25.04.2022 №04/467-son xat chiqarildi. Xozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasining BMTning Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiyasining Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish masalasi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi konvensiyaga doir Fakultativ protokolga (Nyu-York, 2002 yil 18 dekabr) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligining qabul qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi olingandan so‘ng joriy yilning 12 avgustida 12/875-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2. Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil noyabr

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) (kelishuv asosida),

Bosh prokuratura

Ichki ishlar vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning olidini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi tayyorlandi va 2022-yil 28-iyulda xat bilan manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborildi. Vazirlik va idoralardan kelgan takliflar asosida qonun loyihasi takomillashtirilmoqda. Tegishli takliflarni inobatga olgan holda, ushbu masalada alohida Qonun tayyorlamasdan, Jinoyat-ijroiya kodeksiga milliy preventiv mexanizmni nazarda tutuvchi alohida bo‘lim kiritish ustida ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmning qonuniy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi 21-noyabrda xat bilan Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kiritildi.
50 Ma’muriy sudlarda mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratini qo‘llash sohasini kengaytirish.

1. Qarori, harakati (harakatsizligi) noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi — “sudning faol ishtiroki” tamoyilini joriy etish.

Qonun loyihasi 2022-yil iyul

Oliy sud raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 29-yanvardagi PQ-107-son Qarori qabul qilindi va ushbu qoidalarni protsessual qonun hujjatlarida belgilash topshirildi. Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi olinib (ID-58050), Oliy sudning 2022-yil 28-martdagi xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi. Loyiha Oliy sudning 2022-yil 16-iyundagi xati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining 2022-yil 26-iyuldagi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi. 2022-yil 27-sentyabrda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qonunchilik palatasida qabul qilindi va Senatga yuborishga qaror qilindi.

2. “Fuqaro va tadbirkorlar ma’muriy sud himoyasida” rukni ostida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar Yil davomida

Oliy sud raisi

2022 yil 24 fevralda Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Fuqaro va tadbirkorlar ma’muriy sud himoyasida” rukni ostida keng targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini ma’muriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni ta’minlashdagi roli bilan batafsil tanishtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Shu kunga qadar: - Televideniye orqali 4 marotaba brifing, Oliy sudning rasmiy veb-saytida 6 ta, Telegramm tarmog‘idagi rasmiy kanalda 32 ta, Feysbukdagi rasmiy sahifada 23 ta, jami 65 ta targ‘ibot materiallari e’lon qilingan; - Viloyat sudlarining rasmiy veb sayti, telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifalarida mavzuga doir 42 ta targ‘ibot materiallari yoritilgan; - Respublika sudlari tomonidan jami 107 ta mavzuga oid materiallar e’lon qilingan; - Xalqaro tashkilotlar ko‘magida xalqaro ekspertlar ishtirokida 2 ta xalqaro seminar o‘tkazilgan.
51 Sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuvlik tamoyillarini ro‘yobga chiqarish.

Protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan dalillarni to‘plash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish.

Qonun loyihasi 2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

Oliy sud

Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib, 2022-yil 24-avgustda xat (ID-62371) bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Hozirda loyiha Prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqish jarayonida.
52 Sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’iy nazar qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimini joriy etish.

1. Ish fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lishidan qat’iy nazar uni ushbu sudlar tomonidan qabul qilish va sudga taalluqligiga ko‘ra tegishli sudga yuborish tartibini belgilash.

2. Davlat idoralari tomonidan yetkazilgan zararni qoplash va boshqa huquqiy oqibatlarga oid masalalarni hal qilish bo‘yicha ma’muriy sudlar vakolatini aniq belgilash.

Qonun loyihasi 2022-yil avgust

Oliy sud raisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 29 yanvardagi PQ-107-son Qarori qabul qilindi va ushbu qoidalarni protsessual qonun hujjatlarida belgilash topshirildi. Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi olinib (ID-58050), Oliy sudning 2022 yil 28 martdagi 08/189-22-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi. Loyiha Oliy sudning 2022 yil 16 iyundagi 08/395-22-sonli xati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining 2022 yil 26 iyuldagi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi. 2022 yil 27 sentyabrda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qonunchilik palatasida qabul qilindi va Senatga yuborishga qaror qilindi.
53 Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sud tizimidagi rahbarlik lavozimlarga tayinlashda saylanish va hisobdorlik kabi demokratik tamoyillarni joriy etish.

1. Sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayinlash jarayonida Sudyalar hamjamiyati organlarining aniq vakolatini belgilash.

2. Sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini ochiq va shaffof tarzda tashkil etish, ularning xolisligi va beg‘arazligini ta’minlash.

Qonun loyihasi 2022-yil aprel

Sudyalar oliy kengashi raisi

Oliy sud raisi

Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Ishchi guruh tuzildi va tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish maqsadida “Sudyalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi tayyorlandi. Bundan tashqari, sudyalarning malaka hay’atlari faoliyatini ochiq va shaffof tarzda tashkil etish, ularning xolisligi va beg‘arazligini ta’minlash maqsadida “Malaka hay’atlari to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi tayyorlandi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz elektron platformasiga 2022 yil 2 aprelda joylashtirildi. 2022 yil 14 aprelda 163-22-sonli xat bilan huquqiy ekspetiza xulosasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborildi va ekspertiza xulosasi olindi.
54 Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish

1.Sudyalar oliy maktabini xalqaro andozalar asosida tubdan isloh qilish.

2.Odil sudlov sohasida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish uchun kasbiy tayyorgarlikni zarur darajada ta’minlash.

3.Sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga “70 foiz amaliyot — 30 foiz nazariya” tamoyilini qo‘llash.

4.Sudyalarni tayyorlash jarayoniga xorijiy mutaxassislar, jumladan chet elda faoliyat yurituvchi ma’muriy sud sudyalarini jalb etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Sudyalar oliy kengashi

Oliy sud

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash yuzasidan Ishchi guruh tuzildi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining konseptsiyasi ishlab chiqildi va xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganildi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4096-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlandi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz elektron platformasi 2022 yil 20 aprelda 195-22-sonli xat orqali joylashtirildi. 2022 yil 27 maydagi 312-22-sonli xat bilan huquqiy ekspertiza xulosasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritildi. 2022 yil 2 iyunda (08/1-0475) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan huquqiy ekspertiza xulosasi olindi. 2022 yil 14 iyunda 313-22-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrsiyasiga kiritildi. Sudyalar malakasini oshirish o‘quv kurslari dasturiga tinglovchilar uchun kompyuter savodxonligini oshirish bo‘yicha o‘quv moduli kiritildi. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash hamda sudyalar malakasini oshirish o‘quv kurslariga xorijiy davlatlar ekspertlarini jalb qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishildi. (Jumladan, 2022 yil 9 iyun kuni Germaniyaning huquqiy hamkorlik fondi IRZ bilan hamkorlikda “Ma’muriy sudlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Germaniya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida seminar – trening o‘tkazildi).
55 Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirish.

Sudyalar faoliyatini rag‘batlantirishga oid davlat mukofotini ta’sis etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Sudyalar oliy kengashi raisi

X. Yodgorov,

Oliy sud raisi

K. Kamilov

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida davlat mukofotiga tavsiya etishning quyidagi asosiy mezonlari ishlab chiqildi: — sudya sifatida samarali va halol faoliyat olib borayotganligi; chuqur bilimi va yuqori kasbiy mahorati bilan boshqalarga namuna bo‘layotganligi; —benuqson obro‘-e’tibori, odob-axloqi va ma’naviy fazilatlari bilan ibrat ko‘rsatayotganligi; —odil sudlovni ta’minlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotganligi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishdagi faoliyatini davlat mukofoti bilan rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarini to‘liq idrok etib, samarali va halol faoliyat yuritayotgan, o‘zining chuqur bilimi, odob-axloqi va ma’naviy fazilatlari bilan kasbdoshlariga namuna bo‘layotgan, odil sudlovni ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan professional kasb mahoratiga ega sudyalarning mehnatini yuksak e’tirof etishdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda O‘zbekistonda 1351 nafar sudya, 2397 nafar sud apparati xodimlari, 220 nafar sud faxriylari, 244 nafar prokuror, 8758 nafar prokuratura xodimi, 4217 nafar advokat, 8552 nafar adliya organlari xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Adolat posboni sanaladigan ushbu kasb egalari tomonidan adolatni qaror topshirishda “odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi” degan so‘zlarning tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarishda sadoqat talab etiladi. Odil sudlovni amalga oshirish hamda adolatni ta’minlashda sud tizimi xodimlari, sud faxriylari, prokuratura organlari xodimlari, advokatlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, adliya organlari xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, shuningdek, fuqarolarning ham o‘rni katta ahamiyatga ega bo‘lsa-da, ularning davlat mukofoti bilan taqdirlanishi qonunchilikda nazarda tutilmagan. Shunga ko‘ra, Qonun loyihasida ushbu shaxslarni ham mukofotlash taklif etildi. Mazkur mezonlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Adolat” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi tayyorlandi. Qonun loyihasi yuzasidan xulosa olish maqsadida 2022 yil 30 mayda 268-22-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha Komissiyasiga ham loyiha yuborildi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz elektron platformasi 2022 yil 9 iyunda 300-22-sonli xat orqali joylashtirildi. 2022 yil 22 iyudagi 332-22-sonli xat bilan huquqiy ekspertiza xulosasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritildi.
56 Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

1. Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik haqida xabar berish va ularni ro‘yxatga olishning “E-huquqbuzarlik” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.

2. Bir yil davomida takroran sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadigan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning hisobini bir yil davomida yuritish va muddat o‘tishi bilan avtomatik ravishda hisobdan olib tashlash tartibini yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-379-son qarori qabul qilindi.
57 Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha patrullik xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, shu jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

1. “E-patrul” tizimi joriy etilib, tekshirish uchun fuqaroni ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechish va barcha ma’lumotlarni joyida tekshirishni yo‘lga qo‘yish.

2. Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyatini “bodikamera” yordamida nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish.

3. Patrul xizmatini bosqichma-bosqich avto va motopatrul shakliga o‘tkazish orqali naryadlarning mobilligini va hodisa joyiga tezkorlik bilan yetib borishini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.2022 yildagi "Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 399-son qarori qabul qilindi.
58 Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini ta’minlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2026-yillarda amalga oshirilishi mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish:

1. Avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish.

2. Yo‘llarda xavfsiz harakatlanish uchun barcha ishtirokchilar uchun munosib sharoitlarni yaratish.

3. Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish jarayonida va xavfsizlikni ta’minlashda keng jamoatchilikning ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil may

Ichki ishlar vazirligi

Transport vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 4 apreldagi PQ–190-son qarori qabul qilindi.
59 Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish.

1. Ichki ishlar organlari xodimlarining “Kasbiy madaniyat kodeksi”ni amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash.

2. Ichki ishlar organlarini ma’naviy pok, o‘z burchiga sodiq, xalqparvar va mas’uliyatli xodimlar bilan to‘ldirish, ularning faoliyatini aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligi hamda ijtimoiy fikr asosida baholash tizimini joriy etish.

3. Ichki ishlar vazirligi va hududiy ichki ishlar organlarida Jamoatchilik kengashlarini tuzish orqali tizim faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tizimini yaratish.

4. Ichki ishlar organlarini maksimal darajada “aholi bilan maqsadli ishlash”ga yo‘naltirish, uning xizmat faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiya va tuzilmalarini maqbullashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlarini xalqchil, professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan maqsadli ishlashga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ishlab chiqildi. 2022-yil 21-oktabr kuni vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun project.gov.uz yagona elektron tizimiga ID-70195 raqami bilan joylashtirildi. Hozirda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuborish choralari ko‘rilmoqda.
60 Qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yaratish hamda “Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish.

1. Prokuratura organlari tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda davlat va jamoatchilik nazoratini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi yangi tizim joriy etish.

2. Prokuratura organlari faoliyati oshkoraligini va uning jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash.

3. Prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish.

Qonun loyihasi 2022-yil noyabr

Bosh prokuratura

Bosh prokuror N.T.Yo‘ldoshev tomonidan 03.02.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Nazorat rejasi tasdiqlanib, ijroga qaratilgan. Nazorat rejasiga muvofiq qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yaratish hamda “Qonun-ustuvor, jazo – muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish maqsadida Bosh prokurorning 06.11.2021 yildagi 67-F-son farmoyishi asosida shtab va ishchi guruhlar tashkil etilib, begilangan vazifalar doirasida ishlar olib borilmoqda. Xususan, prokuratura organlari va muassasalaridan kelib tushgan takliflar hamda nufuzli halqaro tashkilotlar tavsiyalari asosida amaldagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun normalarini takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Shu o‘rinda ma’lumot sifatida ta’kidlash joizki, bugungi kunda amalda bo‘lgan “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida unga 30 ga yaqin turli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilgan. Ishlab chiqilayotgan yangi tahrirdagi qonun loyihasida prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab yangi normalar nazarda tutilmoqda. Jumladan, prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish va xizmat o‘tashning shaffof tartibi, faoliyat oshkoraligi va uning jamiyat oldida hisobdrligi hamda tizim boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda. Qolaversa, prokuratura organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishga qaratilgan jamoatchilik bilan hamkorlikning yangi mexanizmlari belgilanmoqda. Ushbu Qonun loyihasining qabul qilinishi: birinchidan, qonuniylikni qat’iy ta’minlovchi, ochiq va adolatli prokuratura faoliyatining mustahkam huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga hamda «Qonun – ustuvor, jazo – muqarrar» tamoyilini bosh mezonga aylantirishga; ikkinchidan, 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmon bilan tasdiqlangan “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishga bag‘ishlangan 2-bo‘limida belgilangan 14, 16, 17, 18 va boshqa maqsadlariga erishishga; uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 18-maydagi PQ–246-son qarori bilan tasdiqlangan Siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikator va subindikatorlaridagi pozitsiyalari yaxshilanishiga xizmat qiladi. Qonun loyihasi project.gov.uz elektron tizimi orqali vazirlik va idoralar bilan kelishilib (ID-64202), 27.09.2022 yilda belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligidan hulosa olinib, qonun loyihasi 28.10.2022 yildagi xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.
61 Tergov faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyatini yanada kuchaytirish.

Tergov faoliyatini nazorat qilish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlar, shu jumladan kiberjinoyatlarni fosh etish bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini isloh qilish, qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb qilish hamda ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish jarayonlarida fuqarolarning qadr-qimmati va erkinligini himoya qilishning samaradorligini yanada oshirish.

Tashkiliy-amaliy choralar 2022-yil davomida

Bosh prokuratura

Ichki ishlar vazirligi

Davlat xavfsizlik xizmati (kelishuv asosida),

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi (kelishuv asosida)

Joylarda tergov sifatini o‘rganish va nazorat samaradorligini oshirish maqsadida yig‘ilish qarori bilan Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari tomonidan 2022 yilning 1-yarmi davomida hududlarda tergov ahvolini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha reja-grafik va o‘rganish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra joriy yilning aprel - iyun oylarida mahkamaning tegishli tarmoqlar boshliqlari o‘rinbosarlari mas’ulligida 3 ta guruh shakllantirildi. Tezkor yig‘ilishda mas’ullarga o‘rganish davomida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov jarayonidagi qonunbuzilishi holatlari, jumladan noqonuniy qarorlar qabul qilish, sansalorlik va korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash hamda oldini olish choralari bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Tasdiqlangan reja grafikka asosan shakllantirilgan ishchi guruhlar tomonidan Bosh prokuratura ishchi guruhlari tomonidan joriy yilning aprel oylarida Andijon, Namangan, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy viloyatlari, may oyida Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida tergov ahvolini tanqidiy o‘rganildi va natijasi bo‘yicha Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari tomonidan hududning o‘zida muhokama qilinib, nazoratni kuchaytirish choralari ko‘rildi. Hozirda reja-grafik asosida o‘rganishlar davom etmoqda.Hozirda mazkur band ijrosi doirasida reja-grafikka asosan joylarda tergov ahvolini tanqidiy o‘rganish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, 14.05.2022 yilda Bosh prokurorning 1-o‘rinbosari hamda prokuratura organlarining barcha tergovga mas’ul prokuror-tergov xodimlari ishtirokida elektron jinoyat ishi yuritish tartib qoidalariga oid o‘quv seminar tashkillashtirildi. Joriy yilning 27 may kuni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda ekspertiza tayinlash va uni o‘tkazish bo‘yicha tergovchilar malakasini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil qilinib, barcha prokuror-tergov xodimlari ishtiroki ta’minlandi. Bundan tashqari, 2022 yil 26-27-may kunlari qiynoqqa solish bo‘yicha tergov amaliyoti, bu borada tergovchilar malakasini oshirish yuzasidan 2 kunlik o‘quv kursi tashkillashtirilib, yakuniga ko‘ra tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Prokuratura organlari tergovchilarining bilim va malakasini oshirish maqsadida Bosh prokuraturaning tergovga mas’ul (15) tarmog‘i va Akademiya bilan hamkorlikda jami 144 nafar tergovchilar offlayn va onlayn tarzda o‘qitildi. Shundan 50 nafar tergovchi 2 ta bosqichda bevosita Akademiyada 2 haftalik o‘qishga jalb qilinib, malakasi oshirildi. Tergov sifatini oshirish va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha jami 10 ta ko‘rsatma, 59 ta topshiriq, 60 ta yo‘naltiruvchi xat, 50 ta tanbeh xati tayyorlanib, ijroga yuborildi. Ushbu masalaga oid 213 ta muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishlari o‘tkazildi. 247 marta quyi prokuraturalarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shu bilan birga, dastlabki tergov hamda surishtiruv, tezkor-qidiruv faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida yana qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashda tergov organlari bilan tezkor-qidiruv faoliyatini integratsiya qilib borish, bu turdagi jinoyatlarni tezkor fosh etishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, “Abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olish” tezkor-qidiruv tadbiri doirasida qabul qilingan qarorga muvofiq amalga oshiriladi. Hozirda dastlabki tergov hamda surishtiruv jarayonida tezkorlikni ta’minlash hamda jinoyatni to‘liq fosh etish maqsadida Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilishda abonentlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida axborot olish borasidagi sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarning tahlili asosida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga kiritildi.
62 Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyatlar haqida xabarlarni hisobga olish tizimini tubdan isloh qilish, jinoyatlarni yashirish holatlarining oldini olishda zamonaviy usullardan foydalanish.

1. Murojaatlar bilan ishlash sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etgan holda aholi uchun uyidan turib, tunu-kun to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

2. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish institutini isloh qilish va jinoyat haqidagi xabarlarni ro‘yxatga olish jarayonini to‘liq raqamlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

Bosh prokuratura

Axborot texnologiyalari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentyabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-379-son qarori qabul qilindi.
63 Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish.

1. Mansabdor shaxslar ma’muriy sud qarorini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan “oshib boradigan” jarima va boshqa huquqiy choralarni qo‘llash tartibini belgilash.

2. Muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik, ijro etilishiga to‘sqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.

Qonun loyihasi 2022-yil noyabr

Oliy sud

Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 29-yanvardagi PQ-107-son Qarori qabul qilindi va ushbu qoidalarni protsessual qonun hujjatlarida belgilash topshirildi. Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasi olinib (ID-58050), Oliy sudning 2022 yil 28 martdagi xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi. Loyiha Oliy sudning 2022 yil 16 iyundagi xati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining 2022-yil 26-iyuldagi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi. 2022-yil 27-sentyabrda “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qonunchilik palatasida qabul qilindi va Senatga yuborishga qaror qilindi.

3. Sudlar tomonidan ijro varaqalarini inson omilisiz elektron shaklda yuborish imkonini beruvchi elektron platformani yaratish orqali ushbu jarayonni to‘liq raqamlashtirish.

4. Ijro jarayonini shaffof tarzda masofadan turib onlayn kuzatib borish imkonini yaratish.

5. Sud tomonidan tayinlangan jarimalarni maxsus raqam bo‘yicha to‘lash tizimini soddalashtirish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil iyun

Oliy sud

Bosh prokuratura

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori va Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan 2022 yil 24 mayda Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
64 Sud va boshqa organlarning hujjatlarini ijro etishning muqobil usullaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish.

1. Ijro etishning muqobil mexanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish.

2. O‘zaro qarzdorlikni tartibga solish, hisob-kitob qilish va undirish institutlari va mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil sentyabr

Bosh prokuratura

Nazorat rejasining tegishli bandlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida, Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan Yo‘l xaritasi tasdiqlanib, ijroga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining 11.04.2022 yil “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-762-son Qonuni bilan “Sud hujjatlari va boshqa orgnalar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlash haqidagi 82-modda bilan to‘ldirilgan. Bunda ijro hujjatlarining ixtiyoriy ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish, majburiy ijro choralari natijasiz bo‘lgan taqdirda oxirgi chora sifatida majburiy ijro organlariga murojaat qilish tartibi joriy etilib, davlatning majburlov kuchini safarbar qilmagan holda ijro qilishning muqobil huquqiy mexanizmlari yaratildi. Shu bilan birga, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmi ya’ni, soddalashtirilgan majburiy ijro ishini yuritish instituti joriy etildi. Bunda qarzdor jismoniy shaxslardan ma’muriy jarima, soliq qarzi va davlat bojini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan masofadan turib amalga oshiriladi.
65 Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish.

1. Majburiy ijro organlarining funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish va ayrimlarini xususiy sektorga o‘tkazish.

2. Ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil dekabr

Bosh prokuratura

1. Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish, shu jumladan ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish nazarda tutilgan topshiriq ijrosi yuzasidan: – davlat ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritish to‘liq raqamlashtirildi va bugungi kunda faqat raqamli shaklda amalga oshiriladi; – ijro hujjatlarini sudlar va boshqa idoralardan elektron shaklda qabul qilish to‘liq yo‘lga qo‘yildi; – “MIB PORTAL” axborot tizimi to‘lov tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilinib, har qanday qarzdorlikni ushbu tizimlar orqali aniqlash va to‘lash imkoniyati yaratildi; – davlat ijrochilari ish yurituvidagi ijro hujjatlarining ijrosi ustidan har qanday manfaatdor shaxs tomonidan onlayn monitoring (nazorat qilish) qilish imkoniyati yaratildi; – aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi joriy etilib, mazkur tizimda suniy intellekt texnologiyalari orqali aliment qarzdorligini hisoblash, aliment majburiyatlari bajarilishini avtomatik nazorat qilish tizimi joriy etildi; – “SMS - Xabarnoma” avtomat tizimi joriy etilib, qarzdor jismoniy shaxslarni davlat ijrochisining qarorlari va harakatlari, shu jumladan respublikadan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiq to‘g‘risida SMS orqali xabardor qilish tizimiga to‘liq o‘tildi; – qarzdor yuridik shaxslarni davlat ijrochisining qarorlari va harakatlari to‘g‘risida elektron aloqa vositalari, shu jumladan soliq organlarida ochilgan elektron shaxsiy kabinetlar orqali xabardor qilish tartibi joriy etildi. Ijro tizimini raqamlashtirilishi natijasida: – ijro hujjatlari va ular bo‘yicha undirilayotgan summalarning to‘g‘ri hisobini yuritish ta’minlandi; – fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan davlat ijrochisining faoliyati ustidan onlayn ravishda nazorat qilib borish imkoniyati yaratildi; – majburiy ijro organlariga kelib tushgan hujjatlarning 96,2 foizi, inson aralashuvisiz elektron hujjat shaklida qabul qilindi; – ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik to‘lov tizimlari orqali to‘langanda, barcha taqiqlarni, shu jumladan O‘zbekiston hududidan chiqishga bo‘lgan taqiqni (inson omilisiz) avtomatik tarzda bekor qilish tizimi joriy etildi; – davlat ijrochisining aralashuvisiz “Sun’iy intellekt” tizimi orqali qarzdorlarga tegishli 2,7 mlnta avtotransport va maxsus texnikalar, 2,3 mlnta ko‘chmas mulklar nazoratga olindi; – elektron tizim orqali qarzdorlarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llamasdan 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan undiruvlar avtomatik ravishda ularning ish haqiga qaratilib, 113 mingta hujjat ijrosi ta’minlandi; – Byuro va Davlat soliq qo‘mitasining elektron hamkorlik tizimi yordamida qarzdor yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetiga ijro ishlari haqidagi 250 mingta qaror onlayn jo‘natildi va 5,6 trln. so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha ish yuritish tamomlandi; – “SMS - Xabarnoma” avtomat tizimi orqali qarzdorlarga har bir ijro harakatlari, shu jumladan respublikadan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha 13,9 mln SMS-xabarlar yuborildi; – qarzdorlik bo‘yicha xabar berish tizimi avtomatlashtirilishi natijasida (ijro hujjati bo‘yicha pochta orqali xabar yuborish amaliyotidan voz kechilib), 15 kunlik muddatda qarzdorlar tomonidan 6,8 trln so‘mlik to‘lovlar ixtiyoriy amalga oshirildi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 trln. so‘mga oshdi; – undirilgan mablag‘larni elektron taqsimlash tizimi orqali davlat budjetiga 1,1 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 596 mlrd so‘m (54%) ko‘p o‘tkazildi; – qarzdor yuridik shaxslarning hisob raqamlariga avtomatik tarzda qo‘yilgan 221 mingta inkassolar orqali 235 mlrd so‘m mablag‘ undirildi; – aliment oluvchilarga pochta orqali pul mablag‘larini olish va ularga pul mablag‘lari yetishmasligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar bartaraf etildi. 2. Majburiy ijro organlarining funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish va ayrimlarini xususiy sektorga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriq ijrosi yuzasidan: a) “Ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi loyihasi ishlab chiqilib, 2022 yil 19 iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Ushbu normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlar: – olib qo‘yilgan, saqlashga topshirilgan, sotuvga qo‘yilgan va realizatsiya qilingan mol-mulklarni hisobini yuritish funksiyasini shartnoma asosida xususiy sektorga o‘tkazilmoqda; – ijro hujjatlari doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qilishga yuridik shaxs maqomiga ega savdo tashkilotlarini jalb qilishda tanlov bekor qilinmoqda. Biroq, ushbu tashkilotlarga muayyan talablar qo‘yilmoqda; – mol-mulkni realizatsiya qilishga qiziqish bildirgan xususiy sektor vakillariga asosiy shart sifatida mol-mulkni hisobini yuritish va realizatsiya qilishning elektron tizimiga ulanish belgilanmoqda; – ijro hujjatlari doirasida mol-mulkni realizatsiya qilish tizimini raqamlashtirish ya’ni, mol-mulkni realizatsiya qilish uchun qabul qilishdan va uni realizatsiya qilishgacha harakatlarni masofaviy monitoring qilish imkoniyati yaratilmoqda; – savdo tashkilotlarining ijro hujjatlari doirasida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni internet-do‘konlar orqali realizatsiya qilishga ruxsat berilmoqda. b) olib qo‘yilgan, saqlashga topshirilgan, sotuvga qo‘yilgan va realizatsiya qilingan mol-mulklarni hisobini yuritish funksiyasini shartnoma asosida xususiy sektorga o‘tkazilishi natijasida: – ijro hujjatlari doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiyasi, mol-mulkni saqlash, tashish va boshqarish hamda ularni masofaviy monitoring qilish imkoniyatlari yaratiladi; – ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulklarning yagona hisobi elektron tarzda shakllantiriladi; – mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini aniqlashga qaratilgan Reyestr joriy qilinadi; – ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilishga xususiy sektorni cheklovlarsiz keng jalb qilishga sharoit yaratiladi.
66 Advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish.

1. Advokatura faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunni ishlab chiqish.

2. Advokatning protsessual maqomini kuchaytirish.

3. Advokatlik litsenziyasini olish uchun yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga oid talabni bekor qilish.

4. Oliy yuridik ma’lumotli shaxslarga 3 oylik stajirovkadan keyin advokatlik imtihonini topshirish imkoniyatini yaratish hamda stajirovka o‘tamasdan advokatlik litsenziyasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berilgan shaxslar toifasini kengaytirish.

5. Oliy yuridik ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ishlash huquqini berish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil avgust

Adliya vazirligi

Advokatlar palatasi (kelishuv asosida)

O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib, 2022-yil 24-avgustda xat (ID-62371) bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Hozirda loyiha Prezident Administratsiyasida ko‘rib chiqish jarayonida.
67 Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

1. Oliy yoki hududiy malaka komissiyasi qarori asosida advokatlik litsenziyasini “Litsenziya” axborot tizimi orqali rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

2. Advokatlar, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida hujjatlar almashinuvini ta’minlovchi “Yuridik yordam” elektron tizimini yaratish.

3. Advokatning protsessda ishtirokini ta’minlashni soddalashtiruvchi “Elektron advokat orderi”ni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil iyun

Adliya vazirligi

Advokatlar palatasi (kelishuv asosida)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “Advokatura sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–263-son qarori qabul qilindi.
68 Bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash.

1. Davlathisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul yuridik yordamni jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham ko‘rsatish tizimini joriy etish.

2. Sog‘liqni saqlash va FHDY organlarining axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish va moddiy-texnik jihatidan takomillashtirish.

3. Notariat institutiga oid barcha qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va yagona qonunga birlashtirish.

4. Notariat faoliyatini yanada raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

5. FHDY va notariat organlari tomonidan davlat xizmatlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

2022-yil 6-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi va qabul qilindi. https://t.me/qonunchilikpalatasi/13071 Vazirlar Mahkamasining 07.07.2022 yildagi "Notarial faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 369-son qarori
69 Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

Aholi orasida huquqiy targ‘ibot, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazishni xususiy sektorni jalb qilgan holda yangi tamoyillar asosida tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Adliya vazirligi

Aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, huquqiy axborot bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish, ommaviy axborot vositalarini tezkor huquqiy axborot bilan ta’minlash maqsadida “Bugun.uz”, “Daryo.uz”, “Gazeta.uz”, “Human.uz” va “Kun.uz” elektron nashrlar bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi: Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga sodda xalqchil tilda keng yetkazish ishlari olib borilmoqda. Bunda huquqiy mavzularda maqolalar tayyorlanib, elektron nashrlarda e’lon qilib borilmoqda. Vazirlik tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida xotin-qizlar va tadbirkor ayollarga huquqiy ko‘mak berish bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi hamda hamkor tashkilotlarning soha bo‘yicha malakali mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘quv amaliy seminarlar tashkil qilish yuzasidan hududiy ishchi guruhlar tuzildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan tadbirkor bo‘lish istagidagi xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish hamda shu yo‘nalishda o‘z faoliyatini olib borayotgan tadbirkor xotin-qizlarning malakasini oshirish, huquqiy maslahatlar berish yuzasidan biznes huquqi bo‘yicha 30 dan ortiq o‘quv-seminari va davra suhbatlari tashkil etildi. An’anaviy va videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda respublikaning barcha hududlarda joylashgan reabilitatsiya markazlari xodimlari hamda mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, “O‘zsanoatqurilishbank hamda uning 44 ta filialida faoliyat yuritayotgan, shuningdek yoshlar va mahalla faollaridan iborat jami 1500 dan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi. Shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga doir ishlarni takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida siyosiy partiyalarga joriy yilning 27 aprelda 8/07-1/480-son xat bilan murojaat etildi. Shu bilan birga, vazirlik tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda jurnalistlar, blogerlar, talaba va yoshlar o‘rtasida huquqiy bilimlarni yanada mustahkamlash maqsadida “Huquqiy savodxonlik” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida jami 75.000 dan ziyod ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan holda test savollariga javob berdi. Testlarni tashkillashtirishda savollarga vaqtdan chegaralanish bo‘lmaganligi bois, ishtirokchilar savollarga javoblarni qidirishga imkoniyat berilgan va bu bilan muayan yo‘nalishdagi adabiyotlarni yana bir bor o‘qib chiqib, huqiy bilimlarini oshirishga erishilgan. Tanlov yakuni bo‘yicha joriy yilning 26 may kuni Milliy matbuot markazida OAV va blogerlar ishtirokida “Yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi va tanlov g‘oliblari tegishli qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi. Havolalar: https://t.me/adliyangiliklari/5954, https://t.me/Jurnalistlari_Uz/8121, https://t.me/Jurnalistlari_Uz/8124. Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning may-iyun oylarida maktab o‘quvchilari uchun “Mening huquq va majburiyatlarim” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda, Konstitutsiya, inson huquqlari, mehnat huquqlari, ma’muriy huquq va boshqa huquqiy sohalar bo‘yicha ishtirokchilar o‘zaro bellashishdi. Mazkur tanlov 3 ta shart asosida tashkil yetilib, saralash, mahalliy va hududiy bosqichlarida 1 mln.ga yaqin yoshlar qamrab olindi. G‘olib jamoalar Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari hamda Adliya vazirligi mutaxassislari ishtirokida diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, boshqa jamoalar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha faol ishtirokchi deb topildi (https://t.me/uzedu/17008). Aholi orasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida: 1. “Bugun.uz”, “Daryo.uz”, “Gazeta.uz”, “Human.uz” va “Kun.uz” elektron nashrlarda vazirlik tomonidan tayyorlangan huquqiy axborot kontentlarini berilishi natijasida aholining keng qismini huquqiy axborot bilan qamrab olish darajasi kengaydi. “Kun.uz” telegram kanalida – 1 mlndan ortiq foydalanuvchi qamrab olindi. “Daryo.uz” telegram kanalida – 500 mingdan ortiq foydalanuvchi qamrab olindi. “Gazeta.uz” telegram kanalida – 22 mingdan ortiq foydalanuvchi qamrab olindi. “Human.uz” telegram kanalida – 23 mingdan ortiq foydalanuvchi qamrab olindi. “Bugun.uz” telegram kanalida – 128 mingdan ortiq foydalanuvchi qamrab olindi. 2. “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot oyligida 1500 dan ortiq xotin-qizlar ishtiroki ta’minlandi. 3. “Huquqiy savodxonlik” tanlovi bo‘yicha jami 75 mingdan ortiq ishtirokchilarning huqiqiy bilimlarini oshirishga erishildi. 4. “Mening huquq va majburiyatlarim” ko‘rik tanlovi bo‘yicha 1 mlnga yaqin yoshlarning huquqiy bilimlari va ijodiy ko‘nikmalari oshirilishiga erishildi. Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” tayyorlandi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari, qulay mehnat shartlari, ijtimoiy himoya masalalari, shu bilan birga ularning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari o‘z ifodasini topgangan ushbu to‘plam nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z huquqlarini o‘qib o‘rganishlariga yordam beradi. Hozircha 5000 nusxada chop etilgan mazkur to‘plamda shaxslarning huquqlariga oid 11 ta qonun hujjatlaridagi normalar jamlangan. To‘plam O‘zbekiston Nogironlar jamiyatiga, Karlar jamiyatiga O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasiga, Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar va nogironlarning “Umid” xayriya Jamoat birlashmasiga, “Inklyuziv hayot” nogironlar jamoat birlashmasiga va boshqa tashkilotlarga beg‘araz taqdim etilib, yetkazildi. Adliya vaziri tomonidan joriy yilning 10 avgust kuni mustaqillik bayramini keng nishonlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot dasturi tasdiqlandi. Dastur ijrosi yuzasidan: – Joriy yilning 19 sentyabr “Mustaqil O‘zbekistonda mening huquqlarim” mavzusida Respublika ijodiy huquqiy tanlovi o‘tkazildi; – Davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida huquqiy zakovat intellektual o‘yini bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” tashkil etiladi (08.10.2022 yilda bo‘lib o‘tadi); – Vatanni madh etuvchi videoroliklarni tasvirga olish hamda ularni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish choralari ko‘rildi; – “Adliya xalq xizmatida” shiori ostida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan muhim islohotlar haqidagi ma’lumotlar keng tarqatilmoqda. Shuningdek, joriy yilning 29 avgust kuni poytaxtimizdagi “Eko” parkda o‘tkazilgan “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy festival doirasida quyidagilar amalga oshirildi: murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi; davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatildi; sovrinli viktorinalar o‘tkazildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyati instituti hisoblangan O‘zbekiston Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 16-17-sentyabr kunlari Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“EKOBOZOR” savdo majmuasi) manzilida “Biz birgamiz” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi. o‘tkazilgan tadbirlar davomida: – ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordamlar (yuridik, tibbiy-psixologik va shu kabi) ko‘rsatildi; – nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbiy faoliyat (kasb-hunar, tadbirkorlik va boshqa) bilan shug‘ullanishiga va ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashildi; – nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, turli ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari keng targ‘ib qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va BMT TD bilan hamkorlikda fuqarolik jamiyati institutlari va OAV o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, bu borada targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish sohasida “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilish” qo‘shma tanlovi o‘tkazildi. Tadbir davomida g‘olib NNTlarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Joriy yilning 23 sentyabr kuni Toshkentda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “II Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” o‘tkazildi. Forum BMT GJB, YEXHT, Jahon Banki va “Mintaqaviy muloqot” XNT ko‘magida tashkil etildi. Unda Koreya va Ozarbayjon mamlakatlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli tashkilot va idoralari rahbarlari va vakillari, YEXHT, Mintaqaviy muloqot nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini yaratish, ochiq ma’lumotlardan foydalanish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash singari yo‘nalishlarda ma’lumotlar taqdim etildi. 2022 yil 22 noyabr kuni Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Nodavlat notijorat tashkilotlari — davlat organlarining asosiy hamkori” matbuot anjumani o‘tkaziladi. Anjumanga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar taklif qilinib, aholi orasida huquqiy targ‘ibot, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazishni xususiy sektor, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda tadbirlarni amalga oshirish muhimligi to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
70 Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiyadarajasini bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish

1. Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kelgusi 5 yil uchun bir nechta ssenariyli makroiqtisodiy prognoz (makromodel)ni ishlab chiqish. Bunda:

yalpi ichki mahsulotni 100 mlrd AQSh dollariga yetkazish va aholi daromadlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda iqtisodiyotga ta’sirini baholash;

iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan energiya manbalari bilan ta’minlash;

tashqi bozorlardagi o‘zgarishlarni prognozlashtirish va iqtisodiy o‘sishga tashqi omillar ta’sirini yumshatish;

hududlar va tarmoqlarning iqtisodiy o‘sishdagi hissasini aniqlash orqali “o‘sish nuqtalari”ni belgilash;

barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda tavsiyalar va asosiy makroiqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha aniq choralar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar va hisob-kitoblar 2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Markaziy bank

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari bilan hamkorlikda Moliyaviy dasturlash” (FPP) dasturi doirasida kelgusi besh yil uchun bir nechta ssenariyli makroiqtisodiy prognozlar ishlab chiqildi.
Mazkur modelni takomillashtirish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda muzokaralar olib borilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish uchun malakali OTB eksperti doktor Seldjuk Janer jalb qilindi.
OTB eksperti doktor Seldjuk Janer bilan birgalikda amaldagi prognozlash usullarini takomillashtirish, iqtisodiyotimizning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini prognozlashtirishning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda;
2. Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari bilan hamkorligida 2022 yil 25-29 aprel kunlari “Moliyaviy dasturlash”(FPP) mavzusida (1-missiyasi) onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi;
3. 2022 yil 16-27 may kunlari Shveysariyaning iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) ekspertlari tomonidan (Victoria Petrenko, Sabuhi Khalili) “O‘zbekistonda makroiqtisodiy rejalashtirish va boshqarish loyihasi” yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida o‘quv-seminari o‘tkazildi;
4. 2022 yil 13-24 iyun kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari tomonidan “Moliyaviy dasturlash” mavzuida 
(2-missiyasi) onlayn o‘quv-seminari tashkil qilinib, unda Martin Fukac, Maria Arakelyan va Tatiana Evdokimova ekspertlar ishtirok etib, ular tomonidan makroiqtisodiy dasturlashda amaldagi makroiqtisodiy holatni aniqlash maqsadida diagnostik tahlillarni amalga oshirish, tashqi va ichki shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda bazaviy prognozlarni shakllantirish, ehtimoliy tashqi shoklarning ta’siridagi salbiy ssenariy asosida prognozlarni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. 
Mamlakatda inflyatsiya darajasini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 31 martdagi 147-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq respublika hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 60 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, ular bilan o‘simlik yog‘i, un, bug‘doy va shakar importini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va tadbirkorlarning buyurtmalariga asosan 61,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi moliyaviy resurslar ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar depozitiga joylashtirildi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan 10,9 ming tonna o‘simlik yog‘i (17,8 mln.dollar), 12 ming tonna bug‘doy (4,2 mln.dollar), 10 ming tonna shakar (7,1 mln.dollar) importi amalga oshirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2023–2025 yillar uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi 2022 yil 15 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (I.Norqulov, 02/21-2-4/4-1-58-son xat).
Taqdim etilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” qonun loyihasida aks ettirildi.

2. 2023 — 2025 yillar uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ishlab chiqish. Bunda:

iqtisodiy o‘sish darajasining o‘rtacha 6,5 foizdan yuqori bo‘lishini;

inflatsiyaning 2024 yildan 5 foiz target ko‘rsatkichi darajasida ishlab turish;

pul-kredit, budjet-soliq siyosatlari va tarkibiy islohotlarni o‘zaro muvofiqlashtirish;

hududlarning muvozanatlashgan rivojlanishi va ishlab chiqarish quvvatlarini samarali joylashtirishni ta’minlash.

O‘rta muddatli makroiqtisodiy prognoz 2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Markaziy bank

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda yuqori noaniqliklarning saqlanib qolayotganligini inobatga olgan holda O‘rta muddatli davr uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dastlabki prognozlari ishlab chiqildi.
Prognozlar 2022 yil 7 mayda Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga taqdim etildi (02/10-02-6/6-1983-son xat).
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2023–2025 yillar uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi 2022 yil 16 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (I.Norqulov, 02/21-2-4/4-1-58-son xat).
Taqdim etilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” qonun loyihasida aks ettirildi.

3. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash  bo‘yicha Respublika ishchi guruhi va yo‘nalishlar bo‘yicha kichik ishchi guruhlar tuzish va unga:

makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish maqsadida pul-kredit, fiskal va tarkibiy islohotlarni takomillashtirish;

inflatsiyaning asosiy omillarini tahlil qilgan holda, narx-navoning oshishini oldini olish choralarini belgilash;

davlat investitsiyalarining samarali amalga oshirilishi bo‘yicha choralar belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi 2022-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Markaziy bank

 

Makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, oziq-ovqat xavfsizligini, tashqi savdo va investitsiya operatsiyalarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Markaziy banki, Moliya vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyish loyihasi ishlab chiqilib, 2022 yil 28 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilindi. 
Ushbu Farmoyish bilan Respublika ishchi guruhi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliya va bank tizimlari tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish hamda yo‘nalishlar bo‘yicha kichik ishchi guruhlar tuzilib ularga tegishliligi bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

4. Inflatsiyaning monetar omillarini pasaytirish hisobiga doimiy inflatsion maqsadga (target) erishish bo‘yicha choralar ko‘rish. Bunda:

qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish, shu jumladan, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atini (16 18 foiz) yalpi ichki mahsulot nominal hajmi o‘sish sur’atlari bilan mutanosib bo‘lishini;

pul-bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari shakllanishini ta’minlash;

Markaziy bankning pul-kredit instrumentlarining inflatsiyaga ta’sirini kuchaytirish;

iqtisodiyotda inflatsion kutilmalarni pasaytirishga qaratilgan kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish.

Markaziy bank boshqaruv qarori 2022-yil davomida

Markaziy bank

 

Tashqi iqtisodiy xatarlar va noaniqliklarning saqlanib qolayotganligi hamda inflyatsion kutilmalarning yuqori dinamikasi sharoitida inflyatsiya darajasini pasaytirish va kelgusi yilda ham narxlar barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan “nisbatan qat’iy” pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish maqsadida Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 15 dekabrdagi 29/1-sonli boshqaruv qarori asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. Markaziy bankning 2022 yil 19 noyabrdagi 27/5-sonli boshqaruvi qarori bilan “Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari” tasdiqlandi.
2022 yilda kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 21,4 foizga oshdi.
Banklararo pul bozorida 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida jami 147,8 trln. so‘mlik operatsiyalar amalga oshirilib, umumiy likvidlikni banklar o‘rtasida samarali qayta taqsimlashga xizmat qilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 14,1 foizni tashkil etdi.
Markaziy bankning qisqa muddatli pul-kredit siyosati instrumentlaridan ham faol foydalanilayotgan bo‘lib, 2022 yil yanvar-dekabr oylarida jami 122,5 trln. so‘mlik depozit auksionlari o‘tkazilgan bo‘lsa, kunlik o‘rtacha overnayt depozit operatsiyalari hajmi 1,7 trln. so‘mga teng bo‘ldi.
O‘z navbatida, yanvar-dekabr oylarida jami 86,9 trln. so‘mlik Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqarildi va uning 2023 yil 1 yanvar holatiga qoldig‘i 14,7 trln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu operatsiyalar bank tizimida yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlikni samarali jalb etish va monetar omillarning inflyatsiyaga ta’sirini minimallashtirish imkonini berdi.
   Iqtisodiyot subyektlari inflyatsion kutilmalarini umumiy inflyatsiya darajasiga qadar pasaytirishda Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan shaffof kommunikatsiya siyosati muhim o‘rin tutmoqda. Bunda, Markaziy bank Raisi va boshqaruv a’zolari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi (27 oktabr).
   Markaziy bankning “Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”, “2022 yil II chorak uchun Pul-kredit sharoitlari sharhi”, “Bank tizimi likvidligi sharhi”, “Banklararo pul bozori sharhi”, “Inflyatsion kutilmalar sharhi”, Iste’mol kayfiyati sharhi”, “Biznes kayfiyati sharhi” va boshqa bir qator tahliliy materiallar e’lon qilindi.

5. Iste’mol bozorlarida raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi ta’sirchan choralar ko‘rish. Bunda:

ichki iste’mol bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish va importda konsentratsiyalashuv darajasini pasaytirish;

oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari bozorlarida taklifni oshirish va mavsumiy taqchilliklarni bartaraf etish;

tarif va notarif tartibga solishning inflatsiya darajasiga ta’sirini hisobga olish va oqibatlarini yumshatish;

jahon bozorlaridagi vaziyatdan kelib chiqib, ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan tovarlarni xorijdan olib kirishda ularga nisbatan maqbul bojxona stavkalarini qo‘llash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Markaziy bank

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–145-sonli Farmoni qabul qilingan.

6. Respublika hududlarida savdo infratuzilmasini rivojlantirish. Bunda:

har bir hududda yirik ulgurji-savdo markazlari, jumladan logistika, muzlatgich, omborxonalarni tashkil etish;

yirik tuman/shaharlarda kamida 3 tadan zamonaviy savdo markazlarini tashkil etish;

qishloq joylarda ko‘chma savdo nuqtalarini ko‘paytirish;

aholiga erkin savdoni amalga oshirish imkonini beruvchi chegaraoldi hududlarda savdo markazlarini tashkil etishni nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarori qabul qilindi

7. Ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorliginita’minlash bo‘yicha “Yo‘l xarita”ni amalga oshirish. Bunda hududlar kesimida:

oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish va ichki bozorda intervensiya qilish hajmlari ko‘rsatkichlari;

hududiy hokimliklarning ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi vazifalarini aniq belgilash;

asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish (iste’mol bozorlariga intervensiyalar qilish) bo‘yicha choralarni nazarda tutish

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil 15-fevraldan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Markaziy bank

Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi

“2022 yilda inflyatsiya darajasini 9 foizdan oshmasligini ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini monitoring qilish va barqarorligini saqlash bo‘yicha” Yo‘l xaritasi 2022 yil 25 yanvarda 02/1-3300-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 147-son qaroriga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan jami 61 224 ming doll moliyaviy resurs ajratilib, bugungi kunga qadar uning 27 mln.dollar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratib berildi.
Natijada, mazkur mablag‘lar hisobidan 14,4 ming tonna o‘simlik yog‘i(19,8 mln.dollar), 6,7 ming tonna bug‘doy (2,6 mln.dollar) va 6,4 ming tonna shakar (4,5 mln.dollar) importi amalga oshirildi. 
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 7 oktabrdagi 627-son qarori doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 2023 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.
Hozirgi kunda ushbu qaror doirasida jami 552,7 mlrd. so‘m moliyaviy resurs ajratilib, bundan bugungi kunga qadar 534,1 mlrd. so‘m tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratib berildi.
Natijada, mazkur mablag‘lar hisobidan 76,8 ming tonna (288,8 mlrd. so‘m) kartoshka, 4,4 ming tonna o‘simlik yog‘i (76,5 mlrd. so‘m), 3,2 ming tonna mol go‘shti (159,6 mlrd. so‘m), 350 tonna parranda go‘shti (4,8 mlrd. so‘m) va 266 tonna muzlatilgan baliq (4,4 mlrd. so‘m) importi amalga oshirildi. 
Shuningdek, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan narx.idm.uz elektron platformasi orqali asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari monitoring qilib borilmoqda.

8. Xalqaro moliya institutlarining tavsiyalarini nazarda tutgan holda “O‘rta muddatli daromadlar strategiyasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni boshlash va 2022-yil 1-sentabrga qadar Strategiya loyihasini 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

Davlat bojxona qo‘mitasi

 

Moliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning o‘rta muddatli Strategiyasi ishlab chiqildi.
Strategiya manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Strategiya Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 26 sentyabrda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashiga kiritildi (T.Ishmetov, 08/04-31/3375-son xat). 
Strategiya 2022 yil 30 sentyabrda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.
Strategiyaning maqsadi uzluksiz va ishonchli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun zarur daromadlarni, fiskal siyosatning oldindan taxmin qilinishi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy texnologik yechimlarni ishlatish va soliq va bojxona nazorati samarali choralarini qo‘llash hisoblanadi. 
Strategiyada:
respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini nazarda tutuvchi Davlat budjeti xarajatlarini moliyalashtirishga qaratilgan daromadlarning o‘zaro bog‘liqlikligi hamda ularning o‘rta muddatli davrda o‘sish imkoniyatini aniqlash, fiskal siyosatning oldindan taxmin qilinuvchanligi va izchilligini ta’minlash, shuningdek, soliq va bojxona nazoratining samarali choralarini qo‘llash orqali Davlat budjeti tushumlarining to‘liqligini ta’minlash bilan bog‘liq muhim konseptual masalalar belgilangan;
har yili birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tegishli yil uchun budjet buyurtmalari vazirlik va idoralar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hamda o‘rta muddatli davrda kutilayotgan natijalariga asosan shakllantirish nazarda tutilgan;
Strategiyani amalga oshirish natijasida Davlat budjeti daromadlarini 2026 yilga qadar YAIMga nisbatan 4 foizli punktga oshirishga erishilishi, shundan, 3 foizi samarali va ta’sirchan soliq ma’muriyatchiligini olib borish orqali hamda 
1 foizi soliq siyosati chora-tadbirlarini takomillashtirish, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan;
umumiy soliq tushumlari Davlat budjeti daromadlariga nisbatan foizda har yili 0,68 foizga, bojxona tushumlari esa 0,35 foizga o‘sishi ta’minlanishi prognoz qilingan.
Bundan tashqari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari bilan hamkorlikda Moliyaviy dasturlash” (FPP) dasturi doirasida kelgusi besh yil uchun bir nechta ssenariyli makroiqtisodiy prognozlar ishlab chiqildi.
Mazkur modelni takomillashtirish yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda muzokaralar olib borilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish uchun malakali OTB eksperti doktor Seldjuk Janer jalb qilindi.
OTB eksperti doktor Seldjuk Janer bilan birgalikda amaldagi prognozlash usullarini takomillashtirish, iqtisodiyotimizning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini prognozlashtirishning yangi usullarini joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda;
2. Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari bilan hamkorligida 2022 yil 25-29 aprel kunlari “Moliyaviy dasturlash”(FPP) mavzusida (1-missiyasi) onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi;
3. 2022 yil 16-27 may kunlari Shveysariyaning iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati (SECO) ekspertlari tomonidan (Victoria Petrenko, Sabuhi Khalili) “O‘zbekistonda makroiqtisodiy rejalashtirish va boshqarish loyihasi” yuzasidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida o‘quv-seminari o‘tkazildi;
4. 2022 yil 13-24 iyun kunlari Xalqaro valyuta jamg‘armasining ekspertlari tomonidan “Moliyaviy dasturlash” mavzuida (2-missiyasi) onlayn o‘quv-seminari tashkil qilinib, unda Martin Fukac, Maria Arakelyan va Tatiana Evdokimova ekspertlar ishtirok etib, ular tomonidan makroiqtisodiy dasturlashda amaldagi makroiqtisodiy holatni aniqlash maqsadida diagnostik tahlillarni amalga oshirish, tashqi va ichki shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda bazaviy prognozlarni shakllantirish, ehtimoliy tashqi shoklarning ta’siridagi salbiy ssenariy asosida prognozlarni shakllantirish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi. 
Mamlakatda inflyatsiya darajasini barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 31 martdagi 147-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq respublika hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 60 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik o‘rnatilib, ular bilan o‘simlik yog‘i, un, bug‘doy va shakar importini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va tadbirkorlarning buyurtmalariga asosan 61,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi moliyaviy resurslar ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar depozitiga joylashtirildi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan 10,9 ming tonna o‘simlik yog‘i (17,8 mln.dollar), 12 ming tonna bug‘doy (4,2 mln.dollar), 10 ming tonna shakar (7,1 mln.dollar) importi amalga oshirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2023–2025 yillar uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi 2022 yil 15 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (I.Norqulov, 02/21-2-4/4-1-58-son xat).
Taqdim etilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning prognozi “2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida” qonun loyihasida aks ettirildi.

71 Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.

Tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirish tartibini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevraldan boshlab

Moliya vazirligi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 2 fevraldagi 49-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror asosida:
Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali tuman (shahar)lar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida shakllangan ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlashga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi;
tuman (shahar)lar mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki xo‘jalik yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra “Mening yo‘lim” loyihasi ishlab chikilgan va “Ochiq budjet” axborot portali (https://openbudget.uz/boards) ishga tushirilgan.
Ochiq budjet axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasi bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida loyihalar shakllantirildi.
Bunga ko‘ra, fuqarolar tomonidan jami 9212 ta loyihalar ilgari surilib, ushbu loyihalar uchun jami 1,9 mln ovozlar berilib, jarayon yakunlariga ko‘ra jami 380 ta loyihalar g‘olib deb topilgan. Hozirda loyihalarni amalga oshirish, jumladan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
2022 yil 1 iyul holatiga:
Respublika bo‘ylab fuqarolar tomonidan tashabbus qilingan 69 mingdan ortiq loyiha ilgari surildi;
tuman ishchi komissiyalari tomonidan jamoat manfaatlariga xizmat qiluvchi 40,2 mingta loyiha ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi;
loyihalarni yoqlab 6,7 milliondan ortiq (umumiy aholi soniga nisbatan 19 foiz) ovoz berildi;
Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 
2 215 ta loyihalar (jami 4,4 million ovoz bilan) g‘olib deb topildi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan qo‘shimcha ravishda har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 139 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha ravishda 85 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi;
Jarayon yakunlariga ko‘ra mamlakat bo‘ylab jami 2 354 ta loyihalar g‘olib deb topilib, ushbu loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tegishincha tuman va shahar hokimliklari qoshida tashkil etilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” xisobidan qariyb 1,2 trln so‘m yo‘naltirildi.
Hisobot davrida:
Tashabbusli budjet jarayoni 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan 61 mingdan ziyod loyihalar ilgari surildi. Shundan, 37 mingdan ortiq loyihalar tuman (shahar) ishchi komissiyalari tomonidan ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi. 
Ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan respublikai bo‘yicha jami 6,7 mln ovoz berilgan.

72 Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.

1. O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya doirasida davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish. Bunda:

davlat qarzining joriy holati va ko‘p prognoz ssenariylari orqali o‘rta muddatda davlat qarzini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foiz darajasidan oshmaslik choralarini;

davlat qarzi portfelining strukturasida foiz xatarlarni samarali boshqarish choralarini nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

 

2021 yil 30 dekabrdagi PQ–72-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilda davlat qarzi va davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxati vazirlik va idoralardan qabul qilindi hamda loyihaoldi baholanib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga 2022 yil 1 martda 01-01-1-292-son xati bilan kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 iyuldagi PQ–3857 sonli qarori hamda Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi 2022yil 3 martdagi murojaatiga asosan vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarning konsepsiyalari to‘liq taqdim etildi.
Topshiriq ijrosi yuzasidan 2022 yil 28 iyun holatiga 1,6 mlrd. AQSH dollar miqdorida davlat tashqi qarzi bitimlari imzolandi. Shundan, davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 261 mln. AQSH dollar ekvivalentida 2 ta qarz bitimi imzolandi. 
Mazkur davrda davlat kafolatlari taqdim etilmadi.
O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya doirasida davlat qarzini boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi va unda davlat qarzining joriy holati, o‘rta muddat uchun prognozi, davlat qarzini samarali boshqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va o‘rta muddatga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlar aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyasi Moliya vazirligining 2022 yil 6 iyundagi 01/03-03-01-31/532-son xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Mazkur fiskal strategiya Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 iyundagi 144*-son Bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd AQSH dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash bo‘yicha 2022 yilning 16 oktabr holatiga 2,1 mlrd. dollar miqdorida davlat tashqi qarzi bitimlari imzolandi. 
Shundan, davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 262 mln. dollar ekvivalentida 2 ta qarz bitimi imzolandi. Mazkur davrda davlat kafolatlari taqdim etilmadi.

2. O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibini takomillashtirish. Bunda:

loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchi korxonalarning moliyaviy holati, loyihaning hayotiyligi, pul oqimlari va loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xatarlar tahlili asosidagi davlat kafolatini berishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga Moliya vazirligining xulosasini kiritish;

davlat kafolati uchun to‘lovlarni qarz oluvchi korxonalarning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasidan kelib chiqqan holda belgilash;

davlat kafolati taqdim etishda korxonalariga moliyaviy shart va talablarni belgilash tartibini joriy etishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil sentyabr

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

 

Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 68063).
Loyiha Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 29 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (T.Ishmetov, 07/38-31/3128-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 4 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan (R.Abduqodirov, 02/68063/1-231-son xat).

3. Kelgusi yilda davlat qarzi va davlat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil 15-dekabrgacha

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023 — 2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-459 son qarori tasdiqlandi.

73 Sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash.

1. Mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, transport kabi tarmoqlardagi 23 ta yirik korxona xalqaro kredit reytinglarini olish orqali ichki va tashqi moliyaviy bozorlarga mustaqil chiqib, investitsiya loyihalari uchun o‘zi mablag‘ jalb qilishini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi 2022-yil 1-mart

Moliya vazirligi

manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik subyektlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022 yil 8 apreldagi 101–son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida” 2022 yil 15 avgustdagi 446-son qarori qabul qilindi.

2. Energetika sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish.

Bunda, elektr energiya ta’minotida monopoliyani bekor qilish hamda sohaga ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy etish, jumladan:

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan elektr energiyasini “yagona xarid qiluvchi” funksiyasini ajratish;

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablarni belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

“O‘zbekgidro-energo” AJ

Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Energetika vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (10.06.2021y., 01-28-3356-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi (31.01.2022 y., 06/26499/1-2440-son xat).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ko‘rsatmasi asosida qayta ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan imzolanib, 2022 yil 5 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takroran kiritildi (06/26499/1-2440-son xat).
(Ma’lumot uchun: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasining 4-bandiga asosan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan elektr energiyasini “yagona xarid qiluvchi” funksiyasini ajratish belgilangan. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasining 1-ilovasi, Elektr energiyasining raqobatga asoslangan bozorini bosqichma-bosqich shakllantirishning kuyidagi asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Elektr energiyasi raqobatli bozoriga o‘tish Konsepsiyasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablar belgilangan.)

“O‘zbekgidroenergo” AJ kichik va o‘rta investitsiya loyihalariga xususiy investorlarni jalb etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyul

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

“O‘zbekgidro-energo” AJ

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Gidroenergetika sohasiga xususiy investorlarni jalb qilish hamda ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi (ID-59451 (V-12)) ishlab chiqilib, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan 2022 yil 4 apreldagi 02-15/970-son xat orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

3. Neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish orqali tabiiy gaz ta’minotida ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy etish, jumladan:

O‘ztransgaz” AJni faqat gazni transportirovka qilish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga aylantirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyul

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

“O‘ztransgaz” AJ

“Hududgaz-ta’minot” AJ

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 15-iyundagi PQ–280-son qarori qabul qilindi.

O‘zbekneftgaz” AJning tashkiliy-huquqiy tuzilmasini dunyoning yetakchi neft-gaz kompaniyalari standartlariga muvofiqlashtirish, bunda jamiyat tasarrufidagi korxonalarda kooperatsiya va autsorsing xizmatlarini joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyul

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

“O‘ztransgaz” AJ

“Hududgaz-ta’minot” AJ

 

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan jalb qilingan Ernst&Young kompaniyasi konsultantlari tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, xorijiy ilg‘or kompaniyalar (Kazmunaygaz, SOKAR, Lukoyl, Gazprom va boshqalar) tajribasini o‘rgangan holda “O‘zbekneftgaz” AJning yangi tashkiliy va boshqaruv tuzilmalari qayta ishlab chiqilib, “O‘zbekneftegaz” AJning yagona aksiyadorining 2022 yil 31 maydagi 42-sonli Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan.
Mazkur buyruq bilan “O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparati tarkibida “Mahalliylashtirish va kooperatsion aloqalarni kengaytirish departamenti” hamda “Autsorsing guruhi” tashkil etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022 yil 2 iyuldagi 06/1-180-son ko‘rsatmasi bilan mazkur topshiriq (band) ijrosi qabul qilindi va nazoratdan yechildi.

Hududgazta’minot” AJ faoliyati yo‘nalishlariga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablarni belgilash, jumladan:

suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berish tizimiga;

tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berish tizimiga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil oktyabr

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

“O‘ztransgaz” AJ

“Hududgaz-ta’minot” AJ

 

Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish orqali tabiiy gaz ta’minotida ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Energetika vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining xalqaro konsultantlari bilan birgalikda o‘rganishlar olib borildi. Mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishishda bir qator konseptual e’tirozlar bildirildi, xususan bozor regulyatori tashkil etilmagani, xususiy operatorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishning huquqiy asosi, ular tomonidan sotiladigan tabiiy gaz narxi erkin belgilanishi, birja savdolari yo‘lga qo‘yilishi kabi masalalarning amaliyotda yo‘lga qo‘yilmagani bildirildi.
Shu asosda, xalqaro konsultantlar bilan birgalikda gaz ta’minoti sohasidagi islohotlar doirasida boshlangan ishlarni davom ettirish, bunda bozor munosabatlarini bosqichda-bosqich joriy etish, “Uzgastrade” AJ faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, gaz defitsitini qoplash, tariflarini bosqichma-bosqich erkin shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni himoya qilish mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 
18 noyabrdagi 02-PA 2/1-3574-son topshirig‘i va unga ilova qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim topshiriqlari ijro muddatini uzaytirish va nazoratdan chiqarish to‘g‘risida kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taqqoslama ma’lumotning 23-bandiga asosan mazkur bandning ijro muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar uzaytirildi.

4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdatransformatsiya jarayonlarini jadallashtirish. Bunda, sohada xususiy yuk tashish operatorlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlarni maqbullashtirish, yuk tashish xarajatlarini kamaytirish, yangi servis takliflarini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil fevral

Transport vazirligi

Moliya vazirligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022 yil 8 apreldagi PF–101-son Farmonining 12-bandi asosida topshiriq muddati 2022 yil 1 avgustga qadar uzaytirildi.
Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasidagi tarkibiy islohotlar to‘g‘risida” qarori loyihasi (ID 19942) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishib, 2022 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (1/202*-son xat).
Loyiha Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan qayta ishlandi.
Loyiha 2022 yil 15 avgustda Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorovga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022 yil 6 avgustdagi 02/824m-son xatiga asosan mazkur topshiriqning ijro muddati 2022 yil 1 noyabrga qadar uzaytirildi.
2022 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Strategik islohotlar agentligining bo‘lib o‘tgan Kengash majlisida Transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha muhokamalar natijasida Strategik islohotlar agentligiga (Vafayev)ga ikki oy muddatda temir yo‘llarini isloh qilish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilib, topshiriqning ijro muddati 2022 yil 28 noyabrga qadar uzaytirildi.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 11 oktyabrdagi 02-RA 1/1-1533–son topshirig‘i).
Loyiha 2022 yil 7 dekabrda Strategik islohotlar agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

5. Kimyo sohasidagi korxonalarni xususiylashtirish, jumladan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda 2022-2023 yillarda “Farg‘onaazot” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJni xususiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-2023-yillar davomida

Moliya vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“O‘zkimyosanoat” AJ

Topshiriq ijrosi yuzasidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan “Farg‘onaazot” AJ va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xususiylashtirishning hozirgi holatini baholash to‘g‘risida prezentatsiya tayyorlandi va “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Ushbuga asosan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 dekabrdagi 759-son* qarori qabul qilinib quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.
1. “Farg‘onaazot” AJ va Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ustav kapitalidagi aksiyalar paketini xususiylashtirish jarayoniga kompleks tahlillar o‘tkazish (due diligence) hisobotlarni tayyorlash, salohiyatli investorlarga korxonaning investitsiyaviy jozibadorligi to‘g‘risidagi targ‘ibot materiallarini (tizer) tayyorlash, yuborish va ulardan takliflarni qabul qilish uchun yetakchi konsultant (lead adviser) sifatida Deloitte va aksiyalar paketini baholash uchun KPMG kompaniyalari jalb etildi;
2. Xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish hamda boshqa konsultantlar tomonidan bajariladigan ishlar natijadorligini ta’minlashga yordam berish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) strategik konsultant (“strategic adviser”) sifatida jalb etilgan;
3. “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning kon zaxiralarini (Tubegatan kaliyli tuz koni) JORC standartlari asosida tahlil qilish va baholash bo‘yicha tanlov e’lon qilinib, yakunga ko‘ra DMT group xalqaro injiniring kompaniyasi jalb qilindi;
4. Xususiylashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, u tomonidan 11 ta yig‘ilish o‘tkazilgan va tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi. Jumladan:
“Farg‘onaazot” AJni xususiylashtirish bo‘yicha bitimning asosiy shartlari (term sheet) tasdiqlangan;
“Farg‘onaazot” AJni xususiylashtirish jarayoni doirasida talabgorlardan kelib tushgan takliflar dastlabki saralash talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqilgan;
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning kon zaxiralarini (Tyubegatan kaliyli tuz koni) JORS standartlari asosida tahlil qilish va baholash metodikasini ishlab chiqish maqsadida DMT group kompaniyasi hamda JORS - 2012 kodeksi talablariga muvofiq geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish, Tyubegatan kaliyli tuz konlari shimoliy - sharqiy maydonida burg‘ilash ishlari yetarlicha o‘tkazilmagan zaxiralarni (S2 kategoriya) qazishga ruxsat etilgan zaxiraga (S1 kategoriya) o‘tkazish yuzasidan “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ jalb qilindi.
Shu bilan birga, “Farg‘onaazot” AJni xususiylashtirish maqsadida:
ustav kapitalidagi aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha yangilangan “Tarmoq jadvali” tasdiqlandi;
Ishchi guruhning 2022 yil 22 iyuldagi 8-son yig‘ilish qaroriga asosan “Deloitte” kompaniyasining “Farg‘onaazot” AJning ustav kapitalidagi aksiyalar paketini xususiylashtirish jarayoni doirasidagi dastlabki saralash bo‘yicha qabul qilingan arizalar tahlili natijalariga ko‘ra, “Deloitte” kompaniyasining tavsiyasiga muvofiq, dastlabki saralash bosqichidan o‘tgan 3 ta talabgorlar (Fatima fertilizer company limited (Pokiston), Trammo Inc. (AQSH), Indorama Corporation Pte Ltd (Singapur) xususiylashtirish jarayonlarining navbatdagi bosqichiga o‘tkazildi.
Ishchi guruhning 2022 yil 16 avgustdagi 9-son yig‘ilish qaroriga asosan “Deloitte” kompaniyasi tomonidan “Farg‘onaazot” AJning ustav kapitalidagi aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan bitimning asosiy shartlari (term sheet) loyihasi tasdiqlandi.
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xususiylashtirish maqsadida:
ustav kapitalidagi aksiyalar paketini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi konsultant sifatida “Deloitte” xalqaro konsalting kompaniyasi, baholash jarayonlarida ishtirok etish uchun “KPMG” xalqaro auditorlik kompaniyasi va strategik konsultant sifatida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi jalb qilindi;
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning kon zaxiralarini (Tyubegatan kaliyli tuz koni) JORC standartlari asosida tahlil qilish va baholash “DMT Group” xalqaro injiniring kompaniyasi tanlov g‘olibi deb topildi;
“DMT Group” xalqaro injiniring kompaniyasi tomonidan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ bo‘yicha JORS-2012 kodeksi talablariga muvofiq mineral resurslar, zaxiralar va ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslangan tadqiqotlarni baholash ishlarini amalga oshirish maqsadida geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish, shuningdek, Tyubegatan kaliy tuzlari konidagi shimoliy-sharqiy maydonida burg‘ilash ishlari yetarlicha o‘tkazilmagan zaxiralarni (S2 kategoriya) qazishga ruxsat etilgan zaxiraga (S1 kategoriya) o‘tkazishni nazarda tutuvchi texnik topshiriq loyihasi tasdiqlandi.
Ishchi guruhning 2022 yil 16 avgustdagi yig‘ilishi 9-son qaroriga asosan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ bo‘yicha JORC-2012 kodeksi talablariga muvofiq mineral resurslar, zaxiralar va ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslangan tadqiqotlarni baholash ishlarini amalga oshirish maqsadida geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish, shuningdek, Tyubegatan kaliy tuzlari konidagi shimoliy-sharqiy maydonida burg‘ilash ishlari yetarlicha o‘tkazilmagan zaxiralarni (S2 kategoriya) qazishga ruxsat etilgan zaxiraga (S1 kategoriya) o‘tkazish yuzasidan “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ tomonidan taqdim etilgan tijorat taklifi eng maqbul deb topildi.
Ishchi guruhning 2022 yil 14 sentyabrdagi yig‘ilishi 10-son qaroriga asosan “DMT group” xalqaro injiniring kompaniyasi, “O‘zbek Geologiya Qidiruv” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan JORC-2012 kodeksi talablariga muvofiq mineral resurslar, zaxiralar va texnik-iqtisodiy asoslangan tadqiqotlarni baholash hamda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha “Tarmoq jadvali” tasdiqlandi.

74 Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish.

1. Energetika sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, barcha ishtirokchilarga teng imkoniyatlar erish va narxlarni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy qilish.

Bunda, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soluvchi mustaqil organ — regulyatorni, yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajaruvchi kompaniyani, milliy dispetcherlik markazini tashkil qilishni nazarda tutish.

1. Energetika sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, barcha ishtirokchilarga teng imkoniyatlar erish va narxlarni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy qilish.

Bunda, elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soluvchi mustaqil organ — regulyatorni, yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajaruvchi kompaniyani, milliy dispetcherlik markazini tashkil qilishni nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Energetika vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetika sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi. (Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi 06/26499/1-2440-son xati)
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot (xronologiyasi) Hisob palatasi tavsiyasiga asosan, 2022 yil 19 aperldagi 03-28-2170-son xat orqali yuborildi va Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan ushbu topshiriq nazoratdan yechildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika sohasini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 23 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 51-son bayoniga muvofiq, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi bilan qayta ko‘rib chiqilib, hujjat loyihasining yangi tahriri vazirlikining 2022 yil 19 iyuldagi 03-28-4204-son xati orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritildi va Prezident Administratsiyasiga axborot berildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” Davlat Unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2022 yil 24 martdagi 126-son qarori qabul qilinib, Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” Davlat Unitar korxonasi tashkil etildi.

2. Xalqaro moliya institutlarining (Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki) ekspertlar va konsultantlar bilan birgalikda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Energetika vazirligi

Energetika vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida” Qonuni loyihasi ishlab chiqildi (ID 65608).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirilishini iqtisodiyotga, ijtimoiy soha va aholiga ta’sirini kompleks o‘rganib yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, xorijiy ekspertlar va konsultantlar ishtirokida atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.
Muhokama natijalari bo‘yicha mazkur islohotlarni boshlashdan avval yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich bozor tamoyillari asosida joriy qilish, ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish zarurligi hamda energiya resurslari bozoridagi defitsitini maksimal darajada kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, energetika sohasidagi islohotlarni kelgusi 2023 yildan boshlash zarurligi qayd etildi va mazkur masala belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga, Hisob palatasiga va Adliya vazirligiga takliflar kiritildi. Takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ular Davlat Rahbari tomonidan ma’qullangan va 74-bandning ijro muddati 2023 yil dekabr oyiga qadar uzaytirildi.

yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi;

Qonun loyihasi 2022-yil sentyabr

Energetika vazirligi

Energetika vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida” Qonuni loyihasi ishlab chiqildi (ID 65608).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirilishini iqtisodiyotga, ijtimoiy soha va aholiga ta’sirini kompleks o‘rganib yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, xorijiy ekspertlar va konsultantlar ishtirokida atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.
Muhokama natijalari bo‘yicha mazkur islohotlarni boshlashdan avval yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich bozor tamoyillari asosida joriy qilish, ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish zarurligi hamda energiya resurslari bozoridagi defitsitini maksimal darajada kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, energetika sohasidagi islohotlarni kelgusi 2023 yildan boshlash zarurligi qayd etildi va mazkur masala belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga, Hisob palatasiga va Adliya vazirligiga takliflar kiritildi. Takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ular Davlat Rahbari tomonidan ma’qullangan va 74-bandning ijro muddati 2023 yil dekabr oyiga qadar uzaytirildi.

“Tabiiy gaz to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi;

Qonun loyihasi 2022-yil oktyabr

Energetika vazirligi

“O‘ztransgaz” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 10 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayoni 16-bandi 
3-xatboshisi bilan Energetika vazirligiga “qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini tarmoqqa ulanishini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida 2022 yil 1 dekabrga qadar yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida” Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish” vazifasi belgilanib, Davlat dasturi 74-bandi 2-kichik bandi ikkinchi xatboshisining ijro muddati 2022 yil 1 dekabrga qadar uzaytirildi.
(Prezident Administratsiyasi Rahbarining 
2022 yil 20 iyundagi 02-PA 1-9741-son topshirig‘i).
Energetika vazirligi tomonidan “Tabiiy gaz to‘g‘risida” (yangi tahrirda) qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Hozirda loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida.
Davlat dasturining 74-bandiga muvofiq gaz ta’minoti tizimida ishtirok etuvchi barcha subyektlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash, sohada bozor munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning asosiy tamoyillarini belgilashni nazarda tutuvchi “Tabiiy gaz to‘g‘risida” Qonun loyihasi ishlab chiqildi, hozirda vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda (ID-65608, ID-69325).
Rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirilishini iqtisodiyotga, ijtimoiy soha 
va aholiga ta’sirini kompleks o‘rganib yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralar, xorijiy ekspertlar va konsultantlar ishtirokida bir necha marotaba atroflicha muhokamalar o‘tkazildi.
Muhokama natijalari bo‘yicha mazkur islohotlarni boshlashdan avval yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich bozor tamoyillarini joriy qilish, ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish zarurligi hamda energiya resurslari bozoridagi defitsitini maksimal darajada kamaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, energetika sohasidagi islohotlarni kelgusi 2023 yildan boshlash zarurligi qayd etildi 
va mazkur masala belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga, Hisob palatasiga va Adliya vazirligiga takliflar kiritildi. Takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ular Davlat Rahbari tomonidan ma’qullangan va 74-bandning ijro muddati 2023 yil dekabr oyiga qadar uzaytirildi.

Magistral elektr tarmoqlari kodeksini (GrId Code) tasdiqlash to‘g‘risida;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

Energetika vazirligiEnergetika vazirligi

Vazirlar Mahkamasinigng “Magistral elektr tarmoqlari kodeksini (Grid Code) tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi J.Xodjayev tomonidan tasdiqlangan 78-son bayoni (2022 yil 7 oktyabrdagi 24-24/1-2497-son topshiriq)ning 5-bandiga muvofiq, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, magistral va taqsimlovchi tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish, iste’molchilarni tarmoqqa ulash, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Magistral tarmoqlari qoidalari” (Grid Code) va “Taqsimlash tarmoqlari qoidalari”ni (Distribution Code) ishlab chiqilishini ta’minlash muddati 2023 yil dekabr oyiga qadar etib belgilandi.

taqsimlovchi tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish, iste’molchilarni tarmoqqa ulash, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirgan Taqsimlash tarmoqlari qoidalarini (Distribution Code) tasdiqlash to‘g‘risida;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil oktyabr

Energetika vazirligi

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Energetika vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilmoqda, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki “MRC” konsultantlar guruhi mutaxassislarini yollagan.
Bugungi kunga qadar Osiyo taraqqiyot banki va “MRC” konsultantlar guruhi o‘rtasida 2022 yil 20 aprelda shartnoma rasmiylashtirilgan va unga asosan “Taqsimlash tizimini rivojlantirish rejasi” loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida Taqsimlash elektr tarmoqlari kodeksi loyihasi “MRC” konsultantlari tomonidan dastlabki varianti ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Taqsimlash tarmoqlari kodeksi konsultantlar tomonidan elektr tarmoqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidagi mavjud normativ-huquqiy hujjatlari bilan integratsiya qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi J.Xodjayev tomonidan tasdiqlangan 78-son bayoni (2022 yil 7 oktyabrdagi 24-24/1-2497-son topshiriq)ning 5-bandiga muvofiq, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, magistral va taqsimlovchi tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish, iste’molchilarni tarmoqqa ulash, tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilashni nazarda tutuvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni o‘zida mujassamlashtirgan “Magistral tarmoqlari qoidalari” (Grid Code) va “Taqsimlash tarmoqlari qoidalari”ni (Distribution Code) ishlab chiqilishini ta’minlash muddati 2023 yil dekabr oyiga qadar etib belgilandi.

elektr energetikasi bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi “Bozor qonun-qoidalari to‘g‘risida”;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil oktyabr

Energetika vazirligi

Bugungi kunda bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga soluvchi raqobatli bozor qonun-qoidalari to‘g‘risidagi hujjatlar loyihasini ishlab chiqish uchun:
xalqaro moliya institutlari texnik ko‘magida OTTB banki tomonidan 1 nafar ekspert jalb qilingan va 4 ta ekspert bo‘yicha tanlov e’lon qilingan;
Energetika vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 03-28-4601-son xati bilan xalqaro ekspertlarni jalb qilish to‘g‘risida so‘rov Jahon bankiga yuborilgan; 
YETTB tomonidan elektr energetika bozorini tartibga solish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha tender yakunlanib, xalqaro ekspertlar yollangan va ichki hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi J. Xodjayev tomonidan tasdiqlangan 78-son bayoni (2022 yil 7 oktyabrdagi 24-24/1-2497-son topshiriq)ning 5-bandiga muvofiq, elektr energetikasi bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining “Bozor qonun-qoidalari to‘g‘risida” qarori loyihasini ishlab chiqilishini ta’minlash muddati 2023 yil dekabr oyiga qadar etib belgilandi.

tabiiy gaz ta’minoti tizimini isloh qilish va raqobat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Energetika vazirligi

“O‘ztransgaz” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Tabiiy gaz bozorini isloh qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-280-son qarori qabul qilindi.

3. Ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun energiya resurslari bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish.

Bunda:

xalqaro ekspertlar va moliya institutlari ko‘magida mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish va tahlil qilish;

Tahliliy ma’lumotlar 2022-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududgaz-ta’minot” AJ

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Yaponiya, AQSH, Xitoy va Rossiya Federatsiyasining aholi uchun elektr energiyasining ijtimoiy iste’mol normalari o‘rganib chiqildi hamda tahliliy ma’lumotlar va jadvallar vazirlikning 2022-yil 28-fevraldagi 04/16-01-4/1-58 sonli xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

ehtiyojmand aholi uchun energiya resurslarini ijtimoiy iste’mol normalari bo‘yicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hisob-kitoblar va takliflar 2022-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

“Hududgaz-ta’minot” AJ

Ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun energiya resurslari bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish bo‘yicha xalqaro ekspertlar va moliya institutlari ko‘magida xalqaro tajribani o‘rgangan holda amalga oshirilgan tahliliy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi. 

75 Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.

1. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 20 ta yangi maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish orqali istiqbolli zaxiralar miqdorlarini tabiiy gaz bo‘yicha 35 mlrd kub metrga va suyuq uglevodorodlar bo‘yicha 1,0 mln tonnaga oshirilishini ta’minlash.

Respublika bo‘yicha tabiiy gaz qazib chiqarish prognoz hajmlarini 2022-yilda 56,3 mlrd kub metrgacha oshirish orqali yillik gaz qazib chiqarish hajmlarining kompensatsiya darajasini 104 foizgacha yetkazish.

Mahalliy zavodlardasuyultirilgan gaz ishlab chiqarishni 2022-yildagi 832 ming tonnagacha ko‘paytirish. Bunda:

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 105 ta yangi quduqlarni burg‘ilab ishga tushirish, 594 ta quduqda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlarini bajarish hamda 27 ta texnologik obyektni qurib ishga tushirish;

Hukumat qarorlari loyihalari, chora-tadbirlar rejasi 2022-yil

Energetika vazirligi

“O‘zbekneftgaz” AJ

1. Vazirlar Mahkamasining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tezkor tashkil etish, istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirish va uglevodorodlarning yangi zaxiralarini topishni jadallashtirish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Qaror loyihasi Adliya vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 02-15-101-son xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.
Davlat geologiya qo‘mitasidan “O‘zbekneftgaz” AJga 20 ta yangi maydonni taqdim qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tezkor tashkil etish, istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirish va uglevodorodlarning yangi zaxiralarini topishni jadallashtirish to‘g‘risida” qaror loyihasi ishlab chiqildi. Qaror loyihasi tegishli vazirlik 
va idoralar bilan kelishildi, Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza xulosasi olindi, O‘zbekneftgaz” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi (01-23/1-379-son) xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (ID-56369).
2022 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ geologiya-qidiruv ishlari dasturi doirasida Respublikaning 4 ta - Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor va Farg‘ona neft va gazli hududlarida jami 1 840 kv km hajmda 3D seysmik qidiruv ishlari bajarildi, 30 dan ortiq istiqbolli maydonlar va qidiruv jarayonlaridagi konlarda 124,9 ming metr izlov-qidiruv burg‘ilash ishlari bajarildi, 45 ta quduqlar burg‘ilanib qurilish bilan tugatildi.
Natijada 5 ta yangi - Niyoz, Quyi Pomuk, Yangi Alat, Moyquduq va Yangi Tegirmon uglevodorod konlari ochildi. 
2022 yilda jami 35,1 mlrd kub metr hajmda tabiiy gaz hamda 1,2 mln tonna suyuq uglevodorod zaxiralari o‘stirilib ushbu topshiriqqa doir barcha vazifalar to‘liq bajarildi.
2. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yilda 32,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqarildi.
Geologik-texnik tadbirlar doirasida 84 ta quduq burg‘ilashdan, 711 ta quduqlar mukammal ta’mirlashdan, 27 ta texnologik qurilmalar ishga tushirildi.
3. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2022 yilda 697,8 ming tn suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi.
4. “O‘zbekneftgaz” AJ tizim korxonalari (Muborak va Gazli gazni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, O‘zbekiston JTL zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi) tomonidan 2022 yilda 652,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish rejalashtirilgan (o‘sish sur’ati – 101,1%).
Ma’lumot uchun: 2022 yil yanvar-may oylari yakunida 288,9 ming tonna suyultirilgan gaz (prognoz – 106,8%; o‘sish – 109,8%) ishlab chiqarildi.
Shuningdek, Energetika vazirligi tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonini jadallashtirish maqsadida ““O‘zbekneftgaz” AJning neft-gaz quduqlarida “Schlumberger Oilfield Central Asia” MCHJ CHEK kompaniyasi tomonidan geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga impulsli neytron generatorlarni olib kirish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (ID 64674) farmoyishi loyihasi Vazirlar Mahkamasiga o‘rnatilgan tartibda 2022 yil 17 noyabrdagi 02-15-6773-son xat bilan kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 dekabrdagi 683-f*son farmoyishi chiqarildi. Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz" AJ tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tezkor tashkil etish, istiqbolli maydonlarni o‘zlashtirish va uglevodorodlarning yangi zaxiralarini topish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror loyiha ishlab chiqilib, 2022 yil 29 yanvar kuni kelishish maqsadida yuborilgan bo‘lib, Energetika vazirligi tomonidan e’tirozlar bilan kelishildi. Hozirda ushbu qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga 
2022 yil 7 dekabrdagi 01-23/1-379-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.
Bundan tashqari, respublika gaz ta’minotini barqarorlashtirish bo‘yicha yil boshidan “O‘zbekneftgaz” AJning neft va gaz konlarida 
75 ta quduq burg‘ilandi, 625 ta quduqda kapital ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 24 ta texnologik obyektlarda modernizatsiya, rekonstruksiya ishlari bajarildi. Qazib chiqarish hajmlari, korxonalarning moliyaviy va texnik sharoitidan kelib chiqilgan holda, Energetika vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda qazib chiqarish va iste’molni qondirish Balansi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Shuningdek, mazkur band ijro muddatini uzaytirish masalasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida atroflicha muhokama chiqilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan 67,4 km magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalaridagi gaz haydash agregatlari va 17 ta gaz taqsimlash stansiyalarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish;

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil

“O‘ztransgaz” AJ

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan 2022 yilda 68,4 km magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalardagi gaz haydash agregatlari va gaz taqsimlash stansiyalarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda 17 ta gaz taqsimlash stansiyalarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bugungi kunda mazkur dasturlar asosida texnik tadbirlar amalga oshirish ishlari boshlangan.
(Ma’lumot uchun: 67,4 km magistral gaz quvurlarda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish etish bo‘yicha smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun maxsus ruxsatnomaga ega tashkilotlarni tanlash ishlari boshlangan. Shuningdek nuqsonlarni uchastkalarni bartaraf etish uchun zaruriy po‘lat quvurlarni sotib olishga 2021 yilda berilgan “Texnik topshiriq”larga asosan xarid qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 
17 ta gaz kompressor stansiyalarini kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish bo‘yicha yer ishlari olib borilmoqda. Texnologik qurilmalar uchun zarur moddiy texnik resurslar jamlanmoqda.
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yil 28 dekabrdagi 111-son bayoni (21-24/1-347*) 6-bandi bilan topshiriq ijro muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan.

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan 222,8 km gaz tarmoqlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda suyultirilgan gaz ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil

“Hududgaz-ta’minot” AJ

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan 2022 yilda 364,5 km gaz tarmoqlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish va suyultirilgan gaz ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Mazkur Farmon bilan belgilangan Davlat dasturiga muvofiq, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, jami 565,3 km gaz tarmoqlari mukammal va joriy ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi. Jumladan, 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini 
kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun respublikadagi 161,5 km gaz tarmoqlari hamda hududlardagi mavjud muammolarni mahallalar kesimida aniqlash va ularni tizimli bartaraf etishga qaratilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlardagi 403,8 km gaz tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, suyultirilgan gaz to‘ldirish inshootlari modernizatsiya qilinib, 176 dona qo‘shimcha kolonka (tarozi)lar o‘rnatildi. Iste’molchilarning maishiy gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, qo‘shimcha 67 ming dona (ta’minlanganlik darajasi 128 foiz) maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berishda qo‘shimcha 22 ta avtotransport vositalarini jalb qilinishi natijasida oylik quvvat 1,4 ming tonnaga oshirilishiga erishildi.

76 Mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 barobar ko‘paytirish hamda 8 mlrd AQSh dollarlik mahsulot ishlab chiqarish.

1. “Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan Mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasini xorijiy konsultantlar bilan birgalikda ishlab chiqish.

Bunda:

2022 — 2026 yillarda mis xomashyosidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning to‘liq sikli va texnologik zanjirini yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishni;

mis va nodir metallar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish zanjirini yaratish bo‘yicha 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar manzilli dasturini qabul qilishni;

mis sanoati klasteri ishtirokchilari uchun muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini yaratishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

Vazirlar Mahkamasining “Xom ashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining “Mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 65186).
Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 23 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (I.Norqulov, 02/38-02-3/126-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 28 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

2. 2022 — 2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Bunda, “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ mashinasozlik zavodlari negizida kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarini ishlab chiqarishni joriy etish va mahsulot turlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda ular uchun zarur jihozlar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

“Navoiy KMK” AJ

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Kon-metallurgiya mashinalari va ularning jihozlari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 64091).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 19 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (I.Norqulov, 02/38-02-3/109-son xat).
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (06/64091/1-180-son xat).

3. Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablar va atrof-muhit muhofazasi me’yorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturini ishlab chiqish. Bunda:

atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni ekologik talablar doirasidan oshmasligini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni;

kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ilg‘or xorij tajribadan kelib chiqib, ekologik menejment tizimini joriy etishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

“Navoiy KMK” AJ

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasining “Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablar va atrof-muhit muhofazasi me’yorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 25-avgustdagi VMQ-474-son qarori qabul qilindi.

4. Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish dasturini ishlab chiqish. Bunda:

mis klasterining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan va zamonaviy kasb yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda elektrotexnika, elektronika, dastgohsozlik, mashinasozlik, metallurgiya, materialshunoslik, “yashil texnologiyalar”, robototexnika, yarim o‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashni kengaytirishni;

muhandis, texnik va boshqa o‘rta bo‘g‘in ishchi-xodimlarni tayyorlash bo‘yicha professional ta’lim o‘quv dasturlarini amaliyot bilan uzviy bog‘liqlikda joriy etishni;

mis klasteri faoliyatiga bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari asosida maqsadli davlat buyurtmasi portfelini shakllantirishni nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil sentyabr

Davlat geologiya qo‘mitasi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

“Navoiy KMK” AJ

Mis sanoati klasteri uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda sohada tajriba-konstruktorlik va ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi - Davlat geologiya 
va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.Islamov tomonidan 2022 yil 11 aprel kuni tasdiqlandi (2022 yil 11 apreldagi 06/1-180-son topshiriq).
Mis sanoati klasteri Loyiha ofisi va tarmoq korxonalari tomonidan mis sanoati bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in kadrlari ehtiyojini o‘rganish va shakllantirish, jumladan, “Navoiy KMK” AJning Zarafshon va Uchquduq sanoat texnikumlarida va “Olmaliq KMK” AJning Olmaliq kon-metallurgiya kollejida mavjud ehtiyojlar asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan.
Geologiya sohasi uchun ishchi va texnik yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha respublika 4 ta hududlaridagi (Toshkent, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari) geologiya sohasidagi korxona va tashkilotlar uchun Zarafshon sanoat va G‘uzor energetika sanoati texnikumlari hamda Olmaliq kon-metallurgiya va Buxoro neft va gaz sanoati kollejlarida 3 ta mutaxassislik (texnik-geolog, texnik-burg‘ilovchi va texnik-geofizik) bo‘yicha jami 175 nafar mutaxassislarni tayyorlash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Respublikada mavjud temir va volfram konlarini sanoatda o‘zlashtirish va metallurgiya korxonalarini barpo etish maqsadida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
2022 yil davomida “Navoiy KMK” AJ10 nafar muhandis-texnik xodimlari “Metallurgiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida o‘quv kurslariga jalb etildi, “Olmaliq KMK” AJ muhandis-texnik xodimlari ishtirokida mexanika, konchilik ishi va metallurgiya yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi, jami 133 nafar muhandis-texnik xodimning malakasi oshirildi.
O‘quv kurslar yakunida tinglovchilarga sertifikat taqdim etildi. Korxonalarda tashkil etilayotgan malaka oshirish o‘quv kurslariga kombinat mutaxassislari bilan bir qatorda Toshkent davlat texnika universiteti va MTTU MISiSning Olmaliq filiallari professor-o‘qituvchilari ham jalb qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus sanoat zonalarini tashkil etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini 
qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 
19 iyuldagi PQ–325-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq:
Qoraqalpog‘iston Respublikasini Qorao‘zak tumanida joylashgan va tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan “Qorao‘zak” maxsus sanoat zonasini;
Jizzax viloyatini G‘allaorol tumanida joylashgan va metallurgiya sohasiga ixtisoslashgan “G‘allaorol” maxsus sanoat zonasini tashkil etish uchun yakuniy chegaralari aniqlandi.
“Qorao‘zak” maxsus sanoat zonasining umumiy yer maydoni – 659 gektar, “G‘allaorol” maxsus sanoat zonasini umumiy yer maydoni – 1679 gektar.
MSZlarning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” MSZlarning faoliyat ko‘rsatish qoidalari va tartibi, shu jumladan, vakolatli organlar, boshqaruv kompaniyalari va mazkur MSZlar ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari tartibi ishlab chiqildi.
“Qorao‘zak” va “G‘allaorol” MSZ faoliyatlarini hamda ularning hududlarida joylashgan loyihalarni samarali tashkil etish maqsadida:
a) “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus sanoat zonalarini boshqaruv kompaniyalariga ijara huquqi asosida kelgusida o‘z ijara huquqlarini “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus sanoat zonalarini ehtimoliy ishtirokchilariga o‘tkazish huquqi bilan;
“Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ xorijiy korxonasiga ijara huquqi asosida “Qorao‘zak” maxsus sanoat zonasi tutash hududida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hududida ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun;
 “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” MSZlariga tutash va belgilangan MSZ hududlarida joylashgan “Tebinbuloq” va “G‘allaorol” loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini - “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ xorijiy korxonasiga yoki “Tebinbuloq” va “G‘allaorol” loyihalarni boshqa ishtirokchilariga ijara huquqi asosida tegishli murojaatga muvofiq yer uchastkalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilishi;
b) “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” MSZ, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivi hududlarida joylashgan sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazilishi;
v) “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” MSZlarni tashqi yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

77 Metallurgiya sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

1. “Navoiy KMK” AJda 2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni oshirish dasturi doirasida 1,6 mlrd AQSh dollarlik 16 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish.

Xususan, 2022-yil yakuniga qadar 13 ta investitsiya loyihasi doirasida 486,0 mln dollarlik xorijiy bank kreditini jalb qilish.

TIA ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari grafik asosida 2022-yil oktyabrga qadar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Navoiy KMK” AJ

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 yilgacha qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 1 martdagi PQ–2806-son qarori bilan 2026 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan 16 ta investitsiya loyihalarining dastlabki ro‘yxati tasdiqlangan.
2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 13 ta investitsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021 yil 30 dekabrdagi PQ–72-son qarori bilan tasdiqlangan “2022 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati”ga asosan shakllantirilgan bo‘lib, ushbu yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddati bir necha yillarni tashkil qiladi. 
Mazkur investitsiya loyihalarining amalga oshirish muddatlari 2017–2026 yillar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

2. “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I-bosqichi” (“Yoshlik I konini o‘zlashtirish”) investitsiya loyihasi amalga oshirish orqali:

quvvati 60 mln tonnaga teng 3-son mis boyitish fabrikasini qurish va 2024 yilda ishga tushirish;

2025 yilda yangi metallurgiya obyektlarini foydalanishga topshirish evaziga “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish hajmini mis katodi bo‘yicha 300 ming tonnaga va oltin bo‘yicha 30,1 tonnaga yetkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorao‘zak” va “G‘allaorol” maxsus sanoat zonalarini tashkil etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 19 iyuldagi PQ–325-son* qarori qabul qilindi. 
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq KMK” AJ konlar negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning I bosqichi doirasida “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish” (birinchi navbat) investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 18 mayda 266-son qarori qabul qilindi.

3. Mis va ruhni chuqur qayta ishlash evaziga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot turlarini ko‘paytirish:

mis va rux asosida qotishmalardan tasma, folga, sim va h.k. — 10 ming tonna;

mis kukuni — 2 ming tonna.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

“Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining” 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi tomonidan (12.02.2022 y. 02-RA 1-1852-son) ma’qullandi. Ushbu dastur belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Milliy bank” AJ bilan kelishildi. Dastur doirasida jami qiymati 68,3 mln. dollarga teng bo‘lgan 30 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
Jumladan: 
a) mis va rux asosida qiymati 5,1 mln. dollar va yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan lenta va listlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
b) mis va mis qotishmalaridan qiymati 2,9 mln. dollar va yillik quvvati 2 ming tonna bo‘lgan sferasimon kukun ishlab chiqarishni tashkil etish;
v) noyob metallarni chuqur qayta ishlash hamda ilmiy ishlanmalarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish orqali qiymati 8,2 mln. dollar bo‘lgan 9 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur dasturga asosan hisobot davrida “Olmaliq KMK” AJning 9-sexida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha Germaniyaning “Falk Porshe Technik Gmbh” kompaniyasi va “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Texnologiya va asosiy texnologik uskunalarini yetkazib berish uchun tender hujjatlari ishlab chiqildi. 
Tender savdolarini o‘tkazish va uskunalarni yetkazib berish va ishga tushirish ishlari Germaniyaning “Falk Porshe Technik Gmbh” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. 
Molibden va sof toza volfram ishlab chiqarish maydonini rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi va to‘liq foydalanishga topshirildi. 
Yetakchi xorijiy korxonalar tajribalarini o‘rgangan holda volfram oksidi ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga asosan mavjud binoni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Konsevoy (uchlik) asboblar uchun qattiq qotishmalar hamda qattiq qotishmalardan (vtulka va voloklar) ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlangan va loyiha foydalanishga topshirildi.

Noyob metallarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymatli mahsulot turlarini ko‘paytirish:

molibden o‘ta toza tuzlaridan 150 tonna metall;

maxsus qattiq qotishmalar — 18,5 tonna.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Olmaliq KMK” AJ

“Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qotishmalar ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining” 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi tomonidan (12.02.2022 y. 02-RA 1-1852-son) ma’qullandi. Ushbu dastur belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Milliy bank” AJ bilan kelishildi. Dastur doirasida jami qiymati 68,3 mln. dollarga teng bo‘lgan 30 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 
Jumladan: 
a) mis va rux asosida qiymati 5,1 mln. dollar va yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan lenta va listlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
b) mis va mis qotishmalaridan qiymati 2,9 mln. dollar va yillik quvvati 2 ming tonna bo‘lgan sferasimon kukun ishlab chiqarishni tashkil etish;
v) noyob metallarni chuqur qayta ishlash hamda ilmiy ishlanmalarga asoslangan texnologiyalarni joriy etish orqali qiymati 8,2 mln. dollar bo‘lgan 9 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilandi.
Mazkur dasturga asosan hisobot davrida “Olmaliq KMK” AJning 9-sexida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha Germaniyaning “Falk Porshe Technik Gmbh” kompaniyasi va “Olmaliq KMK” AJ o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Texnologiya va asosiy texnologik uskunalarini yetkazib berish uchun tender hujjatlari ishlab chiqildi. 
Tender savdolarini o‘tkazish va uskunalarni yetkazib berish va ishga tushirish ishlari Germaniyaning “Falk Porshe Technik Gmbh” kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. 
Molibden va sof toza volfram ishlab chiqarish maydonini rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi va to‘liq foydalanishga topshirildi. 
Yetakchi xorijiy korxonalar tajribalarini o‘rgangan holda volfram oksidi ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga asosan mavjud binoni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Konsevoy (uchlik) asboblar uchun qattiq qotishmalar hamda qattiq qotishmalardan (vtulka va voloklar) ishlab chiqarish bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlangan va loyiha foydalanishga topshirildi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.Islamov tomonidan 2022 yil 25 aprelda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatida mis va ruhni chuqur qayta ishlash evaziga yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar” tasdiqlandi.
Amaliy chora-tadbirlarning 2-bo‘limida noyob metallarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymatli mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining “2022–2026 yillarda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining 
“Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” 2022 yil 25 avgustdagi 473-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining “Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida 2022–2026 yillarda qiymati 161,0 mln dollarlik jami 34 ta loyihani amalga oshirish va 751 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish dasturi qabul qilindi.
Bugungi kunda 1 mln dona kesuvchi va silliqlovchi abraziv disklar, 300 tonna geokompozit material mahsulotlari, 100 ming tonna yuqori o‘tga chidamli keramik mahsulotlari, 
2 ming dona burg‘ilash toji, burg‘ilash keskichlari, 39,4 tonna volfram, 10 ming tonna misdan lenta va listlar, 95,3 dona volfram oksidi, 1,1 ming tonna molibden, 2 ming tonna mis va mis qotishmalaridan sferasimon kukun, 
95,3 dona volfram oksidi, 9 tonna 3D printer uchun kukun, 8 ming tonna ruhlangan po‘lat simlar va 31 ming dona konsevoy asboblar ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

3. “O‘zmetkombinat” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan umumiy yillik quvvati 1,04 mln tonna issiq holda prokatlangan po‘lat list o‘ramlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish .

Xususan, 2022-yilda 96,0 mln AQSh dollarlik investitsiyalar, shu jumladan, 50,0 mln AQSh dollarlik xorijiy bank kreditini jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

“O‘zmetkombinat” AJ

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zmetkombinat” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan umumiy yillik quvvati 1,04 mln tonna issiq holda prokatlangan po‘lat list o‘ramlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan.
Xususan, 2022 yilda 96 mln AQSH dollarlik investitsiyalar, shu jumladan, 50 mln AQSH dollarlik xorijiy bank kreditini jalb qilish” topshirig‘i yuklatilgan bo‘lib, mazkur topshiriqning ijrosi bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida texnologik uskunalarni yetkazib berish uchun “Danieli” (Italiya) kompaniyalar guruhi bilan qo‘shimcha kelishuvga asosan jami qiymati 349 mln yevrolik va qurilish ishlari uchun “Reneissanse Heave Industries” (Rossiya) (keyigni o‘rinlarda- RHI) kompaniyasi bilan 4 – sonli qo‘shimcha kelishuvga asosan umumiy qiymati 169,9 mln yevroga teng shartnomalar imzolandi. Loyiha doirasida, “Ipoteka bank” ATIB va “O‘zmilliybank” AJlarning 100,0 mln dollar indikatlashtirilgan krediti hamda Tiklanish va tarqqiyot jamg‘armasining 140,0 mln yevrolik mablag‘lari hamda joriy yilning fevral oyida “Sovkombank” OAJning (Rossiya) 50,0 mln dollar mablag‘lari jalb qilingan. “Quyuv-prokatlash  majmuasini qurish” loyihasi uchun dastgohlarni yetkazib berish va qurilish ishlarini uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Renaissance Heavy Industries” (Turkiya) kompaniyasiga 64,4 mln yevro va “Danieli” (Italiya) kompaniyasiga 157,2 mln yevro to‘lovlar amalga oshirildi.
Joriy yilning yanvar - noyabr holatiga jami 213,0 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Bundan tashqari “Credit Suisse AG” (Shveysariya) bankidan eksport kredit agentliklari sug‘urta qoplamalari asosida 167,0 mln. yevro miqdorida kredit
mablag‘larini jalb qilish 2023 yil aprel oyida rejalishtirilgan. Qurilish-montaj ishlariga jami 1039 nafar ishchi-xodim (156 nafari muhandis-texnik xodimlar) va 65 ta texnikalar jalb qilingan. Mazkur Loyixa amalga oshirilganidan so‘ng yiliga 1,04 mln. tonna import o‘rini bosuvchi issiq holatda prokatlangan po‘lat list o‘ramlari ishlab chiqariladi hamda, birja savdolariga qo‘yish orkali sotilishi ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 dekabrdagi
PQ-72-son qarori asosan Loyihani to‘liq yakuniga yetkazish muddati 2023 yil dekabr oyi etib belgilangan.

4. Respublikada mavjud temir (Tebinbuloq, Syurenota) va volfram (Sautbay, Ingichka) konlarini sanoatda o‘zlashtirish va metallurgiya korxonalarini barpo etish maqsadida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash.

Yo‘l xaritasi 2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Davlat geologiya qo‘mitasi

Yo‘l xaritasi loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 19 avgustdagi 06/1-180-son bilan tasdiqlangan.

78 Kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga yetkazish orqali kimyo sanoatida 2 mlrd AQSh dollarlik mahsulot ishlab chiqarish.

1. 2035-yilgacha kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash. Bunda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 4 ta kimyo va gaz kimyo texnologik klasterlarini tashkil etish;

klasterlar doirasida qiymati 8 mlrd AQSh dollaridan ortiq 60 tadan ziyod istiqbolli loyihalarni amalga oshirish evaziga sanoat mahsulot hajmini 3 barobarga oshirish, tarmoqning eksport ko‘rsatkichlarini 359 mln AQSh dollaridan 874 ml AQSh dollarigacha yetkazish;

talabalarga amaliyot o‘tash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya markazlarini tashkil etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish ishlarni tizimlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

“O‘zkimyosanoat” AJ

“O‘zbekneftgaz” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 10 oktabrdagi PQ-388-son qarori qabul qilindi.

2. Xalqaro moliya korporatsiyasi tavsiyalari asosida “Navoiyazot” AJ va unga tutash hududlar negizida kimyo texnologik klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli qaror loyihasi va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish. Bunda, ushbu texnologik klaster hududida, dastlabki bosqichda, 4,5 mlrd AQSh dollarlik 33 ta investitsiya loyihasini xususiy investorlarni jalb qilish orqali amalga oshirish va sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 2021 yilga nisbatan 1,5 barobarga oshirishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

“O‘zkimyosanoat” AJ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Кимё ва газ-кимё саноатини стратегик ривожлантиришнинг мақсадли дастурини тасдиқлаш тўғрисида” 2022 йил 10 октябрдаги ПҚ-388-сон қарори қабул қилинди.

3. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida “Chirchiq-Ximgrad industrial parki”ni tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil fevral

“O‘zkimyosanoat” AJ

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 3 fevraldagi PQ–116-son qarori qabul qilindi.

4. Kimyo va neft-gaz kimyosi sohalari uchun zamonaviy asbob-uskunalar, mashina va jihozlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zkimyosanoat” AJ

“O‘zkimyosanoat” AJ korxonasi kimyo va neft-gaz kimyosi sohalari uchun zamonaviy asbob-uskunalar, mashina va jihozlar, butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni kengaytirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 15 iyuldagi 04/16-03-4/6-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kirtiligan. 
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 17 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi (B.Islamov, 06/61536/1-180-son).

79 Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligining ishlab chiqarishini yagona sanoat klaster usulida tashkil etish.

1. Qishloq xo‘jaligi mashinasozlik korxonalarning quvvatlaridan Toshkent shahar chegarasidan olib chiqish hamda Chirchiq shahrida yaxlit qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar tasdiqlangan reja-jadval asosida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“O‘zavtosanoat” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 noyabrdagi PQ-7-son qaroriga asosan Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini tashkil qilish maqsadida “Agregat zavodi” AJ va “Texnolog” AJga tegishli bo‘lgan 363 dona uskunalarni Chirchiq shahriga ko‘chirish ishlari yakunlandi. 
Bunda, mazkur uskunalar “Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikalari zavodi” AJda mavjud bo‘lgan uskunalar bilan birgalikda, klaster hududidagi mexanik ishlov berish sexiga joylashtirilgan va ishga tushirilgan.
Hozirda mexanik ishlov berish sexi (11,1 ming kv metr), ma’muriy bino (2 ming kv metr), oshxona va yuvinish xonalari (2,3 ming kv metr) hamda ombor (3 ming kv metr) qurilishi yakunlangan.
2-bosqichda “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ ga tegishli bo‘lgan 672 dona uskunalarni klaster hududiga ko‘chirish rejalashtirilgan.

2. Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan texnika va tirkamalar turlari ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Bunda:

xorijiy hamkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, 4 000 dona budjet toifadagi traktor hamda yuqori unumdor texnika turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;

ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish (kamida 90 foiz) hamda mahalliylashtirish darajasi 50 foizga yetkazish;

mahsulot tannarxini o‘rtacha 20 foizga pasaytirish hamda korxonalarning moliyaviy holatini yaxshilash, foyda bilan ishlashni ta’minlash;

konstruktorlik markazini rivojlantirish va xodimlarining malakasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar tasdiqlangan reja-jadval asosida

“O‘zavtosanoat” AJ

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan texnika va tirkamalar turlari ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida:
Chirchiq shahrida klasterni tashkil etish ishlari jadallashtirildi (Davlat Rahbarining 14.02.2022 yildagi topshirig‘iga asosan klaster faoliyati 2023 yilda to‘liq yo‘lga qo‘yiladi);
ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va xaridlarni maqbullashtirish natijasida bir dona traktorning tannarxi o‘rtacha 23%ga pasaytirildi;
barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini xaridorlarga lizing asosida yetkazib berishni kengayshtirish maqsadida “Avtosanoat-Agro-Lizing” MCHJ Lizing Kompaniyasi tashkil etildi;
konstruktorlik markazi hamda Janubiy Koreyaning Iqtisodiy innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik dasturi (Economic Innovation Partnership Program, EIPP) doirasida hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi.
EIPP bilan hamkorlik doirasida mavjud konsturktorlik byurolari negizida zamonaviy R&D hubni tashkil etish va uning faoliyati konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda;
Klaas kompaniyasi va DEULA universiteti hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda mutaxassislarni dual o‘qitish yo‘lga qo‘yilmoqda;
2022 yil 21-22 iyunda CLAAS kompaniyasi mutaxassislari tomonidan DOMINATOR 260 va DOMINATOR 370 texnikalardan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi;
milliy traktorni yaratish maqsadida Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoy traktor ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalar o‘rnatilib, muzokaralar olib borilmoqda;
Zoomlion, dongfeng, Changfa va Tavol kompaniyalari texnikasi alohida o‘rganishga tanlab olindi va 90 ot kuchli traktorlar dala sinovlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonga olib kelindi;
olib kelingan traktorlar dastlabki texnik tasnifi MTZ traktori bilan solishtirildi, MTZ traktorlariga nisbatan afzallik va kamchiliklari o‘rganilmoqda; 
2022 yil 24 - 27.05.2022 yilda “Uzbekistan AGROTECH EXPO” ko‘rgazmasida olib kelingan traktorlar ishtirok etdi, taqdim etilgan 20 dan ziyod mutaxassis va xaridorlarning fikrlari o‘rganilmoqda;
2022 yil 4 iyunda Chinoz tumanida joylashgan “TTG” klasterida 45 nafar olim va ilmiy xodimlar, klaster va fermer xo‘jaligi vakillari, diler va xaridorlar ishtirokida traktorlarning taqdimoti va dala sinovlari o‘tkazildi;
o‘tkazilayotgan sinovlar natijalari hamda mahalliy mutaxassislar fikrlaridan kelib chiqqan holda mahalliylashtirish uchun texnikalar tanlab olinadi va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar davom ettiriladi.
Chirchiq shahrida tashkil qilinayotgan klaster hududida yiliga 15 ming donagacha yuzi yurar, osma va tirkama texnikalarni ishlab chiqarish uchun barcha sharoitlar mujassam bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan texnika va tirkamalar turlari ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida:
Chirchiq shahrida klasterni tashkil etish ishlari jadallashtirildi (Davlat Rahbarining 14.02.2022 yildagi topshirig‘i);
ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va xaridlarni maqbullashtirish natijasida 
2021 yilda bir dona traktorning tannarxi o‘rtacha 23%ga pasaytirildi;
konstruktorlik markazi hamda Janubiy Koreyaning Iqtisodiy innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik dasturi (Economic Innovation Partnership Program, EIPP) doirasida hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi;
EIPP bilan hamkorlik doirasida mavjud konstruktorlik byurolari negizida zamonaviy R&D HUBni tashkil etish va uning faoliyati konsepsiyasi ishlab chiqish yuzasidan Koreya Respublikasi “Jeonbuk National University” ga 
2022 yil 25-30 iyul kunlari tajriba almashinuvi maqsadida mutaxassislar yuborildi, Koreya Respublikaning sohadagi yetakchi korxonalari bilan tajriba almashinib, markazning rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmoqda;
milliy traktorni yaratish maqsadida Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoy traktor ishlab chiqaruvchilari bilan aloqalar o‘rnatildi;
klasterda 90 ot kuchiga ega 4-g‘ildirakli milliy traktorning birinchi namunasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublikaning iqlim sharoitlaridan kelib chiqib sinov markazida sinovlardan o‘tkazilmoqda;
milliy traktorning to‘liq siklli ishlab chiqarilishi tashkil etish (shtamplash, payvandlash, bo‘yash, yig‘ish va shu kabi texnologik jarayonlar o‘zlashtirilishi) rejalar belgilab olindi. 
“TQXTZ”, “CHQXTZ” va “Texnolog” AJlarning tijorat banklari oldidagi, shu jumladan “Asakabank” oldidagi 639,89 mlrd. so‘m, “Xalk banki”oldidagi 30,37 mard. so‘m, O‘zmilliybank oldidagi 15,36 mlrd. so‘mlik va “Ziroat bank” oldidagi 5,1 mlrd. so‘mlik qarzdorliklar so‘ndirildi.
Xorijiy hamkorlar bilan kooperatsiya va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan 3 ta rivojlangan kompaniyalari Germaniyaning “John Deere Walldorf” kompaniyasi (traktor va kombaynlar) hamda Xitoyning “Ghangzhou Dongfeng Agriculfural Machinery Group Co,. Ltd” kompaniyalari bilan bilan hamkorlikni rivojlantirish kelishuvlari imzolandi. Bundan tashqari, klaster hududida o‘zi yurar texnikalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan yig‘uv liniyasi o‘rnatildi. Ushbu liniya yiliga 4 000 dona o‘zi yurar texnika ishlab chiqarish quvvatiga ega. Chirchiq shahridagi klasterning tashkil etilishi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarning mavjud quvvatlarini maqbullashtirish, pirovardida ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishga olib keladi. Xususan, klasterni tashkil etishga qadar korxonalarda mavjud bo‘lgan 392 ming kv. metr ishlab chiqarish quvvatlari klaster tashkil etilganidan so‘ng 70 ming kv. metr quvvatlarda joylashtirildi. Natijada, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish 90%ga yetkazildi. Mahalliylashtirish darajasi 50 foizga yetkazildi. Mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan 20,4 foiz natijaga erishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.11.2021 yildagi PQ-7-son qarori 4-bandi “d” kichik bandi hamda 28.07.2022 yildagi PQ-335-son qarori 5-bandi talablaridan kelib chiqqan holda “TQXTZ” AJ va “CHQXTZ” AJning “Asakabank” AJ oldidagi 639,89 mlrd. so‘m, “CHQXTZ” AJning “Xalq banki” AJ oldidagi 30,37 mlrd. so‘m, “TQXTZ” AJning “O‘zmilliybank” AJ oldidagi 15,36 mlrd. so‘m va “Texnolog-STAN” MCHJning “Ziroat bank” AJ oldidagi 5,1 mlrd. so‘mlik qarzdorliklar so‘ndirildi. Bundan tashqari, “Toshkent traktor zavodi” MCHJ va “Toshkent Agro Traktor” MCHJlar 2022 yil yakuni bo‘yicha foyda olinishi ta’minlandi. (Tasdiqlovchi hujjatlar ilova etilmoqda.) “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MCHJ hamda Janubiy Koreyaning Iqtisodiy innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik dasturi (Economic Innovation Partnership Program, EIPP) doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. EIPP bilan hamkorlik doirasida mavjud konstruktorlik byurolari negizida zamonaviy R&D HUBni tashkil etish va uning faoliyati konsepsiyasi ishlab chiqish yuzasidan Koreya Respublikasi Jeonbuk National University ga 25-30 iyul kunlari tajriba almashinuvi maqsadida mutaxassislar yuborildi, Koreya Respublikaning sohadagi yetakchi korxonalari bilan tajriba almashinib, markazning rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi. 
Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusiga asosan Koreya Respublikasining “Koreyadan texnologik taklif va yechimlar” (“Technology Advice and Solutions from Korea” - “TASK”) dasturi asosida mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish zanjirida vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha texnologik yechimlar ishlab chiqish maqsadida 2022 yil 9-12 avgust kunlari koreyalik mutaxassislarning tashrifi bo‘lib o‘tdi.

80 Avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobarga, eksport hajmini 2 barobarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish.

1. Sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida:
yangi birlashgan global platformasiga (“GEM”) o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshlash;

Investitsiya loyihalar 2022-2023-yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“O‘zavtosanoat” AJ

Asaka shahridagi zavodda texnologik uskunalarini ishga tushirish yakunlandi. 
2022 yil 18 iyul kuni Tracker avtomobilining ishlab chiqarilishi boshlandi. Modellarni ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan qo‘shimcha lokalizatsiya detallar sonini ko‘paytirish maqsadida hisob-kitob va texnik o‘rganish jarayonlarining tahlili boshlandi. 
Loyihani 2 bosqichi (Onix) ishga tushirish bo‘yicha kutilayotgan muddat - 2023 yil 1 chorak.
“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining ishlab chiqarish quvvatini yiliga 
70 mingdan 100 ming avtomobilga oshirish loyihasi uchun texnik iqtisodiy asoslar (TIA) ishlab chiqildi. “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan 2022 yil aprel oyida ekspertizadan o‘tkazildi va loyihani amalga oshirilishi bo‘yicha ijobiy xulosa berildi. Loyihani ishga tushirish jarayonida zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bo‘yicha xarid hujjatlari rasmiylashtirildi. 2022 yil avgust oyi oxirida ushbu jihozlar uchun barcha xarid jarayonlari yakunlandi va g‘olib korxona aniqlanib, Roll forming uchun Janubiy Koreya Respublikasining AP Industry Co Ltd, Bo‘yoqlash sexini modernizatsiya qilish uchun SAELIM va JIG lar uchun DH Autolead Co Ltd korxonalari g‘olib bo‘ldi va ushbu korxonalar bilan shartnoma tuzilib birlamchi to‘lovlar amalga oshirildi. Loyiha doirasida sotib olinadigan Slitter line va Autowarehouse jihozlarini sotib olish uchun tender jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ zavodida Oniks avtomobilini ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga Ishlab chiqarilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar “UzAuto Motors” AJ rahbariyati tomonidan kelishilmoqda.
“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 17,4 mln. AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Jumladan, presslash, payvandlash, bo‘yoqlash va yig‘uv sexlarida modernizatsiya hamda texnik qayta jihozlash natijasida sexlardagi liniya tezligi oshirildi va har bir avtomobil uchun ishlab chiqarish vaqti qisqardi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022 yil sentyabr oyidan boshlab har oyda 8500 donadan avtomobil ishlab chiqarilmoqda va korxonaning yillik quvvati 102 000 dona avtomobilga yetkazildi (8500x12=102 000).

“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirish.

Investitsiya loyihalar 2022-yil 4 chorak

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“O‘zavtosanoat” AJ

“UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida umumiy qiymati 17,4 mln. AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Jumladan, presslash, payvandlash, bo‘yoqlash va yig‘uv sexlarida modernizatsiya hamda texnik qayta jihozlash natijasida sexlardagi modernizatsiya hamda texnik qayta jihozlash natijasida sexlardagi liniya tezligi oshirildi va har bir avtomobil uchun ishlab chiqarish vaqti qisqardi. 
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2022 yil sentyabr oyidan boshlab har oyda 8500 donadan avtomobil ishlab chiqarilmoqda va korxonaning yillik quvvati 102000 dona avtomobilga yetkazildi.
Shuningdek, Sohadagi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarni oshirish maqsadida: yangi birlashgan global platformasiga (“GEM”) o‘tish orqali yillik quvvati 190 ming dona bo‘lgan 2 ta yangi yengil avtomobil modellari ishlab chiqarish boshlandi hamda “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialining avtomobil ishlab chiqarish quvvatini 70 mingdan 100 mingtaga oshirilganligi bo‘yicha ma’lumot Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 27 dekabr sanasida 02/38-3-4/31-son rasmiy axborot xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2. Eksport hajmini 2026 yilga qadar 1 mlrd AQSh dollariga yetkazish bo‘yicha “yo‘l.xaritasi”ni ishlab chiqish.

Bunda:
ishlab chiqariladigan avtomobillarni xorijiy davlatlarda SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish;
“Neksiya” rusumli avtomobillarni Qozog‘iston Respublikasida to‘liq siklda (CKD) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yiliga 30 ming donagacha mashinokomplektlar eksportini amalga oshirish.

Yo‘l xaritasi 2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“O‘zavtosanoat” AJ

Avtomobilsozlik sanoatida eksport hajmini 2026-yilga qadar 1 mlrd AQSH dollariga yetkazish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" loyihasi tayyorlanib, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining 2022-yil 7-oktabrdagi 02/38-3-4/17-son xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. “Yo‘l xaritasi” 2022-yil 12-oktabrda 06/1-180 son bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi tomonidan tasdiqlandi.

3. Yengil avtomobillar mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Bunda, Andijon viloyatida tashkil qilingan “Mashinasozlik va elektrotexnika maxsus sanoat xabi” maxsus sanoat zonasi va boshqa hududlarda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 151,3 mln AQSh dollarlik 8 ta yangi loyihalarni 2022 — 2024 yillarda ishga tushirishni nazarda tutish.

Yo‘l xaritasi 2022-yil 1 chorak

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“O‘zavtosanoat” AJ

Yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi hamda vazirlikning 2022 yil 24 martdagi 04/16-03-4/1-58 sonli xati orqali Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. “Yo‘l xaritasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 24 martda 06/1-180-son bilan tasdiqlandi. Andijon viloyatida joylashgan sanoat xab hududini infratuzilmaga ulash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi (28.01.2022 yil, 06/1-2776-son).
81 Jizzax viloyatida avtomobil sanoatining yirik klasterini tashkil etish.

1. Tayyor avtomobil va butlovchi qismlar ishlab chiqarish, konstruktorlik, logistika, kadr tayyorlash sohalarini qamrab olish.

2. Jizzax shahri, Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida 500 million dollarlik loyihalarni amalga oshirilib, avtomobil va butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish.

3. Sharof Rashidov tumanida avtomobillar uchun kuzov panellari, plastik qismlar, o‘rindiqlar, yoqilg‘i baklari va boshqa butlovchi hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2026-yillar

Jizzax viloyati hokimligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2021 yil 30 dekabrdagi PQ–72-son qaroriga asosan “Adm Jizzakh” MCHJda avtomobil ishlab chiqarishni tashkil qilish (Lada, KIA, Reno) (2-bosqich) hamda “Auto Motors Asia” MCHJda krossoverlar (DongFeng), yuk avtomobillari va mikroavtobuslar (Changan) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
Jizzax viloyati hokimligining 2022 yil 7 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ–72-son qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida” 6-3-Q/22-son qarori qabul qilingan.
Jumladan, 2022 yilda “ADM Jizzakh” MCHJda avtomobil ishlab chiqarishni tashkil qilish (Lada, KIA, Reno) (2-bosqich) loyihasi ishga tushiriladi va yiliga 75 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Hozirda loyiha doirasida o‘z mablag‘i hisobidan 35 mln. AQSH dollar mablag‘lar o‘zlashtirildi. Obyektda qurilish ishlari 40 foizga bajarilgan. Bugungi kunda loyihani amalga oshirishda ATB “Asakabank”dan 35,7 mln. dollar va TIF “Milliy bank”dan 122,7 mln. dollar, jami 158 mln. dollar xorijiy kredit ajratilishi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, bankka taqdim etilgan.
Paxtakor tumanida “WORLD TRADING COMPANY” MCHJ QK tomonidan 5 mln 145 ming AQSH dollarlik Antifriz mahsulotlari, yuqori voltli simlar, havo filtrlari va motor moylarini qayta ishlash loyihasini tashkil etilishi natijasida 100 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyiha doirasida jami 3 mln 286,4 ming AQSH dollarlik, shundan 2 mln 16,7 AQSH ming dollarlik avtomobillar uchun antifriz va tosol mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi 2020 yilda ishga tushirilgan, 368,2 ming AQSH dollarlik avtomobillar uchun havo filtrlari va 901,5 ming AQSH dollarlik Antifriz konsentrantlarini hamda AUS “32 AdBlue” vositasini (Evro 4 va Evro 5 ekologik standartlariga erishish uchun dizel avtomobillarida o‘rnatilgan tizimlarda azot oksidlarini (SCR) selektiv katalitik neytrallash uchun vosita) ishlab chiqarish liniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va jami 70 nafar ish o‘rinlari yaratilgan. Yuqori voltli simlar va motor moylarini qayta ishlash liniyalarida jihozlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Sh.Rashidov tumanida MCHJ shaklidagi “LEONO” Qo‘shma korxonasining umumiy qiymati 6,1 (shundan - o‘z mablag‘i – 2 mlrd. so‘m, bank krediti 4,1 mlrd. so‘m) mlrd so‘mni tashkil etadigan “xar xil turdagi avtomobil ehtiyot qismlarini (termoplastlar) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi yangi taklif sifatida investitsiya dasturiga kiritilgan. Loyiha 2023 yilning 2 choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ishga tushishi natijasida 25 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Ushbu loyiha ishga tushirilgandan so‘ng avtomobillarning butlovchi qismlari importi o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Tijorat banki tomonidan 371,0 ming dollar miqdorida kredit ajratilgan. Ajratilgan mablag‘ Xitoy davlatiga uskunalar olish uchun o‘tkazib berilgan va hozirda ularni Xitoydan kelishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 12 apreldagi 02-RA 1-5492-son topshirig‘ida “ADM Jizzax” MCHJ korxonasida yengil avtomobillarni ishlab chiqarish faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha loyihasini ishga tushirishni jadallashtirish belgilangan bo‘lib, 2022 yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–445-son qarori qabul qilindi (maxsus topshiriq shaklida).

82 Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko‘paytirish.

2022 — 2026-yillarda 5 mlrd AQSh dollarlik loyihalarini amalga oshirish orqali qurilish materiallari sohasini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Bunda:
hududlarda 14 ta uy-joy qurilish klasterlari va 8 ta ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda qurilish materiallari ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish hamda 2 oy muddatda loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
6 ta ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish;
yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish va boshqa qurilish xarajatlarini kamaytirish hisobiga qurilishga ketayotgan vaqtni 30 foizga kamaytirish hamda qurilish tannarxini 20 foizga arzonlashtirish;
sohadagi 1 650 ta korxonalarda texnik talablarni amalda qo‘llanishini baholab, korxonalarda 4,5 mingdan ziyod xalqaro standartlar va 6 ta texnik reglamentlarni joriy qilish, eksportyor korxonalarda chet mamlakatlarning talablarini yetkazish bo‘yicha korxonabay chora-tadbirlarni belgilab, amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil noyabr

“O‘zsanoatqurilish bank”

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Qurilish materiallari sanoatini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni hamda qurilish materiallari sanoatining 2022–2026 yillar uchun maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror loyihasi ishlab chiqildi (ID 58479).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 6 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (A.Voitov, 02-14-03162-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi (R.Abduqodirov, 04/58479/1-2830-son xat).

83 To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko‘paytirish.

1. To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport hajmlarini 2022 — 2026 yillarda ko‘paytirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:
ip-kalavani chuqur qayta ishlash (2026-yilga qadar ip kalavani to‘liq qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish), ishlab chiqarish zanjirida mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
tayyor mahsulotlar uchun milliy brendlarni rivojlantirish va ularning eksportini oshirish, jumladan milliy va xorijiy brenddagi tayyor mahsulot eksporti hajmini 2026-yilda 5 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
sohada ish o‘rinlarini 570 ming nafarga yetkazish, jumladan amalga oshiriladigan loyihalarning ehtiyojidan kelib chiqib Toshkent to‘qimachilik texnoparki va boshqa aloqador Oliy o‘quv yurtlarida soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash;
sun’iy tolani qayta ishlash hajmlarini 200 ming tonnaga yetkazishni ko‘zda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport hajmlarini 2022-2026 yillarda ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2022 yil 26 mayda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (01/12-1580-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 24 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (07/57599/1-180-son).

2. Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida “Namangan Tekstayl” industrial zonasini tashkil qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil III chorak

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Namangan viloyati hokimligi

“O‘zto‘qimachilik-sanoat” uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish va to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 21 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (J.Xodjayev, 04/1-2250-son xat).

3. Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar xodimlarni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga o‘qitish xarajatlarining 50 foizini Bandlik jamg‘armasidan qoplab berish tizimini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy kasbiy ko‘nikmaga ega malakali ishchi kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 61073).
Loyiha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022 yil 30 iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (01/00-01/10-6677-son xat). 
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (J.Qo‘chqorov, 02/61073/1-1040-son xat).

4. Namangan muhandislik-texnologiya instituti negizida Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Namangan viloyat hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan to‘qimachilik sanoati institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2022 yil 5 oktabrdagi PQ–386-son qarori qabul qilindi. Namangan to‘qimachilik sanoati institutida o‘quv jarayoni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi.
84 Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga ko‘paytirish.

Hududlarda charm mahsulotidan poyabzal va charm-attorlik tayyor mahsulotlari, shuningdek, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish orqali 2026-yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bunda, tayyor charm mahsulotlarini 2,3 barobarga (3 463,5 mln kv. dmga), poyabzal mahsulotlarini 2,8 barobarga (318,6 mln juftga), charm-attorlik mahsulotlarini 2,6 barobarga (270,0 mlrd so‘mga), charmdan kiyim-kechaklarni 2 barobarga (54,4 ming donaga), import o‘rnini bosuvchi butlovchi va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni 1,3 barobarga (1 820,2 mlrd so‘mga) hamda sohaning eksport ko‘rsatkichlarini 1 150,0 mln AQSh dollariga yetkazish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil mart

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Charm-poyabzal sohasini yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarishni hajmini 3,2 barobarga oshirish bo‘yicha “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan amaliy chora-tadbirlar rejasi Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov tomonidan 2022 yil 29 martda tasdiqlandi.
85 Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80 foizga yetkazish.

1. 2022 — 2024 yillarga mo‘ljallangan farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Bunda:
qisqa va uzoq muddatli “ofteyk shartnoma”si tuzish orqali kafolatli sotib olish mexanizmini joriy etish;
mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga yengilliklar yaratish;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va mahsulotlar sifatini xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil may

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022-2024-yillarga mo‘ljallangan farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, Bosh vazirning o‘rinbosari S.Umurzakov tomonidan tasdiqlandi (04/1-231, 20.05.2022y.)

2. Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududini qo‘shimcha 80 gektarga kengaytirish orqali Biotexnologik klaster tashkil etish.

Bunda, qiymati 805 mln AQSh dollarlik 18 ta loyiha doirasida genetik-muhandislik preparatlari, onkologik steril dori vositalari, immun tanachalari, yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalari, endokrinologik preparatlar, gormonal preparatlar, vaksinalar, parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, qon plazmasi asosida dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 11 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 23-bayoni asosida Davlat dasturining 85.2-bandning ijrosi yuzasidan 2 oy muddatda (11 mayga qadar) Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududini kengaytirish orqali import o‘rnini bosuvchi genestik-muhandislik preparatlari, onkologik steril dori vositalari, immun tanachalari, yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalari, endokrinologik preparatlar, gormonal preparatlar, vaksinalar, parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, qon plazmasi asosida dori vositalari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi Biotexnologik klaster tashkil etish vazifasi belgilandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Biotexnologiyalar asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 58534).
Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (04/58534/1-180-son).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan 2022 yil 3 avgustda Vazirlar Mahkamasiga takliflar bilan yuborildi (10-2-1333-son xat).
Loyiha qayta ishlanib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 26 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun takroran kiritildi (04/58534/1-180-son).

3. Ilg‘or texnologiyalar markazi hududida xalqaro GMP standartlari asosida 8 yo‘nalishdagi muhim biotexnologik mahsulotlarini (vaksinalar, dori vositalari, gormonlar, antitanalar, oqsillar, peptidlar) tajriba-sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha kichik farmatsevtika korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Bunda:
tajriba-sanoat ishlab chiqarish tuzilmasini Ilg‘or texnologiyalar markazi hududida tashkil qilish va zarur asbob-uskuna bilan ta’minlash;
rekombinant texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlarni vaksina va rekombinat oqsillar ishlab chiqarishni tashkil etish;
saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilg‘or texnologiyalar markazida biotexnologik tajriba-sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi (ID-57612). Loyiha vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishildi hamda Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 2022-yil 28-martda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

4. Dorivor o‘simliklarni qayta ishlash asosida 17 turdagi substansiyalar va biologik faol moddalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dasturini ishlab chiqish.

Jumladan:
yiliga 1 000 tonna endemik dorivor o‘simliklarni qayta ishlash asosida O’z DSt ISO 22000:2019 hamda xalqaro ISO 22000:2018 standartiga javob beradigan “Turkiston ayugasi”, rastoropsha, rodiola, lyutserna ekstraktlarini ishlab chiqarish;
12 turdagi ekstrakt va biologik faol qo‘shimcha tajriba namunalarini ishlab chiqarish va sertifikatlash;
yiliga 83,8 tonna dorivor o‘simliklar ekstraktlarini (anor qovug‘i, qizilmiya ildizi, na’matak mevasi, uzum urug‘i va qovug‘i) qayta ishlash asosida biologik faol moddalar substansiyalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
5 turdagi biologik faol modda substansiyalari va yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish liniyalarini ishga tushirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 11 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 23-bayoni asosida Davlat dasturining 85.2-bandning ijrosi yuzasidan 
2 oy muddatda (11 mayga qadar) Zangiota tumanidagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududini kengaytirish orqali import o‘rnini bosuvchi genestik-muhandislik preparatlari, onkologik steril dori vositalari, immun tanachalari, yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dori vositalari, endokrinologik preparatlar, gormonal preparatlar, vaksinalar, parenteral oziqlantirish uchun preparatlar, qon plazmasi asosida dori vositalari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi Biotexnologik klaster tashkil etish vazifasi belgilandi.
Vazirlar Mahkamasining “Biotexnologiyalar asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 58534).
Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (04/58534/1-180-son).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan 2022 yil 3 avgustda Vazirlar Mahkamasiga takliflar bilan yuborildi (10-2-1333-son xat).
Loyiha qayta ishlanib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 26 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun takroran kiritildi (04/58534/1-180-son).

5. Respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi “Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish hamda ularning xalqaro standartlar talablariga muvofiq o‘tkazilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 181-son qarori qabul qilindi.
86 Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish.

1. 2022 — 2026 yillarda 700 mln AQSh dollarlik 168 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirib, yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirish va mahalliylashtirish darajasi o‘rtacha 60 foizga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Yo‘l xaritasi 2022-yil fevral

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022-2026-yillarda 700 mln AQSH dollarlik 168 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirib, yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirish va mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 60 foizga yetkazish bo‘yicha Yo‘l xaritasi Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov tomonidan tasdiqlandi (28.02.2022-yil, 04/1-180 son).

2. Respublikada meditsina uskunalari, diagnostika qurilmalari va muqobil energetika uchun qurilmalarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish.

Bunda:
sohani rivojlantirish istiqbollarini va mamlakatimiz iqtisodiyotining ehtiyoji hamda eksport bozorlarini tahlil qilish;
mamlakatda o‘zlashtirish iqtisodiy asoslangan meditsina uskuna, diagnostika qurilmalari va muqobil energetika uchun qurilmalari turlarini aniqlash va ularni o‘zlashtirish choralarini ko‘rish;
xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda mahalliy meditsina uskuna, diagnostika qurilmalari va muqobil energetika uchun qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-220-son Farmoni qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 sentyabrdagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi 518-son qarori qabul qilindi.

3. Elektrotexnika sohasida ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Innovatsion rivojlantirish vazirligi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 6 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 42-bayoni 18-bandi 2-xatboshisi bilan 2 oy muddatda elektrotexnika tarmog‘ida izlanish va rivojlantirish bo‘yicha elektrotexnika sohasida tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish” vazifasi belgilanib, Davlat dasturi 86-bandi 3-kichik bandining ijro muddati 2022 yil 17 iyulga qadar uzaytirildi.
(Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 17 maydagi 02-PA 1-7607-son topshirig‘i).
Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektrotexnika sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 59521).
Loyiha Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 15 iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 5 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (04/58534/1-180-son).

4. Elektrotexnika sohasiga kadrlar yetkazib berishning yangicha tizimini yo‘lga qo‘yish:

respublikaning umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun:
mehnat darslariga mo‘ljallangan soatlarni elektrotexnika sohasiga yo‘naltirish;
elektrotexnika sohasidagi korxonalarga ekskursiyalar tashkil etish.
elektrotexnika sanoatida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikada mavjud oliy ta’lim muassasalari qoshida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultetlar tashkil etish;
rivojlangan mamlakatlarda o‘z samarasini bergan “Dual ta’lim” dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;
xalqaro ta’lim tizimi orqali elektrotexnika sanoati tarmog‘idagi ilg‘or yo‘nalishlarga har yilda sohada faoliyat yuritayotgan 20 tadan mutaxassislarning xorijiy ta’lim va boshqa tashkilotlarda xalqaro ta’lim dasturlari orqali o‘qishini tizimli tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Oliy ta’lim vazirligi

Xalq ta’lim vazirligi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga asosan 2022 yilda jami 38466 ta sayohatlar uyushtirilgan, shu jumladan 3619 tasi elektrotexnika sohasidagi korxonalarga. Qolaversa, “Texnologiya fani” darsliklari tarkibiga elektrotexnika sohasiga taalluqli alohida mavzular (soatlar) kiritildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” nizomga asosan kollej va texnikumlarga dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
Professional ta’lim muassasalarida 2022/2023 o‘quv yilida qabul parametrlari shakllantirilgan elektronika yo‘nalishi ta’lim dasturlari tasdiqlanib, o‘quv jarayoniga joriy etildi.
Elektrotexnika sohasida davlat oliy ta’lim muassasalarida yangi qo‘shma fakultetlar tashkil etishi davom etmoqda.
Xususan, Toshkent davlat texnika universitetida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqotlar yadro universiteti bilan hamkorlikda 2022/2023 o‘quv yili uchun magistraturaning “Elektronika va elektron texnikasi” hamda “Elektron apparatura ishlab chiqarish texnologiyasi va elektronika sanoati texnologik mashina jihozlari” mutaxassisliklariga jami 
20 ta joy, Namangan muhandislik-texnologiya instituti Yu.A.Gagarin nomidagi Saratov davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari yo‘nalishiga 20 ta joy ajratildi va kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Farg‘ona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya institutda Rossiya Federatsiyasining Tomsk politexnika universiteti, Moskva energetika instituti milliy tadqiqot universiteti, Belarus Respublikaning Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda elektrotexnika sohasida qo‘shma dastur asosida tizimli ravishda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga O‘zbekiston tomonidan davlat namunasidagi hamda hamkor oliy ta’lim muassasasining o‘z hududida tan olinadigan diplomlari taqdim etilishi belgilangan.
Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish maqsadida:
mehnat darslariga mo‘ljallangan soatlarni elektrotexnika sohasiga yo‘naltirildi;
elektrotexnika sohasidagi korxonalarga ekskursiyalar tashkil etildi;
elektrotexnika sanoatida respublikada mavjud oliy ta’lim muassasalari qoshida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultetlar tashkil etildi;
“Dual ta’lim” dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi;
elektrotexnika sanoati tarmog‘idagi ilg‘or yo‘nalishlarga har yilda sohada faoliyat yuritayotgan 20 tadan mutaxassislarning xorijiy ta’lim va boshqa tashkilotlarda o‘qishini tizimli tashkil etildi.

87 Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.

Oziq-ovqat xomashyo bazasini kengaytirish va organik mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda,
2022 yilda Davlat investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 440 mln AQSh dollari bo‘lgan 50 ta yirik loyihani amalga oshirish;
2026 yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari hajmini 7,4 mln tonnaga, qayta ishlash darajasini sut bo‘yicha 32 foiz, go‘sht — 25 foiz, meva-sabzavot — 28 foizga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil I chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tomonidan (14.03.2022y., 04/1-180-son) tasdiqlandi.
88 Yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyani yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini va Respublika sanoat yarmarkasini yuqori darajada o‘tkazishni tashkil qilish.

Bunda:
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida hududlardagi tarmoqlar va yirik korxonalari tomonidan asosiy faoliyat turi bo‘yicha kooperatsiya asosida o‘zlashtirish tavsiya etiladigan tovarlar turlarini namoyish etish;
yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida zarur qurilish materiallari, metallokonstruksiya va uskunalar, tez ishdan chiquvchi va doimiy foydalaniladigan butlovchi qismlarni o‘zlashtirish va sotib olish bo‘yicha mahalliy korxonalar bilan shartnomalarni imzolash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 26- martdagi “2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 134 - son qarori qabul qilindi.
89 Sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish.

Xalqaro ilg‘or tajribadan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha mehnat unumdorligini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda:
mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri sifatida “Jarayonlar fabrikasini” o‘quv ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 61044).
Loyihada, shu jumladan, mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri sifatida “Jarayonlar fabrikasini” o‘quv ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (04-37-2/1-58-4).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 8 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini va maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;

Hukumat qarorlari loyihalari 2022-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 61044).
Loyihada, shu jumladan, mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri sifatida “Jarayonlar fabrikasini” o‘quv ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (04-37-2/1-58-4).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 8 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

“Navoiy mexanika zavodi” AJ va “Markaziy mexanika-ta’mirlash zavodi” AJda mehnat unumdorligini oshirishda xorijiy tashkilotlar hamkorligida dastlabki (pilot) loyihalarini amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 61044).
Loyihada, shu jumladan, mehnat unumdorligini oshirish omillaridan biri sifatida “Jarayonlar fabrikasini” o‘quv ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Loyiha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (04-37-2/1-58-4).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 8 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

90 Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni kengjalb qilish.

1. Respublika investitsiya dasturidagi tegishli loyihalar doirasida xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni to‘liq o‘zlashtirish.

2. Yangi geologik obyektlarni investorlarga taklif etish bo‘yicha tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va savdolarni tashkil etish yuzasidan takliflarni tayyorlash.

3. Geologik obyektlar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalarini auksion va tanlov savdolari orqali mahalliy va xorijiy investorlarga taklif etish.

4. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlari va investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish.

Investitsiya loyihalari tarmoq jadvallari, tanlov hujjatlari 2022-yil davomida

Davlat geologiya qo‘mitasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2022 yilgi mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning tarmoq jadvallari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 yanvardagi 06/1-3277-sonli xati).
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 2022 yil yanvardekabr oylarida dunyoning yirik tog‘-kon kompaniyalari bilan amalga oshirilayotgan 722 mln dollarlik 10 ta investitsiya loyihalari hisobiga 76 mln dollar (100 %) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘liq o‘zlashtirildi. Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan xorijiy konsultantlar (BCG, EBRD) tavsiyalari asosida strategik turdagi foydali qazilma kon va istiqbolli maydonlari bo‘yicha tegishli geologik ma’lumotlar, tizer va takdimot materiallari auksionga qo‘yilib, 50 ta strategik turdagi kon va maydonlar onlayn auksion savdolari orqali 179,2 mlrd so‘mga sotildi va yana 25 tasi investorlarga taklif etildi. Qurilish materiallari bozorida talab yuqori bo‘lgan 577 ta
noruda xomashyo obyektlari auksionga chiqarilib, boshlang‘ich narxi 2,4 mlrd so‘mlik 241 ta geologik obyektlar 11,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

91 Iqtisodiyot uchun zarur mineral xomashyo bazasini kengaytirish.

Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan maqsadli dastur doirasida yillik mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturini ishlab chiqish. Bunda 2022-yilda:

1. Istiqbolli hududlarda regional masshtabdagi geologik ishlarni jadallashtirish:
89,7 ming kv km hududda yirik va o‘rta masshtabda raqamli geologik xaritalarini tuzish;
3,9 ming kv km kosmogeologik kompleks xaritalash;
0,5 ming kv km yer usti geofizik va 1,8 ming kv km aerogeofizik tasvirlash.

2. Qimmatbaho, rangli, noyob metallar, uran, uglevodorod va yer osti suvlari xomashyo bazasini keskin kengaytirish:
132 tonna oltin va 200 tonna kumush zaxiralarini ko‘paytirish (Bukantov, Tomditov, Chotqol-Qurama, Hisor, Kuljuktov, Sultanuvays tog‘lari va boshqalar, 20 tadan ortiq obyekt);
255 ming tonna mis, 50 ming tonna qo‘rg‘oshin va 48 ming tonna rux zaxiralarini ko‘paytirish;
8 ming tonna volfram zaxiralarini ko‘paytirish;
5,3 ming tonna uran zaxiralarini ko‘paytirish;
uglevodorodlarning 56 mln tonna shartli yoqilg‘i resurslarini o‘stirish uchun 9,1 ming km 2D va 4,5 ming kv km 3D seysmorazvedka o‘tkazish;
yer osti suvlarining 125 ming m3/sut zaxirasini aniqlash va natijasi bilan 550 mingdan ortiq aholini ichimlik suvi, 30 ming gektar yerlarni sug‘orish uchun suv resurslarini asoslantirish.

Yillik geologiya-qidiruv ishlari dasturi loyihasi 2022-yil fevral

Davlat geologiya qo‘mitasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yilgi mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash Dasturi Davlat Geologiya qo‘mitasi raisi B.Islamov tomonidan 2022 yil 22 fevralda tasdiqlandi. 2022 yil yanvar-dekabr oylarida jami 280 ta geologik loyiha bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlariga 970 mlrd so‘m va asbobuskunalar sotib olish uchun 20 mlrd so‘m budjet mablag‘lari sarflandi.
Davlat dasturi doirasida 2022 yilda 605,1 ming pog m burg‘ilash, 5,6 ming pog m yer osti va 282,5 ming kub m yer usti tog‘-kon ishlari, 2300 kv km maydonda aerogeofizika ishlari hamda 9100 pog km 2D, 2100 kv km 3D seysmorazvedka ishlari bajarildi.
Natijada zaxiralar bo‘yicha oltin - 132 t, kumush - 355 t, uran - 5 350 t, mis - 255 ming t, qo‘rg‘oshin - 51 ming t, rux - 48 ming t, volfram – 8 ming t, ko‘mir - 4 mln t, yer osti suvlari - sutkasiga 125 ming kub m miqdorida ko‘paytirildi.
Shu bilan birga, oltin – 200 t, kumush - 200 t, uran - 12 500 t, mis - 445 ming t, qo‘rg‘oshin - 56 ming t, rux – 65 ming t, volfram – 8 ming t, noyob metallar va kamyob yer elementlari – 3 ming t, uglevodorodlar – 56 mln t sh yo miqdorida prognoz resurslari
o‘stirildi.
Shuningdek, 24 ta yangi konlar, shundan 4 ta – uglevodorod, 18 ta – noruda, 2 ta – yer osti suvlari konlari hamda 17 ta – uglevodorod strukturalari aniqlandi. Natijada JanubiyG‘arbiy Hisor oldi hududida Niyoz gaz-kondensat koni, Buxoro-Xiva hududida
Istiqbol va Yangi Alat gazkondensat konlari hamda Quyi Pamuk neft-gazkondensat koni aniqlandi.

92 Uglevodorod xomashyosiga mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.

1. “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi zaxirasi kam, infratuzilma obyektlaridan uzoqda joylashgan hamda qazib chiqarish xarajatlari yuqori bo‘lgan kamida 5 ta konlarga risk-servis shartnomalari asosida pudratchilarni jalb qilish orqali 25 ta quduqlarda geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish va uglevodorod qazib chiqarish hajmlarini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Davlat geologiya qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

“O‘zbekneftgaz” AJga biriktirilgan obyektlarda geologiya-qidiruv ishlari va qazib olishga jalb qilish holati tahlil qilindi. Natijada, 5 ta kon (Doyaxotin, Kulbeshkak, Xodjikazgan, Savatli va Jayxun) bo‘yicha o‘tkazilgan OT/01-2021-son tanlov savdolari natijasiga ko‘ra, “Golden Horizon Exploration Inc” kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida RS-01-2022-son risk-servis shartnomasi imzolandi. Mazkur 5 ta konning 25 ta qudug‘ida geologik-texnik tadbirlar amalga oshirildi, jumladan mavjud 19 ta quduqlar kapital ta’mirlandi va 6 ta yangi quduqlar burg‘ilandi. Mazkur loyiha bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Doyaxotin, Kulbeshkak, Xodjikazgan, Savatli va Jayxun konlarida risk-servis shartnomasi asosida uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 31 maydagi 288-son qarori qabul qilindi.

2. Respublikada mavjud uglevodorod kon, maydon va strukturalarida, shu jumladan “O‘zbekneftgaz” AJga biriktirilgan obyektlarda geologiya-qidiruv ishlari va qazib olishga jalb qilish holatini tahlil qilish va natijasi bo‘yicha, foydalanilmayotgan geologik obyektlarni davlat zaxirasiga qaytarib olish hamda investorlarga taklif etiladigan geologik obyektlar ro‘yxatini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Davlat geologiya qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 – son Farmoni ijrosi o‘z vaqtida bajarish maqsadida ishchi guruh shakllantirilgan va tasdiqlangan. Ishchi guruh tomonidan, respublikada mavjud uglevodorod kon, maydon va strukturalarida, shu jumladan “O‘zbekneftgaz” AJ ga biriktirilgan obyektlarda geologiya-qidiruv ishlari va qazib olishga jalb qilish holati tahlil qilindi hamda investorlarga taklif etiladigan geologik obyektlar ro‘yxati shakllantirildi va Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 31 martdagi 70-17-02935 son xat bilan yuborildi.
Bundan tashqari, ushbu bandni to‘liq amalga oshirish maqsadida “Chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Unga ko‘ra “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlatilmayotgan geologik obyektlar davlat zaxirasiga qaytarildi.
Respublikada mavjud 207 ta blokdan 114 tasida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda. Shundan 68 tasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
16 blokda esa xorijiy investorlar tomonidan geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Qaytarilgan bloklardan hozirgi kunda 5 tasi auksoinga qo‘yilgan, 1 tasi sotilgan (2 mlrd so‘m) yana 24 tasi bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.Ma’lumot uchun: Davlat geologiya qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Ustyurt regionida 24 ta, Xorazm regionida 3 ta, Buxoro-Xiva regionida 24 ta, Surxondaryo regionida 5 ta, Farg‘ona regionida 12 ta bloklarda geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda. Xorijiy kompaniyalar jumladan, “Lukoyl O‘zbekiston Opereyting kompani” MCHJga 3 ta “Sanoat energetika guruhi” - 28 ta, “Natural Gas Stream” - 6 ta, “KNOC Fergana Operating Company” - 2 ta, “Epsilon Development” - 6 ta, “Surkhan Gaz Chemical” - 1 ta bloklarda geologiya qidiruv ishlarini olib bormoqda.

3. Xalqaro ekspertlar, konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda geologik obyektlarni tanlab olish va ular bo‘yicha investorlar uchun geologik materiallar paketini (geologik ma’lumot, tizer va taqdimotlar) va foydalanish shartlarini ishlab chiqish.

Geologik materiallar 2022-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Davlat geologiya qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

Uglevodorod yo‘nalishida geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, yangi investorlarni jalb qilish maqsadida foydalanilmayotgan va kam o‘rganilgan 5 ta investitsion bloklar ya’ni, Azlyartepa, Alatun, Sadaf, Sarimoy, Chorbozor bo‘yicha geologik materiallar paketi ishlab chiqildi. Mazkur 5 ta bloklar bo‘yicha auksion hujjatlari shakllantirildi va auksion savdolari o‘tkazildi.
Natijada Azlyartepa investitsiya bloki ochiq auksion savdolarida “MINERAL-OIL” MCHJga 1,93 mlrd so‘mga sotildi. 
2022 yil 31 mayda besh yil muddatga “MINERAL-OIL” MCHJga Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berildi.
2022 yil 1 avgustda Alatun investitsiya bloki 1,84 mlrd so‘mga, Sadaf investitsiya bloki 
1,84 mlrd so‘mga, Sarimoy investitsiya bloki 
1,84 mlrd so‘mga “Verde Generation VG” kompaniyasiga, Chorbozor investitsiya bloki 6,59 mlrd so‘mga “ECO-STANDART” MCHJga ochiq auksion savdolari orqali sotildi.
Bugungi kunda yana 5 ta investitsion bloklar bo‘yicha geologik materiallar paketi ishlab chiqilmoqda. Natijasida 5 ta bloklar bo‘yicha auksion hujjatlari shakllantiriladi va auksion savdolari o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, Xalqaro ekspertlar, konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda geologik obyektlarni tanlab olish va ular bo‘yicha investorlar uchun geologikmateriallar paketini (geologik ma’lumot, tizer va taqdimotlar) va foydalanish shartlari ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan muhokamalar o‘tkazilmoqda.
Investorlar uchun geologik materiallar paketini (geologik ma’lumot, tizer va taqdimotlar) ishlab chiqish va obyektlar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 noyabrdagi PQ–4522 qarori talablari asosida Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 
5 ta investitsiya bloklari bo‘yicha geologik materiallar paketi (geologik ma’lumot, tizer va taqdimotlar) shakllantirildi.

4. Obyektlar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalarini olish uchun tanlov hujjatlarini shakllantirish va shaffof mexanizmlar asosida investorlarga bosqichma-bosqich taklif etish.

Tanlov hujjatlari 2022-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Davlat geologiya qo‘mitasi

“O‘zbekneftgaz” AJ

Uglevodorod yo‘nalishida geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, yangi investorlarni jalb qilish maqsadida foydalanilmayotgan va kam o‘rganilgan 5 ta investitsion bloklar ya’ni, Azlyartepa, Alatun, Sadaf, Sarimoy, Chorbozor bo‘yicha geologik materiallar paketi ishlab chiqildi. Mazkur 5 ta bloklar bo‘yicha auksion hujjatlari shakllantirildi va auksion savdolari o‘tkazildi. Natijada Azlyartepa investitsiya bloki ochiq auksion savdolarida “Mineral-oil” MCHJga 1,93 mlrd so‘mga sotildi. 2022 yil 31 mayda besh yil muddatga “Mineral-oil” MCHJga Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma berildi.
2022 yil 1 avgustida Alatun investitsiya bloki 1,84 mlrd so‘mga, Sadaf investitsiya bloki 1,84 mlrd so‘mga, Sarimoy investitsiya bloki 1,84 mlrd so‘mga “Verde Generation VG” kompaniyasiga, Chorbozor investitsiya bloki 6,59 mlrd so‘mga “Eco-standart” MCHJga ochiq auksion savdolari orqali sotildi.
Bundan tashqari, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan uglevodorod xomashyosiga geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish va yetakchi kompaniyalarni jalb etish maqsadida 5 ta investitsiya bloklari bo‘yicha geologik materiallar paketi (geologik ma’lumot, tizer va taqdimotlar) tayyorlandi hamda yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalarini olish uchun tanlov hujjatlari shakllantirilib, 
“Ye-AUKSION” yagona elektron maydonchasida ochiq auksion savdolariga chiqarildi. Natijada, Azlyartepa blokini “Mineral Oil” MCHJ kompaniyasi, Chorbozor blokini “ECO-STANDART”MCHJ, Alatun, Sadaf, Sarimoy bloklarini “Verde Generation VG” kompaniyasi auksion savdolarida g‘olib bo‘ldi.

93 Geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.

1. Geologiya fanlari universiteti klasteri negizida ilm-fan, amaliyot va ishlab chiqarishni integratsiya qilgan holda yiliga 250 nafardan ortiq zamonaviy fikrlovchi oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash.

2. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab geologiya yo‘nalishida nufuzli va yuqori tajribaga ega universitetlar bilan hamkorlikda ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish:
Italiyaning Piza universiteti bilan ingliz tilida yiliga 50 nafar talabalarni o‘qitish;
Rossiyaning M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti bilan rus tilida yiliga 25 nafar talabalarni o‘qitish.

3. Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining tog‘-kon metallurgiya kombinatlari hamda yirik sanoat korxonalari bilan 15,9 mlrd so‘mlik 25 ta fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

Ta’lim dasturi 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Geologiya fanlari universiteti

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

1. Geologiya fanlari universitetida 2022/2023 o‘quv yili uchun e’lon qilingan qabul kvotasiga (bakalavriaturaga 6 ta ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 225 ta, sirtqi ta’lim shakli uchun 150 ta, besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tarmoq sohasi xodimlarini sirtqi ta’lim shakliga qabul qilish uchun 100 ta, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun sirtqi ta’lim shakliga qabul qilishga 100 ta hamda magistratura 6 ta mutaxassisliklari uchun 48 ta kvota) muvofiq 222 nafar talaba kunduzgi, 222 nafar talaba sirtqi ta’lim shaklida bakalavriaturaga o‘qishga qabul qilindi.
Bugungi kunda universitetda 10 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1005 nafar, 4 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 49 nafar, jami 1054 nafar talaba tahsil olmoqda.
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab universitetda 5 ta kafedralar (Umumiy geologiya, Foydali qazilma konlari geologiyasi, Neft-gaz geologiyasi, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi va Iqtisodiy geologiya) tashkil etildi. O‘quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida to‘liq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu kafedralarga Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi korxona va tashkilotlari hamda universitet tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining eng tajribali 100 ga yaqin mutaxassislari (59 shtat birligida) jalb etildi.
Geologiya fanlari universiteti klasteri negizida ilm-fan, amaliyot va ishlab chiqarishni integratsiyasini kuchaytirish maqsadida “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ va Davlat geologiya qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari ish beruvchi tashkilotlar talabalarning amaliyot o‘tashi bo‘yicha hamkorlik memorandum shartnomalari tasdiqlandi.
2022/2023 o‘quv yilida 1-bosqich talabalarining 2022 yil 9 sentyabr kuni “Olmaliq KMK” AJida o‘quv tanishuv amaliyotida ishtiroki ta’minlandi. Shuningdek, 26 sentyabrdan boshlab 3-bosqich talabalari Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Muborak shahrida joylashgan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Ko‘kdumaloq”, “Zevarda”, “Kultak”, “O‘rtabuloq” kon majmuasida, Navoiy viloyatida joylashgan “Navoiy KMK” AJga qarashli “Muruntau” konida, “Navoiyuran” DKga qarashli “Zafarobod kon boshqarmasi” majmuasidagi 1-2-3-4-geotexnologik konlarida ishlab chiqarish amaliyoti ta’minlanmoqda.
2. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab geologiya yo‘nalishida nufuzli va yuqori tajribaga ega universitetlar bilan hamkorlikda ta’lim jarayonini yo‘lga qo‘yish maqsadida Italiyaning Piza universiteti bilan ingliz tilida yiliga 
50 nafar talabalarni o‘qitish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrdagi “Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filialini tashkil etish to‘g‘risida” 710-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi to‘liq amalga oshirilib kelinmoqda.
2022 yil 5 aprel kuni Italiyaning Piza universiteti filialining Vasiylik Kengashi, tashkiliy tuzilmasi, filial Ustavi, talabalar kvotasi, kontrakt-shartnoma to‘lov miqdorlari tasdiqlandi va ijrochi direktori tayinlandi, 
8 aprel kuni filial guvohnomasi olindi. Dastlabki 4 ta fan bo‘yicha tegishli professor-o‘qituvchilar jalb etilib, ular bilan birgalikda o‘quv rejalari tayyorlandi.
2022 yil 14 iyun kunida Davlat test markazi bilan hamkorlikda kirish imtihonlari o‘tkazildi. Kirish imtihonlarida 100 nafar abituriyent ishtirok etdi (145 ta ariza topshirildi). 
2022 yil 20 iyun kuni kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.
IT park va Toshkent shahrida Inha universiteti bilan talabalar uchun qo‘shimcha darslar joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Filial IT-park bilan birgalikda universitetning barcha talabalariga COURSERA global onlayn ta’lim platformasidan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Muhandislik, biznes, san’at, menejment, marketing va aniq fanlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi.
Rossiyaning M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti bilan rus tilida yiliga 25 nafar talabalarni o‘qitish:
M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) bilan Geologiya fanlari universitetining “Geologiya (Geofizika)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “2+2” qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish to‘g‘risida 
Bitim imzolangan. Bitimga muvofiq talabalar 1–2-kurslarda Geologiya fanlari universitetida, 3–4-kurslarda Moskva davlat universitetida tahsil oladilar. Natijada talabalar o‘qishni bitirgandan so‘ng ikkita universitetning diplomiga ega bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021 yil 6 iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida MDU-GFU qo‘shma ta’lim dasturi ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy xulosaga ega bo‘ldi. 
MDU qabul komissiyasi tomonidan rus tili va matematika fanlaridan onlayn tarzdagi imtihonlar hamda Davlat test markazi tomonidan rus tili fanidan test sinovlari o‘tkazildi va natijada 20 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.
Bugungi kunda MDU-GFU qo‘shma ta’lim dasturi asosida 17 nafar talaba 10 ta fan bo‘yicha tahsil olmoqda. Ushbu talabalarga Qo‘mita tasarrufidagi 5 ta tashkilot tomonidan to‘lov kontrakt mablag‘larining 15 foiz miqdorida to‘lov amalga oshirildi.
2022/2023 o‘quv yili o‘quv rejasidagi fanlarga muvofiq 14 nafar malakali professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb etildi.
3. Tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlarining tog‘-kon metallurgiya kombinatlari hamda yirik sanoat korxonalari bilan 15,9 mlrd so‘mlik 25 ta fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot loyihalarini amalga oshirish:
Davlat geologiya qo‘mitasi tizimidagi Geologiya fanlari universiteti tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zbekneftegaz” AJ kabi yirik sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan. Ularda ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish, yosh olimlarni qo‘llab quvvatlash va boshqa choralar bo‘yicha jami 67 ta loyihalarni amalga oshirish belgilandi. Shundan, bugungi kun holatiga 
38 ta loyiha bo‘yicha 47,8 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolangan bo‘lib, 2020-2022 yillarda loyihalar doirasida 33,8 mlrd so‘mlik, jumladan 2022 yil yanvar-dekabr oylarida 16,5 mlrd so‘mlik ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

94 2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 mlrd. kilovat soatga oshirib, jami 100 mlrd. kilovat soatga yetkazish.

1. “Energetika sohasida xususiy sektor ulushini oshirishni inobatga olgan holda:

2022-yilga kelib, elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini jami 16,4ming megavatga, shu jumladan GESlar — 2,2 ming megavatga, quyosh va shamol ESlar — 2000 megavatga, IESlar — 13,8 ming megavatga yetkazish;
2022-yilda jami quvvati 590 megavatga teng eski energobloklarni ekspluatatsiyadan chiqarish;
elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirish uchun zamonaviy “yashil” va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi PQ-5018-son, 24 iyuldagi PQ–5195-son, 10 noyabrdagi PQ-3-son hamda 30 dekabrdagi PQ–72-son qarorlariga asosan 2022 yil yanvar-mart oyilarida Toshkent, Buxoro va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 1154 mvt bo‘lgan 5 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. 2022 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatida quvvati 220 mvt bo‘lgan 1 ta issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Mazkur qarorlarning ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2021 yil 12 martdagi 06/1-573-son, 2021 yil 2 avgustdagi 06/1-1942-son hamda 2021 yil 18 noyabrdagi 06/1-2774-son Reja-jadvallari tasdiqlangan.
Energetika vazirligining 2022 yil 3 dekabrdagi 02-10-6534-son xatiga asosan 2022 yil 1 noyabrga qadar Taxiatosh IESda jami quvvati 310 mvt bo‘lgan 1-3 son turbogeneratorlarni demontaj qilish ishlari yakunlanadi. Mavjud zararli chiqindilar demontaj qilindi. Hozirda eski bino va qurilmalarni demontaj qilishga tayergarlik ko‘rilmoqda.
2022 yil may oyida Samarqand viloyatida quvvati 100 mvtga teng quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi.
2022 yil dekabr oyida Samarqand viloyatida umumiy quvvati 21 mvt bo‘lgan 3 ta GESlarni qurish va 4 ta mavjud GESlarni modernizatsiya qilish hisobiga 152 mvt quvvat yaratiladi.
2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 mlrd kilovat soatga oshirib, jami 100 mlrd kilovat soatga yetkazish bo‘yicha 2022 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini jami 17,9 ming MVtga (reja 16,4 ming MVt) yetkazildi. Shuningdek, quyosh va shamol elektr stansiyalarining quvvati Samarqand viloyatida 100 Mvtli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilishi bilan 200 MVtga yetkazildi.
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yil 28 dekabrdagi 111-son bayoni (21-24/1-347*) 2-bandiga muvofiq ushbu topshiriq ijro muddati 2026 yilga qadar uzaytirilgan.
Shuningdek, mazkur band ijro muddatini uzaytirish masalasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida atroflicha muhokama chiqilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

2. Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i sarfini 6 foizga (1 kilovat soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga sarflanadigan 334 gramm shartli yoqilg‘idan 315 grammgacha) qisqartirish orqali ularni samaradorligini oshirish. Jumladan:

davlat xususiy sherik tamoyili asosida 3 ta IES qurish orqali qo‘shimcha 634 MVt yoki yiliga 5,1 mlrd kVt-soat elektr energiyasiniishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish;
Navoiy va Talimarjon IESlarni kengaytirish bo‘yicha umumiy quvvati 2,2 GVt bo‘lgan 3 ta loyihani amalga oshirish orqali yiliga qo‘shimcha 17,3 mlrd kVt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi PQ-5018-son, 24 iyuldagi PQ-5195-son, 10 noyabrdagi PQ-3-son hamda 30 dekabrdagi PQ-72-son qarorlariga asosan joriy yil yanvar-mart oyilarida Toshkent, Buxoro, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1374 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi.
Buning natijasida yiliga qo‘shimcha 7 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 872 mln kub.m tabiiy gaz bo‘shatilib, aholi va boshqa iste’molchilarga yo‘naltiriladi.
Talimarjon IESni keygaytirish yuzasidan bosh pudratchini tanlash bo‘yicha tender g‘olibi bilan shartnoma 2022 yil 14 noyabr kuni imzolandi.
Navoiy IESni kengaytirish loyihasi doirasida bosh pudratchini tanlash bo‘yicha tender g‘olibi aniqlandi. Aniqlangan bosh pudratchi bilan shartnomani imzolash muzokaralri olib borilmoqda.

95 2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd. kub metr tabiiy gazni tejash.

1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish. Bunda:

a) kamida 8 ta shamol elektr stansiyalarni (ShES) qurish hisobiga 4 GVt qo‘shimcha quvvatlarni barpo etish, jumladan:
2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy va Qorauzak tumanlari hamda Buxoro viloyati G‘ijduvon va Peshku tumanlarida 3 ta (1,1 GVt);
2024-yilda Navoiy viloyati Tomdi tumanida 1 ta (0,5 GVt);
2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda kamida 4 ta (2,4 GVt) ShESni ishga tushirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-220-son Farmoni qabul qilindi.

b) quyosh fotoelektr stansiyalar (FES) quvvatini 4 GVtga yetkazish maqsadida kamida 10ta FESni ishga tushirish, jumladan:
2022-yilda investorlar tanlovini yakunlab, 2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida jami 0,9 GVt quvvatli 5 ta;
2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 1,1 GVtli 4 ta;
2025-2026-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda jami 1,8 GVt quvvatli FESlarni ishga tushirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-220-son Farmoni qabul qilindi.

v) 15 ta yangi gidroelektr stansiyalarni (GES) qurish va 5 ta mavjud GESlarni modernizatsiya qilish hisobiga yiliga qo‘shimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish.

Jumladan:
2022-yilda Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qo‘shimcha 173 MVt quvvat yaratish bo‘yicha 7 ta;
2023-yilda Toshkent viloyatida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida jami quvvati 29 MVt bo‘lgan 2 ta;
2024-yilda Andijon, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 1 ta GES modernizatsiyasini yakunlash hamda jami quvvati 122 MVt bo‘lgan 4 ta;
2025-2026-yillarda Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida jami quvvati 544 MVt bo‘lgan 4 ta GESlarni ishga tushirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

“O‘zbekgidro-energo” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-220-son Farmoni qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-44-son qaroriga asosan 2022-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlangan. Dasturga asosan 2026 yilda gidroelektrstansiyalarning umumiy quvvati 2836 MVtga yetkazilishi yoki 868 MVtga oshirilishi bo‘yicha loyihalar tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-son qarori hamda yuqoridagi gidroenergetikani rivojlantirish dasturiga asosan joriy yilning yakuniga qadar Samarqand viloyatida umumiy quvvati 21 MVt bo‘lgan 3 ta GESlarni qurish va 3 ta mavjud GESlarni modernizatsiya ishlari yakuniga yetkaziladi.

g) 2030 yilga qadar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvatini 1 000 MVtga yetkazish chora-tadbirlarini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

“O‘zbekgidro-energo” AJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-220-son Farmoni qabul qilindi.

d) qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Energetika vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida” (ID-56056) qarori loyihasi ishlab chiqilib, project.gov.uz orqali joriy yil 20 yanvarda manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun kiritilib, o‘rnatilgan tartibda kelishildi.
Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha Energetika vazirligining 2022 yil 29 martdagi 03-07-1714-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 
Qaror loyihasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimini yaratish nazarda tutilgan.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil 1 aprelda 06/56100/1-180-son xat bilan Prezident Administratsiyasiga kiritildi.
Hozirda qaror loyihasi Prezident Administratsiyasn mutasaddilari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini yuqori aniqlik bilan baholab borish maqsadida iqlim o‘zgarishlarini oldindan prognoz qilish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 yil sentyabr

“O‘zgidromet” markazi

Energetika vazirligi

O‘zgarayotgan iqlim sharoitlarida hududlarda qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda iqlimiy ma’lumotlar (shamol tezligi va yo‘nalishi, aktionomeyrik ko‘rsatkichlar, yogin miqdorlari va boshqalar) ahamiyatini inobatga olib, ushbu ma’lumotlar uchun yagona data.meteo.uz ochiq portali hamda unda iqlim parametrlarini o‘zgarishlarini prognozlashga qaratilgan data.meteo.uz/iqlim/ tizimlari yaratildi. Mazkur portalda respublikamizning barcha hududlarida joylashgan meteorologik stansiyalar va postlardan olinayotgan iqlimiy ma’lumotlar kiritilib, yangilanib borishi yo‘lga qo‘yildi.

3. Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida umumiy qiymati 10 mlrd so‘mlik ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va 4 ta yangi ilmiy ishlanma asosida vodorod energiyasini olish, saqlash va tashish texnologiyasini yaratish dasturini tasdiqlash. Bunda:

Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi 2022-yil may

Innovatsion rivojlanish vaziri

Energetika vazirligi

Fanlar akademiyasi prezidenti

Moliya vazirligi

“Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Dasturi” loyihasi ishlab chiqildi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 25-mayda (24/1-340-son) tasdiqlandi.

vodorod energetikasi materiallari va texnologiyalari bo‘yicha umumiy qiymati 10 mlrd so‘mlik 4 ta ilmiy loyihani amalga oshirish orqali yangi texnologiyalarni (vodorodni saqlash uchun adsorberlar, metalgidrid tashuvchilar, vodorod olish uchun nanokatalizator va quyosh energiyasi asosidagi elektroliz) yaratish;

Amaliy chora-tadbirlar 2023-2024-yillar

Innovatsion rivojlanish vaziri

Energetika vazirligi

Fanlar akademiyasi prezidenti

Moliya vazirligi

“Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Dasturi” 2022 yil 25 mayda Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov tomonidan tasdiqlandi.
Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida:
vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha 14 ta tadqiqot yo‘nalishlari belgilandi;
2 ta loyiha bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, 8 ta loyiha bo‘yicha tadqiqotlar 2022-2025 yillarda, 4 ta loyiha bo‘yicha 2023-2026 yillarda tashkil etiladi.
Vazirlik Hay’atining 2022 yil 23-sonli bayoniga muvofiq “Termokimyoviy usul bilan suvni parchalab “yashil vodorod” olish uchun quyosh qurilmasini (1600 °C) ishlab chiqish” loyihasi bo‘yicha va 2022 yil 29-30-sonli bayoniga muvofiq “Vodorodni g‘ovakli materiallarda absorbsiyalangan xolda samarali saqlash texnologiyasini yaratish” loyihasi bo‘yicha tadqiqotlar tashkil etildi.
2022-2024 yillarda vodorod energetikasi sohasida yetakchi xorijiy ilmiy markaz va universitetlarga yuborish uchun 20 nafar yosh olim va mutaxassislarning ilmiy stajirovkalar tashkil etish uchun 2022 yil 15 mayda vodorod energetikasi sohasida yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan maqsadli tanlov e’lon qilindi (mininnovation.uz/oz/contest/post-550).
Tanlov natijalariga ko‘ra Vodorod energetikasi yo‘nalishi bo‘yicha 11 nafar nomzodlar g‘olib deb e’lon qilindi.
2022 yilda vodorod energetikasi sohasida 2 nafar  yosh olimlar stajirovkaga jo‘natilgan va 3 nafarini stajirovkalarini tashkil etish maqsadida moliyalashtirilmoqda.
“Vodorod olish uchun mo‘ljallangan quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmaning tajriba namunasini yaratish” loyihasi doirasida  elektroliz jarayonida “yashil” vodorodning tajriba partiyasi ishlab chiqildi.
 “O‘zbekistondagi Katta Quyosh Pechi bazasida kuyosh termokimyoviy sikldan foydalangan holda vodorod olishning asosiy texnologiyasini tadqiq etish” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyixasi doirasida termokimyoviy sikl jarayoni "Modelica" xamda "Solid works flow simulation" dasturlarida modellashtirildi, quvvati 10 kVtga teng reaktorning konstruksiyasi Xitoylik xamkorlar bilan tayyorlandi xamda termokimyoviy sikl texnologiyasi asosida vodorodning tajriba partiyasi ishlab chiqildi.

vodorod energetikasi sohasida yetakchi xorijiy ilmiy markaz va universitetlarga 20 nafar yosh olim va mutaxassislarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish;

Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2024-yillar

Innovatsion rivojlanish vaziri

Energetika vazirligi

Fanlar akademiyasi prezidenti

Moliya vazirligi

“Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Dasturi” 2022 yil 25 mayda Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov tomonidan tasdiqlandi.
Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida:
vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha 14 ta tadqiqot yo‘nalishlari belgilandi;
2 ta loyiha bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, 8 ta loyiha bo‘yicha tadqiqotlar 2022-2025 yillarda, 4 ta loyiha bo‘yicha 2023-2026 yillarda tashkil etiladi.
Vazirlik Hay’atining 2022 yil 23-sonli bayoniga muvofiq “Termokimyoviy usul bilan suvni parchalab “yashil vodorod” olish uchun quyosh qurilmasini (1600 °C) ishlab chiqish” loyihasi bo‘yicha va 2022 yil 29-30-sonli bayoniga muvofiq “Vodorodni g‘ovakli materiallarda absorbsiyalangan xolda samarali saqlash texnologiyasini yaratish” loyihasi bo‘yicha tadqiqotlar tashkil etildi.
2022-2024 yillarda vodorod energetikasi sohasida yetakchi xorijiy ilmiy markaz va universitetlarga yuborish uchun 20 nafar yosh olim va mutaxassislarning ilmiy stajirovkalar tashkil etish uchun 2022 yil 15 mayda vodorod energetikasi sohasida yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan maqsadli tanlov e’lon qilindi (mininnovation.uz/oz/contest/post-550).
Tanlov natijalariga ko‘ra Vodorod energetikasi yo‘nalishi bo‘yicha 11 nafar nomzodlar g‘olib deb e’lon qilindi.
2022 yilda vodorod energetikasi sohasida 2 nafar  yosh olimlar stajirovkaga jo‘natilgan va 3 nafarini stajirovkalarini tashkil etish maqsadida moliyalashtirilmoqda.
“Vodorod olish uchun mo‘ljallangan quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmaning tajriba namunasini yaratish” loyihasi doirasida  elektroliz jarayonida “yashil” vodorodning tajriba partiyasi ishlab chiqildi.
 “O‘zbekistondagi Katta Quyosh Pechi bazasida kuyosh termokimyoviy sikldan foydalangan holda vodorod olishning asosiy texnologiyasini tadqiq etish” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyixasi doirasida termokimyoviy sikl jarayoni "Modelica" xamda "Solid works flow simulation" dasturlarida modellashtirildi, quvvati 10 kVtga teng reaktorning konstruksiyasi Xitoylik xamkorlar bilan tayyorlandi xamda termokimyoviy sikl texnologiyasi asosida vodorodning tajriba partiyasi ishlab chiqildi.

iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan texnologiyalarni sanoat darajasida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2023 — 2025-yillar

Innovatsion rivojlanish vaziri

Energetika vazirligi

Fanlar akademiyasi prezidenti

Moliya vazirligi

“Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari Dasturi” 2022 yil 25 mayda Bosh vazir o‘rinbosari S.Umurzakov tomonidan tasdiqlandi.
Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida:
vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha 14 ta tadqiqot yo‘nalishlari belgilandi;
2 ta loyiha bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, 8 ta loyiha bo‘yicha tadqiqotlar 2022-2025 yillarda, 4 ta loyiha bo‘yicha 2023-2026 yillarda tashkil etiladi.
Vazirlik Hay’atining 2022 yil 23-sonli bayoniga muvofiq “Termokimyoviy usul bilan suvni parchalab “yashil vodorod” olish uchun quyosh qurilmasini (1600 °C) ishlab chiqish” loyihasi bo‘yicha va 2022 yil 29-30-sonli bayoniga muvofiq “Vodorodni g‘ovakli materiallarda absorbsiyalangan xolda samarali saqlash texnologiyasini yaratish” loyihasi bo‘yicha tadqiqotlar tashkil etildi.
2022-2024 yillarda vodorod energetikasi sohasida yetakchi xorijiy ilmiy markaz va universitetlarga yuborish uchun 20 nafar yosh olim va mutaxassislarning ilmiy stajirovkalar tashkil etish uchun 2022 yil 15 mayda vodorod energetikasi sohasida yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan maqsadli tanlov e’lon qilindi (mininnovation.uz/oz/contest/post-550).
Tanlov natijalariga ko‘ra Vodorod energetikasi yo‘nalishi bo‘yicha 11 nafar nomzodlar g‘olib deb e’lon qilindi.
2022 yilda vodorod energetikasi sohasida 2 nafar  yosh olimlar stajirovkaga jo‘natilgan va 3 nafarini stajirovkalarini tashkil etish maqsadida moliyalashtirilmoqda.
“Vodorod olish uchun mo‘ljallangan quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmaning tajriba namunasini yaratish” loyihasi doirasida  elektroliz jarayonida “yashil” vodorodning tajriba partiyasi ishlab chiqildi.
 “O‘zbekistondagi Katta Quyosh Pechi bazasida kuyosh termokimyoviy sikldan foydalangan holda vodorod olishning asosiy texnologiyasini tadqiq etish” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma loyixasi doirasida termokimyoviy sikl jarayoni "Modelica" xamda "Solid works flow simulation" dasturlarida modellashtirildi, quvvati 10 kVtga teng reaktorning konstruksiyasi Xitoylik xamkorlar bilan tayyorlandi xamda termokimyoviy sikl texnologiyasi asosida vodorodning tajriba partiyasi ishlab chiqildi.

4. Shaharsozlik normalariga uy-joy va binolarni loyihalashda xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan zamonaviy quruq transformatorlardan foydalanish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish kiritish 2022-yil aprel

Qurilish vazirligi

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining 2022-yil 5-apreldagi QMQ-2.04.17-2019 “Turar joy va binolarning elektr jihozlari” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3.12-bandiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilingan (Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 14-aprelda hisobga olingan, hisob raqami 76).
96 Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.

1. Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorlik dasturini ishlab chiqish.

Bunda:
sanoat tarmoqlarida 3,9 mlrd kub.metr tabiiy gaz, 4 mlrd kVt.soat elektr energiyasi va 21 ming tonna neft mahsulotlarini tejash orqali energiya sig‘imini 20 foizga, shu jumladan 2022 yilda 5 foizga kamaytirish;
har bir tarmoq kesimida resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish va energiya tejamkorlik dasturlarini ishlab chiqish;
bino va inshootlarda energiya samaradorlikni 30 foizga oshirish;
chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Moliya vazirligi

vazirlik, idoralar va xo‘jalik birlashmalari

Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib joriy yilning 7 iyunida Vazirlar Mahkamasiga o‘rnatilgan tartibda kiritildi. 
(ID-60050)
Bugungi kunda qaror asosida 14 ta kichik sanoati zonalarida tashqi elektr ta’minoti uchun amalga oshiriladigan ishlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va loyiha asosida 5,9 km elektr uzatish tarmog‘i qurilib, ishlar davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 30 martdagi 01-05-20/157-son xati orqali ma’lumotlar kiritildi.
Loyiha 2022 yil 31 avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasiga kiritildi (06/62053/1-180-son xat).

2. Yirik sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish bo‘yicha loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash hamda ularni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

Manzilli ro‘yxat 2022-yil mart, kelgusida har yili 1-dekabrga qadar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Energetika Vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

2022-2024-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish natijasida energiya resurslarini tejashni nazarda tutuvchi texnik chora-tadbirlar dasturi 2022-yil 9-fevraldagi 21 sonli Vazirlar Mahkamasining bayoni bilan tasdiqlandi.

3. 2022 — 2024 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish natijasida energiya resurslarini tejashni nazarda tutuvchi texnik chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil aprel

Energetika Vazirligi

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2022-yil 9-fevraldagi majlisining 21-son bayoni 2-ilovasi bilan 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha manzilli dastur hamda 3-ilova bilan 2022-yilga Respublika iqtisodiyot tarmoqlari ob’ektlarida (bino va inshootlarda) quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati tasdiqlangan.

4. Yirik ishlab chiqarish korxonalarida quvvatlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish orqali energiyani tejash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha Texnik siyosatni ishlab chiqish hamda uning ko‘rsatkichlarini yillik biznes-planlarga kiritgan holda tegishli boshqaruv organlarida tasdiqlash amaliyotini joriy etish.

Boshqaruv organlari qarorlari 2022-yil iyun har yili noyabr oyiga qadar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Energetika vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Moliya vazirligi

xo‘jalik birlashmalari rahbarlari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi hamda davlat ulushi mavjud yirik sanoat korxonalari bilan birgalikda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha Texnik siyosatlar ishlab chiqilib, tegishli boshqaruv organlari qarori bilan tasdiqlandi. (2022 yil 24 iyundagi 04-37-2/1-58-3-son xat)
97 Uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.

1. “Ijtimoiy, tijorat va ma’muriy-maishiy bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish” Milliy dasturini ishlab chiqish. Bunda:

“Yangi O‘zbekiston massivlari” davlat dasturlari doirasida quriladigan uy-joy, ijtimoiy va tijorat obyektlarini qurishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalardan keng foydalanish;
xususiy sektor, ijtimoiy soha va mahalliy boshqaruv organlari obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish;
ijtimoiy soha obyektlari va boshqa budjet tashkilotlarining rahbarlari va mas’ul xodimlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishini rag‘batlantirish choralarini qo‘llash;
kambag‘al aholi qatlamlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish borasida davlat tomonidan rag‘batlantirish va moliyalashtirish mexanizmlarini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Qurilish vazirligi

Energetika vazirligi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

O‘bekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 9 sentyabrdagi 
PF–220-son Farmonining 10-bandi asosida topshiriq muddati 2022 yil 9 noyabrga qadar uzaytirildi.
Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obyektlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (ID 56100) qarori loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 28 martda kiritildi (02-07-1677-son).
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborilgan (31.03.2022 y., 06/56100/1-180-son xat).

2. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda budjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar doirasida o‘z ehtiyojlari uchun issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish komponentini kiritish tartibini joriy etish.

Investitsiya bitimlari doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik negizida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr stansiyalarni qurish investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida investitsiya shartnomalari imzolangan.
Mazkur investitsiya shartnomalariga muvofiq, investorlarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida bo‘lgan elektr stansiyani Xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobiga qyrib, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 25 yil davomida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga sotish majburiyati belgilangan.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mazkur investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini ijtimoiy va tijorat obyektlariga issiqlik va elektr energiyani yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida 100 megavattlik shamol yordamida energiya olish loyihasi bo‘lib, Suv va quvvat loyihalari bo‘yicha xalqaro kompaniya sarmoyalari asosida "ACWA Rower Wind Karatau" FЕ LLC kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

98 Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish.

1. Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish tizimini yaratish.

Bunda:
elektromobillar va ularning asosiy tarkibiy qismlarini tajriba-eksperimental usulda ishlab chiqarish bazasini tashkil etish va ularning asosiy butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
respublikada ishlab chiqariladigan elektromobillar (shu jumladan mashina-to‘plamlar) utilizatsiya yig‘imini to‘lashdan ozod etish nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil noyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

“O‘zavtosanoat” AJ,

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

O‘zbekison Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrdagi “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-444-son qarori tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrdagi “Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-443-son raqori tasdiqlandi.

2. Elektromobillar sohasini standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohasida qabul qilingan va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilgan standartlarni avtosanoat tarmog‘i korxonalari tomonidan bevosita o‘z ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etishni ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

“O‘zavtosanoat” uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrda "Elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-443-son qarori qabul qilindi.

3. Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va rivojlantirish.

Bunda, respublikada faoliyat yuritayotgan AGTQSh, AYQShlarda, aholi ko‘p yig‘iladigan obyektlar hududlarida elektr quvvatlantirish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va bunda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olinishini nazarda tutish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil IV chorak

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Respublikada faoliyat yuritayotgan AGTQSH va AYOQSHlarda, aholi ko‘p yig‘iladigan obyektlar hududlarida elektr quvvatlantirish, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari yordamida quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha “Yo‘l haritasi” va “Manzilli dastur” loyihasi ishlab chiqildi.
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2022 yil 9 fevraldagi majlisining 21-son bayoniga 6-ilova bilan 2022-2026 yillarda respublika hududlarida elektromo-billarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini yaratish va zaryadlash terminallarini o‘rnatish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlik-lariga hududlarda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatilishi rejalashtirilayotgan joylarning manzilli, soni va quvvati, kutilayotgan elektr energiyasi iste’moli hamda bunday qurilmalarni mahalliy tadbirkorlar tomonidan sotib olinishi, o‘rnatilishi 
va moliyalashtirilishiga doir asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish haqida vazirlikning 2022 yil 11 mart 02-13-2-1382-sonli xat yuborildi.

4. Respublika hududida elektr transport vositalari uchun elektr quvvatlantiruvchi uskunalarini va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil IV chorak

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Elektr transport vositalari uchun elektr quvvatlantiruvchi uskunalarni ishlab chiqarish maqsadida “Toshelektroapparat” MCHJ hamda Xitoyning “Teld New Energy” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2 turdagi 7-20 va 20 dan 80 kilovatt quvvatga ega elektromobillarni quvvatlash qurilmalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

99 Iqtisodiyot tarmoqlarininghavoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini bir birlik yalpi ichki mahsulot hisobida 20 foizga qisqartirish.

1. Yangi ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarda ifloslantiruvchi manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan kam bo‘lmagan chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatishni tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil noyabr

Korxona va tashkilotlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi

2022 yilda atrof-muhitga havflilik darajasi yuqori va o‘rta bo‘lgan korxona va tashkilotlar (shu jumladan, sexlar) uchun ishlab chiqilgan “Ekologik oqibatlar to‘g‘risida bayonot” (ZEP) loyiha hujjatlari asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosalari talablarida samaradorligi 99,5 foizdan kam bo‘lmagan chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish belgilandi.
Ushbu xulosalar asosida Qo‘mita raisining 25.10.2022 yildagi 496-son buyrug‘i qabul qilinib, unga ko‘ra joriy yil boshidan 43 ta atmosferaga tashlamalar tashlovchi korxonalarda chang-gaz tozalash uskunalarining o‘rnatilganligi bo‘yicha xatlov o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan javob xatlari olindi.
43 ta sanoat korxonalarida 307 ta chang-gaz tozalash uskunalarini modernizatsiya qilinishi tashkil etildi.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot (07.11.2022 yil 03-03/3-2868-son xat) kiritildi.

2. Xavflilik darajasi yuqori va o‘rta bo‘lgan metallurgiya, yog‘-moy, energetika va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi 24 ta yirik korxonalarda samaradorligi 95 foizdan kam bo‘lmagan 144 ta chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil iyul

Korxona va tashkilotlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini bir birlik yalpi ichki mahsulot hisobida 20 foizga qisqartirish ustuvor maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yilda 24 ta korxonalarda 144 ta chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mazkur vazifani ta’minlash maqsadida “2021-2023 yillarda respublikadagi yirik sanoat korxonalarida chang-gazlarni tutib qolish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar” Dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. (05/1-171-son, 29.04.2021y.)
Belgilangan muddatda 28 ta korxonada 150 ta chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatildi. 
Vazirlar Mahkamasiga 15.07.2022 yilda 02-03/-895-son xat kiritilib, ijro portalidan nazoratdan olingan.

3. Atmosfera havosiga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan 44 ta sanoat korxonalarning atmosferani ifloslantiruvchi 50 ta ustuvor manbalarida avtomatik stansiyalar, ularga tutash hududlarda 12 ta statsionar kuzatuv punktlarini o‘rnatish va Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbir 2022-yil oktyabr

Korxona va tashkilotlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Respublikada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan atrof muhitga ta’sir qilish xavfi yuqori korxonalarning atmosfera havosi ifloslantirish manbalarida o‘z mablag‘lari hisobiga avtomatik stansiyalar va statsionar kuzatish punktlari bilan 2022 yilda jihozlash bo‘yicha “Tarmoq jadvali” shakllantirildi. 
“Atmosfera havosini ifloslantiruvchi doimiy manbalarni avtomatik nazorat tizimlari. umumiy va texnik talablar” O‘zbekiston Davlat standarti ishlab chiqilib, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining (18.03.2022y.05-1391-son) buyrug‘i bilan O‘z DSt 3605:2022  davlat standarti tasdiqlandi hamda Adliya vazirligida 2022 yil 26 aprelda 79-son bilan ro‘yxatga olindi.
Atmosfera havosiga ta’sir xavfi yuqori bo‘lgan 44 ta sanoat korxonalarining ifloslantirish manbalarida namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha o‘z mablag‘lari hisobiga jami 69 ta avtomat stansiyalari hamda ularga tutash hududlarda jami 27 ta statsionar kuzatish punktlari o‘rnatildi.
O‘rnatilgan avtomat stansiyalar va statsionar kuzatish punktlari Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga test rejimida integratsiya qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligiga ma’lumot (27.10.2022yil
03-03/2-2631-son, 01.12.22yil 03-03/2-3423-son xatlar) kiritildi. Ijro portalidan nazoratdan olingan.

4. Tabiiy suv havzalariga yoki joy relyefiga oqovalar tashlovchi yirik sanoat korxonalarida 76 ta lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish.

Amaliy chora-tadbir 2022-yil oktyabr

Korxona va tashkilotlar

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Dasturga kiritilgan 76 ta korxonadan 77 tasida (101,3%) lokal tozalash inshootlarini qurish yoki rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. 
Jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 ta)  “Orient Technology” MCHJ QK, Andijonda (6 ta) – “Marj an Investment Group” MCHJ QK, “Dinar Tekstil” MCHJ, “Konteks Tashkent” MCHJ (Andijon Baxt Tekstil),“Kezar-Teks” MCHJ, “Nil-Granit” MCHJ, “Edelweys” MCHJ korxonalarida, Buxoroda (7 ta) – “Textiles Spektrum Kolor” MCHJ QK, “Rizku Tojir” XK, “Aziya Trans Gaz” MCHJ QK, “Knauf Gips Vixaga”MCHJ QK. “Ark Eko Tekstil” MCHJ, “Shoxrud” OTAJ, “Gazli Neft va Gaz qazib chiqarish Boshqarmasi”, Jizzaxda (4 ta) – “Karshan-Ideal-Texno” XK, “Zomin Sanatoriy” MCHJ, "Jizzaxsuv taminot" Zomin tuman filiali, “ZOMIN BREWERY” MCHJ, Namanganda (6 ta) – “MEXMASH” MCHJ, “IFODA AGROKIMYO HIMOYA”, “GOLDEN SILK” MCHJ, “SAID JO‘RAHON” MCHJ, “PAPFEN” MCHJ, “BUNYOD” MCHJ,  Navoiyda (2 ta)  – “Qizilqum sement” AJ, NKMK 7-son GMZ, Qashkadaryoda (3 ta) – “Qarshi Vagon Deposi” MCHJ, “GTL” QK, “Don-Xalq Rizqi” AJ; Samarqand (5 ta) – “BAXT” MCHJ, “Marokand Neft Baza” MCHJ, “Agro Farovon Zamin” MCHJ, “Agromir” MCHJ, “Agromir ADAS” MCHJ; Surxondaryoda (4 ta) – “Zif Tehtile” MCHJ, “Yog‘-moy klaster” MCHJ, “Termiz lokomotiv deposi” va “Agroxizmat Shindong” MCHJ; Sirdaryoda (8 ta) - “Baxtteks-Farm” MCHJ KJ, “Eko Stone” MCHJ, “Yul Ref Trans” MCHJ, “Guliston Parranda” MCHJ, “Temur Med Farm” MCHJ, “Universal oyna” MCHJ, “Vangda metal” MCHJ QK, “Reka Med Farm” MCHJlarda lokal tozalash inshootilarini qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Toshkentda (12 ta) – “Uztex Group” MCHJ, “Hamkor Nur Savdo” MCHJ, “Boyteron Meat Fresh” MCHJ, “Yangibozor industri” MCHJ, “Toshkent qurilish mollari” MCHJ, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Sirg‘ali G‘isht Kapital” MCHJ,  “Grand Kanyon Standart” MCHJ, “Medstandard Glass” MCHJ, “Enter Engeniring Sompany” MCHJ, “Eksklyuziv Star Produkt” MCHJ, “NOMDANAK SAXOVATI” MCHJ; Xorazmda (5 ta) - “Urganch yog‘-moy” AJ va “Xonqa don mahsulotlari” AJ, “Gurlan Global Teks” MCHJ, “TEXTILE FINANCE KHOREZM” MCHJ, “Urganch Lokomotiv deposi” A.Jlarda qurilish ishlari yakunlangan. Farg‘onada (4 ta) - “Turon vodiy tekstil” MCHJ va “DO‘ST TEXTILE” MCHJ, “Sarmazor Sanoat Servis” MCHJ, “Qo‘qon Vagon Depo” AJ Toshkent shahrida (10 ta) “Zilal Tekstil” MCHJ, “Saff Textile” MCHJ, “Turon Tex” MCHJ, “Temir Himoya” MCHJ, “O‘ztemiryo‘l Mashta’mir” UK, “O‘ztemiryo‘l Yo‘lovchi” AJ (VCHD-2), “MMM AMIN BIO” AJ, Nafis Qog‘oz” MCHJ, Fayz Foundation” MCHJ QK, “Jasmina Alex” MCHJda yangi lokal tozalash inshootlari qurib bitkazildi..
Vazirlar Mahkamasiga 17.10.2022 yilda 03-03/1-2344-son xat kiritilib, ijro portalidan nazoratdan olingan.

5. “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maxsus jamg‘armasini tashkil etish va jamg‘armaga moliyaviy mablag‘larni jalb qilish.

Bunda:
zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalar, asbob-uskunalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish va energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish;
energiyani saqlovchi (akkumulatsiya qiluvchi) texnologiyalarni barpo etish bo‘yicha xarajatlarning 30 foizini qoplab berish;
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish loyihalarini moliyalashtiruvchi xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa “donor” tashkilotlarning mablag‘larini jamg‘armaga jalb etish choralarini ko‘rish;
aholi va tadbirkorlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini rivojlantirish dasturini va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilash;
“Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish doirasidagi loyihalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larni samarali foydalanish maxsus mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Energetika vazirligi

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekison Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 dekabrdagi “Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-444-son qarorining 7-bandiga muvofiq, Davlat dasturining 99.5-band ijrosi 2023 yil 1 iyulga qadar uzaytirilgan.

100 Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarini va magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.

1. Optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligini 170 ming km ga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Optik tolali aloqa liniyalarning uzunligini oshirish borasida 52 ming km uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilib, hozirgi kunda ularning jami uzunligi 170 ming kmga yetkazildi.

2. Keng polosali portlar umumiy soni 4 300 mingtaga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Joriy yil hisobot davrida qo‘shimcha 700 mingta keng polosali portlar o‘rnatilib, ularning umumiy soni 4,3 mln.ga yetkazildi.

3. Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini 50 foizini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini 60 foizi mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlandi.

4. Respublika bo‘ylab, ayniqsa uzoq aholi maskanlarida, mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida tayanch stansiyalarini umumiy sonini 42 mingtaga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Joriy yil mobaynida respublika bo‘ylab, ayniqsa uzoq aholi maskanlarida, mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan qo‘shimcha tarzda 6465 ta tayanch stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirilishni ta’minlash evaziga, mavjud tayanch stansiyalar umumiy soni 52,4 mingtaga yetkazildi.

5. Hududlararo magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish:

Viloyatlar darajasida 600 Gbit/s;
Tumanlar darajasida60 Gbit/s.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Hududlararo magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini viloyatlar darajasida – 600 Gbit/s. va tumanlar darajasida – 60 Gbit/s.ga kengaytirildi.

6. Xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 3 200 Gbit/s ga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 3200 Gbit/s ga yetkazildi.

7. Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini kengaytirish hamda 1 ta yangi markazni qurish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Axborot texnologiyalari vazirligi

Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish uchun 40 ta bleyd-serverlar, ma’lumotlar saqlash tizimi 5 Petabayt hajmda kengaytirildi. 
Kengaytirilgan Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi 36 tadan ortiq telekommunikatsiya shkaflar, 200 ta bleyd-serverlar, 6,2 Petabaytdan ortiq ma’lumotlarni saqlash tizimi, 100 Gbit/sek tezlikda ma’lumotlar uzatish imkoniyatiga ega.
Yangi Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini qurish bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK tomonidan 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar, 5 Petabayt ma’lumotlarni saqlash tizimidan iborat 8 ta modullarni (5 ta IT va 3 ta infratuzilma modullar) o‘rnatish ishlari yakunlangan.

101 Iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash.

Bunda:
moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni optimallashtirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP) tizimlari;
sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va dispetcherlik boshqaruv jarayonlarini (SCADA) avtomatlashtirish bo‘yicha tizimlari;
savdo hajmini oshirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimlari;
bank xizmatlari onlayn turlarini kengaytirish hamda kredit ajratish bo‘yicha tahlillarni avtomatik tarzda amalga oshirish bo‘yicha skoring tizimlarini joriy etilishini inobatga olish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari

Iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 98 ta loyihalarni qamrab olgan manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son qarori qabul qilindi.

2. Tasdiqlangan manzilli dastur doirasida belgilangan loyihalarni amalga oshirish orqali iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida faoliyatini raqamlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar Manzilli dasturda belgilangan muddatlarda

Axborot texnologiyalari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020 - 2023 yillarda 35 ta xo‘jalik boshqaruvi organlarida 87 ta ustuvor loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Ma’lumot uchun: 10 ta xo‘jalik va tashkiliy jarayonlarni avtomatlashtirish (ERP), 8 ta mijozlarga xizmat ko‘rsatish (CRM) hamda 6 ta dispetcherlik nazorati va ma’lumotlar yig‘ish (SCADA) tizimlar.
Mazkur tizimlar joriy qilinishi natijasida:
“Navoiy KMK” AJ tomonidan 
“1C:ERP Xoldingni boshqarish” axborot tizimi joriy qilinishini natijasida yiliga 500 ming dollar tejalishiga;
“Olmaliq KMK” AJ tomonidan “Mis boyitish fabrikasida PI System” pilot loyihasi joriy etilishi natijasida, 
10 mingdan ortiq signallar tizimga ulandi, qaror qabul qilish tezligi 2 barobarga oshirilib, uskunalarni ekspluatatsiya qilish samaradorligi 5 foizga oshishiga;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Yagona darcha asosida elektron yuk tashish hujjatini rasmiylashtirish tizimi joriy etish orqali 2 mingdan ortiq yirik yuk jo‘natuvchilar va boshqa korxonalar tizimga ulangan bo‘lib, bugungi kunda mazkur loyihani amalga oshirish natijasida 4,7 mlrd.so‘mdan ortiq xarajatlar iqtisod qilinishiga;
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ham Angren ko‘mir konida markazlashtirilgan dispetcherlik nazoratining tizimini joriy etish evaziga jamiyatning samosvallar unumdorligini yiliga 8 foizga oshirish, yoqilg‘i sarfini 7 foizga kamaytirish, tayyor mahsulot sifati bo‘yicha da’volar sonini 50 foizga kamaytirish orqali 7 mlrd.so‘mdan ortiq xarajatlar iqtisod qilinishiga;
“O‘zavtosanoat” AJ tomonidan “O‘zavtomotors” AJda ERP axborot tizimi joriy etish natijasida ishlab chiqarish jarayonidagi operatsion yo‘qotishlar 10 foizga, ishlab chiqarish vaqti esa 4 foizga qisqargan bo‘lib, ish jarayonlarini optimallashtirish xisobiga operatsion faoliyat uchun sarf xarajatlarni 23 foizgacha qisqartirishga, butlovchi qismlarni yetkazish samaradorligi 
40 foizga oshdi, butlovchi qismlarning zaxirada saqlanishi miqdorini 38 foizgacha kamayishiga erishildi hamda ma’lumotlarni tahlil qilish vaqti 1,5 barobar qisqarishiga erishildi.
Shu bilan birga, joriy yil 2-chorak natijalariga ko‘ra raqamli transformatsiya holatini reytingli baholash yakunlariga ko‘ra 
42 ta xo‘jalik boshqaruvi organlaridan 35 tasi (83 foiz) “yashil” ro‘yxatga kiritildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida yirik axborot tizimlari joriy etilishi hamda joriy etilgan loyihalar o‘z samaradorligini berishi natijasida raqamlashtirish darajasini 30 foizga yetkazildi.
Mazkur loyihalar misolida iqtisodiyotni real sektorida hamda moliya va bank sohalarida faoliyatini raqamlashtirish darajasini 2025 yilga kelib 60 foizga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 22 avgustdagi PQ–357-son qarori qabul qilinib, 2023 yilga qadar 98 ta loyihalarni qamrab olgan manzilli dasturlar tasdiqlandi.

3. Iqtisodiyotni real sektorida va tijorat banklari axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida 700 nafar mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari

Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Vazirlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, respublikaning shahar va tumanlarida tashkil etilgan raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari hamda “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali tomonidan 2022 yil davomida iqtisodiyotni real sektori va tijorat banklarining 1 700 nafardan ortiq mutaxassislari axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalari oshirildi.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Vazirlik bilan hamkorlikda hududiy davlat soliq xizmati organlari hamda qo‘mitaga qarashli korxonalar va o‘quv muassasalaridan jami 60 nafar yetakchi xodimlari axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar imkoniyatlari bo‘yicha malakalari oshirilgan bo‘lsa Davlat soliq qo‘mitasi, “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi hamda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi xodimlaridan iborat o‘qituvchi-trenerlar tomonidan hududiy davlat soliq xizmati organlari va Fiskal institutining jami 4 104 nafar xodimlari o‘qitildi.
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot Vazirlikning 2022 yil 28 noyabardagi 33-8/8053-son xati bilan Vazirlar Mahkamasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga taqdim etildi.

4. Sun’iy intellektni mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2023 — 2030 yillarda rivojlantirish Strategiyasi”ni ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Axborot texnologiyalari vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sun’iy intellektni mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2023–2030 yillarda rivojlantirish Strategiyasi”ni tasdiqlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 51923).
Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2022 yil 27 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 14 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (08/51923/1-180-son xat).

102 Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 barobar, ularning eksportini esa 10 barobar oshirib, 500 mln AQSh dollariga yetkazish.

Axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 martdagi “Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-161-son qarori qabul qilindi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan alohida zamonaviy talablarga javob beradigan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan yaxlit zanjir yaratishni ko‘zda tutuvchi IT-Klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil avgust

Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi

O‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi PQ–357-son qarori bilan tasdiqlangan 2022–2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 
8-bandi bilan 102-band 2-kichik bandning ijro muddati 2023 yil iyun oyi etib belgilandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 64834).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Hozirda loyiha Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida.

2022 — 2026-yillarda viloyat markazlarida axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish (IT-autsorsing) markazlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyun

Axborot texnologiyalari vazirligi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2022-2026-yillarda viloyat markazlarida IT-autsorsing markazlarini tashkil etish yuqorida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF–194-son Farmoni va PQ–357-son qarori qarori qabul qilindi. Hozirgi kunda Jizzax, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida, Toshkent shahar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari tashkil etildi.
103 Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizim yo‘lga qo‘yish.

1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Hududlar iqtisodiy salohiyatini chuqur tahlil qilgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish hamda eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha “tuman (shahar)-viloyat-respublika” tizimida ishlovchi Loyiha guruhlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi bayoni loyihasini ishlab chiqish.

Bayon loyihasida respublikaning tuman va viloyatlarida hududning iqtisodiy salohiyatini chuqur tahlil qilib, istiqbolli loyihalarni ishlab chiquvchi “Loyiha guruhi” tashkil etilishini ko‘zda tutish.

Hukumat komissiyasi bayoni 2022-yil fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Hududlar iqtisodiy salohiyatini chuqur tahlil qilgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish hamda eksportni rag‘batlantirish bo‘yicha «tuman (shahar)-viloyat-respublika» tizimida ishlovchi Loyiha guruhlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi bayoni tasdiqlandi (31.01.2022y. №24-24/1-3277).

2. Har bir viloyatda loyihalarni moliyalashtirish uchun To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ishtirokidagi “Xolding kompaniya” tashkil etish va uning faoliyati bo‘yicha aniq tartib ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil fevral

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-215-son Farmoni qabul qilindi.
104 2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqib, amalga oshirish.

1. O‘zbekiston Respublikasining 2026-yilgacha mo‘ljallangan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida, vazirlik va idoralar, hamda xorijiy konsultantlardan tashkil topgan ishchi guruhni shakllantirish.

2. Strategiya loyihasini ishlab chiqishda asosiy ustuvorliklarni quyidagilarga qaratish:

pandemiya sababli dunyoda investitsiya bozorida vujudga kelayotgan o‘zgarishlar tahlili, ehtimoli tendensiyalarni tahlil qilish;
investitsiyalar uchun vujudga keladigan keskin raqobatga qarshi choralar;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi samarali mexanizmlari;
ichki investitsiya resurslarini rag‘batlantirish mexanizmlari;
mamlakatda reinvestitsiya darajasini oshirish chora tadbirlari;
hududlardagi investitsiya ko‘rsatkichlaridagi disproporsiyalarni qisqartirish, ustuvor rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

3. Strategiya loyihasini vazirlik, idoralar bilan kelishib Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 
22 sentyabrdagi 02-PA 1-15018-son topshirig‘i asosida mazkur bandining ijro muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 66684).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 23 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (05-27-10009).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 17 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (X.Xaitbayev, 24/66684/1-180-son xat).

105 Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 mlrd AQSh dollari investitsiyalarni jalb etish.

2022 — 2026 yillardagi vazifalardan kelib chiqqan holda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan ustuvor islohotlar bo‘yicha quyidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan:

Energetika sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 3 147 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 9 ta DXSh loyihalari;
Transport sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 8 699 mln AQSh dollarga teng bo‘lgan 5 ta DXSh loyihalari;
Sog‘likni saqlash sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 275 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan DXSh loyihalari;
Ta’lim sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 380 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4 ta DXSh loyihalari;
Ekologiya sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 338,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 33 ta DXSh loyihalari;
Kommunal xizmatlar sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 975 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 ta DXSh loyihalari;
Suv xo‘jaligi sohasida DXSh qonunchiligi asosida jami summasi 40,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 31 ta DXSh loyihalari.

DXSh loyihalari Loyiha muddatlari 10-30 yil

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi

manfaatdor vazirlik va idoralar

2022 - 2026 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 14 mlrd AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish maqsadida:
– Agentlik tomonidan 2022 – 2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati qariyb 14 mlrd.dollardan iborat bo‘lgan 154 ta loyihalar ro‘yhati shakllantirildi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi  PF-101-sonli Farmoni 7-ilovasi bilan DXSH shartlari asosida 2022-2024 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 10 mln.dollardan ortiq bo‘lgan 29 ta yirik loyihalarning sohalar kesimida “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi va bugungi kunda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
- Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning mas’ul vazirlik va idoralar bilan bigalikda 2022 yil davomida umumiy qiymati 4,4 mlrd.dollarga teng bo‘lgan jami 212 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha  ishlar  olib  borildi.
Shundan:
• DXSH to‘g‘risidagi bitim imzolangan loyihalar soni – 146 tani,
• DXSH to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 51 tani, 
• Tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni – 15 tani tashkil etadi.

106 Hududlarda sanoat va infratuzilmani rivojlantirish uchun, “Taraqqiyot banki” tashkil etish.

1. Xalqaro moliya institutlar bilan O‘zbekiston taraqqiyot banki tashkil etish bo‘yicha konsultativ maslahat olish.

2. O‘zbekiston taraqqiyot banki tashkil etish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tashkil etish va takliflar ishlab chiqish.

3. O‘zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Taraqqiyot bankini tashkil etish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 23 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (02-48-06071-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 22 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (24/62137/1-180-son xat).

107 Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillarini o‘zaro tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyati Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyati Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyati Hindistonbilan investitsiya va tashqi savdoaloqalarni rivojlantirish.

1. Ishlab chiqilgan tayyor biznes loyihalar portfellarini xorijlik hamkorlarga taqdim etish.

2. Hududga biriktirilgan davlatlardagi yirik kompaniyalar uchun viloyat salohiyatini to‘liq yoritish hamda investorlarni viloyatga tashriflarini amalga oshirishda ko‘maklashish.

3. Hududga biriktirilgan elchixonalar bilan hamkorlik qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi Yillik tasdiqlangan dasturlar asosida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

Sirdaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

Jizzax viloyati hokimligi

“Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillarini o‘zaro tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyati Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondare viloyati Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyati Hindiston bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish” bo‘yicha 2022 yil 16 dekabrdagi 24/1-180 – son chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

108 Surxondaryo viloyatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari boshchiligida respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etish.

“Investorlarga ko‘mak markazi”ni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:
Markaz faoliyatini investor va tadbirkorlar uchun “Yagona darcha” tamoyili asosida tashkil qilish;
Markazga tadbirkorlik va eksportni qo‘llab quvvatlash jamg‘armalarini ajratish, ruxsatnomalar berish kabi masalalarni hal etish vakolatlarini berishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Surxondaryo viloyati hokimligi

tegishli vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 15 oktabrdagi 606-son qarori qabul qilindi.
109 Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etib, tadbirkorlarni biznes yuritishga o‘rgatish.

“Biznesga ko‘maklashish markazi”ni tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Navoiy viloyati hokimligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritish vazifasi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 28 fevralida viloyat hokimligini 04-04/11-sonli aloqa xati bilan qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan ko‘rib chiqib kelishish maqsadida “Project gov.uz” (ID-57741 raqami bilan) elektron tizimiga joylashtirilgan.
Mazkur qaror loyihasi barcha tegishli vazirlik idoralar bilan kelishilib, viloyat hokimligining 2022 yil 30 martdagi 04-04/14-sonli xat bilan Vazirlar Mahkasiga kiritilgan. “Projekt.gov.uz” (ID-57741 (V-6) raqam) Biroq, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan mazkur qaror loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 11 maydagi 10-2-1228-son xatiga muvofiq “Navoiy viloyatida “Biznesga ko‘maklashish markazi”ni tashkil etish chora-tadbirlariga to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini qabul qilish zarurati yo‘qligi haqida xulosa berilgan. 
(Asos Vazirlar Mahkamasini 2022 yil 16 maydagi 06/57741-180-sonli ko‘rsatmasi (fishka))

110 Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring Markazi”ni tashkil qilish.

“Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi”ni tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:
markazni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Loyihalarni ishlab chiqish markazi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etish;
mahalliy va xalqaro loyiha institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
sifatli loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni ko‘zda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil II chorak

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatni jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 15 oktabrdagi 606-son qarori qabul qilindi.
111 Toshkent shahrining har bir tumanida “Innovatsiya va texnologiya markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. “Innovatsiya va texnologiya markazi”ni tashkil etish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. “Innovatsiya va texnologiya markazi” faoliyatini samarali tashkil etish uchun reglament va “uslubiy qo‘llanmalar” ishlab chiqish, tasdiqlash.

3. Tuman hokimliklari binolarida “Innovatsiya va texnologiya markazi” uchun maxsus xonalar ajratish hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan zarur kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, internet va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil II chorak

Toshkent shahar hokimligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Toshkent shahrining har bir tumanida “Innovatsiya va texnologiya markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqilib, normativ huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish va kelishish yagona tizimi project.gov.uz tizimiga (ID 63203) joylashtirildi. Hozirgi kunda vazirlik va idorlar bilan kelishildi.
Loyiha Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2022 yil 23 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 8 iyulda Prezident Administratsiyasiga kiritildi.

112 Toshkent shahrida 2022 yildan boshlab har yili “Toshkent xalqaro investitsiya Forumi” o‘tkazib borish.

1. “Toshkent xalqaro investitsiya Forumi” o‘tkazish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2. “Toshkent xalqaro investitsiya Forumi”ni

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 martdagi “Toshkent xalqaro investitsiya Forumi” o‘tkazish bo‘yicha farmoyishi tasdiqlandi. 
2022 yilning 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida birinchi “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” tashkil qilindi.
Jumladan, Forumning asosiy tashkiliy masalalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralari mas’ullaridan iborat SHTAB tuzilib, jahon davlatlaridan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy aloqada ishlar olib borildi. Forumga tayyorgarlik doirasida maxsus ishlab chiqilgan www.iift.uz sayti orqali ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy va mahalliy tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilib, jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlaridan iborat 2 mingdan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurdi.
Shu bilan birga, Forum doirasida ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasining investitsiya muhiti bilan tanishtirish maqsadida “Investment guide Uzbekistan” qo‘llanmasi, 9 ta tarmoq va respublikamizning barcha 14 ta hududi kesimida tarqatma materiallari tayyorlandi.
Forum orqali mamlakat hukumati xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatiga investorlar uchun eng qulay va jozibali sharoitlarni yaratish hamda xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

113 Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish.

Kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish choralarini ko‘rish.

Bunda:
moliya bozoriga xorijiy kapital oqimlarini asosan o‘rta va uzoq muddatga jalb qilish;
davlat qimmatli qog‘ozlarini norezidentlar tomonidan xarid qilishga ruxsat berish;
korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlikni oshirish;
davlat ulushi mavjud korxonalarda xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish;
rezidentlar tomonidan chet mamlakatlarda aktivlarni sotib olish va ularni deklaratsiya qilish tartibini belgilashni nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil oktyabr

Markaziy bank

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Dunyoda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi, proteksionizm siyosatining kuchayishi, xalqaro logistikadagi uzilishlar, inflyatsiya darajasi keskin oshib borayotgan holatlarda yetakchi Markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatini qat’iylashtirilishi kapital oqimini rivojlangan mamlakatlardan rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga oqib o‘tishini keskin cheklab, “teskari” harakatlarni kuchaytirmoqda.
   Mavjud geosiyosiy vaziyat oqibatlarida, rivojlanayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekiston suveren majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari va “mukofotlarning” o‘sib borayotganligi hamda investorlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalar kiritishga ehtiyotkorona yondashayotganligi ushbu masalaning ahamiyatini kamaytirmoqda.
   Tashqi omillar ta’sirida yuzaga kelgan global kapital oqimlaridagi o‘zgarishlar O‘zbekistonda kapital harakatining erkinlashtirilishi bo‘yicha rejalashtirilayotgan tadbirlar xozirgi davrda ko‘zda tutilgan samarani bermasligi va makroiqtisodiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
   Yuqoridagilarni inobatga olib, Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga 2022 yil 1 iyunda 13-02/321-sonli xat yuborilgan. Shu bilan birga, mazkur bandda belgilangan vazifalar ijrosini nazoratdan olish bo‘yicha Adliya vazirligiga 2022 yilning 13 sentyabrida 13-17/534-sonli xat yuborilganligini ma’lum qiladi.
   Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 18 noyabrdagi 
02-RA-2/1-3574-sonli topshirig‘iga muvofiq, ushbu band ijro muddati 2024 yil dekabr oyiga qadar uzaytirildi.

114 Yirik korxonalarni fond birjasi orqali xususiylashtirish.

2022-2023 yillarda 23 ta davlat tasarrufidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali xususiylashtirish bo‘yicha alohida “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish va tasdiqlash:

korxonalarni auditdan o‘tkazish;
xususiylashtirish jarayonlariga xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
korxonalar aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil may

Moliya vazirligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustda "Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida”gi VMQ-446-son qarori qabul qilindi.
115 2023-yilda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xarita”sini ishlab chiqish.

2021 2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash. Bunda:

kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish;
davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish;
moliyaviy savodxonlikni hamda kapital bozori ishtirokchilarining malakasini oshirishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil oktyabr

Moliya vazirligi

Markaziy bank

Moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “2023 yilda kapital bozorini rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 69305).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 31 oktyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (O.Nasritdinxodjayev, 07/46-31/3257-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 29 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (R.Abduqodirov, 02/69305/1-180-son xat).

116 Bank tizimini transformatsiya qilishni yakunlash, xususiy banklarning ulushini 2025 yilda jami bank aktivlarining 60 foiziga yetkazish.

1. “Asakabank”ni xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda transformatsiya qilish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari 2022-yil iyul

Moliya vazirligi

Markaziy bank

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Moliya vazirligi tomonidan 2022-yil 26-sentyabrda 02/29-32/1537-sonli xat bilan mazkur topshiriq ijrosi bo‘yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligiga yuborildi. Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 20-sentyabr 514-son qarori.

2. “Xalq banki”, “Qishloq qurilish bank” “Mikrokreditbank”, “Agro bank”, “O‘zmilliybank”ning aksiyalarini 2023-yilga qadar fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish va tasdiqlash

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil avgust

Moliya vazirligi

Markaziy bank

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida”gi 446-son qarori bilan “Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklari aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjasi orqali birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) bo‘yicha “YO‘L XARITASI” tasdiqlandi. 
Shuningdek, “Xalq banki” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Mikrokreditbank” ATB, “Agro bank” ATB va “O‘zmilliybank” AJning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish maqsadida:
– Agro bank” ATB tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirishni tashkillashtiruvchi anderrayterlarni tanlab olish uchun rasmiy tender hujjatlari tayyorlandi va 2022 yil 9 noyabr sanasida “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga kiritildi. Hujjatlar ekspertizadan o‘tgandan so‘ng rasmiy tender e’lon qilinadi;
– Hozirgi kunda “Qishloq qurilish bank” ATB “Avesta Investment Group” investitsiya vositachisi tomonidan mahalliy fond bozorida aksiyalarni navbatdagi ommaviy joylashtirishni (“FPO”) amalga oshirish maqsadida ishlar olib borilmoqda;
– “Mikrokreditbank” ATB tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirishni tashkillashtiruvchi anderrayterlarni tanlab olish uchun rasmiy tender hujjatlari tayyorlanmoqda;
– “Halq banki” ATB tomonidan moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda investitsion jozibadorlgini oshirish maqsadida ishlar olib borilmoqda;
– “Aloqabank” ATB tomonidan aksiyalarni ommaviy joylashtirishni tashkillashtiruvchi anderrayterlarni tanlab olish uchun rasmiy tender hujjatlari tayyorlanmoqda;
– “O‘zmilliybank” AJ aksiyalarini mahalliy fond bozorida aksiyalarni birlamchi ommaviy taklif orqali (IPO) joylashtirish maqsadida xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha imzolangan qarz shartnomalari va korporativ xalqaro obligatsiyalarning emissiya risolasida davlatning bankdagi ulushi bo‘yicha belgilangan talablardan (covenants) ozod etish yoki yumshatish (waiver) bo‘yicha xorijiy kreditorlar bilan 2023 yilda muzokaralar olib borilishi rejalashtirilgan.

3. Zamonaviy moliyaviy xizmatlar, operatsiyalar va texnologiyalarni (fintex) hamda naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Bunda:
ilg‘or xorijiy tajriba asosida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish;
sohada AKT infratuzilmasini rivojlantirish;
moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda kiberxavfsizlikni ta’minlash;
moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish orqali ularning ommabopligini oshirishni nazarda tutish;
naqd puldagi to‘lovga nisbatan naqdsiz to‘lovlarni arzonroq bo‘lishini ta’minlash;
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish;
davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish imkoniyatini yaratishni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyul

Markaziy bank

Axborot texnologiyalari vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

Moliya vazirligi

Adliya vazirligi

Mamlakatimizda mavjud to‘lov xizmatlari bozorini yanada liberallashtirish, turli ma’muriy cheklovlarni qisqartirish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rivojlanishini ta’minlash maqsadida Ishchi guruhi tuzildi. Strategiya ishlab chiqilishida xalqaro moliya institutlarining texnik yordamini jalb qilish orqali chet ellik ekspertlarni tanlab olish bo‘yicha e’lon berildi. O‘zaro muzokaralar natijasida Moliyaviy ommaboplik alyansining grant mablag‘lari evaziga xorijiy konsultantlar tanlov asosida tanlandi va ularning tavsiyalariga ko‘ra naqd pulsiz hisob-kitoblarning ommabopligini oshirishga qaratilgan strategiya loyihasi ishlab chiqildi.
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi (ID:62699) “Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi” orqali mas’ul vazirlik va idoralar bilan kelishildi. 
   Shundan so‘ng, Prezident farmoni loyihasi 2022 yilning 29 iyulida Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga 2022 yilning 12 avgustida 
38-06/881-sonli xat orqali kiritildi.

117 Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash

1. Moliyaviy barqarorlik bo‘yicha Xalqaro valyuta jamg‘armasining doimiy ekspertini jalb qilish;

Markaziy bank Boshqaruv qarori 2022-yil avgust

Markaziy bank

1. Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida makroprudensial siyosati masalalari bo‘yicha doimiy maslahatchi Vladimir Petrovich tashrif buyurdi hamda o‘z ish faoliyatani boshladi (Markaziy bankning 2022 yil 8 avgustdagi 2104-sonli farmoyishi). Makroprudensial siyosat bo‘yicha XVJning qarashlari, moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda Serbiya milliy bankining tajribasi hamda bugungi kundagi vujudga kelayotgan xatarlar yuzasidan dastlabki taqdimot o‘tkazildi.  
   Doimiy maslahatchini Markaziy bankdagi faoliyati davomida makroprudensial siyosati asoslarini takomillashtirish, moliyaviy barqarorlik sharhini tayyorlashda, xususan tizimli xatarlarni baholashda, makro stress test natijalarini ushbu mutaxassis bilan chuqur muhokama qilish kabi masalalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

2. 2022 yil birinchi yarim yillik natijalari bo‘yicha Moliyaviy barqarorlik sharhini chop etish;

Markaziy bank Boshqaruv qarori 2022-yil oktyabr

Markaziy bank

2. Markaziy bankning 2022 yil 7 oktabrdagi “2022 yil I yarim yilligi uchun moliyaviy barqarorlik sharhini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 22/4-sonli boshqaruv qarori qabul qilindi hamda ushbu sharh Markaziy bankning rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.

3. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida iqtisodiyotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni aniqlash, ularning bank tizimi barqarorligiga ta’sirini baholashga qaratilgan stress-test modellarini ishlab chiqish.

Bunda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarga banklarning bardoshliligini ta’minlash maqsadida makroprudensial buferlar yaratish choralarini ko‘rib borish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Markaziy bank

3. Markaziy bank tomonidan xatarlarni aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar doirasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida xorijiy ekspert jalb qilinib, makro stress-test modeli ishlab chiqildi. Mazkur makro stress-test modelining natijalari 2022 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha chop etilgan Moliyaviy barqarorlik sharhining alohida bobida aks ettirilgan. 
   Bank sohasida tizimli xatarlarning yuzaga kelishini oldini olish va uning barqarorligini ta’minlash uchun mamlakatimiz iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatish ehtimoli mavjud bo‘lgan banklarni aniqlash hamda ular uchun qo‘shimcha buferlarni joriy qilish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Markaziy bank boshqaruvining 
2022 yil 12 fevraldagi “Tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi 3/9-sonli qarori qabul qilindi. 
   Shuningdek, xalqaro tajribani inobatga olgan holda tizimli ahamiyatga molik banklar uchun qo‘shimcha bufer joriy qilish imkoniyatlari bo‘yicha o‘rganishlar va tavsiyalar 2022 yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha chop etilgan Moliyaviy barqarorlik sharhida ko‘rsatib o‘tildi. 
   Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Koreya markaziy banki bilan birgalikda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan “O‘zbekistonda moliyaviy barqarorlik” mavzusidagi qo‘shma tadqiqot dasturida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda makroprudensial siyosat asoslarini takomillashtirish yuzasidan izlanishlar olib borildi.

118 Eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish.

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Eksportni rivojlantirish dasturi doirasida 2022-yilda eksport hajmini 14 mlrd. dollarga yetkazish.

Bunda:
eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 32 foizdan 42 foizga yoki 5,9 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
mavjud xomashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushini 34 foizdan 24 foizgacha kamaytirish;
xizmatlar eksport hajmlarini 3,3 mlrd AQSh dollariga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2022 yil eksport hajmlarini 15 mlrd AQSH dollarga yetkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasining “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari” 11-son bayoni bilan aniq jadvallar tasdiqlandi (24-24/1-329 – 16.02.2022 y.). 2022 yilda eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirildi.
Xususan, Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan:
586 ta korxonalarga mahsulotlarni tashish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha 310 mlrd. so‘mlik kompensatsiya to‘lab berildi;
324 ta korxonalarga 44,7 mlrd. so‘mlik sug‘urta mukofoti xarajatlari qoplab berildi;
294 ta korxonalarga xalqaro standart va sertifikatni joriy qilish bo‘yicha 41,3 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
41 ta xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda 473 ta mahalliy eksportchi tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanib, 41,7 mlrd so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targ‘ib qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish uchun 32,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi;
57 ta mahalliy korxonalarga davriy nashrlarga obuna bo‘lish, taqdimotlar va reklama kompaniyalarini o‘tkazish bo‘yicha 3,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish uchun 74 ta korxonalarga 420,4 mln. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
eksport qiluvchi korxonalarga vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq 34,8 mlrd. so‘mlik xarajatlar qoplab berildi;
14 ta hudud bo‘yicha 271 ta korxonalarga eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun 18 ta tijorat bankiga 164,0 mln. dollar moliyaviy resurs ajratildi.
Natijada ushbu korxonalar tomonidan jami 2,7 mlrd dollar eksport amalga oshirildi.
Umuman, 2022 yil yakuni bilan tovarlar va xizmatlar eksporti (maxsus eksportsiz) 15 mlrd dollarga ta’minlandi hamda 2021 yilga nisbatan 123 foizga o‘sdi.
Eksport hajmlarining o‘sishi asosiy drayver sohalar sifatida belgilab olingan to‘qimachilik (eksport - 3,2 mlrd dollar, o‘sish – 110 foiz), qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari (1,3 mlrd dollar, 123 foiz) elektrotexnika (800 mln dollar, 143 foiz), qurilish materiallari (600 mln dollar, 140 foiz) hamda mahalliy sanoat tarmoq korxonalari tomonidan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar eksporti hisobiga ta’minlandi.
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 47 foizga yoki 6,7 mlrd AQSH dollariga yetkazildi.
Mavjud xom ashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushi 26 foizgacha kamaytirildi.
Xizmatlar eksport hajmlarini 3,7 mlrd AQSH dollariga yetkazilishi ta’minlandi.

119 Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish.

Har bir tarmoq kesimida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, shu jumladan:

tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini 1,6 mlrd AQSh dollariga, trikotaj matoni 225 mln AQSh dollariga, ip-gazlamani 213 mln AQSh dollariga, paypoq mahsulotlari eksportini 35 mln AQSh dollariga;
charm-poyabzal mahsulotlari eksportini 450 mln AQSh dollariga;
qurilish materiallari eksportini 600 mln AQSh dollariga;
mineral o‘g‘itlar va kimyo sanoati mahsulotlari eksportini 400 mln AQSh dollariga;
zargarlik buyumlari eksportini 36 mln AQSh dollariga;
ipak mahsulotlari eksportini 95 mln AQSh dollariga.

Hukumat komissiyasi bayoni 2022-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022–2026 yillarga belgilangan eksport maqsadli ko‘rsatkichlarining yilma-yil ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yil 16 fevraldagi 24-24/1-329-son yig‘ilish bayonining 5-ilovasi bilan tasdiqlandi.

120 Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish.

1. Soha korxonalari faoliyatiga “Oyko-teks”, “Sedeks”, “BiEsSiAy”, “GOTS”, “ISO 9001” va boshqa zamonaviy xalqaro standartlarni xorijiy bozorlardagi talablardan kelib chiqib eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda joriy etish orqali, eksportyor korxonalar qamrovini to‘liqligiga erishish.

Bunda:
ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun xalqaro standartlar joriy qilish bo‘yicha seminar va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
standartlarni joriy etish bo‘yicha yillik ish rejalarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi 2022-yil may

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2021-2022 yillarda 100 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida “Oeko tex standard 100” standartni joriy qilish bo‘yicha tarmoq jadvali tasdiqlangan.
Bundan tashqari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan xalqaro standartlarini joriy etish istagini bildirgan 150 ta eksporter korxonalar ro‘yxati shakllantirilib, ushbu korxonlarda BSCI, Sedex, GOTS va ISO 9001/14001/18001/45001/50001 xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan 2022 yil uchun tarmoq jadvali ishlab chiqildi hamda Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlandi (07.05.2022y. 04/1-88).

2. Dunyodagi mashhur “N&M” (Shvetsiya), “ZARA” (Ispaniya), LC Waikiki (Turkiya), “PUMA” (Germaniya), “Reebok” (Buyuk Britaniya), “Uniqlo” (Yaponiya) kabi brendlari bilan hamkorlikda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

Bunda:
brend egalarini O‘zbekistonga taklif etib, tayyor mahsulot eksportchi korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarini xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yilda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

1. Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish maqsadida:
- 2022 yilda 150 ta soha korxonalarida Xalqaro standartlarni joriy etish va sertifikatlashtirish yuzasidan tarmoq jadvali ishlab chiqildi, Vazirlar Mahkamasining 07.05.2022yildagi 04/1-88 son tarmoq jadvali tasdiqlandi;
- joriy yilda  31 ta korxonada OEKO-tex,  8 ta korxonada Sedex, 7 ta korxonada BSCI, 6 ta korxonada GOTS va 150 dan ortiq korxonalarda ISO (9001, 14001, 45001) xalqaro standartlari joriy qilindi;
- Uyushma tomonidan “Control Union” sertifikatsiya kompaniyasi (Niderlandiya) hamkorligida Izmir shahrida (Turkiya) organik paxta yetishtirish va GOTS xalqaro standarti bo‘yicha to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari vakillaridan iborat 25 nafar mutaxassislarga amaliy-o‘quv seminarlari tashkil etildi;
- UNECE bilan birgalikda mahsulotlar sinov laboratoriyasini yaratish hamda yashil-aylanma iqtisodiyot bo‘yicha mahalliy korxonalarning mutaxassislari bilim va ko‘ninkmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlarni tashkil etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi;
- “Gostest” (Rossiya) kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolanib, tarmoq korxonalariga Rossiyaga eksport qilishda to‘qimachilik mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish, laboratoriya tadqiqotlari va audit sohasida ko‘maklashishga kelishildi;
- joriy yil iyun oyida Germaniyaning GIZ tashkiloti va “Amfori” Xalqaro biznes uyushmasi birgalikda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida ijtimoiy muvofiqligi standarti (BSCI) bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari Toshkent shahri va Namangan viloyatida tashkil etildi;
- GIZ va Gherzi tashkilotlari bilan hamkorlikda to‘qimachilik sanoatidagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan seminar trening o‘tkazildi.
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston ish beruvchilari Konfederatsiyasi Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) hamkorligida “O‘zbekistonda paxtaning qo‘shimcha narx zanjiri hamda “Better Work” dasturi bilan hamkorlik istiqbollari» mavzusida seminar uchrashuv tashkil etildi;
- nazorat va inspeksiya sohasida 60 ta davlatda faoliyat yurituvchi -  Wakefield Inspection Services (WIS) xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
- AQSHning WRAP kompaniyasi bilan sertifikatsiya bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish Memorandumi imzolandi.
- joriy yil noyabr oyidan Better Cotton Uzbekistan tashabbusi O‘zbekistonda rasman faoliyatini boshladi.
- tarmoq korxonalarining Dubay (BAA), Varshava (Polsha), Parij (Fransiya) Kiyev (Ukraina), Kair (Misr), Kasoblanka (Marokash), Tokio (Yaponiya) va Frankfurt-Mayn (Germaniya) da o‘tkazilgan Xalqaro ko‘rgazmalarda ishtiroki ta’minlandi;
- Ko‘rgazmalar doirasida Milan (Italiya), Barselona, Valensiya (Ispaniya), Parij (Fransiya) va Bryussel (Belgiya) biznes-tur tashkil etilib, unda yetakchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi;
- Rossiyaning yirik savdo tarmoqlari va soha korxonalari ishtirokida Rossiyaning yirik bozorlariga kirish va hozirda bo‘shayotgan savdo qismlarini to‘ldirish maqsadida muzokaralar tashkil etildi;
- 25 dan ortiq Misr to‘qimachilik korxonalari rahbarlaridan iborat biznes missiya tashrifi tashkillashtirilib,  soha bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi.
- “LC Waikiki”, “SOLLINS” (Turkiya), “Carl Gross”, “Hugo Boss”, “SOHO”, “Langheinrich” (Germaniya), “BATA” va “AWLAB” (Italiya) kabi brendlar ostida mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi;
- Zara, Pull&Bear, Massimo Dutti, Bershka, Stradivarius, Oysho va Zara Home kabi 7 ta mashhur brendni o‘z ichiga olgan INDITEX kompaniyasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlikning amalga oshirilish ehtimoli bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan  uchrashuv tashkil etildi;
- “Engelbert Strauss” S.Oliver (Germaniya), “Landmark Group” (Buyuk Britaniya), “Grosso Moda” (Niderlandiya), “MIZUNO” (Yaponiya) va “DeFacto”, “NLGroup” (Rossiya) brendlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
- Italiyaning CUIZ savdo palatasi va Cottonella kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda brend korxonasini ochish haqida kelishuvga erishildi.
- 8 ta brendni o‘z ichiga olgan Tendam yirik riteyl kompaniyasi  (Ispaniya) bilan o‘zaro kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishi bo‘yicha muzokaralar tashkil etildi.
- joriy yil oktyabr oyida Ispaniyaning “Moda España” moda ishlab chiqaruvchilari Konfederatsiyasi va FEDECON to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi bilan ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 40 dan ortiq vakillari ishtirokida gibrid formatdagi to‘qimachilik biznes-forumini o‘tkazildi
- “El Corte Ingles” va “Mango” ispan kompaniyalari  bilan o‘zbek korxonalarida buyurtmalarni joylashtirish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
- “YUYUE” (Xitoy) kompaniyasi bilan ishlab chiqarishni relokatsiya qilish, IKEA brendi uchun uy tekstili maxsulotlari yetkazib berilishi bo‘yicha kelishib olindi.
- Wildberries kompaniyasi bilan Toshkentda logistika majmuasini ochish, marketpleysda mahalliy sotuvchilar uchun treninglar tashkil etish, shuningdek, “brendlar fabrikasi” ishga tushirilishi bo‘yicha kelishildi.
- Namangan viloyatida Germaniyaning “HUGO BOSS”, “CARL GROSS” kabi yirik brendlar bilan  hamkorlik qiluvchi  “FAZMAN TEXTILE” korxonasi foydalanishga topshirildi.
Wildberries kompaniyasi tomonidan “Elektron tijorat gigantlari biznes jarayonlarini avtomatlashtirish” mavzusida master-klass tashkil etildi.

3. “Adidas” (Germaniya), “Bogner” (Germaniya), “Bata” (Shveysariya), “Geox” (Italiya), “Diadora” (Italiya), “Pakerson” (Italiya), “Sasha Fabiani” (Xitoy) kabi dunyoga mashhur poyabzal brendi buyurtmalari jalb etish hisobiga 130 mln AQSh dollarlik oyoq kiyimlar eksportini ta’minlash.

Bunda:
brend egalarini O‘zbekistonga taklif etib, tayyor mahsulot eksportchi korxonalari bilan hamkorlik o‘rnatish;
tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarini xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yilda

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning tarakkiyot strategiyasi to‘g‘risidagi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli farmoni  (shu jumladan, u bilan tasdiqlangan, Davlat Dasturi), Davlat rahbari raisligida 2022 yil 26 yanvarda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari bajarilishi yuzasidan Uyushmaning 49/2-A sonli buyrug‘i va Nazorat rejasi tasdiqlanib, ijro uchun qabul qilindi;
Yevropaning nomdor kompaniyalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida “ADIDAS” kompaniyasiga 2022 yil 6 maydagi FB-8/1271-sonli, “VATA” kompaniyasiga 2022 yil 6 mayda FB-8/1274-sonli, “Richemont” kompaniyaciga FB-8/1273-sonli, “BJORN GULDEN” kompaniyasiga FB-8/1272-sonli xatlar orqali takliflar yuborilgan va bugungi kunga qadar muzokaralar davom etib kelmoqda;
Shuningdek, 12-14 oktyabr kunlari xalqaro “UzcharmExpo-2022” ko‘rgazmasida mazkur kompaniyalarning vakillari faol ishtirok etdi. Ko‘rgazma davomida autsorsing va franchayzing aosida mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalaishida hamkorlik qilish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar asosida hozirda soha korxonalari va xorijiy kompaniya vakillari o‘rtasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi xitoylik investorlar bilan birinchi bosqichda 300 ming juft Nike va Adidas brendi ostida sport poyabzallarini ishlab chiqarish yuzasidan uchrashuvlar olib borildi hamda mazkur yo‘nalish bo‘yicha zarar chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilda Nike va Adidas brendlari ostida sport poyabzallari ishlab chiqarilishi boshlanishi rejalashtirilgan hamda shu yil oxiriga qadar Xitoydan O‘zbekistonga ikkita yuk mashinasida kerakli uskunalar yetib kelishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek 2023 yilning yanvar oyida texnologiyalarni o‘rnatish jarayonlari nihoyasiga yetadi. 
Shu bilan birga, 2022 yilning5-9 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 26-bor tashkil etilgan “BiOT” – Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasining delegatsiyasi munosib ishtirok etib, bir qator xorijiy kompaniyalarini dunyoga mashhur poyabzal brendi buyurtmalari jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

4. Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Bunda:
marketing tadqiqotlari o‘tkazish orqali O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori bo‘lgan xorijiy bozorlar ro‘yxatini ustuvorlik asosida (mahsulot turi, narxi, logistikasini inobatga olgan holda) shakllantirish;
ro‘yxat asosida har bir mahsulot bo‘yicha texnik ma’lumotlar tayyorlash hamda xorijiy davlatlarning karantin xizmatlariga diplomatik kanallar orqali yuborish;
xorijiy mamlakatlarning karantin xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish va fitosanitar ruxsatlarni olish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yilda

“O‘simliklar karantini va himoyasi” agentligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

1. Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining amaliy chora-tadbirlar rejasi 2022-yil 10-fevralda tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
2. Marketing tadqiqotlari o‘tkazish orqali ustuvorlik asosida (mahsulot turi, narxi, logistikasini inobatga olgan holda) shakllantirilgan O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori bo‘lgan xorijiy bozorlar ro‘yxatini taqdim etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2022-yil 18-fevralda 1-27/435-sonli va 27-aprelda 1-27/999-sonli xatlar orqali murojaat etildi.
3. Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha texnik ma’lumotlarni tayyorlash hamda xorijiy davlatlarning karantin xizmatlariga diplomatik kanallar orqali yuborilishini ta’minlash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori bo‘lgan xorijiy bozorlar ro‘yxati 2022-yil 26-may kuni 39-03/05-1/1770-sonli xat bilan Agentlikka taqdim etildi.
Ro‘yxatda 10 ta xorijiy davlatda (Indoneziya, Tailand, Vetnam, Shri-Lanka, J.Koreya, Pokiston, Misr, Jazoir, Isroil, Bosniya va Gersegovina) talab yuqori bo‘lgan O‘zbekistonda yetishtirilgan 19 xil turdagi meva-sabzavot mahsulotlari (sarimsoq piyoz, nok, piyoz, karam, bodom, xurmo, olma, tozalangan bodom, yong‘oq, no‘xat, uzum, pomidor, bodring, quritilgan o‘rik, quritilgan olxo‘ri, anjir, loviya, mayiz, olcha) to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
Agentlik tomonidan 16 xil turdagi mahsulotlar (sarimsoq piyoz, piyoz, bodom, tozalangan bodom, xurmo, 
olma, yong‘oq, no‘xat, uzum, pomidor, anjir, loviya, karam, nok, quritilgan o‘rik, bodring) bo‘yicha texnik ma’lumotlar tayyorlandi. 
Mahalliy mahsulotlar eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish borasida amalga oshirayotgan ishlar tahlili natijasidan kelib chiqib, Tailand, Vetnam, Shri-Lanka, Misr va Jazoir davlatlarining vakolatli organlariga 12 xil turdagi mahsulotlar bo‘yicha texnik ma’lumotlar diplomatik kanallar orqali yuborilishi ta’minlandi (Agentlikning 24.06.2022-yildagi 3-27/1550-sonli xati).
Indoneziya karantin xizmati tomonidan fitosanitar xavf tahlili jarayonlarini o‘tkazish uchun Agentlik tomonidan achchiq qalampir bo‘yicha texnik ma’lumot tayyorlanib, diplomatik kanallar orqali yuborilishi ta’minlandi (Agentlikning 13.10.2022-yildagi 1-27/2572-sonli xati).
Vetnam karantin xizmatining resurslar (vaqt, ishchi) tejamkorligini ta’minlash maqsadida fitosanitar xavf tahlili jarayonlari o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ustuvorligini belgilab berish to‘g‘risidagi so‘roviga muvofiq, Agentlik tomonidan mahsulotlar ustuvorligi asosida shakllantirilgan ro‘yxatning (gilos, olma, bodom, sarimsoq piyoz, grek yong‘og‘i, piyoz, xurmo) Vetnam tomoniga yuborilishi ta’minlandi (Agentlikning 06.10.2022-yildagi 3-27/2495-sonli xati)

5. Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga to‘siqsiz va muammosiz eksportini amalga oshirish maqsadida, mahsulot yetishtiruvchilarga xalqaro sertifikat va standartlarni (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) keng joriy etish.

Bunda:
xalqaro standartlar joriy qilish bo‘yicha seminar va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
standartlarni joriy etish yillik ish rejalarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yilda

“O‘simliklar karantini va himoyasi” agentligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga to‘siqsiz va muammosiz eksportini amalga oshirish maqsadida, mahsulot yetishtiruvchilarga xalqaro sertifikat va standartlarni (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) keng joriy etish maqsadida:
– 14 ta hududda tadbirkorlik subyektlari uchun Loyiha ofislarida markazlashtirilgan o‘quv kurslarini o‘tkazish uchun 31 ta o‘quv xonalari ajratildi va har bir hududda kamida 2 tadan xalqaro standartlarni o‘rgatish bo‘yicha markazlashtirilgan o‘quv kurslari reja-grafigi tasdiqlandi;
– Samarqand viloyatida joylashgan 35 ta tadbirkorlik subyektlari, jumladan, 20 ta yengil sanoat, 7 ta kimyo sanoati, 
6 ta oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, 2 ta metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona vakillari uchun o‘quv kurslari o‘tkazildi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida joriy yilning 17-29-aprel kunlari o‘quv kurslari tashkil etildi;
– Turkiya davlatining eksperti Yejder Aktash jalb qilinib, xalqaro ekspert tomonidan ISO 9001, ISO 14001, ISO 50001 va Oeko Tex xalqaro standartlarini joriy etish va uning afzalliklari bo‘yicha seminar ishtirokchilariga tushunchalar berildi;
– Surxondaryo viloyatida joylashgan 60 ta tadbirkorlik subyektlari jumladan 12 ta to‘qimachilik va yengil sanoat, 44 ta oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, 4 ta qurilish materiallari mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona vakillari uchun o‘quv kurslari o‘tkazildi;
- Turkiya davlatidan yengil sanoat mahsulotlari bo‘yicha ekspertlari Fotih Bodur va Yerdel Bederlar hamda Hindiston davlatidan Vagmare Radjendra Kumarlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi;
- Xorazm viloyatida joylashgan 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari jumladan 22 ta yengil sanoat, 2 ta kimyo sanoati,
 19 ta oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, 1 ta metallurgiya sanoati, 1 ta charm poyabzal sanoati, 4 ta baliq yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi, 1 ta tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi tashkilot va 20 dan ortiq qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari uchun o‘quv kurslari o‘tkazildi;
- Namangan viloyatida “Savdo-sanoat” palatasi binosida va “Art Soft Ceravics” MCHJ binosi majlislar zalida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda xalqaro standartlarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazildi;
- Buxoro viloyatida joylashgan 70 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari jumladan 29 ta yengil sanoat, 1 ta kimyo sanoati, 
12 ta oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, 1 ta charm poyabzal sanoati, 6 ta qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi, 1 ta tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi tashkilot va 20 dan ortiq qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari uchun o‘quv kurslari o‘tkazildi;
o‘quv kurslarida Turkiya davlatidan yengil sanoat mahsulotlari bo‘yicha ekspertlari Fotih Bodur va Yerdel Bederlar hamda Hindiston davlatidan Vagmare Radjendra Kumarlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi;
- viloyat hokimliklari bilan 295 ta korxonada xalqaro sifat menejment standartlarini joriy qilishning tarmoq jadvallari ishlab chiqildi va yillik ish rejalar tasdiqlandi;
- O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasining 2022-yil 11-martdagi 23-sonli bayoniga muvofiq oziq-ovqat sanoatida – 200 ta mahalliy korxonalarda xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tarmoq jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
2022-yil 15-fevraldagi 3-19/399 va 22-fevraldagi 
3-19/457-sonli murojaat xatlari bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga mahsulot yetishtiruvchilarga xalqaro sertifikat va standartlarni (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) keng joriy etish maqsadida xalqaro standartlar joriy qilish bo‘yicha seminar va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek, standartlarni joriy etish yillik ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun takliflarni taqdim etish so‘raldi. 2022-yil 6-mayda 05/1205-sonli hamda 2022-yil 24-iyunda 05/1698-sonli xatlar orqali O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi joriy yilning I choragida seminar treninglar va 17-29-aprel kunlari xalqaro standartlar joriy qilish bo‘yicha seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilganligi hamda viloyat hokimliklari bilan 295 ta korxonada xalqaro sifat menejment standartlarini joriy qilishning tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, yillik ish rejalar tasdiqlanganligi to‘g‘risida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 11-martdagi 23-sonli bayoniga muvofiq oziq-ovqat sanoatida – 200 ta mahalliy korxonalarda xalqaro standart talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimlarini joriy etish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasiga, nusxasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga taqdim etdi.
Bndan tashqari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mavjud eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan mevali bog‘lar, dala maydonlari, issiqxonalar hamda qadoqlash korxonalari soni to‘g‘risida ma’lumot shakllantirilib, eksportbop mahsulot yetishtiruvchi, tayyorlovchi, saralovchi va qadoqlovchi tadbirkorlik subyektlari xodimlariga maxsus o‘quv kurslari, seminarlarda eksport jarayonidagi xorijiy mamlakatlar karantin xizmatlari tomonidan qo‘yilgan talablar to‘g‘risida ma’ruzalar o‘tkazish va Eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan bog‘lar, dala maydonlarida, issiqxonalarda va qadoqlash sexlarida mavjud muammolarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tarmoq jadvali tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq joriy yil mart oyida Toshkent va Namangan viloyatlarida, aprelda Samarqand, Navoiy va Buxoro, mayda Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Sirdaryo, iyunda Andijon, Farg‘ona va Namangan, iyulda Xorazm, Navoiy va Buxoro, avgustda Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Namangan, sentyabrda Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand, oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, noyabrda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida eksportbop mahsulot yetishtiruvchi, tayyorlovchi, saralovchi va qadoqlovchi tadbirkorlik subyektlari xodimlariga eksport jarayonidagi xorijiy mamlakatlar karantin xizmatlari tomonidan qo‘yilgan talablar to‘g‘risida seminarlar o‘tkazilib, eksportbop mahsulotlar yetishtiriladigan bog‘larda, dala maydonlarida, issiqxonalarda va qadoqlash sexlarida mavjud muammolarini aniqlash va tavsiyalar berish choralari ko‘rildi.

121 Xususiy sektorning eksportdagi ulushini oshirish.

1. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan eksportchi korxonalarga kompensatsiya va kafilliklarni yirik eksportchi korxonalarga nisbatan ham tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Jamg‘arma tomonidan 2022 yil 28 dekabr holatiga Eksportyor korxonalarga jami 912 ta buyurtmanoma ko‘rib chiqilgan. Kichik tadbirkorlik subyektlariga 3 476 556 mln.so‘m kreditlar uchun 591 587 mln.so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha majburiyat olingan. Jamg‘arma tomonidan kursatilgan moliyaviy yordam asosida ajratilgan kreditlar natijasida 10 639 ta ishchi o‘rin yaratilishi rejalashtirilgan. Shulardan,
– 1 085 432 mln. so‘m bank kreditlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga umumiy qiymati 448 311 mln.so‘m bo‘lgan kafilliklar berish uchun 280 ta buyurtmanoma ko‘rib chiqilib ijobiy qaror qabul qilingan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 3 630 ta ishchi o‘rni yaratish kuzda tutilgan.
– 2 391 124 mln. so‘m bank kreditlari bo‘yicha foiz harajatlarining bir qismini qoplab berish uchun jami 143 277 mln.so‘m miqdorida kompensatsiya berish uchun 632 ta buyurtmanoma ko‘rib chiqilib ijobiy qaror qabul qilingan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 7 009 ta ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

2. Hunarmandlar mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab berish.

Hunarmandlarga alohida imtiyoz bergan holda, xalqaro pochta jo‘natmalari tarif stavkalarini qayta ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

1. Hunarmandchilik mahsulotlari eksportiga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik “NOVICA” xalqaro elektron savdo platformasiga mahalliy hunarmandlarni keng jalb qilish maqsadida respublikamizda ushbu elektron platformaning Markaziy Osiyodagi xabi tashkil qilindi. 2022 yil noyabr oyida ushbu xabning Toshkent shahridagi rasmiy ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, xab qoshida hunarmandchilik mahsulotlarini saqlash, saralash, qadoqlash va taqsimot omborini tashkil qilindi.
Shuningdek, mahalliy hunarmandlarni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni platformaga bepul joylashtirish yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, Jahon savdo tashkiloti huzuridagi Xalqaro savdo markazi ko‘magida mahalliy hunarmandlarni mazkur elektron tijorat maydonchasi orqali eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha malakalarini oshirish loyihasi ishga tushirildi.
2. O‘zida 60 nafardan ortiq hunarmandlarning mahsulotlarini
birlashtirgan “Anissa Export” MCHJ, “Aksess” MCHJ va hunarmand YATT "Sattarov Saydullo Salimjanovich"ga “Alibaba” xalqaro elektron savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish va mahsulotlarni joylashtirish uchun 200,0 mln. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Hozirda ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
250 dan ortiq turdagi milliy hunarmandchilik mahsulotlarni ushbu elektron savdo maydonchasiga joylashtirildi (agentlikning 2022 yil 
16 sentyabrdagi 39-02/05-1/930, 23 sentyabrdagi 
39-02/05-1/960 va 9 noyabrdagi 3902/05-1/1136-son xatlari).
3. Hunarmand YATT o‘zi tomonidan yaratilayotgan milliy kashtachilik namunalarini tashqi bozorlarda va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish hamda o‘zi tomonidan yaratilgan “suzanishop.uz” veb-saytini to‘liq modernizatsiya qilish hamda hunarmandchilik mahsulotlariga ixtisoslashgan “NOVICA” va “Etsy” xalqaro elektron savdo platformalarida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda (agentlikning 2022 yil 11 apreldagi 39-02/05-1/382-son xati va amalga oshirilayotgan ishlarning texnik topshirig‘i ilova qilinadi).
4. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarda keng targ‘ib qilish maqsadida agentlik tomonidan 2022 yilning 5-9 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “Craft Istanbul 2022” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasida 13 ta mahalliy hunarmandlarning keng qamrovli ishtirokini ta’minlash maqsadida 178,4 mln. so‘mlik moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatildi.
Agentlik ko‘magida 2022 yil 30 noyabridan 
2 dekabriga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Craft Fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi tashkil qilindi.
5. Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni transport xarajatlarini qoplab bergan holda xalqaro pochta jo‘natmalari orqali xorijiy diplomatik vakolatxonalariga yuborishda moliyaviy va tashkiliy ko‘maklashish tizimi ishga tushirildi.
Xususan, 2022 yilda mahalliy hunarmandlarning umumiy qiymati 18,9 ming dollarlik bo‘lgan 2,6 tonna bo‘lgan mahsulotlarini AQSH va Rossiya Federatsiyasiga havo transporti orqali yetkazib berishda 12,1 mln. so‘mlik kompensatsiya taqdim qilindi.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan birgalikda hunarmandlarga alohida imtiyoz bergan holda xalqaro pochta jo‘natmalari stavkalarini qayta ko‘rib chiqildi. O‘rganishlar natijasida “O‘zbekiston pochtasi” AJdagi mavjud tariflar Xalqaro pochta ittifoqi talablariga asosan maqbul stavkalarda belgilanganligi, respublikamizdagi xalqaro pochta jo‘natmalarining asosiy qismi xorijiy kompaniyalar tomonidan yetkazib berilishi hamda pochta jo‘natmalari uchun agentlik tomonidan moliyaviy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olib, ularni imtiyozli tartibda kamaytirish imkoniyati mavjud emasligi aniqlandi
Bajarilgan ishlar yuzasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 19 dekabr sanasida 80-39-14456-son rasmiy axborot xati Hukumatga kiritilgan.

122 Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish.

Eksportchi korxonalarning transport xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimini qo‘shni davlatlarga eksport qilingan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlarga nisbatan ham qo‘llash.

Bunda, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ro‘yxatini TIF tovar nomenklaturasi kodlari kesimida shakllantirish.

Hukumat komissiyasi bayoni 2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Transport vazirligi

manfaatdor vazirlik va idoralar

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi 2022 yil 20 apreldagi 29-son yig‘ilish bayoni bilan eksportchi korxonalar transport xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimini qo‘shni davlatlarga eksport qilingan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish tartibi TIF tovar nomenklaturasi kodlari kesimida tasdiqlandi.

123 Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 1,5 barobar ko‘paytirib, Yevropa davlatlariga DjiEsPi+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish.

1. Muvofiqlikni baholash organlari xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tizimini joriy etish.

Bunda:
xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari a’zosi hisoblangan akkreditatsiya idoralari ro‘yxatini shakllantirish;
akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar tahlili va hisob-kitoblarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 apreldagi PF-97-son “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

2. ISO, Global GAP, Organic va boshqa rivojlangan davlatlar standartlari joriy etilgan eksportchi korxonalar soni 1 000 tadan 1 300 taga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Mahalliy hokimliklar

Hududiy hokimliklar bilan kelishilgan holda ISO, Global GAP, Organic va boshqa rivojlangan davlatlar standartlarini 2022 yilda bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq, bugungi kunda 364 ta (ISO – 275 ta, BSCI – 3 ta, CE markirovka – 2 ta, ORGANIC – 9 ta, GLOBAL G.A.P. – 18 ta, FSSC 22000 – 11 ta, HALAL – 10 ta, OEKO TEX – 23 ta, SEDEX – 8 ta, KOSHER – 2 ta, IFS – 3 ta) eksportyor korxonaga xalqaro standartlari joriy etilib, xalqaro standartlar joriy etilgan korxonalar soni 1364 taga yetkazildi.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (2022 yil 28 oktyabrdagi 05/4298-son xat).
Shuningdek, 2022 yil 14 noyabrda Hisob palatasi tomonidan nazoratdan chiqarildi.

3. Elektrotexnika sanoati mahsulotlari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlarida talab etiladigan standart va sertifikatlar joriy etish xarajatlarini cheklovlarsiz qoplab berish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash organlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 15 oktabrdagi 605-son qarori qabul qilindi.
124 Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga chiqarishda ko‘maklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6,5 mingtadan 7,3 mingtaga, tovarlar eksport geografiyasini kengaytirish.

1. Dunyoning yetakchi davlatlarida har yili bo‘lib o‘tadigan 50 dan ortiq yirik xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirokini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2022 yil davomida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan, tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, eksport hajmlari va geografiyasini kengaytirish maqsadlari uchun:
586 ta korxonalarga mahsulotlarni tashish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha 310 mlrd. so‘mlik kompensatsiya to‘lab berildi;
324 ta korxonalarga 44,7 mlrd. so‘mlik sug‘urta mukofoti xarajatlari qoplab berildi;
294 ta korxonalarga xalqaro standart va sertifikatni joriy qilish bo‘yicha 41,3 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
41 ta xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda 473 ta mahalliy eksportchi tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanib, 41,7 mlrd so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatildi , shuningdek, o‘zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda targ‘ib qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish uchun 32,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi;
57 ta mahalliy korxonalarga davriy nashrlarga obuna bo‘lish, taqdimotlar va reklama kompaniyalarini o‘tkazish bo‘yicha 3,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish uchun 74 ta korxonalarga 420,4 mln. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
eksport qiluvchi korxonalarga vakolatli organlarning meva-sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari va buyumlarini eksport qilish uchun zarur sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq 34,8 mlrd. so‘mlik xarajatlar qoplab berildi;
14 ta hudud bo‘yicha 271 ta korxonalarga eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun 18 ta tijorat bankiga 164,0 mln. dollar moliyaviy resurs ajratildi.
Natijada 2022 yilda eksport faoliyatiga 2400 ta yangi korxona eksportga jalb etilib, 130 turdagi yangi mahsulotlar va 52 ta yangi davlatlar bozori o‘zlashtirildi.
2022 yil yakunlariga ko‘ra  eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetdi, jami 15 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksporti (maxsus eksportsiz) amalga oshirildi (o‘sish – 23 %). Xususan:
tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari eksporti 3 mlrd 194 mln dollar, jumladan, 307 mln dollarlik trikotaj mato (o‘tgan yilga nisbatan 126 foiz), 164 mln dollarlik gazlama (111 foiz) va 1,3 mlrd dollarlik tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari (140 foiz) eksporti amalga oshirildi;
charm-poyabzal mahsulotlari eksporti 455 mln dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 108 foizga o‘sishi ta’minlandi;
qurilish materiallari eksporti 611 mln dollarni tashkil etib, 140 foizga o‘sishi ta’minlandi;
mineral o‘g‘itlar va kimyo sanoati mahsulotlari eksporti 437,5 mln dollarni tashkil etib, 115 foizga o‘sishi ta’minlandi;
ipak mahsulotlari eksporti 96,4 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 110 foizga o‘sishi ta’minlandi.

2. Tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish orqali eksport hajmlari va geografiyasini kengaytirish.

Ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar 2022-yil

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Transport vazirligi

Eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6,5 mingtadan 7,3 mingtaga yetkazish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
1. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va “GSP+” imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
2. Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportida tashish xarajatlarini qo‘shni davlatlarga ham qoplab berish;
3. Xalqaro standart va sertifikatlar sonini 2 barobarga oshirish;
4. Respublika va hududiy eksport shtablari samaradorligini oshirish.
Shu bilan birga “GSP+” preferensiyalar tizimidan to‘laqonli foydalanish xamda eksport hajmlari va geografiyasini Yevropa Ittifoqida kengaytirish maqsadda Import Promotion Desk (IPD) loyihasi bilan seminar – treninglar xamda salohiyatli importyor korxonalar topish bo‘yicha ishlar olib borildi.
2022 yilda eksport geografiyasi 52 ta yangi davlatlar bozorlari hisobiga kengaytirildi.
2022 yil davomida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan, tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish, eksport hajmlari va geografiyasini kengaytirish maqsadlari uchun:
534 ta korxonalarga mahsulotlarni tashish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha 270,0 mlrd. so‘mlik kompensatsiya to‘lab berildi;
322 ta korxonalarga 44,5 mlrd. so‘mlik sug‘urta mukofoti xarajatlari qoplab berildi;
292 ta korxonalarga xalqaro standart va sertifikatni joriy qilish bo‘yicha 41,1 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
41 ta xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda 
670 ta mahalliy eksportchi tashkilotlarning ishtiroki ta’minlanib, 45,4 mlrd so‘m moliyaviy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, o‘zbek 
brendlari va mahsulotlarini xorijda targ‘ib qilish bo‘yicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish uchun 32,8 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi;
57 ta mahalliy korxonalarga davriy nashrlarga obuna bo‘lish, taqdimotlar va reklama kompaniyalarini o‘tkazish bo‘yicha 3,7 mlrd. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish uchun 74 ta korxonalarga 420,4 mln. so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi;
Buning natijasida joriy yilda eksport faoliyatiga 2 500 ta yangi korxona eksportga jalb etilib, 130 turdagi yangi mahsulotlar va 38 ta yangi davlatlar bozori o‘zlashtirildi. 
2022 yilda eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetdi, jami 14,7 mlrd dollarlik tovar va xizmatlar eksporti (maxsus eksportsiz) amalga oshirildi (o‘sish – 21 %). Xususan:
tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari eksporti 3 mlrd 200 mln dollar, jumladan, 283 mln dollarlik trikotaj mato (o‘tgan yilga nisbatan 
117 foiz), 175 mln dollarlik gazlama (124 foiz) va 1 mlrd 208 mln dollarlik tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari (143 foiz) eksporti amalga oshirildi;
charm-poyabzal mahsulotlari eksporti 453 mln dollarni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 108 foizga o‘sishi ta’minlandi;
qurilish materiallari eksporti 600 mln dollarni tashkil etib, 140 foizga o‘sishi ta’minlandi;
mineral o‘g‘itlar va kimyo sanoati mahsulotlari eksporti 470 mln dollarni tashkil etib, 123 foizga o‘sishi ta’minlandi;
ipak mahsulotlari eksporti 96 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 110 foizga o‘sishi ta’minlandi.

125 “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi asosida 200 ta eksportchini ochiq tanlov asosida saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.

1. “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturini asosida 200 ta eksportchilarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi "Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-228-son farmoni qabul qilindi.

2. 200 ta eksportchi korxonalar ro‘yxatini shakllantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentyabrdagi "Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-228-son farmoni qabul qilindi.

3. Mazkur eksportchi korxonalarning ishlab chiqarishdan — xorijiy xaridorgacha bo‘lgan jarayonidagi muammolarini bartaraf etib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 sentyabrdagi "Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-228-son farmoni qabul qilindi.

4. Eksportchi korxonalarni malakasini oshirish maqsadida yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda “Eksportchilar maktabi”ni tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya, tadbirkorlik va tashqi savdo faoliyatidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada, shu jumladan, eksportchi korxonalarni malakasini oshirish maqsadida yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda “Eksportchilar maktabi”ni tashkil etish masalasi nazarda tutilgan.
Loyiha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 2022 yil 3 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (02-27-05241-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 6 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi (24/52047/1-3233-son xat).

5. Har yili respublikaning har bir hududidan eng salohiyatli 100 ta mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga chiqishiga yo‘l ochib berish maqsadida “Tadbirkordan — Eksportchigacha” tamoyili asosida har bir korxona uchun alohida dastur ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 sentyabrdagi "Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-228-son farmoni qabul qilindi.

126 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish.

Har yili20-avgustTadbirkorlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish.

Bunda:
“Ochiq muloqot” davomida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
har bir hudud bo‘yicha aniq rejalar va erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish;
yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi loyihasi 2022-yil avgust

Savdo-sanoat palatasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Biznes-ombudsman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 avgustdagi 453-f-son farmoyishi qabul qilindi.
Hukumat komissiyasi qaroriga asosan tadbirkorlar bilan muloqotni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish borasida tegishli Bayon tasdiqlanib, unga ko‘ra siyosiy ahamiyatga ega tadbirni o‘z vaqtida va samarali o‘tkazish bo‘yicha barcha vazifalar belgilab olindi.
“Ochiq muloqot”ga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida 
35 ta vazirlik va idoralarning jami 
83 ta mutaxassislaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi Respublika Shtabi tashkil etildi.
Bunda, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 15 ta xodimi hamda vazirlik, idora va tijorat banklardan jami 68 ta mutaxassislari Respublika Shtabiga xizmat safarga yuborilgan.
Respublika Shtabiga rahbarlik qilish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A.Voitov va Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxobovlarga yuklatildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarligida turli yo‘nalishlar bo‘yicha 7 ta Ishchi guruhlar va 14 ta Hududiy shtablar tashkil qilinib, ularning asosiy vazifa va funksiyalari belgilanib berildi.
Respublika Shtabi tomonidan tashkil qilingan “Call markaz” (1094) hamda ijtimoiy tarmoqlar (veb-sayt, telegram-bot, feysbuk, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar) orqali “24/7 rejimi”da tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish yo‘lga qo‘yildi.
Shundan kelib chiqib, Respublika shtabi tomonidan murojaatlar 2 ta (individual va tizimli) toifaga tasniflanib, individual muammolar joyida hal etilishi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda hamda tizimli masalalar borasida murojaatlar puxta tahlil qilingan holda aniq takliflar ishlab chiqilmoqda.
Ishchi guruhlar va Hududiy shtablar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining muammolari va takliflarini ijobiy ko‘rib chiqish jarayonlarini Bosh prokuratura nazoratga olgan.
2022 yil 27 iyun holatiga tadbirkorlar faoliyatlariga tegishli jami 2 423 ta, shundan “onlayn” tarzda “Tadbirkorga tez yordam portali” (tadbirkor.uz) orqali 678 ta murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 72 foizi (1 757 ta) individual hamda 13 foizi (484 ta) tizimli masalalarni tashkil etmoqda.
Shundan, 557 ta bank va kredit bo‘yicha, 
302 ta yer va bino ajratish, 267 ta soliq tizimi, 132 ta byurokratik to‘siqlar va davlat boshqaruv organlarining iqtisodiyotga aralashuvi va 112 ta muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari masalalari va boshqalar.
Hozirgi kunda individual murojaatlarning 1 257 tasi (71 foiz) hal qilingan bo‘lib, qolgan murojaatlarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.
2022 yilning 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan navbatdagi “Ochiq muloqoti” o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 
30 avgustda PQ–364-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
“Yo‘l xaritasi”da:
tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli ishlash;
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish;
tadbirkorlar uchun yetarli shart-sharoit, infratuzilma va kafolatli bozor yaratish;
mulk huquqini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, mol-mulkni haqiqiy bozor aktiviga aylantirish;
tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortishni erkinlashtirish;
tadbirkorlar bilan uchrashuvda bildirilgan tashabbuslar ijrosini tashkil etish hamda “ochiq muloqot” natijalarini kengtarg‘ib qilishga oid chora-tadbirlar belgilandi.
Bundan tashqari, har bir hudud bo‘yicha aniq rejalar va erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish:
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman o‘rtasida imzolangan qo‘shma chora-tadbirlar dasturiga har bir hududda o‘rganishlar amalga oshirilib, yo‘l xaritalarini ishlab chiqilgan;
Savdo-sanoat palatasi hamda Biznes-ombudsman hamkorligida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 2022 yil 12 sentyabr kuni tasdiqlandi va ijroga qaratilgan;
Hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari 16-28 sentyabr kunlariga belgilangan bo‘lib, respublika hududlarida uchrashuvlar tashkil qilish grafikka asosan Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman o‘rtasida o‘zaro bo‘lib olingan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni hamkorlikda tashkil etilgan;
Savdo-sanoat palatasi tomonidan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartish vazirligi bilan hamkorlikda) Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrining Mirobod, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Yakkasaroy va Yangihayot tumanlarida uchrashuvlar o‘tkazilgan;
Biznes-ombudsman tomonidan (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda) Andijon, Surxondaryo, Buxoro, Jizzax va Navoiy viloyatlarida hamda Toshkent shahrining Shayxontohur, Chilonzor, M.Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Bektemir tumanlarida uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

127 Hududlarda yangi sanoat zonalarini tashkil etish.

Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalarini tashkil etish.

Bunda:
sanoat zonalarining har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish;
elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi yetkazib berishni to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish (buning uchun 2022-yilda 1,5 trln. so‘m ajratish).

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

1. Respublika bo‘yicha jami 200 ta sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratyzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 2021 yilning 21 dekabrdagi 02-51-13881-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyun kuni “Hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-271-son qarori tasdiqlandi.
3. Mazkur qarorning 6-ilovasi bilan yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun maqbul yer uchastkalari ro‘yxati tasdiqlangan.
Ushbu qaror bilan sanoat zonalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun budjetdan jami 1,5 trln.so‘m mablag‘ ajratildi. Shu jumladan, EIZlarga 585,3 mlrd.so‘m, KSZlarga 434,0 mlrd.so‘m va YOSTZlarga 209,6 mlrd.so‘m.
Xususan, 
- ichimlik suvi va oqova suv tarmog‘iga – 300,7 mlrd so‘m;
- avtomobil yo‘llariga – 163,2 mlrd so‘m;
- elektr tarmog‘iga  – 620,1 mlrd so‘m;
- tabiiy gaz tarmog‘iga – 118,9 mlrd so‘m;
- irrigatsiya tarmog‘iga – 25,9 mlrd so‘m mablag‘lar ajratildi.
Ushbu qaror bilan ajratilgan 1,5 trln. so‘m mablag‘larning 702,7 mlrd so‘mi yildan yilga o‘tuvchi obyektlarga va 526,2 mlrd so‘mi yangi obyektlar ajratilgan.
Bugungi kunda, 405 ta yangi qo‘shilgan obyektlardan 131 tasi loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilishi jarayonida 23 tasida loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlangan va ekspertiza xulosasi olingan.

128 Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.

Faktoring bozorini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi tajribaga ega xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda:

faktoring bozorini rivojlantirish borasida banklar, nobank kredit tashkilotlari va ularning mijozlari faoliyatida mavjud muammo va to‘siqlarni o‘rganish;
banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan faktoring xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
faktoring bozorini rivojlantirish va elektron faktoringni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil dekabr

Markaziy bank

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Markaziy bank tomonidan Faktoring bozorini rivojlantirish borasida muammolar o‘rganilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra 2021 yil mart oyida bir nechta cheklov va to‘siqlar (faktoring xizmatlarini ko‘rsatish asosida to‘lovchi tomonidan moliya agentiga pul talabini bajarish muddatlari 90 kundan oshmasligi, faktoring operatsiyalarini amalga oshirishda tomonlardan talab qilinadigan hujjatlarning ko‘pligi hamda ushbu xizmatlardan barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo‘lgan shart va me’zonlar o‘rnatilganligi)ni nazarda tutuvchi “Tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bekor qilindi. Buning natijasida tadbirkorlar, shu jumladan, eksportchi korxonalarning aylanma mablag‘larini yetkazib berish zanjirida qulay shartlarda moliyalashtirilishi bo‘yicha tijorat banklari tomonidan erkin tarzda raqobatbardosh xizmatlar taklifi qilinishiga imkoniyat yaratildi.
   Shu bilan birga, mazkur o‘zgartirishlar va yengilliklar xalqaro moliya tashkilotlari hamda ekspertlar hamjamiyati tomonidan yuqori baholanib, tegishli hollarda O‘zbekiston Respublikasi budjeti va tijorat banklariga moliyaviy resurslar jalb etilishiga xizmat qilmoqda.
   Shuningdek, 2021 yil 24 avgustdagi F-5689-son farmoyishiga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Jahon banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan faktoring xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishida, shu jumladan, elektron faktoring platformasini yaratish, bu borada moliyaviy savodxonlikni oshirish va faktoring operatsiyalari uchun banklarga xorijiy mablag‘lar jalb qilish yo‘nalishlarida texnik ko‘mak jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
   2021 yil dekabrda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Faktoring sektorini rivojlantirish va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirishga yordam berish” yo‘nalishida texnik yordam ko‘rsatish loyihasi ishga tushirildi. Jumladan, ushbu loyiha doirasida xalqaro konsultant tomonidan 2022 yilda faktoring sektorini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqish, uni taqdimotini o‘tkazib muhokama qilish va kelishilgan konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarni 2022-2023 yillar davomida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
   Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) bilan xalqaro tajribaga ega konsultant yollash bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilib, uning natijasida Buyuk Britaniyalik konsultant tanlab olindi. Jalb etilgan konsultant tomonidan “O‘zbekistonda faktoring” konsepsiya loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (loyiha koordinatori) tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning (jumladan Markaziy bankning 2022 yil 24 iyundagi 32-09/986-son xati bilan taqdim qilingan) konsepsiya loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalari YETTBga taqdim qilindi. 
   Investitsiya va tashqi savdo vazirligi tomonidan barcha vazirlik va tashkilotlardan olingan  fikr-mulohazalar jamlanib, YETTB tomonidan o‘rganish uchun taqdim etildi.
   2022 yil 25 oktyabrda YETTB vakillari bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi (xususan, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha aniq takliflarni noyabr boshida taqdim etish zarurligi bildirildi) ammo, YETTB tomonidan faktoring bozorini rivojlantirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan dastlabki takliflar loyihasi (1-bosqichda Fuqarolik kodeksi uchun) 2022 yil 1 dekabr kuni taqdim qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 29 dekabrdagi 02-RA-2/1-3959-sonli topshirig‘iga muvofiq, mazkur band muddati 2024 yil 1 yanvar etib belgilandi)

129 Sharoiti “og‘ir” bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.

Sharoiti “og‘ir” bo‘lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz stavkada hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlari hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to‘lash tizimini joriy etish.

Qonun loyihasi 2022-yil oktyabr

Moliya vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

Moliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 63871).
Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 29 iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (O.Nasriddinxodjayev, 06/04-01-31/2634-son xat).
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (R.Abduqodirov, 02/63871/1-180-son xat).
Qonun loyihasi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan 2022 yil 31 oktyabrda Vazirlar Mahkamasiga yuborildi (S.Umurzakov, 02-2785-son xat).
Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 31 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qabul qilish uchun kiritildi (A.Aripov, 02/66277-1-1974-son xat).

130 Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish.

Eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 14 ta faoliyat turi bo‘yicha monopoliyalarni tugatish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari loyihalari 2022-yil sentyabr

Monopoliya qarshi kurashish qo‘mitasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-sonli Farmoni qabul qilindi.
131 Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.

1. “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish orqali:

davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;
tabiiy monopoliya holatini aniqlash bo‘yicha huquqiy instrumentlarni kengaytirish;
bozordagi ustunlik mavqeyini aniqlash mezonlarini takomillashtirish;
davlat ko‘magi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablarni belgilash;
auksion (birja) savdolarida manipulatsiyalarning mezonlarini va javobgarlikni kuchaytirish;
raqobatni cheklash holatlari uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Qonun loyihasi 2022-yil sentyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonuni loyihasi Vazirlar Mahkamasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 24/1-301-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgandan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 iyuldagi 02/1-765-sonli xati bilan loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan. 
Mazkur qonun loyihasida “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunlar birlashtirilgan. Shu bilan birga, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishining aniq mezonlari, tabiiy monopoliya holatini aniqlash bo‘yicha yangi yondashuv va aniq mezonlar, bozordagi ustunlik mavqeyini aniqlashning xalqaro amaliyotdan kelib chiqib takomillashtirilgan mezonlar, davlat ko‘magi (imtiyoz va preferensiyalar) shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar, auksion (birja) savdolarida manipulyatsiyalarning aniq mezonlari, raqobatni cheklash holatlari uchun moliyaviy sanksiyalar nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu qonun loyihasida ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda 82,1 % ovoz bilan qabul qilindi (08.11.2022 y.).

2. Tadbirkorlik faoliyatida erkin bozor tamoyillarini keng joriy etish, shu jumladan:

xomashyo va materiallar yetkazib berish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini shakllantirishda bozor mexanizmlariga to‘liq o‘tish;
ayrim tovarlar uchun belgilangan ma’muriy narxlarni bosqichma-bosqich bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari loyihalari 2022-yil sentyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 noyabrda "Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-430-son qarori qabul qilindi.

3. Tovar-xomashyo birjalari va uning professional ishtirokchilarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.

Bunda:
vakolatli organ tomonidan derivativlar, shu jumladan fyuchers savdolari bilan shug‘ullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyalash tizimini joriy etish hamda brokerlarga malakaviy talablarni belgilash;
birja savdolarida narxlar manipulatsiyasi, ichki (insayderlik) ma’lumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning boshqa raqobatga zid usullaridan foydalanishning oldini olish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash;
elektron birja savdo tizimi bo‘yicha aniq mezonlarni belgilash (dasturiy ta’minot shaffofligi, axborot xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazning mavjudligi va hokazo);

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyul

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 noyabrda "Tovar-xom ashyo birjalarining faoliyatini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 687-son qarori qabul qilindi.

tovar-xomashyo birjalariga nisbatan litsenziya talablarini qayta ko‘rib chiqish va ular tomonidan litsenziyalovchi organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyul

Litsenziyaga ega tovar-xomashyo birjalari

Амалий ишлар олиб борилмоқда
132 Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.

Tuman va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida Tadbirkorlar kengashini tashkil etish.

Bunda:
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Davlat xizmatlari agentligi, Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari hamda boshqa davlat organlarining bir-birini takrorlovchi, samarasiz va deklarativ funksiyalarni bekor qilish;
boshqaruv vertikali hamda o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha aniq vazifalar taqsimotini ishlab chiqish;
yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun zarur vakolat va mexanizmlarni aniq belgilab berish;
mahallalardagi “hokim yordamchilari” bilan o‘zaro samarali hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Adliya vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 66805).
Loyiha Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov huzurida himoya qilindi va tuman (shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, hokim yordamchilari hamda PQ–364-son qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etilganligi uchun hujjat loyihasini qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bildirildi.
Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan mazkur topshiriqni nazoratdan olish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari nomiga axborot xati kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi 02-PA 2/1-3574-son topshirig‘i va unga ilova qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim topshiriqlari ijro muddatini uzaytirish va nazoratdan chiqarish to‘g‘risida kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha taqqoslama ma’lumotning 100-bandiga asosan mazkur topshiriq nazoratdan chiqarildi.

133 Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali 2022-yilda daromadni kamida 25 foizga oshirish.

1. Mahsulot tannarxini 30 — 35 foizga qisqartirish, paxtadan o‘rtacha 37 sentner va g‘alladan 70 sentner hosil olishga erishish.

biologik eskirgan navlar o‘rniga serhosil, ertapishar, tola va don sifati yuqori bo‘lgan 8 ta g‘o‘za va 12 ta g‘alla navlari maydonini kengaytirish;
zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hisobiga paxta va don hosildorligini gektaridan 7 — 10 sentnerga oshirish;
200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarida lazerli tekislashni joriy qilish hisobiga 20 — 25 foiz suvni iqtisod qilish va qo‘shimcha 5 — 6 sentner hosil olish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Fanlar Akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PQ–106-son “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 4-ilovasi bilan “Respublikada 2022-2025 yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosilini 90 sentnerga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari takliflari asosida 2022 yil hosili uchun g‘o‘zani navlar bo‘yicha joylashtirish rejasi ishlab chiqildi. Bunda fermer xo‘jaliklari takliflari asosida jami 35 ta tumanlashgan va istiqbolli navlar (sh.j., 76,5 foiz maydonda ertapishar, 17,6 foiz maydonda o‘rtapishar, 1,2 foiz maydonda ingichka tolali, 0,8 foiz maydonda istiqbolli va 3,9 foiz maydonda yangi navlar) ekildi.
Shuningdek, biologik eskirgan navlar o‘rniga Buxoro-10 (52,5 ming. ga), S-8290 (75,0 ming. ga),
S-6775 (5,2 ming. ga), S-01 (4,2 ming. ga), O‘zPITI-202 (1,4 ming. ga), O‘zPITI-201 (1,3 ming. ga), Mang‘it-1 (2.4 ming ga) va S-4728 (0,8 ming. ga) navlari maydoni 142,8 ming gektarga kengaytirildi.
Joylardan olingan takliflarga asosan 134 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan jami 1 mln 34 ming gektar, shundan 101,4 mingga “qo‘shqator”, 352,7 ming ga “60 sm”, 106,4 mingga “76 sm” va 473,7 ming gektarda “90 sm” sxemada chigit ekilib parvarishlandi.
2022 yil 17 noyabr holatiga hududlarda 3 mln 504 ming tonna paxta xomashyosi yig‘ib-terib olindi.
QR, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida paxta yetishtirish shartnomaviy rejalari ortig‘i bilan bajarildi. Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida paxta yig‘im – terim mavsumini to‘liq yakunlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. 
Shuningdek, paxta yetishtirilgan 136 ta tumandan 104 tasida shartnoma rejasini bejarilgan bo‘lsa, 124 ta tumandan shartnoma rejasiga nisbatan 90 foizdan ortiq paxta xomashyosi yig‘ib olindi.
Natijada o‘rtacha paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlar xar gektar maydondan o‘rtacha 28-30 mln so‘mdan daromad qilib, 6 mln so‘mdan, respublika bo‘yicha jami, 6 trln so‘mga yaqin sof foyda olishga erishdilar.
G‘allachilikda hosildorlikni oshirish maqsadida 12 ta yangi va istiqbolli kuzgi bug‘doy navlari maydoni 654 ming gektarga kengaytirildi.
Xususan, joriy yil hosili uchun ochiq maydonlarning 57 ming gektariga lazerli tekislagichlar bilan ishlov berilib, 254 ming gektariga zamonaviy resurs tejamkor seyalkalarda don ekildi.
Joriy yil g‘alla vegetatsiya davrida 7,3 ming gektar maydonlarda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilindi.
2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari o‘rim-yig‘imini qisqa muddatlarda, 
nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish maqsadida jami 2 ming 633 ta o‘rim-yig‘im otryadlari tashkil etildi.
Tashkil etilgan g‘alla o‘rish otryadlariga, 3 ming 257 ta g‘alla o‘rish kombaynlari, 13 ming 675 ta don tashish avtotransportlari, 1 498 ta traktor tirkamalar, 1 374 ta ko‘chma ustaxonalar, 1 425 ta yoqilg‘i tashish transport vositalari biriktirildi.
Respublika hududlarida ekilgan 1 mln 32 ming gektar g‘alla maydonlaridan o‘rtacha 70 s/ga, jami 7,2 mln tonna don ishlab chiqildi, shundan, 2 mln 659 ming tn bug‘doy (o‘rt. 26 s/ga) “O‘zdonmahsulot” AK hududiy korxonalarining omborlariga xarid qilindi. Xususan:
a) Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln 842 ming tn tovar bug‘doy hamda 242,1 ming tn urug‘lik xarid qilindi;
b) 574 ming tn bug‘doy vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilindi.
Natijada o‘rtacha g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlar xar gektar maydondan o‘rtacha 24 mln so‘mdan daromad qilib, 7 mln so‘mdan, respublika bo‘yicha jami, 10 trln so‘mga yaqin sof foyda olishga erishdilar
Bugungi kunda 2023 yil hosili uchun hududlarida 1186,3 ming gektar (100%) g‘alla ekishga tayyorlanib (shundan 463,3 ming ga ochiq, 
723 mingga g‘o‘za qator orasiga), ekish ishlari yakunlandi. shundan 870 mingga (74,3%) birinchi va 185,3 mingga maydonlarda ikkinchi sug‘orish ishlari o‘tkazildi. Sug‘orilgan yerlarning 
882 mingga (74,3%) undirib olindi. Unib chiqqan maydonlarning 434,7 ming ga 1-2 barg, 285 mingga 3-4 barg va 162 mingga tuplangan. Hududlarda 142 ming tn maxalliy o‘g‘it jamg‘arilib, mavsumiy agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2. Meva-uzumchilikdayangidan 4 ta “In-vitro” laboratoriyalari hamda 4 ta zamonaviy ko‘chatxonalar tashkil etish orqali har yili kamida 10 mln dona virussiz ko‘chatlar yetishtirish.

Dunyodagi mashhur xo‘raki va vinobop uzumning 7 ta navlarini “In-vitro” (virussiz) usulida ko‘paytirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Namangan, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyat hokimliklari

Мамлакатимизда мева-узумчиликни ривожлантириш мақсадида янгидан “In-vitro” лабораториялари ҳамда замонавий кўчатхоналарни ташкил этиш орқали вируссиз кўчатлар етиштириш ҳамда дунёдаги машҳур хўраки ва винобоп узум навларини “In-vitro” (вируссиз) усулида кўпайтириш бўйича чора-тадбирлар дастури ишлаб чиқилди ва Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан (07.02.2022, 03/1-180-сон) тасдиқланди.
Академик М.Мирзаев номидаги Боғдорчилик узумчилик ва виночилик илмий-тадқиқот институтида хўраки ва винобоп узум навлари кўчатларини “In-vitro” (вируссиз) усулда кўпайтириш ишлари бошлаб юборилган.
Хоразм вилояти Урганч туманидаги лаборатория ва 0,5 гектарлик кўчатчиликка ихтисослашган иссиқхона кўрилиш ишлари тўлиқ якунланиб, оналик (банкада) кўчатлари етиштириш йўлга қўйилди . 
Мазкур лабораторияда 2023 йилдан бошлаб йилига 3,5 млн дона вилоят тупроқ-иқлим шароитларига мос, сертификатланган кўчатларни етиштириш учун 50 гектар ер майдонлари ажратилди.
Маҳаллий 10 та нав ва бир неча ноёб штаммлар “Курчатовский” институти (Россия) билан биргаликда узумнинг ҳосилдор, данаксиз экспортбоп навларини яратиш бўйича илмий ҳамкорлик ишлари йўлга қўйилиб, компания лабораториясида 500 гектарга мўлжалланган 50 мингта оналик (банкада) кўчатлари етиштирилди.
Чора-тадбир дастурида ижроси доирасида: 
Ҳудудларда 4 та “in-vitro” лабораториялар ва замонавий кўчатхоналар (Уйчи туманида М.Мирзаев номидаги БУВИТИ Наманган илмий-тажриба станциясида қуввати йилига 500 минг дона, Урганч туманида “Бене Фруитс” МЧЖда “ин-витро” лаборатория ва кўчатхона қуввати 3,5 млн дона ҳамда Қува туманида қуввати 4,5 млн дона, Паркент туманида қуввати 1,5 млн. дона) ташкил этилди.
“Бене Фруитс” МЧЖ “ин-витро” лабораториясига кўчат етиштириш учун 50 гектар майдон ажратилди ва 0,5 геткар иссиқхона кўрилди. 
Натижада ҳар йили 10 млн дона вирусдан ҳоли бўлган мевали ва узум кўчатларини кўпайтириш йўлга қўйилди.
Жумладан, Россия Федерациясидаги “Курчатовский” институти билан биргаликда узумнинг 10 та ҳосилдор, данаксиз экспортбоп навларини яратиш бўйича академик М.Мирзаев номидаги БУВИТИ ва “Denova Agro" компанияси “in-vitro” лабораториясида 50 минг дона оналик (банкада) кўчатлари етиштирилди.
Хориждан олиб келинган 12 та узум нави (Neuburger; Belijmuskat; Furmint 78; Chasselas rouge Oliver; lrsai kt.l1; Grner veltliner A1-2; Gewrztraminer 48; Chardonnay 72; Chardonnay Gm1; Chardonnay 
98; Furmint 92; Сhasselas blanc) олиб келиниб, Тошкент давлат университетининг “In-vitro” лабораториясида 4 та узум нав (Venus, Himrod, Vanessa, Lakemont) кўпайтириш таъминланди.
Шунингдек, Самарқандда “Оҳалик олтин боғлари” МЧЖга тегишли “In-vitro” лабораториясида узумнинг винобоп 8 та янги навлари (Fianna, Viognier, Negro Amaro, Chardonnay, Piano Noir, Riesling, Rkatsitelli, Montepulciano) ҳамда “Denova Agro" лабораториясида узумнинг 31 та янги нави (12 таси хўраки) ва 3 хил пайвандтаги, "SAG AGRO" ва "Agro in vitro” МЧЖларда 18 та янги нав (саноатбоп, хўраки, пайвандтаг) қўпайтириш йўлга қўйилди.

3. Sabzavot va poliz ekinlarini seleksiyasini kuchaytirish hisobiga mahalliy navlarning ulushini oshirish.

Kartoshkaning virusga chidamli 2 ta navi asosida mahalliy navlarni yaratish;
23 ming gektarda sabzavot ekinlarini intensiv usulda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil 1 chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali 2022 yilda daromadni kamida 25 foizga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (22.02.2022 y., 03/1-180-son).
Chora-tadbirlar dasturi joylarga yetkazilib, respublikada sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka seleksiyasini rivojlantirish maqsadida kartoshkaning virusga chidamli mahalliy navlarini yaratish hamda sabzavot ekinlari urug‘larini intensiv usulda yetishtirish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tajribalar asosida tanlangan Vengriya seleksiyasiga mansub 5 ta kartoshka navi O‘zbekiston sharoitida istiqbolli deb topildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar takliflariga asosan 23 ming gektar intensiv usulda sabzavot ekinlarini ekadigan tashabbuskorlarning ro‘yxati shakllantirildi, joriy etiladigan intensiv texnologiyasi va ekiladigan ekin turlari aniq belgilandi.
Intensiv sabzavot maydonlarining 11,4 ming gektarida tomchilab sug‘orish, 882 gektarida yomg‘irlatib sug‘orish, 134 gektarida pulsar usulida sug‘orish texnologiyalari joriy qilindi hamda
123 gektarda pikrovka, 695 gektar va 9,7 ming gektarda intensiv usulda ko‘chat yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
Kartoshkaning tashqi muhit omillariga, virus, kasallik va zararkunandalarga qarshi navlarini yaratish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti tomonidan Turkiya davlatidan 9,3 tonna kartoshkaning 5 ta navi olib kelindi.
Ekin maydonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat hududlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar takliflariga asosan 23 ming gektar intensiv usulda sabzavot ekinlarini ekadigan tashabbuskorlarning ro‘yxati shakillantirildi.
Joriy etiladigan intensiv texnologiyalar va ekiladigan ekin turlari aniq belgilandi.

Jami 23,4 ming ga (rejaga nisbatan 100%), shundan, 11,1 ming ga tomchilab sug‘orish, 882 ga yomg‘irlatib sug‘orish, 123 ga pikrovka, 481 ga termos, 134 ga pulsar, 695 ga “Net House” hamda 
9,9 ming ga intensiv ko‘chat usulida ekish joriy qilindi;
Ma’lumot uchun: 5,8 ming ga pomidor, 1,2 ming ga bodring, 2,4 ming ga shirin qalampir, 295 ga achchiq qalampir, 2,6 ming ga karam, 6,6 ming ga piyoz, 
3,1 ming ga sabzi va 1,4 ming ga boshqa sabzavotlar.
Joylarda ekinlar ekilgan maydonlarda ekin turidan kelib chiqib, belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazildi va natijada 
631 ming tn mahsulot yetishtirilib, ichki bozorlar va qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, Institut olimlari tomonidan kartoshka “Botond”, “Balatoni rozsa”, “Balatoni Sarga”, “Démon”, “White Lady” navlari o‘rganilib Toshkent viloyati uchun istiqbolli deb topildi.
Sabzavot mahsulotlari hosildorligini oshirish maqsadida joriy yilda 23 ming gektarda intensiv usulda sabzavot ekinlari ekildi. 
Jumladan, 11,4 ming ga tomchilab sug‘orish, 
882 ga yomg‘irlatib, 134 ga pulsar sug‘orish usulida, 123 ga pikirovka, 695 ga "Net House" va 9,7 ming ga yuqori hosilli ko‘chat intensiv usulida ekildi.
Natijada o‘rtacha meva sabzavot yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va klasterlar xar gektar maydondan o‘rtacha 60-90 mln so‘mdan daromad qilib, o‘rtacha 10-15 mln so‘m sof foyda olishga erishdilar.

4. Hududlarda 110 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari va 35 ta g‘allachilik klasterlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Bunda, klasterlarning meva-sabzavot va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini hamda eksportdagi ulushini 2 baravarga va ish o‘rinlarini 3 baravarga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2022 yilda 35,1 ming gektar maydonda faoliyat yurituvchi 20,6 mingdan ortiq subyektlar ishtirokida 114 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari tashkil etildi. (sh.j: Qashqadaryo viloyatida meva-sabzavotni qayta ishlash korxonalari bilan hamkorlikdagi 74 ta kooperatsiya tashkil etildi. 2022 yil iyul-avgut oylarida Farg‘ona viloyatida 30 ta kooperatsiya (22.08.2022y, 01/03/2231-son Farg‘ona viloyati QX boshqarmasi) hamda Samarqand viloyatida 10 ta yangi kooperatsiya tashkil etildi (21.11.2022 y, 01/029-1221-son Samarqand viloyati QX boshqarmasi).
Natijada, respublikada 51 ming gektar maydonda 178 ta kooperativ faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 26,9 mingdan ortiq a’zolari mavjud. (4 mingta fermer xo‘jaligi, 67 ta qayta ishlash korxonasi, 82 ta eksportyor, 182 ta tayyorlovchi korxona hamda 22,5 mingta boshqa subyektlar (shundan 8,7 ming nafar ayollar (33%) tashkil etadi).
2022 yilda g‘allachilik sohasida katta tajribaga ega 94 ta yangi tashabbuskorlar ro‘yxati shakllantirilib, ular orasidan salohiyatli 64 ta klaster tanlab olindi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi (QQRda 10 ta, Buxoroda 3 ta, Jizzaxda 1 ta, Qashqadaryoda 8 ta, Namanganda 2 ta, Samarqandda 22 ta, Surxondaryoda 10 ta, Toshkentda 2 ta, Farg‘onada 6 ta).
Bugungi kunda 24 ta loyiha doirasida 245,6 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirilib, 5 ta loyiha ishga tushirildi hamda 327 nafar ish o‘rni yaratildi.
Yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 
2,2 barobarga, eksportni esa 2,1 barobarga oshirilishiga erishildi. Bundan tashqari tashkil etilgan kooperativlarda va amalga oshirilgan loyihalar hisobiga 21 ming nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, meva-sabzavotchilik sohasida 103 ta salohiyatli yangi klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ularning umumiy soni 249 taga yetkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta, Andijonda 10 ta, Buxoroda 6 ta, Jizzaxda 2 ta, Qashqadaryoda 23 ta, Navoiyda 2 ta, Namanganda 4 ta, Samarqandda 2 ta, Surxondaryoda 3 ta, Toshkentda 12 ta, Farg‘onada 12 ta, Xorazmda 13 ta yangi klasterlar tashkil etildi.
Shu bilan birga, 114 ta yangi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan kooperatsiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi, umumiy soni 178 taga yetkazildi. 
Klasterlar tomonidan qiymati 46,5 mlrd. so‘mlik 9 ta yangi loyiha amalga oshirildi, 175 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
2022 yilda g‘allachilik sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan 94 ta yangi tashabbuskorlar ro‘yxati shakllantirilib, ular orasidan salohiyatli 64 ta klasterlar tanlab olindi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 ta, Buxoroda 3 ta, Jizzaxda 1 ta, Qashqadaryoda 8 ta, Namanganda 2 ta, Samarqandda 22 ta, Surxondaryoda 10 ta, Toshkentda 2 ta, Farg‘onada 6 ta. 
24 ta loyihaga 245,6 mlrd.so‘mlik mablag‘lar moliyalashtirildi, shundan 5 ta loyiha ishga tushirildi, 327 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2,2 barobarga, eksportni esa 2,1 barobarga oshirilishiga erishildi. Bundan tashqari tashkil etilgan kooperativlarda va amalga oshirilgan loyihalar hisobiga 21 ming nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

134 Qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur’atlarini kamida 5 foizgayetkazish.

1. 2022-yilda dehqonchilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 6 foizga oshirish choralarini ko‘rish.

(23,7 mln tn asosiy turdagi meva-sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlarini yetishtirish);
sabzavot ekinlarini 157,4 ming gektarga ekish hamda o‘rtacha hosildorlikni 234 sentnerdan 260 sentnerga yetkazish;
kartoshka asosiy maydonlarini 22 ming gektarga oshirib, 71,8 ming gektarga yetkazish hamda hosildorlikni 210 sentnerdan 230 sentnerga yetkazish;
poliz ekinlari asosiy maydonlarini 4,4 ming gektarga oshirib, 75,9 ming gektarga yetkazish hamda hosildorlikni 170 sentnerdan 200 sentnerga yetkazish;
25 ming gektarda intensiv bog‘lar va 50 ming gektarda yangi uzumzorlar barpo etish hamda o‘rtacha hosildorlikni mevada 84 sentnerdan 110 sentnerga, uzumda 120 sentnerdan 135 sentnerga yetkazish.

2. 2022-yilda chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 6,2 foizga oshirish choralarini ko‘rish.

qoramollar bosh sonini 14,5 mln boshga, shundan sigirlar bosh sonini 4,9 mln boshga, go‘sht ishlab chiqarishni 2,7 mln tonnaga, sut12,2 mln tonnaga yetkazish.
8,2 mlrd dona tuxum va 468,4 ming tn parranda go‘shti ishlab chiqarish.
700 ming tonna baliq ishlab chiqarish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish suratlarini kamida 
5 foizga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (23.02.2022 y., 03/1-180-son).
Chora-tadbirlar dasturi:
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji va tashqi bozorning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabidan kelib chiqib qishloq xo‘jaligining 2022 yil uchun maqsadli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligi foydalanishida bo‘lgan yer maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekilishi, agrotexnikasi va hosil yig‘imini to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash;
eskirgan va yangi maydonlarga intensiv bog‘ va uzumzorlarni tashkil etish;
chorvachilikda chorva parranda bosh soni hamda ozuqa bazasini rivojlantirish orqali chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish;
tabiiy va sun’iy hovuzlar imkoniyatidan kelib chiqib respublika bo‘yicha baliq yetishtirish mahsuldorligini 2 barobarga oshirishga qaratilgan.
2022 yilda prognoz ko‘rsatkichlarga asosan yillik o‘sish sur’ati 4,7% qilib belgilandi.
Qishloq xo‘jaligining o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida respublika bo‘yicha dehqonchilikda 7,8 mln tn don va dukkali don, 3,5 mln tn paxta, 3,5 mln tn kartoshka, 11,6 mln tn sabzavot, 2,4 mln tn poliz, 3 mln tn meva, 1,8 mln tn uzum, chorvachilikda 2,7 mln tn go‘sht (tirik vaznda), 11,8 mln tn sut, 8,7 mlrd dona tuxum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirildi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Sabzavotlarni vaqtinchalik tonnellar ostida yetishtirish bo‘yicha qo‘llanma”, “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish texnologiyasi” to‘g‘risidagi tavsiyanomalar vazirlikning 06/33-04/597-son hamda “Noqulay ob-havo sharoitida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini ekish va sifatli hosil bo‘yicha” ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, vazirlikning joriy yil 28 martdagi 02/33-06/1633-son xati bilan hududlardagi fermer, dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga amaliy faoliyatda foydalanish maqsadida viloyatlar hokimliklariga yuborildi.
Shuningdek, 2023 yil hosili uchun 2022 yil avgust-sentyabr oyida sarimsoqpiyoz va piyoz hamda noyabr’-dekabr’ oylarida to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish, zaruriy agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish hamda hosilga hosil qo‘shish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI olimlari tomonidan ilmiy asosga ega tavsiyanomalar ishlab chiqilib, vazirlikning 2022 yil 10 avgustdagi 02/33-05/548-son xati bilan hududlardagi sabzavotchilik bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga yuborildi.
Joriy yilda fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlariga 158,3 ming ga sabzavot, 93,5 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 45 ming ga ko‘p) kartoshka, 76,3 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 3,9 ming ga ko‘p) poliz ekinlari ekildi. 
Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining takroriy maydonlariga 96,0 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 5,1 ming ga ko‘p) sabzavot, 26,9 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 5,8 ming ga ko‘p) kartoshka, 33,8 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 247 ga ko‘p) poliz ekinlari ekildi.
Joriy yilda respublika hududlarida jami 
25 ming gektar mevali bog‘lar va 50 ming gektar yangi tokzorlar barpo etildi. 
Hisobot davrida 2022 yilda prognoz ko‘rsatkichlarga asosan yillik o‘sish sur’ati 
4,7% qilib belgilandi.
Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining takroriy maydonlariga 96 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 5,1 ming ga ko‘p) sabzavot, 26,9 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 5,8 ming ga ko‘p) kartoshka, 33,8 ming ga (o‘tgan yilga nisbatan 247 ga ko‘p) poliz ekinlari ekildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan “Uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha doimiy loyiha ofislari”ga Agentlik xodimlari biriktirildi;
Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda “Iqlim-tuproq va boshqa sharoitlardan kelib chiqib, amalda qo‘llanilayotgan texnologik jarayonlar tahlili hamda yangi agrotexnik tavsiyalar” ishlab chiqildi;
Agentlik huzuridagi “Uzumchilik o‘quv Markazi” DUK tomonidan respublikadagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining professor, dotsent va tajribali pedagoklarini jalb qilgan holda “Tokzorlarda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish” mavzusida 48 soatlik bepul o‘quv amaliy kurslar tashkil etildi;
o‘quv kurslari davomida 950 nafar uzumchilik xo‘jaliklari rahbar va agronomlarining malakasi oshirildi va tegishli sertifikatlar taqdim etildi;
hududlarda jami 46,8 ming gektar, shundan bahor mavsumida 37,8 ming gektar, kuz mavsumida 9,0 ming gektar maydonda yangi tokzorlar barpo etildi;
9048 gektar maydondagi uzumzorlarda resurs tejovchi texnologiyalar joriy qilindi;
8627 gektar foydalanishdan chiqqan, 13208 gektar lalmi va yaylov yerlar o‘zlashtirilib, 
3635 gektar iqtisodiy samarasiz bog‘-tokzorlar o‘rniga istoqbolli tok ko‘chatlari ekildi;
respublika hududlarida 3,2 ming gektar maydonga yangi tokzorlar barpo etish uchun yer tayyorlash va tok ko‘chatlarini ekish ishlari davom ettirilmoqda;
fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 1,0 mln. tonna uzum yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 148 sentnerga yetkazildi.

135 Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish.

Bog‘dorchilikka 46 ta, uzumchilikka 48 ta, sabzavot — polizchilikka 51 ta, kartoshkachilikka 40 ta tumanni ixtisoslashtirish.

Ushbu tumanlarda plantatsiya usulida 25 ming gektar mevali bog‘, 50 ming gektar uzumzor, 49 ming gektar sabzavot, 24 ming gektarga poliz, 20 ming gektarga kartoshka ekilishini ta’minlash. 

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Fermer, dehqon ho‘jaliklari va shaxsiy tomorqa yer egalari kengashi

Kadastr agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (22.02.2022 y., 03/1-180-son).
Respublika bo‘yicha 46 ta tumanni bog‘dorchilikka, 48 ta tumanni uzumchilikka, 51 ta tumanni sabzavot – polizchilikka va 40 ta tumanni kartoshkachilikka ixtisoslashtirish maqsadida 2022 yil bahor oylarida ekish uchun zarur bo‘ladigan urug‘lik materiallari tayyorlandi.
Buning uchun urug‘lik materiallarini yetkazib beruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro shartnomalar tuzilishi ta’minlandi.
Chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra yil yakuniga qadar muayyan ekin turiga ixtisoslashgan tumanlarda plantatsiya usulida 25 ming ga (15 ming ga bahorda) mevali bog‘, 50 ming ga (20 ming ga bahorda) uzumzor, 49 ming ga sabzavot, 24 ming ga poliz, 20 ming ga kartoshka ekish ishlarini monitoring qilish bo‘yicha joylarga 2022 yil 17 martdagi 06/33-06/1321-son xati yuborildi. 
2022 yil hosili uchun 46 ta tuman bog‘dorchilikka, 48 ta tuman uzumchilikka hamda 40 ta tuman (46,5 ming ga kartoshka) kartoshkachilikka ixtisoslashtirildi. 
2022 yilda 51 ta ixtisoslashgan tumanlarda asosiy maydonlarga 66 mingga sabzavot, 42,6 mingga kartoshka hamda 21,1 mingga poliz ekinlari ekildi hamda 25 mingga mevali bog‘lar hamda 50 mingga uzumzor barpo qilindi.
Joylarda, mevali bog‘larni va uzumzorlar barpo etish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashtirilishi mo‘ljallangan 4 109 ta mahalladan joriy davrgacha 3 867 tasi muayyan ekin turi yetishtirishga ixtisoslashtirildi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 182 ta, Andijon viloyatida 468 ta, Buxoroda 183 ta, Jizzaxda 144 ta, Qashqadaryoda 296 ta, Navoiyda 93 ta, Namanganda 387 ta, Samarqandda 439 ta, Surxondaryoda 377 ta, Sirdaryoda 94 ta, Toshkentda 441 ta, Farg‘onada 559 ta va Xorazmda 204 ta mahalla “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida ixtisoslashtirildi.
51 ta ixtisoslashgan tumanlarda qariyb 290 mlrd so‘mlik 18,1 mln dona ko‘chat yetkazib berildi.
19,5 ming gektar yangi mevali bog‘lar barpo etildi.
141,5 mlrd so‘mlik 30,2 mln dona tok ko‘chatlari yetkazib berildi.
Tokzor barpo etish uchun 26 ming ga yer maydoni tayyorlandi, 21,6 ming gektar uzumzor barpo qilindi.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanlarda asosiy maydonlarga 48 ming gektar sabzavot, 44,6 ming gektar kartoshka hamda 24 ming gektar poliz ekinlari ekildi.

136 Qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish.

1. Yerlarni foydalanishga kiritishda zaruratga ko‘ra tik quduq qazish va nasos agregatini o‘rnatish xarajatlarining 120 mln.so‘mgacha bo‘lgan qismini subsidiya hisobidan qoplab berish mexanizmini tatbiq etish.

2. Suv tejash texnologiyalarini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish tartibini takomillashtirish. Bunda:

birinchi yili subsidiyaning 50 foizini berish, hosildorlik oshishi va uskunalar ishlatilishiga qarab, kelgusi yili qolgan 50 foizini to‘lab berish;
yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga, fermerlarga uchinchi yilda qo‘shimcha 20 foiz subsidiya berish;
suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatuvchi korxonalarning yagona elektron reyestrini joriy qilish, subsidiyalarni unga kirgan korxonalar ishtirokida amalga oshirilgan loyihalarga berish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil aprel

Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyunda “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq harajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 316-son qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyunda “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 315-son qarori qabul qilindi.

3. Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy qilish xarajatlarining bir qismini subsidiya hisobiga qoplab berish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

“Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy qilish xarajatlarining bir qismini subsidiya hisobiga qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qaror loyixasi ishlab chiqilib, vazirlikning 2022 yil 24 iyundagi 03/28-04/4159-sonli xati bilan project.gov.uz portaliga (ID-63485) joylashtirildi. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi, Adliya vazirligi huquqiy ekspertiza xulosasi olindi. 
Qaror loyihasi vazirlikning 2022 yil 22 avgustdagi 02/28-03/5831-sonli xati bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

4. Qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, shu jumladan “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida”gi qonunini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil noyabr

Moliya vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 oktyabrda PQ–387-son qarori qabul qilindi, qarorga asosan:
a) kredit mablag‘larining qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha yoki hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sifatida qabul qilinib, kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi mumkinligi;
b) qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berilishi belgilandi.
Shuningdek, “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida” qonunini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan:
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Ispaniyaga tashrif buyurishdi;
Ishchi guruh tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosiliga yetkazilgan zararni baholash va qoplab berish mexanizmlarini o‘rganish uchun Turkiya Respublikasiga xorijiy safar uyushtirildi;
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha to‘plangan xorijiy tajriba bo‘yicha yuqori turuvchi davlat organlariga ma’lumot tayyorlandi hamda “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida” qonunini qabul qilish masalasi ko‘rib chiqilib, 2022 yil 5 dekabrdagi 694-son Hukumat qaroriga muvofiq Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar ilg‘or xalqaro tajribalarni atroflicha o‘rgangan holda “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida” qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi.
Qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimini takomillashtirish maqsadida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqilib, vazirlikning 
2022 yil 16 noyabrdagi 03/28-03/8469-son xati bilan Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga taqdim etildi.

137 Yangi va foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar maydonni o‘zlashtirish.

1. Sug‘orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larni (respublika va mahalliy budjet hamda tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari) aniq hisob-kitob qilgan holda, 2022-yilda yangi va foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish hamda mablag‘ ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish.

2. Yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga jami 2022-yilda 1,5 mln tonna qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil mart

Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

Kadastr agentligi

2022 yilning 21 fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan (2022 yil 18 fevraldagi 02/26-03/557-son xat) Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2022 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi kiritilgan.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyunda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-273-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan 2022 yilda 133,6 ming gektar yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari  tasdiqlandi hamda 2-ilovasi 11-bandi bilan amalga oshiriladigan tadbirlar va mablag‘ ajritish yo‘nalishlari belgilandi. 
Bugungi kunda 102 976 gektar, shundan 63 521 gektar sug‘oriladigan va 39 455 gektar lalmi va yaylov yer maydonlari qayta foydalanishga kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 fevraldagi 03/1-180-son topshirig‘i asosida Qorqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan sug‘orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va boshqa tadbirlar bilan yerlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlangan. 
Suv xo‘jaligi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar, mahalliy budjet hisobidan qayta foydalanishga kiritiladigan yerlar hamda klaster, fermer xo‘jaligi yoki boshqa tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan qayta foydalanishga kiritish nazarda tutilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 martdagi 03/1-180-son topshirig‘i asosida Qishloq xo‘jaligi vazirligi barcha viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda foydalanishga kiritiladigan 129,6 ming gektar maydonda yetishtiriladigan 1,5 mln tonna mahsulotlar turi va miqdorining manzilli dasturlari ishlab chiqildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 martdagi 03-03/1-190-sonli bayoni tasdiqlandi.

138 Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 1,5 barobar va issiqxonalarni 1,2 barobar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 mlrd AQSh dollariga oshirish.

1. 2022-yilda 25 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orishni joriy qilgan holda, intensiv bog‘larni tashkil qilish.

2. “Tayyor holda topshirish” mexanizmi asosida 1,5 ming gektarda intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish.

3. Iqtisodiy samarasiz bo‘lgan 8 ming gektar bog‘larni rekonstruksiya qilish.

4. Sertifikatlangan 5 mln dona meva ko‘chatlari bilan ta’minlash.

5. 2022-yilda 50 ming gektar maydonda tokzor barpo etish va buning uchun 66 mln dona ko‘chatlarni yetkazib berish.

6. 2022-yilda 1 ming gektarda issiqxonalarni tashkil etish va jami maydonni 6,5 ming gektarga yetkazish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 03/1-180-son bilan “Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 1,5 barobar va issiqxonalarni 
1,2 barobar ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. 1. Joriy yilda respublika hududlarida jami 25 ming gektar mevali bog‘lar barpo qilindi shundan, bahorda 19,5 ming ga (rejaga nisb. 130%) va kuz mavsumda 20,5 ming ga mevali bog‘lar barpo etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 720 ga, Andijonda 611 ga, Buxoroda 719 ga, Jizzaxda 4,4 ming ga Qashqadaryoda 939 ga, Navoiyda 264 ga, Namanganda 2,4 ming ga, Samarqandda 902 ga, Surxondaryoda 5,0 ming ga, Sirdaryoda 765 ga, Toshkentda 654 ga, Farg‘onada 504 ga va Xorazmda 1,6 gektar. 
Belgilangan bog‘larni barpo etish uchun 21,1 mln dona ko‘chatlar ekildi.
Ko‘chatlarni ekish ishlari davom etmoqda.
2. Tayyor holda topshirish mexanizimi bo‘yicha bugungi kunda jami 364 gektar maydon, shundan Baxmal tumanida 167 ga (23.09.2021y., 94-3-44-Q/21-son qaror), Chinoz tumanida 44 ga (07.06.2021y., 74-10-144-Q/21-son) Oqqo‘rg‘on tumanida 103 ga (30.05.2021y., 73-10-133-Q/21-son) hamda Ohangaron tumanida 50 ga (08.06.2021y., 844-son) bog‘ va uzumzorlar tashkil etish uchun “Agroservis operator” DUK balansiga o‘tkazib berilgan.
“Tayyor holda” bog‘ barpo etish bo‘yicha Chinozda 44 gektar shaftoli, To‘raqo‘rg‘onda 30 gektar gilos, Qamashida 40 gektar bodom, Bag‘dodda 30 gektar gilos, O‘rtachirchiqda 40 gektar shaftoli jami 184 gektar maydonda mevali bog‘lar tashkil etishga tender savdolariga qo‘yilgan. Hozirda pudratchi tashkilotlar hujjatlari jahon banki ekspertlari tomonidan baholash ishlari amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, “Agroservis operator” DUK balansiga o‘tkazilgan Baxmal tumanidagi 167 ga va Oqqo‘rg‘on tumanidagi 103 ga hamda Ohangaron tumanidagi 50 ga yer maydonlari irrigatsiya va yerlarning meliorativ holati konsultantlar tomonidan o‘rganilib, tender savdolari bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash yakunlanmoqda. 
Xalqaro konsultantlarning xulosasi bilan jami 320 gektar yer maydonlariga tender savdolarining e’lon qilish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Bo‘ka tumanida 94 ga, O‘rtachirchiq tumanida 42 ga, G‘allaorol tumanida 100 ga va Yangiobod tumanida 50 ga, Bulung‘ur tumanida 100 ga, G‘uzor tumanida 19 ga va Kitob tumanida 10 ga hamda boshqa o‘zlarining yer maydonlari mavjud bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik subyektlardan tushgan murojaatlarga asosan 800 gektardan ortiq yer maydonlari Jahon bankining tegishli mutaxassislari tomonidan, yerlarning meliorativ holati, ekologik va ijtimoiy talablariga mos kelishi o‘rganildi.
Shu bilan birga, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi qoshidagi “Grape and garden” MCHJ tomonidan jami 368 gektar bog‘ va tokzorlar tashkil etildi. Jumladan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 128 ga (o‘rik va gilos) va Surxandaryo viloyati Oltinsoy tumanida 50 ga maydonda zaytun xamda Andijon viloyati Asaka tumanida 190 ga yer madonida uzum bog‘lari barpo etildi. Hozirda Farg‘ona viloyatida barpo etilgan bog‘lar tayyor holda topshirish mexanizmi asaosida elektron auksion savdolariga chiqarildi.
3. Mavjud 247 ming gektar bog‘lar xatlovdan o‘tkazildi, iqtisodiy jihatdan samarasiz deb 9,7 ming ga bog‘lardan, 9,7 ming ga samarasiz bog‘lar qayta rekonstruksiya qilindi. 
Joylarda rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda.
4. Rekonstruksiya qilinadigan maydonlarga 5,3 mln. dona mevali ko‘chatlar yetkazib berildi. 
5. 2022 yilning bahor-kuz mavsumida jami 50 ming ga (bahorgi reja 20 ming ga) uzumzor plantatsiyalari tashkil etish bo‘yicha joylardan takliflar olingan bo‘lib, amalda 50 ming gektar shundan,  bahor mavsumida 21,6 ming ga (bahorgi rejaga nisb. 108%) va kuz oylarida 28,4 ming ga yangi tokzorlar barpo etildi. 
Ko‘chatlarni ekish ishlari davom etmoqda.
 (QRda 646 ga, Andijonda 486 ga, Buxoroda 1,0 ming ga, Jizzaxda 6,0 ming ga, Qashqadaryoda 1,6 ming ga, Navoiyda 839 ga, Namanganda 1,3 ming ga, Samarqandda 4,1 ming ga, Surxondaryoda 2,0 ming ga, Sirdaryoda 139 ga, Toshkentda 1,6 ming ga, Farg‘onada 1,1 ming ga, Xorazmda 505 ga) Uzumzorlarni barpo etish uchun 66,2 mln dona ko‘chat talab etilishi hisob-kitob qilinib, to‘lliq yetkazib berildi.
6. 2022 yil 20 dekabr holatiga qiymati 1,8 trln so‘mlik 194 ta loyihada 553 gektar zamonaviy issiqxonalar ishga tushirildi va umumiy maydoni 6,2 ming gektarga yetkazildi.

7. Eksport salohiyatini kelgusi 3 yilda yana 1 mlrd AQSh dollariga oshirish choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini kelgusi 3 yilda yana 1 mlrd AQSH dollariga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi (07.02.2022 yil, 03/1-180-son). Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida yangi o‘zlashtiriladigan davlatlarga joriy yil yanvar-dekabr oylari uchun 175,1 mln AQSH dollari qiymatidagi eksport hajmlari belgilab olindi.
Mazkur dasturdagi topshiriqlarga asosan, joriy yilda 5,6 trln. so‘m qiymatdagi 523 ta tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chikarish bo‘yicha loyihalarini manzilli dasturi shakllantirildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish maqsadida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda respublikamizda yetishtirilgan va ishlab chiqariladigan meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ayrim davlatlarning talablari o‘rganilmokda va yangi bozorlar izlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Natijada, eksport geografiyasi kengayib, yangi 15 ta (Jazoir, Misr, Ummon, Marokash, Albaniya, Norvegiya, Gonkong, Panama, Braziliya) bozorlarga mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yilib, 75 ta davlatga 870 mln. dollarlik (108%) 1,2 mln tn meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilindi.
Rossiyaga 381,4 mln.doll., Qozog‘istonga 173 mln.doll., Pokistonga 67 mln.doll., Afg‘onistonga 22,3 mln.doll., Belorusiyaga 16,1 mln.doll. hamda Germaniyaga 6,1 mln.doll. 
Shuningdek, Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Fruit Logistica” butunjahon savdo yarmarkasida o‘zbek brendi asosida eksportyor korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida imzolangan “O‘zbekiston-Rossiya” logistik korridorlarni rivojlantirish sohasida o‘zaro anglashuv Memorandumiga asosan, mahsulotlarni qisqa muddatlarda yetkazilishini ta’minlaydigan, “yashil yo‘lak” tamoyili bo‘yicha mahsulotlarni tashishni nazarda tutuvchi “AGROEKSPRЕSS” loyihasi doirasida Toshkent - Moskva va Moskva - Toshkent yo‘nalishlarida jami 4 ta qatnov amalga oshirilib, 2 ta tadbirkorlik subyektining 6 turdagi 250 ming dollardan ortiq qiymatdagi 205 tonna mahsulotlari eksport qilindi.
Shuningdek, Rossiya va qushni davlatlarga eksport hajmini keskin oshirish yuzasidan Respublika shtabi tashkil etilib, eksportni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda yangi shartnomalar tuzishda tadbirkorlarga yordam berib kelinmoqda.

139 Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ish-reja va dasturni tasdiqlash.

Qonun loyihasida:

tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish shartlari;
tuproqlar va uning unumdorligini muhofaza qilishning iqtisodiy choralarni belgilash;
tuproq holatini yaxshilab, unumdorligini oshirishga erishgan yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish masalalarini nazarda tutish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ish-reja va chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (24.02.2022 yil, 03/1-180-son).

2. O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi 2022-yil oktyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida” Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ish-reja va chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (24.02.2022 y., 03/1-180-son).
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida” Qonuni loyihasi ishlab chiqildi (ID 57353).
Qonun loyihasi 42 ta vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Qonun loyihasi takliflar asosida qayta ishlandi.
Qonun loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (R.Abduqodirov, 02/57Z53/1-180-son xat).
Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 22 noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qabul qilish uchun kiritildi (03/57353/1-180-son xat).
Hozirda qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rilmoqda. 
Hisobot davrida:
tuproq unumdorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha jami 532,6 ming gektar (shundan Surxondaryo 270,1 ming gektar, Sirdaryo 265,5 ming gektar) sug‘oriladigan yerlar tuproq sifatini baholash loyiha-qidiruv ishlari amalga oshirildi;
jami 756 ming gektar (shundan Andijon viloyati 231 ming gektar, Surxondaryo viloyati 270 ming gektar, Sirdaryo viloyati 255 ming gektar) sug‘oriladigan yerlarda agrokimyoviy tahlillar o‘tkazilib, agrokimyo kartogrammalar ishlab chiqildi.

140 Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.

1. Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Andijon, Navoiy, Xorazm viloyatlari agroxizmatlari markazlarini tashkil etish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni xizmatlar bilan qamrab olish darajasini 30 foizga yetkazish.

Har bir hududiy agroxizmatlar markazlariga 12 nafardan (8 ta yo‘nalishda, o‘simliklar himoyasi va karantini, zootexniya, mexanizatsiya, agrokimyo-tuproqshunoslik, agronomiya, veterinariya, iqtisodiyot, irrigatsiya), jami 72 nafar xodimlarni jalb etish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Respublika hududlarida agroxizmatlari markazlarini tashkil etish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni xizmatlar bilan qamrab olish darajasini 30 foizga yetkazish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (07.02.2022 yil, 03/1-180-son). Bugungi kunda Andijon, Farg‘ona va Navoiy, Jizzax viloyatlari AKIS markazlarida mahalliy budjet hisobida loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqildi. 
Joriy yil dekabr oyida Andijon va Farg‘ona viloyatlari AKIS markazlari binolaridagi qurilish ishlari yakunlanishi kutilmoqda. 
Navoiy viloyatida joriy yil dekabr oyida qurilish montaj ishlari uchun tender e’lon qilinadi. 
Farg‘ona viloyati agroxizmatlar markazi binosida qurilish ishlari “Yangi Avlod Invest” MCHJ tomonidan 39,2 mlrd so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlarini olib borilmoqda. Bugungi kunda Farg‘ona viloyati agroxizmatlar markazi binosini mebel va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha 10 mlrd so‘m ajratildi va mebel bo‘yicha loyixa ishlab chiqildi.
Farg‘ona Agroxizmatlar markazi qoshida qishloq xo‘jaligi sohasida konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi malakali mutahassislardan iborat 13 nafar (8 ta yo‘nalishda meva, sabzavot yetishtirish, o‘simliklarni himoya qilish, organik ishlab chiqarish, irrigatsiya, chorvachilik, hosildorlikni oshirish bo‘yicha) maslahatchilar guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand viloyati agroxizmatlar markazi loyiha-smeta hujjatlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan tender g‘olibi “Lider Prof Projekt LLC” korxonasi tomonidan ishlab chiqildi. 
Joriy yilning 8 iyul kuni “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan 50515-sonli yig‘ma ekspert xulosasi olindi, tender hujjatlari tayyorlandi va kelishish uchun tender komissiyasiga kiritildi. Tender komissiyasining ijobiy xulosasi olinib, markaz binosini kapital ta’mirlash uchun quruvchi tashkilotgan tender savdolariga e’longa berildi.
Samarqand viloyati agroxizmatlar markazi binosini loyixa smeta xujjatlari asosida binoni kapital qurilish ishlari olib boruvchi tashkilot uchun 9 sentyabr kuni tender e’lon qilindi.
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida Tender yakuniga yetkazilib, yakuniy natijalar tender komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Jizzax viloyati agroxizmatlar markazi qurilish loyihalash smeta xujjatlari mahalliy budjet hisobidan “ATLANT ARCHITECTS GROUP” MCHJ tomonidan ishlab chiqildi. 
Loyiha hujjatlari joriy yilning 8 iyul kuni tender hujjatlari tender komissiyasi bilan kelishildi va pudratchini tanlash bo‘yicha e’longa berildi. Loyiha qiymati 22,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Bugungi kunda Jizzax viloyat Agroxizmatlar markazi qurilish tashkilot uchun tender tanloviga topshirilgan xujjatlar ishchi gurux tomonidan o‘rganilib chiqilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga 102 ta xizmat turlari ko‘rsatib kelinmoqda. Markazga murojat qilganlar soni 1 740 taga, o‘quv seminarlarga qatnashganlar soni 7 850 taga yetdi.
“Agroxizmatlar markaziga” jalb qilingan mutaxassislar 34 nafarni tashkil etadi. Ushbu mutaxasislar AKIS ishchi guruxlari tarkibida joylarda o‘tkazilgan seminarlarda (master-klass) faol ishtirok etib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
Andijon viloyati agroxizmatlar markazi binosida “Ozoda maxsuslashtirilgan rekonstruksiya va ta’mirlash” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. 
Bugungi kunda Andijon viloyati agroxizmatlar markazi binosini mebel va jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Viloyatda 25 dan ortiq o‘quv seminarlar o‘tkazish bilan bir qatorda, 12 dan ortiq yo‘nalishda ilmiy asoslangan tavsiyaviy qo‘llanmalar tayyorlab, foydalanish uchun yetkazib berildi.
Navoiy viloyati agroxizmatlar markazi qurilish loyiha hujjatlari Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan qayta ko‘rib chiqilmoqda. 
Viloyatning bir qator tumanlarida paxta-g‘allachilik, bog‘dorchilik, meva-sabzavotchilik, kartoshkachilik hamda chorvachilik yo‘nalishlarida 50 dan ortiq o‘quv amaliy seminarlar tashkil etildi. Bundan tashqari fermer, dehqon xo‘jaliklari dalalarida uchrashuvlar tashkil etilib, 3 ming nafardan ortiq ishtirokchilarga tavsiya va maslahatlar berildi. Markaz tomonidan 25 turdagi 4000 dan ortiq qo‘llanma va tavsiya ishlab chiqilib fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalariga tarqatildi.
Namangan viloyati agroxizmatlar markazi loyiha-smeta hujjatlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan tender g‘olibi “Qurulish moliya servis” MCHJ tomonidan ishlab chiqildi. Bugungi kunda bino loyihasi shaharsozlik ekpertizasidan tasdiqlandi. Markaz tabiiy gaz, suv, elektr ta’minoti va maishiy chiqindilar korxonalari bilan  shartnomalar tuzildi. Bugungi kunda markaz binosining loyiha-smeta hujjatlari qurilish tashkilotlari uchun tenderga e’lon qilishga tayyorlanmoqda.
Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi binosining “Qurilish moliya servis” AJ tomonidan loyiha smeta hujjatlarini to‘liq shakllantirilib, Xorazm shaxar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining “Shaharsozlik bosh ekspertizasi”ga ekspertiza xulosasi olish uchun kiritilgan. 
Bugungi kunda Xorazm viloyati Agroxizmatlar markazi Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti (PSUYEAITI) Xorazm ITSga qarashli binoga joylashtirish rejalashtirilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligiga aloqador 12 ta viloyat boshqarma va tashkilotlar 5 ta xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan bitim asosida xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

2. Sohaga 10 nafar xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

Qishloq xo‘jaligi sohasiga 10 nafar xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda agroxizmatlar markazlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlash, ularni doimiy malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan (07.02.2022, 03/1-180) tasdiqlandi. Vazirlik tomonidan mamlakat qishloq xo‘jaligi sohasiga 10 nafar xorijiy ekspertlarni jalb etish uchun Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali qishloq xo‘jaligi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning agroxizmatlar sohasi bo‘yicha malakali ekspertlarini, shuningdek, ilmiy va xalqaro moliyaviy institutlarning agroxizmatlar bo‘yicha ekspertlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab rasmiy xat chiqarildi. 
Buning natijasida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi tomonidan “Haygrove Growing Systems” kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borish bo‘yicha takliflar olindi. 
“Haygrove” texnologiyasi asosida issiqxona sharoitida yetishtirildaigan rezavor meva ekinlarning vegetatsiya mavsumini kengaytirish imkonini berib, unda yuqori hosil olishga erishiladi. Ular “Haygrove” texnologiyasini AKISga o‘rgatish va uni joriy qilish taklifini bildirgan. (Tashqi ishlar vazirligi 29.12. 2021 dagi 05-1/47801 sonli xati).
Shu bilan birga yetakchi xorijiy ekspertlar jalb etilib, agroxizmatlar markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish (GIZ va USAID loyihasi doirasida) agroxizmatlar markazi xodimlarini malakasini oshirish hamda ularga fermer, klaster va tomorqa xo‘jaliklari rahbarlarini dala maktablarida tashkil etiladigan (seminar, trening, master-klass) darslar o‘tishni o‘rgatish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati agroxizmatlar markazida joriy yilning 15 va 17 mart kunlari Respublika qishloq xo‘jaligida agroxizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.
Agroxizmatlar markazlarida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi doirasida joriy yilning 10 may kuni Toshkent viloyati, 17-18 may kunlari Farg‘ona viloyati, 24 may kuni Qashqadaryo viloyati Agroxizmatlar markazlarida seminarlar o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda joriy yilning 13-14 iyul, 19-20 avgust hamda 27 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Agroxizmatlar sohasida mutaxassislarni malakasini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etilib, mazkur seminarlarga xorijiy ekspertlar jalb etildi.
Bundan tashqari hududiy agroxizmatlar markazlarida bir qator xorijiy ekspertlar: (Italiya) Rudjero Malossi, (Fransiya) "Sofreco Grup" va "Global Advisors" kompaniyasining mutaxassislari, (Xindiston) Dinesh Shresta, K.Ranjit Kumar, Nigi Navendr, (Rossiya Federatsiyasi) V.Kerimov A.Borovik “Gruppa kompaniy Agro Plyus” mutaxassislari, (Koreya) OH SUNG JONG, KIM JOON SUN, LEE CHAN, (Kirg‘iziston) N.Kannazarov, (Tojikiston) Sh.Abduraxmonov, (AQSH) mutaxassis Tommi Kondri, (Isroil) Israeli Etan “Agrinoze” kompaniyasi ijrochi direktori, Oren Tal “Seetree” kompaniyasi ijrochi direktori, Ralf Jorj “Manna Irrigation intelligence” kompaniyasi ijrochi direktori, (Vengriya) Akos Molnar “Regional Council of the Wine Communities” kompaniyasi prezidenti, (Turkmaniston) D.Berdimurodov Iolatan paxtachilik tajriba stansiyasi direktori, (Yaponiya) Kawabata Yoshiko, Isoda Susumu, Nakane Takahisa, Kusadokoro Motoi, Takano Akihito, Yoda Yukiko, Matsumoto Rika Tokio qishloq xo‘jalik va texnologiyalar universiteti professorlarini jalb etgan holda o‘quv seminarlar tashkil etildi.
Joriy yilning 2-12 oktyabr kunlari vazirlik va uning tizim tashkilotlari, hususan Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyati agroxizmatlar markazlari vakillari Irlandiya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, Irlandiya AKIS tizimini o‘rganib, malaka oshirib qaytdilar.
Shuningdek, 17-22 oktyabr kunlari Qishloq xo‘jaligidi bilim va inooavatsiyalar milliy markazi mutaxassislari agroxizmatlar markazlarini faoliyatini rivojlantirish maqsadida Turkiya davlatida xizmat safarida davomida tajriba almashinildi.

141 Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar oshirish.

2022-yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish.

sanoatbop meva-sabzavot hajmi 3,4 mln tonnaga, qayta ishlash quvvatlarini 3,1 mln tonnaga va qayta ishlash darajasini 16 foizga yetkazish;
meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini 3,1 mln tonnaga (107 foiz), sutni — 2,9 mln tonnaga (111,5 foiz), go‘shtni — 410 ming tonnaga (119 foiz) yetkazish;
oziq-ovqat mahsulotlari assortimentini (qayta ishlangan go‘sht-sut, meva sabzavot, yog‘-moy va boshqalar) 898tadan 1100 taga yetkazish;
3,2 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobar oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (07.02.2022 yil, 03/1-180-son). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini oshirish bo‘yicha qiymati 1,5 trln. so‘mlik 256 ta loyihalar shundan, meva-sabzavotni qayta ishlashda 128,7 mlrd so‘mlik 34 ta, go‘sht-sutda 90,7 mlrd so‘mlik 37 ta, yog‘-moy ishlab chiqarishda 524,8 mlrd so‘mlik 25 ta, un, non va makaron ishlab chiqarishda 537,1 mlrd so‘mlik 104 ta, boshqa oziq-ovqat yo‘nalishida 201,4 mlrd so‘mlik 56 ta loyihalar ishga tushirildi.
Natijada meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlari 3,1 mln tonnaga, sutda – 2,1 mln tonnaga, go‘shtda – 406 ming tonnaga yetkazildi.
Shu bilan birga, meva-sabzavotchilik sohasida 103 ta salohiyatli yangi klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 249 taga yetkazildi.
Ma’lumot uchun: QQRda 14 ta, Andijonda 10 ta, Buxoroda 6 ta, Jizzaxda 2 ta, Qashqadaryoda 23 ta, Navoiyda 2 ta, Namanganda 4 ta, Samarqandda 2 ta, Surxondaryoda 3 ta, Toshkentda 12 ta, Farg‘onada 12 ta, Xorazmda 13 ta yangi klasterlar tashkil etildi.
Klasterlar tomonidan 2022-2023 yillarda qiymati 1,6 trln. so‘mlik 139 ta yangi loyihalarni shundan, 25 ta saralash va qadoqash liniyalari, 15 ta quritish liniyalari, 32 ta meva va uzumni qayta ishlash quvvatlari, 44 ta muzlatkich omborxonalar, 15 ta sabzavot va polizni qayta ishlaydigan hamda boshqa turdagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. 
9 oyda klasterlar tomonidan qiymati 46,5 mlrd.so‘mlik 9 ta investitsion loyihalar amalga oshirilib, 175 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 
Ishlab chiqilgan tarmoq jadvallari asosida ishlar olib borilmoqda.

142 Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar soni ko‘paytirish.

1. Agrologistika markazlari sonini 73 taga va quvvatlarini 1,1 mln tonnaga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Chora-tadbir dasturi 2022-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar

Respublikada agrologistika markazlari sonini 59 tadan 73 taga va quvvatlarini 1,1 mln tonnaga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan (09.03.2022, 03/1-180-son) tasdiqlandi. Joriy yil 11 oyida Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida 1 tadan, Farg‘onada 2 ta jami 7 ta quvvati 45 ming tonnalik agrologistika markazlari ishga tushib, soni 66 taga quvvati 874 ming tonnaga yetkazildi. 
Yil yakuniga qadar yana 7 ta kuvvati 279 ming tn agrologistika markazlarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

2. Xalqaro moliya institutlari mablag‘i hisobiga xususiy sektorni jalb qilgan holda kichik agrologistika markazlari tarmoqlarini kengaytirish.

Bunda:
Jahon banki ishtirokida xususiy sheriklik asosida agrologistika markazlarini qurish tartibini ishlab chiqish;
talabgorlarga tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va tender savdolarini o‘tkazish;
tender g‘olibi tomonidan loyiha obyektini tayyor holda qurib topshirish.

Amaliy-chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklar

Jahon banki ishtirokida xususiy sherikchilik asosida agrologistika markazlarini qurish tartibi ishlab chiqildi hamda 2022 yil 27 may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
“Agroservis operator” DUK tomonidan kichik agrologistika markazlarini barpo etish yuzasidan tashabbuskorlarni aniqlash bo‘yicha tenderweek.com platformasiga e’lon joylashtirildi.
2022 yil 28 sentyabrda QQR, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 22 nafar tashabbuskorlar tomonidan loyihalar taqdim etildi.
Tashabbuskorlardan kelib tushgan loyihalar xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan Jahon banki talablariga asosan baholanib 11 nafar tashabbuskorlarning loyihalari ma’qullandi.
 Bugungi kunda 5 nafar tashabbuskorlar tomonidan “Agroservis operator” DUK hisobiga loyihadagi ulush sifatida jami 210 mln.so‘m mablag‘lar o‘tkazilib, shartnomalar rasmiylashtirildi.
Hisobot davrida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida jami qiymati 362.5 mln so‘m bo‘lgan zamonaviy agrologistika markazlari ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A.Xodjayev rahbarligidagi Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 2022 yil 29 dekabrdagi 
24-24/1-3277-son majlis bayonining 15-bandiga asosan 2023 yil 1 martga qadar uzaytirilgan.
Shuningdek, mazkur band ijro muddatini uzaytirish masalasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida atroflicha muhokama chiqilib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

3. Zamonaviy laboratoriyalar soni ko‘paytirish choralarini ko‘rish, shu jumladan, “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK tarkibida Andijon viloyatida xalqaro darajada akkreditatsiyalangan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kompleks tahlil qiluvchi referens laboratoriyalar tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Andijon, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 9 martda “Zamonaviy laboratoriyalar soni ko‘paytirish choralarini ko‘rish, shu jumladan, “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK tarkibida Andijon viloyatida xalqaro darajada akkreditatsiyalangan hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kompleks tahlil qiluvchi referens laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi (09.03.2022 y., 03/1-180-son).
Ushbu dasturda qayd etilgan topshiriqlarni amalga oshirish uchun quyidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
Xususan: 
Andijon viloyatida xalqaro darajada akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasini tashkil etish; 
laboratoriyani O‘z Dst ISO/IEC 17025:2019 davlat standarti talabidan kelib chiqqan holda akkreditatsiyadan o‘tkazish; 
akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyasi mutaxassis va xodimlarining malakasini oshirish.
Dasturda Andijon viloyatida xalqaro darajada akkreditatsiyalangan laboratoriya hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kompleks tahlil qiluvchi referens laboratoriyalar tashkil etish, ularni malakali mutaxassislar, kerakli asbob-uskuna, jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.
Hozirgi kunda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (QXRXJ) ishtirokidagi “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti hududida ISO 17025 xalqaro standarti talablariga muvofiq akkreditatsiyalangan laboratoriya tashkil etish bo‘yicha bino tanlangan. 
Laboratoriya jihozlari ro‘yxati shakllantirildi.. Ushbu jihozlarni xarid qilish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi huzuridagi komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida referens laboratoriyalar tashkil etish uchun bo‘sh turgan binolarni ajratilishida Davaktiv agentligi va Moliya vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha (08.06.2022, 02/33-04/3744-son) xat yuborildi. 
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi tomonidan referens laboratoriyani tashkil etish uchun xalqaro ekspert jalb qilingan holda laboratoriya jihozlari ro‘yxatini shakllantirish va referens laboratoriya uchun belgilangan tartibda hujjatlar to‘plami shakllantirilmoqda.

143 Urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish.

Quyidagi chora-tadbirlarni qamrab olgan Milliy dasturni ishlab chiqish.

qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav mualliflari, ilmiy-tadqiqot institutlarini (nav originatorlari) huquqiy himoya qilishni takomillashtirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yuqori hosildor, sifat ko‘rsatkichi yuqori, jahon andozalari talablariga mos bo‘lgan navlarni xorijdan olib kelish, mahalliy navlar hamda F1 duragaylarini yaratish;
sohada faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy muassasalar va urug‘chilik ho‘jaliklari salohiyatini mustahkamlash;
kadrlar tayyorlash
, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ekspertlarni jalb qilish;
“In-vitro”
laboratoriyalar sonini 6 tadan 10 tagayetkazish hisobiga va yiliga o‘rtacha 26 mln virusdan holi mahalliy, xorijiy meva va uzum navlarining ko‘chatlarini tayyorlash;
F1 duragaylaridan olinadigan original urug‘larni urug‘chilik ho‘jaliklarida ko‘paytirish;
ilmiy-tadqiqot institutlarida kasallik
va zararkunandalarga hamda qurg‘oqchilikka chidamli meva, uzum va rezavorlarning yangi navlarini yaratish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil sentyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Moliya vazirligi

Fanlar akademiyasi

vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2 fevralda "2023 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 51-son qarori qabul qilindi.

144 Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etish.

1. Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish.

2022/2023 o‘quv yilda kamida 200 nafar talabani qabul qilish.

2. Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 8 nafar professor jalb etish, 16 nafar mahalliy professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-mayda “Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish to‘g‘risida” PQ–237-son qarori qabul qilindi.
145 Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 mlrd kub metrsuvni iqtisod qilish.

Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishva irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hisobiga suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.

1. Suv tejovchi texnologiyalarni 2022 yilda 260 ming gektardajoriy etish hisobiga 534 mln kub metr suvni iqtisod qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 yil 22 fevralda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hamda suv xo‘jaligi obyektlariga axbrot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hisobiga suv resurslarini iqtisod qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. 
1. Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2022 yilda jami 260 ming gektar maydonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining viloyatlar kesimida prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.
2. Joylarda viloyat va tumanlar hokimliklari tomonidan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, qishloq xo‘jaligi boshqarmalari bilan birgalikda 2022 yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish manzilli ro‘yxatlari shakllantirilib, tasdiqlandi hamda kredit va pudrat shartnomalarini rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda 463,7 ming gektar, jumladan, 89,8 ming  gektar  tomchilatib, 16,2 ming gektar yomg‘irlatib va 5,7 ming gektar maydonda diskret sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan.
Shu bilan birga, 72,9 ming  gektar  maydonda qo‘chma egiluvchan quvurlar orqali va 36,1 ming  gektar maydonda egatga plyonka to‘shab sug‘orish ishlari olib borildi hamda 243,0 ming gektar ekin maydonlari lazer uskunasi yordamida tekislanib, suvdan foydalanish samaradorligi oshirilgan.
Shuningdek, - Suv tejash texnologiyalarni joriy qilish va yerlarni lazer tekislash orqali - 1,86 mlrd. kub metr;
- Irrigatsiya tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash tadbirlari orqali – 1,9 mlrd. kub metr;
- AKT va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali - 0,54 mlrd. kub metr;
- Ekinlarni joylashtirishda suv kam talab qiladigan ekinlar ulushini ko‘paytirish va sholini intensiv usulda ekish hamda ekin maydonlarida qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar amalga oshirish orqali - 2,7 mlrd. kub metr suv tejalishiga erishilgan.
Yuqoridagi amalga oshirilgan tadbirlar natijasida jami 7 mlrd. kub metr suv tejalishiga erishilgan.

2. Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga 335,1 ming gektarning suv ta’minoti va 125,4 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilash va 543 mln kub metr suvni iqtisod qilish.

2022 yilda 427,1 km kanal, 131,9 km lotok, 13,2 km quvur va 886,0 km kollektor-drenaj tarmoqlari qurish va rekonstruksiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-son qarori qabul qilindi.

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 yil 22 fevralda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish hamda suv xo‘jaligi obyektlariga axbrot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish hisobiga suv resurslarini iqtisod qilish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar tasdiqlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tegishli majlis bayonlari asosida 2022 yilda vazirlikka ajratilgan mablag‘lar hisobidan irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha jami 
1,3 trln. so‘m yoki ajratilgan yillik limitga nisbatan 104 foiz kapital qo‘yilmalar limiti o‘zlashtirilgan hamda irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bugungi kunda 117 ta obyekt, melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha esa 63 ta obyekt foydalanishga topshirilgan.
Xususan, irrigatsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 226 ta loyiha doirasida 867,7 mlrd. so‘m kapital mablag‘lardan 894,7 mlrd. so‘m yoki yillik limitning 103 foizi o‘zlashtirilib, 439,6 km kanallar, 143,2 km lotok tarmoqlari, 11,4 m3/s suv chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan nasos stansiyalar, 22,9 km bosimli quvurlar, 35 ta gidrotexnik inshoot, 54 ta sug‘orish quduqlari qurilgan va rekonstruksiya qilingan hamda 17,3 km qirg‘oq himoya ishlari bajarilgan.
Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha 100 ta loyiha doirasida 358,8 mlrd. so‘m kapital mablag‘lardan 375,6 mlrd. so‘m yoki yillik limitning 105 foizi o‘zlashtirilib, 504,6 km ochiq, 264,4 km yopiq kollektor-drenaj tarmoqlari , 5 ta meliorativ nasos stansiya, 18 ta ko‘prik, 95 ta tik drenaj quduq hamda 418 ta kuzatuv quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 220 ming ga maydonning suv ta’minoti, 
130 ming ga maydonning meliorativ holati yaxshilanishiga erishilgan.

3.Suv xo‘jaligi tizimidagi 6610 ta obyektga raqamli texnologiyalarni joriy qilish hisobiga 155 mln kub metr iqtisod qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2022 yilning 22 fevralida suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish yuzasidan Amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.
1. 2022 yilda suv xo‘jaligi obyektlariga 6 610 ta raqamli texnologiyalarni joriy qilish ishlarining manzilli ro‘yxatlari ishlab chiqilgan.
2. Suv xo‘jaligi vaziri tomonidan 2022 yilda suv xo‘jaligi obyektlariga 6 610 ta raqamli texnologiyalarni joriy qilish ishlarining manzilli ro‘yxatlari ishlab chiqilgan.
Shuningdek, 2022 yilning 17 yanvarida raqamli texnologiyalarni joriy qilish reja-jadvali tasdiqlangan.
Shunga asosan 2022 yil yanvar-dekabr oylarida 2 928 ta suv xo‘jaligi obyektiga “Aqlli suv” qurilmalari hamda 2 630 ta meliorativ kuzatuv quduqlariga sizot suvlari sathi va minerallashganlik darajasini onlayn monitoring qilish qurilmalari o‘rnatilgan hamda 24 ta yirik suv xo‘jaligi obyektining boshqaruv jarayoni avtomatlashtirilgan.

146 Suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish.

1. Investitsiya loyihalari doirasida 27 ta nasos stansiyasini modernizatsiya, 263 km kanal va 787 ta gidrotexnik inshootlarini rekonstruksiya qilish.

2. Suv xo‘jaligi tizimidagi nasos stansiyalarida xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan 181 ta nasos va 354 ta elektro dvigatelni almashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Suv xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan  davlat dasturining ushbu topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va 2022 yil 5 martda tasdiqlangan.
Tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
Bugungi kunda amalda 114,78 mln. dollar mablag‘ o‘zlashtirilgan (100.2 foiz). Natijada, 295 km uzunlikdagi kanallar va ulardagi 817 ta gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilingan, 35 ta vertikal sug‘orish quduq burg‘ilangan, 4 000 ga sug‘orish maydonlari lazer yordamida tekislangan va chuqur yumshatilgan.
Shuningdek, hisobot davrida nasos stansiyalarda eskirgan va foydali ish koeffitsiyenti kamaygan 185 ta nasos hamda 357 ta elektrodvigatellar yangi energiya tejamkorlariga almashtirilgan.
Shu bilan birga, nasos stansiyalarni bir xil rejimda ishlatish, energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish kabi tadbirlar amalga oshirilishi natijasida 2021 yil sarflangan elektr energiyaga nisbatan 500,2 mln.kVt.soat, 2022 yil uchun tasdiqlangan limitga nisbatan 369,2 mln.kVt.soat elektr energiyasi iqtisod qilingan.

147 Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish.

Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida nasos stansiyalari hamda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini xususiy sheriklar boshqaruviga berish bo‘yicha 52 ta loyihani amalga oshirish.

Bunda, sarflanayotgan elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarini 10 — 15 foizga kamaytirish.

Tarmoq jadvali 2022-yil fevral

Suv xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2022 yilda davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlangan.
Hozirgi kunda, tarmoq jadvalida belgilangan loyihalarni amalga oshirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2022 yilda umumiy qiymati 73 mlrd. 888,3 mln.so‘m bo‘lgan 52 ta loyiha bo‘yicha xususiy sheriklar bilan bitimlar imzolanib, reyestrga kiritilgan.
Bundan tashqari, Buxoro viloyati Peshku tumani, Sirdaryo viloyati Oqoltin va Sardoba tumanlari hamda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini DXSH shartlari asosida boshqaruvga berish bo‘yicha 4 ta loyiha hujjatlari Moliya vazirligiga tegishli xulosa olish uchun taqdim qilingan.
Shu bilan birga, Jizzax viloyatining Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini xususiy sherik boshqaruviga berish yuzasidan 2 ta loyiha hujjatlariga Moliya vazirligi tomonidan bildirilgan e’tirozlariga asosan qayta ishlab chiqilib, tegishli xulosa olish uchun qayta Moliya vazirligiga kiritilgan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini xususiy sherik boshqaruviga berish bo‘yicha loyiha hujjatlarini Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan kelishish ishlari olib borilmoqda.

148 Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5 — 2 barobarga oshirish.

1. Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish:

chorvachilik sohasida 1 868 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari aniq ko‘rsatilgan manzilli dasturni ishlab chiqish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent va Xorazm viloyatlarida 100 ming bosh go‘sht yo‘nalishidagi tez yetiluvchan qoramollarning yangi zotlarini ko‘paytirish;

sun’iy urug‘lantirishga jalb etilgan texnik oseminatorlar sonini 3000 nafardan 3 200 nafarga yetkazish;

200 ta chorvachilik subyektlarini “Naslchilik toifasi”ga o‘tkazish;

aholi xonadonlaridagi 2,4 mln bosh (52 foiz) sigir va qochirish yoshidagi tanalarni sun’iy urug‘lantirish;

2. Parrandachilik yo‘nalishida naslchilik ho‘jaliklari sonini 50 taga yetkazish.

inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 265 mln donaga yetkazish;

parrandachilik yo‘nalishidagi 306 ta loyihalarni amalga oshirish, shundan, 7 ta korxonani modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda 3 ta klaster yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish;

aholi xonadonlariga 11,1 mln bosh parranda tarqatishni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasini va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022 yil 8 fevraldagi PQ–120-son qarori hamda “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 8 fevraldagi PQ–121-son qarorlari qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022 yil 3 martda 01-03/1-289-son (43-sonli bayoni) bilan Chorvachilik sohasida 1 868 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari aniq ko‘rsatilgan manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

3. Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmi ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

hosildorligi past bo‘lgan 31 ming gektar sun’iy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish vabaliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish.

baliqchilik klasterlari sonini 15 taga yetkazish va 10 mingta aholi xonadonlarida kooperatsiya usulida intensiv baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish;

qimmatbaho sovuq suv baliqlari yetishtiruvchi korxonalar quvvatini 2 barobarga oshirish (hozirda 3,5 ming tn) va yiliga 6 ming tonna sovuq suv (forel, osyotr, losos) baliqlarini yetishtirish;

qayta ishlash korxonalari sonini 84 taga (2 barobarga), omuxta yem korxonalar sonini 84 taga (2,5 barobarga) yetkazish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil fevral

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi

Suv xo‘jaligi vazirligi

Respublika tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-83-son qarori qabul qilindi.

4. Asalari oilalari sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish:

2022 yilda asalari oilalari sonini 1,2 mln donaga yetkazish va 27,2 ming tonna asal yetishtirishni tashkil etish.

aholixonadonlariga 215 mingta asalari oilasini yetkazib berish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 3-martdagi 01-03/1-289-son (43-sonli bayoni) bilan“Respublikada 2022 yilda asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi.
149 Chorvachilik ozuqa bazasi mustahkamlash.

1. Bunda:

Chorva ozuqa maydonini 393 ming gektarga yetkazish;

iqtisodiy samarasiz past hosilli paxta-g‘alla maydonlarida har yili almashlab ekish tizimi orqali 50 ming gektarga beda ekinlarini ekish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov, Nukus, Taxiatosh, Taxtako‘pir, Qorao‘zak va Qo‘ng‘irot tumanlarida paxta va g‘alla maydonlaridan qisqartirilgan ozuqa ekin yer maydonlariga yo‘naltirish;

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

O‘O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasini va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 
PQ–120-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikni yanada rivrjlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 8 fevraldagi PQ–121-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yilda 393 ming gektar asosiy maydonlarga ozuqabop ekinlarni yetishtirish bo‘yicha 2022 yil 14 fevraldagi 20-sonli yig‘ilish bayoni tasdiqlandi.

ozuqabop ekinlarning serhosil navlarini ko‘paytirish, yil davomida 2-3-marta hosil olish va hosildorlikni 1,2 barobarga oshirish;

58 ta em ishlab chiqarish korxonalari quvvatini yillik 485 ming tonnaga yetkazish;

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ozuqabop ekinlarning serhosil navlarini ko‘paytirishga oid 2022 yil 3 martda 01-03/1-289-son (43-sonli bayoni bilan) chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

2. Yaylovlardan samarali foydalanish, qayta tiklash va hosildorlikni oshirish.

2022-yilda 2,2 mln gektar yaylovlarda geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirish va yaylovlarni qayta tiklash choralarini ko‘rish.

Cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘chiligi bazasini yaratish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil mart

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

“O‘zbekchorvanasl” agentligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Moliya vazirligi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, ozuqabop ekinlarning serhosil navlarini ko‘paytirish, yem ishlab chiqarish korxonalari quvvatini oshirish, yaylovlardan samarali foydalanish, qayta taklash va hosildorlikni oshirish, yaylovlarda geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirish va yaylovlarni qayta tiklash, cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘chiligi bazasini yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan Chora-tadbirlar Dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (03/1-1194-son. 28.03.2022).
150 14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish.

Har bir tuman va shaharning muammo va imkoniyatlari o‘rganib, “o‘sish nuqtalari”ni belgilab olgan holda 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan 14 ta hududiy dasturlarni ishlab chiqish. Bunda:

hududlarni iqtisodiy rivojlantirish hamda ichki imkoniyatlaridan optimal foydalangan holda aniq reja va loyihalar shakllantirish;

loyihalarning moliyalashtirish manbalarini aniq belgilab, qisqa muddatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

loyihalarni amalga oshirishda samarali monitoring tizimini o‘rnatish.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari 2022-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududlarning muammo va imkoniyatlari, “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, respublikaning 14 ta hududi bo‘yicha “2022-2026 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining har bir hudud bo‘yicha alohida qarori qabul qilindi. Jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 155-son, 04.04.2022,
Andijon viloyai 204-son, 21.04.2022,
Buxoro viloyati 215-son, 27.04.2022,
Jizzax viloyati 213-son, 26.04.2022,
Qashqadaryo viloyati 201-son, 20.04.2022,
Navoiy viloyati 217-son, 27.04.2022,
Namangan viloyati 211-son, 25.04.2022,
Samarqand viloyati 222-son, 28.04.2022,
Surxondaryo viloyati 245-son, 10.05.2022,
Sirdaryo viloyati 242-son, 07.05.2022,
Toshkent viloyati 228-son, 29.04.2022,
Farg‘ona viloyati 221-son, 28.04.2022,
Xorazm viloyati 154-son, 04.04.2022,
Toshkent shahri 236-son, 05.05.2022.

151 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reytingini keng joriy qilish. Bunda:

statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash;

ijtimoiy-iqtisodiy past rivojlangan hududlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma, chora-tadbirlar rejasi Har yil iyun oyida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Davlat statistika qo‘mitasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi PQ–4702-son qaroriga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash natijalari aniqlandi.  Aniqlangan ma’lumotlarga asosan reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 2022 yil 16 iyunda tahliliy ma’lumotnoma taqdimoti o‘tkazildi, chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

152 Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish.

Urbanizatsiya yo‘nalishida munosabatlarni tartibga solish orqali aholi punktlarini barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqish.

Bunda:

hududlarda aholi yashash sharoitini yaxshilash uchun mamlakatimizning urbanizatsiya darajasini 2030 yilgacha borib 60 foizga oshirishga qaratilgan urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish;

uy-joy fondi, turar joylar va hududlar renovatsiyasi;

aholi punktlarining urbanizatsiya darajasini aniqlash, uni oshirish uslubiyoti va ularni baholash mexanizmiga e’tibor qaratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qurilish vazirligi

Transport vazirligi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

 

“O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiyani 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
O‘rnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Adliya vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 9/3-1599 sonli xati bilan huquqiy ekspertiza hulosasi olindi.
Qaror loyihasi 2022 yil 23 dekabrdagi 05-33-3-4/270 sonli xat bilan Vazirlar Maxkamasiga kiritildi.

153 Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlari”ni shakllantirish bo‘yicha choralar ko‘rish.

1. Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlari”ni shakllantirish bo‘yicha respublika ishchi guruhlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Samarqand viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi

Kadastr agentligi

Qurilish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Samarqand shahri bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 12.11.2021-yildagi 02-1896-son topshirig‘iga asosan respublika ishchi guruhi tarkibi va asosiy tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Namangan shahri bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan shahrida “Yangi Namangan shaharchasi” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 11-martdagi PQ-160-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq respublika ishchi guruhi tasdiqlangan.

2. Samarqand va Namangan shaharlarini chegaralarini o‘zgartirish masalasini xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori 2022-yil iyun

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Samarqand viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi

Kadastr agentligi

Qurilish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Samarqand shahri bo‘yicha.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 6 dekabrdagi VI-48-101-7-0-K/21-son “Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlarining mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqida” qarori qabul qilindi.
Namangan shahari bo‘yicha. 
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining 2022 yil 12 maydagi VL-31-44-6-0-K/22-son “Namangan shahri hududida To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahri tarkibidagi Davlatobod tumanining ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqida” qarori qabul qilindi.

3. Samarqand va Namangan shaharlarini chegaralarini o‘zgartirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlarini ishlab chiqish.

Oliy Majlis palatalari qarorlari loyihalari 2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Samarqand viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi

Kadastr agentligi

Qurilish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Namangan shahrining Davlatobod tumanining, shuningdek Namangan shahrining chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2022 yil 13 sentyabrdagi SQ–625-IV-son qarori qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining "NAMANGAN VILOYATINING TO‘RAQO‘RG‘ON TUMANI VA NAMANGAN SHAHRI DAVLATOBOD TUMANINING, SHUNINGDЕK NAMANGAN SHAHRINING ChЕGARALARINI O‘ZGARTIRISH TO‘G‘RISIDA" 2022 yil 24 avgustdagi 2445-IV-son qarori qabul qilindi.
Samarqand viloyat hokimligi tomonidan:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Samarqand viloyatining Oqdaryo, Pasdarg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, Sug‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlarini tashkil qilish hamda Samarqand tumanini tugatish to‘g‘risida” qaror loyihasi;
Oliy Majlis Senatining “Samarqand viloyatining Oqdaryo, Pasdarg‘om, Toyloq, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri mavjud ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish, Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, Sug‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlarini tashkil qilish hamda Samarqand tumanini tugatish to‘g‘risida” qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Samarqand viloyat hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (01-16/1435-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

4. Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlari”ni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar Oliy Majlis qarori qabul qilingan sanadan keyin 2 oy davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Samarqand viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi

Kadastr agentligi

Qurilish vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Samarqand va Namangan viloyatlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha Oliy Majlis Senati va Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi qarorlari tasdiqlanguniga qadar Samarqand va Namangan shaharlarini «millionlik shaharlari»ni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq muddati uzaytirildi.
Muddati qaror qabul qilingan vaqtdan 2 oy muddatda bo‘lganligi uchun 2023 yil 28 yanvarga uzaytirildi.

154 Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish.

Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Bunda:

12 ta shahar, 117 ta shaharcha va 1041 ta qishloq aholi punktlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish;

2 ta katta, 1 ta o‘rta va 9 ta shahar joylashuvlarini tahlil qilish va iqtisodiy jihatdan bunday holat qanchalik iqtisodiy taraqqiyotga muvofiqligini o‘rganish;

Qarshi shahri atrofidagi aholisi 5 500 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi punktlari (Qozikent, Uzunnavo, To‘qmang‘it) urbanizatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish va ularni Qarshi shahriga qo‘shish muvofiqligini o‘rganish;

Kitob shahri atrofidagi aholisi 4200 dan ziyod bo‘lgan qishloq aholi punktlarida (Minglar, Gulgunpo‘sht, Jarqo‘rg‘on) urbanizatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish va ularga shahar maqomini berish bo‘yicha ishlar olib borish;

aglomeratsiya va ichki migratsiya jarayonlarini hisobga olgan holda aholisi 1,43 mlndan ziyod bo‘lgan shahar aholi punktlarining ixchamligini va qulay joylashuvini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-mart

Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

tegishli vazirlik va idoralar

Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan (31.03.2022 yil 05/1-180-son) tasdiqlandi.
155 Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy etish.

Xalqaro tajribani o‘rgangan xolda, “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy qilish loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda:

BMT Xabitat dasturini, xorijiy davlatlar tajribasini va tegishli imzolangan xalqaro shartnomalar va memorandumlarni ko‘zda tutish;

hududlarning bosh rejalar bilan ta’minlanganligi, arxitekturaviy dizayn-kodlar mavjudligi va ularga rioya qilinishi, infratuzilma va bino-inshootlar fondi energosamaradorligi, hududlarni ko‘kalamzorligi va obodonlashtirish darajalari, shaharlarni infrastruktura bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda obyektlarni joylashtirish va loyihalashtir;

shaharlarni zonalarga bo‘lish orqali ichki hududlarni tegishli toifalarga bo‘lgan xolda baholash maqsadida 6 ta zonaga (yashash joylari, yo‘l chizmalari, ko‘kalamzorlashtirish, ma’muriy, biznes infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmalar, jamoat maydonlari) bo‘lish va ularni baholash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Transport vazirligi

Energetika vazirligi

Axborot texnologiyalari vazirligi

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bosh loyiha tashkilotlari va buyurtmachi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalarining ushbu masalada takliflarini olish uchun “ToshkentboshplanLITI” DUK, “O‘zshaharsozlikLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh loyiha tashkiloti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmalariga yuborilganligi haqida ma’lum qilinib, 2022 yil 14-martdagi 13-09/2482-son xat Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.
Qurilish vazirligi tomonidan topshiriq ijrosi ta’minlanib, “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy qilish loyihasi konsepsiyasi Qurilishi vazirining 2022 yil 6 dekabrdagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

156 Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish, shaharlarning “Aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish.

Xorijiy konsultantlar taklif qilgan holda loyiha va qurilishda BIM texnologiyalaridan foydalanishni tartibga soluvchi texnik normativ hujjatlarni ishlab chiqish. Bunda “aqlli shaharlar” konsepsiyasiga muvofiqligini ta’minlash.

Texnik normativ hujjatlar 2022-yil IV chorak

Qurilish vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Janubiy Koreyaning Koreya qurilish va texnologiyalar instituti (KICT) mutaxassislari (Leye Jaye-Wan va Yoo Chang Hyun) bilan BIM texnologiyalaridan foydalanishni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari ishlab chiqildi.
Mazkur standartlar “Arxitektura va qurilish” sohasida standartlashtirish bo‘yicha Texnik qo‘mitasining 1-son bayoni bilan ma’qullangan va Qurilish vazirining 2022 yil 24 noyabrdagi 209-son buyrug‘i bilan tasdiqlandi.
Amaldagi qonunchilik (Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonun, Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun) talablariga ko‘ra O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2022 yil 09 dekabrdagi 05-1488-son qarori bilan Davlat reestriga kiritilganligi haqidagi ma’lumot 2022 yil 12 dekabrdagi 20-06/13844-son xat bilan  Vazirlar Mahkamasiga hamda Adliya vazirligiga yuborilgan.

157 Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta hududda tashkil etish.

Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida 2023 2026 yillarda bosqichma-bosqich zamonaviy infratuzilmaga ega texnoparklarni tashkil etish.

Bunda, texnoparklarda 8 ta startap akselerator, 4 ta biznes inkubator, 4 ta ishlab chiqarish maydonlari, 12 ta kovorking markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 oktabrdagi “Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 606-son qarori qabul qilindi.
158 Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-amaliy markazini tashkil etish.

1. Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik me’yorlash markаzi va Qurilishda standartlashtirish Respublika markazi negizida Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi 2022-yil III chorak

Qurilish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 sentyabrda "Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-378-son qarori qabul qilindi.

2. Markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.
3. Markazning ta’sis hujjatlari va boshqa zaruriy hujjatlarni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasi 2022-yil I chorak

Qurilish vazirligi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov tomonidan “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilishda texnik me’yorlash markazi va Qurilishda standartlashtirish Respublika markazi negizida Qurilishda texnik me’yorlash va standartlashtirish respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi (14.03.2022 y, №05-05/1-180-son).

159 Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish.

1. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini (bosh reja, hududlarni me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalari, batafsil rejalashtirish loyihasi va b.) ishlab chiqish tizimining amaldagi tartibini tanqidiy o‘rganib chiqish.

2. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

O‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, eng ilg‘or va samarali xorijiy tajribalarni va milliy tizimni o‘zaro solishtirish asosida taqqoslama tahlil qilish.

3. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish, xususan bunda ilg‘or va samarador xorijiy tajribani qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

4. Tayyorlangan takliflar asosida Vazirlar Mahkamasiga taqdimot materiallarini kiritish va muhokama qilish.

5. Muhokama natijalaridan kelib chiqqan holda, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish, xususan bunda ilg‘or va samarador xorijiy tajribani qo‘llash bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bosh reja, hududlarni me’moriy rejalash-tirishni tashkil etish loyihalari, batafsil rejalashtirish loyihasi va b. 2022-yil II yarim yillik

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

bosh loyiha institutlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar

Mazkur topshiriqlar ijrosi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirilgan.
1. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish, xususan bunda ilg‘or va samarador xorijiy tajribani qo‘llash bo‘yicha shaharsozlik sohasida faoliyat yuritgan tajribali mutaxasislarni maslahatchi sifatida bosh loyiha institutlariga jalb qilish hamda xorijiy ekspert - maslahatchilari Jahon banki hamkorligida ishlarni tashkil etish takliflar kiritilgan.
2. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tajriba o‘rganildi, o‘rganish natijalaridan kelib chiqqan holda, eng ilg‘or va samarali xorijiy tajribalarni va milliy tizimni o‘zaro solishtirish asosida taqqoslama tahlil qilib chiqilgan.
3. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish, xususan bunda ilg‘or va samarador xorijiy tajribani qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlangan;
4. “O‘zshaharsozlikLITI”DUK tomonidan tayyorlangan Navoiy viloyati G‘azg‘on shahrining bosh rejasini zamonaviy innovatsion taqdimot loyiha takliflari ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga (2022 yil 18 maydagi 13-06/5465-son xati) taqdimot materiallari muhokama qilish uchun kiritilgan;
5. Muhokama natijalaridan kelib chiqqan holda, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha Qurilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga (2022 yil 24 avgustdagi 13-06/9708-son xati) kiritilgan.

160 Shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqish.

1. Shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish.

Shaharsozlik dasturlari 2022-yil I chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, bosh loyiha institutlari

Qurilish vazirligi tomonidan shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlanganlik holati tahlil etilgan.
Respublikada 1200 ta shahar va shaharchalar mavjud bo‘lib (119 ta shahar va 1081 ta shaharcha), ma’lumot davriga jami 324 ta (118 ta (99,2%) shaharlar va 206 ta (19,0%) shaharchalarning) bosh rejalari ishlab chiqilgan (27,0%). Jumladan, 21 ta bosh rejalarga o‘zgartirish (korrektura) kiritilib ishlab chiqilgan.
Shuningdek, 605 ta qishloq aholi punktining APOT loyihasi va 214 ta mahalla bo‘yicha batafsil rejalashtirish loyihalari (BRL) ishlab chiqilgan (07.03.2022 y. 13-06/2222-son xat).

2. Shaharlar va qishloq aholi punktlarining mavjud shaharsozlik hujjatlarini o‘rganib chiqib, tuzatish va o‘zgartirish kiritish zaruriyatini aniqlash.

Shaharsozlik dasturlari 2022-yil II chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, bosh loyiha institutlari

Aholi punktlarining mavjud shaharsozlik hujjatlarini o‘rganib chiqildi va tuzatish va o‘zgartirish kiritish zaruriyati aniqlandi. Jumladan, 24 ta shaharlarning hamda 31 ta shaharchalarning bosh rejalari elektron shaklda ishlab chiqilmaganligi sababli tuzatish va o‘zgartirish kiritish zaruriyati mavjud.

3. Xatlov va tahlil natijalari asosida shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini shakllantirish va tegishli qaror loyihasi ishlab chiqish.

Shaharsozlik dasturlari 2022-yil III chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, bosh loyiha institutlari

Qurilish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-2027 yillarda aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Qurilish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda 2022 yil 17 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (B.Zakirov, 
13-06/9384-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 7 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (05/62444/1-2606-son xat).

4. Tasdiqlangan dastur asosida Shaharlar va qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish.

Shaharsozlik dasturlari Reja-grafik asosida

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, bosh loyiha institutlari

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 oktyabrdagi «Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 577-son qarori qabul qilindi.

161 Qurilish sohasini texnik tartibga solish.

1. Qurilish sohasi, tarmoqlari va yo‘nalishlarining tegishli normativ hujjatlar bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish.

ShNK, KMK, standartlar, texnik reglament 2022-yil I chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilishda texnik me’yorlash markazi, bosh loyiha institutlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar

Qurilish vazirligi tomonidan qurilish sohasi, tarmoqlari va yo‘nalishlarining tegishli normativ hujjatlar bilan ta’minlanganlik holati tahlil etilgan.
Unga muvofiq, texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha bugungi kunga qadar jami 497 ta hujjat ishlab chiqilgan.
Shundan:
Maxsus va umumiy texnik reglamentlar – 9 ta; Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar – 225 ta; Shaharsozlik normalari hamda qoidalari – 263 ta (15.03.2022y. № 09-05/2507).

2. Amaldagi mavjud normativ hujjatlarni o‘rganib chiqib, tuzatish va o‘zgartirish kiritish hamda yangilash zaruriyatini aniqlash.

ShNK, KMK, standartlar, texnik reglament 2022-yil I chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilishda texnik me’yorlash markazi, bosh loyiha institutlari, tegishli vazirlik, idora va ta

Mazkur dasturga binoan, Moliya vazirligi bilan kelishilgan “Manzilliy ro‘yxat” asosida davlat byujdeti mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich, yetakchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro tajriba asosida me’yoriy hujjatlar qayta ishlab chiqilmoqda jumladan, 
2020 yilda – 60 ta normalar, 35 ta standartlar; 
2021 yilda – 65 ta me’yoriy hujjatlar, 59 ta standartlar qayta ishlab chiqilgan.
2022 yilda – 58 ta shaharsozlik me’yorlari va 47 standartlarni hamda 2023 yilda – 90 ta me’yoriy hujjatlar va 100 ortiq standartlarni qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.

3. Xatlov va tahlil natijalari asosida qurilish sohasini normativ hujjatlar bilan ta’minlash dasturini shakllantirish va tegishli qaror loyihasi ishlab chiqish.

Xususan, bunda yangi yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan qurilish materiallari bo‘yicha normativ hujjatlarini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratish.

ShNK, KMK, standartlar, texnik reglament 2022-yil II chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilishda texnik me’yorlash markazi, bosh loyiha institutlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar

Qurilish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni qayta ishlab chiqishni jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi (ID-61335) tayyorlanib, “project.gov.uz” yagona elektron tizimi orqali 2022-yil 17-maydagi 09-06/5406-sonli xat vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun yuborilgan.

4. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

ShNK, KMK, standartlar, texnik reglament 2022-yil III chorak

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilishda texnik me’yorlash markazi, bosh loyiha institutlari, tegishli vazirlik,

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 oktabrdagi “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 577-son qarori qabul qilindi.

5. Tasdiqlangan dastur asosida Qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ hujjatlarini (ShNK, KMK, standartlar, texnik reglament va b.) ishlab chiqish.

ShNK, KMK, standartlar, texnik reglament Reja-grafik asosida

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilishda texnik me’yorlash markazi, bosh loyiha institutlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 oktyabrdagi “Qurilish sohasiga oid talablarni soddalashtirish hamda texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 577-son qarori qabul qilindi.

162 Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 mln kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilani yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish.

1991 yilgacha qurilgan 1854 ta eski uylarni xatlovdan o‘tkazish hamda instrumental o‘rganish natijalariga ko‘ra renovatsiya qilish ishlari amalga oshirilayotgan 268 ta uylarning qurilish va rekonstruksiya ishlarini nihoyasiga yetkazish. Bunda uylarning tarixiy va madaniy ahamiyatini alohida o‘rganib chiqish.

Manzilli ro‘yxat 2022-yil mart

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Qurilish vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 mln kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilani yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish maqsadida 2022-2023 yillarda qayta quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan avariya holatidagi jami 3 969 ta xonadondan iborat 268 ta ko‘p kvartirali uylar manzilli ro‘yxatga kiritildi.
Bunda, 2 788 ta xonadondan iborat 211 ta ko‘p kvartirali uylardan 145 ta uylar tadbirkorlarning 1 077,5 mlrd so‘m hisobidan, 66 ta uylar mahalliy budjet qo‘shimcha manbalarining 187,3 mlrd so‘m hisobidan renovatsiya qilinishi, 1 094 ta xonadondan iborat 57 ta ko‘p kvartirali uylar mahalliy budjet qo‘shimcha manbalarining 26,8 mlrd so‘m hisobidan rekonstruksiya qilinishi belgilandi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda manzilli ro‘yxatga kiritilgan ishlarni samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish ishlari tashkil etilib, olib borilgan ishlar natijasida 2022-2023 yillar uchun mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatga asosan, 
2022 yil 26-dekabr holatiga renovatsiya va rekonstruksiya qilinishi lozim bo‘lgan jami 268 ta ko‘p kvartirali uylardan reja ko‘rsatkichlardagi 
58 tasida renovatsiya va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Shundan, 43 tasida renovatsiya, 15 tasida rekonstruksiya ishlari (Respublika budjetining 23 mlrd. so‘m hisobidan 19 tasi, tadbirkorlarning 123 mlrd. so‘m hisobidan 17 tasi, mahalliy budjetning 12 mlrd. so‘m hisobidan 7 tasi) yakunlandi.
Natijada, 560 ta xonadondan iborat 58 ta ko‘p kvartirali uylar renovatsiya va rekonstruksiya qilinib, shahar va tumanlarda eskirgan uylar o‘rniga zamonaviy uy-joylar barpo etildi va 560 tadan ziyod oilalarning turmush sharoiti yaxshilanishiga erishildi.

163 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishga alohida e’tibor qaratish.

2022 yilda respublikaning 323 ta qishloq va 90 ta mahallalarining arxitektura qiyofasini tubdan yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va aholi turmush darajasini oshirish.

Bunda:

1. Dasturlar doirasida qishloq va mahallalar ro‘yxatini shakllantirishda e’tibor qaratiladigan mezonlar:

olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududda joylashganligi;

Xalq qabulxonalari va mahalliy hokimliklarga kelib tushgan murojaatlar soni;

aholi va tadbirkorlar o‘zlari istiqomat qilayotgan (joylashgan) hududni birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarining mavjudligi;

Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomiga egaligi.

2. Dasturlar doirasida tanlangan qishloq va mahallalar ro‘yxatini viloyat hokimliklari rasmiy veb-saytiga joylashtirish hamda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarini taqdimot shaklida e’lon qilish.

3. Tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar hamda fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda dasturlarga kiritiladigan qishloq va mahallalarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar va talab etiladigan taxminiy qiymatini aniqlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilish vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 18 martdagi PQ-172-sonli qaroriga muvofiq, 2022 yilda davlat budjeti, jamg‘armalar, bank krediti, tadbirkor, aholi va homiy mablag‘lar hisobidan jami 5,35 trln so‘m mablag‘ ajratildi.
Jumladan 2022  yilning 10  dekabr holatiga dastur ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi. 
Dastur parametrlariga muvofiq 2022  yil yanvar-noyabr oylarida 4 586  mlrd  so‘mi (85 foiz) ishlar bajarilgan bo‘lib mablag‘larning 3 872,4 mlrd  so‘mi (72 foiz) moliyalashtirildi.
Dasturda belgilangan barcha obyektlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi va pudratchi tashkilotlar tanlanib, obyektlarga biriktirildi hamda barcha obyektlar bo‘yicha moliyalashtirish masalalari hal etildi.
Ijtimoiy soha obyektlari bo‘yicha – rejalashtirilgan 1,2 trln so‘mlik 546 ta obyektlarda 969,9 mlrd so‘m yoki 76 foiz ishlar bajarildi hamda 454 ta obyektlar foydalanishga topshirildi.
Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi bo‘yicha – suv ta’minoti obyektlarida 3 667,8 km yoki 93,3 foiz uzunlikdagi ichimlik tarmoqlari tortildi hamda 333 ta suv inshoati rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ichki yo‘llar bo‘yicha – 4 568,1 km yoki 86,9 foiz ichki yo‘llarga asfalt, beton va qum-shag‘al qoplamalari yotqizildi hamda ta’mirlandi.
Elektr tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha – past kuchlanishli 2 930,0 km (104 foiz) elektr uzatish tarmoqlari tortildi hamda 1068 ta (96,2 foiz) transformator punktlari yangilandi va modernizatsiya qilindi.
Gaz ta’minoti obyektlari bo‘yicha – 988 dona (99 foiz) gaz taqsimlash punktlari joriy va mukammal ta’mirlandi, 372,9 km (101,5 foiz) gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, aholiga 5 029 dona (100 foiz) gaz ballonlari yetkazib berildi.
Aloqa va axborotlashtirish tarmoqlari bo‘yicha-hududlarda axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha 1 235,2 km (93,1 foiz) optik tolali aloqa kabellari tortildi.
Aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha – 254 km (66,3 foiz) ichki irrigatsiya tarmoqlarini, 178 km (33,3 foiz) piyoda yo‘laklari, 8 253 dona (36,2 foiz) tungi yoritish chiroqlari, 20 dona (25,0 foiz) sug‘orish quduqlari, 541 dona (72,5 foiz) chiqindixona, yangi tipdagi modullar va urnalar yangidan qurildi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va uy – joy fondi bo‘yicha-mahallalar infratuzilmasini yaxshilash dorasida 248 ta mahalla binolari va guzarlari 45,6 foiz moliyalashtirilib, 113 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlandi.
Shuningdek, 238 ta (47 foiz) ko‘p kvartirali, 31 986 ta (76,3 foiz) yakka tartibdagi uy – joylar ta’mirlandi.
Jamoat transporti sohasini yaxshilash bo‘yicha – hududlarda 9,477 mlrd so‘mlik 77 ta (68,8 foiz) avtobekatlar qurildi va ta’mirlandi hamda 16 ta (100 foiz) yangi jamoat transporti yo‘nalishlari tashkil etildi.
Bugungi kunda dasturda ko‘zda tutilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarori bilan belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi ishchi guruh tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, amalga oshirilatgan ishlar hududlarga chiqib o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida hamda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida doimiy ravishda muhokama qilib borilmoqda.
2023 yil Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini 2023 yildan boshlab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini yangicha tizim asosida ya’ni jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshiriladi.
 Bunda, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023 yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanishi;
 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portali orqali keyingi yil uchun tadbirlarni shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni — har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilishi;
 2023 yilga mo‘ljallangan dasturlarni joriy yilning dekabr va 2023 yilning yanvar oylarida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali shakllantirish, loyihalar paketi uchun ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorini 8 milliard so‘m, dasturlarni moliyalashtirish uchun har yili Davlat budjetidan kamida 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan. Bu esa, har yili mamlakatimizdagi kamida 500 tadan ziyod mahallalarda (qishloq) qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishidan dalolat beradi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida fuqarolar tomonidan tadbirlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini kuzatish hamda bajarilgan ishlarni real-vaqt ko‘rinishida baholab borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar tadbirlarni kuzatib borish orqali qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar aniqlaganda shikoyat tarzida vakolatli organlarga yoki “Ochiq budjet” Portali orqali “onlayn murojaat” sahifasiga murojaat qilishlari mumkin.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari Dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati va ko‘lami yuzasidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga jalb qilinadi.

164 Respublikahududlaridaqariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish va yangilash.

1. Respublika hududidagi taqsimlovchi elektr tarmoqlarini yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish.

Bunda:

2022-yilda 15 ming km uzunlikdagi (0,4 110 kV) tarmoqlarni, 4 mingta transformator punktlarini yangilash;

elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish uchun elektr tarmoqlarini loyihalash va qurishda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, elektr tarmoqlari konfiguratsiyasini optimallashtirish;

shaharlarda va yirik aholi punktlarida 35 kV va 110 kV podstansiyalarni yopiq turga o‘tkazish, 35/0,4 kV transformatorlardan keng foydalanish;

10 kV va 35 kV kuchlanishga o‘tkazish orqali 6 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlarini ekspluatatsiyadan chiqarish va 0,4 kV elektr uzatish tarmoqlarining uzunligini qisqartirish;

transformator punktlarini yangidan qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishda reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish qurilmalari o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Energetika vazirligi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 

Bugungi kunda (2022 yil 28 dekabr xolatiga) respublika hududlarida 5 858,1 km elektr uzatish tarmoqlari va 1514 ta  transformator punktlari yangilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2022 yil 29 dekabrdagi 02-PA 2/1-3959-son* topshirig‘i 2-ilovasi 116-bandiga asosan mazkur topshiriqning ijro muddatini 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

2. Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida texnologik yo‘qotishlarni 50 foizgacha 4 mlrd kVt/soatga kamaytirish. Bunda:

tajriba tariqasida Toshkent viloyati Qibray tumani Istiqlol MFYdagi taqsimlovchi elektr tarmog‘ida 120-son TPda 400 kVt quvvatli pasaytiruvchi transformatorni 10 dona 40 kVt quvvatdagi transformatorlarga almashtirish;

tajriba-sinov ishlari natijalari asosida kelgusida respublika miqyosida elektr energiyasini yetkazib berish tizimidagi yo‘qotishlarni kamida 50 foizga kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Innovatsion rivojlanish vazirligi

 

Toshkent viloyati Qibray tumani “Istiqbol” MFYdagi 120-son, quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punkti o‘rniga quvvati 63 kVA va 40 kVA bo‘lgan transformator punktlari o‘rnatildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Qorasuv” MFYdagi 1-son quvvati 250 kVA bo‘lgan transformator punktidagi mavjud transformator o‘rniga har birining quvvati 40 kVAdan bo‘lgan 10 ta transformator punktlari o‘rnatildi.
Ushbu transformatorlardan chiquvchi 
0,4 kV elektr uzatish tarmoqlarining uzunligi 1,5 km dan 50-200 metrgacha qisqartirildi. Natijada, ushbu hududlardagi 0,4 kV kuchlanishdagi  elektr uzatish tarmoqlarida yo‘qotishlar 25-30%dan 10%ga tushirildi.

3. Respublikaning magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish. Bunda:

2022-yilda 125 km uzunlikdagi 220 kV kuchlanishli magistral elektr uzatish tarmoqlarinihamdaumumiy quvvati 375 MVA bo‘lgan 2 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalarni qurishni;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil aprel

Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki ishtirokida «Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» loyihasini amalga oshirish hamda respublika magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 3-fevraldagi PQ-113-son qarori qabul qilindi.

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integratsiyalashni.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integrasiyalash ishlari doirasida quyidagilar amalga oshirildi.
“Nur Navoi Solar” MCHJ (“Masdar” – BAA)  tomonidan Navoiy viloyati Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasining ilk generasiya quvvatlari 2021 yil 26 avgustda Navoi IES OTQsi va Buxoro PSni bog‘lovchi (L-17 B-1) 220 kVli  havo uzatish tarmog‘iga kirish-chiqish sxemasi orqali Respublikaning yagona elektr-tarmog‘iga muvofaqqiyatli integrasiyasi amalga oshirildi.
Bundan tashqari, “Tutly Solar” MCHJ (“Total Yeren SA” – Fransiya)  tomonidan Samarqand viloyati Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ishlatish loyihasi doirasida ilk generasiya quvvatlari 2022-yil 24-mayda Navoi IES OTQsi va Qarshi PSni bog‘lovchi (L-Qarshi)  220 kVli havo uzatish tarmog‘iga kirish-chiqish orqali ulash yo‘li bilan Respublikaning yagona elektr-tarmog‘iga integrasiyasi muvofaqqiyatli amalga oshirildi.
Istiqboldagi loyihalar:
“ACWA Power Dzhankeldy” MCHJ va “ACWA Power Bash wind” MCHJ (“ACWA Power” – Saudiya Arabistoni) kompaniyalari tomonidan Buxoro viloyati Peshku va G‘ijduvon tumanlarida umumiy quvvati 1 000 MVt 2 ta shamol elektr stansiyalarini qurish loyihasi doirasida ilk generasiya quvvatlarini 2023 yil noyabrda Jankeldi OTQdan Sarimay PSga 500 kV kuchlanishdagi yangi HEUT qurish, Bash OTQdan Qorako‘l PSga 500 kV kuchlanishdagi yangi HEUT orqali ulash yo‘li bilan integrasiya qilinshi rejalashtirilgan.
“Shamol Zarafshon Yenergy” MCHJ (“Masdar” – BAA) tomonidan Navoiy viloyati Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish va ishlatish loyihasi doirasida ilk generatsiya quvvatlari 2024 yil sentyabrda Besopan PS va Zarafshon PS hamda Besopan PS va Gornaya PS oraliqlaridagi havo tarmoqlariga kirish-chiqish orqali chiqish orqali ulash yo‘li bilan integratsiya qilinshi rejalashtirilgan.
“Nur Sherobod Solar PV” MCHJ (“Masdar” – BAA) tomonidan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida ilk generatsiya quvvatlari 2024 yil mayda Sherabod-2 PSni qurish va ushbu PSni Surxon PSga 220 kV kuchlanishli HEUT bilan ulash orqali yo‘li bilan integrasiya qilinshi rejalashtirilgan.
“Nur Samarkand Solar PV” MCHJ va “Nur Jizzakh Solar PV” MCHJ (“Masdar” – BAA)  tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida har birining quvvati 200 MVtdan kam bo‘lmagan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish loyihalari doirasida ilk generatsiya quvvatlari 2024 yil martda Samarqand viloyatidagi FES uchun: FES OTQsidan Ishtixon PSga 220 kV kuchlanishli HEUT orqali hamda Jizzax viloyatidagi FES uchun: FES OTQsidan Saribozor PSga 220 kV kuchlanishli HEUT orqali ulash yo‘li bilan integratsiya qilinshi rejalashtirilgan.

165 Respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlari yangilash.

Respublikadagi markazlashgan ichimlik suvi bilan qisman ta’minlangan 4 658 ta va markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan 2 263 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida loyiha takliflar ishlab chiqish.

Loyiha takliflar (har bir hudud bo‘yicha) 2022-yil mart

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

“O‘zsuvta’minot” AJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 maydagi “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–257-son qarori qabul qilindi.

Joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan xatlov natijasida 9 309 ta mahallalarning 3 829 tasi to‘liq ta’minlangan, 3 940 tasi qisman ta’minlangan va 1 545 tasi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani aniqlanib, mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan dasturlar doirasida loyiha takliflari ishlab chiqildi; 
2022-2026 yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan dasturga asosan aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi qariyib 87 foizga yetkazish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilib, xorijiy moliya institutlarining 26,6 trln.so‘m kredit mablag‘lari, respublika budjetining 13,4 trln.so‘m mablag‘lari hisobidan jami 3 697 ta inshoot hamda 40,5 ming km tarmoqlar qurilishi rejalashtirilgan; 
Natijada 4 514 ta mahalla yangidan ichimlik suvi bilan ta’minlanib, jami markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan mahallalar soni 7 864 taga yetkazilib, aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 69,7 foizdan 87,1 foizga yetkazilishi ta’minlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan (2022 yil 29 martdagi 05/1-180-son topshirig‘i) respublikadagi ichimlik va oqova suv tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar takliflari ishlab chiqilib, tasdiqlandi. 
Respublikadagi ichimlik va oqova suv tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar takliflari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (2022 yil 29 martdagi 05/1-180-son). 
2022 yilda barcha dasturlar doirasida amalga oshiriladigan vazifalar: 
Investitsiya dasturi asosida, umumiy qiymati 1 020,0 mlrd.so‘m 128 ta obyektlarda jami 2,88 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 150 dona inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirildi; 
Joriy yilda yangidan boshlanadigan 62 ta obyektlar bo‘yicha loyihalashtirish ishlari amalga oshirilib, ekspertiza xulosalari olingan va loyihalarning samaradorligi va obyektlarning loyihasmeta hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tender savdolariga yo‘naltirilmoqda; 
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-172-son qarori bilan tasdiqlangan dasturiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” buyurtmachiligida joriy yilda jami 373 ta obyektlarida 3 882,2 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 431 ta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish maqsadida, 1,0 trln.so‘m mablag‘alar ajratilishi rejalashtirildi; 
Mazkur dasturlar doirasida 589 ta mahallalarda 501 ta loyihalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, obyektlarning loyiha oldi hujjatlari ishlab chiqilib, loyihalashtirish ishlari boshlanmoqda. 
Bundan tashqari, hududlarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan quduq qazish, suv minorasi qurish hamda tarmoq tortish ishlarini amalga oshirish, xususan xonadanlargacha suv tarmoqlarini tortish ishlarini aholining tashabbuslari va takliflariga asosan aholi kuchi bilan (xashar uslubida) bajarish; 
25 ta mahallalarda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining ijtimoiy buyurtma loyihalari asosida suv inshooti hamda tarmoqlarni qurish va rekonstruksiya qilish; 
Quduq qazish va markazlashgan tarmoq tortib kelish imkoni bo‘lmagan mahallalarda tashib kelinadigan suv hisobiga, markaziy suv hovuzlarini qurib, xonadonlarga tarmoq tortish va ushbu tadbirlarni xususiy investorlar tomonidan bajarilishi mo‘ljallangan. 
2022 yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida 1,6 mln aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanib, 3,4 mln aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi va aholining ta’minlanganlik darajasi 69,7 foizdan 74,2 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

166 O‘zbekiston Respublikasi suv zaxiralaridan oqilona va samarali foydalanish.

Ichimlik suvi ta’minotida va oqava suv xizmatlarini ko‘rsatishda boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish va ularning professional saviyasini oshirish.

Ichimlik suvi ta’minoti va oqava suv xizmatlari sohasi faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash hamda sohaga innovatsion texnologik yechimlar, ilmiy asoslangan zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va bu borada malakali kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Suv ta’minoti sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish akademiyasini tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish.

Prezident qarori loyihasi 2022-yil aprel

“O‘zsuvta’minot” AJ

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Suv xo‘jaligi vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ta’minoti sohasida malakali xodimlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 2022 yil 29 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (1/31-1097-son xat).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 3 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 39-bayoni 14-bandi bilan 2 oy muddatda “Toshkent shahrida ichimlik suv ta’minoti va oqova suvi tizimini transformatsiya qilish, ichimlik suvini hisobga olish va nazorat qilishning aqlli uskunalarini xarid qilish hamda suv ta’minoti soxasida malakali xodimlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini puxta ishlab chiqib, moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish” vazifasi belgilanib, Davlat dasturi 166-bandining ijro muddati 2022 yil 1 avgustga qadar uzaytirildi.
(Prezident Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 13 maydagi 02-PA 1-7533-son topshirig‘i).
Loyiha  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), 2022 yil 23 avgustda  Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborildi. (05/60636/1-180-son xat-son xat).

167 “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshirish orqali investitsiyalar va yirik xorijiy kompaniyalarni jalb qilish.

1. Hindiston davlatidan zarur mutaxassislarni jalb qilgan holda “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturining konsepsiyasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil mart

Jizzax viloyati hokimligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

 

2022-2026 yillarda Jizzax viloyatining sanoatini rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratishga doir “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror loyihasi 2022 yil 26 aprelda Jizzax viloyat hokimligining 01-749-son xati bilan Adliya vazirligiga kiritilgan. Adliya vazirlida huquqiy ekspertiza o‘tkazilib huquqiy  hulosasi olingan. 2022 yil 19 aprelda Jizzax viloyat hokimligining 01-709-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. 
Bugungi kunda qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

2. Jizzax shahrida investorlarga ko‘mak markazini tashkil qilish hamda “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini ishlab chiqish va tatbiq etishning aniq mexanizmlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil I chorak

Jizzax viloyati hokimligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

 

2022-2026 yillarda Jizzax viloyatining sanoatini rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratishga doir “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror loyihasi 2022 yil 26 aprelda Jizzax viloyat hokimligining 01-749-son xati bilan Adliya vazirligiga kiritilgan. Adliya vazirlida huquqiy ekspertiza o‘tkazilib huquqiy  hulosasi olingan. 2022 yil 19 aprelda Jizzax viloyat hokimligining 01-709-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. 
Bugungi kunda qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Administratsiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

3. Jizzax viloyatining Aydar-Arnasoy ko‘llar atrofini Xalqaro industrial Forum o‘tkazishga tayyorlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil may

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Turizm va sport vazirligi

Jizzax viloyati hokimligi

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Jizzax viloyatining sanoatini rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratishga doir “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Jizzax viloyat hokimligi tomonidan 
2022 yil 18 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (01-771-son xat).
Loyihada, shu jumladan, Jizzax viloyatining Aydar-Arnasoy ko‘llar atrofini Xalqaro industrial Forum o‘tkazish doirasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolash choralarini ko‘rish masalalari nazarda tutilgan.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (04/59114/1-180-son xat).

Forum doirasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolash choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Turizm va sport vazirligi

Jizzax viloyati hokimligi

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Jizzax viloyatining sanoatini rivojlantirish, qulay investitsiya muhitini yaratishga doir “Jizzaxda ishlab chiqaring” sanoat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Jizzax viloyat hokimligi tomonidan 
2022 yil 18 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (01-771-son xat).
Loyihada, shu jumladan, Jizzax viloyatining Aydar-Arnasoy ko‘llar atrofini Xalqaro industrial Forum o‘tkazish doirasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolash choralarini ko‘rish masalalari nazarda tutilgan.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (04/59114/1-180-son xat).

168 Hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali keyingi 5 yilda xizmat ko‘rsatish hajmini 3 barobarga oshirish.

Servis sohasini rivojlantirishning 5 yillik maqsadli ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, 2022-yilda xizmatlar hajmini 1,5 baravarga oshirish, 1,5 mln yangi ish o‘rinlarini yaratish va 60 mingdan ortiq servis obyektlarini tashkil etish dasturni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PQ-104-sonli qarori bilan xizmatlar sohasini rivojlantirishga yangicha yondashuvlarni joriy etish orqali bozor xizmatlari hajmini 2022 yilda 1,5 baravarga oshirish hamda qo‘shimcha 1,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlari belgilab olindi.
Shunga ko‘ra, 2022 yilda respublika hududlarida xizmatlar sohasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining jami 1,5 mln tadan tashkil topgan oyma-oy reja taqsimoti ishlab chiqilib tasdiqlandi.
Bugungi kunda vazirlik tomonidan mazkur oyma-oy tasdiqlangan rejaga asosan monitoringi olib borilmoqda.
Shuningdek, hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari ijro holati hamda xizmatlar sohasida yaratilayotgan ish o‘rinlari to‘g‘risida har oy yakuni bilan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminmistratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga, Oliy Majlis Senatiga taqdim etib borilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi Tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan hududlarda joriy yilning hisobot davrida 1,5 mln nafar aholining bandligi ta’minlandi, 80 mingta servis obyektlari tashkil etildi, xizmatlar hajmi 322,6 trln.so‘mga yetkazildi.

169 Shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash, keytring kabi xizmatlarni ko‘rsatish punktlarini rivojlantirish. Shu jumladan, 2022 yilda har bir shahar va tumandan kamida bittadan zamonaviy xizmat ko‘rsatish punktlarini tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi hududiy chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash:
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari orqali xizmat ko‘rsatish punktlarini tashkil etish loyihalarini qo‘llab quvvatlash;

shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning birinchi qavati hamda yerto‘lalarida xizmat ko‘rsatish punktlarini tashkil etish uchun imtiyozli ijara berishni rag‘batlantirish;
o‘zini o‘zi band qilish tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarni xizmat ko‘rsatish punktlariga jalb etish orqali ular uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish;
asb-hunar markazlarida ushbu yo‘nalishlarni tamomlab (elektrik, santexnik, ta’mirlash) xizmat ko‘rsatish punktlarida faoliyat olib bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga asbob-uskuna sotib olishi uchun subsidiya ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarning shaxar va tumanlarida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi loyihasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 8- fevraldagi 02/81-3214-son bilan tasdiqlandi.
170 Respublika hududlarida savdo va yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish.

Respublika hududlarida har yili savdo xizmatlari hamda yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutuvchi, shu jumladan, 2022-yilda 30 ta bozor va savdo komplekslari, 13 ta yirik va 1000 ta kichik yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda:

har bir hududda bozor va yirik ulgurji-savdo markazlari, magistral va xalqaro yo‘llar yoqasida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha yer maydonlarini aniqlash hamda hududlarning master planlariga kiritish;
tanlangan yer maydonlarini loyiha konsepsiyalarini shakllantirgan holda onlayn auksion savdolariga chiqarish;
qishloq joylarda ko‘chma savdo nuqtalarini ko‘paytirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qurilish vaziri

Kadastr agentligi

 

Belgilangan mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan:
birinchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (2022 yil 20 may №02/1-168), shuningdek Hududlarda 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha xar bir hudud kesimida qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi (№02/1-168, 20.05.2022 y).
Bunda,
– har bir hududda bozor va yirik ulgurji-savdo markazlari, magistral va xalqaro yo‘llar yoqasida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha yer maydonlarini aniqlash;
– tanlangan yer maydonlarini loyiha konsepsiyalarini shakllantirgan holda onlayn auksion savdolariga chiqarish;
– qishloq joylarda ko‘chma savdo nuqtalarini ko‘paytirish vazifalari belgilab berildi.
Ikkinchi, tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan hududlarda 30 ta bozor va savdo komplekslari tashkil etildi va rekonstruksiya qilindi, 105 ta yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etildi, yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha jami jami 1281 ta, shundan 14 ta yirik va 1267 ta kichik yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari tashkil etildi.
Uchinchi, hududlarda bo‘sh yer maydonlarini aniqlash bo‘yicha xatlov o‘tkazilib, jami 51,3 mingta, shu jumladan, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 35 mingta yer maydonlari auksion savdolariga chiqarildi. 
Jumladan, bozor va yirik ulgurji-savdo markazlarini tashkil etish maqsadlari uchun 369 ta, magistral va xalqaro yo‘llar yoqasida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 1652 ta yerlar auksion savdolariga chiqarildi.
Shu bilan birga, ko‘chma savdo va yengil konstruksiyali savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 39 mingta (yillik rejaga nisbatan 141 foiz), shundan qishloq joylarida 25 mingdan ortiq yer maydonlari K-savdo elektron platformasi orqali auksion savdolarga chiqarildi.
Shu bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish bo‘yicha qaror loyixasi dasturi va taqdimot matriallari tayyorlanib Vazirlar Mahkamasimga kiritilgan.

171 Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish.

Tadbirkorlikka qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish. Bunda:
xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb qilgan holda, kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
norasmiy bandlik darajasini qisqartish uchun sohalar bo‘yicha manzilli ishlash, norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlarni rasmiy sektorga jalb qilish maqsadida rag‘batlantiruvchi mexanizmlar orqali yashirin iqtisodiyotdan olib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi 2022-yil aprel

Davlat soliq qo‘mitasi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

 

“Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish” bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov tomonidan 2022 yil 28 aprelda tasdiqlandi (02/1-180-son).
172 Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etilishini ta’minlash.

Xizmat sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yangidan tashkil etiladigan savdo komplekslari va mehmonxonalar uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil fevral

Moliya vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

 

Xizmat sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yangidan tashkil etiladigan savdo komplekslari va mehmonxonalar uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-sonli qarori qabul qilindi va topshiriq ijrosi (qaror 2-bandi b) kichik-bandda) ta’minlandi.
173 Respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 2026-yilga qadar 9 mln nafarga yetkazish.

1. Xorijiy turizm bozorlarida mamlakat turizm salohiyatini targ‘ib qilish.

Bunda:

2022-yilda mamlakatni sayohat uchun xavfsiz mamlakat sifatida e’lon qilish;

maqsadli bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib borish va pandemiyadan so‘ng, davlatlar kesimida turizm marketing strategiyasini ishlab chiqish;
xorijiy mamlakatlarda xalqaro turizm ko‘rgazma va yarmarkalarda milliy stend bilan ishtirok etish;
mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va vatandoshlar ko‘magida dunyo miqyosida “O‘zbekiston kunlari” promo aksiyasini muntazam tashkil qilish;
tomoshabinlar qamrovi keng bo‘lgan ommabop bloger, vlogerlar hamda inflyuenserlar uchun mamlakat bo‘ylab info turlar tashkil qilish;

xorijiy turistlar sonini 2022 yilda 2,7 mln nafarga yetkazish.

Turizm va sport vazirligining marketing strategiyasi 2022-yil

Turizm va sport vazirligi

Moliya vazirligi

 

Vazirlik tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “2022-yilda maqsadli bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib boorish orqali pandemiyadan so‘ng, davlatlar kesimida xorijiy turistlar sonini 2,7 mln nafarga yetkazish bo‘yicha marketing strategiyasi” ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Turizm va madaniy meros vazirligining 2022-yil 1-martdagi 21-21/178-sonli xati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 martdagi 31/1-180-son bilan tasdiqlangan “2022 yilda maqsadli bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib borish orqali pandemiyadan so‘ng, davlatlar kesimida xorijiy turistlar sonini 2022 yilda 2,7 mln nafarga yetkazish bo‘yicha marketing strategiyasi” ijrosini samarali amalga oshirish yuzasidan, Turizm va madaniy meros vazirligining ichki nazorat rejasi tasdiqlanib ijroga qaratildi.
Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 10 martdagi 02-21/358-son xati.
Vazirlik tomonidan o‘tgan davrda ichki turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Respublika OAV hamda markaziy telekanallar vakillari, blogerlar hamda inflyuenserlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga va Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Namangan viloyatlariga infoturlar tashkil etildi.
2022 yil iyun oyida Xiva shahrida o‘tkazilgan “Pahlavon Mahmud - Strongmen Games” II xalqaro turnirini yoritish bo‘yicha Press-turda 6 nafar mahalliy 4 nafar xorijlik blogerlar ishtirok etdi;
Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan “Lavanda” festivalida ekoturizmni targ‘ib qiluvchi xorijlik 3 nafar blogerlar hamda inflyuenserlar ishtiroki ta’minlandi;
O‘zbekiston Gastronamik turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hududlar tayyorlanuvchi milliy taomlar bo‘yicha xorijlik fudblogerlar ishtirokida maxsus video, foto materiallar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilinmoqda;
2022 yil yanvar-iyun oylarida 1624,0 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2022 yil 9-12 fevral kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “EMITT-2022” va 29-30 mart kunlari Tel-Aviv shahri (Isroil davlati)da tashkil etilgan “IMTM” turistik ko‘rgazmasida milliy stend bilan ishtirok etildi. Shuningdek 19-20 may kunlari Olma-ota (Qozog‘iston) shahrida bo‘lib o‘tgan “KITF-2022” ko‘rgazmasida mamlakatimizning turizm salohiyati namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ va mamlakatimizning turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda 2022 yilning 20-22 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “KITF” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Vazirlik tomonidan o‘tgan davrda ichki turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Respublika OAV hamda markaziy telekanallar vakillari, blogerlar hamda inflyuenserlar uchun  Qoraqalpog‘iston Respublikasiga va Xorazm, Buxoro, Surxondaryo va Namangan viloyatlariga infoturlar tashkil etildi.
2022 yil yanvar-aprel oylarida 878,8 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.
Xorijiy turistlar sonini 2022 yilda 2,7 mln nafarga yetkazilgan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan yakuniy ma’lumotlar Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2022 yil 22 noyabrda 02-21/6989-son xat bilan Hukumatga kiritilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-122-son Farmoni qabul qilindi.
Davlat dasturida belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida DBQning 2022 yildagi 37-son buyrug‘i ishlab chiqildi.
Chegara bojxona postlaridagi mavjud infratuzilma va fuqarolar uchun yaratilgan shart sharoitlarni o‘rganish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi 5-11732/22-son ish rejasi tasdiqlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-122-son Farmonining 1-ilovasi bilan 46 ta banddan iborat “2022 yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.
Farmon ijrosi doirasida 2022 yil 1 apreldan “Samarqand” xalqaro aeroportida, 2022 yil 1 iyuldan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida “sezilmaydigan bojxona nazorati” tizimi joriy qilindi. 
Bunda, Yevropa, AQSH, Turkiya, BAA, Xitoy va Koreya kabi rivojlangan davlatlar xalqaro aeroportlari tajribasi asosida bojxona nazoratini masofadan amalga oshirish amaliyoti qo‘llanildi. 
Mazkur yo‘nalishda ishlar davom ettirilib, 2022 yil 1 oktyabrdan “Termiz” xalqaro aeroporti va 2023 yil yakuniga qadar respublikaning qolgan barcha aeroportlarda mazkur tizim joriy etiladi.
Bundan tashqari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Uzbekistan Airports kompaniyasi va boshqa tashkilotlar bilan 2022 yil 25 may kuni “Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi Fast Track xizmati ishga tushirildi (https://uznews.uz/posts/55838). Xizmat yo‘lovchilarga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish imkonini beradi.
Fast Track xizmatidan foydalanish uchun yo‘lovchi jo‘nash terminalidagi ma’lumot burchagiga murojaat qilishi kerak. To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng aeroport xodimi yo‘lovchini maxsus “koridor” bo‘ylab “steril” zonagacha kuzatib boradi va u yerdan yo‘lovchi mustaqil ravishda bortga chiqadi (Fast Track xizmatining narxi 170 000 so‘m. Shuningdek, oila a’zolari bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun “Oilaviy” paketi mavjud. Xizmat uchun milliy valyutada naqd pulda yoki Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar orqali bank o‘tkazmasi orqali to‘lash imkoniyati ham mavjud).
Natijada, aeroportlarda navbatlarga barham berildi.
Turizmni pandemiyadan keyin qayta tiklash maqsadida xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi. Yil boshidan buyon turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi. Yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paydi.

2. Xalqaro aviatashuvlar sonini oshirish.

Bunda, pandemiya sharoitidan kelib chiqib joriy yildan boshlab 40 ta xorijiy davlat aviatashuvchilari bilan muzokara olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yildan boshlab

Transport vazirligi

Xorijiy davlat aviatashuvchilarini O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirishga jalb etish maqsadida O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan hamkorlikda videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazish ustida tegishli ishlar olib borilmoqda.
Shu kunga qadar Malayziyaning Malaysia airline, Air Asia, Air Asia X, Ozarbayjonning Azal, Eronning Zagros Airlines, Tojikistonning Somon Air, Rossiyaning Azimut, I Fly, Alrosa, Smart avia aviakompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekistonga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berildi.
Rossiyaning Azimut, I Fly, Alrosa, Smart avia kompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni oshirish uchun “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan ruxsatnomalar berildi. 
Hozirga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy, Xindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirligi, Mongoliya davlatlari bilan muzokaralar olib borildi.
Bundan tashqari, boshqa davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirish, ularning texnik va xavfsizlik talablariga javob beradigan aviakompaniyalariga ruxsatnomalar berilishi rejalashtirilgan.
2022 yil yanvar-may oylarida jami 3 684,7 ming aholining ichki sayohatlari tashkil etildi.
Bundan tashqari, 2022 yildan boshlab xorijiy davlat aviatashuvchilarini O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga qatnovlarni amalga oshirishga jalb etish maqsadida O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari bilan hamkorlikda videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazildi;
30 ta xorijiy davlatlar – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Xindiston, Pokiston, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Mongoliya, Vetnam, Bangladesh, Polsha, Latviya, Vengriya, Yaponiya, Finlyandiya, Singapur, Indoneziya, Fransiya, Germaniya, Ummon, Iordaniya, Koreya, Belarus va Qatar davlatlarining aviakompaniyalari, shu jumladan, Red Wings, Azimuth, I Fly, Alrosa, Smart avia, Air Astana, SCAT, Air Manas, Somon Air, Turkmenistan, Azal, PIA, Zagros Airlines, Qeshm Air, Wizz Air Abu Dhabi, Fly Dubai, Flynas, Qatar Airways, Malaysia airline, Air Asia, Air Asia X, Vietnam Airlines, Biman Bangladesh Airlines, LOT Polish Airlines Wizz Air, All Nippon Airlines, Finnair, Garuda, Air France va boshqa aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib borildi;
2021 yil O‘zbekistonga 27 ta xorijiy aviakompaniya 48 ta yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlarini amalga oshirgan bo‘lsa, 2022 yilda 
30 ta xorijiy aviakompaniya 69 ta yo‘nalish bo‘yicha parvozlarini amalga oshirmoqda.

3. Qo‘shni davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan turistik avtobuslar va temir yo‘l qatnovini joriy etish.

Bunda:

2022 yilda qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib borish;
muzokaralarning ijobiy natijasiga ko‘ra, mamlakatimiz tomonidan bajariladigan choralar uchun tarmoq jadval ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Vazirlar Mahkamasining tarmoq jadvali 2022-yil dekabrga qadar

Transport vazirligi

Qozog‘iston Respublikasi Hukumati bilan birgalikda avtobus yo‘nalishlarini tiklash bo‘yicha 2022 yil 17 fevral kuni muzokaralar olib borildi. 
2022 yil 12 apreldan boshlab, Qozog‘iston Respublikasiga  “Toshkent – Chimkent”, “Toshkent – Turkistan”, “Toshkent – Qizilo‘rda”, “Toshkent – Olmaota”, “Toshkent – Irgeli”, “Toshkent - Nur Sulton” “Nukus - Ush Kunir” Qirg‘iziston Respublikasiga “Toshkent – Bishkek” va Tojikiston Respublikasiga  “Toshkent – Xo‘jand” xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan bir qatorda Rossiya Federatsiyasiga avtobus yo‘nalishlari ochilishi rejalashtirilgan. 
Shuningdek, yo‘lovchi poyezdlar qatnovini tiklash masalasi bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan 2022 yil 
13 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasiga yo‘lovchi poyezdlar qatnovini tiklash bo‘yicha takliflar yuborilgan. Bugungi kunda mazkur takliflar ushbu davlatlar tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qo‘shni davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laydigan avtobus va temir yo‘l qatnovlarini joriy etish maqsadida, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, 2022 yil 8 noyabrdagi 2/6974-son xat bilan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
Tarmoq jadvali O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri o‘rinbosari A.J.Ramatov tomonidan 
2022 yil 10 noyabrda tasdiqlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va  Qozog‘iston Respublikasi Hukumati bilan birgalikda avtobus yo‘nalishlarini tiklash bo‘yicha 2022 yil 17 fevral kuni muzokaralar olib borildi; 
2022 yil 12 apreldan boshlab, Qozog‘iston Respublikasiga  “Toshkent – Chimkent”, “Toshkent – Turkiston”, “Toshkent – Qizilo‘rda”, “Toshkent – Olmaota”, “Toshkent – Irgeli”, “Toshkent - Nur Sulton” “Nukus - Ush Kunir”, shuningdek, Tojikiston Respublikasiga  “Toshkent – Xo‘jand” xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi;   
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlar qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borildi;
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishni qayta tiklandi. 2022 yil 15 apreldan “Toshkent - Bishkek” va “Jizzax - Bishkek” xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi;
“Toshkent - Moskva” va “Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalish hujjatlari tayyorlandi va kelishish uchun Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligiga yuborildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov nomidan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlar qayta tiklash bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari T.Golikova nomiga 
2022 yil 18 iyundagi 05/1-1182-son xati yuborildi;
2022 yil 18 iyuldan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi “Toshkent - Moskva”, “Toshkent - Kazan” va “Toshkent – Sankt Peterburg” muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlar qayta tiklandi.
Rossiya Federatsiyasiga harakatlanadigan “Toshkent – Samara – Toshkent” 2022 yil 23 iyun kunidan  hamda “Toshkent – Volgograd – Toshkent” 2022 yil 26 iyun kunidan boshlab   yo‘nalishlaridagi yo‘lovchi poyezdlar harakti qayta tiklandi. 
Qozog‘iston Respublikasiga harakatlanadigan 647/648-son “Nukus–Beynau–Nukus” yo‘lovchi poyezdi 2022 yil 15 maydan, 1/2-son “Olmaota–Toshkent– Olmaota” yo‘lovchi poyezdi 2022 yil 16 maydan harakti qayta tiklandi.
Tojikiston Respublikasining “Tojikiston temir yo‘llari”DUK tasarrufidagi yo‘lovchi poyezdlaridan tashkil topgan “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘lovchi poyezdi 2022 yil 20 iyundan yo‘lga qo‘yildi.
2022 yil yanvar-noyabr oylarida mahalliy yo‘nalishlarda:
Afrosiyob elektropoyezdi bo‘yicha:
Toshkent-Qarshi-Toshkent - 209 129 nafar;
Toshkent-Buxoro-Toshkent - 774 853 nafar;
Toshkent-Samarqand-Toshkent - 217 808 nafar.
Mahalliy yo‘nalishdagi qolgan poyezdlar bo‘yicha:
Toshkent-Andijon-Toshkent - 503 626 nafar;
Toshkent-Qarshi-Toshkent - 304 999 nafar;
Toshkent-Buxoro-Toshkent - 643 182 nafar;
Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent - 696 906 nafar;
Toshkent-Xiva-Toshkent - 615 180 nafar;
Toshkent-Termiz-Toshkent - 445 020 nafar, 
jami 4 410 703 nafar yo‘lovchilar tashilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,6 foizga ortdi.
Joriy yil may oyidan hozirgi kungacha, xalqaro yo‘nalishlarda:
Toshkent-Voljskiy-Toshkent - 11 209 nafar;
Nukus-Beyneu-Nukus - 56 Z7Z nafar;
Olmaota–Toshkent– Olmaota - 24 9Z7 nafar;
Toshkent-Samara-Toshkent - 20 982 nafar;
Toshkent-Volgograd-Toshkent - 5Z 791 nafar;
Toshkent-Dushanbe-Toshkent - 6 694 nafar, jami 16Z 986 nafar yo‘lovchilar tashilgan.

4. Chegara o‘tish punktlarida sayyohlar uchun qisqa muddatda o‘tish tizimini joriy qilish.

Bunda:

2022 yilda qisqa muddatda o‘tish tizimi joriy etiladigan chegara punktlarini aniqlash va bosqichma-bosqich o‘tish punktlarini joriy etish;
tizim joriy etiladigan punktlarni jihozlash, sayyohlar uchun sharoit yaratish va tartiblarni nazarda tutuvchi tarmoq jadval ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Vazirlar Mahkamasining tarmoq jadvali 2022-yil

Davlat bojxona qo‘mitasi,

Turizm va sport vazirligi

Davlat dasturida belgilangan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida DBQning 2022 yildagi 37-son buyrug‘i ishlab chiqildi.
Chegara bojxona postlaridagi mavjud infratuzilma va fuqarolar uchun yaratilgan shart sharoitlarni o‘rganish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining fevral oyi uchun 08.02.2022 yildagi 5-11732/22-sonli ish rejasi tasdiqlandi. 
Ish rjasiga muvofiq DBQ rahbariyati boshchiligida 6 ta guruh shakllantirildi va chegara bojxona postlarida o‘ragnilishi talab etiladigan yo‘nalishlar belgilab berildi.
O‘rganishda respublikamiz tovar va transportlar hamda fuqarolar harakati oqimi yuqori bo‘lgan postlarga e’tibor qaratildi.
Fuqarolar va yuklarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan kelib chiqib jami respublika bo‘yicha 40 ta bojxona postlari tanlab olindi.
Joriy yilning mart oyi davomida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda 40 ta bojxona postining har birida post va post oldi infratuzilmasini hamda bojxona postlaridan so‘ng Davlat chegara chizig‘igacha bo‘lgan xududlarni yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xarita”lari tasdiqlandi. 
Xususan, chegara postlari atrofidagi ta’mirtalab yo‘llar asfaltlanib, 4,5 mingta daraxt va 47 mingta gul ko‘chatlari ekilib, obodonlashtirildi.
12 ta postni tabiiy gaz, 24 ta postni ichimlik suvi va 17 ta postni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash masalasi hal etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son Farmonining 1-ilovasi bilan “2022 yilda bojxona organlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.
Yo‘l xaritasiga asosan 2022-2023 yillarda 3 ta chegara bojxona postlarini yangitdan qurish («Dovut-ota» chegara bojxona posti, «Navoiy» chegara bojxona posti, «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti), 37 ta bojxona postlari va ma’muriy binolarini rekonstruksiya qilish va ulardagi mavjud infratuzilmalarini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Farmon ijrosi doirasida joriy yilning 1 apreldan “Samarqand” xalqaro aeroportida, 2022 yil 1 iyuldan Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida “sezilmaydigan bojxona nazorati” tizimi joriy qilindi. 
Bunda, Yevropa, AQSH, Turkiya, BAA, Xitoy va Koreya kabi rivojlangan davlatlar xalqaro aeroportlari tajribasi asosida bojxona nazoratini masofadan amalga oshirish amaliyoti qo‘llanildi. 
Mazkur yo‘nalishda ishlar davom ettirilib, 2022 yil 1 oktyabrdan “Termiz” xalqaro aeroporti va 2023 yil yakuniga qadar respublikaning qolgan barcha aeroportlarda mazkur tizim joriy etiladi.
Bundan tashqari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Uzbekistan Airports kompaniyasi va boshqa tashkilotlar bilan joriy yilning 25 may kuni “Toshkent” xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida yangi Fast Track xizmati ishga tushirildi (https://uznews.uz/posts/55838). Xizmat yo‘lovchilarga reysga ro‘yxatdan o‘tish, bojxona va pasport nazorati, shuningdek, parvoz oldidan tekshiruvlardan navbatsiz o‘tish imkonini beradi.
Fast Track xizmatidan foydalanish uchun yo‘lovchi jo‘nash terminalidagi ma’lumot burchagiga murojaat qilishi kerak. To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng aeroport xodimi yo‘lovchini maxsus “koridor” bo‘ylab “steril” zonagacha kuzatib boradi va u yerdan yo‘lovchi mustaqil ravishda bortga chiqadi (Fast Track xizmatining narxi 170 000 so‘m. Shuningdek, oila a’zolari bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun “Oilaviy” paketi mavjud. Xizmat uchun milliy valyutada naqd pulda yoki Uzcard, Humo, Visa, Mastercard va boshqalar orqali bank o‘tkazmasi orqali to‘lash imkoniyati ham mavjud).
Natijada, aeroportlarda navbatlar barham berildi. Turizmni pandemiyadan keyin qayta tiklash maqsadida xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi. Yil boshidan buyon turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi. Yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paydi.
Bundan tashqari joriy yilning 29 iyul kuni 12/01-22-1803-sonli xat bilan Vazirlar Mahkamasiga tarmoq jadvali ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun kiritildi.
Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorovning 2022 yil 3 dekabrdagi 02/1-180-sonli tarmoq jadvali tasdiqlandi.

5. Yangi turizm yo‘nalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish.

Bunda:

mutlaqo yangi yo‘nalishlar, jumladan, turizm qishlog‘i, turizm va gastronomik ko‘chalar, ziyorat turizmi marshrutlari, plyaj, suvda va cho‘l hududlarida dam olish turizmi tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish;
mamlakat hududlarida tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish;
“To‘siqsiz turizm”
ni rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vazirligi

Navoiy viloyati Nurota tumani “Sentob” qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi hamda 20 ta oilaviy mehmon uyi, 3 ta xostel hamda turizm va hunarmandchilik yo‘nalishida 15 turdagi xizmatlar tashkil etildi, 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ish boshladi, 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumani “Gagarin”, Andijon viloyatining Andijon shahri “Istiqlol”, Buxoro viloyatining Romitan tumani “A.Temur”, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahri “Kashtanzor”, Navoiy viloyatining Navoiy shahri “I.Karimov”, Jizzax viloyatining Jizzax shahri “S.Xamroqulov”, Namangan viloyatining Davlatobod tumani “Qo‘qumboyshox”, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri “Nasafiy”, Samarqand viloyatining Samarqand shahri “I. Karimov”, Surxondaryo viloyatining Termiz shahri “Navbog‘” va “Dilnavo” ko‘chalarida turizm va gastronomik ko‘chalari tashkil etildi.
2022-yil davomida xalqaro turizm, jumladan, Isroil (6 ta), Rossiya (11 ta) va Hindiston (14 ta) davlatlari bozoriga yo‘naltirilgan ziyorat turizm marshrutlari shakllantirildi hamda diplomatik vakolatxonalar orqali xorijiy davlatlarning turistik tashkilotlariga taqdim etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri “Ashshi ko‘l” ko‘li hamda Mo‘ynoq tumanida “Orol kemalari” yodgorligi hududida plyaj va dam olish turizm tarmog‘i tashkil qilindi. Ushbu turizm maskanlarida qo‘shimcha ravishda ovqatlanish, o‘tov uylar, ko‘ngilochar-savdo, sanitar-gigiyenik shoxobcha xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Navoiy viloyati Nurota tumani Aydarko‘l cho‘li, Qiziltepa tumani To‘dako‘l suv havzasida “Mironshox chorbog‘i” FX tomonidan plyaj turizmi majmuasi, Buxoro viloyati Vobkent tumani “Shirin” qishlog‘i, Samarqand viloyati Urgut tumani “Qoratepa” MFY, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani va O‘rtachirchiq tumanida plyaj, suzish va dam olish maskanlari ishga tushdi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududida 3 yulduzli “Wyndham Garden”, “Hampton by Hilton”, “Ramada encore by Wyndham” mehmonxonalari (360 ta o‘rinli) foydalanishga topshirildi, qo‘shimcha MICE - turizmi tadbirlarini tashkil qilish uchun konferens zall, restoran va transport xizmatlari tashkil qilindi.
Samarqand viloyati Samarqand tumanida “Silk Road Samarkand”, Buxoro viloyati Romitan tumanida “Bukhara Desert Oasis & Spa”, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy”, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida “Qalajiqqal’a Oasis” turizm klasterlari tashkil etildi. Ushbu klasterlarda bir necha turdagi, jumladan, joylashtirish,  MICE -turizm, hunarmandchilik ustaxonalari, ovqatlanish, gid-ekskursovod, avtotransport vositalari ijarasi, transport, suvenir mahsulotlari savdosi, baliq ovlash, agroturizm, arxeologik, safari, sog‘lomlashtirish, suzish, turoperator kabi turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi, vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
 (Vazirlikning 2022 yil 23 dekabrdagi 02-15/8155-sonli xati)

174 Ichki turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali 2026-yilda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar soni 12 mln nafardan oshirish.

1. Hududlarning turizm salohiyatiga oid targ‘ibot materiallarini tayyorlagan holda ommaviy axborot vositalarida yoritish va infoturlar tashkil qilish.

2. Mahalliy sayyohlari sonini 2022 yilda 8,2 mln nafarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

2022 yil davomida turizm va madaniy meros sohalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan 4 018 ta material tayyorlanib, yoritildi. Ichki turizmni rivojlantirishda hududlarning turistik salohiyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha 28 ta press-turlar tashkil etildi. Ushbu press-turlar davomida hududlarning turistik salohiyati va turistik obektlari to‘g‘risida jami 3 227 ta material OAVlarda keng jamoatchilik uchun e’lon qilindi.
1. Joriy yilning 26-28-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida  turizm va madaniy meros sohalari salohiyatini oshirish maqsadida qilinayotgan ishlar, jumladan, yangidan tashkil etilayotgan turizm infratuzilma obyektlari hamda Mo‘ynoq aeroportining ishga tushirilishi munosabati bilan press-tur tashkil etildi.
Press-turda 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi hamda press-tur davomida Mo‘ynoq, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot tumanlari va Nukus shahrida joylashgan turistik obyektlar bilan tanishildi.
2. “Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni” munosabati bilan joriy yilning 18-19 aprel kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi hamda uning huzuridagi Madaniy meros agentligi va Xorazm viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun Xorazm viloyatiga press-tur tashkil etildi
https://t.me/uzbektourismofficial/8428
3. Shuningdek, may oyida Surxondaryo vilyaotida o‘tkazilgan “Boysun bahori”, Buxoro viloyati “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” va Namangan viloyatidagi “Gullar festivali”ga 40 dan ortiq OAV, bloger, vloger va ijtimoiy tarmoq vakillarining press-turlari tashkil etildi.
4. Iyun oyida aholi o‘rtasida sayyohlik madaniyatini oshirish masalalariga bag‘ishlab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga press-tur tashkil etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/8844
Ozarbayjonlik jurnalistlar va soha mutaxassislari ishtirokida mamlaktimizning bir qator shaharlariga (Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent) info-tur tashkil etildi: https://t.me/uzbektourismofficial/8785
“Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyani yoritish hamda Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini OAVlarda targ‘ib qilish maqsadida press-tur tashkil etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/8774
Xorazm viloyatining Xiva shahrida o‘tkazilgan “Pahlavon Mahmud - Strongmen Games” II xalqaro turnirini yoritish hamda  Xorazm viloyatining turistik salohiyatini OAVlarda targ‘ib qilish maqsadida press-tur tashkil etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/8740
Andijon viloyatining turistik salohiyatini OAVlarda targ‘ib qilish hamda “Yoshlar festivali”ni keng jamoatchilik uchun OAVlarda yoritish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Avgust oyida Qashqadaryoda o‘tkazilgan “Yoshlar turizmi” qurultoyi va uning doirasida Shahrisabzning “G‘elon” qishlog‘iga OAV vakillari ishtirokida press-turlar tashkil etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/9162
https://t.me/uzbektourismofficial/9183
Sentyabr oyida “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazini OAVlarda targ‘ib qilish maqsadida press-tur tashkil etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/9389

Sentyabr oyida o‘tkazilgan O‘zbekistonning turistik salohiyati IFTM Top Resa 2022 xalqaro turistik ko‘rgazmasi OAVlarda keng targ‘ib etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/9478?single
Sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilgan “Boqirg‘oniy tavalludining 900-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya”ni OAVlarda targ‘ib qilish maqsadida press-tur tashkil etildi:
https://t.me/uzbektourismofficial/9520?single
Oktyabr oyida Qo‘qon shahriga “Qo‘qon etnosport chellenj — 2022” festivali doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
http://uzbektourism.uz/news/view?id=2431
Samarqand shahriga Xalqaro gastronomik festivali doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
https://t.me/uzbektourismofficial/9571
Marg‘ilon shahriga “Atlas bayrami” V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik  festivali doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
https://t.me/uzbektourismofficial/9605
Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi doirasida Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga press-tur tashkil etildi.
https://t.me/uzbektourismofficial/9828
https://t.me/uzbektourismofficial/9862
https://t.me/uzbektourismofficial/9894

3. Nomavsumiy oylarda chegirmalar taqdim etgan holda “Ichki turizm oyligi”ni tashkil qilish hamda “Ichki turizm haftaligi”, “Ichki turizm kunlari”i dasturlarini madaniy, ko‘ngilochar, milliy hamda diniy bayramlar, katta sport tadbirlari doirasida amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

2. Mahalliy sayyohlar sonini 2022 yilda 8,2 mln nafarga yetkazish maqsadida hududlar kesimida reja-grafik jadvallar ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
(Vazirlikning 2022 yil 18 martdagi 02-14/568-sonli xati)
2022 yil davomida jami 10,4 mln aholining ichki sayohatlari tashkil etildi. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga xat kiritildi.
(Vazirlikning 2022 yil 23 noyabrdagi 02-14/7018-sonli xati).
3. Vazirlar Mahkamasining 20.01.2022-yildagi 31/1-856-son bilan “2022 yilda Respublikada o‘tkaziladigan madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvim rejasi” tasdiqlandi va ijroga qaratildi.
Kalendar rejaga asosan madaniy, ko‘ngil ochar tadbirlar o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yildi.
Nomavsumiy oy bo‘lgan 2022 yil 25 fevral kuni Buxoro shahrida “Ichki va ziyorat turizm yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada Buxoro, Xorazm, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan turoperator va hunarmandlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida mamlakatimizda ziyorat turizmi yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar natijasida Respublika bo‘ylab 119 ta ziyorat obyektlari taqdimot etildi. Shundan so‘ng viloyatlardan tashrif buyurgan 100 dan ortiq turoperatorlar ishtirokida B2B uchrashuvlarida hududlarda tashkil etilgan yangi turistik marshrutlardagi xizmatlar taqdimot etilib, o‘zaro kelishuvlar imzolandi.
Tadbirlarni yilning nomavsumiy oylarida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2022 yilning 8-9 iyun kunlari Qo‘qon universitetida “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 maydagi 51-sonli yg‘ilish bayoni bilan hududlar kesimida mahalliy sayyohlar sonini 8,2 mln nafarga yetkazish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi. Ushbu reja grafikga asosan respublika bo‘ylab ichki turizm oqimini ko‘paytirish bo‘yicha monitoring o‘tkazilib, reja-grafik ijrosi yuzasidan har oyning 5-sanasida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritildi.
2022 yil o‘tgan davrida 10,4 mln nafar mahalliy sayyohlarning ichki turizmi tashkil etildi.
(Vazirlikning 2022 yil 23 noyabrdagi 02-14/7022-sonli xati).

4. Dastur doirasida “mahalla jamoalari”, “yoshlar jamoalari” va “mehnat jamoalari”ni respublika hududlari bo‘ylab hamda viloyat hududi bo‘ylab ichki sayohatlarini tashkillashtirish.

5. Hududlar kesimida ichki turizm oqimini tashkil qilishga oid asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini tasdiqlash.

6. Mehnat jamoalari orasida mamlakat bo‘ylab sayohatlarni rag‘batlantiruvchi turizm xizmatlarini taqdim etish.

7. Ichki turizm oqimini tashkil qilishga oid asosiy prognoz ko‘rsatkichlari bajarish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

4. Topshiriq ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 maydagi 51-sonli yig‘ilish bayoni bilan (2022 yil 30 maydagi 31/1-180-sonli) hududlar kesimida Mahalliy sayyohlar sonini 2022 yilda 8,2 mln. nafarga yetkazish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi.
Shuningdek, ushbu bayon bilan 2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 1-ilovaga muvofiq “mahalla jamoalari”, 
5-ilovaga muvofiq “yoshlar jamoalarini respublika hududlari bo‘ylab hamda viloyat hududi bo‘ylab ichki sayohatlarini tashkillashtirishga; 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2-ilovaga muvofiq “mehnat jamoalari”da faoliyat olib borayotgan xodimlarning sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik ijrosini ta’minlashga mas’ul etib belgilandi.
Reja-grafikka asosan respublika bo‘ylab ichki turizm oqimini ko‘paytirish bo‘yicha monitoring o‘tkazilib, reja-grafik ijrosi yuzasidan har oyning 5-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritildi.
2022 yilda 10,4 mln. nafar mahalliy sayyohlarning ichki turizmi tashkil etildi.
(Vazirlikning 2022 yil 23 noyabrdagi 02-14/7021-sonli xati).
5. Mahalliy sayyohlar sonini 2022 yilda 8,2 mln nafarga yetkazish maqsadida hududlar kesimida reja-grafik jadvallar ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
(Vazirlikning 2022 yil 18 martdagi 02-14/568-sonli xati)
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishining 51-son bayoni bilan  hududlar kesimida ichki turizm oqimini tashkil qilishga oid asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
6. Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning sayohatlarini tashkil etib borish bunda:
har bir davlat organi va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda dasturlar ishlab chiqish;
“Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlar, birinchi navbatda xotin-qizlarning mamlakatimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shahalarga sayohatlarini tashkil etib borish vazifalari yuklatilgan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida turistik paketlar dasturlari ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi. 
(Vazirlikning 2022 yil 28 martdagi 02-14/652-sonli xati)
2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 434,3 ming mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning mamlakat bo‘ylab ichki turizm oqimini tashkil etildi rejani bajarilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga xat kiritildi.
(Vazirlikning 2022 yil 23 noyabrdagi 02-14/7019-sonli xati).
7. 2022 yil davomida jami 10,4 mln aholining ichki sayohatlari tashkil etildi. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga xat kiritildi.
(Vazirlikning 2022 yil 23 noyabrdagi 02-14/7018-sonli xati).

8. Mehmonxona, umumiy ovqatlanish punktlari, madaniy ko‘ngilochar obyektlar, Turizm va sport vazirligi, “Uzbekistan Airways” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ixtiyoriy chegirmalar qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Transport vazirligi

Navro‘z hamda Mustaqillik bayramlari munosabati bilan aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab quyidagi chegirmalar joriy qilindi.
“Uzbekistan airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi..
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlariga uchun:
- nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;
- oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;
- oilalarga (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona uchun – 15 foiz;
- kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;
- «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.;
Shu bilan birga, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan (ixtiyoriy) chegirmalar berildi.
Ramazon va Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatga katta chegirmalar e’lon qilindi. Jumladan:
1. “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan bayram munosabati bilan amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50 foiz chegirma joriy qilindi.
2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Ramazon Hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, Samarqand – Toshkent – Samarqand yo‘nalishida 767/768-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Respublikaning barcha ichki qatnovlariga uchun (2022-yil 9-iyuldan 12-iyulgacha) 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lgan guruhlarga 10 foiz, 25 va undan ortiq guruhlar uchun 15 foiz chegirma taqdim etildi.
3. «Vaqf» xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar)da yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni munosabati bilan 25 noyabrdan 8 dekabrgacha bo‘lgan sotuv davrida barcha muntazam aviaqatnovlardagi ekonom va biznes klass chiptalariga 8 foizlik chegirma e’lon qildi.
(Vazirlikning 2022 yil 25 noyabrdagi 02-11/7271-sonli xati)

9. Yangi turizm yo‘nalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish. Jumladan, mahalliy aholi uchun turizm qishlog‘i, eko, agro turizm va gastronomik ko‘chalar, ziyorat turizmi marshrutlarini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Navoiy viloyati Nurota tumani “Sentob” qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi hamda 20 ta oilaviy mehmon uyi, 3 ta xostel hamda turizm va hunarmandchilik yo‘nalishida 15 turdagi xizmatlar tashkil etildi, 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ish boshladi. 
Hududning mavjud turizm salohiyatlardan samarali foydalanish maqsadida 15 turdagi: 2 ta quroqchilik, 2 ta gilam to‘qish, 3 ta sutdan mahsulotlar tayyorlash va savdosini tashkil qilish, 3 ta holva tayyorlash (master klass), milliy taomlar tayyorlovchi 23 ta gastroxonadon, 2 ta uy muzeylari faoliyati, 10 ta ekskursiya xizmati, 3 ta otda sayr qilish xizmati, 6 ta suzish havzasi, 3 ta milliy qo‘shiqlarni ijro etish, 1 ta kashtachilik, agroturizm, non yopish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi. 
Shuningdek, hududning turizm salohiyati targ‘ibotini muntazam ravishda amalga oshirish natijasida “Sentob” qishlog‘iga Angliya, Fransiya, Avstriya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimining ikki barobarga ortishiga erishildi.
2. Gastronomik turizmni rivojlantirish maqsadida respublikaning 6 ta viloyat hududida “Tungi mobil bozor” xizmati tashkil etildi. 
Mamlakatda safari (ekstremal) turizmni tashkil etish maqsadida hududlarning salohiyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi, 13 ta hududda 37 ta safari turizm obyektlari ro‘yxati shakllantirildi. 
Shuningdek, safari turizm obyektlari bo‘ylab turistlar sayohatini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida 13 ta yangi turistik marshrutlar ishlab chiqildi;
3. Mamlakatimizning ziyorat turizm obyektlariga xorijiy davlatlardan sayyohlar tashrifini tashkil qilish maqsadida Vazirlik tomonidan 2022-yilda alohida Isroil, Rossiya va Hindiston davlatlari turizm bozorlari uchun 44 ta turizm marshrutlari shakllantirildi hamda diplomatik vakolatxonalar orqali xorijiy davlatlarning turistik tashkilotlariga taqdim etildi. 
Bundan tashqari, Qo‘shni davlatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlarining milliy turizm ma’muriyatlari bilan hamkorlikda uchinchi davlat fuqarolari uchun Markaziy Osiyo mamlakatlararo turistik marshrutlari ishlab chiqildi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shni davlatlarning turistik tashkilotlarga taqdim etildi. 
4. Plyaj turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida mutasaddi vazirlik idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta dam olish maskani faoliyati yo‘lga qo‘yildi va 2023-yilda Ellikqal’a tumanidagi “Aqchako‘l” ko‘l hududida “Aqchako‘l” turistik rekreatsion zonasini tashkil etish yuzasidan ish boshlandi. 
Turistik zonalarda xizmat turlarini yaratish maqsadida Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududida 
2022 yilda 3 yulduz toifali “Wyndham Garden”, “Hampton by HILTON”, “RAMADA encore by WYNDHAM” mehmonxonalari (jami 360 ta o‘rinli) faoliyati tashkil etildi. 
Shu bilan birga, Navoiy viloyati Nurota tumani Sentob qishlog‘ida 15 ta gastroxonadonlar, 5 ta agroturizm xizmatidan iborat  eko, agro turizm hamda  Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida orol dengizining sharqiy qirg‘oqida hamda Nukus shahri Ashshi ko‘li bo‘yida etno qishloqlari tashkil qilindi. (Vazirlikning 2022 yil 22 noyabrdagi 02-15/6946-sonli xat)

175 To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish.

1. To‘siqsiz turizm yo‘nalishida jahon tajribasini o‘rganish hamda tegishli standartlarni ishlab chiqish.

2. Turistik tashkilotlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi xorijlik va mahalliy sayyohlar sayohatini tashkil qilganlik uchun rag‘batlantirish choralari hamda uning mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil iyul

Bosh vazir o‘rinbosari

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2022 yil 2 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (04-24/3259-son xat).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 25 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi (31/793/22/1-180-son xat).

3. Tadbirkorlik subyektlari orasida to‘siqsiz turizm va uning afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlarini UNWTO bilan hamkorlikda tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyul

Bosh vazir o‘rinbosari

Joriy yilning aprel oyida UNWTO bilan hamkorlikda to‘siqsiz turizm tamoyillari, standartlari va uning imkoniyati cheklangan insonlar uchun afzalliklari bo‘yicha onlayn vebinarlar tashkillashtirilib ishtirokchilarga tushuntirildi.
Joriy yilning aprel oyida Turizm va madaniy meros vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “BMTning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi” Konvensiyasining amalga oshirishda davlat tashkilotlarining o‘rni” mavzusida seminar trening o‘tkazildi hamda to‘siqsiz turizm tamoyillari, standartlari va uning imkoniyati cheklangan insonlar uchun afzalliklari tushuntirildi.
Vazirlik tomonidan OAVda to‘siqsiz turizm tamoyillari, standartlari va uning imkoniyati cheklangan insonlar uchun afzalliklari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Hududlarda to‘siqsiz turizm tamoyillari, standartlari va uning imkoniyati cheklangan insonlar uchun afzalliklari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi, O‘zbekiston Nogironlar jamiyati va Turizm va madaniy meros sohalaridagi nodavlat notijorat tashkilotlariga UNWTO tomonidan to‘siqsiz turizm tamoyillari, standartlari va uning imkoniyati cheklangan insonlar uchun afzalliklari bo‘yicha taqdimotlar va qo‘llanmalarni tadbirkorlik subektlariga kelgusida imkoniyati cheklangan insonlarni sayohatini tashkil qilishda foydalanish uchun yuborildi.

176 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi soni 2 barobar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish.

1. Jami 700 ta joylashtirish vositasini tashkil qilish, shundan 2022-yilda 150 tasini faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. 2022 yilda respublika bo‘yicha 500 ta oilaviy mehmon uylarni tashkil qilish.

3. 2022 yilda respublika bo‘yicha 80 ta turistik korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

2022 yilning o‘tgan davrida jami 173 ta 5286 xonali 11 228 o‘rinli mehmonxona va joylashtirish vositalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
(Vazirlikning 2022 yil 8 noyabrdagi 02-09/6556-sonli xati)
Respublikaning barcha hududlarida oilaviy mehmon uylari hamda xostellarni tashkil qilish yuzasidan reja-jadvali ishlab chiqildi va Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlandi. (2022 yil 1 martdagi №31/1-366 sonli Reja-jadval)
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 696 ta oilaviy mehmon uylari tashkil etildi.
(Vazirlikning 2022 yil 18 noyabrdagi 02-11/6841-sonli xati)

Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha jami 254 ta turistik korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

4. Turizm sohasiga tadbirkorlik subyektlari va investorlarni jalb qilish.

Bunda:

mahalliy hokimliklar tomonidan turizm sohasiga oid yer uchastkalarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish;

Alohida yo‘nalishga “halol”, “vegan” va boshqaga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish punktlarini tashkil etish;

Viloyat markazlarida suvenir do‘konlari, kafeteriylar, restoranlar, choyxonalar, magazinlar, hunarmandchilik do‘konlari tashkil qilish va jozibador ko‘ngilochar xizmatlarni yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Viloyat hokimliklari tomonidan jami 
3 315 ta yer maydonlari “E-Auksion” elektron savdo platformasiga chiqarildi, jumladan  Qoraqalpog‘iston Respublikasida 77 ta, Andijon viloyatida 724 ta, Buxoro viloyatida 1 875 ta, Jizzax viloyatida 14 ta, Qashqadaryo viloyatida 
28 ta, Navoiy viloyatida 188 ta, Namangan viloyatida 283 ta, Samarqand viloyatida 70 ta, Surxondaryo viloyatida 19 ta, Sirdaryo viloyatida 
21 ta, Xorazm viloyatida 16 ta yer uchastkalari.
Shundan, ular negizida 60 ta “halol”, “vegan” va boshqalarga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish punktlarini tashkil etilishi belgilandi.
Shu bilan birga viloyat markazlarida jami 
7736 ta suvenir do‘konlari, kafeteriylar, restoranlar, choyxonalar, magazinlar, hunarmandchilik do‘konlari tashkil etildi va jozibador ko‘ngilochar xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

5. Toshkent viloyati Parkent tumanida turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy qilish. Bunda, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarini hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida to‘lash tizimini joriy qilish.

 

Qonun loyihasi 2022-yil noyabr

Bosh vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 iyuldagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-104-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda:
a) 2022 yil 1 apreldan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar 28 ta tuman va shaharlarning xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilanadigan turizm hududlarida ko‘rsatilayotgan mehmonxona, savdo, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, turoperator va turagent xizmatlari uchun aylanmadan olinadigan soliqning 1 foizlik stavkasini qo‘llash hamda mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini undirish belgilan;
b) 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar mehmonxona obyektlari va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun:
mulk va yer solig‘i stavkalari 90 foizga kamaytirildi;
foyda solig‘ini hisoblashda binolarning qiymatini 2 yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirib tashlash huquqi berildi.

177 Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Turizm va sport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan har yilturizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish hamda obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ro‘yxatini shakllantirish.

Bunda, “turizm mahallasi”, “turizm qishlog‘i” yoki “turizm ovuli” maqomi beriladigan yoki ega hududlarni inobatga olgan holda shakllantirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi 2022-yil 1-mart

Turizm va sport vazirligi

Madaniy meros agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-martdagi “2022-yilda turizm va madaniy meros ob’ektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 110-sonli qarori tasdiqlanib ijroga qaratildi.

2. Turizm obyektlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar (buyurtmachilar) tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tender (tanlov) savdolarini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil aprel

Turizm va sport vazirligi

Madaniy meros agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

2. Qaror bilan tasdiqlangan 61 ta loyihalarning 28 tasi 2021-2022 yildan-yilga o‘tuvchi loyihalar bo‘lib, hozirda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, qolgan 33 ta loyiha (obyektlar) bo‘yicha Madaniy meros agentligining Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.
Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ajratiladigan mablag‘lar ustuvor ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida “Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish instituti”, Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand arxeologiya instiutiga yo‘naltirilishi munosabati bilan, loyiha (obyekt)lar bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish uchun, qonunchilikka muvofiq o‘rnatilgan tartibda shartnomalar tuzilgan.
Manzilli ro‘yxatlar va xarajatlar smetasiga asosan qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun moliyalashtirish ochilgan. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilgan 
(Vazirlikning 2022 yil 28 apreldagi 04-09/1464-sonli xati)
Turizm obyektlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolariga natijalariga ko‘ra tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar va xarajatlar smetalariga asosan moliyalashtirish ochish bo‘yicha “Binolardan foydalanish va qo‘rilish ta’mirlash ishlari Direksiyasi” DUK, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda manzilli ro‘yxat Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiklandi va moliyalashtirish ochildi.
Bugungi kunda madaniy meros obyektlarini rekonstruksiya va restavratsiya, ta’mirlash-tiklash, regeneratsiya uchun 32,8 mlrd.so‘mlik (ajratilgan mablag‘ning 25 foizi) amaliy ishlar bajarilgan.

3. Turizm obyektlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolariga natijalariga ko‘ra tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar va xarajatlar smetalariga asosan moliyalashtirish ochish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil may

Turizm va sport vazirligi

Madaniy meros agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Turizm obyektlari bo‘yicha o‘tkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalariga ko‘ra tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlar va xarajatlar smetalariga asosan moliyalashtirish ochish yuzasidan “Binolardan foydalanish va qurilish ta’mirlash ishlari Direksiyasi” DUK, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda manzilli ro‘yxat Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tasdiqlandi va moliyalashtirish ochilib, qurilish ishlari olib borildi.
Samarqand shahar turizm texnikumini kapital ta’mirlash loyihasi bo‘yicha 8,4 mlrd. so‘m moliyalashtirilib, ushbu obyektda bajarilgan ishlar hajmi 102 foizni tashkil etdi.
Madaniy meros agentligiga turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 43 ta loyihaga 119,2 mlrd. so‘m ajratildi.
Turizm xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta loyihaga 10,6 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lib, bular “Shahrisabz tarixiy markazi” butunjahon madaniy meros obyektini dastlabki regeneratsiya qilish ishlari uchun 
10,0 mlrd. so‘m, “Ichan qal’a” hamda “Buxoro tarixiy markazi” butunjahon madaniy merosi joylashgan Xiva va Buxoro shaharlarining boshqaruv rejasini ishlab chiqish uchun 600 mln. so‘m ajratilgan.
36 ta madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish uchun jami 84,8 mlrd. so‘m ajratilgan, shundan 34 ta madaniy meros obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ushbu hujjatlar ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullangan. Mazkur obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazilib, 34 ta obyekt bo‘yicha ijobiy xulosa olingan va “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasi bilan tegishli shartnoma imzolangan, belgilangan tartibda muayyan faoliyat olib borilmoqda.

178 Yurtimizdagi 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilish.

1. Ishchi guruh tashkil qilib, hududlardagi madaniy meros obyektlarining holatini o‘rganish va muammolarni aniqlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-mayga qadar

Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligining 2022 yil 4-apreldagi 41aR-son buyrug‘i bilan ishchi guruhi shakllantirildi.
Hozirda ishchi guruhi tomonidan hududlardagi madaniy meros obyektlarini uch toifa (avariya, ta’mirtalab va qoniqarli holat)ga ajratib, madaniy meros obyektlari holati va muammolari o‘rganilib, ta’mirtalab madaniy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirildi.
Madaniy meros agentligining 2022 yil 4-apreldagi 41aR-son buyrug‘i qabul qilinib, ishchi guruhi shakllantirildi va ushbu ishchi guruhi tomonidan hududlardagi madaniy meros obyektlari holati va muammolari o‘rganilib, ta’mirtalab madaniy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirildi.
Ishchi guruhi tomonidan madaniy meros obyektlarini uch toifa (avariya, ta’mirtalab va qoniqarli holat)ga ajratib, ro‘yxati shakllantirildi. Jumladan, Madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya, 3D panjara bilan o‘ralishi, turniket o‘rnatish lozim bo‘lgan obyektlar ruyxati shakllantirilib, Agentlik rahbari tomonidan tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ–261-son qarorining 6-ilova bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 25-bandiga muvofiq 2022 yil dekabr oyiga qadar yurtimizdagi 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi hamda tegishli idora, tashkilot va vazirliklar bilan kelishilib Adliya vazirligidan xulosa olinib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2. Madaniy meros obyektlarini uch toifa (avariya, ta’mirtalab va qoniqarli holat)ga ajratib, ro‘yxatini shakllantirish.

3. Avariya, ta’mirtalab va qoniqarli holatdagi madaniy meros obyektlarini aniqlash.

4. Aniqlangan ro‘yxat asosida har yil restavratsiya, konservatsiya, 3-D panjara bilan o‘raladigan obyektlarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 майга қадар

Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligining 2022 yil 4-apreldagi buyrug‘i bilan ishchi guruhi shakllantirildi.
Ishchi guruhi tomonidan madaniy meros obyektlarini uch toifa (avariya, ta’mirtalab va qoniqarli holat)ga ajratib, ularning ro‘yxati shakllantirildi.
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya, 3 D panjara bilan o‘ralishi, turniket o‘rnatish lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati shakllantirildi.
Madaniy meros agentligi direktori tomonidan 2022 yil 6 mayda:
1) Restavratsiya qilinadigan madaniy meros obyektlari ro‘yxati;
2) Konservatsiya qilinadigan madaniy meros obyektlari ro‘yxati;
3) 3 D panjara bilan o‘raladigan madaniy meros obyektlari ro‘yxati;
4) Turniketlar o‘rnatiladigan madaniy meros obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklardan kelib chiqib, madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

5. Madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish va ularning samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, jumladan raqamlashtirish, turniketlar tashkil qilish, onlayn shaffof chipta sotish tizimini yo‘lga qo‘yish.

6. Sohadagi mavjud muammo, kamchiliklardan kelib chiqib, madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish yuzasidan taklif ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Madaniy meros agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ–261-son qarori bilan tasdiqlangan 2022–2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining 25-bandi bilan mazkur bandlarning ijro muddati 2022 yil noyabr oyi etib belgilandi.
Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish faoliyatini 2026 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 60630).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 6 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

7. Obyektlarni shaffof ijaraga berish tizimini tashkil qilish.

8. Sohadagi holat, o‘rganish natijalariga ko‘ra madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturini ishlab chiqish.

Davlat dasturi 2022-yil mayga qadar

Madaniy meros agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ–261-son qarori bilan tasdiqlangan 2022–2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining 25-bandi bilan mazkur bandlarning ijro muddati 2022 yil noyabr oyi etib belgilandi.
Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish faoliyatini 2026 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 60630).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 6 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

179 Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish, 300 mln AQSh dollarlik loyihalarni amalga oshirish, 25 ming ish o‘rinlarini yaratish.

1. Jizzax shahridagi temir yo‘l vokzalidan hududlardagi turistik majmualarga tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil avgust

Transport vazirligi

Turizm va sport vazirligi

 

Transport vazirligi tomonidan Zomin, Forish, Baxmal tumanlari hamda “Aydar-Arnasoy” tizimidagi turistik zonalar va dam olish maskanlariga Jizzax shahridagi temir yo‘l vokzalidan qatnovchi 5 ta avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi.
Mazkur yo‘nalishlarga qator xususiy korxonalarga tegishli jami 8 ta avtobuslar joylashtirilib, kuniga o‘rtacha 550-600 ta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan,
1). VX-501 “Jizzax temir yo‘l vokzali-Farg‘ona SIU (Gulbahor MFY)”; 
2). VX-502 “Jizzax temir yo‘l vokzali-Do‘stlik MFY (Mojurum)”;
3). VX-512 “Jizzax temir yo‘l vokzali-Novqa”;
4). VX-525 “Jizzax temir yo‘l vokzali-Zomin ABB”;
5). VX-525A “Jizzax temir yo‘l vokzali-Zomin sihatgohi” yo‘nalishlarga “Begali Trans Servis” MCHJ, “Jaxongir KamoltransAvto” XK, “Xusan Buloq Suvlari” XK va “Baxmal Shaffof” xususiy korxonalariga tegishli transport vositalari joylashtirilib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

2. Aholi xonadonlarida “oilaviy mehmon uylari”ni yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyati samaradorligini oshirishda xorijiy tajribani o‘rgangan holda kreditlar va subsidiya joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil sentyabr

Turizm va sport vazirligi

Madaniy meros agentligi

Moliya vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri A.Abduxakimov tomonidan 2022 yil 15 sentyabrda Aholi xonadonlarida “oilaviy mehmon uylari”ni yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyati samaradorligini oshirishda xorijiy tajribani o‘rgangan holda kreditlar va subsidiya joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar rejasida:
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarni aniqlash;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarda sayyohlarni joylashtirish imkoniyati mavjud bo‘lgan aholi uylarini ularning roziligiga ko‘ra xatlovdan o‘tkazish va oilaviy mehmon uylari ochish istagi mavjud tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan mahallalarni sayyohlar tashrifi uchun qulay maskanga aylantirish yuzasidan Turkiya va Ozarbayjon tajribasi asosida doimiy targ‘ibot qilib borish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi oilaviy mehmon uylarni booking.com internet orqali bronlash platformasida ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘rish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi oilaviy mehmon uylarni xorijiy tajribani o‘rgangan holda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha o‘qitish hamda seminar-trening o‘tish;
Oilaviy mehmon uyi xizmatlari ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz yetib belgilanganligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
Oilaviy mehmon uyi xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirish, ovqatlanish shoxobchalari hamda sayyohlarning hududda uzoqroq muddat qolishini ta’minlash maqsadida milliy urf-odat va an’analar, ko‘ngilochar tadbirlar namoyishini tashkil etish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi hududlarda 2023-2024 yillarda oilaviy mehmon uylar sonini 200 taga yetkazishda Turkiya va Ozarbayjon tajribasidan kelib chiqqan holda kredit va subsidiyalar ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi hududlarda oilaviy mehmon uylar faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida bank kredit mablag‘larini ajratish choralarini ko‘rish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi hududlarda oilaviy mehmon uylari o‘rtasida raqobat muhiti shakllantirish va ular o‘rtasida tajriba almashish tizimini yo‘lga qo‘yish;
Jizzax viloyati Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimidagi hududlarda tashkil etilgan oilaviy mehmon uylarga imtiyozli kreditlar ajratilganligi yuzasidan ma’lumotlarni mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

3. Yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi 110-son qarori bilan A373, M39, A380, M37 Xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida milliy karvonsaroylar uslubidagi 4 turdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqish belgilangan. Mazkur yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish bo‘yicha ishlab chiqiladigan loyihalar salohiyatli tadbirkorlarga taqdim etiladi. Hozirgi kunda yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy Karvonsaroylar qurish loyihalari yuzasidan takliflar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun  kiritildi.
Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida “Jizzax turizm” MCHJ tomonidan motel, sanitariya-gigiyena shoxobchasi, mini market, yo‘lovchilar uchun kutish zali, Wi-fi zonasi, “G‘anisher Grand baraka” YATT tomonidan “Kofe brek” yengil ovqatlanish shoxobchasi, “Ochilov Husniddin” YATT tomonidan yo‘lovchilar uchun hojatxona va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, G‘allaorol tumanida “Muhiddin Axmedov Gaz servis” MCHJ tomonidan avtomobillarga gaz-metan quyish stansiyasi, motel, sanitariya-gigiyena shoxobchasi, Wi-fi nuqtasi, mini market, kafe bar, yo‘lovchilar uchun kutish zali hamda “Best at Layne” MCHJ tomonidan umumiy ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya gigiyena shahobchasi, avtomobillarga gaz quyish stansiyasi metan, kutish zali, Wi-fi nuqtasi, nomozxona, ona va bola xonalari o‘lchovchilar uchun kutish zali tashkil etilganligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritilgan.
37 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib foydalanishga topshirildi.

4. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan oqilona foydalanishni ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy suv havzalarida baliqlarni ko‘paytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Suv xo‘jaligi vazirligi

Davlat soliq qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 22 fevraldagi PQ–141-son qarori qabul qilindi.
2022 yilning 4 mart kuni Jizzax viloyati Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev rahbarligida manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida mazkur qaror ijrosini tashkil qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi va 2022 yil 4 martdagi 03-03/1-407-son bayon tasdiqlangan.

180 Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali, kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 barobarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligi ta’minlash.

1. 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, yotoq o‘rinlar sonini 22 mingtaga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2026-yil

Turizm va sport vazirligi

Samarqand viloyati hokimligi

 

 

Samarqand viloyatida yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan;
1. “Samarkand Touristic Centre” MCHJ (8 ta yirik mehmonxonalar, kongress markazi, abadiy shahar majmuasi);
2. “Enter Engineering Group” tomonidan Payariq tumani Imom Al-Buxoriy majmuasida 2 ta 3-yulduzli, 520 o‘rinli mehmonxona binosi va “SAG” QK tomonidan ushbu hududda 1 ta 5 yulduzli, 380 o‘rinli mehmonxona binosi;
3. Samarqand shahrida “Reya Med Service” tomonidan (260 o‘rinli) va Kattaqo‘rg‘on tumanida “Ergash ota” HK tomonidan (280 o‘rinli) sog‘lomlashtirish va mehmonxona binolari;
4. “Mironkul Group Tower” MCHJ tomonidan 
4 yulduzli (Hilton by Minion 200 o‘rin) mehmonxonasi, “Qorako‘l Stroy” MCHJ tomonidan 
4 yulduzli (Whyndam Grand Hotel 200 o‘rin) mehmonxona binolarini foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
5. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani hududida “Ergash ota” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 3 mln. AQSH dollari bo‘lgan 200 o‘rinli zamonaviy mehmonxona binosi qirilish ishlari davom etmoqda va 2022 yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
2022 yilda 90 ta yangi mehmonxona va 52 ta mehmon uylarini tashkil etish va o‘rinlar sonini 15513 taga yetkazish bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilgan.
Viloyatda 2022 yil bugungi kuniga qadar 240 o‘rinli 6 ta mehmonxona, 253 o‘rinli 27 ta mehmon uyi qurilib foydalanishga topshirildi.

2. Xalqaro kulinariya va servis maktabini tashkil etish, o‘qitishga Fransiya, Italiya, Yaponiya, Turkiyadan yetakchi restoratorlarni jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

 

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Samarqand turizm va madaniy meros texnikumida “Xalqaro kulinariya va servis maktabi” tashkil etildi. 
(Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2022 yil 5 apreldagi 88-sonli buyrug‘i).
Shu bilan birga, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2022 yil 12 maydagi 112-sonli buyrug‘i bilan Xalqaro kulinariya va servis maktabining Nizomi tasdiqlandi.
“Xalqaro kulinariya va servis maktabi” MCHJ 2022 yil 23 may kuni 1141503-sonli guvohnoma asosida Davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda Samarqand viloyati Samarqand shahri Sartepo MFY Turkiston ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Samarqand turizm va madaniy meros tenikumi inosida joylashtirildi.
2022 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Xalqaro kulinariya va servis maktabiga jami 44 nafar tinglovchilar o‘qishga qabul qilindi.
Tinglovchilarga karving san’ati, oshpazlik mahorati va qandolatchilikka oid zamonaviy bilimlarni o‘rgatish maqsadida Xalqaro kulinariya va servis maktabini malakali kadrlar bilan ta’minlash choralari ko‘rildi. Jumladan, mahalliy mutaxassislardan tashqari oshpazlik kasbi bo‘yicha Turkiyalik malakali restorator Tur Mehmet Onur, Yaponiya davlatidan jalb qilingan Morii Kana, Italiyalik Patone Orlando Andrea hamda Fransiyalik Lematre Laurens Virginte Jainelar hozirda tinglovchilarga mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha jalb etilgan.

3. Samarqand viloyatida Xalqaro gastronomik festivalini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar (bayon loyihasi) 2022-yil

Turizm va sport vazirligi

Saarqand viloyati hokimligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 martdagi (2022 yil 4 mart sanasida 31-31/1-180-son bilan ro‘yxatga olingan) 2022 yil 7-8 oktyabr kunlari Samarkand shahrida o‘tkaziladigan “Xalqaro gastronomik festivali”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi    17-sonli yig‘ilish Bayoni tasdiqlanib ijroga qaratildi.
Joriy yilning 7–8 oktyabr kunlari Samarqandda xalqaro gastronomik festival o‘tkazildi. 
Festivalda respublikaning har bir hududidan tashrif buyurgan 60 dan ortiq mahalliy hamda Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan oshpazlar ishtirok etdi. Unda, hududlarning o‘ziga xos milliy taomlari tayyorlandi hamda xorijiy davlatlardan kelgan oshpazlar tomonidan mahorat darslari namoyish etildi.
Tadbirda Saudiya Arabistoni Oshpazlarni rivojlantirish jamiyati asoschisi va boshqaruv raisi, Butunjahon bosh oshpazlar hamjamiyati uyushmasining (VASS) akkreditatsiyadan o‘tgan usta oshpazi Xoni Zayn Muhammad, xalqaro oshpazlik hakami, Rossiya Milliy oshpazlar gildiyasining va xorijiy professional uyushmalarning faxriy a’zosi Nikolay Baratov hamda Qirg‘iziston oshpazlar uyushmasi raisi, xalqaro oshpazlik hakami Shuhrat Sharipov qatnashdilar.
Festival doirasida hunarmandlar, tikuvchilik va zargarlik san’ati ustalarining stendlari namoyish etildi hamda madaniy-ko‘ngilochar dastur tashkil etildi. Festivalga 10 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurdi.
Tadbir OAV, jumladan, “Kun.uz”, “Xabardor.uz”, Uzreport.nevs”, “Aniq.uz”, “xs.uz” «kknevs.uz» internet nashrlari tomonidan yoritildi https://uzbektourism.uz/news/view?id=2433

4. Samarqand xalqaro aeroportiga yangi xorijiy tashuvchilarni jalb qilish orqali parvozlar soni va geografiyasini oshirish orqali turistlar hamda yo‘lovchilar oqimini ko‘paytirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Transport vazirligi

Turizm va sport vazirligi

 

Aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish va Samarqand shahrining turizm salohiyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri buyrug‘i bilan 2022 yil 1 oktyabr kunidan e’tiboran Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etildi va bu haqida xorijiy davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari o‘rnatilgan tartibda xabardor etildi.
Samarqand xalqaro aeroportida xorijiy tashuvchilarning parvozlar soni va geografiyasini oshirish maqsadida hisobot davrida 9 ta xorijiy aviakompaniyadan muntazam aviaqatnovlarni bajarish bo‘yicha kelib tushgan so‘rovnomalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib 11 ta yo‘nalish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.
2022 yilning yanvar-noyabr oyida xorijiy aviakompaniyalardan charter aviaqatnovlarni bajarish yuzasidan kelib tushgan so‘rovnomalar bo‘yicha 827 ta ruxsatnoma taqdim etildi.
Samarqand aeroportida yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali xorijiy davlatlar aviatsiya ma’muriyatlariga, yo‘lovchi va yuk tashuvchi aviakompaniyalarga xat yuborildi (Transport vazirligining 2022 yil 28 sentyabrdagi 10/5917-son xati);
2022 yilda Samarqand xalqaro aeroportga “Fly Dubai”, “Azal”, “Wizz Air Abu Dhabi”, ”Red Wings”, “Azimuth”, “Turkish Airlines”, “Aeroflot”, “Siberia” xamda “Utair” xorijiy aviakompaniyalari tomonidan Istanbul, Dubay, Abu Dabi, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon, Mineralnie vodi, Baku kabi shaharlarga kuniga 10 dan ortiq aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil mobaynida Samarqand xalqaro aeroportiga Z 220 ta parvozlar amalga oshirilgan va 355 824 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2022 yil hisobot davrida 4 647 ta parvozlar bajarilib, 431 714 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi. Bunda 2021 yilga nisbatan parvozlar soni 144,3 foizga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish esa 121,3 foizga oshdi.

181 2022 yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi”ni va zaruriy infratuzilmani tashkil etish.

Yer maydonlarini ajratish, yo‘l va kommunal xo‘jalik, kommunikatsiya, infratuzilmasini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil aprelga qadar

Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand turizm markazini tashkil etish uchun 200 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, yo‘l va kommunal xo‘jalik, kommunikatsiya, infratuzilmasini tashkil qilingan.
Jumladan, “Samarqand turizm markazi”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat topshiriqlariga asosan o‘tgan 2020-2021 yillar davomida barcha tashqi kommunikatsiya tarmoqlari to‘liq olib kelingan va infratuzilma bilan ta’minlangan.
Kommunikatsiya tarmoqlari buyurtmachi MCHJ buyurtmachiligida pudratchi kompaniya tomonidan har bir binoning ichki tizimlariga ulash ishlari bajarildi.
“Abadiy shahar”da binolarning asosiy konstruksiya ishlari 100 foizga va arxitektura ishlari 80 foizga bajarilgan.
Shaharchaga kirish yo‘llari turizm markazining asosiy ichki yo‘llari tarmog‘iga ulangan.
2022 yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi”ni va zaruriy infratuzilmani tashkil etish bo‘yicha yer maydonlarini ajratish, yo‘l va kommunal xo‘jalik, kommunikatsiya, infratuzilmasini tashkil qilish bo‘yicha barcha zaruriy amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shaharchaga kirish yo‘llari turizm markazining asosiy ichki yo‘llari tarmog‘iga ulangan.
2022 yil sentyabr oyida “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi” zaruriy infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlanib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu majmuada 2022 yil 15-16 sentyabr  kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sammiti yuqori saviyada o‘tkazildi. 
Sammit doirasida 1700 ortiq xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi.
Bugungi kunda “Samarqand turizm markazi” viloyatning haqiqiy tashrif qog‘oziga aylandi.
Ushbu majmua ochilganidan buyon “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi”ga bir kunda o‘rtacha 1000 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishmoqda.

2022 yilda 1300 xonali 4-5 yulduzli 8 ta mehmonxonalarni qurish, 18 ming kv.m. maydonda 3 qavatli xalqaro kongress markazi va ko‘rgazma majmualarini qurish ishlarni yakuniga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabrga qadar

Samarqand viloyati hokimligi

Turizm va sport vazirligi

 

Samarqand turizm markazini tashkil etish uchun 200 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, yo‘l va kommunal xo‘jalik, kommunikatsiya, infratuzilmasini tashkil qilingan.
Jumladan, “Samarqand turizm markazi”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat topshiriqlariga asosan o‘tgan 2020-2021 yillar davomida barcha tashqi kommunikatsiya tarmoqlari to‘liq olib kelingan va infratuzilma bilan ta’minlangan.
Kommunikatsiya tarmoqlari buyurtmachi MCHJ buyurtmachiligida pudratchi kompaniya tomonidan har bir binoning ichki tizimlariga ulash ishlari bajarildi.
“Abadiy shahar”da binolarning asosiy konstruksiya ishlari 100 foizga va arxitektura ishlari 80 foizga bajarilgan.
Shaharchaga kirish yo‘llari turizm markazining asosiy ichki yo‘llari tarmog‘iga ulangan.
2022 yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi”ni va zaruriy infratuzilmani tashkil etish bo‘yicha yer maydonlarini ajratish, yo‘l va kommunal xo‘jalik, kommunikatsiya, infratuzilmasini tashkil qilish bo‘yicha barcha zaruriy amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shaharchaga kirish yo‘llari turizm markazining asosiy ichki yo‘llari tarmog‘iga ulangan.
2022 yil sentyabr oyida “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi” zaruriy infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlanib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu majmuada 2022 yil 15-16 sentyabr  kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Sammiti yuqori saviyada o‘tkazildi. 
Sammit doirasida 1700 ortiq xorijiy mehmonlar tashrif buyurdi.
Bugungi kunda “Samarqand turizm markazi” viloyatning haqiqiy tashrif qog‘oziga aylandi.
Ushbu majmua ochilganidan buyon “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan “Samarqand turizm markazi”ga bir kunda o‘rtacha 1000 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurishmoqda.

“Abadiy shahar” tarixiy majmuasini tashkil qilish:

1. 2022 yilda milliy ko‘rinishdagi Samarqandning qadimiy qiyofasi aks etgan mahalla tashkil qilish.

2. Mahallada hunarmandchilik ustaxonalari, zargarlik, suvenir mahsulotlarini do‘konlarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Samarqand viloyati hokimligi

Turizm va sport vazirligi

 

“Abadiy shahar” loyihasi doirasida qadar 8 ta mehmonxona, “Abadiy shahar” Karvon-Saroy kompleksi va “Kongress Xoll”da qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Loyiha doirasida 2 ta 5 yulduzli, 4 ta 4 yulduzli, 2 ta 3 yulduzli mehmonxonalar, xalqaro kongress markazi va ko‘rgazma majmualari qurilib foydalanishga topshirildi.
Milliy ko‘rinishdagi Samarqandning qadimiy qiyofasi aks etgan “Abadiy shahar” tarixiy majmuasi tashkil qilindi.
Bugungi kunda, ushbu majmuada kulolchilik, temirchilik, Marg‘ilon atlasi, Chust pichoqchiligi, rassomlik, amaliy san’at, Buxoro qog‘ozi, zardo‘zlik yo‘nalishlarida 17 ta milliy hunarmandchilik ustaxonalari, 2 ta restoran, 3 ta milliy uslubdagi choyxonalar, 2 ta shirinliklar savdo nuqtasi, Chorsu sharq bozori binolarini qurilib foydalanishga topshirildi.

Mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrifni tashkil qilish:

1. Mahalliy va xorijiy turizm bozorlarida markazni targ‘ib qilish.

2. MICE turizmni rivojlantirish va xorijiy tadbirlarni tashkil qilish.

3. Turistik tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillariga info-tur uyushtirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vazirligi

Mahalliy va xorijiy turizm bozorlarida markazni targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
2022 yil 10-11 fevral kunlari mahalliy OAVlardan “O‘zbekiston 24” telekanali, “Bright Uzbekistan”, “Dunyo” IA hamda Qozog‘istonning “Xabar 24”, Azerbayjonning “AzerTadj” OAV vakillari ishtirokida Samarqand turizm markazida  info-tur tashkil etildi.
2022 yil 5 mart sanasida  "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan o‘quv kurslari tinglovchilari, viloyatdagi turfirma va mehmonxona rahbarlari uchun "Samarqand" xalqaro aeroportining yangidan tashkil etilayotgan terminali, "Samarqand turizm markazi" hamda "Imom al-Buxoriy" ziyorat turizmi majmuasi bo‘ylab info-tur tashkil etildi.
2022 yil 4–7-avgust kunlari Moskvada Rossiya turizm forumi “VDNX” (Vistavka dostijeniy narodnogo xozyaystva — xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi) sanoat maydonida bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bag‘ishlangan stend 55-pavilyonga joylashtirilgan bo‘lib, unda tashrif buyuruvchilar uchun Samarqand viloyatning eng yaxshi sayyohlik joylari, jumladan, Yangi Samarqand ramzi bo‘lgan yangi Samarqand sayyohlik majmuasi bilan tanishtirildi.
(https://t.me/samarkandstv/15911 ). 
2022 yil 15-16 sentyabr kunlari SHHTning navbatdagi sammiti "Samarqand turizm markazi" bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, kelgusida “Samarqand turizm markazi”da  MICE  turizmi yo‘nalishida tadbirlar tashkil etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Tegishli internet-nashrlaridagi maqolalar quyidagi havolalar orqali taqdim etilmoqda:
https://goo.su/pPWT29, https://goo.su/JOxrdc1,
https://goo.su/Az51GdK, https://t.me/shokirjonov/3486
22-24 iyul kunlari respublika ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun Samarqand shahriga yangi turistik xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan tanishdilar maqsadida info-tur tashkil etildi (https://telegra.ph/Samarqand-shahriga-info-tur-07-25).
Sentyabr oyida “Samarqand turizm markazi”da Samarqanddagi sirli shaharchaga sayohat nomli mahalliy OAV vakillariga info tur tashkil etildi (https://zarnews.uz/yuv3 ).
27 sentyabr Butunjahon turizm kuni munsabati bilan mahalliy OAV vakillariga info tur tashkil etildi. (https://t.me/zarnews_uz/59767?single 
https://t.me/zarnews_uz/59778)
1. Mahalliy va xorijiy turizm bozorlarida Samarqand turizm markazini targ‘ib qilish maqsadida targ‘ibot ma’lumotlari, jumladan, foto, video va tarqatma materiallar tayyorlandi hamda Markaz faoliyati ommaviy-axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilindi.
Jumladan, “Euronews” telekanalining “Focus” sahifasida, “O‘zbekiston24” telekanalining “Reportaj 24” hamda “Yangiliklar24” dasturlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb sahifalari (Prezident.uz, Fasebook, Instagram, Yutub, Tvitter va Telegram)da, “Sputnik Uzbekistan”, “Zarnews.uz”, “Uzbektourism.uz”, “Samarkandskiy vestnik”, “Samarqand bugun” va “Silk Road Samarkand”, “100 plus” va “Puteshestvuem s PolyKostina” YouTube kanallarida materiallar joylashtirildi.
2. MICE turizmni rivojlantirish va xorijiy tadbirlarni tashkil qilish maqsadida 2022 yil sentyabr-noyabr oylarida, xususan, Markazda 15-16 sentyabr kunlari “Shanxay hamkorlik tashkiloti”ning Samarqand sammiti (14 ta xorijiy davlat rahbarlari va xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi), 21 oktyabrda “Discovering Uzbekistan” II turizm ko‘rgazmasi (mutasaddi davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, turistik tashkilotlar vakillari ishtirok etdi), 24-27 oktyabr sanalarida 60 dan ziyod yirik xalqaro korxonalar ishtirokida “ICTWEEK Uzbekistan 2022” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi, 3-4 noyabr kunlari yetakchi iqtisodchilar, nufuzli investorlar va xalqaro ekspertlarning “II O‘zbekiston iqtisodiy forum”, 10-11 noyabr kunllari Turkiy davlatlar tashkilotning Samarqand sammiti (6 ta davlat, xorijiy tashkilotlar vakillari qatnashdi) tashkil etildi.
3. 2022 yil 23 avgust kuni turistik tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va xorijiy davlatlarning diplomatik korpus vakillari uchun infotur, 4 sentyabr kuni mahalliy va xorijiy jurnalist va blogerlar uchun press-tur, 1-3 noyabr kunlari “Ziyorat turizm haftaligi” tadbirlari doirasida Fransiyaning “Escapade” va Buyuk Britaniyaning «Ilmfeed» jurnallari, Malayziya, Tojikiston va Qozog‘istonning ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi. Ushbu OAV va internet nashrlari tomonidan Markazning imkoniyatlari yuzasidan maqolalar chop etildi.

182 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish. Bunda, Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizm salohiyatini o‘rganish.

Bunda:

mutasaddi tashkilot va idoralardan iborat ishchi guruh tashkil qilish;

hududning ekoturizm salohiyatini joyiga chiqib o‘rganish;

ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan taklif tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mayga qadar

Turizm va sport vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish, jumladan Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida mutasaddi tashkilot va idoralardan iborat ishchi guruh tashkil qilinib hududning ekoturizm salohiyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 545-son qarori bilan Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha “Orol orzusi” Dasturi tasdiqlandi.
Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi turizm tashrif obyektlari, jumladan, ekoturizm maskanlarini o‘zida aks ettirgan turizm xaritasi ishlab chiqildi va 2022 yil iyun oyida 
1000 nusxada chop etildi. Xarita mahalliy va xorijiy turistlarning hududdagi ekoturizm obyektlari bo‘ylab sayohat qilishiga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirishda Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida hududda turizm va madaniy meros sohalarida qilinayotgan ishlar, jumladan Mo‘ynoq aeroportining ishga tushirilishi munosabati bilan press-tur tashkil etildi. Press-turda 40 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi hamda Mo‘ynoq, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot tumanlari va Nukus shahrida joylashgan turistik obyektlar bilan tanishildi.
Orol dengizi fojiasiga Xorijiy davlatlarning e’tiborini oshirish, ekologiya va atrof muhitni asrash, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda Mo‘ynoq tumanining turizm salohiyatini ommalashtirish maqsadida kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida «Stixiya» elektron musiqa, madaniyat va ilm festivali o‘tkazildi. Festivalda Turkiya, Germaniya, Rossiya, Hindiston, Italiya, Gruziya, Fransiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan 1300 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni tashkil qilish yuzasidan xalqaro tashkilotlar va grantlarni jalb qilish yuzasidan choralar ko‘rish.

Bunda:

xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va ularga ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan taklif taqdim qilish;

ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi “2022-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 545-son qarori qabul qilindi.
1. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022–2023 yillarga mo‘ljallangan turizmni rivojlantirish dasturini (master reja) ishlab chiqish va amalga oshirish uchun Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GlZ)ning 300 ming Yevro grant mablag‘lari jalb etildi. Dastur doirasida hududda ekoturizm va etnoturizm salohiyatini oshirish, targ‘ibot materiallarini tayyorlashda, sayyohlik kompaniyalarining xalqaro turizm yarmarkalarida ishtirokini ta’minlash, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida turizm laboratoriyasini tashkil etish ishlari rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Nitsa nukus” MCHJ tomonidan USAID loyihasi bo‘yicha 300 mln. so‘m grant mablag‘lari jalb etilib, Nukus shahri “Ashshiko‘l” ko‘li bo‘yida 10 ta o‘tovdan iborat ekoturizm obyekti tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniyaning “Mascontour” konsalting kompaniyasi, YUNЕSKO, “ACTED” xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatilgan. Vazirlik tomonidan mazkur xalqaro tashkilotlarga ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan takliflar doimiy ravishda taqdim qilib borilmoqda hamda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
2022 yil 24-iyun kuni turizm sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, uchrashuv davomida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillariga bir qator takliflar berildi;
2022 yil 3–16-avgust kunlari Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan YUNЕSKO tashkilotining “Orolbo‘yi mintaqasida ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirish va ekoturizm yo‘nalishida daromad olish imkoniyatlari” loyihasi doirasida Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l, Amudaryo, Mo‘ynoq tumanlari va Nukus shahrida seminar-treninglar o‘tkazildi;
2022 yil sentyabr oyida Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik masalalar to‘g‘risida videoroliklar tanlovi o‘tkazilib, tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi;
Orol dengizi qurigan tubi va Orol hududi ekologik holatini yaxshilash maqsadida “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan o‘simliklar maydonlarini kengaytirish, yerdan foydalanish unumdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, unda xohlagan odam jahonning istagan nuqtasidan qatnashib, bu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.
Loyihani kengaytirish maqsadida Yevropa ittifoqining buyurtmasi asosida Latviyada joylashgan ELLE (SIA «Estonian, Latvian&Lithuanian Environment») tashkiloti va Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi o‘rtasida 55 260 AQSH dollari miqdorida Mo‘ynoq tumanida 27 000 daraxt ko‘chati ekish uchun Orolbo‘yida yashil bog‘ tashkil qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi;
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik yo‘naltirilgan hududiy rivojlantirish” (ECO-ARAL) mintaqaviy loyihasi doirasida Germaniyaning “Mascontour” konsalting kompaniyasi va “Qaraqalpaqstan ekologiyasi” gazetasi bilan hamkorlikda Orolbo‘yida turizm sohasi mutaxassislari uchun ekoturizm bo‘yicha Sudoche ko‘liga mediatur tashkil etildi. Mediatur davomida ishtirokchilarga Sudoche ko‘li bo‘ylab ekoturistik sayohatlarni amaliy rivojlantirish, jumladan, infratuzilma va aloqa bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ekoturizmni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi;
2022 yil 2–6-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan AQSHning “The Washington post” gazetasi jurnalistlari uchun Qoraqalpog‘istonning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab press-tur tashkil etildi. 5 kunlik tadbir davomida OAV vakillari I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Mo‘ynoq tumanidagi Ekologiya va Orol dengizi tarixi muzeylari, “Kemalar qabristoni”, Ustyurt platosi va Orol dengizi, Sudoche ko‘li va qadimiy “Urga” shaharchasi, shu bilan birga Chilpiq, To‘proq qal’a, Qizil qal’a va Ayaz qal’a tarixiy obidalarida bo‘ldi. Press-tur davomida tayyorlangan ma’lumotlar asosida Qoraqalpog‘istonda ekoturizm yo‘nalishi, Orol dengizining tarixi hamda tabiat bo‘yida joylashgan diqqatga sazovor joylar haqida maqola chop etildi;
2022 yil 20–21-oktyabr va 25–26-oktyabr kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘magida “Mascontour” konsalting kompaniyasi ekspertlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan gid-tarjimonlar, turoperator va turagentlar hamda boshqa yondosh soha vakillari uchun seminarlar tashkil qilindi.
3. 2022 yil 14–17-iyun kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda “Ustyurt platosiga alohida e’tibor qaratgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekoturizmni rejalashtirish va boshqarish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda ushbu konferensiya doirasida seminarlar va boshqa bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarda xorij davlatlaridan “Mascontour” konsalting kompaniyasining turizm bo‘yicha trener va konsultantlari doktor Nikol Xausler, Martin Petrich va Fransiska Rottig, shuningdek, Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish instituti direktor o‘rinbosari Barno Mamedova, “Sayg‘oqlarni saqlash alyansi” xodimi doktor Elena Bikova o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasida “Qo‘ng‘irot-Davit-ota” yo‘li qurilishining o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Davlat ekologiya qo‘mitasining mutasaddilari, xalqaro ekspertlar, olimlar ishtirok etib, bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 martdagi qaroriga muvofiq, “Qo‘ng‘irot-Davit-ota” yo‘nalishida  avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida hududning bioxilma-xilligini, ayniqsa sayg‘oqlar uchun yashash joylarini o‘z holida asrash muhimligi, shundan kelib chiqib o‘zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashilib, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
2022 yil 28-mart – 1-aprel kunlari hududning ekoturizm salohiyatini joylarga chiqib o‘rganish maqsadida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, “Mascontour” konsalting kompaniyasi “Orolbo‘yi mintaqasining ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlanishi” mintaqaviy loyihasi (EKO-ARAL) vakillari ishtirokida vazirlik va idoralar xodimlari, jurnalist va gidlardan tashkil topgan ishchi guruh tashkil qilinib Orol dengizi va Ustyurt platosi, shuningdek,  iyun oyida Bo‘zatov tumani “Dawit ko‘l” ko‘li va Taxtako‘pir tumani “Qaratereng” ko‘lining ekoturizm salohiyati o‘rganib chiqildi.
Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i, Qoraqalpoq davlat universiteti, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati hamda “Mascontour” turizm konsalting kompaniyasi vakillari Taxtako‘pir tumani hokimi qabulida bo‘lib Qaratereng ko‘li bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
29 mart kuni Orol dengiziga tanishtiruv turi tashkil etildi. Tadbirda  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, “Mascontour” konsalting kompaniyasi, mahalliy jurnalistlar, gid-tarjimonlar, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi Ustyurt qo‘riqxonasi mutaxassislari ishtirok etishdi. 
Ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashilib, Janubiy Ustyurt (Komsomolsk) fuqarolar yig‘inida ovul aholisining turistlarni qabul qilish imkoniyati haqida suhbatlashildi.
Bundan tashqari, 2022 yil 29–30-sentyabr kunlari Hakim ota – Sulaymon Boqirg‘oniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya, shuningdek Mo‘ynoq tumaniga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilda “Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” xalqaro rassomlar va ijodkorlar festivali hamda “Orol baliqlaridan 99 xil taom” gastronomik festivali o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha davra-suhbati o‘tkazilib, mutaxassislarning ekoturizmni rivojlantirish yuzasidan fikrlari tinglandi.

3. Ekoturizm tashkil etiladigan hududlarda yo‘l va kommunal xo‘jalik, kommunikatsiya, infratuzilmasini tashkil qilish hamda sayyohlarga qo‘shimcha xizmat turlarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi

Nukus shahri va tumanlar hokimliklari bilan turizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani  qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish hamda  shakllantirilib, manzilli dastur ishlab chiqildi.
Ellikqal’a tumanidagi “Aqchako‘l” hududida turistik rekreatsion zona tashkil qilish va infratuzilmani barpo etish bo‘yicha loyiha qiymati jami 9 mlrd. 632 mln. so‘m bo‘lgan qurilish ishlari rejalashtirilgan, shundan 6 mlrd 947 mln. so‘mlik ishlar amalga oshirilgan.
Sudoche ko‘liga va ko‘l bo‘yidagi dam olish maskaniga olib boruvchi yo‘l ko‘rsatgichlar va ma’lumotlar A-380 avtomagistral yo‘li bo‘yida va Qo‘ng‘irot – Rao‘shan ichki aylanma yo‘li bo‘yida o‘rnatilgan.

4. Mo‘ynoq aeroportidan kelgusida samarali foydalanishni nazarda tutuvchi aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Transport vazirligi

2022 yilning 26 mart kuni Airbus – 320 havo kemasida (HY-011/HY-012) “Uzbekistan airways” AJ tomonidan “Toshkent–Nukus–Mo‘ynoq” hamda “Mo‘ynoq–Nukus–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi aviaparvoz amalga oshirildi. 
Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev tomonidan 2022 yil 20 iyunda “Mo‘ynoq” aeroportidan kelgusida samarali foydalanishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq aeroport faoliyatiga kerakli mutaxassislar ajratilgan bo‘lib, parvoz bajariladigan kunlarda tegishli xizmatlarni parvoz vaqtida amalga oshirilmoqda.
Mazkur aviaqatnov turistik tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi va “Toshkent–Nukus–Mo‘ynoq” yo‘nalishi bo‘yicha, “Mo‘ynoq–Nukus–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilar tashish amalga oshirilmoqda.
“Uzbekistan Airports” AJ va “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan “Mo‘ynoq” aeroportida havo kemalari parvozlariga xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan aerodromning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikat rasmiylashtirilishi bilan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan “Toshkent – Nukus – Mo‘ynoq” hamda “Mo‘ynoq – Nukus – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 1 marta muntazam aviaqatnovlarni joriy etish belgilangan.
Shuningdek, chet el fuqarolarini mamlakatimizning madaniy – tarixiy meroslari bilan yaqindan tanishtirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ va Qozog‘istonning “Scat” aviakompaniyalari tomonidan paritet asosida “Nukus – Oqtov – Nukus” yo‘nalishida haftasiga bir martadan, “Nukus – Oqto‘ba – Nukus” yo‘nalishida haftasiga ikki martadan, “Urganch — Oqtov - Urganch” yo‘nalishida ham muntazam aviaqatnovlar joriy etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ichki sayyohlar oqimi va  aviaqatnov bandligini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda har haftada 200 nafar hududning nuroniy, ziyoli, yoshlar va faol aholidan iborat guruhlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga sayohatlarining reja-jadval asosida tashkil etish yuzasidan choralar  amalga oshirilmoqda.

5. Barcha jihatlarni inobatga olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish.

Bunda

Amudaryo qirg‘oq bo‘ylarida turizm obyektlari va dam olish joylarini tashkil qilishga sharoit yaratish;

Taxtako‘pir tumani “Qarateren” OFY hududida joylashgan “Borshitao‘” tog‘i va “Qarateren” ko‘li bo‘ylarida ekoturizmni rivojlantirish va yoshlarning madaniy damolish maskanini barpo etish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil iyunga qadar

Turizm va sport vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Turizm va madaniy meros vaziri tomonidan 2022 yil 26 may mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida Dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq Ellikqal’a tumanidagi “Aqchako‘l” bo‘yida turizm majmuasini barpo etish uchun 120 o‘rinli uch yulduzli mehmonxona, 1 kilometr plyaj zonasi, 1 ta xostel, 1000 o‘rinli amfiteatr tashkil qilish bo‘yicha amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, “Sharq yulduzi” OFY hududida turizm va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish uchun yer maydonlari 6 ta lotda auksionga chiqarildi.
Nukus shahridagi “Ashshiko‘l” ko‘li hududida “Etalon Engineering Stroy group” MCHJ, “Nitsa Nukus” MCHJga hamda Taxtako‘pir tumanidagi “Dauqara” OFYdagi “Borshitao‘” tog‘i va “Qarateren” ko‘li hududida “Taxtako‘pir innovaciya” MCHJga turizm xizmatlari majmuasi, jumladan, eko turizm, mehmonxona va plyaj zonasini tashkil qilish uchun yer maydonlari ajratildi.
Nukus tumani hududidan kesib o‘tuvchi Amudaryo bo‘yida ekoturizm maskani, umumiy ovqatlanish va mehmonxona xizmatlariga yo‘naltirilgan loyihalar uchun 2 ga yer maydoni “Iskander tur” MCHJga ajratildi.
Sayohatchilar tashrif buyurishi uchun tavsiya etiladigan ekoturizm obyektlari ro‘yxati shakllantirildi hamda karakalpakstan.travel, uzbekistan.travel turistik portallari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirildi.
Ellikqal’a tumanidagi Aqchako‘l ko‘li bo‘yida zamonaviy turistik dam olish maskanini barpo qilish bo‘yicha infratuzilma obyektlarini loyiha-qurilish ishlari amalga oshirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 545-son qarori bilan Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha “Orol orzusi” Dasturi tasdiqlandi.
“Aral dream” (“Orol orzusi”) xalqaro piar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, uning birinchi mavsumini amalga oshirish rejasiga muvofiq, Fransiyada o‘tkazilgan 75-Kann xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston milliy paviloni bilan ishtirok etib, tadbir doirasida “Aral dream” dasturi hamda “O‘zbekistonlik” nomi ostida hujjatli film to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

183 Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver sohasi bo‘lishi maqsadida alohida dastur qabul qilish.

1. Kelgusi besh yilda turizm xizmatlarini kamida 5 barobarga oshirish.

Bunda:

yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etib, o‘rinlar sonini 8 mingtaga yetkazish;

Urganchdagi Pahlavon Mahmud va Xivadagi Alleya hududlarida “Turizm ko‘chasi” barpo etish;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun oyiga qadar

Xorazm viloyat hokimi

Turizm va sport vazirligi

Transport vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrda ""2022-2026 yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi""gi 546-son qarori qabul qilindi.

2.“Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali, har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi

Turizm va madaniy meros vazirligi.
“Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali, har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish bo‘yicha grafik ilova qilgan holda Vazirlar Mahkamasining bayon loyihasi tayyorlandi, vazirlik va idoralar bilan kelishilib Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Vazirlikning 2022 yil 18 maydagi 03-14/1746-sonli xati.
O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda “Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik jadvali Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 maydagi 51-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlanib ijroga qaratildi.
2022 yil davomida 508,2 ming nafar (rejaga nisbatan 101,6 foiz) o‘quvchi talaba va pensionerlarning Xorazmga safari tashkil etildi.
(Vazirlikning 2022 yil 7 dekabrdagi 04-14/7612-sonli xati)
Toshkent viloyati
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatidan 2022 yilning may-dekabr oylarida “Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali 35 862 nafar o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazm viloyatiga sayohatlari tashkil etilib, prognoz ko‘rsatkichlari 100,2 foizga bajarilgan. 
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot viloyat hokimligining 2022 yil 16 dekabrdagi 7-2-7704-sonli xati orqali Vazirlar Mahkamasiga hamda Turizm va madaniy meros vazirligiga taqdim etilgan.

Samarqand viloyati.
Viloyatda tashkilot va idorlar hamda xotin qizlarni ichki turizmga jalb qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlar ishlab chiqilib tasdiqlangan va ijroga qaratilgan.
Joriy yilning o‘tgan davrida oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va talabalar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlaridan boshqarma va tashkilotlardan 70 ming nafardan ortiq fuqarolarning  Xorazm viloyatiga tashrifi amalga oshirildi

Jizzax viloyati.
2022-yilning o‘tgan davri davomida tuman, shahar kesimida “Manguberdi vataniga sayohat qil” ichki turizm dasturi orqali o‘quvchi, talaba va tashkilot xodimlari hamda pensionerlar, mahalla fuqarolaridan iborat 16000 nafar fuqarolarning Xorazim
viloyatiga sayohati kuzatildi. Yil yakuniga qadar viloyatning tuman va shaxarlaridan “Manguberdi vataniga sayohat” dasturidoirasida sayyohat ishlari davom ettiriladi. Bundan tashqari aholining turistik tashriflari mobaynida xafsiz harakatlanishi uchun viloyatdagi 9 ta transport xizmat ko‘rsatish firmalaridagi 59 ta aftobus hamda 47 ta mikro aftobuslar, shuningdek, 82 ta yengil avtomashinalar doimiy ish bilan ta’minlandi.
Navoiy viloyati.
Viloyat hokimining 2022 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida tuman, shaharlar va korxona, tashkilotlar kesimida sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha 09-01/168 va 09-01/169-sonli reja-jadvallari tasdiqlangan. Unga muvofiq yoshlar jamoalari va mahalla jamoalarini yil davomida Respublikamizning muqaddas qadamjolari va ziyoratgohlari bo‘ylab, shu jumladan Xorazm viloyatiga sayohatlar tashkil etish belgilangan. Dastur doirasi Xorazm viloyatiga fevral-dekabr oylarida 18 465 nafar (fevralda 560 nafar, martda 1420 nafar, aprelda 1970 nafar, may oyida 2150 nafar, iyun oyida 1650, iyul oyida 1920 nafar, avgust oyida 1835 nafar, sentyabr oyida 2160 nafar, oktyabr oyida 1760 nafar, noyabr oyida 2550 nafar, dekabr oyida 500 nafar) sayohatchilarning sayohatlari tashkil etildi. Joriy yilning fevral-dekabr oylarida mazkur tashkil etilgan sayyohatlarga jami 8,2 mlrd so‘mlik mablag‘lar sarflangan (shundan, 320,0 mln so‘m tashabuskor tadbirkorlik subyektlarinng homiylik mablag‘lari va 7,9 mlrd.so‘m sayyohatchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan tashkillashtirildi).


Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil" dasturi doirasida reja-grafik jadvallari tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil tumanlar kesimida mamlakat bo‘ylab ichki turizm oqimini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik jadvali tasdiqlangan.
Unga ko‘ra joriy yil davomida jami sayohatga chiquvchi aholi soni 552 ming nafarni tashkil qiladi, shundan oktyabr oyi holatiga 592 ming nafar aholi mamlakat bo‘ylab sayohati tashkil etildi.
“Manguberdi Vataniga sayohat qil” ichki turizm dasturi doirasida 2022 yilda 32 ming nafar aholi sayohatga chiqishi belgilangan  bo‘lsa, 2022 yil 15 noyabr holatiga 25,6 ming nafardan ortiq sayohatchilar safari tashkil etildi.

Xorazm viloyati.
“Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali, har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga safarini tashkil etish bo‘yicha viloyatlar kesimida o‘quvchilar, talabalar, pensionerlarni Xorazm viloyatiga sayohat safarini tashkil etish bo‘yicha reja grafik loyihasi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. (2022.05.30 31/1-180)

Toshkent shahri.
“Manguberdi vataniga sayohat” nomli ichki turizm dasturi orqali Toshkent shahridan Xorazm viloyatiga 43 851 nafar o‘quvchi, talaba va pensioner hamda korxona xodimlari tomonidan sayohatlar amalga oshirilgan.

Buxoro viloyati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2022 yil 30 maydagi 31/1-180-son bilan ro‘yxatga olingan) yig‘ilishining 51-sonli bayoni 5-ilovasiga asosan 2022 yil may-iyun oylarida tuman (shahar)lar kesimida "Manguberdi vataniga sayohat qil" ichki turizm dasturi orqali o‘quvchi, talaba va pensionerlarning Xorazmga tashkil etilgan sayohatlari bo‘yicha reja garfiklari tasdiqlangan.
Bunga ko‘ra, Buxoro viloyatidagi tuman (shahar)lardan may-avgust oylarida 21,4 ming aholining sayohati tashkillashtirildi.

3. E’tibordan chetda qolgan 100 dan ziyod madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishga davlat buyurtmasi joriy qilish hamda ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash.

Bunda:

Ichan-qal’adagi Najmiddin Kubrosaboq bergan Shayx Kabir masjidi, xonaqoh va chillaxonani rekonstruksiya qilish, ziyoratgohga aylantirish.

Arab Muhammadxon madrasasidagi 56 mingta eksponat, nodir topilma va buyumlarni saqlash va namoyish qilish uchun, yangi muzey tashkil etish.

Ushbu obyektlar negizida yangi turizm marshrutlarini ko‘paytirib, 200 dan ortiq servis shoxobchalarini barpo etish va 2 mingga yaqin ish o‘rinlarini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun oyiga qadar

Madaniy meros agentligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Turizm va sport vazirligi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ–261-son qarori bilan tasdiqlangan 2022–2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining 25-bandi bilan mazkur bandlarning ijro muddati 2022 yil noyabr oyi etib belgilandi.
Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish faoliyatini 2026 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 60630).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 6 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (B.Abdikarimov, 01-08/4143).
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

4. Xiva shahrida YUNESKO ko‘magida restavratsiya maktabini tashkil etish. Ushbu maktabda malakali mutaxassislar tayyorlash uchun, xorijdan ham yetakchi ekspertlarni jalb qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun oyiga qadar

Madaniy meros agentligi

YUNЕSKO ko‘magida moddiy madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xiva restavratsiya maktabini tashkil etish to‘g‘risida” 2022 yil 12 iyulda 380-son qarori qabul qilindi.
184 Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish.

1. 2022 — 2026 yillarda xorijiy va mahalliy turistlar sonini 5 mln nafarga, eksport hajmini 600 mln AQSh dollariga yetkazish. Viloyatning turizm infratuzilmasini kengaytirish.
Bunda:
Buxoro aeroporti orqali muntazam xalqaro aviaqatnovlar sonini oshirish;
katta-kichik 255 ta mehmonxona barpo etish, 60 ta yangi turizm marshrutlarini tashkil qilish.
 

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun oyiga qadar

Buxoro viloyat hokimi

Turizm va sport vazirligi

Transport vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28--sentyabrda ""2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida""gi 543-son qarori qabul qilindi.

2. Viloyatdagi 800 dan ziyod madaniy obyektlarni birma-bir restavratsiya qilish.

Bunda:

mahalliy va xorijiy olimlar, restavratorlar va boshqa eng nufuzli mutaxassislarni jalb qilish;

“Ark qo‘rg‘oni”ning bundan 100 yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklash;

Qorako‘l tumanidagi “Poykent-osmon ostidagi muzey” arxeologik parki tashkil etish;

Buxoro shahrida Arxeologiya institutining filiali, Buxoro davlat universitetida alohida kafedra tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun oyiga qadar

Маданий мерос агентлиги

Бухоро вилоят ҳокими

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 maydagi PQ–261-son qarori bilan tasdiqlangan 2022–2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining 25-bandi bilan mazkur bandlarning ijro muddati 2022 yil noyabr oyi etib belgilandi.
Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish faoliyatini 2026 yilgacha rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 60630).
Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Loyiha Madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 6 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 9 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

3. Buxoro shahrida eng zamonaviy jihozlangan tarix muzeyini tashkil etish.

Unda viloyatda mavjud 130 mingdan ziyod eksponatdan, Buxoro tarixining eng noyob durdonalarini joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil yakuniga qadar

Madaniy meros agentligi

Buxoro viloyat hokimi

 

Madaniy meros agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Xorazm viloyatida joylashgan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish, ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash hamda “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining filiallarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihasi ishlab chiqildi (ID 61204).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ–4936-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan Buxoro tarixi muzeyi qurilishiga 2021 yil uchun 8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan hamda “Buxoro Citi” majmuasining qurilishi loyiha menejeri hisoblangan Turkiyaning “Studio Vertebra” kompaniyasi ishlab chiqqan konsepsiya asosida bosh pudrat tashkiloti “Buxorogazsanoatqurilish” AJ tomonidan loyiha bo‘yicha jami 7,797 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
2022 yil davomida investitsiya dasturi doirasida mablag‘ ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari amalga oshirilmagan. 
Madaniy meros agentligi tomonidan 2022 yil 20 iyunda Buxoro tarixi muzeyining qurilishini O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil va undan keyingi yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilishida amaliy yordam so‘rab, agentlikning xati orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga murojaat qilingan.  
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son qarori 2-ilovasi 54.3-bandida Buxoro shahrida eng zamonaviy jihozlangan tarix muzeyini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirish xarajatlari qismiga davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 70 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish belgilangan. 
Shuningdek, mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi mutaxassislari tomonidan “Buxoro madaniyati  va tarixi muzeyi” Ilmiy konsepsiyasi ishlab chiqilgan va Ilmiy-metodik kengashi muhokamasidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga taqdim etilgan. 
Bundan tashqari, viloyatda mavjud 130 mingdan ziyod eksponatdan Buxoro tarixining eng noyob durdonalari ro‘yxati shakllantirilmoqda. Ilmiy konsepsiya Kengash tomonidan ma’qullangandan so‘ng noyob durdonalar ro‘yxati o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi. 
Hozirda, Buxoro tarixi muzeyining qurilish ishlarini 2023-2024 yillarda yakunlash uchun investitsiya dasturiga kiritish hamda zarur mablag‘larni ajratish choralari ko‘rilmoqda. 
Mazkur topshiriq ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha ijro.gov.uz elektron tizimi orqali belgilangan tartibda Adliya vazirligiga murojaat qilingan.
Mazkur band ijro muddatini uzaytirish masalasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida atroflicha muhokama chiqilib,  belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

4. Ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil yakuniga qadar

Buxoro viloyat hokimi

Peshku tumanidagi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarga tashrif buyuradigan xorijiy va mahalliy sayyohlarga ko‘rsatiladigan noan’anaviy xizmat turlarini kengaytirish va ularning sifatini yanada yaxshilash, ustuvor vazifa sifatida
turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish uchun ushbu sohani rivojlantirish mumkin bo‘lgan marshrutlafiagi obyektlar sonini ko‘paytirish maqsadida “Ibn Sino” MFY hududida “Afshopa” turizm qishlog‘ini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shunga ko‘ra, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan X asrga taalluqli bo‘lgan “Tematik qishloq” va “Abu Ali ibn Sinoning ramziy uyi”ni tashkil etish bo‘yicha konsepsiya loyihasi hamda tashabbuskor tadbirkor tomonidan loyiha plansheti ishlab chiqildi.
"Afshona" qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirishda muzeyga tutash hududdan 4,6 gektar yer uchastkasini qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydonlari hisobiga o‘tkazish yuzasidan Buxoro viloyati hokimining murojaat xati Vazirlar Mahkamasiga yuborildi.
Buxoro viloyati hokimligiligining 2022 yil 12 dekabrdagi "Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish maqsadida ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘ini turizm shaharchasiga aylantirish to‘g‘risida” Amaliy chora-tadbirlar (1/8496-5-son) tasdiqlanib, ijroga qaratildi.
O‘zbek davlat ilmiy-loyihalash instituti “O‘ZDAVЕRLOYIHA”ning “BUXVILЕRLOYIHA” bo‘linmasi tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish bo‘yicha yer tuzish (“Afshona” turizm qishlog‘i) loyihasining yig‘ma jildi va 3D loyiha modeli tayyorlandi.
Mazkur band ijro muddatini uzaytirish masalasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida atroflicha muhokama chiqilib,  belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

185 Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish.

1. Mavlono Orif Deggaroniy nomi bilan ataladigan me’moriy majmuani restavratsiya qilish hamda uni sayyohlik marshrutiga kiritish.

2. Karmana tarixini har tomonlama chuqur o‘rganish, bu shaharning yoshini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil yakuniga qadar

Madaniy meros agentligi

Karmana tarixini har tomonlama chuqur o‘rganish, bu shaharning yoshini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish. bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshrildi. Karmana tumani tarixini Samarqand arxeologiya instituti tomonidan 2022 yilning ikkinchi yarimida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazildi. Madaniy meros agentligi tomonidan tadqiqotlarni ko‘chaytirish maqsadida 450 mln so‘m mablag‘lar institut xisob raqamiga o‘tkazib berildi.

3. Viloyatda ayniqsa To‘dako‘l hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur tuzish, uni amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil davomida

Navoiy viloyat hokimi

To‘dako‘l hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturi ishlab chiqilib, viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan (ilova qilinadi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 apreldagi “Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlari hududidagi yer uchastkalarining yer fondi toifasini o‘zgartirish to‘g‘risida” 198-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq To‘dako‘l suv ombori atrofidan 90 gektar yer maydoni tuman zaxirasiga qaytarildi.
Qiziltepa tumani To‘dako‘l suv havzasida turizm xizmatlarini rivojlantirish Navoiy viloyati hokimligining 2022 yil 15 martdagi 09-09/139-son chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Dastur bilan 11 ta bandda topshiriqlar belgilanib, topshiriqlar bajarildi.

4. Nurota tumanida “Sentob” turizm qishlog‘ini tashkil qilish. Bunda, hududning etnik holati va ekoturizm salohiyatiga tayaniladi va viloyatning turistik imkoniyatlari targ‘ibot qilinadi.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Navoiy viloyat hokimi

 

“Sentob” qishlog‘ini “Turizm qishlog‘i”ga aylantirish maqsadida 20 ta oilaviy mehmon uyi, 3 ta xostel hamda 5 turdagi turizm xizmatlari tashkil etildi. Qishloqqa olib boruvchi 5 km  ichki yo‘l ta’mirlandi, tungi yoritish chiroqlari, 2 ta piyodalar ko‘prigi, 2 ta selfi hudud, 3 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi, Sentob qishlog‘ining ramziy kirish stellasi, 1 ta turistik axborot markazi qurib bitkazilib foydalanishga shay holatga keltirildi.
Sentobdagi oilaviy mehmon uylari va xostellarga belgilangan standartlar asosida oilaviy mehmon uyi nomi tushurilgan taxtalardan yo‘l ko‘rsatish belgilari o‘rnatish ishlari 80 %ga bajarildi.
Qishloqning turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi 5 ming nusxadan ortiq buklet, flayer, videoroliklar ishlab chiqildi va targ‘ib qilinmoqda.
Shuningdek Sentob qishlog‘ining turizm salohiyatini namoyish etish maqsadida 9 ta teleko‘rsatuvlar tayyorlandi.
Sentob mahallasida gastronomik va ekoturizm imkoniyatlari aniqlanib mazkur yo‘nalishda turizm xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha aholi orasida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi hamda milliy taomlar tayyorlovchi gastroxonadonlar ro‘yxati shakllantirildi.
Xonadonlarda mavjud salohiyatlardan foydalangan holda 5 turdagi turizm xizmatlari (eshakda sayr, uy muzey, gastro uylar, sayohatbon, non yopish bo‘yicha master klass) tashkil etildi.
Sentob MFY hududida savdolarini tashkil etish mumkin bo‘lgan suvinerlar ro‘yxati tayyorlanib 5 turdagi suvenirlar tayyor holga keltirildi.
Qishloq hududida tashkil etilishi lozim bo‘lgan 20 turdagi qo‘shimcha xizmat turlari shakllantirildi.
Mahalliy va xorijiy sayyohlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Sentob qishlog‘ining tarixiyligini saqlagan holda qo‘shimcha xizmatlar tashkil etilganligi to‘g‘risida axborot ko‘rsatgich belgilari o‘rnatildi. 
4 ta oilaviy mehmon uyida basseyn xizmati tashkil etildi. Bugungi kunda basseyn xizmatini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 6 tani tashkil etdi.
Shuningdek, yana 6 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan basseyn xizmati tashkil qilish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Sentob qishlog‘ining 3 kunlik turpaketi ishlab chiqildi.
Sentob qishlog‘i 2022-yil Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) tomonidan navbatdagi “Best tourism villages” (Eng yaxshi turizm qishlog‘i) loyihasida ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloqning ichki yo‘llarida ham tamirlash ishlari olib borildi.
Nurota tumanida “Sentob” turizm qishlog‘i tashkil etildi va sertifikat berildi.

186 Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash.

1. 2022 yilda xorijdan keladigan mehmonlarni 403 ming nafarga yetkazish, turizm xizmatlari hajmini 212 mln AQSh dollariga olib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Topshiriq ijrosi yuzasidan hisobot davrida davomida “E-mehmon” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olingan ma’lumotlarga asosan Toshkent shahriga jami 561,5 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan va 280,4 mln. dollar turizm xizmatlari amalga oshirilgan.
“E-mehmon”avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olingan ma’lumotlarga asosan Toshkent shahriga 624,5 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifi tashkil etilganligi va turizm xizmatlari hajmi 429,3 mln. AQSH dollariga yetkazildi.

2. Yunusobodda qiymati 220 mln AQSh dollari bo‘lgan biznes markaz va mehmonxona kompleksini ishga tushirish, 2 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Toshkent shahar hokimi

Turizm va sport vazirligi

 

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 2 uyda “ UzTur Investment and Development” MCHJ tomonidan:
2020-2023 yillarda zamonaviy mehmonxona qurish va biznes maishiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Mazkur loyiha bo‘yicha tashabbuskor tomonidan o‘zlashtirilgan mablag‘lar 132,5 mln. AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lib, qurilish ishlari 60 foizga bajarildi.

3. Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozalarini tarixiy ko‘rinishlari asosida bosqichma-bosqich qayta tiklash hamda darvozalarga olib boruvchi yo‘l va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash. Bunda malakali ekspert va olimlarni jalb qilgan holda 2022-yilda 2 ta darvozani tiklash choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Toshkent shahar hokimligi

J. Ortiqxo‘jayev,

Turizm va sport vazirligi

U. Azamov,

Fanlar akademiyasi

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Moliya vazirligi

 

 

Toshkent shahrining “Qadimiy 12 ta darvozasi” loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevral sanasidagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”ga kiritilgan.
2021 yilgi Davlat dasturining ushbu bandida berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 31 maydagi 05/1-289-son “Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasini tiklash va turizm namoyishi obyektlariga kiritish choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy Chora-tadbirlar rejasi” hamda mazkur Chora-tadbirlar rejasi asosida Toshkent shahar hokimligining 2021 yil     11 iyun sanasida 01-32ch/t-son chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrining 12 ta darvozasini qayta tiklashga doir Toshkent shahar hokimining 2021 yil 18 oktyabr sanasida 356-14-0-Q/21-son qarori qabul qilingan.
Qarorga asosan loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK “Buyurtmachi” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan, mazkur loyihani amalga oshirish uchun loyiha va loyiha oldi ishlariga sarflash uchun 638,5 mln. so‘m mablag‘ talab etilayotganligi sababli, “Yagona buyurtmachi xizmati” IK tomonidan ushbu mablag‘ni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ajratilishida amaliy yordam so‘rab, 2022 yil 8 fevral sanasida hokimlikka 6-439-son xat yuborilgan.
“Yagona buyurtmachi xizmati” IKning murojaatiga asosan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2022 yil 1 apreldagi VI-59-75-14-0-K-22-XDFU-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unga muvofiq loyihani amalga oshirish uchun obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hisob-kitoblarga asosan kerakli mablag‘ ajratish belgilangan.
Hozirda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, .2022 yil 17 may sanasida Toshkent shahar hokimligida 12 darvozalarning aniq tarixiy dizayni va ko‘rinishini qayta tiklash orqali darvozalarning loyiha-konsepsiyalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishga qaratilgan tarixchi va arxeolog olimlar hamda boshqa tegishli idoralarining vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda darvozalarning tarixiy ko‘rinishlari bo‘yicha fikr almashilib, loyiha-konsepsiyalarini ishlab chiqish uchun tarixiy kitoblar hamda qo‘lyozmalardagi faktlarni o‘rganib chiqish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozirda soha mutaxassislari bilan birgalikda tarixiy ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va kerakli xulosalarni tayyorlash ustida tizimli ishlar olib borilmoqda.
II-yarim yillikda 15 mlrd. so‘mlik sarf xarajat ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 19 sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 68-son bayoni 1-ilovasi 23-bandiga muvofiq mazkur topshiriq ijro muddati 2023 yil 1 noyabrga o‘zgartirildi.

187 Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish.

1. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlari barpo etilishiga 1 mlrd AQSh dollari investitsiyalar jalb etib, 80 ming ish o‘rinlari yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

Toshkent viloyati hokimligi

 

Toshkent viloyati hududida 2022-2024 yilda turizm sohasidagi jami 327 ta umumiy qiymati 1,46 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan investitsiya loyihalari shakllantirildi. 
Shuningdek, ushbu dastur doirasida umumiy qiymati 394,9 mln. AQSH dollari qiymatida mahalliy va xorijiy loyiha tashabbuskorlari tomonidan mablag‘lar o‘zlashtirilishi ta’minlandi. 
Mazkur o‘zlashtirilgan mablag‘lar orqali 776 o‘ringa ega 11 ta mehmonxona, 390 o‘ringa ega 2 ta dam olish sanatoriysi, 341 o‘rinli 4 ta dam olish maskanlari, 190 o‘ringa ega 4 ta xostel, 1 ta osma dor yo‘li va 32 ta turizm sohasiga oid loyihalar amalga oshirildi hamda jami 22 ming 172 ta qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etildi. 
Qayd etish joizki, Turizm va madaniy meros vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, yirik loyihalarni amalga oshirishda vujudga kelayotgan masalalarni hal qilish, shuningdek hududga tashrif buyurayotgan turistlar qatlamini kengaytirish orqali sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining 2022 yil 29 dekabrdagi topshirig‘i bilan 2026 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.

2. Angren, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaronda kamida 100 gektardan qir-adir yerlarida dam olish joylari tashkil etish uchun ishlab chiqiladigan master plan asosida ochiq auksionga chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyatida 2022 yil o‘tgan davrida turizm sohasiga oid yo‘nalishlar uchun jami 558,2 gektar yer maydonlari “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali sotilgan bo‘lib, shundan Bo‘stonliq tumanidan 161 gektar, Parkent tumanidan 257,1 gektar, Ohangaron tumanidan 140,2 gektarni tashkil etadi. Angren shahar hududiy jihatdan kichik bo‘lganligi hamda tog‘li (o‘rmon xo‘jaligini yerlari) hududlari Ohangaron va Parkent tumanlari o‘tkazilganligi sababli hozirgi kunda 15,4 gektar yer maydonlari ochiq auksion savdolariga qo‘yilgan.Shuningdek, hozirgi kunda “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali 52,7 gektar yer uchastkalari sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, 12,9 gektar yer uchastkalari hujjatlashtirish jarayonida.

3. Ohangarondagi “Ertosh-soy” va “Ovjaz-soy” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomini berish, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Toshkent viloyati hokimligi

Turizm va sport vazirligi

 

Toshkent viloyatida Ohangaron tumani “Ertoshsoy” va “Ovjazsoy” qishloqlariga infratuzilma bilan ta’minlangan holda Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 3 va  4 - sonli sertifikatlari bilan “turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Ovjazsoy qishlog‘ida 19 km ichk yo‘l ta’mirlanib, asfalt yotqizildi. Tungi yoritish chiroqlari, 2 ta ko‘prik, 1 ta selfi hudud, 2 ta sanitariya-gigiyena shaxobchasi, qishloqning ramziy kirish stellosi, 1 ta hunarmandchilik mahsulotlari savdosi va turistik axborotlarni yetkazish markazi tashkil qilindi. Qishloq ichimlik suvi, telefon aloqasi, doimiy elektr energiyasi bilan ta’minlangan. 
Ertoshsoy qishlog‘ining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 14 km ichk yo‘l ta’mirlanib, asfalt yotqizildi. Tungi yoritish chiroqlari, 2 ta ko‘prik, 1 ta selfi hudud, 2 ta sanitariya-gigiyena shaxobchasi, qishloqning ramziy kirish stellosi, 1 ta hunarmandchilik mahsulotlari savdosi va turistik axborotlarni yetkazish markazi tashkil qilindi. Qishloq ichimlik suvi, telefon aloqasi, doimiy elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

188 Mamlakatning ziyorat turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanib, turizm sohasida qo‘shimcha eksport hajmini 30 foizga oshirish.

1. 2022-yildan boshlab har yili noyabr oyining birinchi to‘liq haftasida “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni o‘tkazish. Unda:

O‘zbekistonning Islomiy merosi” konferensiyasi hamda “Ko‘ngil ohanglari” festivali;

Ikkinchi Xalqaro ziyorat forumi;

Zamonaviy islomiy me’morchilik” va “Islom xattotligi va naqqoshlik” ko‘rgazmalari;

Islom iqtisodiyoti” davra suhbati, “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” va “Halol turizm” konferensiyasi, “Halol taomlar festivali”ni tashkil etish. 

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil davomida

Turizm va sport vazirligi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Madaniyat vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 282-sonli qarori qabul qilindi.

2. Turkiy Kengash doirasida “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2026-yillar davomida

Turizm va sport vazirligi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Madaniyat vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

 

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo va kuzatuvchi davlat rahbarlarining uchrashuvlarida O‘zbekiston tomoni tashabbuslarning ijrosi bo‘yicha 2022 yil 2022 yil 9-10 fevral kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Kotibiyati hamkorligida Turkiy davlatlar tashkiloti turizm sohasi vakillari ishchi guruhining 16-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tashkil etilgan anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘izisto Respublikasi va O‘zbekiston delegatsiyalari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi. Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari tadbirda onlayn shaklda ishtirok etdi.
Ikki kun davom etgan anjumanda “Tabarruk ziyorat” hamda “Qo‘qon - Turkiy dunyo turizm poytaxti” loyihalari taqdimot qilindi. Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida O‘zbekistonning ziyorat turizmi yo‘nalishidagi ulkan salohiyati, barcha turkiy xalqlarning din va fan namoyandalari, shoirlar, davlat arboblari va boshqa buyuk shaxslarning beqiyos ilmiy va madaniy-ma’rifiy merosini yanada kengroq targ‘ibot etish, tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yig‘ilganlarga tushuntirildi. 
Shuningdek, anjumanda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm bo‘yicha qo‘shma yo‘l xarita ishlab chiqilib, ijrosi yuzasidan aniq takliflar berildi. 
Jumladan, Turkiy davlatlar tashkilotining 2022 yilga mo‘ljallangan madaniy, ko‘ngilochar, turistik ommaviy va sport tadbirlari rejasiga muvofiq tashkilotga a’zo davlatlardagi taniqli bloger va OAV vakillari uchun o‘zaro “Media info tur” tashkil etish;
Turkiy xalqlarning hunarmandchilik va gastronomik festivallarini o‘tkazish;
“Uzbekistan travel” jurnalining Turkiy davlatlarga bag‘ishlangan ingliz, turk, o‘zbek, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq tillaridagi maxsus sonini yaratish;
Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari o‘rtasida “Sayyohlik koridori” doirasida ziyorat turizm markazlarini keng targ‘ib qilish orqali sayyohlar sonini oshirishga kelishib olindi.
Tadbirda “TRTAvaz”, “Qazaq-TV”, “Azerbaijan-TV” kabi xorijiy hamda Dunyo Axborot Agentligi va “Bright Uzbekistan” kabi mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita Samarqandga tashrif buyurishdi va hafta mobaynida video va maqola shaklidagi media materiallar chop etishdi. 
Shuningdek, 2022 yilning 8-9 iyun kunlari Qo‘qon universitetida “Qo‘qon xonligining Turkiy xalqlar davlatchiligi rivoji va madaniy merosida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur konferensiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Vengriya va boshqa xorijiy davlatlardan 27 nafar ma’ruzachilar, 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan 45 nafar mahalliy ishtirokchilar, shuningdek, 28 nafar xalqaro va mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi. 
Ushbu anjumanda yig‘ilishdan maqsad Markaziy Osiyoda Turkiy davlatchilikning rivojlanishida Qo‘qon xonligining rolini o‘rganish, bu davrdagi tarixiy voqealar bilan chuqurroq tanishish, shuningdek, xonlikning mintaqadagi xalqaro jarayonlarga ta’sirini aniqlash, madaniy va me’moriy merosi bilan tanishish va dunyoga tarannum etish ekanligi ta’kidlandi.
Xalqaro konferensiya jarayoni Turkiya, Rossiya va O‘zbekistonning 30 ga yaqin ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borildi. Markaziy studiya “MY5”, “Zamon lavhalar”, “UzReport TV”, “Bugun.uz”, “TRT”, “TRT Avaz”, “Khabar.24”, “Ren News”, “Bright Uzbekistan”, “Aniq.uz”, “Uzbekistan travel”, “Uzbekturizm.uz”, “Nova24”, “Farg‘ona MTRK”, “O‘zbekiston24” rasmiy kanallarida “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slova”, “Farg‘ona haqiqati”, “Ferganskaya pravda” gazetalarida keng yoritib borildi. 
Xalqaro konferensiyada jami bo‘lib 120 nafar ishtirokchilar ishtirok etishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-iyuldagi “Turkiy Davlatlar bilan Turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-338-son qarori qabul qilinib, bevosita ijroga qaratildi.

189 Arxeologiya obyektlarini muhofaza qilishni va ilmiy tadqiqot o‘tkazishni kuchaytirish.

1. Halokatli ahvolga kelib qolgan arxeologiya obyektlarini aniqlash va ularda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish.

2. Arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish.

3. Arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish ishlarini kuchaytirish.

4. Samarqand arxeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Madaniy meros agentligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Halokatli ahvolga kelib qolgan arxeologiya obyektlarini aniqlash va ularda ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish maqsadida 88 ta arxeologiya obyektlari aniqlanib, ularning ro‘yxati shakllantirildi. 2022 yil davomida arxeologiya obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun 88 ta ochiq varaq va ruxsatnoma berildi hamda ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazildi. 
Xususan, Jizzax viloyati hududida joylashgan Boshpshag‘ar Achchi, Mo‘g‘ul mozorqo‘rg‘on, Toshbuloq, Namangan viloyatidagi Chust ko‘hna shahristoni, Navoiy viloyatidagi Chillatepa, Burquttepa, Kunjaktepa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida Buraxan qal’a, Gauir qal’a, Katta Qirqqiz qal’a, Aqchaxan qal’a, Samarqand viloyatidagi Qiziltepa, Afrosiyob, Sulaymontepa, Mingtepa, Galatepa, Surxondaryo viloyatidagi Uzundara, Zo‘rmola, Qirqqiz qal’a, Xayrabottepa, Eski Termiz, Dalvarzintepa, Buxoro viloyatidagi Qadimgi Shahriston, Ark qal’asi, Poykent, Vardonze, Qo‘rg‘oni Romitan, Farg‘ona viloyatidagi Quva shahristoni, Toshkent viloyatidagi Qanqa, Shohruxiya kabi arxeologiya obyektlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 
Hududlardagi arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish ishlari olib borildi. Jumladan, Xorazm viloyatidagi Qalajiq qal’a, Qirqqiztepa, Chingiztepa, Qoratosh, Oxunlar qishloq xarobasi, Qiyot shaharchasi, Tuproqqal’a shaharchasi, Olma otishgan arxeologiya obyektlari, Namangan viloyatidagi Uchtepa 2 kabi arxeologiya obyektlarida konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish ishlari olib borildi. 
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Uzundara” arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7-iyundagi 308-son qarori tasdiqlandi hamda mazkur qarorga asosan “Uzundara” arxeologiya merosi obyekti konservatsiya qilinib, muzeylashtirish ishlari olib borilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27-maydagi PQ–261-son qaroriga asosan 2023-2026 yillarda muzeylashtiriladigan arxeologiya yodgorliklarining manzilli rejasi tasdiqlandi. Ushbu rejaga muvofiq Surxondaryo viloyatida Dalvarzintepa, Qoratepa, Andijon viloyatida Mingtepa, Toshkent shahrida Chilonzor Oqtepasi, Yunusobod Oqtepasi, Samarqand viloyatida Sherozqal’a, Afrosiyob, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qo‘yqirilgan qal’a, Aqchaxan qal’a, Tuproqqal’a, Navoiy viloyatida Nur qal’asi, Namangan viloyatida Qadimgi Pop (Munchoqtepa), Jizzax viloyatida Qaliyatepa, Farg‘ona viloyatida Quva shahristoni, Buxoro viloyatida Poykent, Toshkent viloyatida Qanqa, Qashqadaryo viloyatida Yerqo‘rg‘on, Xorazm viloyatida Qoratoshtepa (Xumbuz) arxeologiya obyektlari 2023-2026 yillar davomida muzeylashtirilishi belgilab olindi. 
Arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish ishlarini kuchaytirish maqsadida barcha hududiy Madaniy meros boshqarmalari bilan hamkorlikda muntazam ishlar amalga oshirilib kelindi. Jumladan, Namangan viloyatida Munchoqtepa, Chust ko‘hna shahristoni, Mug‘tepa, To‘raqo‘rg‘on arxeologiya yodgorliklari, Xorazm viloyatidagi Qalajiq qal’a, Qirqqiztepa, Chingiztepa, Qoratosh, Oxunlar qishloq xarobasi, Qiyot shaharchasi, Tuproqqal’a shaharchasi, Olma otishgan, Buxoro viloyatidagi Varaxsha, Poykent, Vardonze, Qo‘rg‘oni Romitan, Romishtepa arxeologiya obyektlari 3D panjara bilan muhofazaga olindi. 
Samarqand arxeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Ya. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti va uning Buxoro filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022 yil 31 avgustdagi 485-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan Ya.G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti faoliyati qayta tashkil etildi va uning Buxoro filiali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Arxeologiya ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan ilmiy xodimlarga dala ustamasi hamda dala sharoitlarida mavsumiy yollanadigan “yer qazuvchi” ishchilarning ish haqi miqdori o‘rtacha 2-3 baravarga oshirildi. 
Samarqand arxeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash maqsadida 2022 yilda Koreya Respublikasi grandi asosida 93,0 ming AQSH dollari ajratilib, ushbu mablag‘lar hisobidan kerakli asbob-uskunalar xarid qilindi.
Bundan tashqari, 244 ta halokatli ahvolga kelib qolgan arxeologiya obyektlar aniqlanib, ulardan 171 tasida arxeologiya ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazildi.
Arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarni yaratish ishlari olib borilmoqda.
Arxeologiya obyektlarini muhofaza qilish yuzasidan Munchoqtepa, Chust ko‘hna Shahristoni, Mug‘tepa, To‘raqo‘rg‘on arxeologiya yodgorliklarida 3D panjara bilan muhofazaga olindi.
Samarqand arxeologiya instituti faoliyati va uning moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash maqsadida maxsus asbob-uskunalarning ma’lum bir qismi harid qilindi.

190 Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va saqlashni doimiy monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish, bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kuchaytirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda chet el davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Madaniy meros obyektlari monitoringi natijasi asosida aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni ta’minlash.

2. Eron va Turkiya davlatlarning tajribali usta-restavratorlarini O‘zbekistonga olib kelib va mahalliy ustalarni xorijiy mamlakatlarga olib borish orqali ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Madaniy meros agentligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va saqlashni doimiy monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish, bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kuchaytirish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda chet el davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va saqlashni doimiy monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish, bu borada zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kuchaytirish bo‘yicha Madaniy meros obyektlarini asrash va turizm hududlarning master-rejalari bo‘yicha loyihalashtirish institutiga lazerli skaner, taxometr nivelir, zamonaviy datchik va disklar madaniy meros obyektlarini cho‘kish va yorilishini aniqlash bo‘yicha termos datchiklari va zaruriy jihozlar olindi. 
Bundan tashqari, Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” davlat muassasasiga madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan zamonaviy texnik va texnologiyalar, ya’ni avtomashinalar, mufel pechkalar, yog‘och va metall stanoklari hamda zaruriy kichkina jihozlar xarid qilinib, bugungi kunda asrashga doir ishlarni amalga oshirishda keng qo‘llab kelinmoqda. 
Samarqand arxeologiya institutiga xorijiy grantlar asosida zamonaviy texnologiyalarni arxeologiya sohasini rivojlantirish maqsadida olib kelingan jihozlar (georadar, geoskaner va bir qancha uskunalar) olib kelinib sohada keng qo‘llanilib kelinmoqda. 
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda chet el davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Eron Islom Respublikasi Texron universiteti, Fransiya madaniyat vazirligi bilan hamkorlik memorandum imzolandi. Fransiya arxitektura instituti, Italiya savdo agentligi, Buyuk Britaniyaning Viktoriya va Albert muzeylari bilan hamkorlik qilish maqsadida memorandum loyihasi ishlab chiqilib xorijiy davlatlarga yuborildi. Turkiyaning TIKA hamkorlik tashkiloti bilan Buxoro Ark Jome masjidini ta’mirlash-tiklash loyihasi ishlab chiqildi.
2. Topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 11 oktyabrdagi 33 X/XS-con buyrug‘iga asosan 12-15 oktyabr kunlari vazirlik xodimlari xizmat safariga yuborildi.
Turkiyaning TIKA hamkorlik tashkiloti bilan Buxoro Ark Jome masjidini ta’mirlash-tiklash loyihasi ishlab chiqildi.
Shuningdek, Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda chet el davlatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Eron Islom Respublikasi Texron universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

191 Samarqand viloyatidagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va ta’mirlash.

E’tibordan chetda qolgan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishga davlat buyurtmasi joriy qilish hamda ularga olib boruvchi infratuzilmani tiklash.

Bunda:

dastlab davlat budjetidan 100 mlrd so‘m ajratish, mahalliy va xorijiy olimlar, restavratorlar va boshqa eng nufuzli mutaxassislarni jalb qilish;

ushbu obyektlar negizida yangi turizm marshrutlarini ko‘paytirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Madaniy meros agentligi

Samarqand viloyat hokimligi

 

2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlariga 75 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan, loyiha hujjatlari tayyorlanib, restavratsiya va konservatsiya ishlari olib borilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi 110-son qaroriga asosan joriy yilda investitsiya dasturi doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan 37 ta madaniy meros obyektlarida 84,8 mlrd. so‘mlik restavratsiya ishlariga mablag‘ ajratilgan, loyiha hujjatlar tayyorlanib, restavratsiya va konservatsiya ishlari olib borilgan. 
“O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi va Madaniy meros agentligining 2022 yil 30 martdagi xatlari orqali Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Eron va Turkiyadan jami 15 nafar (Texron universiteti professor o‘qituvchilari S.Sobiriy, A.Karegar, X.Xaydari, Eron Islom Respublikasi IKOMOS eksperti Mahdi Xodjat, Turkiya davlatidan Turkiyaning Anqara Hoji Bayrami Vali universiteti Adabiyot fakulteti San’at tarixi bo‘limi, Turk-islom asarlari yo‘nalishi professor doktor AH Boran, Gokalp Proje Musavirlik A.S. tashkiloti mutaxassislari Veysel Demirtash, Ilhan Okan Yazgan, arxitektor, restavratsiya fanlari nomzodi restavratsiya bo‘yicha katta arxitektor Goktug Turkman, TlKA mutaxassisi - qurilish ishlari oliy toifali muhandisi, obyektlar muhofazasi bo‘yicha mutaxassis Mehmet Emre Aktuna, Turkiyaning injenerlar va arxitektorlar uyushmasi ekspertlari Yusuf Ceylan, Ilyas Demirci, TURKTAVjamg‘armasi raisi Omer Nizamettin Aykurt, Turkiya milliy kutubxonasi bo‘lim boshlig‘i Aysuman Akdemir, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti rektori Chidem Turkyilmaz, Turkiyaning Yeditepe universiteti professori Ayse Gulcin Kucukkaya) ekspertlar O‘zbekistonga tashrif buyurib, madaniy meros obyektlaridagi ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.
Samarqand shahrida Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik muzeyi va Buyuk ipak yo‘li - Xitoy va O‘zbekistonning oltin merosi muzeylari tashkil etilib, yangi turizm marshrutiga kiritildi. 
Mazkur band ijro muddatini uzaytirish masalasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisida atroflicha muhokama chiqilib,  belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

192 Toshkent va yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.

1. Havo transportini rivojlantirish orqali shaharlararo qatnovlarda aholi mobilligini oshirish. Bunda 2026-yilgacha:

mahalliy tashuvlarda xususiy va loukoster aviakompaniyalar ulushini bosqichma-bosqich 25 foizgacha oshirish;

mahalliy aviaqatnovlar sonini haftasiga 48 tadan 80 taga hamda tutashuvchi qatnovlar sonini 4 tadan 8 tagayetkazish;

ijtimoiy talablardan hamda zaruriyatdan kelib chiqqan holda yangi va mavjud mahalliy aviaqatnovi yo‘nalishlarini subsidiyalashni davom ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yildan boshlab

Transport vazirligi

Moliya vazirligi

“Uzbekistan Airways” AJ va rezident aviakompaniyalar

2022 yil hisobot davrida rezident aviakompaniyalari tomonidan 26 260 ta reyslar amalga oshirilgan bo‘lib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 10 367 ta reys ko‘proq bajarilib, o‘sish ko‘rsatkichi 165 foizni tashkil etdi.  Shuningdek, 2022 yilda jami 3 920 ming nafar yo‘lovchi tashilib, o‘tgan 2021 yilning shu davriga nisbatan 2 808 ming nafar yo‘lovchi tashilgan va aholi mobilligi 2 barobarga ortishiga erishildi.
Shundan mahalliy yo‘nalishlarda shaharlararo amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 6 250 tani (o‘sish 182 foiz), tashilgan yo‘lovchilar soni 807,6 ming nafarni (o‘sish 193 foiz) tashkil etdi.
Mahalliy tashuvlarda xususiy va loukoster aviakompaniyalar ulushi hozirda 14 foizni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich oshirishga erishilmoqda.
Shaharlararo qatnovlarda aholi mobilligini oshirish maqsadida mahalliy borish-kelish aviareyslar soni haftasiga 142 taga yetkazildi.
Jumladan, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi tomonidan: Toshkent-Buxoro-8, Buxoro-Toshkent-8, Toshkent-Nukus-13, Nukus-Toshkent-13, Toshkent-Urganch-14, Urganch-Toshkent-14, Toshkent-Farg‘ona-7, Farg‘ona-Toshkent-7, Toshkent-Samarqand-4, Samarqand-Toshkent-4, Toshkent-Andijon-2, Andijon-Toshkent-2, Toshkent-Namangan-2, Namangan-Toshkent-2, Toshkent-Qarshi-2, Qarshi-Toshkent-2, Nukus-Mo‘ynoq-2, Mo‘ynoq-Nukus-2, Buxoro-Namangan-2, Namangan-Buxoro-2, Urganch-Farg‘ona-2, Farg‘ona-Urganch-2, Samarqand-Andijon-2, Andijon-Samarqand-2, Samarqand-Namangan-2, Namangan-Samarqand-2, Samarqand-Farg‘ona-2, Farg‘ona-Samarqand-2 marta aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
“Qanot Sharq” xususiy aviakompaniyasi tomonidan 2022 yilning iyul oyidan Buxoro, Samarqand va Farg‘ona shaharlariga haftada bir marta muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.
 “Humo Air” aviakompaniyasi tomonidan Farg‘ona-So‘x-Farg‘ona yo‘nalishida AN-2 havo kemasida aviaqatnovlar soni haftasiga 4 taga yetkazildi (dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari).
Transport vazirligi tomonidan mahalliy aviaqatnovlarni subsidiyalashni davom ettirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida” qarori loyihasi ishlab chiqilib, subsidiyalash mexanizmi 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish ko‘zda tutilgan.

2. Hududlardagi har bir aeroportni texnik holatidan kelib chiqib iqtisodiy hisob-kitoblar asosida aeroportlarni rivojlantirish konsepsiyasi va har bir aeroport bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqish. Bunda:

hududlardagi 11 ta xalqaro aeroportlarning o‘tkazish qobiliyatini 2 barobarga oshirish;

aeroportlarda 11 ta yangi yuk terminalini qurish orqali yuklarga xizmat ko‘rsatish hajmi 3 barobarga oshirish;

Navoiy aeroporti hamda xalqaro intermodal logistika markazi boshqaruviga yirik xorijiy yuk operatorini jalb qilish.

Konsepsiya va manzilli Dastur 2022-yil iyun

Transport vazirligi

Moliya vazirligi

“Uzbekistan Airports” AJ

 

Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Respublika aeroportlarini 2035 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va manzilli dasturining 2022 yil 11 aprelda Transport vaziri I.Maxkamov va “Uzbekistan Airports” AJ raisi R.Djurayeva bilan birgalikda Davlat Rahbari huzurida taqdimoti o‘tkazildi.
Mazkur konsepsiya loyihasida respublikadagi barcha aeroportlarni rivojlantirish orqali aeroportlarda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 
2 barobarga oshirish, yangi yuk terminallarini qurish hisobiga yuklarga xizmat ko‘rsatish hajmini 3 barobarga oshirish hamda Navoiy aeroporti boshqaruviga yirik xorijiy yuk operatorini jalb qilish nazarda tutilgan.
Mazkur rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi  va uning manzilli dasturi amalga oshirishning asosiy tamoyillari Davlat Rahbari tomonidan ma’qullandi.
2022 yil 29 aprelda Davlat Rahbari huzurida Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, transport sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish, aviatsiya sektori imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish, shuningdek, ish o‘rinlarini barpo etish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 32-son majlis bayoni (02-RA 2-2219-hdfu)ning 3-xatboshida respublika aeroportlarini 2035 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (strategiyasi) taqdim etilganligi qayd etildi.
Taqdimot “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etildi.

3. ToshkentChirchiqXojikent yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Toshkent-Chirchiq-Xojikent yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruhi tashkil etilib, “Toshkent-Chirchiq-Xojikent” temir yo‘l uchastkasidagi bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xajmi tahlil qilindi.
“Toshkent - Chirchiq – Xojikent bekatlari bo‘ylab tezyurar elektropoyezdlar harakatini tashkil etish” loyihaning umumiy uzunligi 65 kilometrni tashkil etdi.
Toshkent-Chirchiq-Xojikent uchastkasida temir yo‘l ustki qismini qayta ta’mirlash (reabilitatsiya) ishlari bo‘yicha quyidagilardan iborat:
yo‘lning yuqori tuzilishining 28 km temir yo‘l tubdan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va qiymati 78 mlrd.so‘mni tashkil etdi; 
yo‘llarda uloqsiz relslarni almashtirish 12 km bajarildi va qiymati 6,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi;
temir yo‘l izida ba’zi joylarda chaqiq tosh (putevoy sheben) tushirish 20.500 kub.m tushirildi; 
Uchastkada jami 12 komplekt strelkali o‘tkazgich o‘rnatish ishlari bajarildi va qiymati 6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Temir yo‘l kesishmalarda temir yo‘l ustki qismini talab darajasiga keltirish 10 ta temir yo‘l kesishmasida amalga oshirildi;
Salar – Chirchik uchastkasining PK8 va PK12 oralig‘ida kichik radiusli egri temir yo‘lni uchastkasi radiuslari kattalashtirildi;
Salar – Chirchiq bekatlari oralig‘ida 21 ta sun’iy inshoot almashtirildi va qiymati 1,4 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Mazkur temir yo‘l uchastkasidagi tegishli infratuzilmani zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Parkent ko‘chasida yangi temir yo‘l o‘tkazgich qurilishi tugatildi, temir yo‘l izlari ta’mirlandi, temir beton ustunlari yangilandi. Kelgusida mahalliy aholi va yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Toshkent - Chirchiq – Hojikent” temir yo‘l uchastkasidagi infratuzilmani yanada takomillashtirilishi rejalashtirilgan.
Amalga oshirilgan ishlar bajarilishi natijasida 2022 yil 24 sentyabridan boshlab harakatlanadigan “Toshkent - Chirchiq – Hojikent” yo‘nalishida tezyurar elektropoyezdlar harakati uchun umumiy vaqti 1 soatga qisqargan poyezd jadvali ishlab chiqildi. Buning natijasida “Toshkent – Chirchiq” oralig‘idagi poyezd harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, “Chirchiq – Hojikent” oralig‘ida 15 daqiqaga qisqaradi va yo‘lga bo‘lgan umumiy vaqt sarfi 1 soat 40 daqiqani tashkil etadi.
Hozirda yangi va zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan “InnoTrans – 2022” xalqaro ko‘rgazmada Germaniya, Ispaniya, Shveysariya, Chexiya, Polsha, Xitoy va boshqa mamlakatlarning elektropoyezd ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur yangi zamonaviy elektropoyezdlar xarid qilinishi natijasida “Toshkent – Chirchiq – Hojikent” va respublikadagi boshqa yo‘nalishlarda elektropoyezdlar qatnov soni oshirilishi rejalashtirilgan.

193 Hududlarda yo‘lovchi tashish transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Yo‘lovchi tashish transporti tizimini tubdan takomillashtirish dasturi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda 2026-yilgacha:

aholi punktlarning jamoat transport bilan qamrovini 95 foizga yetkazish;

o‘rta va yirik shaharlarda jamoat transportidan foydalanish ulushini 22 foizdan 35 foizga oshirish;

52 ta avtostansiya qurish hamda 29 tasini rekonstruksiya qilish;

278 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochish;

60 ta yangi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish;

avtobus haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;

muntazam yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun yangi avtobus va mikroavtobuslarni olib kirishda yoki mahalliy ishlab chiqaruvchidan xarid qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini foizsiz va uning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil may

Transport vazirligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda yo‘lovchi tashish tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 61026).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 29 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 41-bayoni 10-bandi 5-xatboshisi bilan 2022 yil 1 sentyabrga qadar “Hududlarda yo‘lovchi tashish transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasiga kiritish” vazifasi belgilanib, Davlat dasturi 193-bandi 1-kichik bandining ijro muddati 2022 yil 1 sentyabrga qadar uzaytirildi.
Loyiha Transport vazirligi tomonidan 2022 yil 29 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritildi.

2. Qarshi va Andijon shaharlarining jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish Konsepsiyalarini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Transport vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Moliya vazirligi

Samarqand viloyati hokimligi

Namangan viloyati hokimligi

 

Transport vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Andijon va Qarshi shaharlarining jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish konsepsiyalarini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 66719). 
Loyiha Transport vazirligi tomonidan 2022 yil 21 sentyabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi.

3. Toshkent shahridan Parkent va Nurafshon shaharlariga tezyurar elektrobuslar harakatini tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish.

Texnik-iqtisodiy asoslanish 2022-yil sentyabr

Toshkent viloyati hokimligi

Transport vazirligi

Moliya vazirligi

 

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Toshkent shahridan Parkent va Nurafshon shaharlariga tezyurar elektrobuslar harakatini tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishga qaratilgan Texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqildi.
Hozirda Toshkent shahridan Parkent va Nurafshon shaharlariga tezyurar elektrobuslar harakatini tashkil etish loyihasini amalga oshirilishi uchun moliyalashtirish manbasiga aniqlik kiritilmoqda.
Loyihani amalga oshirish Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 2023-2026 yillarda rejalashtirilgan.

194 Toshkent shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Toshkent shahrida o‘zaro uzviy bog‘langan barcha transport turlarini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish. Bunda:

673 dona elektrobuslar xarid qilish;

shahar yo‘lovchi tashish transportining barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda 11 ta magistral, 14 ta halqa, 92 ta bog‘lovchi va 42 ta yetkazib beruvchi yangi muntazam avtobus yo‘nalishlari tarmog‘ini yaratish;

namunaviy dizayn asosida yo‘lovchilar, jumladan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan 1160 ta oraliq bekatlarini qaytadan qurish;

Toshkent shahri jamoat transportining xorijiy ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan “bosilgan yo‘l”, “yo‘lovchi oqimi” va “sifat” mezonlari asosida bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda tashuvchilarni moliyalashtirishning yangi tizimini (Pool system) joriy etish;

aholini sog‘lom turmush tarzini yaratish maqsadida har yili 50 kilometrdan, 5 yil davomida jami 250 kilometr velosiped va piyodalar yo‘laklarini qurish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil fevral

Transport vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Toshshahartransxizmat AJ

 

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-111-son qaror qabul qilindi.

2. Tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarda Yo‘l o‘tkazgichlar qurish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyul

Toshkent shahar hokimligi

Transport vazirligi

Qurilish vazirligi

 

Toshkent shahar hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida tirbandlik yukori bo‘lgan ko‘chalarda Yo‘l o‘tkazgichlar kurish Konsepsiyasini ishlab chikish va yo‘l xarakatini rakamli boshkarish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘grisida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (ID 65015).
Loyiha Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2022 yil 12 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 26 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Loyiha yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan 2022 yil 25 noyabrda Vazirlar Mahkamasiga takliflar yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga tashrifi davomida o‘tkazilgan taqdimotlar jarayonida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishining 78-son bayoni 13-bandi “g” kichik bandiga muvofiq mazkur topshiriq ijro muddati 2023 yil 1 aprelga qadar o‘zgartirildi.

3. Yer usti yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten bilan integratsiyalash va infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda 14 ta yangi harakat tarkibini (metro poyezdlarini) xarid qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil dekabr

Transport vazirligi

Moliya vazirligi

 

Toshkent shahrida avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini metropoliten bilan intergatsiyalash masalasi xatlovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlar ro‘yhati shakllantirildi.
Toshkent shahriga kirib keluvchi transport koridorlari bo‘ylab metropoliten bekatlari bilan bog‘langan 9 ta ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi va ushbu yo‘nalishlarda tashish tariflari tashuvchilarining xarajatlaridan kelib chiqqan xolda bozor tamoyillari asosida qo‘llanilishi belgilandi.
1. G‘ishtko‘prik chegara posti – Yunusobod metrosi.
       2. Jumabozor avtovokzali – Roxat (5-metro bekati).
       3. Ko‘kterak bozori – Chorsu metrosi
       4. Nurafshon shahri – Kompass savdo majmuasi (7-metro bekati).
       5. Ohangaron shahri – Roxat (5-metro bekati).
       6. Parkent – M.Yusuf ko‘chasi.
       7. Yangiyo‘l shahri – Olmazor metrosi.
       8. TTZ ASHB – Buyuk Ipak yo‘li metro bekati.
       9. Mineral suvlar – Beruniy metro bekati.
Shuningdek, Toshkent shahrida jamoat transporti bilan qamrab olinmagan mahallalarda yangi muntazam transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida 12 ta yangi avtobus yo‘nalishlari ochildi hamda yo‘nalish Pasportlari ishlab chiqildi. 
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2022 yil 29 avgustda Vazirlar Mahkamasiga 2/5219-sonli xat kiritildi. 
Yer usti yo‘lovchi tashish transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini metropoliten bilan integratsiyalash va infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda 14 ta yangi harakat tarkibini (metro poyezdlarini) xarid qilish masalasi bo‘yicha. 
“Toshkent metropoliteni” DUKning 7 ta (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) bekatida transport-o‘tish uzellari qurilmoqda. Xususan, Paxtakor va Olmazor transport o‘tish bog‘lamalarini qurish uchun yer maydonlari ajratilgan bo‘lib, hozirda loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Loyiha smeta hujjatlari asosida o‘tkaziladigan tender natijasida pudratchi tashkilot aniqlanadi va pudratchi tashkilot tomonidan transport o‘tish bog‘lamalari 2023 yilning mart oyida barpo etiladi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan Turkiston, Chilonzor buyum bozori transport o‘tish bog‘lamalarini qurish uchun yer ajratish yuzasidan qaror loyihasi ishlab chiqilib, ushbu loyiha hozirda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida. Turkiston, Chilonzor buyum bozori transport o‘tish bog‘lamalari 2023 yilning avgust oyida barpo etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Chorsu transport o‘tish bog‘lamasini tashkil etish uchun yer maydoni ajratilib, mazkur hududdagi ulgurji dehqon bozorini ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Chorsu transport o‘tish bog‘lamasini 2023 yilning 1-choragi yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ-111-sonli qarorining 2-ilovasi 9.2-bandiga asosan 2023 yilda transport o‘tish bog‘lamalarini tashkil etish reja grafigiga asosan Qo‘yliq bozori transport o‘tish bog‘lamasini 2023 yil 2-choragida, Beruniy metrosi transport o‘tish bog‘lamasini 2023 yil 3-choragida barpo etish rejalashtirilgan.
Toshkent shahriga kirib kelayotgan yo‘lovchi transport vositalari uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va Yer usti halqa yo‘nalishining 3-, 4-, 5- bekatlari) yaqinida avtoturargoh-larni ishga tushirish jadallashtirilmoqda. Jumladan, Yer usti halqa metro bekatlari ostida namunaviy loyiha asosida ko‘chma savdo, vorkaut va avtoturargohlarni tashkil etish yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Kengashning tegishli qaroriga asosan yer usti halqa metro bekatlari ostida namunaviy loyiha asosida ko‘chma savdo, vorkaut va avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha tender orqali tadbirkorlar aniqlanadi va tadbirkorlar tomonidan namunaviy loyiha asosida ko‘chma savdo, vorkaut va avtoturargohlarni 2023 yilning 2-choragi yakuniga qadar tashkil etish rejalashtirilgan.
Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda poyezdlar harakati oraliq vaqtini qisqartirish uchun yangi harakat tarkiblarini (14 ta metro poyezdlarini) xarid qilish yuzasidan Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropoliteni uchun o‘n to‘rtta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi reglamentga asosan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi hamda joriy yilning 7 dekabr kuni 697-67-son qaror bilan tasdiqlandi.
Ushbu qarorning 4-bandiga asosan metro poyezdlarini yetkazib berish muddati 2023 yil 1 iyul etib belgilandi. 
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2022 yil 7 dekabrda Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligiga 4/7631-sonli xat kiritildi.   
Shuningdek, Toshkent metropoliteni uchun 14 to‘rtta to‘rt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish topshirig‘i ijro muddatini 2023 yil iyul oyiga uzaytirish yuzasidan 2022 yil 13 dekabrda o‘rnatilgan tartibda Adliya vazirligiga 2/7729-sonli xat kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturining amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–459-son qarorining 8-ilova 53-bandiga binoan topshiriq ijro muddati 2025 yil 31 yanvar etib belgilandi.

195 Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Transport va logistika xizmatlarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. Bunda:

18 ta katta, 22 ta o‘rta va 80 ta kichik shaharlar o‘rtasida transport-logistika tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish;

Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida (LPI) O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 77-pog‘onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish;

hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlari tarmog‘ini tashkil etish;

xalqaro yuk tashishlardagi transport hujjatlarini (“e-Permit”, “e-TIR”, “e-CMR”) elektron ko‘rinishga bosqichma-bosqich o‘tkazish;

yuk tashish xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish;

mavjud konteyner terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish;

temir yo‘lda konteyner tashishlar ulushini kamida 2 barobarga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil avgust

Transport vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini 2022-2026 yillarda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
Mazkur loyiha bilan quyidagilar tasdiqlanmoqda:
O‘zbekiston Respublikasida transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini 2022-2026 yillarda rivojlantirish konsepsiyasi;
Konsepsiyada belgilangan vazifalarni 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”.
Bundan tashqari, ushbu Konsepsiyani amalga oshirish natijalari bo‘yicha 2026 yilga qadar erishiladigan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanmoqda:
 barcha transport turlarida yuk tashish hajmini 1,3 barobarga ko‘paytirish, shu jumladan xalqaro yuk tashuvlarini 1,4 barobarga oshirish;
 logistika markazlari tarmog‘ini yaratish va ularning yuklarga ishlov berish quvvatini 2 barobarga oshirish;
 mavjud konteyner terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish;
 temir yo‘lda konteyner tashishlar ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;  
 transport va logistika xizmatlari eksportini 1,2 barobarga oshirish;
 barcha transport turlarida tranzit yuk tashish hajmini yiliga 15 million tonnagacha oshirish;
  Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida (LPI) O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 77-pog‘onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish.
  Mazkur loyiha 2022 yil 26 avgustdagi xati bilan Adliya vazirligiga kiritildi.
Loyiha Transport vazirligi tomonidan 2022 yil 31 avgustda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri huzurida himoya qilinib (viza olinib), Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsisiga kiritildi.

2. Samarqand xalqaro aeroportini yirik transport xabiga aylantirish Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Bunda:

mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 7 tadan 20 tagacha, geografiyasini 4 ta yo‘nalishdan 5 tagacha oshirish;

xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 25 tagacha, geografiyasini 4 ta yo‘nalishdan 8 tagacha oshirish;

“Ochiq osmon” rejimini joriy etish hisobiga 8 ta xorijiy aviakompaniyani jalb qilish va 17 ta yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar Dasturi 2022-yil aprel

Transport vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

“Uzbekistan Airports” AJ

 

2021 yil yakuni bilan yurtimiz aeroportlari orqali 5,4 mln yo‘lovchi manzillarga yetkazildi va 82 ming tonna yuklar tashildi, xorijiy aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish hajmi oshib, barcha aeroportlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari yaxshilandi.
Shu bilan birga, Samarqand xalqaro aeroporti yangidan qurilib, ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan 2022 yil 4 aprelda “Samarqand” xalqaro aeroportini yirik transport xabiga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirish bo‘yicha 2022 yil 18 mart kunidan boshlab Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerovokzal terminali foydalanishga topshirilib, unda davlat-xususiy sheriklik asosida “Air Marakanda” MCHJ boshqaruvni amalga oshirib kelmoqda. 
Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Transport vazirligi xorijiy aviakompaniyalar uchun 2022 yil 1 oktyabrdan boshlab Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etilib, ushbu imtiyozlar to‘g‘risida xorijiy davlat aviatsiya ma’muriyatlari xabardor etilgan. 
Hozirgi vaqtda, xorijiy aviakompaniyalardan “Azal”, “Aeroflot”, “Ural” va “Flydubai” aviakompaniyalari muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. 2022 yil noyabr oyidan esa “Wizz Air Abu Dhabi” aviakompaniyasi Abu Dabi - Samarqand yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirilmoqda.

3. Toshkent va Farg‘ona vodiysida xalqaro aeroportlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotlar ko‘rinishida xulosa 2022-yil aprel

Transport vazirligi

“Uzbekistan Airports” AJ

Moliya vazirligi

 

2022 yil 11 aprel kuni Davlat Rahbariga Transport vaziri I.Maxkamov va “Uzbekistan Airports” AJ raisi R.Djurayeva tomonidan respublika aeroportlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan taqdimot shaklida hisobot berildi.
Mamlakatimiz aeroportlarini 2035 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda 2026 yilga qadar aeroportlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida hisobot berildi.
Ushbu  chora-tadbirlar dasturi doirasida: 
aeroportlarni ixtisoslashtirish, jumladan, Toshkent aeroportini xalqaro xabiga, Navoiy aeroportini yuk tashish xabiga hamda Samarqand va Buxoro aeroportlarini turizm xablariga aylantirish;
Toshkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish orqali yo‘lovchilarni o‘tkazish quvvatini soatiga 2 ming 400 yo‘lovchiga yetkazish;
Farg‘ona vodiysidagi – Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlari shaharlar ichida joylashgan bo‘lib, ularni kengaytirish imkoniyati cheklanganligi bois uchta viloyatning o‘rtasida yangi xalqaro aeroportni qurish takliflari bildirildi.

4. Toshkent shahrida joylashgan “Toshkent-yuk saroyi” va “Chuqursoy yuk-saroyitemir yo‘l stansiyalarini (terminallarini) kelgusida yuk tashish hajmlarini oshishini inobatga olgan holda poytaxt atrofiga ko‘chirish yoki modernizatsiya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi 2022-yil dekabr

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Transport vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

 

4. Toshkent shahrida joylashgan “Toshkent-yuk saroyi” va “Chuqursoy yuk-saroyitemir yo‘l stansiyalarini (terminallarini) kelgusida yuk tashish hajmlarini oshishini inobatga olgan holda poytaxt atrofiga ko‘chirish yoki modernizatsiya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Konsepsiya loyihasi 2022-yil dekabr

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Transport vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

 

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Toshkent-yuk saroyi» va «Chuqursoy yuk-saroyi» temir yo‘l stansiyalarini (terminallarini) kelgusida yuk tashish hajmlarini oshishini inobatga olgan holda poytaxt atrofiga ko‘chirish yoki modernizatsiya qilish Konsepsiyasi ishlab chiqildi. 
Ishlab chiqilgan Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  va Adliya vazirligiga 2022 yil 6 dekabrda 01/4344-22 sonli xat bilan taqdim etildi.

5. Toshkent shahar atrofida multimodal transport-logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda, Toshkent shahriga kirib kelishda yuklarni taqsimlaydigan 4 ta yirik savdo logistika markazlarini qurish va shahar hududida joylashgan barcha bojxona yuk omborlarini poytaxt tashqarisiga chiqarish masalasini ko‘rib chiqish.

Konsepsiya loyihasi 2022-yil dekabr

Transport vazirligi

O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent shahar hokimligi

manfaatdor vazirlik, idora va xo‘jalik subyektlari

Transport vazirligi tomonidan  Toshkent shahar atrofida multimodal transport-logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish Konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Konsepsiyada  Toshkent shahriga kirib kelishda yuklarni taqsimlaydigan 4 ta yirik savdo logistika markazlarini qurish va shahar hududida joylashgan barcha bojxona yuk omborlarini poytaxt tashqarisiga chiqarish masalalari nazarda tutildi.
Konsepsiya Transport vazirligi tomonidan 2022 yil 6 dekabrda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

196 Avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish.

Keyingi 5 yilda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish.

Bunda:

umumiy uzunligi 57,8 ming kilometr avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va ta’mirlash;

30 ming kilometrdan ziyod tuproq yo‘llarni ta’mirlab, qattiq va shag‘al qoplamali yo‘llarga bosqichma-bosqich o‘tkazish;

tuproq yo‘llarni qattiq qoplamali yo‘llarga o‘tkazish bo‘yicha namunaviy loyiha-smeta hujjatlarining andozasini ishlab chiqish;

respublikadagi mavjud 1512 ta ta’mirtalab ko‘priklar va boshqa sun’iy inshootlarini bosqichma-bosqich qayta qurish va ta’mirlash;

sementobeton qoplamali yo‘llarni rivojlantirish;

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish, xususan Nukus — Qo‘ng‘irot — Beyneu yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lini;

yangi transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, xususan “Uchquduq — Qizilorda” yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘lagini barpo qilish;

davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida istiqbolli pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish hamda texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish tadbirlarini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil iyun

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

Moliya vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi-Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 2022 yil 24 iyunda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.

197 Transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk hajmini oshirish.

1. “Osiyo tinch okeani davlatlari — Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston — Turkmaniston — Ozarbayjon — Gruziya — Yevropa” multimodal transport koridorini rivojlantirish. Bunda:

Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston temir yo‘l ma’muriyati rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazish;

asosiy yuk shakllanadigan Xitoy va Turkiya davlatlarining temir yo‘l ma’muriyatlarini imzolangan ko‘ptomonlama Bitimga qo‘shilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Transport vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Davlat bojxona qo‘mitasi

 

“Osiyo tinch okeani davlatlari - Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Yevropa” multimodal transport koridorini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy yil 17 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya temir yo‘li ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mazkur multimodal koridorga Turkiya temir yo‘li ma’muriyati qo‘shilgani Turkiya tomonidan ma’lum qilindi. Turkiya tomoni o‘z hududi orqali yuk tashuvlariga qolgan ishtirokchi tomonlar kabi chegirmalar taqdim etganini ma’lum qildi. Ishtirokchi tomonlar avval taqdim etilgan 70%gacha imtiyozlarni 2022 yil uchun qo‘llanishi yuzasidan kelishdi.
Yo‘nalish bo‘ylab yuk tashuvlarida Ozarbayjonning “ADY Container” va Turkmanistonning “Transport-logistika markazi” kompaniyalari tomonidan qo‘shimcha ikkita yuk kemalari ishga tushirilganligi, zarurat bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha yana bitta kema ishga tushirilishi yuzasidan va konteyner tashuvlariga uzluksiz vagonlarni yetkazib berish, mazkur yo‘nalish bo‘ylab yuk tashuvlarida xizmatlarni raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga  kelishildi.
Tashuvlar hajmi va sifatini oshirish maqsadida ishtirokchi tomonlar o‘rtasida mutasaddi rahbarlar boshchiligida Ishchi guruh shakllantirildi.
Tomonlar multimodal yo‘nalishning jozibadorligini oshirish maqsadida mazkur yo‘nalishga Xitoy tomonini qo‘shilishi bo‘yicha ishlar davom ettirilishini ma’lum qildi.
Mazkur koridorga Xitoy tomonini qo‘shilishi yuzasidan Transport vazirligi nomidan 2021 yil 9 avgust kuni va 2022 yil 17 fevral kuni Xitoy tomoniga diplomatik kanallar orqali murojaat yo‘llandi.
Joriy yil 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Maxkamov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Xitoy tomonining mazkur multimodal yo‘nalishga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Elchi janoblari Xitoy tomonining multimodal yo‘nalishga qo‘shilishi bo‘yicha amaliy yordam berishini ta’kidladi.
Turkmaniston va Eron hududlarida avtotransportdan undiriladigan yo‘l yig‘imlari, yoqilg‘i narxidagi tafovutni qisqartirish va boshqa masalalarni hal etish bo‘yicha Turkmaniston va Eron tomonlari bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida diplomatik kanallar orqali murojaat yo‘llandi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan 2022 yil 14 oktyabrida 6367-son xati bilan Vazirlar Mahkamasiga ma’lumotlar kiritildi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha tashuvlarni rivojlantirish uchun 2022 yil 17 mart va 1 iyul kunlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon,Gruziya va Turkiya temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvlari tashkil etildi.
Turkiya tomoni mazkur yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida tomonlar o‘rtasida imzolangan Bitimga 2022 yil yanvar oyida a’zo bo‘ldi.
2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida Bitimga a’zo davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlari tomonidan yuk tashuvlari stavkalariga 70% foizgacha imtiyozlar taqdim etildi; Kaspiy dengizida yuk tashuvlar hajmini oshirish uchun Ozarbayjon tomoni qo‘shimcha 2 ta yuk kemasini ishga tushirdi, natijada yuk kemalar soni 15 ga yetkazildi; yo‘nalish bo‘ylab yuk hajmlarini jalb qilish va transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun O‘zbekiston tomonining “O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya” unitar korxonasi qo‘shimcha ravishda koordinator etib belgilandi.
Natijada O‘zbekistonning mazkur yo‘nalish orqali eksport va import yuk tashuvlari hajmi 2022 yil 8 oyi davomida 655 ming tonnani tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 baravarga oshdi.
Jumladan, mazkur yo‘nalish orqali Braziliyadan O‘zbekistonga shakar xomashyosi va boshqa davlatlardan oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmi 172 ming tonna (+3,4 baravar), mineral o‘g‘itlar va kimyo mahsulotlarining eksporti hajmi 320 ming tonnani (+5,5 baravar) tashkil etdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston hududi orqali mazkur yo‘nalish bo‘ylab tranzit yuk tashuvlari hajmi 2022 yil 8 oyi davomida 72 ming tonnani tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 baravarga oshdi.

2. “O‘zbekistonQirg‘izistonXitoy” temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini jadallashtirish.

Bunda:

loyihani amalga oshirish bo‘yicha ko‘ptomonlama (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Xitoy va boshqalar) uchrashuvlarni tashkillashtirish va ularning yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish;

moliyaviy manbalarni aniqlagan holda loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqishni boshlash;

loyihalashtirilayotgan temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shma ekspeditsiyani o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Transport vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Davlat bojxona qo‘mitasi

 

“O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish maqsadida joriy yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri A.U.Japarov tomonidan imzolangan qo‘shma murojaat Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Kesyan nomiga yo‘llandi.
 2022 yil may oyida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy transport vazirliklari o‘rtasida uch tomonlama onlayn muzokaralar natijasida tomonlar loyihaning texnik iqtisodiy-asoslashini (TIA) ishlab chiqish uchun harakatlarni birgalikda moliyalashtirish ishlarga Xitoylik mutaxassislarni jalb qilish hamda loyihani birgalikda amalga oshirish uchun uch tomonlama imzolanadigan Memorandum va TIAni ishlab chiqish uchun Shartnoma loyihalarini tayyorlash bo‘yicha kelishib oldi.
2022 yil iyul oyida navbatdagi uch tomonlama muzokara davomida TIAni ishlab chiqish uchun harakatlarni tomonlar o‘rtasida teng taqsimlashga, Qirg‘iziston hududida dala tadqiqotlarini joriy yil 20 iyuldan boshlashga kelishildi. Xitoy tomoni Qirg‘iziston hududida o‘rganish ishlarini olib borish uchun 160 dan ortiq xitoylik mutaxassislar jalb qilinishini va TIAni 2023 yil iyun oyiga qadar ishlab chiqilishini ta’kidladi.
TIAni ishlab chiqish uchun quyidagi mexanizm bo‘yicha moliyalashtirishga kelishildi:
– I bosqichda – 20 foiz, Qirg‘iziston tomoni kiritadi;
– II bosqichda – 40 foiz, Qirg‘iziston (10 foiz) va O‘zbekiston (30 foiz) tomonlari kiritadi; 
– III bosqichda – 30 foiz, Xitoy tomoni kiritadi; 
– IV bosqichda – 10 foiz, uch tomonning har biri to‘lovlarning qolgan 1/3 qismini kiritadi.
 2022 yil iyul oyida texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash uchun shartnoma imzolandi va dastlabki 20 foiz miqdorida to‘lov Qirg‘iziston tomonidan amalga oshirildi.
 Ma’lumot uchun: imzolangan shartnomaga asosan texnik-iqtisodiy asoslashni tayyorlash harakatlari 114 960 000 yuan tashkil etadi (17 132 638 AQSH dollari), har bir tomon 5 710 879 dollar miqdorida harakatlarni qoplash kerak bo‘ladi.
2022 yil iyul-avgust oyida Xitoydan kelgan 160 ortiq mutaxassislar Qirg‘iziston hududida izlanish va o‘rganishlarini boshladi.
2022 yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti davomida O‘zbekiston transport vazirligi, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Xitoy taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida “Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.
“O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘l liniyasi loyihasi bo‘ylab Qirg‘iziston hududida ekspeditsiya o‘tkazildi va temir yo‘lning rejalashtirilgan yo‘nalishi bo‘yicha geologik, gidrologik, iqlimiy va ekzogen jarayonlari o‘rganildi.

3. “Shimol-Janub” yo‘nalishida tashilayotgan yuklarni O‘zbekiston Respublikasi va Transafg‘on koridori (“Termiz — Mozori Sharif — Qobul — Peshovar”) orqali multimodal tashuvlarini rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 йил декабрь

Transport vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

 

2021 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston va Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi Kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, ikki davlat tovar ayirboshlash jarayonlarini soddalashtirish va transport xarajatlarini qisqartirish 
maqsadida zarur ichki tartib-qoidalarni muvofiqlashtirishga kelishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 25 fevraldagi PQ–142-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi;
Mazkur Bitim tasdiqlanishi natijasida ikki davlat o‘rtasida avtomobil yuk tashuvlarida undiriladigan yig‘imlardan ozod etildi;
2022 yil 26-27 mart kunlari Termiz shahrida “Shimol-Janub” yo‘nalishida tashilayotgan yuklarni O‘zbekiston Respublikasi va Transafg‘on koridori (“Termiz-Mozori-Sharif-Qobul-Peshovar”) orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish maqsadida  Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston,  Afg‘oniston va  Pokiston tomonlarning yirik transport-ekspeditorlik kompaniyalari, logistika va ekspeditorlik sohasidagi manfaatdor biznes vakillari, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi, tomonlarning transport sohasidagi mutasaddi vazirlik va bojxona idoralari vakillari ishtirokida xalqaro Konferensiya tashkil etildi;
Amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil iyun oyida o‘zbek tashuvchilari tomonidan ilk bor “O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” yo‘nalishda xalqaro tashuvlar amalga oshirildi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha hisobot davrida (“Termiz-Mozori-Sharif-Qobul-Peshovar” multimodal yo‘nalishi bo‘yicha respublikaning eksport va import yuk tashuvlari hajmi 1,28 mln tonnani tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 foizga oshdi.
2022 yil 10 oy mobaynida Afg‘onistondan temir yo‘l orqali 214 ming t. yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar ko‘p (+144 ming t.) yuk import qilindi. Shimol-Janub yo‘nalishida Afg‘onistondan O‘zbekiston orqali boshqa davlatlarga temir yo‘l tranzit tashuvlari hajmi ham deyarli 2 barobarga (+312 ming t.) ortib, 674 ming t. tashkil etmoqda. O‘zbekiston va O‘zbekiston orqali boshqa davlatlardan Afg‘oniston yo‘nalishida tashuvlar hajmi 2 395 ming tonnani tashkil etib o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102% (+57 ming t.) ni tashkil etdi.
2023-2024 yillar davomida transafg‘on koridori orqali multimodal tashuvlarni yanada rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2022 yil 11 oktyabrdagi 01/3526-22-son xati bilan “G‘alaba Dosmotrovaya” stansiyasi negizida yiliga 650 ming tonna yukni qayta ishlash imkoniyati, ochiq va yopiq omborlar, yengillashtirilgan qo‘shimcha qulayliklarga ega multimodal transport logistika markazini tashkil etish taklifi vazirlik va idoralarga yuborildi.

4. “O‘zbekiston — Rossiya” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra “Agroekspress” agromahsulotlarni tashishni “yashil koridorlar” tuzgan holda yo‘lga qo‘yish va o‘rnatilgan tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Davlat bojxona qo‘mitasi

Transport vazirligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

 

 

4. “O‘zbekiston — Rossiya” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra “Agroekspress” agromahsulotlarni tashishni “yashil koridorlar” tuzgan holda yo‘lga qo‘yish va o‘rnatilgan tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Davlat bojxona qo‘mitasi

Transport vazirligi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

 

“O‘zbekiston – Rossiya” Hukumatlararo imzolangan memorandumga ko‘ra “Agroekspress” agromahsulotlarini tashish uchun “yashil koridorlar” tuzildi va o‘rnatilgan tarif stavkalariga imtiyozlar 2022 yil uchun taqdim etildi (Transport vazirligi, 17.02.2022 y., 02/851-son xati).
Amalga oshirilgan ishlar natijasida har bir 
40 futli konteynerni Rossiyadan O‘zbekistonga tashish uchun 1 403 AQSH dollari miqdorida alohida stavkalar belgilandi (mazkur stavkalar O‘zbekiston hududida 305 AQSH dollarini, Qozog‘iston hududi 550 AQSH dollarini, Rossiya hududi 548 AQSH dollarini tashkil etmoqda).
Ushbu imtiyoz joriy etilgunga qadar tarif stavkalari 2.456 AQSH dollarini tashkil etgan.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Rossiya temir yo‘llari” OAJ, “Qazaqstan temir joli” MK” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida o‘tkazilgan 2020 yil 
25 dekabrdagi 160-son uchrashuv kelishuviga muvofiq meva va tez buziluvchi mahsulotlarni Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston hududida konteyner vagonlarda tashishga kelishildi.
2021 yil 6 aprelda Toshkent shahrida “Innoprom-2021” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi maydonchalarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “RJD Logistika” O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Agroekspress-poyezdini tashkillashtirish masalasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.  
Iste’mol mahsulotlarini konteynerda tashishda Rossiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida “SlavTrans-Servis” logistik terminali markazi tashkillashtirish taklifi ko‘rib chiqildi. Shu o‘rinda mazkur uchrashuv doirasida konteynerlarni ushbu yo‘nalishda tashishda maxsus stavkalar o‘rnatish muhokama qilindi. 
2021 yil 21 sentyabr Moskva shahrida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra “Agroyekspress” loyihasi doirasida agromahsulotlarni “yashil koridorlar” tuzgan holda yo‘lga qo‘yish, o‘rnatilgan tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish va yangi yetishtirilgan meva-sabzavotlarni hamda go‘sht-sut mahsulotlarni konteyner poyezd tarkibida Sergeli/Chuqursoy/Toshkent – Selyatino (Moskva) yo‘nalishida tashish bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ vakillari va “Rossiya temir yo‘llari” OAJ vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish natijasida 2021 yil 15 oktyabrdan 31 dekabrgacha yangi yetishtirilgan meva-sabzavot va tez buziluvchan mahsulotlarni 40 futli bitta xususiy refrijerator konteyner uchun 305 AQSH dollari miqdorida maxsus stavka belgilandi. 
Ushbu tashuvlar 2021 yilning 1 noyabrdan yil oxirigacha yakka tartibda tashuvlariga ham qo‘llanilishi belgilandi.
Qozog‘iston orqali - 550 dollar, Rossiya - 528 dollarni tashkil etadi. 
Yuqoridagi maxsus stavkalar 2022 yilda ham saqlanib qolindi.
2021 yil noyabr-dekabr oylarida mazkur kelishuvga asosan ilk tashish amalga oshirildi. 
2 ta refrijeratorli konteynerlarda Rossiyadan O‘zbekistonga parranda go‘shti yuborilgan. Yurtimizdan esa ushbu poyezd orqali xurmo yuklangan bo‘lib, belgilangan manzilga yetkazildi. 
Hozirda o‘rtacha yetkazib berish muddati 5-12 sutkani tashkil etmoqda.

5. “Termiz — Mozori Sharif — Qobul — Peshovar” temir yo‘l liniyasini qurish loyihasini jadallashtirish.

Bunda:

loyihani amalga oshirish bo‘yicha ko‘p tomonlama (Afg‘oniston, Pokiston, Rossiya va boshqalar) uchrashuvlarni tashkillashtirish va ularning yakunlari bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish;

moliyaviy manbalarni aniqlagan holda loyihaning dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarini ishlab chiqish;

loyihalashtirilayotgan temir yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shma ekspeditsiyani o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar Kelishuvga ko‘ra

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Transport vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tashqi ishlar vazirligi

 

2022 yil 14, 21 va 27 iyul kunlari Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston ishchi guruhlari o‘rtasida dala ekspeditsiyasi dasturi va to‘lovlari masalalarini muhokama qilish yuzasidan videokonferens aloqa vositasida 3 tomonlama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida dala-ekspeditsiyasi joriy yil 27 iyuldan boshlashga kelishildi. Dala-ekspeditsiyasi Pokiston tomoni bilan teng miqdorda moliyalashtirishga kelishildi. 
Ma’lumot uchun: 2022 yil 27 iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Mozori – Sharifdagi Konsuli orqali dala ekspeditsiyaning 50% (56,3 ming AQSH dollar) harajatini naqd pul ko‘rinishida to‘lab berdi. 
Dala ekspeditsiyasi yakuniga ko‘ra amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha qo‘shma (texnik) bayon imzolanib, ekspeditsiya yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022 yil 23 avgust kuni 01/2929-22-son xat asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga,  O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisoboti taqdim etildi.
2022 yil 23 noyabr kuni 04/4159-22-son xatga asosan “Boshtransloyiha” AJ tomonidan Naybobod (Mozori Sharifdan 14 km.) – Torxam (Pokiston chegarasi) yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirilgan dastlabki texnik o‘rganishlar ishlab chiqilib, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘llari ma’muriyatlariga kelishish uchun yuborildi.
Hozirgi kunda loyihaning Texnik iqtisodiy-asosini (TEO) ishlab chiqishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarini (MFI) jalb qilish ishlari olib borilmoqda.

No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
198 Kasbga o‘qitish ko‘lamini 2 barobarga oshirish, jami 1 mln nafar ishsiz fuqarolarni joriy yildan boshlab kasb-hunarga o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ko‘lamini 2 barobarga oshirish.

Bunda:

har yili kasb-hunarga o‘qitiladigan fuqarolar soni, hududlar va tarmoqlar kesimida ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat buyurtmasini ishlab chiqish;

mahalla kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tarmog‘ini kengaytirib, ularning sonini 1 000 taga yetkazish;

16 ta “Ishga marhamat” monomarkazlari va 59 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari quvvatlaridan samarali foydalangan holda ishsiz fuqarolarni professional kasblar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish;

Monomarkaz huzuridagi “O‘quv-maslahat ofis”lariga xorijiy davlatlardan, jumladan, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Germaniyadan 100 ga yaqin xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilish;

kasb-hunarga o‘qitishda nodavlat ta’lim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish maqsadida kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha grantlar e’lon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil yildan boshlab

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Moliya vazirligi

Savdo-sanoat palatasi raisi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

1. Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish ko‘lamini 2 barobarga oshirish maqsadida Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022 yil 9 fevraldagi 27-ICH son buyrug‘i tasdiqlandi. 2. 2022 yil uchun ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid davlat buyurtmasi 2021 yil 26 noyabr kuni belgilangan tartibda tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2022 yilda 120 ming nafar kasb-hunarga o‘qitiladi va ushbu maqsadlar uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan 340 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan. Davlat buyurtmasida nodavlat ta’lim tashkilotlarida 2022 yilda jami 36 ming nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilishi belgilandi. 3. Bugungi kunda, 446 ta mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etildi. 4. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 98,1 ming nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb qilindi. Ulardan 76,8 ming nafari ayollar va 49,1 ming nafari yoshlarni tashkil etadi. 5. “World Skills International” uyushmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, “KOICA” va “TICA” Koreya va Turkiya xalqaro hamkorlik agentliklari ko‘magida Turkiya, Yaponiya, Germaniya, Koreya va Rossiyaning mehnat vazirliklari va ta’lim muassasalari bilan muzokaralar olib borildi. Shu kunga qadar, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 13 ta kasb yo‘nalishlari va 2 ta xorijiy tillar bo‘yicha 3 ta davlatdan 49 nafar xorijiy malakali mutaxassislar vazirlikning “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlariga jalb etildi. Ular tomonidan viloyatlarda 75 ta amaliy treninglar tashkil etildi, unda “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlardagi 93 nafar ta’lim ustalarining malakasi oshirildi hamda 4 ming nafar o‘quvchilarga kasblar bo‘yicha xalqaro ko‘nikmalar o‘rgatildi. “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarining 211 nafar ta’lim ustalari “WorldSkills International” standartlari bo‘yicha 14 ta kasb bo‘yicha malakasi oshirildi hamda ularga xalqaro ekspertlik guvohnomalari topshirildi. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 8,8 ming fuqarolar nodavlat ta’lim muassasalariga o‘qishga jalb qilindi.
199 Umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritish.

1. Umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari tarkibidan kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlarini aniqlash va kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda bu borada ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Xalq ta’limi vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Moliya vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni qabul qilindi.

2. Umumta’lim maktablari kasb o‘rganish istagidagi bitiruvchilarini davlat tomonidan kamida bir kasbni egallashiga ko‘maklashuvchi tizimni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil may

Xalq ta’limi vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Moliya vaziri

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 20-maydagi 04-04/6-509-sonli xati bilan mazkur bandda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Unga ko‘ra respublikaning barcha umumta’lim maktablari 9-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi, so‘rovnomada 99,7% o‘quvchilar ishtirok etdi. O‘quvchilarning 25,3% qishloq xo‘jaligi, 17,8% AKT yo‘nalishi, 5,4% pedagogika, 13,5% tabiiy fanlar yo‘nalishidagi kasblar, 9,2% ishlab qiarish, 8,9% biznes boshqaruv, 8,2% xizmat ko‘rsatish, 7,3% transport, 4,4% san’at yo‘nalishlarida faoliyat yuritish istagini bildirgan.
200 2022-yil yakuniga qadar 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish darajasini 90 foizga yetkazish.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo‘yidagi guruhlarni tashkil qilish:

to‘liq kunlik guruhlar;

qisqa muddatli guruhlar;

majburiy bepul tayyorlov guruhlari.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Moliya vazirligi

 

Respublikada jami – 647 655 nafar 6 yoshli bolalar (90 foiz) maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olingan bo‘lib ularning: 186 881 nafari - Majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlarga; 256 131 nafari - to‘liq kunlik tayyorlov guruhlarga; 80 230 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlarga; 123 998 nafari - turli yoshdagi guruhlarga; 415 nafari - mobil guruhlarga qamrab olindi.
201 Maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.

2022-yilda davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi 1300 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Moliya vazirligi

 

2022-yil 9 oyi yakuniga ko‘ra jami 2 048 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga quyildi. Shundan, 13 580 quvvatga ega 119 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari; 75 836 quvvatga ega 1 929 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi.
202 Bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish.

1. Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining malakasini oshirish shakl va metodikalarini xalqaro tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil iyun

Maktabgacha ta’lim vazirligi

— Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim moduli mazmuniga Jaxon banki xalqaro konsultanti Z.Veysovaning “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish”ga doir yaratilgan o‘quv qo‘llanmasi asosida Skkofolding, Singveyn, Bolani rivojlantirish nazariyalari hamda M.Montesorri metodikalari kiritildi; — Til va nutq, San’at, Qurish yasash va matematika, Fan va tabiat, Syujetli rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazlarida ta’limiy faoliyat modullari mazmuniga Rossiya mutaxassisi, bolalar pedagogi Yelena Kulikovaning “Ya kumeyu igrat” metodikasi kiritildi; — Tarbiyachining kasbiy kompetentligi va kreativligi moduli mazmuniga Yemelyanova Irina Yevgenevnani “Antixrupkoye obrazovaniye: vizovi sovremennosti” va “Obucheniye V dvijeniye, kak gumanisticheskiy podxod” metodikalari kiritildi; — Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va davlat o‘quv dasturini joriy etish moduli mazmuniga Fransiya tajribasidan Kristian Le Liyevrning 5-6 yoshli bolalarga mo‘ljallangan, nutq va yozuv, matematika, jismoniy va axloqiy tarbiya metodikasi kiritildi; — Ilm yo‘li variativ dasturining mazmun mohiyati moduli mazmuniga Yaponiya tajribasidan foydalanib ta’limning bir necha shakllari haqida ma’lumot kirildi; — Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi moduli mazmuniga Xitoy tajribasi asosida “Musiqa va san’at bilan shug‘ullanish” metodikasi kiritildi. “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Toshkent shahri filiali bilan hamkorlikda MTT tarbiyachi-metodistlarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish maqsadida: — 36 soatga mo‘ljallangan silabus shaklda o‘qitish bo‘yicha kurs tashkil etildi; — 36 soatli o‘quv reja asosida har bir modullarga dasturlar tayyorlandi; — Namangan va Farg‘ona viloyatida fevral-aprel oylarida 36 soatli qisqa muddatli kurslar tashkil etildi.

2. Hududlarda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz malaka oshirish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi

1. Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida” 2022 yil 17 martdagi 3, 10, 7-q/q-son qo‘shma qarori bilan “Maktabgacha ta’lim klasterlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish bo‘yicha muvaqqat tartibi” tasdiqlandi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha maktabgacha ta’lim klasterlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 19 maydagi 268-son qarori qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar asosida Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tajriba-sinovdan o‘tkazildi. 3. Tajriba-sinovni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida Maktabgacha ta’lim klasterlarida dars beradigan Namangan davlat universiteti va Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Toshkent shahridagi Puchon universiteti professor-o‘qituvchilari va Jahon banki loyihasi doirasida jalb etilgan xalqaro konsultantlar ishtirokida ikki bosqichda trenerlik kurslarida o‘qitildi. Xalqaro tajribalar asosida malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqildi (36 soat), tegishli o‘quv-metodik va didaktik materiallar tayyorlandi. Malaka oshirish kurslari Namangan va Qo‘qon pedagogika kollejlari bazasida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim klasterlarida Namangan davlat universiteti va Qo‘qon universitetining 23 nafar professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda 2022 yil aprel-iyun oylarida tashkil etildi, kurslarning o‘quv jarayoni sifati Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan doimiy nazorat qilib borildi. Amaliy mashg‘ulotlar Namangan shahridagi 60-son va Qo‘qon shahridagi 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida o‘tkazildi. Tinglovchilarning o‘zlashtirish natijalari maxsus elektron platformada qayd etib borildi. Tajriba-sinov jarayonida 1474 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi, ularning 1404 nafari kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi.

3. Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruv kadrlari zaxirasini tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra Maktabgacha ta’lim vazirining 2022 yil 11 apreldagi 77-sonli buyrug‘iga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar hamda vazirlik tizimidagi respublika tashkilot va muassasalar rahbar xodimlari lavozimlariga kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur nizom talablari asosida xolislik, oshkoralik, nomzodning shaxsiy va kasbiy kompetentlik darajalari, amaliy tajribasi, shuningdek, boshqaruv mahoratlari mavjudligi, mas’uliyatliligi, tashabbuskorligi, jamoadagi mavqeini inobatga olgan boshqaruv (hududiy maktabgacha ta’lim bo‘linmalari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari) kadrlar zaxirasi shakllantirildi. Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoniga malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan rahbar kadrlarni jalb qilish, muntazam ravishda rahbar kadrlarning professional darajasini oshirish, shuningdek xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishga, malakali kadrlar zaxirasini raqobat asosida shakllantirish, ular tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlari o‘z vaqtida to‘ldirilishini yanada samarali tashkil etish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 27-sentabrdagi 216-sonli buyrug‘i qabul qilindi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida joriy yilda jami 360 nafar boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritilgan nomzodlar o‘qitish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 120 nafar nomzodlar boshqaruv kadrlari zaxirasi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitilmoqda. Qolgan 240 nafar nomzodlar esa noyabr va dekabr oylarida o‘qitilishi rejalashtirilgan.
203 Maktabgacha ta’lim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi 129-son qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash va moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqildi. Ushbu axborot tizimi orqali: 1. DXSH asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatining hisobi yuritilib, ularga ajratiladigan subsidiyalar hajmi avtomatik ravishda hisoblanadi; 2. Elektr energiya va tabiiy gaz ta’minot korxonalarining axborot tizimlariga integratsiya qilgan holda DXSH tashkilotlari (oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) va xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining elektr energiya va tabiiy gaz xarajatlari bir qismini qoplash uchun ajratiladigan oylik kompensatsiyalar hajmi avtomatik hisoblanadi; 3. Hisoblangan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi bo‘yicha elektron hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimlariga moliyalashtirish uchun avtomatik tarzda taqdim etiladi; 4. DXSH tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha bitimlar elektron shaklda tuziladi va elektron raqamli imzo yordamida imzolanadi. “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi joriy yilning aprel oyidan Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tarzida joriy etildi. Bugungi kunda mazkur tizimning Respublikaning qolgan hududlarida tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 14 iyuldagi PQ-322-son qarori qabul qilindi. Unga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab: 1. Tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlangandan so‘ng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o‘tkazib berilishi; 2. Tabiiy gaz uchun kompensatsiya markazlashgan tabiiy gaz ta’minoti mavjud bo‘lmagan, lekin isitishning boshqa turlaridan, shu jumladan suyultirilgan gaz yoki ko‘mir mahsulotlaridan foydalanayotgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ham to‘lanishi (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bundan mustasno) yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Maktabgacha ta’lim vazirligining nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi; xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshirilishi; hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning o‘rtacha oylik davomati NMTTBATda ro‘yxatga olingan tarbiyalanuvchilar soniga nisbatan 40 foizdan kam bo‘lganda, ushbu oy uchun xodimlarga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanmasligi (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa holatlar ro‘y berishi sababli davomat kamayishi holatlari bundan mustasno) belgilandi. Qaror bilan quyidagilar: Moliya vazirligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom; Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom; Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining ish haqi xarajatlarini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2. Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yagona axborot tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’limni boshqarishning takomillashtirilgan “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi Toshkent shahrining Bektemir tumanida tajriba-sinov jarayonidan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun Bektemir tumanidagi 13 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari Face ID autentifikatsiya kameralari, kuzatuv kameralari, uzluksiz quvvat manbalari (UPS) va boshqa zarur qurilmalar bilan jihozlandi. Bugungi kunda tajriba sinov jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Tajriba sinov yakunlari natijasida MTTlari xodimlari va tarbiyalanuvchilari davomati Autentifikatsiya (FACE ID) kameralari orqali biometrik identifikatsiya qilinadi xamda elektron tabel shakllantirilib, avtomatik ravishda tuman markazlashtirilgan moliya-buxgaltyayeriya xizmatiga kelib tushishi yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga maktabgacha ta’lim tashkilotlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, xududi, bino va inshootlar maydoni va boshq.) asosida shtatlar jadvali avtomatik ravishda shakllantirilishi tajriba-sinov tariqasida joriy etildi.
204 Yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Maktablarni rivojlantirish bo‘yicha dastur loyihasini ishlab chiqish.

2. Qo‘shimcha 1,2 mln. o‘quvchi o‘rnini yaratish uchun maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish. Bunda:

a) Maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish orqali 2022-yilda 141 ming o‘quvchi o‘rnini yaratish.

b) Maktablarni to‘liq zamonaviy mebel, uskunalar bilan jihozlash.

3. Maktablarni muqobil energiyadan foydalangan holda elektrlashtirish bo‘yicha namunaviy loyihalarni ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich joylarda joriy etish dasturini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilish vazirligi

1). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 may “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-241-son qarori tasdiqlandi. 2). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 3 fevraldagi F-22-son Farmoyishini 4-ilovasi 7-bandi bilan Qurilish vazirligi 2022 yil 1 martga qadar “Namunaviy maktab” loyihalarini ishlab chiqish belgilangan.
205 Nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish.

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2022-yilda 3 foizga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi 2022-yil sentyabr

Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2022 yilda 3 foizga yetkazish bo‘yicha muayyan amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan jami 260 ta (O‘tgan yilga nisbatan 17% ga o‘sgan) litsenziya rasmiylashtirildi. Shundan, maktabgacha ta’lim turi bo‘yicha 182 ta umumiy o‘rta ta’lim turi bo‘yicha 57 ta professional ta’lim turi bo‘yicha 2 ta va oliy ta’lim turi bo‘yicha 19 ta (56%). Natijada bugungi kunga kelib, litsenziya asosida faoliyat yurituvchi jami nodavlat ta’lim tashkilotlari soni 5779 taga (o‘tgan yilga nisbatan 17% ga o‘sgan), shundan xususiy bog‘chalar soni 2243 taga (9%), xususiy maktablar soni 334 taga (21%), professional ta’lim tashkilotlari soni 2 taga (200%) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 53 taga (56%) yetdi. Shuningdek, faoliyatini xabardor qilish tartibi bilan olinadigan tasdiqnoma asosida tashkil etgan ta’lim tashkilotlari soni 2021 yilga nisbatan 590 taga oshdi va bugungi kunda 1671 tani (55%) tashkil etmoqda. - “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijosini ta’minlash maqsadida muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 21 fevraldagi 80-son hamda “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qarorlari qabul qilindi. - respublikamizda ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi va bu ishlar davom etmoqda. - mazkur yo‘nalishda olib borilgan ishlar litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yangi bosqichiga olib chiqdi. Ushbu sohani liberallashtirish hamda institutsional isloh qilish maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan qonunchilik asoslari ishlab chiqildi. - bugungi kunda, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, butkul, elektron tizimga o‘tkazildi. Bu sohaning yanada shaffofligini hamda ochiqligini ta’minlashga xizmat qiladi - tadbirkorlik sub’ektlariga qulay biznes muhitini yaratishga, litsenziya berish va ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshirishning yagona va shaffof mexanizmini yaratilishiga, ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishini oldini olishga, litsenziatlar huquqlarini himoya qilishga doir harakatlar amalga oshirildi.
206 Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish.

1. 2022 — 2026-yillarda 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabini rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish.

2. Yoshlarni san’at dunyosiga oshno etish, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan ortiq bepul to‘garak faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Qurilish vazirligi

1. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror loyihalari ishlab chiqildi. Qaror loyihasida: 2022-2026 yillarda Xalq ta’limida maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha 40 ta banddan iborat dastur; 2023-2025 yillarda 300 nomdagi 3 mln. dona zamonaviy milliy va jahon adabiyotlarini markazlashgan holda nashr etish; 2023-2026 yillarda 108,5 ming dona o‘zbek milliy va jahon adabiyotlarini qardosh tillarga tarjima qilish va markazlashgan holda nashr etish; mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan xalqaro tadbirlarda g‘olib bo‘lgan to‘garak a’zolarini rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish; 2023-2026 yillarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 217 ta maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, 3,6 mingta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning asosiy parametrlarini tasdiqlash nazarda tutilgan. Qaror loyihasi vazirlik va idoralar bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilib, 2022 yil 22 sentyabr 01-04/3-417-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 6 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi. 2. Umumta’lim maktablari va "Barkamol avlod" bolalar maktablarida san’at, madaniyat, kompyuter va AKT yo‘nalishlarida 137 783 ta to‘garaklar tashkil etildi. Ushbu to‘garaklarga 2 mln nafar o‘quvchilar jalb etilgan.
207 Milliy o‘quv dasturiga asosan yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish va yetakchi xalqaro nashriyotlardan eng sara darslik va kitoblarni belgilangan tartibda xarid qilish.

1. Milliy o‘quv dasturiga asosan 2022-yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari hamda mobil ilovalarni yaratish.

2. Umumta’lim maktablarda darslik va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish tizimini joriy etish.

Kitob jamg‘armasi Vasiylik Kengashi bayonlari 2022-yil sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi

1. 2022-2023 o‘quv yili uchun Milliy o‘quv dasturiga asosan 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari yaratildi. Shu jumladan 189 ta darslik, 50 mashq daftari, 57 metodik qo‘llanmalar va darsliklarning mobil ilovalari yaratildi. Ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan xorijiy nashriyotlarning darsliklarini joriy etish ishlari yakunlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoniga asosan yil yakuniga qadar 10-sinf uchun qo‘shimcha 131 nomdagi darslikni yaratish ishlari olib borilmoqda. 2. 246 nafar mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida 22 ta umumta’lim fanlaridan iborat Milliy o‘quv dasturi loyihasi yaratildi. Milliy o‘quv dasturini yaratishda 20 ta zarur ko‘nikmalar asos qilib olingan (faol fuqarolik hamda vatanparvarlik, tanqidiy-ijodiy fikrlash, IT va mediasavodxonlik, moliyaviy savodxonlik, tolerantlik va millatlararo totuvlik, gender tengligi). Zamonaviy o‘quv dasturlar hamda darsliklarni yaratishda UNICEF va USAID ko‘magida Angliya, Rossiya, Finlandiya, AQSH, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlaridan jami 16 nafar ekspertlar ishtirok etishdi. 2021-2022-o‘quv yilida yaratilgan darslik, mashq daftari hamda o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmalar Toshkent shahar va Toshkent viloyatining 11 ta tumani, 14 ta tayanch tajriba-sinov maktablarida, 84 ta eksperimentator o‘qituvchilar yordamida tajriba-sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, Kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashining 37-09-08/72-son bayoni qabul qilindi.
208 Milliy o‘quv dasturida joriy qilinayotgan yangi metodikalar bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun maxsus video-darslar yaratish.

Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha yangi metodikalarga o‘qituvchilarni o‘qitish maqsadida Elektron malaka oshirish platformasi uchun 2022-yilda 67 ta videodars yaratish.

Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i 2022-yil

Xalq ta’limi vazirligi

Milliy o‘quv dasturida joriy qilinayotgan yangi metodikalar asosida o‘qituvchilarning malakasini oshirish tizimini joriy etish va mazkur kurslarni videokontentini yaratish bo‘yicha ishchi guruhi shakllantirildi. Mazkur ishchi guruh tomonidan o‘quv dasturi asosida videodarslar yaratish va “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida videodarslarni joylashtirish vazifalari belgilab olindi. Shuningdek, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida Milliy o‘quv dasturi va ushbu dastur asosida yangi metodikalarlarni o‘quv jarayonida qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha barcha fan yo‘nalishlari uchun kurs kontentlarini joylashtirish qismi yaratildi. Ayni vaqtda ushbu platformada “Ommabob kurslar” qismiga “Milliy o‘quv dasturi mazmun va mohiyatini o‘rganish asoslari” malakasini oshirish kursi yuzasidan 36 ta va Tabiiy fanlar (science) bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari uchun 48 ta, jami 84 ta (125%) videodars joylashtirildi. Bugungi kungacha Milliy o‘quv dasturi asosida yangi metodikalarni o‘quv jarayonida qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha yaratilgan kursni 9167 nafar o‘qituvchilar o‘zlashtirgan, Tabiiy fanlar bo‘yicha 64 512 nafar o‘qituvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 28 951 nafar 3-sinf hamda 24 059 nafar 6-sinf o‘qituvchilari sertifikat olgan. “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan 341 753 nafar o‘qituvchi ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 278 ming nafar pedagog attestatsiyadan o‘tkazildi va toifaga ega o‘qituvchilar soni 220 mingdan 302 ming (43,8 foizdan 62,5 foiz)ga ko‘paydi.
209 O‘qituvchilarning oylik maoshini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan aniq qadamlarni belgilash.

Direktor jamg‘armasi hamda turli ustamalarni berish tartibini xalqaro tajribadan kelib chiqib takomillashtirgan holda, xalqaro standartlar asosida adolatli va shaffof tizimni yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Moliya vazirligi bilan birgalikda xalq ta’limi tizimida ishlayotgan o‘qituvchi va pedagoglarni lavozim maoshlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Bunda, umumiy o‘rta ta’lim tizimida ta’lim berish hamda ta’lim sohasining rag‘batlantirish borasida yuqori natijalarga erishgan horijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish, Xalq ta’limi tizimi o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish bo‘yicha Konsepsiya ishlab chiqish belgilandi. Ushbu konsepsiyani ishlab chiqishda ta’lim tizimi O‘zbekiston ta’lim tizimi bilan o‘xshaliklari mavjud, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsuloti parametrlari yaqin hamda o‘qituvchilar-ning oylik maoshini, ularning ish haqiga to‘lov tizimini isloh qilish va bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha islohotlar olib borgan Qirg‘iziston, Mongoliya, Indoneziya va Mongoliya kabi mamlakatlarning tajribalari joriy yilning 26 aprelida Jahon Bankining mahalliy va Nyu-York vakolatxona-larida faoliyat yurituvchi ekspertlari va Moliya vazirligi hamkorligida muhokama qilindi. Ushbu tajribalardan kelib chiqib, umumlashtirilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda Xalq ta’limi rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli Farmonining 8 va 9-bandlarida topshiriqlarda o‘z aksini topdi. Shuningdek, vazirlik tomonidan topshiriq ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 2022 yil 20 sentyabrda xat bilan “project.gov.uz” tizimi orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
210 Maktab o‘qituvchilarini belgilangan xalqaro standartlar asosida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash.

1. Maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash.

2. Toifaga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilarini bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish.

3. Umumta’lim maktablarni, ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ishlarini davom ettirish.

4. Toshkent viloyatini maktab ta’limi islohotlarining namunasiga aylantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish, bunda “Yangi O‘zbekiston ustozlari” dasturi hayotga joriy etib, ta’lim sifati past maktablarga boshqa hududlardan eng malakali o‘qituvchilarni ishga jalb qilish.

5. Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tekshirishlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shu jumladan Internetdagi maxsus saytni ochish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

Xalq ta’limi vazirligi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Davlat test markazi

1. Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi “Milliy baholash tizimiga muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar, ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash to‘g‘risida”gi 34 q/q, 15-xx-sonli qo‘shma qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq: 1-ilova “Milliy baholash tizimi muvofiq bo‘lishi lozim bo‘lgan xalqaro standartlar ro‘yxati”; 2-ilova “Ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar ro‘yxati”; 3-ilova “Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) ro‘yxati” tasdiqlandi. Shuningdek Xalq ta’limi vazirligining joriy yilning 12 avgustida sonli umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilariga ustamalar belgilash to‘g‘risida 03-2/3-4195 ko‘rsatma bilan hududiy bo‘limlarga ustama to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishini doimiy ta’minlab borish yuzasidan topshiriq berildi. Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarni kasbiy sertifikatsiyadan o‘tkazish maqsadida matematika, fizika, ximiya, biologiya va ona tili (o‘zbek tili) fanlari bo‘yicha milliy sertifikatsiya tizimini joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. 2. Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan malaka toifaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarni bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish maqsadida “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformada 7 ta kompetensiya asosida o‘qituvchilarni bilimini baholash uchun (barcha fan) maxsus test materiallari tayyorlanib platformaga joylashtirildi. Platforma orqali, xalq ta’limi tizimidagi malaka toifasiga ega bo‘lmagan 148 220 nafar o‘qituvchilar bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkazildi. Xususan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi-dan 13 454 nafar, Andijon viloyatidan 10540 nafar, Buxoro viloyatidan 5 860 nafar, Jizzax viloyatidan 7 006 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 19 032 nafar, Navoiy viloyatidan 4 239 nafar, Namangan viloyatidan 8 781 nafar, Samarqand viloyatidan 20 372 nafar, Sirdaryo viloyatidan 2 742 nafar, Surxondaryo viloyatidan 14 793 nafar, Toshkent viloyatidan 12 554 nafar, Xorazm viloyatidan 5 446 nafar, Farg‘ona viloyatidan 15 073 nafar, Toshkent shahridan 8 328 nafar pedagog. Natijada barcha o‘qituvchilarning bilim ko‘nikmalariga mos ravishda malaka oshirish kurslari tavsiya etildi. 3. Uzoq va tog‘li tumanlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarga bo‘lgan bo‘lgan ehtiyoj tahlil etildi. Tahlillar asosida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga uzoq va tog‘li tumanlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun zarur pedagog kadrlarni maqsadli qabul qilish yuzasidan taklif taqdim etildi (14.06.2022 y. 02-01/3-636-son xati). O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022 yil 2 iyuldagi 1-son bayoni 6a-ilovasi bilan 2022/2023 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun (818 nafar) maqsadli qabul parametrlari tasdiqlandi. Natijada, bugungi kunga qadar umumta’lim maktablariga 1 326 nafar mutaxassis kadrlar, shuningdek, boshqa hududlardan, chekka hududlarga, yuqori malakali 278 nafar pedagog xodimlar jalb qilindi. 4. 2021-2022 o‘quv yilida Toshkent viloyatida ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablarga 108 nafar malakali (oliy va birinchi toifali) o‘qituvchilar “Yangi O‘zbekiston ustozlari” dasturi orqali yuborildi. 2022-2023 o‘quv yili uchun Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda darajasi yuqori bo‘lmagan 852 ta maktablar ro‘yxati tasdiqlandi. Shundan Toshkent viloyatidan 121 ta maktablar ushbu ro‘yxatga kiritildi. “Yangi O‘zbekiston ustozlari” ustozfondi.uz elektron dasturi ishlab chiqilib, unga Toshkent viloyatidagi 121 ta ta’lim darajasi past maktablar to‘g‘risida 210 dan ortiq vakant o‘rinlar ma’lumotlar kiritildi. Shuningdek, 2022-2023 o‘quv yilida boshqa hududlardan eng malakali o‘qituvchilarni ishga jalb qilish yuzasidan Vazirlikning xati Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yuborildi (28.02.2022 y. 02-02/2-282-son). Natijada, viloyatdagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan 364 nafar o‘qituvchi pedagoglar elektron platforma orqali 15 maydan – 1 iyulga qadar ro‘yxatdan o‘tdi. Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qituvchi-pedagoglarni saralash bo‘yicha ishchi guruh tuzildi. O‘tkazilgan tanlov va suhbatlar natijasida 192 nafar pedagog xodimlardan, eng yuqori natija ko‘rsatgan 70 nafari ishchi guruh tomonidan tanlab olinib, ishga qabul qilindi. 5. Vazirlikning Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan tizim tashkilotlarida 2020 va 2021 yillarda mahalliy hokimiyat idoralari hamda nazorat organlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlar tahlil qilindi. Xususan, hokimiyat tizimi tomonidan 3911 ta, adliya organlari 1883 ta, soliq inspeksiyalari 526 ta, sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy bo‘limlari 1028 ta, mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan 635 marotaba va shu kabi bir qator tekshirishlar o‘tkazilgani aniqlandi. Tahlil natijalariga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga 2022 yil 24 mart 03-01/5-1540-sonli xat bilan rejali tekshirishlarga vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yilning 15 dekabr sanasiga qadar tekshirish rejalarini tasdiqlash va kelgusi yil ish rejasiga kiritish to‘g‘risidagi takliflar yuborildi. Umumta’lim maktablarida tekshiruvlarni shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida vazirlikning rasmiy veb-sayti uzedu.uz da Umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish bo‘limi yaratildi. https://uzedu.uz/y3/page/qaror-va-ijro
211 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etish.

2. Maktablar mavjud oshxonalarini xatlovdan o‘tkazib, ularni ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil mart

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Xorazm viloyati hokimi

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67-sonli qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1-4-sinf) o‘quvchilarini 2021/2022 o‘quv yiliga qadar bepul ovqat bilan ta’minlandi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 139 374 nafar (726 ta maktab), Xorazmda – 134 315 nafar (549 ta maktab) o‘quvchilar bepul ovqatlanishi tashkil etildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-son qarori tasdiqlandi (25.08.2022 y.). Qaror bilan yuqoridagi hududlardagi maktablarda sog‘lom ovqatlantirish tizimini keytering usulida tashkil etishga oid nizom tasdiqlandi. Nizomda keytering usulida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tanlovini o‘tkazish, hisob-kitob qilish, taomlar ustidan nazorat qilish tartibi belgilangan. Xususan, o‘quvchilar maktabda bir kunda bir mahal ovqatlantiriladi. Ovqatlarni nazorat qilish uchun maktablarda 5 kishilik (direktor, hamshira va ota-onalar vakillari) maxsus komissiya tuziladi. Kundalik taomnomaning ro‘yxati “kundalik.com” platformasi orqali yuritiladi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi umumta’lim maktablaridagi oshxonalari xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 186 ta, Xorazm viloyatida 103 ta oshxona ta’mirtalab holatdaligi aniqlangan. Mazkur holat bo‘yicha 2022 yil 30 martdagi xat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha takliflar yuborildi.
212 Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham bo‘yicha qabul kvotani shakllantirish.

1. Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini 2022-yilda oshirish.

2. 2022-yilda yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022-yildagi "Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-279-son qarori qabul qilindi.
213 Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytirish, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyatini yanada kengaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022-yildagi "Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-279-son qarori qabul qilindi.
214 Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish.

1. To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibini joriy etish.

2. Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda tugal ro‘yxati shaklida shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2022 yildagi "Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-279-son qarori qabul qilindi.
215 Oliy ta’lim muassasalarini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish.

1. 10 ta salohiyatli oliy ta’lim muassasalarini tanlash.

2. Salohiyati va o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Maqsadli dastur 2022-yil iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Moliya vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 8 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarini QS va THE xalqaro reytinglariga kirishi uchun maqsadli dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 24,11,6,9-sonli qo‘shma qarori tasdiqlandi.
216 Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishda loyihalarni moliyalashtirishning maqbul usullarini yo‘lga qo‘yish.

2022-yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylarini barpo etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Moliya vazirligi

Moliya vazirligi huzuridagi DXShni rivojlantirish agentligi

Vazirlikning ishchi guruhi tasdiqlandi. 2022 yil 24 noyabr kun holatiga jami 32 106 o‘rinli 63 ta loyihalar, jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida 22 016 o‘rinli 42 ta, oliygoh va budjet mablag‘lari hisobidan 2 800 o‘rinli 7 ta, oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan 4 640 o‘rinli 9 ta hamda investitsiya dasturi doirasida 2 650 o‘rinli 5 ta yotoqxonalarni barpo etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilimoqda. Bugungi kunda, ushbu loyihalarning 19 756 o‘rinli 38 tasida qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 5 106 o‘rinli 10 tasi foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlarning shartnomaviy reja grafigiga muvofiq joriy yil yakuniga qadar 13 024 o‘rinli 26 tasi 2022 yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, yil yakuniga qadar foydalanib oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan bo‘sh turgan binolarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hisobiga qo‘shimcha 2 520 o‘rinli 7 ta talabalar turar joylari yaratiladi. Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Tashkent indeks” savdo majmuasida 3 000 o‘rinli talabalar turar tashkil etildi va talabalar joylashtirilmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlar natijasida 2022 yilda oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha jami 21 059 o‘rin yaratilib, talabalar turar joylari quvvati 112 710 taga yetkaziladi va yotoqxona bilan ta’minlanish darajasi 47 foizdan oshiriladi.
217 Namangan viloyatida Ibrat ijod maktabi negizida Chet tillari institutini tashkil etish.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Namangan viloyati hokimligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 iyundagi “Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-275-son qarori qabul qilindi.
218 Xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun ochiq saralash tanlovlarini o‘tkazish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlarida qatnashish maqsadida Jamg‘arma tomonidan ochiq tanlov e’lon qilish va o‘tkazish.

2. Ochiq tanlovlarni o‘tkazish tartibi yuzasidan matbuot anjumani, hududlarda tushuntirish ishlarini tashkil etish.

3. Ochiq saralash tanlovida nomzodlardan hujjatlar qabul qilishning onlayn platformasini yaratish va ishga tushirish.

Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarori 2022-yil sentyabr

“El-yurt umidi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 50-maqsadida, “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga o‘qitish vazifasi belgilangan. Jamg‘arma tomonidan joriy yil yanvar-mart oylarida 1-stipendiya tanlovi tashkil etilib, tanlov natijalariga muvofiq Jamg‘arma Vasiylik kengashining joriy yil 8-apreldagi qaroriga ko‘ra jami 114 nafar nomzodlar Jamg‘arma stipendiati deb e’tirof etildi. Joriy yilning 14-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binosida “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘tkazilgan birinchi stipendiya tanlovi g‘oliblariga sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Zamonaviy fikrlaydigan yoshlar Yangi O‘zbekiston kelajagi!” shiori ostida o‘tgan tadbirda Jamg‘arma Vasiylik kengashi a’zolari, san’atkorlar, faylasuf, adabiyotshunos va taniqli akademik-olimlar, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchilari, OAV xodimlari ishtirok etishdi. Joriy yil 15 mart kunidan boshlab, Fransiya elchixonasi, Campus France va “El-yurt umidi” jamg‘armasi o‘rtasidagi qo‘shma grantlarni moliyalashtirish uchun 50 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlari e’lon qilindi. Mazkur stipendiya tanlovini o‘tkazish uchun Jamg‘arma rasmiy veb-saytida yangi platforma yaratilgan. Tanlov natijalariga ko‘ra 8 nafar stipendiatlar g‘olib deb topildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-son Farmoniga muvofiq hamda 2022-yil 8-apreldagi Jamg‘arma Vasiylik kengashi yig‘ilishi 2-son qaroriga asosan, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 366 o‘ringa mo‘ljallangan 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovi joriy yilning 15 apreldan e’lon qilindi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-2023 o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda: bakalavriat ta’lim dasturi uchun 51 o‘rin, magistratura ta’lim dasturi uchun 145 o‘rin, doktorantura ta’lim dasturi uchun 110 o‘rin ajratilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoniga asosan xotin-qizlarni xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha 50 o‘rin, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha 10 o‘rin jami 60 ta qo‘shimcha o‘rinlar ajratiladi. Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 15-apreldan — 15-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilindi. Jamg‘arma tomonidan iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa respublika hududlaridan yosh mutaxassislarni izlab topish va tanlashga qaratilgan faoliyatni tubdan takomillashtirish va yanada modernizatsiyalash, ularning xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniyalarda maqsadli ta’lim olishini hamda stajirovkadan o‘tishini tashkil etish, professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish maqsadida hududiy amaliy-uslubiy seminarlar grafigi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni tasdiqlangan. “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘lik yangiliklarni vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlariga, shuningdek hududlardagi yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida tasdiqlangan hududiy amaliy-uslubiy seminarlar grafigiga asosan Jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari v.b. Axmedov Javoxir Jamolovich boshchiligida ishchi guruhlar shakllantirilgan bo‘lib, ishchi guruhlar tomonidan hududiy amaliy-uslubiy seminarlar grafigida belgilangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlari hamda tuman, shaharlarda iqtidorli va istiqbolli yoshlar va davlat xizmatchilari uchun hududiy amaliy-uslubiy seminarlar o‘tkazildi. Ushbu hududiy amaliy-uslubiy seminarlar zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish maqsadida tashkil etildi. Mazkur seminarlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning barcha tuman va shaharlaridan onlayn tartibda jami 30000 ga yaqin umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchi sinf o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litseylar bitiruvchilari, mas’ul rahbarlar, hududiy davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar xizmatiga mas’ul rahbarlari va xorijiy davlatlarda o‘qish istagini bildirgan davlat xizmatchilari ishtirok etib, seminarlar qizg‘in savol-javoblar va muhokamalarga boy tarzda o‘tkazilib, yaqin yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Mazkur seminarlar 2022-yilning 18-aprelidan — 10-may kuniga qadar respublika bo‘ylab o‘tkazildi. Tanlov komissiyasi texnik guruhi tomonidan amalga oshirilgan dastlabki saralash va hujjatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, birinchi bosqich yakuni bo‘yicha jami 1480 nafar nomzodlar elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, doktorantura dasturi bo‘yicha 156 nafar, magistratura dasturi bo‘yicha 427 nafar, bakalavriat dasturi bo‘yicha 897 nafarni tashkil etmoqda. Saralash tanlovi birinchi bosqichining yakuni bo‘yicha jami ro‘yxatdan o‘tgan 1480 nafar nomzodlardan Jamg‘armaning 3 ta ta’lim dasturi bo‘yicha jami 765 ta Acceptance letter (o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risida xati) kelib tushgan. Stipendiya kvotalariga (ajratilgan o‘rinlarga) nisbatan oladigan bo‘lsak, bugungi kun holatiga ko‘ra umumiy ajratilgan 366 ta o‘rin uchun Nizom talablariga to‘la mos keladigan jami 528 ta hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, umumiy konkurs darajasi 1,43 ni tashkil etmoqda. Tanlovning 2-bosqich suhbat jarayonlari joriy yilning 30 may 24 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘tkazildi. Tanlovning 2-bosqichida nomzodlardan xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari, nomzodlarning ma’naviy-axloqiy tafakkuri, sog‘lom dunyoqarashi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni bilishi, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazildi. Tanlovning 2-bosqichini har tomonlama shaffof va oshkora o‘tishini ta’minlash maqsadida Tanlov komissiyasi a’zolari, shuningdek, ekspert sifatida O‘zbekistondagi xorijiy universitetlar, jumladan, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti, Inha universiteti va Turin politexnika universiteti, mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari, psixologlar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari jalb etildi. Shuningdek, suhbat jarayonlari ommaviy axborot vositalari, xususan, O‘zbekiston 24 va Madaniyat va ma’rifat telekanallari, O‘zbekiston 24 radiokanali, xabar.uz va Jamg‘armaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari jamoatchilikka keng yoritib borildi. Saralash tanlovining 2-bosqich suhbat natijalari kuzatuv kameralari orqali yozib borildi hamda suhbat jarayonlari o‘tkazilgan kunning o‘zida Jamg‘armaning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilib borildi. “O‘zbekiston” telekanali tomonidan tayyorlangan “Munosobat” tok shousining xorijda yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish masalalarining mazmun-mohiyati va ahamiyati tahliliga bag‘ishlangan sonida Jamg‘arma bo‘lim boshlig‘i Sh.Muxamadjanov ishtirok etdi. Jamg‘arma Vasiylik kengashining 2022 yil 13 iyuldagi 4-son bayoni bilan Jamg‘armaning xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 366 o‘ringa mo‘ljallangan 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovi g‘oliblari tasdiqlanib, unga ko‘ra jami 140 nafar iqtidorli va istiqbolli yoshlarimiz “Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etildi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Fransiya elchixonasi va Sampus France agentligi o‘rtasidagi qo‘shma grantlarni moliyalashtirish uchun 50 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovining 2-bosqich suhbat jarayonlariga tavsiya etilgan nomzodlar bilan 2022 yil 13 iyul kuni o‘tkazilib, suhbat natijalariga ko‘ra jami 8 nafar nomzodlar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi “Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlash hamda ularning salohiyatini yanada oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6168-son Farmonining 5-ilovasi 6-bandida hamda 2021 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tasdiqlangan Nazorat rejasining 11-bandida xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar hamda “Umid” va “El-yurt umidi” jamg‘armalari stipendiatlari ishtirokida an’anaviy xalqaro forum o‘tkazib borish vazifasi yuklatilgan. Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijda ta’lim olayotgan stipendiatlari va xorijdagi vatandosh olimlar va ekspertlar bilan telemost tashkil etish, Jamg‘arma bitiruvchilarining mehnat faoliyati samaradorligi va ularning kasbiy kamoloti real monitoringini yo‘lga qo‘yish, o‘sib kelayotgan iqtidorli va istiqbolli yoshlarning xorijda ta’lim olishlari uchun davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni targ‘ib etish, stipendiatlar bilan davlatning muntazam aloqada bo‘lishi, ularning taqdiriga befarq emasligini namoyish etishdan iboratdir. Jamg‘arma bitiruvchilari bilan muntazam muloqotni davom ettirish, davlat boshqaruvida katta yutuqlarga erishgan ijtimoiy faol “Umidchilar” va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari hamda iqtidorli yoshlar, ijtimoiy faol, tashabbuskor kelajak liderlari bilan muloqot va tajriba almashish maydonini yaratish maqsadida 2022-yil 12-13 avgust kunlari xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar hamda “Umid” va “El-yurt umidi” jamg‘armalari stipendiatlari ishtirokida II Xalqaro Forumni o‘tkazildi. Joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasida mazkur forumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari, xorijiy vatandoshlar, jami 700 nafarda ortiq “Umid” jamg‘armasining 41 nafar bitiruvchilari, “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijda ta’lim olib qaytgan 73 nafar stipendiatlari, joriy yil tashkil etilgan 2-stipendiya tanlovining 148 nafar g‘oliblari, Jamg‘armaning xorijda ta’lim olayotgan 300 nafarga yaqin stipendiatlari (onlayn), madaniyat sohasi namoyondalari, OAV vakillari va jurnalistlar ishtirok etdilar. Forumning birinchi kuni Davlat boshqaruv akademiyasida plenar shaklda hamda 7 ta seksiyalarga bo‘lingan holda diskussiyalarga boy muloqotlar tarzida tashkil etildi. 13-avgust kuni Forum ishtirokchilari (jami 200 nafar) bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida motivatsion muloqot o‘tkazildi. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2022-yilgi 3-stipendiya tanlovini e’lon qilish va o‘tkazish bo‘yicha Jamg‘arma Vasiylik kengashining 5-son bayoni joriy yilning 12-sentyabr kuni tasdiqlandi. Mazkur bayonning 6-ilovasida “El-yurt umidi” jamg‘armasining 3-ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq yangiliklarni vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek hududlardagi yoshlar orasida keng targ‘ib etishga qaratilgan onlayn hududiy amaliy-uslubiy seminarlar grafigi ishlab chiqilgan. 2022-yil 19-sentyabrdan 3-oktabrga qadar Respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan amaliy-uslubiy seminarlar davomida Jamg‘arma ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nomzodlarga to‘liq yetkazish rejalashtirilgan.
219 Bakalavriat, magistratura va doktorantura ta’lim dasturlari kesimida stipendiatlarni xorijiy davlatlarga ta’lim olish uchun yuborish.

1. Jamg‘arma tomonidan ochiq stipendiya tanlovi g‘oliblarini aniqlash va ularga Jamg‘arma stipendiati sertifikatini tantanali topshirish va xorijiy davlatlarga yuborishni tashkil etish.

2. Stipendiatlarning xorijda ta’lim olishi monitoringini yuritish va ular bilan doimiy muloqotlar olib borish.

Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarori 2022-yil sentyabr

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijda magistratura, doktorantura va stajirovka dasturlari bo‘yicha ta’lim olib qaytgan stipendiatlarning O‘zbekistondagi mehnat faoliyati samaradorligini va kasbiy jihatdan o‘sishi jarayonlarini o‘rganish maqsadida qo‘shimcha monitoring boshlandi. Mazkur monitoring natijalari magistratura va doktoranturada ta’lim olgan hamda stajirovkadan o‘tgan stipendiatlarning ish joyidagi mehnat faoliyati va kasbiy kamoloti natijalari aniq anketa so‘rovnomasi orqali o‘rganiladi. Ish beruvchilarning stipendiatlar mehnat samaradorligidan qoniqishlari va natijada stipendiatlarning lavozimlarida kutilayotgan o‘zgarishlar aniqlanadi. Mazkur monitoring natijalaridan 2022 yil 12-13 avgust kunlari o‘tkazilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining II Xalqaro forumida ish beruvchilar bilan maqsadli muloqot o‘rnatish uchun foydalanildi. 2022 yilgi 1-stipendiya tanlovi-natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jami 114 nafar stipendiantlardan 79 nafari bilan 4 tomonlama shartnomalar tuzilib, xorijga ta’lim olish uchun yuborildi. Jumladan, bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 53 nafar stipendiat, shundan 49 nafari AQSHga, 3 nafari Yevropa va 1 nafari Osiyo davlatiga; magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 21 nafar stipendiat Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Italiya, Janubiy Koreya va Shveysariya davlatlariga, doktorantura yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar stipendiatlar Rossiya, Buyuk Britaniya, Malayziya va Avstriya davlatlariga o‘qishga jo‘natildi. 2022 yilgi 2-stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lgan jami 140 nafar stipendiatlardan 46 nafari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, xorijga ta’lim olishga yuborildi. Jumladan, bakalavriyat yo‘nalishi bo‘yicha 31 nafar stipendiatning 29 nafari AQSH ga, 1 nafari Buyuk Britaniyaga, 1 nafar stipendiat Kanada davlatiga, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 13 nafar stipendiat Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya va Germaniya davlatlariga, doktorantura yo‘nalishi bo‘yicha 2 nafar stipendiyat AQSH va Rossiya davlatlariga o‘qishga jo‘natildi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Fransiya elchixonasi va Sampus France agentligi o‘rtasidagi qo‘shma grantlarni moliyalashtirish uchun 50 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovining 8 nafar g‘olibidan 7 nafari bilan 4 tomonlama shartnomalar rasmiylashtirilib bugungi kunda ularni Fransiya davlatining nufuzli universitetlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
220 Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda mavjud analoglaridan 50 foizgacha arzonlashtirilgan va sifatli, xomashyo narxiga nisbatan 2-3 baravar yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish, bunda: umumiy qiymati 165,9 mlrd so‘mlik jami 195 ta ilmiy, tijoratlashtirishga tayyorlash va startap loyihalarni amalga oshirish asosida hududlarda innovatsion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, 1 920 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.

1. Chust innovatsion hududida birlamchi va ikkilamchi poliolefin mahalliy xomashyosi hamda yog‘och chiqindilari (g‘o‘zapoya, qamish va x.k.) asosida import analoglaridan 50 foizgacha arzon va sifatli yog‘och-polimer kompozitli stropila, reyka va yog‘och to‘sinlar va boshqa innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyasini tijoratlashtirish loyihasini amalga oshirish, bunda:

zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash va yangi texnologiya asosida ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish orqali 1 m3
yog‘och-polimer mahsulotini 1,5 mln so‘mgacha miqdorda ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;

yiliga 200 ming m3 arzonlashtirilgan yog‘och-polimer kompozit

qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

yiliga 120 ming tonnagacha ikkilamchi poliefin va 150 ming tonnagacha yog‘och chiqindilarini qayta ishlashni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Chust tumanida “CHUST DPK KOMPOZIT” MCHJ tashkil etildi. Vazirlik tomonidan mazkur loyihani amalga oshirish uchun korxonaga 1,4 mlrd.so‘m miqdoridagi mablag‘lar ajratildi. Ishlab chiqarish kuvvati 86,4 ming p/m bo‘lgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalar o‘rnatilib, yangi texnologiya asosida ishlab chiqarish tuzilmasi yaratildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 1 kub.m. yog‘och-polimer mahsulotini 1,5 mln.so‘mgacha miqdorda ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, yiliga 200 ming kub.m. arzonlashtirilgan yog‘och-polimer kompozit qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi hamda yiliga 120 ming tonnagacha ikkilamchi poliefin va 150 ming tonnagacha yog‘och chiqindilari qayta ishlash quvvatlari va 8 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi hamda birlamchi va ikkilamchi poliolefinlar va yog‘och chiqindilari asosida import analoglaridan 50% arzonroq va sifatli yog‘och-polimer kompozit stropila, reykalar va yog‘och to‘sinlar ishlab chiqarish tashkil etildi.

2. Chust innovatsion hududida eryong‘oq xomashyosini innovatsion usulda qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish, bunda:

yiliga 1 000 tonna mahalliy eryong‘oq xomashyosini sanoat usulida qayta ishlash asosida konservalangan eryong‘oq, pasta, oqsil batonchik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

1 kg eryong‘oq xomashyosi narxiga nisbatan 1,8 baravardan 4,3 baravargacha yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zlashtirish;

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi

"Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Namangan viloyat Chust tumanida joylashgan MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan “Chust innovatsion hududida yeryong‘oq xomashyosini innovatsion usullarda qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish” mavzuidagi tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasiga vazirlik tomonidan 1 529,9 mln. so‘m mablag‘ ajratildi. MCHJning 4 023 mln. so‘m o‘z mablag‘lari jalb etildi. Mazkur loyiha natijada hozirda MCHJning ishlab chiqarish bazasida yeryong‘oq xom-ashyosini qayta ishlashga mo‘ljallangan texnologik asbob-uskunalar o‘rnatilib, unda yeryong‘oq hom ashyosidan konservalangan yeryong‘oq, pasta, oqsil baton mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Chust tumani hududidagi yeryong‘oq yetishtiruvchilardan xarid qilinib (eng oliy navi har kilogrami 9-10 mingdan), yig‘ib olingan dastlabki 20 tonna yeryong‘oq xom-ashyosi qayta ishlandi va hozirgi kunda ichki va tashqi bozorlarda kilogrami 20-25 AQSH dollari ekvivalentida taklif qilinayotgan shu turdagi mahsulotlarni 150 ming so‘mdan ishlab chiqarishga erishildi."

umumiy qiymati 9,3 mlrd so‘mlik investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish asosida yillik 1,1 mln AQSh dollari miqdorida eksport hajmiga erishish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 — 2026-yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Амалий ишлар олиб борилмоқда

3. Nishon innovatsion hududida yantoq va qamishdan foydalanib hamda gidroponika usulida tayyorlanadigan mahsulot asosida chorvachilik, baliqchilik uchun yiliga 700 tonna ozuqa-em mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish. Loyiha natijalarini quyidagi hududlarda bosqichma-bosqich kengaytirish choralarini ko‘rish:

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarining cho‘l hududlarida;

Buxoro viloyatining Qorako‘l, Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanlarining cho‘l hududlarida;

Xorazm va Sirdaryo viloyatining cho‘l hududlarida.

Loyihaning samaradorligi va istiqbolliligini oshirish maqsadida yantoqdan yem ishlab chiqarish klasterini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Innovatsion rivojlanish vazirligi

tegishli viloyat hokimliklari

Nishon innovatsion tumanida “Shaxinabonu xazina barakasi” MCHJ tomonidan yantoq va qamishdan innovatsion omuxta yem ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 2,1 mlrd so‘m bo‘lib, shundan 1,4 mlrd so‘m Innovatsion rivojlanish vazirligining jamg‘arma mablag‘lari, 700 mln so‘mi tadbirkor mablag‘ini tashkil etadi. Bugungi kunda loyiha doirasida barcha zarur asbob-uskunalar sotib olindi. Quyon, baliq, tovuq va chorva mollari uchun arzon va sifatli yem ishlab chiqarish boshlandi. Mahsulotning 1 kg narxi 3200 so‘mdan sotilmoqda. Hozirda 20 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan. Mazkur loyiha natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatlariga bosqichma-bosqich joriy ishlari amalga oshirilmoqda.
221 Global innovatsion indeksda qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash, bunda kelgusi yillarda mavjud 81 ta indikatorning 15 ta — o‘zgarmagan, 19 ta — pasaygan, 13 ta — ma’lumot taqdim etilmagan ko‘rsatkichlar bo‘yicha ijobiy natijalarni qayd etish choralarini ko‘rish.

Global innovatsion indeksda qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishish choalarini ko‘rish, shu jumladan:

reytingning “O‘quvchining ta’lim olishi uchun davlat xarajatlari, o‘rta ta’lim” indikatori doirasida 2017 — 2021 yillar bo‘yicha ma’lumotlarni UNESCO statistika institutining yillik so‘rovnomalariga asosan taqdim etishni ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil fevral

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Davlat statistika qo‘mitasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat Statistika qo‘mitasi bilan birgalikda Yunesko statistika institutining yillik so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar shakllantirildi. Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 25 fevraldagi 04-04/1-144-sonli xati bilan shakllantirilgan ma’lumotlar Yunesko statistika institutiga taqdim etilishi uchun Davlat statistika qo‘mitasiga yuborildi. Davlat statistika qo‘mitasining 2022 yil 28 fevraldagi 01/1-06-12/3-43-sonli xati bilan ma’lumotlar Yunesko statistika institutiga taqdim etildi.

“Ilm-fanga asoslangan sohalarda bandlik” va “Oliy ma’lumotli ayollarning bandligi” indikatorlari bo‘yicha milliy so‘rovnomalarni Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda takomillashtirish

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Davlat statistika qo‘mitasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innnovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini (ilm-fanga asoslangan sohalarda bandlik hamda oliy ma’lumotli ayollarning ishlashi) hisoblash tartibiga ko‘ra ma’lumotlar umumlashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha mehnat daftarchalari mavjud xodimlar soni to‘g‘risida ma’lumotga muvofiq 5,3 mln xodimlarning 2,2 mln nafari ayol bo‘lgan holda, ularning 1,63 mln nafari oliy ma’lumotli hisoblanadi. Tizimda faoliyat olib borayotgan hodimlarning aniq soni, jinsi, ilmiy toifasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi mustahkamlandi.

“Kompyuter dasturiy ta’minotiga xarajatlar” indikator ko‘rsatkichi bo‘yicha INS Markit tashkilotiga talab etilgan ma’lumotlarni taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Xalq ta’limi vazirligi

Moliya vazirligi

Davlat statistika qo‘mitasi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазирлиги томонидан Ўзбекистон Республикаси Иннновацион ривожлантиришнинг мақсадли кўрсаткичларини (илм-фанга асосланган соҳаларда бандлик ҳамда олий маълумотли аёлларнинг ишлаши) ҳисоблаш тартибига кўра маълумотлар умумлаштирилди ҳамда 2022 йил 18 мартдаги 01/00-03/09-1249-сон хат билан сўралган маълумотлар Халқаро меҳнат ташкилотига тақдим этилди.
222 Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 60 foizga yetkazish.

Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda davlat ishtirokining o‘rni va rolini oshirish orqali yangi tizimni joriy qilish.

Normativ huquqiy hujjat loyihasi 2022-sentabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

vazirlik va idoralar

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining "2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqiyot strategiyasi to‘g‘risida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2022 yil 1 fevraldagi 13 i/ch-son buyrug‘i tasdiqlandi. Buyruqda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq hamda davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. Shuningdek, aholini muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlashda davlat ishtirokining o‘rni va rolini oshirish orqali yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon loyihasi ishlab chiqildi. Unda protezllashtirish sohasida davlatning o‘rni va rolini oshirishni nazarda tutilgan tizimni joriy qilish, 2023-2026 yillarda muhtoj fuqarolarning 60 foizini zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash vazifalari belgilangan. Belgilangan muddatlarda hujjat loyihasi Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 2022 yil 18 iyulda xat bilan reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 oktabrda xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilgan. Ma’lumot uchun: bazaga kiritilgan aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 37,8 foizga yetkazildi. Zamonaviy protez-ortopediya buyumlari 4,6%, zamonaviy reabilitatsiya texnik vositalari 33,2 foizni tashkil etdi. Bunda, zamonaviy eshitish moslamalari bilan 2800 dona, elektr yuritmali nogironlar aravachasi bilan 1980 dona, ovozli termometr va termometr 7600 dona, yig‘ma Brayl alifbosi (Brayl alifbosi bo‘yicha yozuv moslamasi) bilan 6000 dona hamda zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan 138 dona mahsulot ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga yetkazildi.
223 Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish.

1. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash, vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi 2022 yil sentyabr

Moliya vazirligi

Pensiya jamg‘armasi

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi (ID 57882). Qonun loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil 19 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Loyiha Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20 iyunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi (02/57882/1-180-son xat). Qonun 2022 yil 14 sentyabrdagi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida ma’qullandi.

3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini 12 barobaridan kelib chiqqan holda “Pensiya” dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022 yil dekabr

Moliya vazirligi

Pensiya jamg‘armasi

Mazkur band ijrosi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
224 Pensiya ta’minotida fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilmaslik qoidasini qat’iy amalga oshirilishini ta’minlash.

Idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi asosida pensiya tayinlash tizimini takomillashtirish

Amaliy chora-tadbirlar 2022 yil davomida

Moliya vazirligi

Pensiya jamg‘armasi

Mazkur band ijrosi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
225 Jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etishni ta’minlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimi asosida “Tibbiyot klaster” modelini shakllantirish.

Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasidagi xorijiy universitet filialini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sirdaryo viloyati hokimligi

Toshkent shahar hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

Guliston davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Privoljsk tibbiyot tadqiqot universiteti bilan 2022 yil 3 avgustda 945/22-sonli hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga binoan bakalavriatning “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlashga kelishib olindi. Bunda ta’lim jarayonining 4 yili Guliston davlat universitetida, 2 yili Privoljsk tibbiyot tadqiqot universitetida o‘qitilishi belgilab olindi. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida bakalavriatning “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida poliklinika, diagnostika markazi, zamonaviy laboratoriya, tug‘ruqxona va ko‘p tarmoqli shifoxonani o‘ziga qamrab olgan tibbiyot klasterlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sirdaryo viloyati hokimligi

Toshkent shahar hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida tibbiyot klasteri tashkil etildi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 26-sentyabrdagi 262-sonli buyrug‘i va tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Klasterni rivojlantirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: — 2022-yil 15-sentyabrda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda "Chora-tadbirlari rejasi" tasdiqlandi; — Investitsiya dasturi doirasida 41-sonli Oilaviy poliklinika, Shahar perinatal markazi va 1-son shahar klinik shifoxonasi foydalanishga topshirildi.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ko‘p tarmoqli tibbiyot klasteri, shuningdek viloyat doirasida tumanlararo kichik tibbiyot klasterlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil sentyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sirdaryo viloyati hokimligi

Toshkent shahar hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 sentyabrdagi 262-sonli buyrug‘i bilan Tibbiyot klasterini tashkil etish tartibi qabul qilindi va ijroga qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha 67-sonli yig‘ilish bayonining 76-bandiga asosan Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tibbiyot klasterni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va Prezident Administratsiyasiga kiritildi. 2023 yilda qurilish ishlari boshlanishi ko‘zda tutilgan.
226 Markazlashgan laboratoriya, sterilizatsiya va yuqori texnologik tekshiruvlar tizimini tashkil etish.

Markazlashgan laboratoriya, sterilizatsiya va yuqori texnologik tekshiruvlar tizimini tashkil etishga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Markazlashgan laboratoriya, sterilizatsiya va yuqori texnologik tekshiruvlar tizimini tashkil etishga oid chora-tadbirlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlandi. “Toshkent shahrida namuna sifatida markazlashtirilgan klinik diagnostika laboratoriyasini tashkil etish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish to‘g‘risida”gi 1-33K-son konsessiya sharnomasiga muvofiq markazlashgan laboratoriya tizimi tashkil etildi. Unga ko‘ra birinchi bosqichda Toshkent shahrida: 78 ta (60 ta OP, 6 ta OP filiallari, 12 ta KTMP) birlamchi tibbiyot muassasada I va II darajadagi laboratoriyalar tashkil etilib, biomateriallarni qabul qilish uchun tayyor holga keltirildi; 700 dan ortiq, shu jumladan 300 ga yaqin yuqori texnologik tekshiruvlarni amalga oshiradigan III darajadagi markazlashgan labortoriya tashkil etildi. Yil yakuniga qadar Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inidagi 99 ta tibbiy muassasada I va II darajadagi laboratoriyalarni tashkil etilishi reja qilingan. Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi bilan “OQOLTIN MEDICAL” xususiy shifoxona o‘rtasida autsorsing shartnomasi imzolangan bo‘lib, markazlashgan laboratoriya xizmatlari tashkil etildi. Bundan tashqari Guliston shahri va Sirdaryo, Bayovut tumanlarida ham ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus sh, Taxiatosh t.), Andijon (Andijon sh., Oltinko‘l t.), Buxoro (Kogon sh., Vobkent t.), Jizzax (Jizzax sh., Paxtakor t.), Qashqadaryo (Shahrisabz sh., Qarshi t.), Namangan (Namangan sh., Uychi t.) Navoiy (Navoiy sh., Qiziltepa t.), Samarqand (Kattaqo‘rg‘on sh., Payariq t.), Surxondaryo (Terimiz sh., Termiz t.), Xorazm (Xiva sh., Xonqa t), Farg‘ona (Farg‘ona sh., Yozyovon t.) viloyatlarida sterilizatsiya va laboratoriya xizmatlarini autsorsing asosida markazlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
227 Davlat tibbiyot muassasalaridagi tibbiy asbob-uskuna va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish.

1. Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ehtiyojni hamda xalqaro tajribani tahlil qilish.

Tahliliy materiallar 2022-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 1 apreldagi 24-07/8844-sonli ko‘rsatma xatiga asosan hududlarda tibbiy asbob-uskunalar inventarizatsiyadan o‘tazilib ularning texnik holati hamda texnik xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganildi. Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Daniya, Rossiya, Bolgariya, Turkiya, Qozog‘iston va Hindiston davlatlar tajribasi tahlil qilindi. Bugungi kunda texnik xizmat ko‘rsatish vazirlik huzurida tashkil etilgan “Respublika tibbiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish o‘quv ishlab chiqarish” DK hamda uning hududiy filiallari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bu borada xususiy sektor faoliyati o‘rganilib, ularning xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari va salohiyatidan foydalanish ham rejalashtirildi. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot yuborildi

2. Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif kiritish.

Asoslangan takliflar 2022-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Takliflar kiritishda xorij tajribasidan (Daniya, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Bolgariya, Qozog‘iston) zamonaviy asbob-uskunalarning ishchi holatda bo‘lishini ta’minlashda ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida jamg‘arma tashkil etish va ssuda mablag‘lari berish tartibini tatbiq qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Vazirlik huzuridagi “Respublika tibbiy texnikalarga xizmat ko‘rsatish o‘quv ishlab chiqarish” DK faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘rilmoqda. Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini belgilovchi takliflar ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritildi.
228 Dorixonalar faoliyatini tartibga solish

Noqonuniy farmatsevtik faoliyat va retseptsiz dori-darmon vositalarini, jumladan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotish tartibini buzganligi uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish tartib-taomillarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil noyabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.10.2022 yildagi "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-411-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan, dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023 yil 1 maydan boshlab: jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalari narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi; matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash natijasida dori vositalarining chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi; xarid cheki bo‘yicha narx dori vositasining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, ushbu ma’lumot asosida o‘tkazilgan tekshirish yakuniga ko‘ra huquqbuzardan belgilangan tartibda jarima undiriladi.
229 Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash ishlarini yanada yaxshilash.

Davlat budjetidan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratilgan mablag‘larning 3 barobarga oshirilishini ta’minlash. Bunda asosiy e’tibor xonadonbay tibbiy profilaktikani kuchaytirishga qaratiladi.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yilda

Moliya vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalari uchun 2022 yil davomida Davlat budjetidan dori vositalari va tibbiy buyumlarga 598 mlrd. so‘m ko‘zda tutildi, bu 2021 yilga nisbatan 3 barobarga ko‘p (188 mlrd. so‘m). Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalari tomonidan aholiga bepul beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar 66 turdan, 120 turga yetkazildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalari tomonidan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yurak qon-tomir, endokrinologik va onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha skrining dasturlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bugungi kunga qadar jami 13,4 mln. nafar fuqaro skriningdan o‘tkazildi.
230 Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati moddiy texnik bazasini takomillashtirish.

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida mavjud tibbiy jihozlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan tibbiy texnika va tibbiy buyumlar ehtiyojini shakllantirish.

3. Xatlov natijalari va tibbiy texnika va buyumlarga ehtiyojdan kelib chiqib, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga tibbiy jihozlar uchun qo‘yiladigan minimal talablarni ishlab chiqish.

4. Shakllantirilgan ehtiyoj asosida tibbiy texnika va tibbiy buyumlar xaridini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 dekabrdagi 36-07/19159-sonli xatiga asosan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatidagi mavjud tibbiy jihozlar xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijalari asosida tibbiy texnika va buyumlarga ehtiyojdan kelib chiqib, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga tibbiy jihozlar uchun qo‘yiladigan minimal talablar ishlab chiqilib, SSVning 26 sentyabrdagi 267-sonli buyrug‘i bilan tibbiy jihoz bilan ta’minlash me’yori tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-72-sonli qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Birlamchi sog‘liqni saqlashni takomillashtirish” loyihasi doirasida 2022 yil 1 oktbyar holatiga 32,3 mln. dollar miqdorida tibbiy jihozlar yetkazib berildi.
231 Xonadonbay “maqsadli” skrining o‘tkazish choralarini ko‘rish.

1. Xonadonbay “maqsadli” skrining asosida onkologik, endokrinologik va terapevtik kasalliklarga chalingan bemorlarni erta bosqichlarda aniqlash.

2. Aniqlangan bemorlarni tegishligi bo‘yicha hududning o‘zida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

 

1. 40 yoshdan oshgan aholini kardiologik va qandli diabed kasalligini erta bosqichda aniqlash uchun hududlar kesimida reja tasdiqlandi. Mamlakatimiz hududidagi 10 303 950 nafar 40 yoshdan oshgan aholining 10 mlndan ortig‘i tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlarida “Salomatlik haftaligi” tashkil etildi. Unda jami 195 634 nafar bemorga ambulator xizmat ko‘rsatildi. 28 429 nafar bemorga tuman markaziy shifoxonasida, 10 335 nafar bemor viloyat shifoxonalarida va 1 889 nafar bemor respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarda statsionar davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. 3. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati muassasalari tomonidan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yurak qon-tomir, endokrinologik va onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha skrining dasturlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi taqdiqlandi. Bugungi kunga qadar jami 17,6 mln. nafar fuqaro skriningdan o‘tkazildi.
232 46 ta tumanlararo perinatal markazlari tashkil etish.

1. Tug‘ruq komplekslarini xatlovdan o‘tkazib, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borilishi lozim bo‘lgan ro‘yxatini shakllantirish.

2. Tug‘uruq komplekslarida ro‘yxat asosida rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yildan boshlab reja asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.04.2022 yildagi "2022 — 2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida"gi PQ-216-son qarori qabul qilindi.
233 Yangi tashkil etilgan tumanlararo perinatal markazlarini zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash.

1. Tibbiy texnika va buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish.

2. Tibbiy texnika va buyumlarga ehtiyojdan kelib chiqib, tumanlararo perinatal markazlarga tibbiy jihozlar uchun qo‘yiladigan minimal talablarni ishlab chiqish.

3. Shakllantirilgan ehtiyoj asosida tibbiy texnika va tibbiy buyumlarni belgilangan tartibda xarid qilish va hududlarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yildan boshlab reja asosida

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

2022-yil 28-fevralda tasdiqlangan chora-tadbirga muvofiq tumanlararo perinatal markazlar uchun tibbiy texnika va buyumlarga bo‘lgan ehtiyoj shakllantirildi, tibbiy jihozlar uchun minimal talablar ishlab chiqildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda jalb etilishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar o‘rganildi. Tumanlararo perinatal markazlarni modernizatsiya qilish va jihozlash uchun Saudiya rivojlantirish banki 5,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni ajratishni maqulladi. Tender hujjatlari xarid komissiyasi bilan kelishildi va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasidan ijobiy xulosasi olindi. Bugungi kunda tender xaridlar jarayonlari amalga oshirilmoqda.
234 Perinatal markazlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash.

Yangi tashkil etilgan tumanlararo perinatal markazlari uchun zarur bo‘lgan kadrlarni chet el mamlakatlarining ilmiy markaz va klinikalarida maqsadli tayyorlash.

Amaliy tadbirlar 2022-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vaziri

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

Tumanlararo perinatal markazlar uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni chet el mamlakatlarining ilmiy markaz va klinikalarida maqsadli tayyorlash bo‘yicha 2022 yil 28 fevralda “Chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi. Rossiya Federatsiyasining “Akademik V.I.Kulakov nomidagi Milliy akusherlik, ginekologiya va perinatologiya ilmiy tadqiqot markazi” mutaxassislari tomonidan 2022 yilning 31 iyul - 12 avgust kunlari o‘tkazilgan sayyor xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv-seminarda 46 ta tumanlararo va 15 ta viloyat perinatal markazlarning 182 nafar xodimlarining malakasi oshirildi va seminar yakunda sertifikatlar topshirildi.
235 Yangi nodavlat tibbiyot tashkilotlarini tashkil etishda tavsiyalarni berish va ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan talablarni xalqaro standartlardan kelib chiqib yengillashtirish.

1. Hududlardagi demografik va kasallanish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, zarur yo‘nalishdagi xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish yoki faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2022-yil 1-martga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Tibbiyot xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–102-son Farmoni qabul qilindi.

2. Tibbiy faoliyatni yuritishda bino va inshootlarning yerto‘la qismidan foydalanish yoki laboratoriya va diagnostika bo‘limlari faoliyatiga qo‘yilgan talablarni yengillashtirgan holda xalqaro tajribadan kelib chiqib belgilangan texnik jihatdan tartibga solish hujjatni yangi tahrirda ishlab chiqish.

Texnik jihatdan tartibga solish hujjat 2022-yil mart

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 21 yanvardagi 0020-22-son qarori (Adliya vazirligi 04.04.2022 y., 70-son).

3. Tibbiy faoliyat ixtisosliklarini tashkil etishda moddiy texnik baza va tibbiy asbob uskunalarga belgilangan eng kam talablarni soddalashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i 2022-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga qo‘yiladigan eng kam talablarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022 yil 4 apreldagi 8-son buyrug‘i qabul qilindi.
236 Import mahsulotlar hajmini va tarkibini optimallashtirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash.

1. Farmatsevtika mahsulotlarini importi hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni doimiy ravishda tahlil qilish.

2. Tahlil natijalariga asosan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etish.

3. Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning analoglariga import qilishda imtiyoz qo‘llanilmaydigan ro‘yxatni yangilash.

Tahliliy materiallar 2022-yil may

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Farmatsevtika mahsulotlarini importi hamda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tahlili doimiy ravishda olib borilmoqda. Olib borilayotgan tahlil natijalariga asosanlangan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar farmatsevtik maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga O‘zbekiston Respublikasida 2021 yil mobaynida ishlab chiqarilmagan mahalliylashtirishga tavsiya etiladigan dori vositalarining ro‘yxati, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlariga, “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga O‘zbekiston Respublikasiga 2018 yildan 2021 yil mobaynida dori vositalarini ishlab chiqarishda import qilinayotgan farmatsevtik substansiyalarning mahalliylashtirishga tavsiya etiladigan ro‘yxati taqdim etildi. Shuningdek, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning analoglariga import qilishda imtiyoz qo‘llanilmaydigan ro‘yxat yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Rossiya hamda Ukraina davlatlaridan import mahsulotlarining tahlili qilindi. Tahlil natijalari O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yuborildi. Shuningdek, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning analoglariga import qilishda imtiyoz qo‘llanilmaydigan ro‘yxat shakllantirildi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (21.04.2022y. 25-07/1107-sonli xat). Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ravishda tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga kiritildi.
237 Zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalarini tashkil etish va mavjudlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar ishlab chiqish.

1. Viloyatlarda farmatsevtika sanoati sohasida yangi istiqbolli loyihalar ro‘yxatini tashabbuskorlar, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda ular bilan birgalikda takliflar shakllantirish.

2. Takliflar asosida aniqlangan hududda farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan klaster, erkin iqtisodiy zonani tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil dekabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari

viloyat hokimliklari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Biotexnologiyalar asosida dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib (ID-58534), Vazirlar Maxkamasiga kiritilgan. Mazkur qaror loyihasining ilovasi bilan farmatsevtikaga ixtisoslashtirilgan zonalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun: Mazkur qaror loyihasining ilovasi bilan farmatsevtikaga ixtisoslashtirilgan zonalarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, Qaror loyihasi bilan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududini qo‘shimcha 80 gektarga kengaytirish orqali Biotexnologik klasterni tashkil etish; Biotexnologik klaster maydonida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash asosida substansiyalar va biologik faol moddalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini tasdiqlash belgilangan.
238 Laboratoriyalarni tashkil etish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

BMTning Loyiha xizmatlari boshqarmasini (UNOPS) loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga va amalga oshirishga jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil mart

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan umumiy qiymati 200,0 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda. Belgilangan texnik-iqtisodiy yig‘ma parametrlarga asosan Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan barcha loyiha muassasalari inventarizatsiyadan o‘tkazildi va nazorat-tahlil tadbirlari amalga oshirildi.
239 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 249 ta obyektlarida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Loyiha obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va natijasiga asosan birinchi bosqichda 38 ta hamda ikkinchi bosqichda 211 ta obyektda qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini tashkil etish reja-jadvalini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil aprel

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 249 ta ob’ektlarida qurilish, qayta qurish va ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha reja-jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Adliya vazirligiga 2022 yil 14 fevraldagi 06-8/863-sonli xat bilan yakuniy ma’lumot kiritildi.
240 Hududlarda oilaviy poliklinikalarni tashkil etish.

Hududdagi mavjud ehtiyoj, aholining takliflarini inobatga olgan holda 31 ta oilaviy poliklinikani tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil oktyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tashkil etish yuzasidan har bir viloyatda chora-tadbirlar rejasi va tarmoq reja tasdiqlandi. 2022-yil 1-dekabr holatiga Respublika bo‘yicha 105 ta oilaviy shifokor punktlari va 26 ta oilaviy poliklinika tashkil etildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 ta OSHP; Andijon viloyatida 10 ta OSHP, 4 ta OP; Buxoro viloyatida 1 ta OSHP, 1 ta OP; Jizzax viloyatida 8 ta OSHP, 1 ta OP; Navoiy viloyatida 8 ta OSHP, 1 ta OP; Namangan viloyatida 8 ta OSHP, 2 ta OP; Qashqadaryo viloyatida 8 ta OSHP, 2 ta OP; Samarqand viloyatida 7 ta OSHP, 3 ta OP; Sirdaryo viloyatida 7 ta OSHP; Surxondaryo viloyatida 11 ta OSHP, 1 ta OP; Farg‘ona viloyatida 10 ta OSHP, 5 ta OP; Xorazm viloyatida 7 ta OSHP, 1 ta OP ; Toshkent viloyatida 10 ta OSHP, 4 ta OP; Toshkent shahrida 1 ta OP tashkil etildi. 1058 ta mahalla tibbiyot punktlari tashkil etildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 83 ta; Andijon viloyatida 16 ta; Buxoro viloyatida 71 ta; Jizzax viloyatida 47 ta; Qashqadaryo viloyatida 97 ta; Navoiy viloyatida 53 ta; Namangan viloyatida 131 ta; Samarqand viloyatida 233 ta; Sirdaryo viloyatida 29 ta; Surxondaryo viloyatida 171 ta; Farg‘ona viloyatida 68 ta; Xorazm viloyatida 15 ta Toshkent viloyatida 44 ta tashkil etildi. 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-215-sonli qaroriga muvofiq 2022-yil davomida mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.
241 Hududlarda oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish.

Hududdagi mavjud ehtiyoj, aholi tomonidan bildirilgan takliflarini inobatga olgan holda 105 ta oilaviy shifokor punktlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.04.2022 yildagi "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-215-son qarori qabul qilindi.
242 Shifokorlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini qayta ko‘rib chiqish.

1. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turi va murakkabligi, shuningdek erishilgan natijaga ko‘ra o‘zgarishini nazarda tutuvchi tizim yaratish.

Normativ huquqiy-hujjat loyihasi 2022-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-maydagi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-136-son Farmoni tasdiqlandi.
243 Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish.

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda sog‘lig‘i va hayot faoliyatining (funksiyalarining) cheklanishi xalqaro klassifikatsiyasi asosida fuqarolarga nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish Konsepsiyasi va uning tamoyillarini amalga oshirish borasidagi Yo‘l xaritasini ishlab chiqishni nazarda tutish; nogironlikni belgilash mezonlarini jahon andozalariga mos ijtimoiy modelga bosqichma-bosqich o‘tkazish; tibbiy-ijtimoiy ekspertiza jarayonini raqamlashtirish, unda inson omili ishtirokini maksimal kamaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi elektron axborot tizimini joriy etishninazarda tutish.

Normativ huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil oktyabr

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabati vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar

Inspeksiya boshlig‘ining 2021-yil 30-noyabrdagi 209/k buyrug‘iga asosan xududiy bosh TIEKlarda ishlayotgan malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tashkil qilinib, ijtimoiy modelga bosqichma bosqich o‘tish va MKFni respublikada qo‘llash uslublari o‘rganildi. Agentlik xodimlaridan iborat delegatsiya 2022-yilning 5-15 aprel kunlari tajriba almashish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi G.A.Albrext nomidagi nogironlarni reabilitatsiya qilish ilmiy markazida, Sankt-Peterburg vrach-ekspertlar malakasini oshirish institutida va Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya qilish vazirligining Federal davlat budjet tashkiloti Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza Federal byurosida, 2022-yil 16-23 iyun kunlari Belorus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy-reabilitatsiya ekspert komissiyalarida hamda Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligida xizmat safarida bo‘lishdi. Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg vrach-ekspertlar malakasini oshirish instituti bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Konsepsiya loyihasi ishchi guruh a’zolariga ko‘rib chiqish uchun yuborilib, 2022-yil 29-aprel kuni Agentlik tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNISЕF, Ijtimoiy tibbiyot kafedrasi, Rossiyaning Federatsiyasining tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya bo‘yicha ekspretlari ishtirokida VKS orqali muhokama qilindi va takliflari olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning faoliyatini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmon loyihasi tayyorlandi va ushbu Farmon loyihasida 1-ilova bilan “O‘zbekiston Respublikasida nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish Konsetsiyasi”, 2-ilova bilan “2022 — 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar rejasi” nazarda tutildi. 18.07.2022 yilda Farmon loyihasi reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 2022-yil 23-iyun kuni Agentlik tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNISЕF xodimlari, Nogironlar jamiyati va nogironlar assotsiatsiyasi raislari ishtirokida Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish va uni amalga oshirish choralariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. Mazkur Farmon loyihasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritildi. 2022-yil 24-oktabr kuni Agentlik direktotorining Jaxon Banki mutaxassislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida nogironlikni belgilashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha muxokamalar qilindi.
244 Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 12 ming nafar shaxslarning bandligini ta’minlash.

Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha Milliy dastur ishlab chiqish.

Bunda:

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan har bir nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishlashi mumkin bo‘lgan kasblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan tashkilotning xodimga ish haqi hisoblanganligi va daromad solig‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda Yagona milliy mehnat tizimidagi mehnat shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish;

12 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun kasbiy ta’lim muassasalariga imtiyozlar berish;

Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish 2022 yil iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 aprelda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-son qarori qabul qilindi. 2022 yil davomida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashish MILLIY DASTURI tasdiqlandi.

nogironligi bo‘lgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish.

Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish 2022 yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-aprelda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-sonli qarori qabul qilindi.
245 Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning, o‘quvchi va talabalarning umumiy sonini oshirish.

1. Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholini 2022-yilda 24 foizga chiqarish. Bunda:

ommaviy axborot vositalari orqali aholini sog‘lom turmush tarziga hamda sport bilan muntazam shug‘ullanish bo‘yicha targ‘ibot materiallarini tayyorlash.

mahallalarda sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni yaratish, sport jihozlari bilan ta’minlash;

mahalla, tuman va viloyat kesimlarida sport tadbirlarini tashkil qilish.

2. Jismoniy tarbiya va sportga jalb qilingan yoshlar ulushini 33 foizga yetkazish. Mahallalarda sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish. Bunda:

mahallada yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zaruriy infratuzilmani yaratish;

respublika hududlarida keng tarqalgan ommaviy sport turlari asosida respublika musobaqalarini o‘tkazish tizimini yaratish;

mahalla yoshlarini sportga jalb qilish darajasi reytingini shakllantirish hamda monitoringi asosida mahallalarda sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni 2022-yilda 32 foizga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Respublika aholisini ommaviy sportra jalb etish, ularni ommaviy sportra qamrab olish maqsadida o‘tkazilran ommaviy tadbirlar ko‘rsatkichini 2022-yil yakyniga qadar 33 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 2022-yil 1-yarim yillikda respublika bo‘yicha 22 678 ta ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, ushbu musobaqalarga 3,5 milliondan ziyod ishtirokchi qamrab olingan.
246 Respublika yoshlari o‘rtasida milliy sport turlarini ommalashtirish.

1. Bunda:

milliy sport turlari to‘g‘risida darslik va adabiyotlarning yangi avlodini yaratish;

ta’lim muassasalarida milliy sport turlarini o‘qitish va mutaxassislar tayyorlash tizimini yangilash.

2. Joylarda oilaviy sportni rag‘batlantirish va an’anaga aylantirish.

Bunda:

oilaviy sport bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va oilaviy sport tadbirlarini rivojlantirish;

oilaviy sport bilan shug‘ullanish uchun mahallarda, istirohat bog‘larida sharoit yaratish;

imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish.

Amaliy chora-tadirlar dasturi 2022-yil aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Turizm va sport vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 11 apreldagi PQ–201-son qarori qabul qilindi.
247 Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholiga jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish.

1. O‘zbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish.

2. Yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish.

3. Har bir barpo etiladigan “Yashil hudud”larda yugurish, velosipedda harakatlanish uchun “Salomatlik yo‘laklari” hamda badminton, stritbol va vorkaut maydonchalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 18-martdagi “21-mart “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida milliy va xalq o‘yinlari bo‘yicha barcha hududlarda sport festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 83-AF-sonli buyrug‘i tasdiqlandi. 2022-yilninr 18-23-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlarida, istirohat bog‘larida hamda shu yilninr 9-aprel kuni Toshkent viloyatining Parkent tymanida "Har kuning bo‘lsin Navro‘z" shiori ostida sport festivali tashkil etildi. Mazkur festivalda vazirlik, idoralar, yirik korxona, tashkilotlar va mahalliy hokimliklarninr 150 nafarra yaqin sport targ‘ibotchilari, taniqli polvonlar hamda ularning oila a’zolari, qolaversa Toshkent viloyatining tyrli tyman va shaharlaridan jami 4 ming nafarga yaqin aholi milliy xalq o‘yinlarida ishtirok etdi. Bundan tashsari, yil yakuniga qadar xar bir xuduma 300 ta badminton, stritbol va vorkaut maydonchalari tashkil etiladi.
248 Davlat organlari xodimlari va aholi o‘rtasida turli ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish.

1. Vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlarini va aholini sport tadbirlariga jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish.

2. Doimiy ravishda ommaviy axborot, bannerlar va video roliklar orqali taniqli sportchilar faoliyatini yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

"Joriy yilning 18-23 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlarida, istirohat bog‘larida hamda shu yilning 9 aprel kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Har kuning bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida sport festivali tashkil etildi. Bo‘lib o‘tgan tadbirda vazirlik, idoralar, yirik korxona, tashkilotlar va mahalliy hokimliklarning 150 nafarga yaqin sport targ‘ibotchilari, taniqli polvonlar hamda Toshkent viloyatining turli tuman va shaharlaridan jami 4 ming nafarga yaqin aholi milliy xalq o‘yinlarida ishtirok etdi."
249 Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha 3 bosqichli musobaqalarni umumrespublika miqyosida o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish

1. Sport musobaqalarini o‘tkazish dasturini ishlab chiqish.

2. Sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasi yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.

3. Sport musobaqalarini yuqori darajada tashkil etish va g‘olib va sovrindorlarini munosib rag‘batlantirish.

4. Sport musobaqalariga tayyorgarlik ishlari borishini ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil may

Turizm va sport vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 aprel kuni “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-201-sonli qarori qabul qilindi.
250 Sport-ta’lim muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini oshirish.

1. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul ko‘rsatkichlarini oshirish hisobiga faoliyat yuritayotgan oliy ma’lumotli trenerlarning amaldagi 54 foiz ulushini 2022-yilda 62 foizga oshirish.

2. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilarini sport ta’limi muassasalariga jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vazirligi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 480 nafar talabaning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Jumladan, universitet sport inshootlarida o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda 24 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilayotgan to‘garaklarga 83 nafar talabalar trener sifatida, universitetlarda mavjud ta’lim yo‘nalilari bo‘yicha abutirentlarni ijodiy imtihonlarga tayyorlash kurslariga 72 nafar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 325 nafar talabalar jalb etiladi.
251 Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, shuningdek, sport maktablarini ko‘paytirish va yangi sport obyektlarini barpo etish.

1. Respublika va xalqaro musobaqalardagi erishilgan natijalarga asosan olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha litsenziyali musobaqalarda ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasining asosiy tarkibini va Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibini shakllantirish.

Vazirlik buyrug‘i 2022-yil davomida

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Milliy paralimpiya qo‘mitasi,

olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar

13 та паралимпия спорт турлари бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоалари таркиби тасдиқланди ва уларга 392 нафар спортчилар киритилди (асосий таркибда 272, заҳира таркиби 120).

2. Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish. Jamoaviy va boshqa sport turlarini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari, seksiyalar va to‘garaklarga faol jalb qilish. Jamoaviy va boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Milliy paralimpiya qo‘mitasi,

olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar

Паралимпия спорт турлари бўйича Пара Осиё ўйинларига йўлланма бериши билан аҳамиятли бўлган спорт мусобақаларига Ўзбекистон миллий терма жамоа аъзоларини иштирокини таъминлаш юзасидан Ўзбекистон Миллий паралимпия қўмитаси билан ҳамкорликда ишлар олиб борилмоқда.

3. Yozgi paralimpiya sport turlarini rivojlantirish. Bunda, paralimpiya sportchilari orasida sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish. Xususan, mazkur tashabbusni xalqimizning imkoniyati cheklangan vakillari qatlamida targ‘ib qilish.

Media-reja 2022-yil

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

'Milliy paralimpiya qo‘mitasi,

olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar

O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda viloyatlarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni paralimpiya sportiga keng jalb qilish bo‘yicha "mahallabay" ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan va Sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari, kuboklarida ishtirok etadigan hududiy terma jamoa vakillarini musobaqaga yuborishda majburiy tartibda hududiy paralimpiya bo‘limlari bilan kelishish yo‘lga qo‘yilgan. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sport bilan muntazam shug‘ulanishi hamda paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini yanada ommalashtirish maqsadida Respublika kalendar rejasida belgilangan mablag‘lar doirasida sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

4. Yoshlarni sportga jalb etish va ularni qamrab olish.

Bunda, har bir tuman kesimida ommaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish va jamoalar o‘rtasida an’anaviy sport musobaqalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil

Turizm va sport vaziri o‘rinbosari,

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi

Паралимпия спорт турлари бўйича Пара Осиё ўйинларига йўлланма бериши билан аҳамиятли бўлган спорт мусобақаларига Ўзбекистон миллий терма жамоа аъзоларини иштирокини таъминлаш юзасидан Ўзбекистон Миллий паралимпия қўмитаси билан ҳамкорликда ишлар олиб борилмоқда.
252 Qishki Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish.

1. 2026-yil Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash.

2. Xususiy klublar faoliyatini tashkil etish.

3. 2026-yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan tog‘-chang‘i sportini rivojlantirish maqsadida eng ilg‘or va innovatsion texnologiyalar jalb qilgan holda salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratish.

4. Mavjud salohiyat va imkoniyatdan kelib chiqib, hududlarni qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashtirish.

5. Qishki sport turlariga ixtisoslashtirilgan hududlarda tegishli sport turlarini rivojlantirish, milliy jamoa a’zolarini shakllantirish va 2023-yildan boshlab, xalqaro musobaqalarda ularning ishtirokini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyun

Turizm va sport vazirligi,

Moliya vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Milliy paralimpiya qo‘mitasi,

olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyul kuni "2026-yil Milan va Kortina-d'ampetsso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV Qishki olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida"gi PQ-303-sonli qarori qabul qilindi.
253 Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish.

1. 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dastur hamda uni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Xotin-qizlarning ta’lim olishiga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning o‘rnini yanada oshirish.

3. Xotin-qizlar o‘rtasida biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha bepul o‘quv amaliy kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish.

4. “Ayollar daftari”ga kiritilgan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish lozim bo‘lgan xotin-qizlarning tibbiy muolaja xarajatlarini qoplab berish.

5. Oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va samaradorligini yanada oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil mart

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Markaziy bank,

“Xalq banki” AT,

“Mikrokreditbank” ATB

“Agrobank” ATB,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 7 martdagi PF–87-son Farmoni qabul qilindi.
254 “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish.

1. “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish.

2. Orttirilgan tajribadan kelib chiqib, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tartibi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil mart

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Markaziy bank,

“Xalq banki” AT,

“Mikrokreditbank” ATB,

“Agrobank” ATB,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

"Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 31 martdagi 145-son qarori qabul qilindi."
255 Yoshlarni vatanga sadoqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri, barcha tuman va shaharlarda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlarini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi bayoni 2022-yil aprel — iyun

Yoshlar ishlari agentligi,

Madaniyat vazirligi,

Turizm va sport vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri, barcha tuman va shaharlarda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi bayon 2022-yil 10-may kuni tasdiqlanib, ijroga qaratildi. 30 iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan iyun oyi — Yoshlar oyligi etib belgilandi. Unda, "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida "mahalla-sektor-tuman-hudud-respublika" darajasida yoshlar festivallari, forumlari, tanlov va musobaqalar tashkil etilishi rejallashtirilmoqda. Yoshlar oyligi davomida: Yoshlarning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, ularning iqtidorini namoyon qilishga qaratilgan "Zakovat", "Munozara", "Zukko kitobxon" itellektual o‘yinlar, "Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob", "Yosh kitobxon oila", "Mushoira", "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovlari; Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport turlarini ommalashtirishga qaratilgan sport shahmat turi bo‘yicha "Yoshlar ilari agentligi kubogi", shashka, kibersport, "Street workout", "Bolalar ligasi", stol tennisi, yengil atletika, stritbol, voleybol sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalari; iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand yoshlarning tashabbuslarini namoyon qilishga sharoit yaratishga qaratilgan "Yangi imkoniyatlar sari" shiori ostida "Inklyuziv sayl", "Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi", "Eng namunali mahalliy Sardorlar Kengashi" tanlovlari, faol yoshlarni taqdirlash marosimi hamda "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlar galakonsertlari va "Respublika yoshlar forumi" tashkil etiladi. Besh tashabbus olimpiadasida 6,2 mln nafar (7-15 yoshdagilar 1 mln 74 ming nafar, 16-30 yoshdagilar 5 mln 141 ming nafar) yoshlar ishtirok etdi. "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha ta’lim muassasalarida 11 mingga yaqin koordinatorlar, mahallalarda 55 mingdan ortiq jamoalar shakllantirildi. "Zakovat" intellektual o‘yini 396 ming nafar yoshlarni o‘z atrofiga birlashtirgan Intellektual yoshlar harakatiga aylandi.
256 Yoshlar bilan ishlashning samarali boshqaruv tizimini joriy etish.

Yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish va sohada yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish.

Mahallalarda yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish.

Amaliy chora- tadbirlar 2022-yil

Yoshlar ishlari agentligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-iyuldagi 312-son qarori qabul qilinib, ijroga qaratildi.
No Ustuvor yo’nalishlar, maqsadlar va vazifalar Amalga oshirish mexanizmlari Amalga oshirish shakli Muddati Mas’ul ijrochilar Ijro holati Muhokama
257 “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish.

“Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini va uni amalga oshirish milliy dasturini ishlab chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil avgust

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
258 “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash.

1. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” mavzusida plakatlar turkumi, multimedia va boshqa zamonaviy targ‘ibot mahsulotlari yaratish.

2. “O‘zbekiston qahramonlari”, “Ma’naviyat lug‘ati” kitoblarining taqdimotini o‘tkazish.

3. Har yili an’anaviy tarzda “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazib borish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil iyun

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

“Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish bo‘yicha 31 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi hamda festival doirasida o‘tkaziladigan 18 ta ijtimoiy loyiha tayyorlandi. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish uchun tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishildi va ular ishtirokida har bir loyiha bo‘yicha ishchi guruhlari shakllantirildi. Bu haqda davlat rahbariga axborot berildi. 25-aprel kuni Markazda mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari ishtirokida tashkiliy masalalalar muhokama qilindi. Festivalni keng yoritishga qaratilgan ijtimoiy roliklar, targ‘ibot materiallari tayyorlanmoqda. Joriy yilning 1 may sanasidan boshlab ushbu ijtimoiy roliklar va targ‘ibot materiallarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish rejalashtirilgan. Markaz tomonidan “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar lug‘ati” kitobi 15 ming adadda chop etildi. Joriy yilning may oyida taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirildi. Mazkur tadbirni o‘tkazish bo‘yicha ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirildi, shuningdek, tadbir dasturi, taklifnoma, press-reliz tayyorlanmoqda. “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida “O‘z kasbini ulug‘lab...”, “Mening do‘mbiram”, “Matonat maktabi ”, “Tariximiz qatlarida...” ruknlari ostida 10 dan ziyod multimedia mahsulotlari ssenariylari tayyorlandi. Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida “Ma’naviyat festivali”ni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani tashkil etildi. Hududlarda festival o‘tkazish grafigi shakllantirildi. “Ma’naviyat festivali” Joriy yilning 22-25 iyun kunlari Namangan viloyatida o‘tkaziladi.
259 O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

1. O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi, nomoddiy madaniy meros elementlarini muhofaza qilish va ommalashtirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturini ishlab chiqish.

2. Nomoddiy madaniy meros elementlarini YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli umume’tirof etilgan ro‘yxatlariga kiritishga erishish.

3. “Tayyorlash — o‘rgatish — o‘rganish — tiklash — saqlash — ommalashtirish — sotish” uzluksiz yaxlit tizim asosida nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish klasterlari tashkil etish.

4. “Milliy qadriyatlar oyligi” va “Milliy qadriyatlar sayli”ni o‘tkazib borish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil iyul

Madaniyat vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya

Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va ommalashtirish to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqildi (60698). Loyiha manfaatdor vazirlik va idoralara bilan kelishildi. Loyiha Madaniyat vazirligi tomonidan 2022-yil 30-iyulda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
260 Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy targ‘ibot mexanizmlarini joriy etish.
Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rish. Chora-tadbirlar dasturi 2022-yil aprel Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Joriy yilning 4 aprel kuni 14 banddan iborat "Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha Chora-tadbirlar dasturi" markaz rahbari tarafidan 9 ta vazirlik idora bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
261 Ma’naviy jihatdan sog‘lom axborot makonini shakllantirish.

Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning o‘z vaqtida berib borilishi ta’minlash, yolg‘on va destruktiv ma’lumotlarning tarqatilishining oldini olish.

Amaliy chora-tadbirlar Yil davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

1. Kunlik ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda muhokama etilayotgan, jamoat xavfsizligiga tahdid va xavf tug‘diruvchi, jamoatchilik kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi, yolg‘on va destruktiv ma’lumotlarning tarqatilishini oldini olish maksadida monitoring ishlari tizimli olib borilmoqda, xamda ma’sul davlat organlari tomonidan tezkor javobini tashkil qilish va ularni bartaraf etish maqsadida “Javobni tashkil etish uchun rezonansli savollar ro‘yxati” tayyorlanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Prezident huzuridagi Xavsizlik Kengashi apparatiga o‘zaro kelishuvga asosan ishchi tartibda yuborilmoqda. Kelishilgandan so‘ng rezonans holatlar yuzasidan axborot makonini sog‘lomlashtirish maqsadida boshqaruv davlat organlari, vazirlik va idoralarga tegishli choralar ko‘rish uchun taklif va vazifalar kiritilmoqda. Qilingan ishlar yuzasidan xar oy Prezident Administratsiyasi, Vazirlar maxkamasi, OM Senati va tegishli tashkilotlarga xisobotlar taqdim etilmoqda. Xususan, 2022 yilning sentyabr oyida jami 1505 ta tankidiy material e’lon kilingan, mazkur tankidlarning 97% (1466 tasi)ga tegishli organlar tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi 2022 yil 8 fevraldagi topshirig‘iga binoan 11 fevral kuni Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida milliy qonunchilikga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida Ishchi guruhning yig‘ilish o‘tkazildi. Mas’ul davlat organlarining mutaxasisslari ishtirokida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan xorijiy tajribani o‘rgangan holda amaldagi milliy qonunchilikga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish takliflari tayyorlanib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Havfsizlik kengashi appartiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. 3. Ommabop ijtimoiy tarmoqlarning ma’muriyatlari bilan amaldagi kelishuvlar asosida soxta sahifalar paydo bo‘lishi va yolg‘on (“feyk”) ma’lumotlar tarqalishining oldini olish maqsadida Davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi veb-sahifalarini verifikatsiya jarayonidan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatib borish. 2020 yildan xozirgi vaktga kadar O‘zbekistondagi 55 ta tashkilotning 104 ta sahifasi, shuningdek, Oliy Majlis qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlarining 6 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining 1 ta, Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vazirining 2 ta sahifasi “Facebook” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlarida “verifikatsiya” jarayonidan o‘tkazildi. “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida MSK, “O‘zarxiv” agentligi, IIV, Imom-Buxoriy halqaro ilmiy ta’dqiqot Markazi va “Jizzax viloyati xokimiyati sahifalari “verifikatsiya” qilindi. 4. Agentlik tomonidan @stopnarko_bot jamoat Telegram-boti orqali kelib tushgan giyohvand moddalarni sotuvchi va reklama qiluvchi Telegram-resurslarni hamda @stop_kriminal_bot orqali qonunchilikka zid bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi materiallarni o‘chirish yuzasidan tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalishda AOKA, IIV, Yoshlar agentligi xamkorlikda tashkil qilingin ishchi guruh faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni oldini olish va axborot makonida qonunga zid kontentga qarshi kurashish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori va yuqoridagi resurslarga kelib tushayotgan qonunchilik bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotlar haqidagi murojaatlarni doimiy monitoring qilib borish va aniqlanayotgan huquqbuzarliklar asosida Internet tarmog‘i faoliyatini cheklash mexanizmi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ishlab chiqildi. Kelib tushgan qonunga zid resurslarni butun javxon internet tarmog‘idan olib tashlash maqsadida Agentlik va IIV matbuot xizmati bilan birgalikda Telegram messenjeri ma’muriyatiga tegishli murojaatlar yuborilmoqda. Qilingan ishlar yuzasidan xar oy Prezident Administratsiyasi, Xavsizlik Kengashi apparati, DXXga va tegishli tashkilotlarga xisobotlar taqdim etilmoqda Xususan, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida «Telegram» messenjerida noqonuniy faoliyat olib boruvchi 1180 tadan 1040 ta kanal va akkaunt o‘chirildi (kontent umumiy hajmining 88%). 5. Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarning o‘z vaqtida berib borilishini ta’minlash hamda yolg‘on ma’lumotlarni tarqalishida oldini olish bo‘yicha O‘zbekistonda soxta axborotlarga raddiyalar berish uchun Telegramda yaratilgan https://t.me/antifake_uz kanalida 2022 yilda jami 50 ta feyk xabar bo‘yicha 157 foto, 11 video, 1 audio, 169 ssilkalardan iborat ma’lumot post qo‘yilgan.
262 Hududlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash.

1. “Mahalla — tuman — viloyat — respublika” tamoyili asosida hududlar kesimida ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish, bu jarayonga zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini keng joriy etish.

2. Targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar Yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 28 fevraldagi 4-qq-sonli Qo‘shma qarori bilan amaliy chora-tadbirlar Dasturi va Respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi. Qo‘shma qaror Vazirlikning joriy yilning 25 martdagi 04-02/5-sonli xati orqali ijro uchun hududlarga yuborildi. Qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan 9370 ta mahallada, 79 ta oliy o‘quv yurtlarida, 8 973 ta maktablarda, 1 986 dan ortiq tashkilot va idoralarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirlarda 1 million 215 mingdan ortiq aholi, shuningdek, 938 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” bosh g‘oyasi ostida jami 1400 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, amaliy seminarlar, davra suhbatlari, turkum uchrashuvlar, jonli muloqotlar tashkil etildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Navoiy, Namangan viloyatlarining barcha hududlarida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari bilan hamkorlikda profilaktik davra suhbatlari, uchrashuv-muloqotlar hamda targ‘ibot tadbirlarida 5100 dan ziyod korxona-tashkilot xodimlari, uyushmagan yoshlar, mahalla faollari va aholi vakillari qamrab olindi. Raqamli targ‘ibot ishlarini tashkil etish maqsadida oyina.uz portalida yanvar-noyabr oylarida 6 783 ta axborot, 684 ta maqola, 57 ta taqdimot, 23 ta infografika, 143 ta videorolik joylashtirildi. Bundan tashqari “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasini amalga oshirish maqsadida o‘tgan davr mobaynida mahallalarda hayotiy va katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan 16 ming 224 nafar obro‘-e’tiborli nuroniylar va ziyolilar 154 ming 218 nafar ishsiz, tarbiyasi og‘ip va muammoli yoshlarga biriktirildi. Natijada, nuroniylar tomonidan 470 nafar yoshlarning o‘qishlarini tiklashda, 27 ming 667 nafarining ishga joylashishlarida ko‘maklashildi. Shuningdek, “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida barcha hududlarda 7 458 ta “Uch avlod” uchrashuvlari tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda 294 469 nafar aholining turli yosh toifasidagi vakillari ishtirok etdi. O‘tkazilgan tadbirlar haqida O‘zbekiston-24 kanalida 179 marotaba, mahalliy kanallarda 158 marotaba, mahalliy gazetalarda 51 marotaba, ijtimoiy tarmoqlarda 6 496 marotaba yoritildi. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda.
263 Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini yanada kuchaytirish.
1. Har yili qabul qilinadigan davlat dasturiga Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha Kompleks dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida Mudofaa vazirligi 1. 14 ta ma’muriy hudud kesimida joriy yilning iyul, avgust va sentyabr oylari uchun mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarning tarmoq-jadvallari ishlab chiqilib, “mahallabay” asosda ishlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi hamda harbiy okruglarga, mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlariga yuborildi (chiq. raq. 14/1931). 2. Joriy yil 23-avgust kuniga qadar Mudofaa vazirligi tomonidan mahallalarda va harbiy qism hamda muassasalarda jami 20 777 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan mahallalarga tashrif buyurib ushbu mahallalarda jami 11 134 ta, yoshlarni harbiy qism, muassasalar hamda dala o‘quv maydonlariga jalb qilgan holda jami 9 643 ta tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar hududlar kesimida JG‘MHOda 3 316 ta, MHOda 6 437 ta, THO da 4 324 ta, SHHO da 4 725 ta va SHG‘HO da 1 975 ta turli tadbirlar tashkil etildi. Bugungi kunda tadbirlar davom etmoqda. Mudofaa vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022 yilga mo‘ljallangan “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlandi.
2. Qabul qilingan dasturning davlat organlari va Qurolli Kuchlar tuzilmalari tomonidan “mahallabay” asosda ijrosini tashkillashtirish. Amaliy chora-tadbirlar har yili Mudofaa vazirligi “Yo‘l xarita” asosida bugungi kunga qadar 14 ta ma’muriy hudud kesimida mahalla, harbiy qism va muassasalarda jami 26 490 tadan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan: Mahallalarga tashrif buyurib 14 259 marotaba tadbirlar; Harbiy qism va muassasalarga tashrif buyurib 12 231 marotaba tadbirlar o‘tkazilgan. Shuningdek mazkur tadbirlar: 14 164 marotaba uyushgan yoshlar bilan; 12 326 marotaba uyushmagan yoshlar bilan tashkil etilgan.

3. Umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Amaliy chora-tadbirlar muntazam ravishda

Mudofaa vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

1. Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining tegishli buyruqlari bilan okruglar hududida joylashgan maktablar harbiy qismlar va muassasalarga biriktirildi. 2. 14 ta maktabda chaqiruvga qadar tayyorgarlik sinflari 13 ta maktabda tusiqlar yo‘lagi, 17 ta maktabda sport maydonchalari yangidan barpo etildi. 3. Mudofaa vazirligiga biriktirilgan umumta’lim maktablarining 120 tasida “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” tematik sinflari barpo etildi va bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. (JG‘MHO – 29, MHO – 18, SHHO – 20, THO – 6, SHG‘HO – 8, TOQQQ – 32, HHM vaHHK – 6, OHTM - 9). 4. Respublika bo‘yicha 205 ta umumta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fani o‘quv sinflari jihozlandi. 5. Mudofaa vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 24-oktabrdagi 35/1-son qo‘shma qaroriga asosan, 9 520 ta umumta’lim maktablarida 10 ming dona gazniqobi, 7 ming dona sanitar zambili, 28 560 ta individual bog‘lam paketi va 19 mingdan ortiq toza tibbiy bog‘lamdan iborat tibbiy anjomlar mudofaa ishlari bo‘limlari orqali tarqatilgan. Mazkur qo‘shma qaror asosida barcha mudofaa ishlari bo‘limlarida saqlanayotgan jami 990 dona AK-74 o‘quv avtomatlari, 1 940 dona o‘quv patroni, 902 dona o‘quv granatasi, 940 dona kompas umumta’lim maktablari tomonidan CHQBT fani mashg‘ulotlarida foydalanib kelinmoqda; 6. O‘zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari tomonidan umumta’lim maktablarida CHQBT fani o‘quv-moddiy bazasini barpo etilishini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022-yil 23-avgustdagi 268-son buyrug‘i ishlab chiqildi hamda harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlariga ijro uchun yuborildi.
264 Aholiga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish.

1. Prezident kutubxonasini tashkil etish va uni samarali faoliyat olib borishini ta’minlash.

2. Sohani davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Madaniyat vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish hamda sohada yagona boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Qaror loyihasi o‘rnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz, ID-59617) orqali tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan so‘ng Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyuldagi topshirig‘iga muvofiq loyihaning iqtisodiy va moliyaviy jihatlari Moliya vazirligining taklif va e’tirozlariga ko‘ra qayta ishlab chiqildi hamda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
265 Kitobxonlikni keng ommalashtirish.

1. O‘zbek milliy mumtoz va zamonaviy adabiyoti namunalarini jahon tillariga sifatli o‘girishga doir tarjimonlik maktablarini rivojlantirish, xorijiy tillarga tarjima qilingan o‘zbek ijodkorlari asarlarini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish.

2. Jahon adabiyotining eng sara namunalarini vosita va original tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish tizimini keng qo‘llab-quvvatlash.

3. Talabga ko‘ra nashr (“print-on-demand”) tajribasini hamda soha xizmat ko‘rsatuvchi vakillarining onlayn maydonchasini (“workfarm”) shakllantirish.

4. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, bolalar uylari tashkil etayotgan oilalarga kitoblar to‘plami taqdim etish va “Mehr kutubxonasi” loyihasini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Madaniyat vazirligi

1. Topshiriq ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashida 2022 yil 28 yanvar kuni mas’ul vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, uning yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bayoni (7.02.2022 y., № 11-RA 2/1-191) tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini (keyingi o‘rinlarda – qaror loyihasi) ishlab chiqish bo‘yicha malakali mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tarkibini shakllantirish maqsadida Agentlikning 2022 yil 28 yanvardagi 06-147*-son xati vazirlik va idoralarga kiritildi. 3. Vazirlik va idoralarning mas’ul mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh tarkibi shakllantirilib, uning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Agentlikda Shtab tashkil etildi. 4. 2022 yil 7 fevral kuni Agentlikda Ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi hamda yig‘ilish bayoni tasdiqlandi (7.02.2022y., №2). 5. Qaror loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni Agentlikka taqdim etish yuzasidan 2022 yil 9 fevraldagi 06-234*-son xat vazirlik, idora va muassasalarga kiritildi. Taqdim etilgan takliflar umulashtirildi. 6. Umumlashtirilgan takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga, jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish tizimini tubdan takomillashtirish hamda kitobxonlikni yanada ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib (ID-58967), belgilangan tartibda kelishish uchun 2022 yil 25 martdagi 06-547xfu-son xat orqali vazirlik va idoralarga kiritildi. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga, jahon adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish tizimini tubdan takomillashtirish hamda kitobxonlikni yanada ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi belgilangan tartibda kelishuvdan o‘tkazilib, mazkur loyihani huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va tegishli xulosa olish maqsadida Agentlikning 2022 yil 20 apreldagi 06-715*-son xat orqali Adliya vazirligiga kiritildi. 8. Tarjima qilingan asarlardan foydalanishda qulaylik yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy veb-saytida “Xorijiy adabiyotlar kutubxonasi” rukni (https://www.natlib.uz/bbs/content/ 1_544119) tashkil etildi. 9. Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun 2022 yil 23 maydagi 06-894*-son xat, projekt tizimi orqali Adliya vazirligiga takroran kiritildi. 10. 2022 yil 18-23 aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostidagi “Kitobxonlik haftaligi” doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, bolalar uylari tashkil etayotgan oilalar, Muruvvat uylariga kitoblar to‘plamini taqdim etish maqsadida “Mehr kutubxonasi” loyihasini amalga oshirish belgilangan. Haftalik yakunlari bo‘yicha aholi, yoshlar, tadbir ishtirokchilari tomonidan sovg‘a qilingan qitoblar to‘plami, tantanali ravishda kerakli manzillarga yetkaziladi.
266 IHT, IRSIKA, AYSESKO, YUNESKO kabi dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro konferensiya, simpozium va anjumanlar tashkil etish.

1. “O‘zbekiston — buyuk allomalar yurti” mavzusida BAA, Turkiya, Malayziya, Ummon, Quvayt va boshqa davlatlarda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

2. “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik — jamiyat barqarorligi garovi” mavzusida xalqaro va respublika konferensiyalarini tashkillashtirish.

3. Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

1. Joriy yilning o‘tgan davrida quyidagi amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi: - 12 - 19 aprel kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasining Ozarbayjon ilohiyot institutiga (Boku shahri) tashrifi davomida yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar to‘g‘risida hamda “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida ma’ruza va taqdimot tashkil etildi; - 20 aprel - 8 may kunlari AQSHning bir qator shtatlariga O‘zbekistonning 13 nafar yetuk diniy soha xodimlari xizmat safari doirasida vatandoshlar, mehnat migrantlari va talabalar ishtirokida “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida anjuman - davra suhbatlari o‘tkazildi; - 1 - 27 aprel kunlari O‘zbekiston musulmonlar idorasi xodimi A.Kamalovning Moskva shahriga (Rossiya) safari doirasida vatandoshlar, mehnat migrantlari va talabalar ishtirokida “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi; - 19 may kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro onlayn videokonferensiya tashkil etildi. Tadbirda Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ICESCO) rahbari Doktor Solim al-Malik, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) rahbari prof. Mahmud Erol Qilich, Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi raisi, Bosh muftiy Navro‘zboy hoji Taganuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir qori Rakiyev, shuningdek, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Eron, Misr, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlarining 100 dan ziyod yetuk ulamolari, islomshunos, dinshunos olimlar va mutaxassislar, tadqiqotchilar, diniy soha vakillari, diniy ta’lim muassasalari mudirlari va imom-xatiblar ishtirok etdi; - 14 iyun kuni Oksford shahrida (Buyuk Britaniya) Islom tadqiqotlari markazida malaka oshirish dasturi doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom tarixini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “O‘zbekiston - buyuk allomalar yurti” mavzusida ma’ruza qildi; - 1 - 8 avgust kunlari Istanbul shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan "Islom tafakkuri tarixi va istiqboli" 5-xalqaro forumida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi J.Mirzayev “O‘zbekiston - buyuk allomalar yurti” negizida "Termiziy allomalarning islom tafakkuri tarixida tutgan o‘rni" mavzusida ma’ruza qildi; - 11 avgust kuni Anqara shahridagi (Turkiya) Boyazid Yildirim universitetining Islom bilimlari va ilohiyot fakultetida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi S.Boboxodjayev “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida "Mustaqil O‘zbekistonda diniy imkoniyatlar va termiziylar merosining o‘rganishda yangi qadamlar" mavzusida ma’ruza qildi. 2. “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi” mavzusida xalqaro va respublika konferensiyalarini an’anaga ko‘ra “16 noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan tashkil etilishi belgilangan. Tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, respublikada faoliyat olib borayotgan barcha konfessiyalar vakillari hamda O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan xorijiy mamlakatlar elchixonalari xodimlarining ishtirok etilishi rejalashtirilmoqda. Tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda: idoralararo ishchi guruhi tuzish, ish rejasini tasdiqlash, konferensiyalarni hujjatlar to‘plamini tayyorlash (konsepsiya va dastur ishlab chiqish, xorijiy va mahalliy ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish), hamda ularni OAVda keng yoritish. 3. Joriy yilning o‘tgan davrida quyidagi amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi: - 2022 yil 23 yanvardan 17 martga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi O‘mon Sultonligining Sulton Qobus institutida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslarida grant asosida tahsil oldi. Safar davomida Akademiya talabalari “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” mavzusida yurtimiz urf-odatlari, madaniyati, asriy qadriyatlari hamda milliy taomlari aks etgan taqdimot-ko‘rgazmani namoyish etdi; - 2022 yil 11-19 mart kunlari Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2 nafar xodimi Turkiya Respublikasiga xizmat safari doirasida u yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar haqida davra suhbati, shuningdek, Saljuq universitetida o‘tkazigan xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi; - 2022 yil 10 may kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining O‘mon Sultonligi tomonidan ajratilgan grant asosida Sulton Qobus kollejida “Arab bo‘lmaganlarga arab tilini o‘qitish” kursida taxsil olayotgan akademiya vakillari tomonidan O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohatlar va “O‘zbekiston-buyuk allomalar yurti” mavzularida taqdimot va davra suhbatlari o‘tkazdilar; - 2022 yil 16-26 may kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Turkiyaning nufuzli Istanbul va Anqara universiyetilarida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohatlar va “O‘zbekiston - buyuk allomalar yurti” mavzularida taqdimot va davra suhbatlari o‘tkazdilar; - 2022 yil 24 may kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan delegatsiya Ankaradagi O‘zbekistonning elchixonasi bilan birgalikda Strategik tafakkur institutida “Yangi O‘zbekiston – uchinchi renesseans” shiori ostida “O‘zbekiston islom tamadduni markazi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. 1 — 26 avgust kunlari Anqaradagi (Turkiya) Islomni anglash institutida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining 11 nafar yosh tadqiqotchilari, talabalari va ilmiy xodimlari hamda Turkiyadagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat olib borayotgan O‘zbekistonlik talaba-yoshlar bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro anjuman tashkil etildi. — Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi J.Karimov joriy yilning 11 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklaridagi Qosimiya universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashib, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qildi. — O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari 13, 20, 27 noyabr kunlari Vatandoshlar jamoat fondi ko‘magida “Yangi O‘zbekiston yoshlari va uchinchi renessans” shiori ostida xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun onlayn suhbatlar olib borildi.
267 Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini xalqchil tarjimasini amalga oshirish, ular asosida ilmiy va ommabop risolalar yaratish.

1. Malakali islomshunos olimlardan iborat tarjimonlar guruhini tuzish.

2. Tarjima qilinadigan asarlar ro‘yxatini shakllantirish va tarjimasini amalga oshirish.

3. Allomalarimiz merosidagi yoshlarni komil inson etib tarbiyalash, ularda bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-ommabop risolalar nashr etish.

4. 2022-yilda 15 ta asarning xalqchil tarjimasini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil davomida

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

12 nafar malakali islomshunos olimlardan iborat tarjimonlar guruhi tuzildi. Tarjimonlar guruhi tomonidan tarjima qilinadigan asarlar ro‘yxati ishlab chiqildi va tarjima qilindi. Ular asosida 15 ta ilmiy va ommabop risolalar nash qilindi: 1. Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-30-juzlari; 2. Burhoniddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarining ilmiy-izohli tarjimasi; 3. Sharafuddin Buxoriyning “Chahor kitob” asari; 4. “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 29-juzi asosida “Ta’vilotdan durdonalar” nomli xalqchil risola; 5. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Imom Moturidiy risolasi; 6. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Abu Hafs Nasafiy; 7. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Sirojiddin O‘shiy; 8. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Imom Zandavistiy; 9. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Alouddin Samarqandiy; 10. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Abulmuin Nasafiy; 11. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Abul Barokat Nasafiy; 12. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Sa’duddin Taftazoniy; 13. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Abu Lays Samarqandiy; 14. Buyuk ajdodlarimiz rukni ostida – Abu Shakur Solimiy; 15. Imom Moturidiy” romani. Shu bilan birga 16 ta risolalar nashrga tayyorlandi: 1. “Movarounnahrlik o‘n mutakallim”; 2. “Movarounnahrlik o‘n muhaddis”; 3. “Movarounnahrlik o‘n faqih”; 4. “Movarounnahrlik o‘n mutasavvif”; 5. “Movarounnahrlik o‘n mufassir”; 6. “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 27-28-juzi asosida “Ta’vilotdan durdonalar” nomli xalqchil risola; 7. Abd ibn Humayd Keshiyning “Musnadi Keshiy” 1, 2, 3-jildi; 8. Alouddin Kosoniyning “E’tiqodi Kosoniy” asari; 9. Imom Termiziyning “E’tiqodi ahlis sunna” asari; 10. Abu Azabaning “Ravzatul bahiyya” asari; 11. Imom Moturidiy “Kitob at-tavhid” asarining 1-qismi; 12. “Ta’vilot al-Qur’on” asarining 25-26-27-28-juzlarining o‘zbek tilidagi ilmiy-izohli tarjimasi; 13. “O‘n muhaddis” risolasi; 14. “O‘n mufassir” risolasi; 15. “O‘n mutakallim” risolasi; 16. “O‘n faqih” risolasi.
268 Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

1. “Uchinchi Renessans — Yangi O‘zbekiston” foto-albomini o‘zbek, rus, arab va ingliz tillarida tayyorlash.

Bunda:

ijodiy va ishchi guruh tuzish;

foto albomni yuqori sifatda nashr etish;

foto albomni mamlakatimiz va xorijda taqdimotini o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil yakuniga qadar

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022-yil 31-yanvardagi 2-son buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyruq bilan “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” kitob-albomini tayyorlash bo‘yicha Markazning chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” foto-albomini tayyorlash bo‘yicha Islom sivilizatsiyasi markazi direktori raisligida 2022-yil 28-fevral kuni Ijodiy ishchi guruh yig‘ilish o‘tkazildi, bunda “Uchinchi Renessans – Yangi O‘zbekiston” foto-albomi mavzuiy rejasi muhokama qilindi. Foto-albomga kiritiladigan matnlar loyihasi olimlar guruhi tomonidan ishlanmoqda. Ayni paytda mavzularga aloqador ilmiy materiallar o‘rganilmoqda. Rasm, fotosurat hamda matnning o‘zaro semantik va kompozitsion aloqadorligini ta’minlash uchun tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kitob-albomga kerakli fotosuratlar jamlandi va 237 varaqdan iborat o‘zbek tilidagi matnining dastlabki varianti yaratildi. Bugungi kunda kitob-albomni rus, arab va ingliz tillarida tarjima qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

2. Imom Buxoriy asarlarida tarannum qilingan yuksak odob-axloq, ilmga muhabbat, Vatanga sadoqat singari ezgu umuminsoniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida “Imom Buxoriy asarlari misolida islom san’ati ko‘rgazmasi”ni o‘tkazish.

Bunda:

ko‘rgazma konsepsiyasi va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

ko‘rgazmani Italiya, Shveysariya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarda o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi 2022-yil noyabr

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Tashqi ishlar vazirligi

Mazkur band ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilmoqda.
269 Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi organlar tarkibiga Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasini qo‘shish hamda uning madaniy faoliyat sohasidagi vakolatlarini belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi 2022-yil iyun

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga asosan Qonun loyihasi manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida 2022-yil 20-may kuni Qo‘mita huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. Ishchi guruh takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi va kelishish uchun Qo‘mitaning 2022-yil 26-apreldagi 14-03-173-son xati orqali “project.gov.uz” elektron tizimiga (ID- 61832) kiritildi. Huquqiy ekspertiza natijalari bo‘yicha Qonun loyihasini qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqida 2022-yil 20-iyundagi 8/4-0525-sonli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi olindi. Qonun loyihasi Qo‘mita tomonidan 2022-yil 22-iyunda xat orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
270 Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta’minlash.

Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2022 — 2024-yillarda millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi 2022-yil mart

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

"Qo‘mitaning 2022 yil 3 fevraldagi 6-son buyrug‘i bilan 38 ta vazirlik va idoralar vakillaridan iborat idoralararo Ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib (ID-56948), vazirlik va idoralar bilan kelishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi yuzasidan Adliya vazirligining xulosasi olinib, 2022 yil 30 aprelda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi (14-03-119-son)."
271 Turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati his-tuyg‘usini mustahkamlash.

Turli millat yoshlari bilan ishlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi 2022-yil aprel

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Davlat test markazi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Qo‘mitaning 2022-yil 4-fevraldagi 7-son buyrug‘i bilan Davlat dasturining 271-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar vakillaridan iborat idoralararo Ishchi guruh tuzildi. 2022 yil 15 fevral kuni Qo‘mitada ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 28-mart kuni mazkur band bo‘yicha shtab tuzildi va shtab yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasi Qo‘mita tomonidan 2022-yil 30-apreldagi xati orqali Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha-chora tadbirlar to‘g‘risida"gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va Qo‘mita tomonidan 2022-yil 30-aprel kuni Vazirlar Mahkamasiga rasmiy xat bilan yuborildi.